Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
O'ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR
Maqolada hali hanuzgacha o'z o'rnini lotin alifbosiga bo'shatishni xohlamayotgan kirill alifbosi haqidagi fikrlar, hamda kirill va lotin alifbosining qiyosi haqida fikrlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: Lotin, kirill, alifbo, qiyos, savod, talaffuz, imlo
1993-yili «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi qonun e'lon qilingan edi. Oradan qariyb 24 yil o'tdi, bu orada alifbo bir marta isloh qilindi, unga o'tish muddati bir necha bor cho'zildi. Xullas, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish masalasi ba'zi subyektiv-obyektiv sabablarga ko'ra haligacha hal etilgani yo'q.
Hozir bizda qo'shalifbo tizimi: ham kirill, ham lotin alifbosi teng qo'llanmoqda. Biri ikkinchisi bilan raqobat qilmaydi, ziddiyatga bormaydi, ammo hech biri o'z o'rnini boshqasiga bo'shatib bergisi yo'q.
Umuman olganda, alifbo almashtirish biz uchun yangilik emas. Hatto yuqorida tilga olingan qonunda ham «...o'zbek yozuvining lotin alifbosiga o'tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib...»1, degan joyi bor. Faqat amalda bu tajriba kamlik qildi. 1929-1940-yillarda arab yozuvida savodi bo'lgan aholi va bu yozuvda bitilgan yozma ilmiy-adabiy merosni 1993- yildagisi bilan hech solishtirib bo'lmasligi hisobga olinmagan ekan.
Cho'ntagingizdan milliy valyutamizni, ya'ni so'mni olib ko'rsak, faqat 5000 (besh ming)talik va 10000 (o'n ming) talikdan tashqari hamma valyutamiz kiril alifbosida. Lotinlashtirish haqidagi qonun 1993 yili qabul qilindi, so'mni esa 1994 yildan buyon ishlatib kelayapmiz. Undan keyin ham necha marta yangi kupyuralar muomalaga kiritildi. Gazeta-jurnallarning nomi, sarlavhalari lotinchada bo'lsa, maqolalarning o'zi kirillchada. Ko'cha nomlari, muassasalar, korxonalar, do'konlar, dorixonalar... xullas, ko'zga ko'ringan peshyozuvlarning hammasida lotin alifbosidan foydalanilgani holda, ish yuritish kirillchada olib borilmoqda.
1 Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг янги алифбоси ва имлоси. -Т.: Университет, 1999. -Б. 5.
Qobilbek Shokirovich Xushboqov
Denov tadbtfkoriik va pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Shu mavzuda, ya'ni kirill va lotin yozuviga asoslangan alifbomiz haqida ommaviy axborot vositalarida, jumladan, internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in bahs yuritilmoqda.
Shu mavzuga taalluqli bir qancha fikrlarni o'rganib chiqdik va asosiylarini tahlil qilishga harakat qildik.
To'raxo'jayeva Shahnoza ismli adabiyotshunos,
kun.uz. yangiliklar partalida quyidagicha fikrlar bildiradi.2
"Men texnik va gumanitar mavzularda kitoblar chiqaradigan nashriyotda bosh muharrirman. Yangi alifboning barcha qulayligi-yu noqulayliklariga har kuni duch kelaman. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, lotinlashtirishning muvaffaqiyatsizligiga ikki asosiy sabab bor.
1-sabab. Amaldagi lotin alifbosi ko'p noqulayliklarga ega.
Birinchi noqulaylik o' va g' harflari bilan bog'liq. Bu harflarni klaviaturada alohida tugmachalarga bog'lab qo'yishning iloji yo'q. Qolaversa, ' belgisi tutuq belgisi ' bilan shaklan o'xshash. Ularni ifodalash uchun biz klaviaturadagi bir necha (birvarakayiga 5 ta!) tugmalar kombinatsiyasidan foydalanamiz yoki matnni terib bo'lgach, o' va g' harflarini «avtozamena» funksiyasi orqali umumiy almashtiramiz. Bu — masalaning texnik jihati. Amalda esa, masalan, «to'g'ri» so'zidagi ikki qo'shimcha belgidan birining tushib qolishi ko'p uchraydi (yo «to'gri», yo «tog'ri»), hatto savodli yozilgan matnlarda ham. Bu harflar matn terishda noqulaylik tug'diradi.
