Научная статья на тему 'OʻZBEK TILI ALIFBOSI ISLOHOTI – YANGICHA YONDASHUV'

OʻZBEK TILI ALIFBOSI ISLOHOTI – YANGICHA YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

167
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻzbek tili / alifbo islohoti / oʻzbek tiliga asoslangan lotin tili alifbosi / yozuv tizimlari / dunyo tillari / xitoy tili / graf / fon / grafema / fonema / digrafema / logogramma / logografik yozuv / bogʻinli yozuv / kvantitativ paradigma / kvalitativ paradigma / yondashuv / uslub / metodika / empirik tadqiqot / matnlar korpusi / kundalik uslub / norasmiy uslub / soʻrovnoma / tamoyil / imloviy savodxonlik / tejamkorlik / texnologik / strukturaviy / “Oʻ” / “Gʻ” / “SH” / “CH” / “TS” harflari / birtirnoq / tutuqlik belgisi / “Õ“ / „Ğ“ / „Ş“ va “C” harflari / Uzbek language / Alphabet reform / Latin alphabet based on the Uzbek language / writing systems / world languages / Chinese language / graph / phone / grapheme / phoneme / digrapheme / logogram / logographic script / syllabic script / quantitative paradigm / qualitative paradigm / approach / style / methodology / empirical research / corpus of texts / everyday style / informal style / questionnaire / principle / orthographic literacy / economy / technological / structural / letters “Oʻ” / “Gʻ” / “SH” / “CH” / “TS” / single quotes / apostrophe / letters "Õ" / "Ğ" / "Ş" and "C".

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sanjar Roʻziqulovich Islomov

Mazkur maqola hozirda Oʻzbekiston keng jamoatchilik, va ayniqsa ommaviy axborot vositalari, ilm-fan va taʼlim sohalarida kun tartibida boʻlgan oʻzbek tiliga asoslangan lotin alifbosi islohotlari mavzusiga bagʻishlanadi. Dunyo tillarida foydalaniladigan turli yozuv tizimlari haqida qisqacha maʼlumotdan keyin, maqolada alifbo islohoti zarurati zamirida yotgan tamoyillar kichik bir kvantitativ empirik tadqiqot doirasida aniqlanadi. Soʻrovnoma natijalari tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va yangi alifbo islohotlari kontekstiga tadbiq qilinadi. Yangi isloh qilinishi taklif qilinayotgan harflar aniqlangan tamoyillar zamirida tanqidiy tahlil va sintez qilinadi. Maqola yakunida rejalashtirilayotgan alifbo islohoti boʻyicha aniqlangangan barcha tamoyillarni eʼtiborga oluvchi alternativ normativ takliflar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is devoted to the reform of the Latin alphabet based on the Uzbek language, which is currently on the forefront of the general public of Uzbekistan, and especially in the media, science and education spheres. Following a brief overview of the different writing systems used in the world's languages, the article pinpoints the principles behind the need for alphabetic reform within a small quantitative empirical study. The results of the survey are analyzed, summarized and applied to the context of the impending alphabet reforms. The newly proposed letters are critically analyzed and synthesized on the basis of the identified principles. Towards the conclusion of the article, alternative regulatory proposals are presented taking into consideration all the identified principles for the planned alphabet reform.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK TILI ALIFBOSI ISLOHOTI – YANGICHA YONDASHUV»

O'ZBEK TILI ALIFBOSI ISLOHOTI - YANGICHA YONDASHUV

Sanjar Ro'ziqulovich Islomov

Germaniyaning Myunster Universiteti, Lingvistika yo'nalishi, 2-kurs doktoranti, O'zbekiston Respublikasi „El-Yurt Umidi" jamg'armasi, doktorantura dasturi

