Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI QIRG‘IZLARINING ETNIK MANSUBLIGINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI'

FARG‘ONA VODIYSI QIRG‘IZLARINING ETNIK MANSUBLIGINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qirg‘iz tili / jamiyat / madaniyat / lingvokulturologiya / lahja / ikki tillilar / aralash tillilar / etnointegratsiya / tarixiy-qiyosiy gramatika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Baxromjon Boqijonovich Inatullayev

Mazkur maqolada o‘zbek va qirg‘iz tili tarixiy-qiyosiy gramatikasi va uning Farg‘ona vodiysida istiqomat qiluvchi qirg‘iz millatiga mansub aholining ijtimoiy hayotiga ta'siri, shuningdek, ularning lingvokulturologik xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI QIRG‘IZLARINING ETNIK MANSUBLIGINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI»

FARG'ONA VODIYSI QIRG'IZLARINING ETNIK MANSUBLIGINING

LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Baxromjon Boqijonovich Inatullayev Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek va qirg'iz tili tarixiy-qiyosiy gramatikasi va uning Farg'ona vodiysida istiqomat qiluvchi qirg'iz millatiga mansub aholining ijtimoiy hayotiga ta'siri, shuningdek, ularning lingvokulturologik xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: qirg'iz tili, jamiyat, madaniyat, lingvokulturologiya, lahja, ikki tillilar, aralash tillilar, etnointegratsiya, tarixiy-qiyosiy gramatika

LINGUISTIC CHARACTERISTICS OF THE ETHNICITY OF THE KYRGYZ PEOPLE OF THE FERGANA VALLEY

Bakhromjon Bakijonovich Inatullayev Namangan State University

Abstract: In this article, the historical-comparative grammar of the Uzbek and Kyrgyz languages and its impact on the social life of the Kyrgyz population living in the Fergana Valley, as well as their linguistic and cultural characteristics, are analyzed in detail.

Keywords: Kyrgyz language, society, culture, linguo-culturology, dialect, bilinguals, mixed languages, ethnointegration, historical-comparative grammar

Ko'p millatli o'zbek diyori, xususan, Farg'ona vodiysida istiqomat qiluvchi har bir millat vakillari ijtimoiy hayotida etnik birlikni ta'minlovchi, etnik mansublikka xos an'anaviylikni asosiy vositasi bu til bo'lib, bu bilan avlodlar o'rtasidagi madaniy tashuvchanlik rolini ham bajaradi. Jumladan, Farg'ona vodiysida istiqomat qiluvchi qirg'iz millatiga mansub aholining ham asosiy so'zlashuv tili qirg'iz tili bo'lib, ular o'zbek tilidan ham keng foydalanadilar.

Har qanday davrda etnik birlikning eng muhim alomatlaridan biri uning tili hisoblanadi. Ayrim hollarda esa muayyan etnoslar turli tillarda so'zlashuvchi xalqlar bilan birgalikda yashab, faol etnomadaniy aloqalarda bo'ladi va o'z navbatida bunday hollarda til etnosga xos muhim xususiyat, etnik mansublik belgisi rolini bajaradi. Qirg'izlar vodiydagi kechgan etnointegratsiya jarayonlarda ishtirok etib, mahalliy xalqlari bilan qizg'in etnomadaniy aloqalarga kirishishgan. Bu jarayonlar madaniyatning barcha sohalarida, jumladan tillararo munosabatlarda o'z aksini topdi.

Madaniyat va san'atning istiqbolini o'ylab yuritilgan oqilona siyosat milliy madaniyatimizning kelgusi rivoji uchun muhim tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. [1.-B. 558.] Shu o'rinda qirg'iz tili xaqida ma'lumotlarni keltirib o'tadigan bo'lsak, bu til turkiy tillarning qirg'iz-qipchoq guruhiga mansub tillardan biridir. O'z navbatida Qirg'iziston Respublikasining davlat tili ham hisoblanadi. Mazkur tilda asosan, Qirg'izistonda, shuningdek. O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston, Qozog'iston, Pokiston, Xitoy, Rossiya federatsiyasi va boshqa hududlarda keng tarqalgan. Bugungi kunda dunyo bo'yicha qirg'iz tilida so'zlashuvchilarning umumiy soni 7 mln. kishidan iborat bo'lib, ularning 6 mln. 330 ming kishidan ortiqroq qismi Qirg'izistonning o'zida istiqomat qiladi.

