Научная статья на тему 'Mahmudova Sh.A. Ijodkor va ijodiy biografiya'

Mahmudova Sh.A. Ijodkor va ijodiy biografiya Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biografik metod / ijod psixologiyasi / ijodkor / hikoya / obraz / xarakter / Biographical method / creative psychology / creator / story / image / character

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmudova Shoxista

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy bog‘liqligi yozuvchilarning hikoyalari misolida tahlil qilindi. Yozuvchilar o‘z o‘y-kechinmalarini, ijod jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko‘nglining tub-tubidagi dard va armonlarini asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Shukur Xolmirzayevning “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” (Qudrat aka), “Bulut to‘sgan oy” (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, Erkin A’zamning “Yozuvchi” (domla) hikoyasida, ijodkor ruhiyatining goho jo‘shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini ro‘y-rost

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Mahmudova Sh.A. Creator and creative biography

The article, the interrelationship of the creator and creative biography in modern Uzbek literature was analyzed on the basis of the biographical method on the example of the writers' works. The writers expressed their thoughts, hardships of the creative process, changes in the artist's psyche, pains and dreams in the depths of their hearts through the images of the artist in their works. In Shukur Kholmirzayev's stories such as "The sun is wandering in the sky" (Qudrat brother), "The moon blocked by a cloud" (Kuvvatjon), in the story "Writer" (Domla) by Erkin Azam, the spirit of the creator is sometimes lively, sometimes depressed, sometimes painful (bitter), sometimes happy (sweet) moods, and their critical views on the social environment and conditions

Текст научной работы на тему «Mahmudova Sh.A. Ijodkor va ijodiy biografiya»



ш

•щШ

Ш

Alfraganus Universiteti'

Mahmudova Shoxista Abdusalomovna 1

MAHMUDOVA Sh.A. IJODKOR VA IJODIY BIOGRAFIYA

MAHMUDOVA Sh.A. CREATOR AND CREATIVE BIOGRAPHY

МАХМУДОВА Ш.А. ТВОРЕЦ И ТВОРЧЕСКАЯ БИОГРАФИЯ

и

„ ^'чо/ ■ - '

m

М

1 Sharq filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi. ALFRAGANUS UNIVERSITY. Toshkent, O'zbekiston. e-mail: shohistaxon.mahmudova@mail.com. ORCID: 0009-0003-1095-1723

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Ш

¿ЩЩ t Ш

гл^Ш-K^fasZ? i

jpfAlfraganus Universiteti

Anotatsiya Д/Г

1 Vjl aqolada zamonaviy o'zbek adabiyotida ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy

bog'liqligi yozuvchilarning hikoyalari misolida tahlil qilindi. Yozuvchilar o'z o'y-kechinmalarini, ijod jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko'nglining tub-tubidagi dard va armonlarini asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Shukur Xolmirzayevning "Quyosh-ku falakda kezib yuribdi" (Qudrat aka), "Bulut to'sgan oy" (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, Erkin A'zamning "Yozuvchi" (domla) hikoyasida, ijodkor ruhiyatining goho jo'shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo'lgan tanqidiy qarashlarini ro'y-rost tasvirlaydilar.

I

Abstract

.n the article, the interrelationship of the creator and creative biography in modern Uzbek literature was analyzed on the basis of the biographical method on the example of the writers' works. The writers expressed their thoughts, hardships of the creative process, changes in the artist's psyche, pains and dreams in the depths of their hearts through the images of the artist in their works. In Shukur Kholmirzayev's stories such as "The sun is wandering in the sky" (Qudrat brother), "The moon blocked by a cloud" (Kuvvatjon), in the story "Writer" (Domla) by Erkin Azam, the spirit of the creator is sometimes lively, sometimes depressed, sometimes painful (bitter), sometimes happy (sweet) moods, and their critical views on the social environment and conditions.

