Научная статья на тему 'SPELLCHECKER WINDOWS ILOVASI ORQALI O‘ZBEK TILIDAGI IMLOVIY SAVODXONLIKNI TEKSHIRISH USULLARI'

SPELLCHECKER WINDOWS ILOVASI ORQALI O‘ZBEK TILIDAGI IMLOVIY SAVODXONLIKNI TEKSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

95
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
spellchecker / ta‟limiy nazorat dasturlari / multimediaviy texnologiyalar / Visual Basic Net / grafik interfeysli dasturiy ta‟minot. / spellchecker / educational control software / multimedia technology / Visual Basic Net / software with graphical interface

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shukrilla Abdusaid O‘g‘li Murodov, Sirojiddin Zoyrjon O‘g‘li Xazratqulov

Maqolada o„zbek tilidan imlo savodxonlikni tekshirishning turli varantlarini taqdim etuvchi dasturiy ta‟minot yaratish va undan foydalanish masalasi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article considered the creation and use of software that representing various options for testing literacy on the Uzbek language.

Текст научной работы на тему «SPELLCHECKER WINDOWS ILOVASI ORQALI O‘ZBEK TILIDAGI IMLOVIY SAVODXONLIKNI TEKSHIRISH USULLARI»

SPELLCHECKER WINDOWS ILOVASI ORQALI O'ZBEK TILIDAGI IMLOVIY SAVODXONLIKNI TEKSHIRISH USULLARI

Shukrilla Abdusaid o'g'li Murodov

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti assistenti [email protected]

Sirojiddin Zoyrjon o'g'li Xazratqulov

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabasi siroj iddinzomin1999@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek tilidan imlo savodxonlikni tekshirishning turli varantlarini taqdim etuvchi dasturiy ta'minot yaratish va undan foydalanish masalasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: spellchecker, ta'limiy nazorat dasturlari, multimediaviy texnologiyalar, Visual Basic Net, grafik interfeysli dasturiy ta'minot.

ABSTRACT

In the article considered the creation and use of software that representing various options for testing literacy on the Uzbek language.

Keywords: spellchecker, educational control software, multimedia technology, Visual Basic Net, software with graphical interface.

KIRISH

Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta'lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda.

Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta'lim jarayonini yangi bosqichga ko'tardi, bu o'z o'rnida ta'lim mazmunini, metod va shakllarni qayta ko'rib chiqish, hozirgi vaqtda turli ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash, ta'lim jarayoniga tatbiq etish kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda.

Umuman, bugungi kunda to'g'ridan-to'g'ri dars jarayoniga tatbiq etish mumkin bo'lgan turli texnologiyalar ham mavjudki, ulardan o'z o'rnida samarali foydalanish o'qituvchilar uchun

June, 2022

364

ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil etish va oqilona boshqarish uchun asosiy omillardan biri sanaladi.

Jahonda kompyuterni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha yetarli tajriba to'plangan, bu borada olib borilgan muhim ilmiy-metodik tadqiqotlar, ko'pgina ta'limiy-nazorat dasturlari, multimedia darsliklari mavjud. Yaratilgan dastur va boshqa elektron ishlanmalarning sifati, albatta, mualliflarning shaxsiy qarashlariga, ilmiy-metodik saviyasiga va umumiy madaniyatiga bog'liq bo'ladi.

Bugungi kunda o'qitishning kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chiqish, haqiqatan ham, o'quv faoliyatining samaradorligini oshiradigan, o'rganilayotgan mavzuga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantiradigan ta'limiy-elektron ishlanmalarni yaratishning umumiy va xususiy mezonlarini belgilash zarurati paydo bo'ldi.

MUHOKAMA

Ma'lumki, hozirgi vaqtda kirill va ayniqsa lotin imlosida yozilgan ko'pgina matnlarda imloviy xatoliklar yetarlicha uchrayotganligini ko'rish mumkin. Bu xatoliklar endigina o'sib kelayotgan o'quvchi yoshlarning imlo savodxonligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoldan xoli emas, albatta.

O'quvchilar asosan qanday so'zlarda xato qilishi mumkin?

1. So'zda ketma-ket kelgan unli yoki undosh harflar tizimida (mas.: mutolaa, muolaja, emblema va h.k.).

2. "H" va "x" harflar qatnashgan so'zlarda (mas.: muhr, zaxira, xarxasha, ayyuhannos va h.k.).

