Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI ETNIK QIRG‘IZLARINING ETNOGENEZI VA SOTSIAL-MADANIY TURMUSHI'

FARG‘ONA VODIYSI ETNIK QIRG‘IZLARINING ETNOGENEZI VA SOTSIAL-MADANIY TURMUSHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
257
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Millat / xalq / etnik ozchilik / tarix / falsafa / til / etnologiya / etnografiya / etnogenez / vatan / tug‘ilgan yurt / kelajak / istiqbol / huquq / yashash tarzi / sotsiallik / madaniy hayot / kelajak / yosh avlod / milliy o‘zlik / urf-odat / an'anaviylik / til / tilshunoslik / epos / doston / oqin

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bahromjon Boqijonovich Inatullayev

Ko‘p millatlik yurtimizda tinchlik va totuvlikni ta'minlash, inson huquqlari hamda erkinliklari ustuvorligini kafolatlash, ijtimoiy kelib chiqishi, tili va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar har bir millat vakili yashash, o‘z ona tilida ta'lim va tarbiya olish, o‘z kelajagini yurtimiz istiqboli bilan uzviylikda rivojlantirish huquqiga egadir. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi etnik qirg‘izlarining etnogenezi, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyat va madaniyatini o‘rganish hamda kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda uning natijasi xaqida ilmiy mushohada yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI ETNIK QIRG‘IZLARINING ETNOGENEZI VA SOTSIAL-MADANIY TURMUSHI»

FARG'ONA VODIYSI ETNIK QIRG'IZLARINING ETNOGENEZI VA

SOTSIAL-MADANIY TURMUSHI

Bahromjon Boqijonovich Inatullayev atribut_8 5 @mail .ru NamDU

Annotatsiya: Ko'p millatlik yurtimizda tinchlik va totuvlikni ta'minlash, inson huquqlari hamda erkinliklari ustuvorligini kafolatlash, ijtimoiy kelib chiqishi, tili va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar har bir millat vakili yashash, o'z ona tilida ta'lim va tarbiya olish, o'z kelajagini yurtimiz istiqboli bilan uzviylikda rivojlantirish huquqiga egadir. Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi etnik qirg'izlarining etnogenezi, milliy o'zlikni anglash, milliy qadriyat va madaniyatini o'rganish hamda kelajak avlodlarga yetkazish yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda uning natijasi xaqida ilmiy mushohada yuritiladi.

Kalit so'zlar: Millat, xalq, etnik ozchilik, tarix, falsafa, til, etnologiya, etnografiya, etnogenez, vatan, tug'ilgan yurt, kelajak, istiqbol, huquq, yashash tarzi, sotsiallik, madaniy hayot, kelajak, yosh avlod, milliy o'zlik, urf-odat, an'anaviylik, til, tilshunoslik, epos, doston, oqin.

ETHNOGENESIS AND SOCIO-CULTURAL LIFE OF THE ETHNIC KYRGYZ OF THE FERGANA VALLEY

Bakhromjon Bokijonovich Inatullaev atribut_8 5 @mail .ru NamSU

Abstract: Ensuring peace and harmony in our multinational country, guaranteeing the priority of human rights and freedoms, regardless of social origin, language and religion, representatives of each nationality have the right to live, receive education and upbringing in their native language, develop their future in harmony with the prospects of our countries. This article will scientifically examine the ethnogenesis of the ethnic Kyrgyz of the Fergana Valley, the implementation of national identity, the measures taken to study and transfer national values and culture to future generations and its results.

Keywords: Nation, people, national minority, history, philosophy, language, ethnology, ethnography, ethnogenesis, homeland, future, perspective, law, way of life, sociality, cultural life, future, young generation, national identity, tradition, traditionalism, language, linguistics, epic, epic, poem.

O'zbekiston azal-azaldan ko'p millatlik va turli din vakillari bilan ahil va inoqlikda yashagani tarixiy manbalarda keltirib o'tilgan, bugungi kunda yurtimizda 16 ta diniy konfessiya vakillari toleranlik- diniy bag'rikenglik tamoyiliga amal qilgan holda 130 ortiq millat vakillari emin-erkin istiqomat qilmoqda.

Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi 2018 yilning 12 dekabr oyida o'tkazilgan yalpi majlisda "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qildi. O'zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a'zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyusiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surildi.