Qirg'iz tili 2 ta: shimoliy va janubiy lahja guruhlariga bo'linib, bu lahjalar, asosan, fonetika va leksika sohalarida o'zaro farqlanadi; ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi. Janubiy lahjaga o'zbek tilining ta'siri kuchli bo'lgan.

Qirg'iz tilining fonetik xususiyatlari: 8 ta qisqa unli fonemaga qarama-qarshi 8 ta cho'ziq unlining mavjudligi, singarmonizmning izchil saqlanishi, so'z boshida j (jon so'zidagi) undoshining (boshqa turkiy tillardi y yoki j) qo'llanishi va boshqa xususiyatlari mavjud. Morfologik belgilari boshqa turkiy tillardagiga o'xshash. Singarmonizm mavjudligi tufayli affikslarning fonetik variantlari ko'p. Qirg'iz adabiy tili shimoliy lahja asosida shakllangan bo'lib, uning leksikasida sof qirg'izcha va turkiy so'zlar qatlamidan tashqari mo'g'ul, rus, arab va eroniy tillardan o'zlashgan so'zlar ham mavjud.

Qirg'iz milliy yozuvi dastlab, 1924-yilda arab alifbosi asosida, 1926-yildan lotin grafikasi asosida yaratilgan; 1940 yildan esa rus grafikasi asosidagi qirg'iz yozuvi joriy etilgan. .[2.]

"Lingvokultura" atamasi bilan ifodalanadigan tushuncha, bizning fikrimizcha, lingvomadaniyatshunoslikning maxsus mavzusini yanada aniqroq ochib beradi, shu bilan bir qatorda bitta tilga ega bo'lish va bitta madaniy jamoadagi sotsializatsiya odamlarni birlashtirish mezonlari ekanligini ko'rsatadi. Bunda odamzodni birlashtiradigan omillar aynan madaniyat xisoblanishi tushuntirilmoqda, bir-biriga yaqin bo'lgan madaniyat odamlarni yanada yaqinroq qilish imkonini beradi, ammo hozirgi kunda odamlar qanday madaniyat qanday millatdan bo'lishidan qat'iy nazar ularning yaqinligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu atamadan foydalanganda biz nafaqat dunyo haqidagi bilimlarning alohida elementlarini tarkibiy tashkil etishni nazarda tutamiz, balki dunyoqarashning o'zgarmas qismi lingvistik va madaniy obyektlar o'rtasidagi munosabatlar turi bilan belgilanishiga ham e'tibor qaratilishi joiz deb xisoblaymiz. Masalan, T.N.Snitko lingvokulturani "til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarning alohida turi, til sohasida ham, madaniyat sohasida ham namoyon bo'ladi va til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarning boshqa turiga, ya'ni boshqa

lingvokulturaga nisbatan identifikatsiyaga bo'ysunadi" deb ta'riflaydi.[3.] Lingvokultura turli xil parametrlar (hudud, maqom, jins, yosh) bilan ajralib turadigan madaniy va lingvistik hamjamiyat ichida o'zgarmas vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, madaniyatning lingvistik konstantalari yoki tushunchalari shakllanadigan va ishlaydigan umumiy muhit sifatida qaralishi mumkin.

Madaniyatning asosiy maqsadi shaxsni ma'naviy boyitish vositasi bo'lishdir. Inson "madaniyat olamiga" sho'ng'ib, moddiy va ma'naviy madaniyatga xos ko'pgina tillarni o'zlashtiradi. Madaniyatning milliy harakteri turli xalqlar tillari va madaniyatlarining o'zaro aloqasini, ularning o'zaro uzviy fundamental poydevor -jahon madaniyati, yutuqlariga boyib borishini nazarda tutadi. Butun insoniyatda madaniyat xalqning yaratilishi sifatida milliy (o'ziga xos) va umumiy (xalqaro) birligidir. [4.-B.862.]

