Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING LEKSIK TARKIBI'

O‘ZBEK TILINING LEKSIK TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4417
548
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksika / madaniy aloqa / o‘z qatlam / o‘zlashgan qatlam / umumturkiy so‘zlar / o‘zbekcha so‘zlar / ruscha-baynalminal so‘zlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sultanova Xolida Bahodirovna, Matyaqubova Rayhon Tulibayevna

Mazkur maqolada o‘zbek tilining leksik tarkibi, o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING LEKSIK TARKIBI»

4M > ") ]> <N>

; H Ätalqin va

®TADOIOOTLAR

*

i^í J J ~ IMy-udubly JumaM

0'7RF¥ Til INTIXm T TAB¥TRI

*

O'ZBEK TILINING LEKSIK TARKIBI

>

i Pé' * l j

Sultanova Xolida Bahodirovna Matyaqubova Rayhon Tulibayevna

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili fani o'qituvchilari

https://doi.orq/10.5281/zenodo.7239401

J ; ; l>#

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek tilining leksik tarkibi, o'z qatlam, o'zlashgan qatlam haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: leksika, madaniy aloqa, o'z qatlam, o'zlashgan qatlam, umumturkiy so'zlar, o'zbekcha so'zlar, ruscha-baynalminal so'zlar.

1>i>: P'i P

Ma'lumki, har bir tilning o'z leksik tarkibi mavjud. O'zbek tili ham bundan

_____

in r» 1 1-x r» 4-4- r» Cl>nvi/-inTr r r» /-v ' /-»1 r 4-t 1 -t -*r%. * v» rv 1 /"vi r t-\-t\ r 4- r» -vi r 11 Un/m /4r»

mustasno emas, albatta. Shunday ekan, o'zbek tilining leksik tarkibi haqida so'z

>*

yuritishdan oldin leksika terminining ma'nosini bilish maqsadga muvofiq bo'lardi.

Leksika (yun. lexis — so'zga oid, lug'aviy) — tildagi barcha so'zlar va iboralar yig'indisi, tilning lug'at tarkibi. Leksika ma'lum qonun-qoidaga bo'ysunuvchi izchil

m

va murakkab tizimdan iborat. Til leksikasi to'xtovsiz o'zgarib turadi. Bu narsa lug'at tarkibida yangi so'zlarning paydo bo'lishi, mavjud so'zlardan ayrimlarining eskirib, iste'moldan chiqishi, leksik ma'nosini o'zgartirib, yangi ma'no kasb etishi kabi •j*

m>

*

jarayonlarda ko'rinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o'zgarishi bilan uzviy bog'langan holda leksika boyib boradi.

Ma'lumki, o'zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo'lib kelgan. Bu aloqalar o'zaro aloqada bo'lgan xalqning tiliga ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi. O'zaro ta'sir natijasida tilning barcha bo'limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o'zgarishlar yuz beradi. Tildagi o'zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo'ladi. O'zbek xalqi qardosh bo'lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo'ldi. Shuningdek, tarixiy sabablar bilan bog'liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo'ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do'stona aloqalar o'rnatgan. Bular o'zbek tili 3* leksikasiga ko'plab so'zlarning o'zlashishiga sabab bo'lmoqda.

Hozirgi o'zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:

1. O'z qatlam.

2. O'zlashgan qatlam.

O'z qatlam. O'z qatlamga umumturkiy so'zlar va o'zbekcha so'zlar kiradi.

I. Umumturkiy so'zlar. Ko'pchilik turkum xalqlar tilida qo'llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo'lgan so'zlar umumturkiy so'zlar deyiladi. Bu so'zlar turkiy qabilalarning goh qo'shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda

í •••

tgjto

> í>:

; H JSlTALQINVA

ipTADQIQOTLAR №2 2022

*

*

r j . - ilmiy-uslubiy JumaM

' 1- iÑL ML

turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub scTzlardir. Oltoy tillar

oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: cTzbek, qozoq, uyg'ur, boshqird, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no'g'oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo^miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillan mavjud. Umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli yarmini tashkil qiladi.