Аннотация JD

L) статье на основе биографического метода на примере произведений

писателей проанализирована неразрывная связь между творцом и творческой биографией в современной узбекской литературе. Через образы художника в своих произведениях писатели выражали свои мысли, тяготы творческого процесса, изменения в психике художника, боли и мечты в глубине души. В рассказах Шукур Холмирзаева, таких как «Солнце бродит по небу» (Кудрат брат), «Луна заграждается облаком» (Кувватжон), в рассказе «Писатель» (Домла) Эр-кин Аъзама дух у творца то живые, то депрессивный, то болезненные (горькие), то радостные (сладкие) настроения, и их критические взгляды на социальную среду и условия.

Kalit so'zlar-1 Biografik metod, ijod psixologiyasi, ijodkor, hikoya, obraz, xarakter.

Key words* | Biographical method, creative psychology, creator, story, image, character.

Ключевые слова* I Биографический метод, творческая психология, творец, рассказ,

' I образ, персонаж.

KIRISH

I

"jodkor shaxsini o'rganishga intilish hamisha adabiy tanqidchilikdagi asosiy vazifalardan .biri bo'lib kelgan. Chunki ijodkor ruhiyati, dunyoqarashi, saviyasi, didi masalalari o'sha davr muhiti, jamiyatdagi insonlar ma'naviyatining ko'zgusi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bois biz ijodkorlarni doimo kuzatish, tahlil qilish, sintezlash va ma'lum xulosa chiqarishga intilishda, ilhom og'ushida, ma'naviy va jismoniy bezovtalikda ko'rishga odatlanib qolganmiz. Ularning nafaqat asarlari, balki iste'dodi, ijodiy kamoloti, dunyoqarashi, ideali, madaniy saviyasi, turmush tarzi, shaxsiy fazilatlari mudom kitobxonni qiziqtirib keladi. Shuning uchun ham ijod tabiati, ijod psixologiyasi, ijodiy jarayon, ijodkor shaxsi kabi masalalarni tahlil qilish dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Asosan, 1960-yillardan boshlab ijod psixologiyasi, ijodiy jarayon, ijodkor shaxsini o'rganish birmuncha tezlashdi.

So'z qudrati, ijod qudrati yozilayotgan asar bilan cheklanmaydi. Ijodkor o'z hayotining yorug' tomonlari bilan bir qatorda fojiasini ham o'z asarlariga singdiradi. O'z ruhiy olamini, xarakterini, holatini, boringki, jismini, qahramonlari olami bilan uyg'unlashtirib yuboradi. To'g'ri, bu jarayon yozuvchi asarlariga birdan, butunligicha singdirilmaydi, balki kichik detallar shaklida namoyon bo'lib boraveradi. Shu tarzda yozuvchining ijodiy biografiyasi mukammal shaklga kiradi.

Alfraganus Universiteti'

METOD

B;

adiiy ijod mohiyatini, ijodkor psixologiyasini, badiiy asar ildizlarini ochishda biografik 'metod muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotshunoslikda biografik metod yozuvchi ijodini uning hayotiy tajribalari sifatida o'rganish usulidir. Bu usulga ko'ra, yozuvchining asarlari bilan birga, uning ichki dunyosi, xarakteri, odatlari, kayfiyati, yashash tarzi, ruhiy holati, yashagan muhiti, shaxsiy qiziqishlari, ijodiy olami, ijodidagi g'oyaviylik va badiiylik kabi jihatlar yaxlit o'rganiladi. Biografik metod yozuvchi va badiiy asar juftligiga asoslanadi.

Biografik metodning nazariy shakllanishi va o'rganilishi ko'proq ijodkor tarjimayi holi bilan bog'liq jarayon. Shu sababdan ham mazkur metod talab etgan asoslar - yozuvchi tarjimayi holini, uning ijodini shaxsiy kechinmalari sifatida yaratish maqsadga muvofiq. Badiiy asarda ijodkorning shaxsiy hayoti, kechinmalari, xarakteri aks etar ekan, albatta, bunda asarga biografik materiali ham singib ketadi. Bu esa badiiy asarning hayotiyligini, ishonarligini ta'minlaydi.

Ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy bog'liqligi biografik metod asosida yozuvchilarning qissa va hikoyalari misolida tahlil qilindi.