Ikkinchi noqulaylik sh va ch harflari bilan bog'liq: bu harflar ingliz yoki boshqa tillar uchun qulaydir (chunki ula rda aksar so'zlar qisqa, sh, ch harflarining bir so'zda ikki marta ishlatilishi yoki o'zakka shu harflar ishtirokida qo'shimcha qo'shilishi uchramaydi), ammo o'zbek tilida bu harflar noqulaylik keltirib chiqarmoqda. Shu undoshlar bir necha marta ishtirok e tgan qashshoq, cho'chish, shishish, pashsha, ishchi, uchrashish kabi so'zlar yozishga ham, o'qishga ham noqulay. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarning ko'pchilik foydalanuvchilari harflarni allaqachon w, 6, 4 kabilar bilan almashtirib olishgan.
Uchinchi noqulaylik — tovushining hozirgi lotin alifbosida alohida harf bilan berilmagani. Biz «s»ni o'rniga qarab «ts» yoki «s» bilan ifodalaymiz. To'g'ri, «s» turkiy tillar uchun yot tovush. Ammo til taraqqiyoti natijasida bu tovush ishtirokidagi internatsional so'zlar, terminlardan keng foydalanayapmiz. Ko'pchilik «s»ni hamma o'rinda «s» deb talaffuz etish va yozishni taklif qilayapti. Lekin shunday atamalar borki, «s» bilan yozilganda, omonim bo'lib qoladi: sanga
2 http://kun.uz/news/2017/03/16/
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
- sanga, seriy - seriy, sokol - sokol va hokaz o. Bu aynan shunday matnlami ko'p yozadigan mutaxassislar, abituriyentlar va talabalar tomonidan ma'qullanmayapti.
To'rtinchi noqulaylik «е», «ё», «ю», «я» kabi «yo»lashgan unlilar imlosi bilan bog'liq. Shu paytgacha, masalan, qachon «yu» va qachon «u» yo zilishi bu harflarning kelgan o'rni va bajaradigan vazifasiga bog'liq deb kelingan (Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг янги алифбоси ва имлоси. - Тошкент: Университет, 1999).
2-сабаб. Kirill alifbosi cheklanmagan, u hamma joyda lotincha bilan teng ishlatilishi mumkin. Demak, undan voz kechmasa ham bo'laveradi. Shunday ekan, kim boshini qotirib yangi alifboni o'rganadi, unda o'qish va yozishga o'tadi?"
Shu bilan birga To'raxo'jayeva Shaxnoza bu masalaning yechimida 3ta yo'l
-5
oldida qolganligini aytib o'tadi:
"Biz ham ayni damda shunday uch yo'l qarshisida qoldik:
— hech narsani o'zgartirmaslik;
— lotin alifbosini isloh qilish;
— kirillchaga qaytish."
To'raxo'jayeva Sh. bu yo'llarning hammasiga o'z fikrlarini bildiradi. Masalani muhokama uchun o'rtaga tashlaydi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini mukamallashtirish lozimligi haqida «Oila davrasida» gazetasi o'quvchilariga bergan javoblariga aytib o'tgan. Bu fikrlarni Daryo.uz sayti xabar bergan;
«Nazarimda, bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini yanada mukammallashtirish davr talabiga aylandi. Amaldagi alifboga asoslangan imlo qoidalarimizni qayta ishlab chiqish muhim va ayni kunda zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Bu alifbodagi ayrim ziddiyatli holatlar bilan bog'liq. Misol uchun, lug'at boyligimizdan o'rin olgan jurnal, jirafa kabi o'zlashma so'zlardagi 'j' tovushini yangi alifboda ifoda etishning imkoni yo'q. Bu tovush 'j' harfi bilan yozilsa, talaffuz va imloda ziddiyat kuzatiladi. Bu esa savod chiqarayotgan o'quvchilarda noqulaylik tug'dirmoqda», — deydi Shuhrat Sirojiddinov.4
Olim lotin alifbosini takomillashtirish bo'yicha bir qancha takliflar aytib o'tgan. "Universitetimizda tuzilgan maxsus ishchi guruh shunday takliflarni tayyorlash borasida ish olib bormoqda», — deydi professor Sirojiddinov.