3. "U" va "O'"harflar qatnashgan so'zlarda (mas.: shu'la, yo'sin, bekam-ko'st va h.k.).

4. Chiziqcha (defis) bilan yoziladigan juft so'zlarda (mas.: sha'n-shavkat, unter-ofitser, xud-bexud va h.k.).

5. Qo'shib yoki alohida yoziladigan qo'shma so'zlarda (mas: fotoapparat, tog'olcha, ahli funun, ko'pdan ko'p va h.k.).

8. Fonetik xususiyatga ko'ra yoziladigan so'zlarda (mas.: talafot, notarius, suiiste'mol, tamagir, tatbiq va h.k.).

9. Paronim so'zlarda (mas.: abro'-obro', suymoq-so'ymoq va h.k.).

Shu bois, o'zbek tili imlo qoidalari hamda xususiyatlarini o'zida kengroq mujassamlashtirgan intellektual dasturlarni yaratish davr taqozosi hisoblanadi. Chunki shu va shunga o'xshash dasturiy ta'minotlardan mustaqil foydalanish orqali ham o'quvchilar o'z bilimini oshiradilar, ya'ni ushbu dasturlardan ko'proq foydalansa, o'quvchilarning so'z

June, 2022

365

boyligi ortadi, imlo qoidalarini puxta egallab, so'z ma'nolarini farqlaydigan va ularni to'g'ri qo'llaydigan bo'ladilar.

Shu o'rinda tilshunos olim Sh.Rahmatullayevning "Hozirgi adabiy o'zbek tili" nomli darsligida qayd etib o'tilgan ushbu fikrlarni keltirish joiz deb hisoblayman:

"Adabiy yozish qoidalari to'plamiga orfografiya deyiladi (yunoncha orthos -to'g'ri). Tilshunoslikning adabiy yozish me'yorlarini belgilaydigan bo'limi ham orfografiya deb yuritiladi. Orfografiya (imlo qoidalari) adabiy nutqning yozma ko'ri -nishiga xizmat qiladi.

... Imlo qoidalari til taraqqiyotining ma'lum bir bosqichi asosida tuziladi. Tilning taraqqiyoti, til haqidagi bilimning rivojlanishi natijasida imlo qoidalari ham takomillashtirib boriladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, amaliyotga joriy qilingan imlo qoidalari hozirgi adabiy o'zbek tilida yozilgan asarlarga tatbiq qilinadi, oldingi davr asarlarini nashr qilishda, eski talaffuzni ta'kidlash zarur bo'lgan o'rinlarda esa o'sha davr tili xususiyatlarini hisobga olib yozish lozim.

Imlo qoidalari tilshunos olimlar tomonidan tuziladi, hukumatning qarori bilan tasdiqlanadi va joriy qilinadi. Shunga ko'ra imlo qoidalariga rioya qilish qat'iy tejab -tergaladi".

Ikkinchi tomondan, tabiiy tillar informatikada ham asosiy o'rinni egallaydi, chunki tabiiy tillarni kompyuterda ifodalash orqali muloqot tizimini yaratish avval ham, hozir ham informatika fani oldidagi dolzarb muammolardan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolmoqda.

Kompyuter va tabiiy tillarni bir-biriga yaqinlashtirish maqsadiga qaratilgan dastlabki urinishlar yillar o'tib bu sohada ko'pgina amaliy ishlar qilinishiga asosiy poydevor bo'ldi. XX asrning o'rtalariga kelib, kompyuter orqali bir tabiiy tildagi matnni ikkinchi bir tabiiy tilga avtomatik tarjima qilish yo'nalishiga kuchli e'tibor qaratildi. Shu bilan birga muayyan bir tilni kompyuter dasturlari asosida o'rgatish, bilimlarni testdan o'tkazish, matnni tahrirlash kabi bir qator amaliy dasturlar ham ishlab chiqildi.

Kompyuter bilan muloqot vositasi sifatida tabiiy tillardan foydalanishga oid minglab loyihalar yaratilgan bo'lib, bu sohada olib borilgan keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, fanlar klassifikatsiyasi tarkibiga nazariy fan darajasidan amaliy fan darajasigacha ko'tarilgan yangi fanlar "sun'iy intellekt", "ekspert sistemalar", "intellektual sistemalar" nomlari bilan kirib keldi.