NATIJA

ip

w¿

PTj

IV

Shukur Xolmirzayev asarlaridagi ijodkor obrazlari singari yolg'izlikka ko'miladi. Ijodkor faqat qalbi va yuragi bilan sirlashadi. Yozuvchi tashqi olam (borliq, tabiat) va undagi voqealar orqali o'zligini topishga, anglashga harakat qiladi. Shukur Xolmirzayevning uslubida tasvirlanayotgan voqealarning tabiati va shashtiga qarab xolislik, shafqatsizlik, qattiqqo'llik sezilib turadi. Ba'zan oddiy va jo'n talqinidan ham katta hayotiy falsafa va hikmat unadi. Abdulla Qodiriy bu haqda shunday yozadi: "Yozuvchining o'zidan qo'shishi adabiy asarda katta rol o'ynaydi. Lekin men turmushda ko'rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa yozmayman. Har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sababchi bo'ladi" [2]. Shu kabi qalbdan tilga ko'chgan fikrlar juda ko'p. Barchasi zamirida odamning "yozmasdan turolmaslik" holati, bezovta qalbning yashash tarzi u yoki bu yo'sinda izhor etiladi.

MUNOZARA

D:

jarhaqiqat, Shukur Xolmirzayev "Quyosh-ku falakda kezib yuribdi", "Bulut to'sgan oy" hikoyalarining bosh qahramonlarini ijodkor sifatida tanladi. Zotan, adib boshqa kasb kishisini qahramon qilib olishi mumkin emas edi. Chunki hikoya badiiy to'qimaga unchalik muhtoj emas edi. Bu ikki hikoya avtobiografik hikoya desak yanglishmagan bo'lamiz. Chunki bu hikoyalar Shukur Xolmirzayev hayotidagi kichik lavhalar, hayotga munosabati, balki hayotidagi iqrornomalaridir. Shu tariqa hikoyaga muallifning "qiyofasiz qiyofasi" ijodkor obrazi orqali kirib keldi.

"Bulut to'sgan oy" hikoyasi asosida katta hayot fojiasiga giriftor bo'lgan, uning qutulib bo'lmas o'pqoniga tushgan inson qismati yotadi. Asarda yozuvchi qahramonlar ichki dunyosiga bevosita kirib boradi. Bunda yozuvchiga asardagi ijodkor Quvvatjon obrazi qo'l keladi. Hikoyada Quvvatjonning portreti shunday tasvirlanadi: "Men plashning yoqasini ko'tarib, shlyapa gardishini pasaytirib, restoranga qarab chopdim". Mana bu o'rinda biz Shukur Xolmirzayevga xos bo'lgan biografik detallar "shlyapa, plash" kabilarni bevosita asarga ko'chganligini ko'rishimiz mumkin. Shukur Xolmirzayev hikoyadagi Quvvatjon obraziga barcha biografik ma'lumotlarni singdiradi. Buni tasdig'i sifatida Quvvatjonning ijodkor ekanligi, tabiatan og'ir, bosiq, har bir gapini o'ylab gapiradigan, vaziyatdan kelib chiqib ish ko'radigan kabi xarakterlarga ega ekanligi, oilasidan yiroqda yolg'iz yashashi, "Yozuvchilarning ijod va istirohat bog'i"ning 3-qavatida o'ngda 37-xonada turgani; bu dalillarning barchasi Shukur Xolmirzayev shaxsiy hayotidagi ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri o'z asarlariga ko'chganligini ko'rishimiz mumkin. Bu esa o'z-o'zidan kitobxonni voqea bo'lib o'tganligiga ishontiradi.

"Quyosh-ku falakda kezib yuribdi" hikoyasidagi Qudrat aka obrazida ham yozuvchining