stipendiati [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola hozirda O'zbekiston keng jamoatchilik, va ayniqsa ommaviy axborot vositalari, ilm-fan va ta'lim sohalarida kun tartibida bo'lgan o'zbek tiliga asoslangan lotin alifbosi islohotlari mavzusiga bag'ishlanadi. Dunyo tillarida foydalaniladigan turli yozuv tizimlari haqida qisqacha ma'lumotdan keyin, maqolada alifbo islohoti zarurati zamirida yotgan tamoyillar kichik bir kvantitativ empirik tadqiqot doirasida aniqlanadi. So'rovnoma natijalari tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va yangi alifbo islohotlari kontekstiga tadbiq qilinadi. Yangi isloh qilinishi taklif qilinayotgan harflar aniqlangan tamoyillar zamirida tanqidiy tahlil va sintez qilinadi. Maqola yakunida rejalashtirilayotgan alifbo islohoti bo'yicha aniqlangangan barcha tamoyillarni e'tiborga oluvchi alternativ normativ takliflar beriladi.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, alifbo islohoti, o'zbek tiliga asoslangan lotin tili alifbosi, yozuv tizimlari, dunyo tillari, xitoy tili, graf, fon, grafema, fonema, digrafema, logogramma, logografik yozuv, bog'inli yozuv, kvantitativ paradigma, kvalitativ paradigma, yondashuv, uslub, metodika, empirik tadqiqot, matnlar korpusi, kundalik uslub, norasmiy uslub, so'rovnoma, tamoyil, imloviy savodxonlik, tejamkorlik, texnologik, strukturaviy, "O'", "G'", "SH", "CH", "TS" harflari, birtirnoq, tutuqlik belgisi, "O", „G", „§" va "C" harflari

ABSTRACT

This article is devoted to the reform of the Latin alphabet based on the Uzbek language, which is currently on the forefront of the general public of Uzbekistan, and especially in the media, science and education spheres. Following a brief overview of the different writing systems used in the world's languages, the article pinpoints the principles behind the need for alphabetic reform within a small quantitative empirical study. The results of the survey are analyzed, summarized and applied to the context of the impending alphabet reforms. The newly proposed letters are critically analyzed and synthesized on the basis of the identified principles. Towards the conclusion of the article, alternative regulatory proposals are

February, 2024

29

presented taking into consideration all the identified principles for the planned alphabet reform.

Keywords: Uzbek language, Alphabet reform, Latin alphabet based on the Uzbek language, writing systems, world languages, Chinese language, graph, phone, grapheme, phoneme, digrapheme, logogram, logographic script, syllabic script, quantitative paradigm, qualitative paradigm, approach, style, methodology, empirical research, corpus of texts, everyday style, informal style, questionnaire, principle, orthographic literacy, economy, technological, structural, letters "O"', "G"', "SH", "CH", "TS", single quotes, apostrophe, letters "O", "G", "§" and "C".

KIRISH

1989-yil 21-oktabr kuni "Davlat tili haqida"gi Qonun bilan o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, Milliy tilimizning Davlat tili maqomini olishining 35-yilligi hamda o'zbek tiliga asoslangan lotin alifbosi islohotlari kontekstida mazkur maqola ham alifbo islohotlari mavzusiga bag'ishlanadi. Dastlab qisqacha turli dunyo tillari ishlatayotgan yozuv tizimlari haqida.

Dunyoda majvud barcha tillar, ba'zi bir Janubiy Amerika amazonka o'rmonlaridagi yoki Papua-Yangi gvineya orollaridagi aborigen qabilalrni hisobga olmasa, o'z yozuvi va alifbosiga ega bo'lib, dunyo bo'yicha hozirda 100dan ortiq alifbolar va yozuv tizimlari mavjud. Olimlarning hisob kitobiga ko'ra dunyo boyicha jami 652ta undosh va 269ta unli tovushlar ro'yxatga olingan bo'lib, Botswana va Namibia hududida joylashgan ba'zi tillarda dunyo tillari orasida eng ko'p tovushlar, 58ta undosh, 31ta unli va 4xil turdagi urg'u, mavjud ekan. Dunyo tillarida mavjud insonlarning deyarli barcha tovushlari 1888 yilda asos solingan Xalqaro fonetika assosatsiyasi shafeligidagi xalqaro fonetik alifboda (International Phonetic Alphabet - IPA) mujassamlashgan bo'lib, hozirgi kunda ushbu alifboda 1000dan ortiq simvollar, diakritik belgilar, unlilar, undoshlar, ovoz tembri farqlari, intonatsiya namunalari hamda fonetik belgilar mavjud. Bunda diakrtik belgilar aynan bir tovushning maxsus fonetik xususiyatlarini belgilab bersa, suprasegmental belgilar bitta tovush yoki fonemalar chegarasida to'xtamaydi. Intontasiya, urg'u, ritm va ovoz tembri suprasegmental belgilarga kiradi.

