Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFDA FONETIK MASHQLARNI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

BOSHLANG’ICH SINFDA FONETIK MASHQLARNI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
971
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / fonetika / talaffuz / urg’u / imloviy savodxonlik / globalization / phonetics / pronunciation / stress / spelling literacy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muxammadjonova Sayyoraxon

maqolada fonetikani o‘qitish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuzni shakllantirish, imloviy savodxonlikni, so‘z boyligini oshirib borish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish to’g’risida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING PHONETIC EXERCISES IN PRIMARY SCHOOL

The article discusses the ideas on how to form literary pronunciation in students by teaching phonetics, increase spelling literacy, vocabulary, improve the development of content, methods and tools for the development of independent thinking skills.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFDA FONETIK MASHQLARNI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING PHONETIC EXERCISES IN PRIMARY SCHOOL Muxammadjonova Sayyoraxon

TDPU Ta'lim va tarbiya nazariyasi (Boshlang'ich ta'lim) 2 - kurs magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.6468169

Abstract: The article discusses the ideas on how to form literary pronunciation in students by teaching phonetics, increase spelling literacy, vocabulary, improve the development of content, methods and tools for the development of independent thinking skills.

Keywords: globalization, phonetics, pronunciation, stress, spelling literacy.

BOSHLANG'ICH SINFDA FONETIK MASHQLARNI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Annotatsiya: maqolada fonetikani o'qitish orqali o'quvchilarda adabiy talaffuzni shakllantirish, imloviy savodxonlikni, so'z boyligini oshirib borish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish to 'g'risida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, fonetika, talaffuz, urg'u, imloviy savodxonlik.

Jahonda globallashuv jarayoni tezlashayotgan bir paytda tillarni asrash, ularni takomillashtirish va o'qitish masalalari dolzarb bo'lib bormoqda. Bugungi kunga kelib til ta'limiga doir turli interfaol usullar amaliyotda keng qo'llanilmoqda. Har qanday tilning asosini uning tovushlar tizimi, ya'ni fonetikasi tashkil qiladi. Ingliz, fransuz, nemis va boshqa rivojlangan xorijiy tillarni o'qitishga doir ilmiy adabiyotlarda fonetikaga, xususan, talaffuzga alohida e'tibor beriladi va ta'lim jarayonida fonetik mashqlardan unumli foydalaniladi. Dunyo tajribasida talaffuz mashqlari bir bo'lim yoki bir mavzu bilan tugab qolmaydi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Darsliklarda keltirilgan mashq turlari o'quvchida to'g'ri talaffuz ko'nikmalarining osongina shakllanishiga olib keladi.

Dunyoda tillarni o'qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bo'lib, dars jarayonida lingivistik kompetensiyalarni shakllantirish nutqiy kompetensiyalarning rivojlanishiga olib keladi. Shu o'rinda chet tillarni o'qitish bilan ona tilini o'qitish maqsadlari ma'lum ma'noda farq qilishini, ularni bir chiziqda tasavvur qilib bo'lmasligini ta'kidlash lozim. Shunga qaramay, ingliz tilini o'rganish bo'yicha belgilangan darajalar ona tiliga ham tatbiq qilinmoqda. Til o'rganishga qo'yilgan mazkur talablar asosida tinglash, gapirish, o'qish va yozish malakalari shakllanadi. Bunday yondashuvdan ijodiy foydalanib, ona tili darslarini ham samarali tashkil etish mumkin. Rivojlangan davlatlarning til o'qitish metodikasida gapirish (speaking), yozish (writing) kabi mashg'ulotlar, asosan, mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o'z o'rnida ishlatiladi. SHu sababli ularning til o'rganish kompetentligi yuqoridir. Shuningdek, PISA, PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari orqali dunyoning ko'plab davlatlarida o'quvchilarning o'qish savodxonligi aniqlanmoqda.

Respublikamizda ham ona tili o'qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi. Umumiy o'rta ta'lim tizimidagi fonetikaga doir o'quv materiallari mazmunini takomillashtirish, o'quvchilarda adabiy talaffuz ko'nikmalarini shakllantirish, uning natijasida imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Fonetika o'qitish orqali o'quvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish zarur. Zero, Prezidentimiz tomonidan "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz", - deb ta'kidlanishi ona tili ta'limi oldiga mamlakatimiz yoshlarini o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo'yadi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SHu ma'noda umumiy o'rta ta'lim tizimida fonetika o'qitish orqali o'quvchilarda nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko'nikmasini to'la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so'z boyligining oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o'rgatish uchun fonetikaga doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirish zarurati mavjud.