Umumturkiy so'zlar turli sohalarga oid bo'lib, ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat, his-tuyg'u bildiradigan so'zlar kiradi: kishi, oyoq, qo'l, bosh, ko'z, qosh, qizil, ko'k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to'rt, o'n, kel, tur, yot, o'tir, ol, ur, yaxshi, yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.

2. CTzbekcha so'zlar. CTzbek tili sharoitida o'zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so'zlar o'zbekcha so'zlar deyiladi. CTzbekcha so'zlar o'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlari asosida, o'z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:

• J

1 A nl 1 /-v ^ rrU r r» n ^ r—wl r» ■»•/-»■ r» n 1 4--* 1 r» r^r-t n /-v ^ r—r T rr» n /-\T T/-» V» t riV»-i ni T T/-V-1«/-! n vv» t s-\ o

1. Asli o'zbekcha so'zlarga shu tildagi so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida

>*

hosil qilingan so'zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo'l+lan+ma, o't+kaz+gich, tur+g'un, bola+larcha.

2. Boshqa tildan o'zlashgan so'zlarga o'zbek tilidagi yasovchi qo'shimchalarni

*

>*

qo'shish bilan yasalgan so'zlar: a) tojikcha so'zlardan yasalgan so'zlar: mard+lik, jang+chi, do'st+lik, pul+siz; b) arabcha so'zlardan yasalgan so'zlar: rahbar+lik, qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; v) ruscha-internotsional so'zlardan yasalgan so'zlar: sport+chi, razvedka+chi, beton+la+moq, ekskavator+chi.

3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qo'shimchalar yordamida o'z va o'zlashma

......... . . ... . . . . . .....

so'zlardan hosil qilingan so'zlar: til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, kitob+xon,

- ____„

ilm+iy, vagon+soz va boshqalar.

(Tzlashgan qatlam. Hozirgi o'zbek tilining lug" at tarkibiga tarixiy sabablarga ko'ra boshqa tillardan ko'plab so'zlar kirib kelgan. CTzbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so'zlar o'zlashgan so'zlar (olinma so'zlar) deb yuritiladi. CTzlashgan so'zlar uyg'ur, tojik, arab, rus, nemis, fransuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.

CTzbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so'zlarni quyidagi qatlamlarga bo'lish mumkin:

i " "i ix

1. Tojikcha so'zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g'isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi.

2. Arab tilidan o'zlashgan so'zlar. Arabcha so'zlar o'zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog'liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma'no, ilhom, kasb, qassob, san'at, asbob, bino, imorat, ovqat, g'alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog", idora kabi.

; H Ätalqin va

ipTADQIQOTLAR №2 2Q22

*

*

r j . - ilmiy-uslubiy JumaM

3. Ruscha-internatsional so'zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo,

jumladan, O'zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o'zbek tiliga ta'siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko'plab so'zlar o'zlashdi.

O'zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz,

italyan, nemis, ingliz, ispan) so'z kirishi ikki tarixiy davrni o'z ichiga oladi:

1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo'lgan davr.

2. 1917-yildan keyingidavr.

Rus tili orqali kirgan so'zlarning ba'zilari dunyodagi ko'pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o'zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so'zlardir. Ular, odatda, internatsional (baynalminal) so'zlar deb yuritiladi. O'zbek tiliga o'zlashgan internatsional so'zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:

1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.

2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal,

wr*

iWN

plan, direkter, radio kabi.

>*

yPf^^N ^ s j v-

3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel kabi.

4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.

*

>*

i

5. Ingliz tiliga: chempion, fútbol, dollar kabi.

6. Fransuz tiliga: román, palto, serjant, ministr, bank kabi.

Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so'zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo'jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san'at, savdo, sport, harbiy

s, J yir^^

sohaga doir.

Hozirgi Yevropa tillaridan so'zlar bevosita aloqalar orqali o'zlashmoqda.

mi

Masalan, o'z navbatida so'zlar o'zbek tilidan rus tiliga ham o'zlashmoqda: o'rik, anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug'at tarkibining boyib borishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. 1992.

2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. O'qituvchi. 1980.

3. O'zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O'qituvchi. I98l.

4. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O'zbek tili antonimlarining

>

i>

izohli lug'ati. Toshkent. O'qituvchi. 1984.

5. www.qomus.info

6. www.elib.buxdu.uz.

¡ >4»: <:>4 >

^^^^ -gl

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.