3 http://kun.uz/news/2017/03/16/
4 http://daryo.uz
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Bektemir ismli foydalanuvchi Taraqqiy.uz saytida lotin yozuviga asoslanagan o'zbek alifbosiga ayrim tuzatishlar kiritish haqida kattagina maqola yozgan va quyidagilargni taklif qilgan:
"Ma'lumki, mamlakatimizda lotin alifbosi to'liq tatbiq etilganicha yo'q. Lotin alifbosi bilan bir vaqtda kirill alifbosi ham qo'llanilmoqda. Lotin alifbosiga uzil -kesil o'tishga qaror qilinsa, u holda ushbu alifboga avval ayrim o'zgartishlarni kiritib, alifboni qulaylashtirish va zamonaviylashtirish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Taklif etilayotgan o'zgartishlar o'zbek lotin alifbosini yanada murakkablashtirishga emas, aksincha uni imkon qadar soddalashtirish va qulaylashtirishga qaratilgan. Bu quyidagi takliflardan iborat:
1. Kirillcha O'o' va G'g' tovushlarini ifodalovchi O'o'/ G'g' harflarini Öö / Gg harflariga almashtirish.
2. Ch/Sh harflarining o'rniga Çç/§§ harflarini qaytarish.
3. Ruscha Ss tovushini lotincha Sc harfi bilan ifodalash.
4. Ruschadan o'zlashgan ^ha harflariga ega so'zlarni -cia shaklida qo'llash.
5. O'zlashtirilgan ayrim so'zlarni chiroyli qilib yozish.
6. Yana bir jiddiy taklif bu - qattiq Xx va yumshoq Hh harflarini lotinchada bitta Hh harfi bilan yozish.
7. So'nggi jiddiy taklif - ' harfini lotinchada ikkita aa harflari bilan yozish."5
Manas Dalimov ismli yana bir foydalanuvchi yuqoridagi maqolaga izoh
qoldirarkan quyidagilarni yozadi:
"Do'stlar, albatta kirill harflariga yetmaydi, buni ustiga bugungi kundagi kompyuterlashgan zamonni ham hisobga olaylik. 2000 yildan boshlab Windows tizimida bemalol kirillicha o'zbekcha yozsa bo'ladi. Lotin grafikasida bo'lsa yuqorida maqolada keltirilgan muammolar bor. Agar tayyor shakllangan alifboni olsak, masalan turkchani, unda kompter uni turkcha deb o'ylaydi. Mabodo yangi harflar joriy etiladigan bo'lsa, yirik kompter dasturlari ishlab chiqaradigan kompaniyalarga davlat darajasida murojaat qilish kerak. Ular kerakli kodirovkalarni kiritishlari kerak. Hozirda asosan sayt va ko'p dastrular Yunikodda ishlaydi va bu katta muammo bo'lmas. Albatta kirillcha o'zbekchada qolganimiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Chunki Yunikodda y, K, F, X, harflari o'z kodlariga ega. Qanchadan qancha o'zbek adabiyoti va mumtoz adabiyotlar shu hafrlarda kitob shaklida bosilgan. Ammo zamon talabi shu ekan nima ham qilar
Alisher ismli foydalanuvchi esa: "Qanchadan qancha o'zbek adabiyoti va mumtoz adabiyotlar shu harflarda kitob shaklida bosilgan. Ammo zamon talabi shu ekan nima
5 http://www.taraqqiy.uz/2016/10/lotin islohi
edik".
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
ham qilar edik."
Arabchada yozilgan aka, arabchada lekin kirillga ancha xatolar bilan ko'chirilgan misol Navoiy asarlari. Umuman merosimizni lotinchaga ko'chirish muammo emas,arab va kirill alifbolaridan."
Zuxriddin ismli esa "Masalani oddiygin kirill alifbosida qolib hal qilsak bo'lmaydimi?" degan savol bilan murojat qilgan".
Kamol ismli foydalanuvchi munozarani davom ettirgan: "Tilni rasvo qilib siz taklif qigan o'zgarishlarni kiritib, sharmanda bo'lgandan ko'ra hozirgi lotinda qolganimiz yaxshi. Kiritgan takliflaringizning ayrimlarinigina aytmasa, ko'pchiligi umuman be'manilikdan boshqa narsa emas! H bilan X ni farqlolmas ekansiz bu o'sha odamning chalasavodligidir, chunki xalq bilan xalqning xabar bilan habarning farqi chuda katta."
Yangi Özbekxon ismli foydalanuvchi ham bahsga qo'shilagan: "Nima krillchada muammo yöq ekanmi? K/X/r/Y lar va K,/X,/r'/Y' larni kanday ajratasiz? Maxsus alifbosiz özbek krillida yozish akcent b-n yozgandek bö'p qoladi. Kachongacha xalkimizni uzbek deb yuramiz? Bundan tashqari Turkiy tillarga (shu jumladan Özbek tiliga ham) lotin alifbosi köproq mos tushadi. Dunyodagi axborotlarni 80% lotin yozuvida bölib turgan bir pallada ötmishni qömsash mutlaqo kerak emas. Hammaga malum bu narsalar. Mana qöshni Qozog'istonda ham 2025-yilgacha töliq lotin yozuviga ötish haqida qonun qabul qilishdi. Vaholanki, ular Orusianing eng yaqin hamkorlaridan."
