Научная статья на тему 'O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR'

O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek imlosi / umumiy (o‘rta) turk alifbosi / 9 unli masalasi / imlodagi qulayliklar / talaffuz va yozuvdagi mosliklar / turkiy tillardagi yaxlitlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jomonov Ravshan

O‘zbek orfografiyasining dolzarb masalalaridan biri taklif qilinayotgan umumiy (o‘rta) turk alifbosi bilan bog‘liq tarzda yuzaga keladigan lisoniy holatlardir. Chunki taklif qilinayotgan 34 harfning ayrimlari o‘zbek adabiy tilidagi tovushlarni to‘liq aks ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayni paytda ushbu holat hozirga qadar qo‘llangan ayrim orfogrammalarni qisman o‘zgartirishni talab qiladi. Bu esa ma’lum lisoniy tayyorgarlikni, imlo qoidalarini takomillashtirishni, imlo lug‘atlari hamda darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tezda nashr etishni taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR»

YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

O'ZBEK ORFOGRAFIYASINING DOLZARB MASALALARI:

MUAMMO VA YECHIMLAR

Jomonov Ravshan

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori, filologiya fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.13943681

Annotatsiya. O'zbek orfografiyasining dolzarb masalalaridan biri - taklif qilinayotgan umumiy (o'rta) turk alifbosi bilan bog'liq tarzda yuzaga keladigan lisoniy holatlardir. Chunk taklif qilinayotgan 34 harfning ayrimlari o'zbek adabiy tilidagi tovushlarni to'liq aks ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayni paytda ushbu holat hozirga qadar qo'llangan ayrim orfogrammalarni qisman o'zgartirishni talab qiladi. Bu esa ma'lum lisoniy tayyorgarlikni, imlo qoidalarini takomillashtirishni, imlo lug'atlari hamda darslik va o'quv qo'llanmalarini tezda nashr etishni taqozo etadi.

Kalit so'zlar: o'zbek imlosi, umumiy (o'rta) turk alifbosi, 9 unli masalasi, imlodagi qulayliklar, talaffuz va yozuvdagi mosliklar, turkiy tillardagi yaxlitlik.

Аннотация. Одним из актуальных вопросов узбекской орфографии являются лингвистические ситуации, возникающие в связи с предлагаемым общетюркским алфавитом. Потому что некоторые из предложенных 34 букв создают удобную возможность полностью отразить звуки узбекского литературного языка. На данный момент данная ситуация требует частичного изменения некоторых вариантов написания, которые использовались до сих пор. Это требует специальной лингвистической подготовки, усовершенствования правил правописания и быстрой публикации орфографических словарей, учебников и учебных пособий.

Ключевые слова: узбекская орфография, общетюркский алфавит, проблема 9 гласных, удобство написания, соответствия в произношении и письме, целостность в тюркских языках.

Abstract. One of the pressing issues of Uzbek orthography is the linguistic situations arising in connection with the proposed common Turkic alphabet. Because some of the proposed 34 letters create a convenient opportunity to fully reflect the sounds of the Uzbek literary language. At the moment, this situation requires a partial change in some of the spellings that have been used so far. This requires special linguistic training, improvement of spelling rules and rapid publication of spelling dictionaries, textbooks and teaching aids.

Keywords: uzbek orthography, common Turkic alphabet, problem of 9 vowels, ease of writing, correspondence in pronunciation and writing, integrity in Turkic languages.

Har bir davrning o'z muammolari mavjud bo'ladi. Jumladan, jamiyat a'zolarining lisoniy ehtiyojlari bilan bog'liq tarzda bir qator muammolar ham vujudga keladi. Masalan, hozirgi paytda o'zbek tilshunosligi oldida yechilishi lozim bo'lgan, o'z tadqiqini kutib turgan masalalar turibdi. Binobarin, ona tilimizning terminlarga bo'lgan ehtiyoji oshib bormoqda, chunki ilm-fan taraqqiyoti, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayib borishi bilan yangi tushuncha va g'oyalar o'zlashmoqda, yangi buyum va narsalar kirib kelmoqda. Bularning hammasi yangi terminlarni yasash yoki o'zlashtirishni taqozo etadi. Ayni paytda so'z o'zlashtirish bilan bog'liq tarzda nutq madaniyati masalalari kun tartibiga chiqmoqda. Negaki, aholining o'z tiliga va qo'llayotgan nutqiga munosabati juda muhim masalalardan sanaladi. Nazarimizda, lug'atlarga bo'lgan lisoniy ehtiyoj ham kundan-kunga oshib bormoqda: turli tipdagi, turli maqsadlarda qo'llanadigan lingvistik va ensiklopedik lug'atlar yaratilishi zarur bo'lib turibdi.