Mavzuni yaxshiroq tushunish uchun dastlab fonemalar va grafemalar o'rtasidagi farqqa to'xtab o'tish lozim. Fonemalar bu tilda mavjud bo'lgan eng kichik tovush "fon'larning abstrak sinfi bo'lib, ularning vazifasi so'z ma'nolarini bir biridan farqlash hisoblanadi. Amaliyotda "fon", ya'ni alohida tovush, o'rniga ko'pincha "fonema", ya'ni alohida tovushlar sinfi abstrakt atamasi, sinonim tarzida ishlatialdi. Ularning har ikkalasi "grafemalar" va "graf'lardan farqlanadi. "Grafemalar" bu ma'lum til yozuv

February, 2024

30

tiziming eng kichik ma'no farqlovchi, ammo o'zlari mano anglatmaydigan, birliklardir. Xuddi yuqorida bo'lgani kabi bu yerda ham "graf" alohida belgi va "grafema" ma'no jihatdan bir xil bo'lgan graflarning umumiy sinfini tasvirlab, amaliyotda ko'pincha sinonim qo'llanib kelinadi. Kundalik hayotda biz fonemalarni tovushlar va grafemalarni harflar sifatida bilamiz.

Fonemalar yoki tovushlar yozma nutqda grafemalar yoki harflar orqali ifoda qilinadi va ular har doim ham birga-bir mutanosib emas. Misol uchun bir nechta grafemalar bitta tovushni (nemis tilidagi „SCH" va "S" grafemalari bitta "SH" fonemasini ifodalashi) yoki bitta fonema bir nechta grafemalar orqali (hozirgi o'zbek tilining lotin alifbosida "TS" fonemasi "TS" va "S" grafemalari bilan ifodalanishi) berilishi mumkin. Xuddi shunday har qanday tilning alifbosi, mazkur til tarkibidagi barcha tovushlarni to'liq aks ettrib bera olmaydi. Ingliz tili alifbosida 26ta harf bo'lgani holatda, 44ta tovush, nemis tili alifbosida 30ta harf bo'lgani holatida taxminan 43ta va o'zbek tilining lotin alifbosidagi harflar soni ham o'z navbatida o'zbek tilida mavjud tovushlarni to'liq ifodalab bera olmaydi. Shuning uchun ham tillar uchun o'z yozuvini ifoda etish vositasi bo'lmish alifbo tanlanayotganda, qaysi alifbo mavjud harflar inventaridan kelib chiqqan holda tegishli tildagi tovushlarni boshqa alifbo tizimlariga nisbatan to'liqroq va batafsilroq ifoda qilib bera olish imkoniyatiga qarab tanlanadi. Hozirda dunyo bo'yicha eng ko'p tarqalgan yozuv ifodasi bu lotin tili asosidagi lotin alifbosi hisoblanadi.

Ammo dunyoda barcha yozuv turlari ham alifboga asoslanmaydi. Bazi alifbolarning asosini harflar emas, balki bo'g'inlar, turli belgilar yoki ierogliflar ham tashkil qilishi mumkin. Dunyoda mavjud tillar asosan 2ta printsipga asoslangan yozuv tizimidan foydalanishadi: tovushlar yoki fonologik printsip asosiga qurilgan alifbo va harflar yozuv tizimlari, ayrim til birliklari ma'nosini ifodalovchi grafik belgilar, logogrammalar asosiga qurilgan logografik yozuvlardir.

Dunyodagi aksariyat tillarning ko'pchiligi fonologik uslubga asoslangan alifbo yozuvlaridan foydalanib kelib, bu uslubning asosiy mohiyati shundaki harflar tovushlarni ifoda etib, tovushlar birikib mazmun ifodalovchi so'zlarni hosil qiladi. Mazkur uslubning eng keskin shakli fonetik imlo, ya'ni har bitta harf bitta tovushni ifodalashi lozim deb qabul qilinadi. Ammo kamdan kam tillargina bir harf-bir tovush uslubiga amal qilinadi.