Abdumalik degan foydalanuvchi ham o'z fikrini qoldirgan: "Bu takliflarni ko'rib chiqishdan oldin lotin alifbosiga uzil-kesil o'tish muammosini hal qilish kerak. Ortga qaytish kerak deb aytolmayman, chunki hozirgi bosqichda bu ahmoqchilik bo'lgan bo'lardi. Aksincha batamom o'tishni jadallashtirish kerak. Masalan, matbuotga kirillchada nashr chiqarishni ta'qiqlash kerak, hech qaysi nashrga istisnosiz albatta."6
Yana bir portalda Farhodjon ismli bloger lotin alifbosi haqida quyidagilarni taklif etgan:
"Men joriy alifbomizning asosiy kamchiliklarini quyidagilar deb hisoblayman:
• bir tovushni ikki belgi ifodalashi va u alifboda yagona harf sifatida qabul qilinganligi: sh, ch; bularning nomi "digraf" deb ataladi va normal alifbolarga kiritilmaydi;
• ch harflar birikmasining birinchi harfi alifbomizda alohida mavjudmasligi: c;
• lotin tipografikasidagi bir tirnoq (tinish belgisi) diaktrik belgi sifatida ishlatilishi:
o', g';
6 http://www.taraqqiy.uz/2016/10/lotin islohi
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
• avvalgi alifbodan yangisiga o'tishning asosiy sababi sifatida kompyuter va internetga moslik, klaviatura orqali qiynalmasdan terish ko'rsatilgani holda, qo'sh tirnoqni (') klaviaturadan to'g'ridan-to'g'ri terib bo'lmaydi va hozir kompyuter, internet foydalanuvchilarining asosiy qismi ushbu belgi o'rniga yo apostrofni yoki akutni ishlatishadi; bundan kelib chiqib, asosiy sabab o'zini oqlamagan va alifboni tuzishda chuqur tahlil qilinmagan, degan xulosaga kelish qiyin emas;
• tipografika va boshqa alifbolarni namuna sifatida olish mumkinligi haqida yozmayman cho'zilib ketadi.
Sanab chiqqan kamchiliklarim juda kam. Lekin bu asosiylari va matnlarning o'qilishi, yozilishiga katta ta'sir qiladi.
Masalan, so'nggi ikkita alifboni solishtiramiz:
1993-yildagi alifbo:
U§bu Qonun Özbekiston Respublikasi Konstituciyasiga asoslanib va özbek yozuvinin lotin alifbosiga ötilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib ?iqib, ken jamoat?ilik vakillari bildirgan istak-xohi§larni inobatga olgan holda respublikanin har taraflama kamol topi§ini va jahon kommunikaciya tizimiga kiri§ini jadalla§tiruv?i qulay §aroit yarati§ga xizmat qiladi.
1995-yildagi alifbo:
Ushbu Qonun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o'zbek yozuvining lotin alifbosiga o'tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Menga yuqoridagi matn o'qish uchun ham, yozish uchun ham (agar qolganida)
n
qulayroq.
O'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori: «Hali ham lotin alifbosiga to'liq o'tib
o
bo'lmaganimizning jiddiy tashvishga sabab bo'ladigan joyi yo'q.» degan fikrni bildirgan. Internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarida bu kabi munozara, muhokamalar qizg'in davom etmoqda. Bu esa lotin yozuvi bo'yicha ma'lum xulosaga kelish kerakligini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nurmonov A.O'zbek tilshunosligi tarixi -T.: O'qituvchi, 2002.
2. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining imlo lug'ati. -T.: O'qituvchi, 1995.
7 https://farhodj on.uz/blo g/all/alifbo -muammosi
8 https://daryo.uz/2016/10/22
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
3. Begmatov E., Madvaliyev A. O'zbek tilining imlo lug'ati. -T.: Akademnashr, 2013.
4. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. -T.:Universitet, 1999. -B. 3.
5. O'zbekiston ensiklopediyasi. T., 2007.
6. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining imlo lug'ati. -T.: O'qituvchi, 1995.
7. Begmatov E., Madvaliyev A. O'zbek tilining imlo lug'ati. -T.: Akademnashr, 2013.
8. Falsafa, qisqacha izohli lug'at. - Toshkent: Sharq, 2004. - B. 18.
9. http: //kun. uz/new
10. http://daryo.uz
11. http: //www.taraqqiy .uz
12. https://daryo.uz/2016/10/22