Farg'ona vodiysining o'ziga xos qulay mintaqa ekanligi barchaga ma'lum. Mintaqaga tarixning turli davrlarida ko'plab etnik guruhlar, etnoslar vakillari kelib o'rnashgan. Shubhasiz o'zaro iqtisodiy- siyosiy, madaniy aloqalar faol etnogenez aloqalarni yuzaga keltirdi. Natijada tillararo yaqinlashishga ehtiyoj paydo bo'ldi. Umuman olganda Farg'ona vodiysidagi etnoslararo til munosabatlari qadim davrdan boshlanib, asosan bu jarayon ikki yo'nalishda rivojlanib bordi. Birinchi, tillararo metizatsiya(qorishuv) va ikkinchisi, tillarning gibridlashuvi holatidir.

XIX asrning o'rtalaridan to XX asr o'rtalariga qadar davom etgan qirg'izlarning Farg'ona vodiysiga migratsiyasi natijasida ko'plab qirg'iz qishloqlari paydo bo'ldi. Ushbu jarayon vodiyda o'zbek-qirg'iz etnoslararo munosabatlarini qizg'in kechishini ta'minladi. O'tgan yillar mobaynida vodiydagi qirg'iz tili(shevasi)da transformatsion jarayonlar tezlashgan bo'lsada, ayrim xududdagi aholi o'z ona tillarini to'liq saqlab qola oldi. Farg'ona vodiysida asosan qirg'izlar istiqomat qiladigan hududlarda olib borilgan dala tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, mahalliy o'zbek aholi hamda o'zbek tilining kuchli ta'sirida bo'lgan, jamiyat, ijtimoiy faoliyatda faol bo'lgan qirg'izlar ikkala tilni birdek o'zlashtirganlar.

Bunday aholi tilshunoslar tomonidan "ikki tilli" yoki "aralash tillilar" deb ataladi. Mazkur aholi mikromuhitda o'z ona(qirg'iz)tillarida, tashqi ya'ni, o'zga etnoslar bilan muloqotda esa asosan o'zbek tilida so'zlashadilar.

Qirg'iz tilining saqlanganlik darajasiga qarab vodiydagi qirg'izlar zich yashovchi qishloq va mahallalarni o'zbeklashgan, aralashgan, qirg'iz tilini yaxshi saqlagan guruhlarga tavsiflash mumkin. Masalan, birgina Namangan viloyatida olib borilgan dala tadqiqotlariga tayanib, viloyatning Chortoq tumani Soz-soy, Qorabog' qishloqlari, Kosonsoy tumanining Qorasuv qishlog'ida yashovchi qirg'iz millatiga mansub aholi til xususiyatidan kelib chiqib aralashgan deb tavsiflasak, Uychi tumanining Hizirobod qishlog'i, To'raqo'rg'on tumanining Yelxon qishlog'i,

Chortoq tumanining Arbag'ish qishlog'ida istiqomat qiluvchi aholini qirg'iz tilini yaxshi saqlagan guruhlarga mansub deb tavsiflasak bo'ladi.

Qirg'iz tilida umume'tirof etilgan "j"lash vodiy qirg'iz aholisi so'zlashuvidagi asosiy va harakterli belgilaridan biri hisoblanadi. Vodiy qirg'iz tili bo'yicha tadqiqotlar olib borgan barcha olimlar ularni "j" lovchi yoki o'zbek tilining qipchoq lahjasida so'zlashuvchi guruhlar toifasiga kiritganlar. Dala tadqiqotlari davomida axborotchilar asosan "j" lash shaklidagi so'z birikmalari ko'proq saqlangani to'g'risida ma'lumotlar beradilar. Masalan, yangilik - "^aRbinbiK", yigit - "^Erai", yulduz - ":®bingbi3", yurak - "^yP0k", ®ok - "jok", yangi-" ^aRbi" kabi so'zlar kundalik turmushda, o'zaro muloqotda foydalanib kelingan.