v^jp^Alfraganus Universiteb

qiyofasi ro'y-rost tasvirlanadi. 1991 - yilda istiqlolga erishganimizdan so'ng Shukur Xolmirzayev butun umr ishonib kelgan e'tiqodi aslida - bu sarob ekanligini bilgach, yozuvchi bir muddat hamma insonlar qatori sarosimada, arosatda, hayotdagi o'z maqsadini yo'qotib qo'yadi va nashriyotdagi ishdan ta'tilga chiqib o'z yurti Surxondaryoga ketadi. Xotini va qizini Toshkentga qaytarib yuboradi. Mana shu hayotiy voqealar "Quyosh-ku falakda kezib yuribdi" hikoyasida aks ettiriladi. Shukur Xolmirzayevning hayot haqidagi o'y-kechinmalari bir muddat ikkilanishlar ichida qoladi. Hikoyadagi ijodkor obrazi Qudrat aka tilidan o'z kechinmalarini shunday yozadi: "Men hayotni yaxshi ko'rardim. Vassalom! Boricha: butun tovlanishlari, hatto fojialari bilan... Ana shu hayotdan ko'ngil sovudi-da birodar! U bilan birga mening ham nimalarimdir barbod bo'lganiga aminman: men inongan qadriyatlar puchga chiqdi... Go'yoki bugungi kungacha behuda yashagan ekanman... Bilaman: inson nimagadir intilib yashaydi, aks holda o'ladi. Chamasi, mening Toshkentda ishdan bo'shab, tug'ilgan yurtga uloqib kelishim ham ana shu nimagadir intilish, hechqursa, yashab qolish, balki yashashdan ma'no topish maqsadida edi" [3].

Ma'lumki, jamiyat hayotida ro'y bergan har qanday o'zgarishlar bevosita inson ruhiyatiga ta'sir o'tkazadi. Bu o'zgarishlarning, ayniqsa, ijodkor shaxsiga ta'siri haqida Shukur Xolmirzayevning fikri quyidagicha: "Hayotdagi anchayin o'zgarishni ham hazm va qabul qilish oson kechmaydi: ko'nikmalar, qanoatlar bu yo'lda to'siq hisoblanadiki, avvalom bor, ana o'shalarni "yengish"ga to'g'ri keladi. Endi tasavvur eting: hayotning o'zi tubdan o'zgarib, o'zga bir izga tushsa, uni hazm va qabul qilish - ayniqsa, ijodkor uchun juda mushkul bo'ladi". Voqelikdagi keskin o'zgarishlarga munosabatda ijodkor shaxs o'zligi namoyon bo'ladi. U yaratgan asarlarda jamiyatdagi o'zgarishlarga nisbatan qarashlari namoyon bo'ladi

Darhaqiqat, Shukur Xolmirzayev asarlaridagi ijodkor obrazlari singari yolg'izlikka ko'miladi. Ijodkor faqat qalbi va yuragi bilan sirlashadi. Yozuvchi tashqi olam (borliq, tabiat) va undagi voqealar orqali o'zligini topishga, anglashga harakat qiladi. Shukur Xolmirzayevning uslubida tasvirlanayotgan voqealarning tabiati va shashtiga qarab xolislik, shafqatsizlik, qattiqqo'llik sezilib turadi, ba'zan oddiy va jo'n talqinida ham katta hayotiy falsafa va hikmat unadi.

Ko'rinadiki, Shukur Xolmirzayev ijodining istiqlol davriga xos xususiyati uning voqelikni murakkab tomonlariga e'tiborni kuchaytirganida ko'rinadi. Adib o'zbek hikoyachiligida o'z maktabini yaratgan ijodkordir.

Erkin A'zam bugungi odamning hayoti va undagi muammolarni o'ziga xos yo'sinda tasvirlaydi. Adibning yillar davomida sayqal topgan ijodiy uslubi hayotiy reallik asosida shakllangan. Uning buyuk ijodkorlardan tortib, kichik doiradagi qahramonlari o'ta jonli tasvirlanadi. Shuningdek, hikoyalarida odamlar ruhiyatini erinmasdan, barcha mayda qirralariga qadar sinchiklab talqin qiladi. Inson xarakteridagi xislatlarni mantiqiy izchillik bilan aks ettirishga harakat qiladi. Yozuvchi uchun hayotdagi voqealarning o'zi qiziqarli emas, uning asarlaridagi bosh tayanch nuqta - inson va uning ko'ngli. Inson ko'nglidagi dardu quvonchni voqealar tasviri vositasida amalga oshiradi. Adib insonni shunchaki bir voqeaning ichiga "solib" emas, inson ko'nglidagi haqiqatlarni dinamik tarzda ifodalash asar qimmatini oshirishini yaxshi biladi.