Mazkur tamoyilga ko'ra yurtmizda istiqomat qiluvchi ozchilikni tashkil qiluvchi millatlarning tili, dini, tarixi va madaniyatini asrash ahamiyatiga molik masala sifatida qarab, bu borada amalga oshirayotgan ishlar yanada takomiliga yetkazildi. Jumladan, qo'shni Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning qayta tiklanishi munosabati bilan do'stlik, birdamlik va yaqin qo'shnichilik aloqalari yo'lga qo'yildi. Chunki, bu qo'shni davlatning millatdoshlari yurtimizda istiqomat qilishi bilan bir qatorda o'zbek millati vakillari ham ularning hududida qadimdan yashab kelgan. Ko'p asrlar mobaynida o'zbek millati, xalqilari bilan ahil yashab kelayotgan etnik qirg'izlar hayoti maqola mazvusiga aylandi. Avvalo, ushbu millat, xalq tarixiga nazar solsak, "qirg'iz"-atamasi etimologiyasiga ko'ra qadimgi turkiy tildagi "qirq"- son, raqamni bildirib, "giz" suffiksi qo'shilib, "og'uz" so'zi yasalgan va "qirqog'uz" so'zi yasalgan, "og'uz" so'zi esa qabila, birlashgan qabila ma'nosini anglatadi. Demak, qadimgi turkiy etnonimiga ko'ra "qirg'iz", mumtoz arab-fors tilida "xirxiz", "xirxir" va hitoyliklar esa-"gekun" qadimgi turkiy, uyg'ur va sug'd manbalarida "qirg'iz" tarzida qo'llanilgan [1].

1960-yilda tarixchi K.I.Petrov gipotezasiga ko'ra qirg'izlar Sibir-ning Oltoy o'lkasi va yenesey daryosi xududida yashagan Sharqiy qipchoqlar bilan aralashgan Oltoy qirg'izlari, IX asrdan boshlab, XIII asrgacha bo'lgan davrda hozirgi vataniga ko'chib kelgan ekan. Bu davrda Markaziy Osiyoda birinchi uyg'onish, Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari diniy va dunyoviy ilmlarni rivojlantirish bo'yicha izlanishlar olib borgan. "Devonu lug'atit turk" asari muallifi Mahmad Koshg'ariy Markaziy Osiyoda ilk O'rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo'lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o'rganish sohasida mashhur bo'ldi va tarixda o'chmas iz qoldirdi.

"...Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Farg'ona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afg'onistonga qadar cho'zilgan" turkiy o'lkalarni, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini

kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini o'rgandi, ularni adabiy til bilan chog'ishtirdi, o'z ishi uchun nihoyatda boy material to'pladi...." [2].

Koshg'ariy "Devonu lug'atit turk" asarida ta'kidlashicha, "... oldin hyech kim tuzmagan va hyech kimga ma'lum bo'lmagan alohida bir tartibda" tuzilgan. Unda ko'p shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar ko'rsatilgan. Lug'atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o'lka nomlari, daryo, tog', yaylov, vodiy, dara, yo'l, dovon, ko'l, soy kabi geografik atamalar, turli qabila, urug', elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. Asarga Mahmud Qoshg'ariy tuzgan dunyo xaritasi, dunyoning doira shaklidagi tasviri ham ilova qilingan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. XI asr geografiya ilmining namunasi bo'lmish bu xarita Qoshg'ariyning qomusiy olimligining dalilidir[3].

Sho'rolar diktaturasi davrida o'z tarixi, o'tmishidan behabar, bir qoloq millat sifatida yashagan o'zbeklarga taqdirdosh va dardkash bo'lgan turkiy millat vakillari o'tmish tarixi, tili va madaniyati tarixiy haqiqat, adolat va ilmiy asosda tadqiq etishga imkon tug'ildi. Antik davr grek tarixchisi Geradotning "Tarix" asarida ozchilikni tashkil qiluvchi skif qabilasi hayotidan rivoyatda Targitay nomi keladi. Qadimgi qirg'izlarning esa Tagay (Tag'aybiy) qabilasini yo'lboshchining nomiga mos keladi. Grek tarixchisi Strabonning "Geografiya" asarida ham qabila sardori o'g'liga qabila nomidan kelib chiqib, Targitay ismini berganligi keltirib o'tilgan[4].

Qirg'iz tili-til qurilishi grammatikasi va semantik qonuniyatiga ko'ra turkiy tillarning qirg'iz-qipchoq guruhiga mansub til, hozirda asosan, Qirg'izistonda, O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston, Xitoy, Afg'oniston va Pokistonda yashrvchi qirg'iz millatiga mansub aholi tilida so'zlashadi. Qirg'iz tili ikki gurxga bo'linadi: shimoliy va janubiy lahja guruhlariga bo'linib, bu lahjalar, asosan, fonetika va leksika sohalarida o'zaro farqlanadi. Ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi, janubiy lahjaga o'zbek tilining ta'siri kuchli bo'lib, yurtimizda yashovchi qirg'iz millatiga mansub aholi ham shu laxjada so'zlashadi.