O'rta Osiyo xalqlari madaniyatida gap-gashtaklar alohida o'rin tutib, ular xalq nomoddiy merosi xisoblangan xalq qo'shiqlari va termalarini saqlab qolishning muhim vositasi vazifasini bajargan.[5.-B.80-83.] Shuningdek, bunda milliy til xususiyatlari ham namoyon bo'ladi.

Jahonda turli tillarning ko'pligi va xilma-hilligi qadimda turli qavmlar jamoasida hayotiy voqelikni faqat til orqali ifoda qilib, hamkorlikda yashaganligining natijasidir. Turli millat tillarining bir-biriga yaqinlashuvi, binobarin, turli tilda gaplashuvchi etnoslarning o'zaro yaqinlashuvi hayotiy zarurat asosida yuz berdi. [6.-B.5.] O'zbeklar muhitida o'zaro qizg'in madaniy aloqalar natijasida qirg'iz tilidagi ayrim so'z va so'z birikmalar asta-sekin transformatsiyaga uchradi. Endilikda qirg'iz tilidagi "j"lash o'zbek tilidagi "y"lashga moslasha bordi. Yoki har ikkala harflaridan hosil bo'ladigan so'z va so'z birikmalari parallel ravishda talaffuz qilina boshladi. Qoraqalpoq tilidagi ko'p ishlatiladigan "ybig'la" (yig'la), "ytg'ash"//"yag'ash" (yog'och), "yamg'bir" (emg'ir), "ybig'bishtbir" (yig'ishtir), "ybig'bilbish" (yig'ilish) shular jumlasidandir.

Qirg'iz tilda 22 ta undosh va 8 ta unli harflar mavjud. Hozirgi qirg'iz alifbosida g va g' tovushlari bir harf(g') bilan berilgan. Qirg'iz tili tovush tizimining boshqa turkiy tillardan farq qiluvchi asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1.Qirg'iz tilida tovushlarning lab singarmonizmi keng tarqalgan.Birinchi bo'g'indagi keng unlilar(o,o',u,u:) keyingi bo'g'indagi tor unlilarni keng unlilarga moslashtiradi. Birinchi bo'g'indagi "o" va "u" keyingi bo'g'indagi "a"ni "o"ga, "i" ni "u" ga aylantiradi. Masalan: Sonco (bo'lsa), SonSogy (bo'lmadi). Shuningdek, birinchi bo'g'inda "o'", "u;" unlilari kelsa, "a" "o'"ga "i"lar "u:"ga o'tadi: CYñnemMe' (gaplashish, so'zlashuv), enKenepge (o'lkalarda) kabi;

2. Turkiy til orqali arab va fors tillaridan qirg'iz tiliga o'zlashgan ko'pgina so'zlarda uzun «i» tovushi "iy" tarzida aytiladi va yoziladi: ilmiy, natiyja. Ba'zi "a"lar esa "ye" tarzida qo'llanadi: MaMneKeT, anSeire, Macene kabi;

3. Boshqa tildan olingan r,l,v harflari bilan boshlangan so'zlarda bir unli harf so'z boshida yoziladi ("v" harfi "b"ga o'tadi.) Masalan: ыраазы (rozi), уруксат (ruxsat), убакыт (vaqt), убада (va'da) kabi;

4. So'z boshidagi «y» harflari qirg'iz tilida «ж» bilan beriladi: жаз (yoz), жок (yo'q), журт (yurt, yurt) kabi;

5. O'g'uz lahjalaridagi "d" bilan boshlanuvchi so'zlar qirg'iz tilida "ж" harfi bilan beriladi: dag' - тоо, dil-тил, dushmak -тYШYY: kabi; O'g'uz lahjalaridagi "g" harflari bilan boshlanuvchi so'zlar qirg'izchada "к" bilan almashadi gun -kyh, go'l -кел, gelmek -келYY: kabi;