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Bizningcha, bugungi kunda o'zbek tilshunosligi oldida turgan asosiy muammolardan biri - o'zbek imlosi, alifbosi va imlo qoidalarining yaratilishi bilan bog'liq masalalardir. Ayniqsa, alifbo masalasi hozir juda dolzarb masalaga aylandi. Chunki 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan o'zbek lotin alifbosi aholining barcha qatlamlari orasida to'liq joriy qilinmadi. To'g'ri, ta'lim tizimi to'liq lotin yozuvida bo'lsa-da, lekin kundalik yozuv amaliyotida lotincha imloga u qadar e'tibor berilgan emas. Hozirga qadar ikki yozuv amaliyoti hukm surmoqda. Buning o'ziga xos sabablari bor, albatta. Avvalo, mazkur alifboga 1995-yilda ayrim tuzatishlar kiritildi. Ushbu alifboga to'liq o'tish muddatlari bir necha marta uzaytirildi, hatto kirill yozuviga qaytish tarafdorlari paydo bo'ldi. Ayni paytda o'zbek lotin alifbosiga o'zgartishlar kiritish muammosi paydo bo'ldi. Uzoq tortishuv va bahs-munozaralardan keyin 2023-yilda 4 ta harf shaklini o'zgartirishga kelishib olindi: sh, ch, o', g' harflari uchun alohida harf shakllari tavsiya qilindi. Buning ustiga yaqinda Boku shahrida bo'lib o'tgan kengashda turkiy tillar uchun umumiy (yagona) alifbo tasdiqlandi. Bu, aslida, juda quvonarli hodisa. Lekin alohida milliy tillar uchun yechimini kutayotgan imlo masalalari bu bilan tugamaydi.

Nazarimizda, umumturkiy (o'rta turk) alifbosining joriy qilinishi bilan bir qator orfografik muammolar yuzaga kelishi mumkin. Buni quyidagi harflar misolida ko'rish mumkin bo'ladi. Masalan, kirilcha alifbodagi o' va lotincha alifbodagi o' harflari, aslida, ikkita mustaqil tovushni anglatadi. Lekin 1940-yildan boshlab o'zbek kirill alifbosi joriy qilinishi bilan bu ikki tovush bitta harfga birlashtirib yuborildi. Ayrim olimlarning yozishicha, bu tovushlar mustaqil tovush bo'lmasdan, balki bir tovushning old qator va orqa qator variantlari tarzida namoyon bo'ladi. Aslida-chi?

Buning tarixi, aslida, o'zbek adabiy tilining shakllanish davriga borib taqaladi. Ma'lumki, o'zbek tili turkiy tillar guruhidagi yetakchi tillardan biri bo'lib, o'zining kuchli fonetik tizimiga ega bo'lgan. Ona tilimizda unli tovushlar soni 9-12 ta bo'lib, o'zbekona talaffuzning nozik qirralarini ham aks ettira olgan. Bu borada ham ko'p tortishuvlar bo'lib o'tgan. Ayniqsa, 1929-yilda Samarqandda bo'lib o'tgan konferensiyada ayni shu masala jiddiy muhokama qilingan. O'sha anjumanda Fitrat, Begijon, Hodi Fayziy, Orif Ayyub, Buyuk Karimiy, Murod Shamsiy, Abdulhay Ayyublar o'zbek tilida 9 unli bo'lishini isbotlab berishgan.[1, 87] Anjuman qarorida alifbodagi harflar tartibi va soni ham belgilangan: "27. Bizning alifbemiz birlashtirilgan yangi turk alifbesi va tartibi ham lotin asosida birlashtirilgan tartibdir. Aa, Bb, CC, Çç, Dd, Ee, Ff, Gg, Qq, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Np Oo, 0e, Pp, Qq, Rr, Ss, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy, Zz, Zz, bb". [2, 126]