Logorammaga asoslangan logografik yozuvlarning aksariyat qismi yo'qolib ketgan bo'lib qadimgi Misr iyerogliflari yoki Mayalar yozuvlari bunga misol bo'la oladi. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab faqatgina xitoy tili mazkur yozuv turidan foydalanadi. Ma'lum darajada sodda yoki murakkab belgilar butun bir tushunchani ifodalovchi ideografik yo piktografik yozuvlardan farqli ravishda, har bir logografik belgi ma'lum bir

February, 2024

Э1

tushunchaning morfemik ma'nosini ifodalab keluvchi analitik, ya'ni tovushning fonetik ifodasi emas, balki semantik ma'no yoki kontseptsiyani ifodalovchi belgilardir. Logogrammalar esa bir nechta logografik belgilardan tashkil topib, butun bir tushunchani ifodalab keladi. Alifboga asoslangan yozuv tizimlaridan farqli ravishda, logogrammalar harflar tizimi yoki og'zaki nutqda uchrovchi fonemalarni aks ettirmaydi. Soddaroq qilib aytganda mazku yozuv turi harflarni emas, g'oyalar, predmetlar yoki kontseptsiyalarni ifodalovchi bo'g'inlarni ifodalab keladi. Buning natijasida ko'pgina butun dunyoda deyarli bir xil talaffuz qilinuvchi international so'zlarni xitoy tili alifbosida yoza olish uchun hamda talaffuz qila olish uchun, mazkur so'zning mazmuni "tarjima" qilinishi talab etilishi va bu ayrim holatlarda horijliklar uchun g'ayrioddiy ko'rinish kasb etishi mumkin. Misol uchun, xitoy tilida

„pepsi" so'zi [Bâishikëlè]" deb, „supermen" so'zi "^À" [Chaorén]

deb, yoki "facebook" ijtimoiy tarmog'i nomini "Ай" [Liän] - (yuz) va "Ш" [Shü] (kitob) [20] tarzida yoziladi va talaffuz qilinadi. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak agar o'zbek tilidagi "Eshmat" ismini xitoy tili alifbosida yozmoqchi yoki talaffuz qilmoqchi bo'lsak, dastlab "Eshmat" ismini ma'nosi topiladi, undan keyin Eshmat ismining ma'nosini aynan yoki uning mazmuniga imkon darajasida yaqin ma'no beruvchi, xitoy tilida mavjud taxminan 50000ga yaqin logografik belgilar ichidan qidirib topiladi va bitta logogramma tarzida ifoda etiladi. Aytib o'tish joizki, Xitoyda kundalik hayotda bemalol o'qiy olish uchun 3000, hamda oliy ma'lumotli xitoyliklar mazkur logografik belgilardan taxminan 8000tagacha bilishlari isbotlangan. Xitoy tilida fonologik printsip asosida "Eshmat" ismini shunchaki [eshmat] tarzida yoki shunga o'xshash tarzda yozish yoki aytishning imkoni yo'qligiga sabab xitoy tili logografik belgilari va lologrammalari tovushlar yoki grafemik harflar uslubi asosida emas, balki semantik ma'no yoki kontseptsiyalarni ifodalovchi belgilar uslubiga asoslanganligidadir [19]. Shunday bo'lsada hozirda ommabop bo'lgan "google translate" onlayn tarjimon xizmati yordamida "Eshmat" va "Toshmat" ismlarining xitoy tilida yozishga, tarjima qilishga muvaffaq bo'lindi: "Eshmat" - „Ш+Щ^" - [Äi shén mä tè] tarzida va "Toshmat" ismi „&.+ЩЩ" -[Tuö shén mä tè] ko'rinish [21]. Albatta mazkur murakkab holat Xitoy hukumatining ham o'z vaqtida e'tiborini tortgan bo'lib, 1957 yilda hukumat tomonidan "Hanyu Pinyin" alifbosi qabul qilingan bo'lib, mazkur alifboni Xitoy adabiy tili tovushlarining lotin alifbosiga asoslangan transliteratsiyasi deyish mumkin. Ammo aytib o'tganimizdek bu alifbo xitoy tilining faqatgina fonetik qismini aks ettiradi, yozuv qismini emas. To'liq mazkur alifbo yordamida xitoy tilini o'rgangan horijliklar yoki xitoyliklar xitoy tilida matnlar, kitoblar yoki booshqa nashrlarni o'qiy oladi degani emas [19].