Ma'lumki, intellektual sistemalar bilimlarni ishga soladi, bilim esa o'z navbatida kompyuter sistemasining kognitiv tomonlarini shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, bir tomonida

June, 2022

366

"kompyuter", ikkinchi tomonida "til" tushunchasini o'zida mujassamlashtirgan quyidagi ketma-ketlikni yozish mumkin:

kompyuter - dastur - bilim - til.

Tabiiy tillar grammatikasi uchun formal modelning yaratilishi o'z navbatida kompyuter orqali lingvistik muammolarni hal etishga oid ko'pgina amaliy dasturlarning ishlab chiqilishiga asos bo'ldi va bu kompyuter lingvistikasi fanining vujudga kelishi uchun asosiy turtki vazifasini o'tadi

Kompyuter lingvistikasi shug'ullanadigan muammolar sun'iy intellektning eng markazida turgan muammolar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning negizida bilimlarni elektron ko'rinishda tasvirlash masalasi yotadi. Boshqacha aytganda, tabiiy tilni kompyuterli tushunish, kompyuter va inson o'rtasidagi tabiiy tilga juda-juda yaqin bo'lgan "muloqot" tilini yaratish, tabiiy tillarni elektron ko'rinishda ifodalashga mo'ljallangan matematik modellardan foydalanish kompyuter lingvistikasi oldida turgan eng asosiy masalalardan bo'lib, mazkur masalalarni ilmiy jihatdan hal etish tilshunoslar va kompyuter dasturchilarining o'zaro hamkorlikda ishlashini taqozo etadi.

Shunday qilib, xususiy masalaga to'xtaladigan bo'lsak, o'quvchilarning imlo savodxonligini kompyuter orqali tekshirishda hozirgi kunda ommaviylashib qolgan test usulidan foydalanish o'qituvchilar uchun mushkulliklar tug'dirmoqda.

Boshqacha aytganda, bir nechta (odatda 4 ta: A, B, C, D) javob varianti bilan beriladigan ko'pgina testlar aynan orfografik bilimlarni tekshirish uchun mukammal usul emas. Aynan shuning uchun ham o'qituvchilar ta'lim muassasalarida hamon yozma ish yozdirish orqali o'quvchilarning bilimini tekshirayotganligining guvohi bo'lamiz.

Mazkur holda o'quvchilarning o'zbek tilidan imlo savodxonligini baholash maqsadiga qaratilgan dasturiy ta'minotlarni (bunday dastur fanda spellchecker deb yuritiladi) o'zbek tilida yaratish bu sohada bitta yechim bo'lib xizmat qilishi mumkin.

NATIJALALAR

Imloviy savodxonlikni tekshirib baholashga oid grafik interfeysli dasturiy ta'minotlarni yaratishda turli usullarga tayanish mumkin. Masalan:

1. MS Word va boshqa matn muharrirlari tarkibida ustqurma sifatida faoliyat ko'rsatuvchi applet ko'rinishida.

2. Mustaqil (avtonom) holda off-line rejimda ishlovchi dasturiy ta'minot ko'rinishida.

3. Biror sayt tarkibida on-line rejimda avtonom ishlovchi Web-dasturiy ta'minot ko'rinishida.

June, 2022

367

Shu o'rinda imloviy savodxonlikni dasturiy yo'l bilan tekshirish usuli haqida ham turlicha variantlarni keltirish mumkin. Masalan:

1. So'zning faqat undosh harflari yoziladi va unlilar o'rniga * (yulduzcha) belgisi qo'yilgan bo'ladi. Foydalanuvchi esa * o'rniga unlilarni to'g'ri qo'yish orqali to'g'ri javob berishi lozim bo'ladi (1-rasm).

1-rasm. Umumiy orfografik xatolikka tekshirish.

Bu usulning mohiyati shundaki, so'zlarda urg'u tushmaydigan "o" unlisi odatda "a" deb talaffuz qilinadi. Masalan, "obyekt" so'zi "abyekt", "metafora" so'zi "metafira" kabi talaffuz qilinadi va hokazo.

O'quvchilar esa aynan eshitgan talaffuz me'yoriga amal qilgan holda so'zni yozaman deb aynan shu yerda xatoga yo'l qo'yadilar. Bu hozir bizning misolda "suiiste'mol" so'zining yozilishidan bir namuna bo'lib, uning xalqona tildagi talaffuzi biroz chalkashlikka olib keladi.

2. So'zning kirillcha varianti yozilgan bo'ladi va uning lotincha varianti javob maydoniga yozilishi lozim bo'ladi (2-rasm).