Ko'rinadiki, 1929-yilda qabul qilingan alifboda Oo, 0e harflari olingan bo'lib, o'zbeklar nutqiga xos bo'lgan tovushlar o'zining haqiqiy ifodasiga ega bo'lgan. Buni quyidagi so'zlar misolida aniq ko'rish mumkin: o'n, o'rmon, o'tin, to'n, to'y, qo'y, to'ng'iz, o'tloq, qo'l, qo'rqoq, to'xta kabi so'zlarda Oo harfi qo'llangan bo'lsa, o'rdak, ko'ngil, to'ra, to'l (qo'zilatish mavsumi), bo'r, bo'ri, bo'la (xolavachcha) kabi so'zlarda 0e harfi ishlatilgan. Jumladan, millatimiz va respublika nomi ham ayni shu harf bilan yozilgan: özbekistan, ezbek tili. O'zbek kirill alifbosida esa mana shu ikki tovush bir harfga birkitib qo'yildi. Natijada milliy boyligimiz hisoblangan bir tovushdan ayrilib qoldik, yozuvda omograflar soni ko'payib ketdi. Bu holatni quyidagi misollar aniq va ravshan ko'rsatib beradi: BO'LMOQ I "yuz bermoq; kelmoq; amalga oshmoq" va sh.k ma'nolarda keladigan fe'l. BO'LMOQ II "butunni bo'laklarga ajratmoq, bo'lak-bo'lak qilmoq" ma'nosida ishlatiladigan fe'l. [3, 412-414]

Bunday omograflar soni anchagina, lekin biz ulardagi talaffuzning nozik qirralarini his etmaydigan bo'lib qoldik. Bunday holatni to'r so'zi misolida ham aniq ko'rish mumkin. TO'R I Umuman, har qanday materialdan katak-katak ko'zli yoki bejamdor qilib to'qilgan narsa; asbob,

YANGI O ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

buyum va sh.k.ning shunday narsadan iborat qismi. Sim to'r. Futbol darvozasining to'ri. TO'R II Poygakdagi joyga nisbatan yuqoridagi joy, umuman, joyning yuqori, ya'ni quyiga qarshi tomoni. Ardoqli mehmonni to'rga o'tkazmoq. [4, 243-244]

Endi mana shu omograflarning 1929-1940-yillarda amalda bo'lgan o'zbek lotin alifbosidagi shakllariga e'tibor beramiz: BOLMAQ I, B0LMAQ II, TOR I, T0R II. Ayni shu shakllarda mazkur so'zlar shaklan bir-biriga o'xshamaydi, ya'ni omograf bo'lmaydi, o'zbek xalq jonli talaffuzi aniq va tiniq aks etadi, aytilish va yozilishda qulaylik yuzaga keladi. Hozir amalda bo'lgan lotincha alifbomizda ham mana shu xususiyatlar hisobga olinsa, quyidagi orfogrammalar yuzaga kelib, omograflarga barham beriladi va lisoniy qulayliklar yaratiladi: BO'LMOQ I, B0LMOQ II; TO'R I, T0R II.

Ii va Ъъ harflari masalasida ham ayni shunday fikrlarni aytish mumkin. Negaki, mana shu ikki harf anglatadigan tovushlar ham, aslida, bir-biridan farqlanadi. Masalan, asli turkiy so'zlarda til oldi, o'ta qisqa, ba'zan eshitilar-eshitilmas talaffuz etiladigan unli tovush bor. Bir, ikki, bilim, tilak, bilan, bordi, keldi, ketdi kabi so'zlarda hozirgina biz yuqorida aytib o'tgan tovush qo'llanadi. Shu sababli ham mazkur so'zlar 1929-1940-yillardagi lotincha alifboda Ъъ harfi bilan yozilgan: Ьъг, bkkb, Ьъ1ът, tblak, bblan, bordb, keldb, ketdb каби. Ayni paytda o'zbek adabiy tilida boshqa tillardan, xususan, forsiy, arabiy va rus tili orqali o'zlashtirilgan so'zlarda qo'llanadigan [i] tovushi ham mavjud. Mazkur tovush o'zining kuchliroq aytilishi va cho'ziqligi bilan [ъ] tovushidan yaqqol ajralib turadi. Bu holatni siyosiy, diniy, ma'rifiy, artist, irrigatsiya kabi so'zlar talaffuzida yaqqol sezish mumkin. Shu boisdan ham mazkur tovush 1940-yillardagi lotincha alifboda Ii harfi bilan yozilgan: siyosiy, diniy, ma'rifiy, artist, irrigatsiya kabi.