Yurtimizda yashovchi qirg'iz millatiga mansub aholi ijtimoiy-madaniy xususiyatidan kelib chiqilsa ular asosan Farg'ona vodiysi uch viloyati: Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatining Qirg'iziston bilan chegaradosh tog' oldi, qir-adirliklarida istiqomat qiladi. 2021-yilda qirg'izlar soni 511 mingni tashkil etib, Andijon viloyatining Paxtaobod, Izboskan, Jalalquduq va Qo'g'ontepa tumanlarida 102 517(2017) nafar qirg'izlar aholisi yashaydi. Farg'ona viloyati: Farg'ona, So'h, Toshloq va Quva tumanlarida 70 866 (2017) nafar va Namangan viloyati: Norin, Uchqo'rg'on, Uychi, Chortoq, Yangiqo'rg'on va Kosonsoy tumanlarida 22 279 (2017)nafar hamda Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qirg'iz millatiga mansub aholi boshqa millat vakillari bilan ahlikda yashab keladi [5].

Manas dostoni mazmun, mrhiyatiga ko'ra xalq og'zaki ijodi namunasi, folklor asar sifatida balki, qirg'iz xalqining ko'hna tarixi, etnosi, etnomadaniyati, falsafiy tafakkuri va dunqarashi haqida hikoya qiluvchi noyob, tarixiy asardir. Avvalo "Alpomish", "Go'ro'g'li" va "Oshiq G'arib va Shohsanam" dostoni nafaqat o'zbekning balki, barcha turkiy xalqlarga ham tegishli bo'lib, Manas dostoni qirg'izlarni falsafiy-madaniy boyligidir. Qadimgi turkiy tilida "doston" so'zi-el orasida gapirilmoq, kuylanmoq va og'izga tushmoq ma'nosini anglatadi. Demak, doston qahramonlari, badiiy asarda yetuk mukammal obraz sifatida salbiy hamda ijobiy obraz ham mantiqiy mushohadaga ko'ra shuhrat cho'qisiga ko'tarilib, ibrat va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi kerak.

Manas dostoni, xalq og'zaki ijodi namunasi sifatida jahon adabiiy tanqidchiligi tomonidan tavsifiy, qiyosiy va folklor an'analarg to'liq javob berishi bilan ajralib turadi. Shungidek, doston qirg'iz xalqi etnogenezi, evolyusiyasi va etnosidan darak beruvchi tarixiy toponimik asar sifatida ilmiy ahamiyatga egadir. Qirg'iz xalqi hayotidan hikoya qiluvchi "Manas": "Manas", "Semetey" va "Seytek", uch epos(trilogiya)dan iborat, 500 misradan iborat "Manas" dostoni insoniyat tarixida hajm jihatidan eng yirik doston sifatida Ginnes rekordiga kirgan va insoniyatning noyob nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNeSKO ro'yhatiga kiritilgan[6].

Qirg'iz millati ham islom diniga e'tiqod qiladi ammo, ko'chmanchi, choravador aholiga hos hayot tarziga ega bo'lani bois qalbi kengliklarni istaydi. Musafo osmonga qadar bo'y cho'zgan serviqor tog'u-qirlardan boshlab, uning bag'rida ko'kka bo'y cho'zgan o't-o'lan va dovdarat va tog' irmoqlarini mayin jildirashidan boshlab, mayin shabodaga dil-rozini aytayotgan parandalarning mayin sayrashini bari-barisini his etadi. Ushbu sado, ohang jo'rligida yollarini shamolda silkitib, o'z egasi afsonaviy baxodirni samolarga olib chiqishga tayyorligini, samodagi hilolga qo'shib, porlayotgan yulduzlarni ham suyukli mahbubasining poyiga sochishga tayyorligi namoyon bo'lib, o'zida shu kuch, jasorat va qudratni his etadi. Baxshi yoki oqinning qo'bizi, dombirasi sadosi ohangi unga hamoxang tarzda insoni orzu-umidlarini uyg'otadi. Shu sababdan qizg'iz xalqi doston ijrochiligiga ham alohida ahamiyat qaratadi, oqinlar el orasida boobru inson sanalib oqinlar, ustoz-shogird an'anasiga ko'ra donishmand, hozirjavob va teran fikrli bo'lib, ijro jarayonida so'z va yakka soz(do'mbira, qo'biz) uzviyligi mahorati bilan tinglovchini o'z ruhiy olamiga olib kirishi lozim bo'ladi.