February, 2024

32

Yuqoridagi ikki uslub aralashmasiga asoslanuvchi bo'g'inli yozuvlar ham mavjud bo'lib, alifboga asoslangan tillarda har bitta harf, bitta tovushni ifodalagani holida, bo'g'inga asoslangan yozuv turlarida har bir bo'g'in harflar birikmasini ifodalab keladi. Mazkur yozuv turidan yapon, koreys va hind tillari foydalanib keladi.

Qisqagina dunyo tillarining yozuv turlariga ekskursiyadan keyin, ayni kunlarda aktual bo'lgan o'zbek tilining lotin alifbosi islohotlari diskursiga qaytsak. Bu borada ommaviy axborot vositalarida, va ayniqsa kun.uz Г181 hamda gazeta.uz Г16, 17] ommaviy axborot vositalari tahririyatlari tomonidan turkum tanqidiy va tahliliy maqolalar berib borilmoqda. Mazkur maqolada alifbo islohoti haqidagi diskurs va munozalarga qo'shilish uchun qisqagina empirik tadqiqot hamda tadqiqot natijalari tahlillari yordamida jarayonga alternativ qarashlar keltirib o'tiladi.

O'zbek tili tarkibidagi singarmonizm hodisasi muammosi o'zbek tilining [7, 8, 10, 1] va O'zbek tili shevalarinig fonetik transkriptsiyalarida [13] ko'rilgan bo'lsada, halqaro fonetik alifbo (IPO - International Phonetic Alphabet) asosida o'zbek tili va shevalarining yagona fonetik transkriptsiyasini ishlab chiqish orqali hal qilinishi mumkin. Xorazm shevalaridagi unlilar singarmonizmi, yoki Namangan yoki Surxondaryo shevalaridagi diakritik va suprasegmental fonemalar, urg'u va intonatsiya xususiyatlari va shunga o'xshash boshqa til xususiyatlari bu avvalo hududiy va ilmiy kontekstlarda ahamiyatga ega bo'lib, amaliy jihatdan Milliy adabiy til konteksti uchun aktual emas degan sababni keltirish o'rinli bo'ladi. Singarmonizm hodisasini milliy alifbo miqyosida e'tibordan chetda qoldirishning yana bir sababi sifatida hech qaysi dunyo tili o'z yozma alifbosida mazkur tilda mavjud bo'lgan barcha tovushlarni aks ettira olmasligini keltirish mumkin. Shu munosabat bilan singarmonizm masalasiga ushbu maqolada boshqa to'xtalmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirda amalda bo'lgan alifbomizdan foydalanishda kundalik hayotimizning norasmiy segmentlari bo'lgan ijtimoiy tarmoqlarni, forumlarni, izohlarni, kundalik suhbatlar, hikoyalarda til foydalanuvchilari tomonidan yo'l qo'yilayotgan imloviy xatolarni aniqlash, mazkur xatolar tahlili yordamida yangi taklif qilinayotgan alifbo islohotlariga tanqidiy-tahliliy nazar solish maqsadida mazkur maqola doirasida kvantitativ (miqdoriy) yondashuvga asoslangan holda qisqagina empirik tadqiqot o'tkazish lozim topildi. Mazkur jarayonda asosan zamonaviy kompyuterlar, smartfonlar, turli gadjetlar, qisqa qilib aytganda klaviaturalar yordamida yoziluvchi matnlarni tahlil qilish reja qilindi.

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar blokida keng tarqalgan empirik ijtimoiy tadqiqotlar metodologiyasida kvantitativ (quantitative) yoki miqdoriy yondashuv, kvalitativ