Adib "Yozuvchi" hikoyasi bilan adabiyotga yangi zamon odamlarini, muhit ta'sirida ma'naviyatini o'zgartirishga majbur bo'lgan kishilar taqdirini olib kirdi. Bunda Erkin A'zam qahramonlar tabiiyligiga alohida e'tibor qaratadi va uni ham botinan, ham zohiran mukammal ishlanishiga intiladi. Yozuvchi ijodi davomida "Yozganimni bilaman, bilganimni yozaman" degan aqidaga amal qiladi. Asarlaridagi qahramonlarning prototipi hayotda yashab o'tgan yoki yashamoqda.

Erkin A'zamning "Yozuvchi" hikoyasida "Yozuvchi" - domla obrazi turmushning zug'umlarini chuqur his qilgan, ammo uni yengolmay umr o'tkazayotgan inson. Yozuvchi barcha asl ijodkorlar kabi tabiatdan, odamlardan ruhiy quvvat olib, o'zini bezovta qilayotgan insoniy dardlarni yozgisi keladi. Lekin bu obrazning tabiatidan kelib chiqqan holda uning hayot yo'li tamomila boshqacha izga tushib ketadi. Dardman ayolining yorug' kun ko'rmay erta vafot etishi, yolg'iz o'g'il va nevaralari bilan katalakdek uyda hayot kechirishga majburlik, bir umr hech kimning e'tiborini qozonmay yashash yozuvchini boshqa yo'lga soladi. Hikoyadagi ijodkor: "Xah, yozaman degan qo'llaring sinsin! Xah yozuvchilikni havas qilmay padaringga lan'at! Qaniydi, ... bir eminlik sharoiti bo'lsayu mardikorchilikning basharasiga besh marta tupurib, o'tirib olib o'zingiz istagan narsani yozsangiz! Qaniydi! Lan'at! Ming lan'at!" [4]. Bu tasvirda ijtimoiy sharoit yaxshi emasligidan qiynalib, ilojsizlikdan adabiy mardikorchilik qilishga majbur bo'lgan ijodkor kishining izzattalab ruhiyati yaqqol ko'rinib turadi. Adib birgina hayotiy muammoga tayanib, bu ijodkor obrazini yaratdi. Bu qahramonning yaratilishi haqida Erkin A'zam shunday yozadi: "Yozuvchining (hikoya qahramoni ko'zda tutilyapti - Sh.M.) prototipi bitta emas, ko'p. Kimni ko'rsam: "Falonchini yozgan bo'lsangiz kerak-a?"- deydi. Men bundan xursandman. Demak,

Alfraganus Universiteti'

qandaydir bir mo'ljalga tegibman-da, bir dardni kavlavoribman-da. Yaxshi. Rais obrazini ko'rib, ko'p odam: "Falonchini yozgansiz!" - dedi. Qaydam, uni men topmadim, deb aytolmayman. Hayot taassurotlari o'zi meni shunga boshlab borgandir" [5].

"Yozuvchi" hikoyasida adabiyotning rivojiga o'zicha "xizmat qilayotgan" domla obrazi Erkin A'zam tomonidan tanqid qilinmaydi. Hatto bu yozuvchining uslubiga doimo xos bo'lib kelgan kinoyadan ham foydalanilmaydi.

Erkin A'zamning istiqlol yillaridagi hikoyalarida tasvirlangan qahramonlarda atayinlik, yolg'on, sun'iylik yo'q. Ya'ni adib hayotning qaynoq nuqtalari tasviriga tayanib haqqoniy adabiy obrazlar yaratishga intiladi. Yozuvchining adabiy qahramon yaratish mahorati haqida Qozoqboy Yo'ldoshev: "Erkin A'zamning mahorati shundaki, u tashqaridan qaraganda hammasi ham qiyofasiz bo'lgan qahramonlarning har biriga xos jihatlarni g'oyat ustalik bilan aks ettira olgan. Mana shu jihat ularning qiyofasiz qiyofasini ko'rsatishga xizmat qilgan", - deb yozadi[6]. Adibning aksariyat hikoyalarida "qiyofasizlarning qiyofasi" esda qoladigan qilib tasvirlanganini ko'rish mumkin.