Millat o'tmishidan hikoya qiluvchi doston aytuvchi, oqin "manaschi" Arstanbek Buylash uulu, Toktogul Satblganov va Jenijok Koko uulu, kabilar el ardog'ida bo'lib, "Nooruz (Navruz)", "EgemendYylyk kyny (Mustaqillik kuni)" va turli xalq sayillari oqinlarsiz o'tmaydi. Qirg'iz millati qadimdan ko'chmanchi chorvador bo'lgani sabab, dostonchilika nisbatan xurmat ruhida bo'lishi ularning etnik va psixologik xususiyatiga mos keladi. Oqinlar, yosh avlodga dostonlar orqali milliy

ruh, milliy o'zlikni anglash, milliy urf-odat va an'analami asosda tarbiyalashga xizmat qiladi.

Manas dostoniga ilova yoki uni to'ldiruvchi "Er-Toshtuk", "JanLish-Baytish", "Kojojash", "Jantil-Mbirza", "Oljobay menen Kishimjan", "Sarbinjbi-Bokoy", "Kurmanbek", "Kenen", "Albimsartik" va "Kulansartik" kichik dostonlar asrlar davomida yaralgan bo'lib, milliy va tarixiy qahramonlik dostonlari sifatida millat, xalqning o'tmish tarixidan hikoya qiladi.

Bu dunyo xalqlari hayotida ro'y bergan jarayon, voqyea va xodisalardan kelib chiqib, tadqiqot natijalariga ko'ra shunday xulosaga kelingan. Shu boisdan madaniyatshunoslik fanida millatlararo munosabatlarda madaniy integratsiya, transformatsiya va diffuziya kabi tushunchalar mavjud.Unga ko'ra milliy ozchilikni tashkil qiluvchi millatlar, ko'p sonli millatlar ta'sirida milliy o'zlik, an'ana va urf-odatlarini boy berishi to'g'risida fikr yuritiladi. Mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o'ziga xos milliy an'analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko'maklashish borasida bir qator amaliy vazifalar belgilangan. Jumladan, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg'unlashtirishga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish shular sirasiga kiradi. Ko'p millatlik yurtimizda istiqomat qilayotgan o'zga millat vakillarining tili, tarixi, urf-odat va an'analarini saqlash bo'yicha qanday chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan milliy ozchilikni tashkil qiluvchi millatlar ona tilini saqlash maqsadida maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim muassasalarida yettita tilda: o'zbek, rus, qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq, tojik va turkman tillarida ta'lim beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida ko'rish mumkin: "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi"[7].

Jumladan, yurtimizda istiqoamat qilayotgan etnik qirg'izlar uchun 64 o'rta umumta'lim maktablarida ta'lim qirg'iz tilida olib boriladi. 27 ta o'rta umumta'lim maktablarida esa ta'lim o'zbek va qirg'iz tilida olib boriladi. Ularda 13 782 nafar qirg'iz millatiga mansub aholi farzandlari o'z ona tilida o'qish imkoniyati yaratilgan.

O'zbekiston nashryoti tomonidan 72 nomdagi o'quv adabiyotlari chop etilib, 97,3 foiz o'quv adabiyotlar bilan ta'minlangan. O'zbekiston teleradio kompaniyasida "Aychurek" teleko'satuvi va "Elaman" radio eshittirish yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, Andijon va Jizzax viloyat teleradio kompaniyasida qirg'iz tilida radio eshittirish olib boriladi. Andijon davlat universiteti va Jizzat davlat pedagogika institutida qirg'iz tili va adabiyoti bo'yicha mutaxassis tayyorlanadi. Ammo bu

borada amalga oshirilgan tadbirlardan ko'ra hali amalga oshirish lozim bo'lgan bir qator rejalar kutib turibdi.

Xulosa o'rnida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-2993-son qaroriga ko'ra Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzah viloyatlarida faoliyat yuritayotgan qirg'iz madniy markazi faoliyatini yanada rivojlantish uchun nafaqat moddiy ta'minotni yaxshilash balki, ona vatanlari bilan do'stilik va birodarlik aloqalarini mustahkamlash uchun sa'y-harakatlar yo'lga qo'yilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Древнетюрксий словарь. Ленинград.: Накуа,-1969,-ст. 365.

2. Mahmud Koshg'ariy. www http://e-tarix.uz

3. Mutafakkirlar. Mahmud Koshg'ariy. www http://Shosh.uz

4. Тукембаев Ч.А. Колыбель арийской расы.// Геродот. Кыргызская генеалогия.// Бишкек: КНУ им. Ж. Баласагына, 2011.

5. Киргизы в Узбекистане. www http:// Wikimedia Foundation, Inc.

6. Manas qirg'iz xalq qahramonlik eposi. www http://jahon adabiyoti.

7. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.