February, 2024

ЭЭ

(qualitative) yondashuv bilan birgalikda mazkur sohaning asosiy paradigmalaridan hisoblanib, har ikki yondashuvning turli jihatdan afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud [4: 531-542]. Jumladan kvantitaiv yondashuv uslubi maksimal standartlashtirilgan savollar va javoblar, intervyu holatining sun'iyligi, tuzilgan so'rovlar ochiq emasligi, savolnomalardan tashqarida bo'lgan ijtimoiy hodisalarning e'tiborga olinmasligi, respondentlarning o'z nuqtai nazarlarini erkin ifoda eta olmasliklari, tadqiqotchining nuqtai nazari ustunlik qilgan intervyu jarayoni [4: 531]. Boshqacha aytganda standartlashtirilgan so'rovnomalar murakkab masalalar va jarayonlarni o'ta oddiy, qisqartirilgan ko'rinishga olib keladi va bu bilan faktlarni emas, balki haqiqatga mos kelmaydigan artefaktlarni ko'rsatib beradi xolos. Yana bir tanqid punkti sifatida respondentlarning so'ralayotgan mavzu haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmasalar ham, savollarga shunchaki belgi qo'yib beraverishadi [6: 4-5]. Kvalitativ tadqiqotlarning kamchiligi sifatida subyektiv yondashuv, savollarga, javoblarga va usullarga nisbatan ochiqlik, tadqiqotning fundamental, keng miqyosli jarayonlarga emas, kundalik hayotga aloqadorligi, namunalarni ataylab hamda maqsadli tanlay olish imkoniyati, olingan ma'lumotlarning ishonchliligi (relialability) va asosliligi (validity) va ma'lumotlarni tahlil qilish kabilar keltiriladi va mazkur uslub kvazi-eksperimental dizayn sifatida tanqid qilinadi [4: 531-547]. Shuningdek har ikkala yondashuv tizimli xatolar manbalari bo'lmish, metodik jihatdan artefaktlik, ijtimoiy jihatdan savollarga ijobiy javob berishga moyillik, intervyu jarayonidagi turli ta'sirlar va so'rov jarayoni effektlari tufayli ham tanqid qilinadi. Tizimli xato manbalarini yo'q qilib bo'lmasligi sababli, ularni faqat nazorat ostiga olishga harakat qilinadi [4: 543-547]. Kvantitativ uslublarda ko'p sonli respondentlarning ishtirok etishi sababli natijalarni umumlashtirish, obyektivlashtirish imkoniyati yuqoqiroq bo'lib, mazkur uslubdan ilmiy farazlar hamda gipotezalarni tekshirib ko'rishda, ijtimoiy ma'lumotlar olishda keng miqyosda qo'llaniladi. Kvalitativ uslub o'z navbatida kam sonli namunalar va respondentlar soniga va bu bilan ko'proq subyektivlikka asoslanishi natijasida uning natijalarini umumlashtirish, obyektivlashtirilish qiyin masala bo'lsada, empirik faktlar va ijtimoiy jarayonlarni tavsiflashda, tasnif va tipologiyalar, materialga asoslangan gipotezalarni yaratishda samarali qo'llash mumkin [4: 532]. Tadqiqot obyekti hamda maqsadidan kelib chiqqan holda hamda yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadlarida ko'pgina hollarda mazkur paradigmalar bir birlarini to'ldirishlarini hisobga olib tadqiqotlarda har ikkala uslubdan birvarakayiga foydalaib kelinadi va bu jarayon fanda metodologik triangulyatsiya (methodological triangulation) deb ataladi [11: 261]. Kvalitativ ijtimoiy tadqiqotlarda so'rovlar ochiq, narrativ yoki boshqariladigan intervyu metodlaridan foydalangan holda o'tkaziladi. Respondentlar soni kamdan-kam hollarda 50 dan

February, 2024

34

oshadi. Boshqacharoq aytganda kvalitativ tadqiqotlarda natijalarning takrorlanmasligi va umumlashtirmasligi hisobiga, mazmunan chuqurroq va sezilarli darajada kichikroq hajmdagi namunalar bilan ishlanadi. Kvantitativ tadqiqotlarda esa, odatda, ko 'p sonli respondentlarni so'rov qilish uchun standartlashtirilgan so'rovnomalardan foydalaniladi. Kvantitativ deb atalishiga sabab tadqiqot jarayonlarining asosiy yo'nalishi ma'lum xususiyatlarni o'lchash va ular bilan bog'liq miqdorlarni aniqlashdir [6: l-5, ll: 25V].