Ko'rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan misollardagi tovushlar bir-biridan yaqqol ajralib turadi. Ular bir tovushning old qator yoki orqa qator variantlari emas, balki alohida fonemalar sanaladi. Buni yana quyidagi misollarda aniq ko'rish mumkin: kim (so'roq olmoshi) - Kim (koreyscha familiya), zina (poya) - Zina (ruscha ism), nina (igna) - Nina (ruscha ism). Ushbu misollarda ham ikki tovush mavjudligi aniq ko'rinib turibdi. Demak, ularning alohida harflar bilan ifodalanishi o'rinli bo'ladi. Masalan, so'roq olmoshini кът shaklida, koreyscha familiyani esa Kim shaklida yozish ilmiy va amaliy jihatdan to'g'ri bo'ladi.

Taklif qilinayotgan umumiy turk alifbosida Аа va Ээ harflari mustaqil belgilar sifatida qayd etilgan. Demak, endi o'zbek lotin alifbosida ham mazkur harflarni qo'llash imkoni yuzaga keladi. Xo'sh, bu holat nimaga olib boradi: qulaylik yaratadimi yoki murakkablik? To'g'risi, Ээ harfini qo'llash dastlab biroz qiyin ko'rinadi. Lekin Аа va Ээ harflaridagi ma'no nozikliklari ona tilimizdagi yana bir qulaylikdan darak beradi. Masalan, o'zbek tilidagi samara va Rossiya Federatsiyasidagi Samara shahrining nomi hozirga qadar kirill va lotin alifbomizda bir xil shaklda yozib kelinadi. Shu boisdan ularni qay tarzda talaffuz etishda ikkilanib qolamiz. Chunki а va э harflarini qo'llashda tajriba yetishmaydi, aniqrog'i, э harfi anglatadigan mayinlik, o'zbekona aytim ancha unutilib ketgan. Agar taklif qilinayotgan umumiy turk alifbosidagi Аа va Ээ harflari bilan yozilsa, murakkablik barham topib, o'zbekona talaffuz to'liq namoyon bo'ladi: samara, Samara. Ko'rinadiki, yozuvdagi qulaylik adabiy talaffuzga ham ta'sir ko'rsatadi: biz o'zlashtirilgan so'zlar imlosi va talaffuzidagi o'ziga xoslikni hamda o'z qatlam so'zlari talaffuzidagi farqlanishlarni yaqqol ajrata boshlaymiz.

Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, taklif qilinayotgan umumiy turk alifbosi hamda shu munosabat bilan o'zbek lotin alifbosiga kiritiladigan o'zgarishlar o'zbek tilshunosligi oldiga bir qator vazifalarni hal etish masalasini qo'yadi. Jumladan, o'zbek adabiy tili imlo qoidalarini ishlab chiqish, umumxalq muhokamasiga qo'yish va tasdiqlash; tasdiqlangan imlo qoidalari

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

asosida turli tipdagi imlo lug'atlarini nashr etish; ta'lim tizimi uchun darslik va o'quv qo'llanmalarni yangi alifboda chop etish va sh.k. Ayni paytda ommaviy axborot vositalarida, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur masalaning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazish zarur. Negaki, bu faqatgina lisoniy masala bo'lmasdan, balki ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy hayotimiz uchun juda zarur bo'lgan, turkiy tillardagi yaxlitlikni ta'minlaydigan, qolaversa, barcha turkiy xalqlarning taraqqiyotiga xizmat qiladigan imkoniyatdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Xudoyberdiyev J. O'zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi. Monografiya. - Т.: BOOKMANY PRINT, 2024.

2. 1929 nchi yil mayning 15-23 nchi kunlarida Samarqandda butun Qzbekiston miqyosida toplanqan ezbek til-imlochilari va adiblar konferensiyasining tola hisabi.

3. Узбек тилининг изох,ли лугати. 5 жилдли. Биринчи жилд. -Т.: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти. 2006.

4. Узбек тилининг изошли лугати. 5 жилдли. Туртинчи жилд. -Т.: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти. 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.