2-rasm. Lotin imlosiga oid savodxonlikni tekshirish. Bu usul orqali o'quvchilar so'zning bir yo'la kirillcha variantini ham bilib oladilar, bu tilimizga rus tilidan o'zlashgan so'zlarni yozishda ko'p xatoliklarning oldini oladi.

June, 2022

368

3. Maxsus tovush effekti asosida lug'at bazasidagi so'zlar navbat bilan o'qib eshittiriladi va javob maydoniga bu so'zlarning to'g'ri variantlarini yozish talab etiladi (3-rasm).

3-rasm. Tovush effekti asosida orfografik tekshirish.

Bu usul foydalanuvchi uchun qulay bo'lishi bilan bir qatorda bir qator shartlarni ham talab etadiki, ulardan eng asosiysi kompyuterning multimediaviy texnologiyalar (xususan, akustik sistema) bilan ta'minlanganligidir.

Umumiy holda bu usullarning barchasini bitta loyihaga birlashtirib ham tashkil etish mumkin. O'qituvchi o'quvchining iqtidoriga qarab, bu usullardan istalgan birini tanlashi va o'quvchining bilimini tekshirib ko'rishi mumkin.

Har qanday dasturiy ta'minotning qadr-qimmati undan foydalanish darajasi bilan ham belgilanadi. Shu bois dastur umumiy bazadan tashqari lokal bazalarga ham ega bo'lib, har bir lokal baza o'quvchining yoshi, iqtidori yoki qaysi sinfda o'qiyotganligiga qarab tashkil etilgan.

Har bir bazadan tanlanishi kerak bo'lgan savollar soni esa ixtiyoriy bo'lib, har bir savolga berilgan to'g'ri javob uchun 1 ball belgilangan (4-rasm).

4-rasm. Dasturga kirish. Mazkur ishda muallif tomonidan taklif etilayotgan dasturiy ta'minot Visual Basic Net dasturlash tizimida yaratilgan bo'lib,

June, 2022

369

unda foydalanuvchining nafaqat imloviy savodxonligi, balki uning klaviaturada yozish mahoratini shakllantirish masalasi ham ko'zda tutilgan.

Dastur Unicode-simvollarni to'liq qo'llab-quvvatlaydi va unda klaviaturada aks etmagan simvollarni (o„, у, к, f, x) terish uchun yo'riqnoma keltirilgan bo'ib, nomutaxassis foydalanuvchilar uchun bu mushkullik tug'dirmaydi.

Dasturning amaliy ahamiyati shundaki, u shablon-dastur (Updated & Tester) ko'rinishida yaratilgan bo'lib, istalgan ona tili o'qituvchisi o'z sohasida uning bazasini o'zgartirishi, to'ldirishlar qilishi va zarur bo'lganda bazani saqlab qo'yishi mumkin. Dastur har gal sistemaga yuklanganda ushbu bazani chaqirib olib, undan foydalangan holda test o'tkazishi mumkin.

Dastur bazasi Блокнот ("Notepad") dasturidan foydalangan holda tashkil etilgan bo'lib, foydalanishda bir qator qulayliklarga ega, ya'ni:

1) dasturning ishlash tezligi yuqori bo'ladi (chunki dastur va baza o'rtasidagi dinamik almashuv uchun ortiqcha resurs talab etilmaydi);

2) dastur xotiradan kam joy egallaydi;

3) bazani yangilash yoki to'ldirishlar qilish qiyin emas.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, keyingi yillarda tilni o'qitishda kompyuter va axborot texnologiyalari hamda avtomatlashtirilgan sistemalardan foydalanish masalasi dolzarb tus olganligini e'tiborga oladigan bo'lsak, bunday dasturiy ta'minotlardan o'qituvchilar ham boshlang'ich yoki yuqori sinflarda tegishli mashg'ulotlarda samarali foydalanishlari mumkin.

REFERENCES

1. А.Климов. Занимательное программирование на Visual Basic Net. - СПб.: БХВ-Петербург, 2005. - 528 с.

2. A.Norov. Kompyuter lingvistikasi asoslari. - Qarshi, "Nasaf', 2017. - 128 b.

3. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o'zbek tili. - T.: Universitet, 2006. - 476 b.

4. N.Husanov, Z.Rasulova. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. - T.: 2004. - 92 b.

XULOSA

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.