Erkin A'zam hayotning og'ir, balki yechimi yo'q muammolari silsilasi tasviri fonida personajlar xarakterini ochib berishga urinadi. Yozuvchining uslubini adabiy qahramon yaratish yo'siniga qarab ham aniqlash mumkin. Erkin A'zamning istiqlol yillaridagi hikoyalarida tasvirlangan qahramonlarda atayinlik, yolg'on, sun'iylik yo'q. Ya'ni adib hayotning qaynoq nuqtalari tasviriga tayanib haqqoniy adabiy obrazlar yaratishga intiladi.

Uning "Yozuvchi" hikoyasi qahramoni portretidagi ba'zi o'rinlardagi chizgilarda o'zbekning mashhur hikoyanavisi Shukur Xolmirzaev shaxsini o'quvchi ko'z o'ngida namoyon etganday bo'ladi. Yozuvchi ijodi davomida "Yozganimni bilaman, bilganimni yozaman" degan aqidaga amal qiladi. Asarlaridagi qahramonlarning prototipi hayotda yashab o'tgan yoki yashamoqda.

XULOSA

Shukur Xolmirzayev va Erkin A'zam o'z asarlarida ijodkor obrazini ichki olami evrilishlari, uning qalb qo'ridagi eng yuksak tuyg'ularini, ijodkor dardi, orzusini gavdalantirganliklariga sabab, ijodkor - olomonning ma'naviy vakili, yuksak ongga ega, oddiy odamdan bir qadam oldinni ko'ra oladigan, idealistik qarashlarga mos keluvchi shaxs hisoblanadi. Mana shu insoniyat vakili istiqlol davrida yangicha bir tavsif va tasvir asosida jonlandi.

Umuman olganda, mazkur yozuvchilar ijodi istiqlol davri nasrinig eng yetakchi xususiyatlarini o'zida namoyon qildi. Ular, eng muhimi, insonning insonlik mohiyatiga, jamiyat va shaxs munosabatlariga e'tiborni kuchaytirdilar va yana xalqqa yaqinlikka, uning ichki dardlariga sheriklikka intildilar.

Adabiyotlar:

1. 2.

3.

4.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. -Toshkent: Akademnashr, 2018. - 480 b. Qodiriy A. Ijod mashaqqati. - T.: O'qituvchi, 1995. - B. 5.

Xolmirzaev Sh. Saylanma. 2 jild. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi. - T.: Sharq. - B. 226 A'zam E. Yozuvchi // Jannat o'zi qaydadir: Hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar va publitsistik miniatyuralar. - Toshkent: Sharq, 2007. - B. 12.

5. A'zam E. Tuzu-tuzuk bo'lgani tuzuk (P. Kenjaeva bilan suhbat) // Sharq yulduzi. - Toshkent, 2007. №4. - B. 134.

6. Yo'ldoshev Q. Yoniq so'z. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. - B 121.

7. The King of Uzbek Prose (O'zbek nasrining qiroli). Buyuk Britaniya. "International Journal of Psychosocial Rehabilitation", Vol. 24, Issue 05, 2020, page 1851-1862.

8. Ananev B.G. Chelovek kak predmet soznaniya. - SPb. Piter, 2001.

9. Ilin I.P. Implitsitnbiy avtor Tekst / I.P. Ilin // Zapadnoe literaturovedenie XX veka: Ensiklopediya / Gl. red. Ye.A. Surganova. - M.: Intrada, 2004.

10. Ilin Ye.P.. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. - Piter: SPb, 2009.

11. Qo'chqorova M. Badiiy so'z va ruhiyat manzaralari. - T.: Muharrir, 2011.

12. Yo'ldoshev Q. Hozirgi o'zbek qissachiligining taraqqiyot tamoyillari // Sohibqiron yulduzi. -2010. № 2.

13. Losa M.V. Yosh romannavisga xat // Sharq yulduzi. - 2012. № 4

14. Vendler H. Psichologiye der kreativitat // Praxis Gemeindapadogogik. 2021. №2. https: //www. researchgate. net. Publication.;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.