7. Boshqa tildan kirib kelgan "h" harfli so'zlar boshida ushbu harf tushib qoladi. ar(har), ежер^тг), тамак (harf), аба(havo), эч (hech) kabi;

8. Arab va fors tillaridan o'zlashgan so'zlardagi "x" tovushi qirg'izchada "q" tovushiga aylanadi: кат (xat), калк (xalq), кабар (xabar), уруксат (ruxsat ) kabi;

9. Qirg'iz tilining eng muhim va o'ziga xos xususiyati shundaki, chuqur til orqa tovushlardan biri bo'lgan "g'"ning tushib qolishi, kuchsizlanishi va buning natijasida so'zlarda uzun (keng) unlilarning paydo bo'lishi faol tovush hodisasi hisoblanadi. Hozirgi qirg'iz tili alifbosida uzun unlilar qo'sh tovushlar (aa, oo,yee,uu kabi) tarzida ko'rsatilmoqda. Tarkibida "g'" tovushi bo'lgan harfli birikmalar so'zdagi yondosh tovushga bog'liq holda o'zgara oladi:

• "og'" tovush guruhida cho'ziq "o"ga o'tadi: тoo (tog'), сол (o'ng, sol'), соолук (sog'liq) kabi:

• "o'g'" tovush guruhida сho'ziq "u"ga o'tadi: буу (bo'g'moq), туу (tug'moq), буудай (bug'doy), туура (to'g'ri) kabi;

• "o'g'i" tovush guruhida ham сho'ziq "u" ga o'tadi: уул (o'g'il), суук (sovuq)

kabi:

• "og'i (ag'i)" tovush guruhida сho'ziq "o'" ga o'tadi; оор (og'ir), ооз (og'iz), боор (bag'ir) kabi. [7.-B.30.]

O'zbek va qirg'iz tilining o'zaro tarixiy-qiyosiy gramatikasida yuz berayotgan o'zgarishlar Farg'ona vodiysida istiqomat qilayotgan qirg'iz millatiga mansub aholining ijtimoiy hayotiga ham ta'sir etib, madaniy integratsiya jarayonining muhim obyektiga aylangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir o'g'li. "2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi." Oriental Art and Culture 3.2 (2022): 558-567.// https://cyberleninka.ru/article/n/ 20172022-yillar-mobaynida-madaniyat-va-san-at-sohasida-amalga-oshirilgan-ishlar-sarhisobi

2. Юнусалиев Б. М., Киргизская лексикология, Фрунзе, 1959; Батманов И. А., Современный киргизский язык, вып. 1, Фрунзе, 1963; Баскаков Н. А..

Введение в изучение тюркских языков, 2-изд., М., 1969; Киргизско-русский словарь (сост. К. К. Юдахин), М„ 1965.

3. Снитко Т.Н. Гарбий ва Шаркий лингвокултуралардаги юксак тушунчалар: филология фанлари доктори диссертацияси реферати. Краснодар, 1999.

4. Музаффарова Фарангиз Журахон кизи. Лингвомаданиятшунослик ва антропоцентрик бирликларнинг шаклланиши ва уларнинг тилдаги урни.// "Science and Innovation" international scientific journal 2022 № 3. -Б. 862.

5. Inatullayev, B. (2023). Farg'ona vodiysi qirg'izlari madaniyatida qirg'iz va o'zbek xalq qo'shiqlarining o'rni. O'zbek musiqiy merosining ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati, 1(2), 80-83. Retrieved from https: //inashr.uz/index.php/uzdsmi/article/view/210

6. Сайфиддин хожи Жалилов. Окилона яшаш тарзи (тарих сабоклари).-Тошкент: Мумтоз суз, 2009-Б. 5.

7. Абдурозик Рафиев. Туркий тилларнинг киёсий-тарихий грамматикаси. -Тошкент, 2003. -Б. 30

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.