Bugungi kunda ta'lim jarayoniga turli yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq qilinmoqda. Biroq ona tili ta'limida shunday mavzular bo'ladiki, ularni o'qitishda didaktik o'yinlardan ko'ra amaliy ishlash orqali kerakli natijalarga erishish mumkin. Ta'kidlash kerakki, talaffuzning imloga va aksincha, yozuvning og'zaki nutqqa ta'siri bo'lishi tabiiy. Fan-texnika qanchalik shiddat bilan rivojlanmasin, baribir, yozma nutq muhim bo'lib qolaveradi. Bugungi kunda o'quvchilar nutqida imloviy xatolar juda ko'p uchrayotganining sababi ham fonetika o'qitish, talaffuz masalasi bilan bevosita bog'liqdir.

O'quvchilar o'z ona tilidan mahorat bilan samarali foydalana olsa, o'z fikrlarini ta'sirchan, tushunarli bayon qila olsa, ajdodlardan qolgan boy ilmiy, badiiy merosni chuqur anglash darajasida o'z tilini bilsa, ana shunda ona tili ta'limi o'z maqsadiga erishgan bo'ladi. Buning uchun ona tili darslarida foydalaniladigan o'quv materiallari nihoyatda puxta ishlangan bo'lishi, ko'nikmalarni kompleks tarzda shakllantirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Bir paytning o'zida ham talaffuz, ham imlo, ham so'z boyligini oshirish, qolaversa, mustaqil fikrlashga yo'naltirishga sharoit yaratish takrorlanish jarayonini hosil qiladi, bu esa nutqiy mahoratni oshiradi.

Aslida ona tili darslarining asosiy maqsadi bo'lgan o'quvchilarda nutqiy malakalarning shakllanishiga zamin yaratuvchi fonetika, orfografiya, orfoepiya, punktuatsiya bo'limlarini o'qitishda mashqlardan muntazam foydalanish, qolgan bo'limlarni esa, topshiriqlar asosida o'qitish samaraliroq natija beradi.

Har qanday ma'lumotni qay darajada o'zlashtirish tinglovchining xohish irodasiga bog'liqdir. Psixologik nuqtai nazardan darsda, ayniqsa, yangi dars bayonida o'quvchini qiziqtirish lozim. Aks holda, harakat samarasiz bo'lishi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mumkin. SHu ma'noda fonetika o'qitishda ham turli noan'anaviy dars usullaridan foydalanish lozim.

"Kim xattot?" usuli. Sinf uch guruhga bo'linadi. Qur'a tashlash yo'li bilan ulardan biri ekspert, qolgan ikkisi bahslashuvchi jamoalarga ajratiladi. Ekspert guruhi jamoasi x va h undoshi ishtirok etgan so'zlarni aralash holda aytaveradi, bu so'zlardan bir jamoa tarkibida x undoshi ishtirok etgan so'zlarni, ikkinchi jamoa tarkibida h undoshi ishtirok etgan so'zlar qatorini yozib boradilar. Belgilangan vaqtda jamoalar ishi to'xtatiladi. Ekspertlar jamoasi ikkala guruh ishlarini tekshirib beradi. Ish yakunida o'qituvchi uchala guruh ishlarini ko'rib chiqib baholaydi.

"Juftini top!" usuli. Bunda tutuq belgisi ishtirok etgan so'zlarning paronim juftlarini topish uchun uchta jamoa bellashadi. Sardorlar bellashgan paytda qolganlar tutuq belgisi ishtirok etgan so'z qatnashgan xalq maqollaridan topib turadi. Kimda misol ko'p bo'lsa, o'sha jamoa g'olibdir. 5 minut vaqt.

Tutuq belgisi ishtirok etgan so'zlarning talaffuzida ham kamchiliklar uchraydi. Darsliklarda mazkur belgining uch vazifasi haqida batafsil ma'lumot qoida shaklida berilgan bo'lsa-da, talaffuzda chalkashlik mavjud. Ya'ni, unlidan keyin kelganda ham, undoshdan keyin kelganda ham ajratib aytilaveradi. Bunday holatda ham talaffuz mashqlari, topshiriqlar va noan'anaviy usullardan foydalanish mumkin.

1-topshiriq. Dastlab tutuq belgisining unli harflardan keyin kelishiga, so'ng undosh harflardan keyin kelishiga xalq maqollari orasidan misollar topib yozing va talaffuz asosida farqlang.

Va'daga vafo mardning ishidir.

Qal'a atrofidagi xandaq suv bilan to'ldirilgan.

Adabiyotlar:

1. Hamroev G'.H. Fonetikaning umumta'lim maktablarida o'qitilishiga doir ayrim mulohazalar //. -Toshkent, TDPU, 2018. -B. 485-487.

2. Mirzayev F. Fonetika o'qitishda xalq maqollaridan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida 2010. -B. 116-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.