Mazkur maqola doirasida foydalanilgan matnlar korpusi maqola muallifining ilmiy tadqiqoti doirasida kvalitativ paradigmaga asoslanuvchi yarim ochiq interview metodi (focused interview) yordamida o'tkazgan so'rovnomasi materiallari asosida tayyorlandi [5]. So'rovnoma jarayonida O'zbekiston OTMlarida magistratura va bakalavr bosqichida tahsil olayotgan magistrlar va talabalarga qisqa metrajli, ovozsiz film [2] qo'yib berildi. Respondentlar filmni xohlagan joylarida, istagancha ko'rishlari va ko'rib bo'lgach filmni xuddi norasmiy suhbat jarayonlardagi kabi, ya'ni do'stlariga, oila a'zolariga, yaqin insonlariga, yozma ravishda hikoya qilib berishlari lozim edi. Shuningdek so'rovnomaning ikkinchi qismida ishtirokchilar film bo'yicha standartlashtirilgan savollarga javob berishlari ko'zda tutilgan. Qisqa metrajli filmdagi voqealar bir tadbirkor hamda tilanchi o'rtasida bo'lib o'tadi. Tadbirkor ishxonasi oldida turuvchi tilanchiga har kuni choychaqa berishni boshlaydi. Bunday e'tibordan xursand bo'lgan tilanchi qandaydir yo'l bilan tadbirkorga o'z minnatdorchiligini izhor etishni xohlaydi va kunlarning birida tilanchi tadbirkorning to'xtash joyiga qo'ygan mashinasini ko'rib oladi va tadbirkorning qarshiligiga qaramasdan uni har kuni yuva boshlaydi. Voqealar shundan keyin kutilmagan tarafga rivojlanib ketadi [2]. Jami bo'lib so'rovnomada 600ga yaqin talalabar anonim ravishda ishtirok etishib, mazkur ishtirokchilardan 46 nafari so'rovnoma shartlarini to'liq bajarishdi. Ishtirokchilarning 40%ni o'g'il bolalar va 60% qiz bolalar tashkil etdi. Qiz bolalar film hikoyalari o'rtacha 20,7ta gapdan iborat bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich o'g'il bolalarda 18,1ta gapni tashkil etdi.

Tahlil qilingan matn korpusidagi jami matnlar soni 46tani, gaplar soni 905tani, so'zlar soni l2804tani va belgilar soni BVV02tani tashkil etdi. Bunda gaplar tinish belgilari asosida, so'zlar esa so'zlar o'rtasidagi bo'sh qoldirilgan joy (probel tugmasi) asosida ajratildi. Belgilar soni albatta harflar asosida emas, balki har bitta grafema asosida ajratildi. Misol uchun „sh" harfi yoki „ng" digrafemasi bitta harf hisoblansada, ikkita „s" va „h" yoki „n" va „g" grafemalardan tashkil topishgan va o'z navbatida korpusda kelgan belgi deganda grafemalar tushuniladi. Xuddi shunday diakritik belgilar, tinish belgilari, xat boshilar hamda bo'sh qoldirilgan joylar (probel) ham bitta belgi sifatida hisobga olingan. Tahlil qilingan matn korpusi bo'yicha statistik

February, 2024

Э5

ma'lumotlar mazkur maqsadlarda yaratilgan ikkita onlayn web sahifasi, word dasturining statistik ma'lumotlari orqali hamda maqola muallifi tomonidan matnlar tahlili orqali amalga oshirildi [14, 15].

NATIJALAR

Asosiy tadqiqot obyekti sifatida maqolada ko'rib chiqilayotgan "CH", "SH", "O'", "G'" hamda "TS" harflarining yozilishi imlo qoidalari bo'yicha tahlil qilindi. Quyida yuqoridagi harflar bo'yicha umumlashtirilgan statistik ma'lumotlarni ko'rish mumkin:

1-jadval

Ko'rilayotgan Korpusda Korpusda Shundan Shundan Imloviy xatolar %da

harflar uchragan kelishi soni imloviy imloviy xato (korpusda kelishi

shakllari to'g'ri soniga nisbatan)

TS 3 3 0 0

ts 3 3 0

CH 1526 1526 0 0

ch 1526 1526 0

SH 2174 2170 4 0,18

w 2 0 2

^ 2 0 2

G' 208 5 203 97,6

g' 5 5 0

g' 128 0 128

g' 34 0 34

g" 18 0 18

g 11 0 11

g 4 0 4

g 8 0 8

O' 1461 3 1458 99,8

o' 3 3 0

o' 748 0 748

o' 274 0 274

o" 105 0 105

u 162 0 162

0 102 0 102

o 67 0 67

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rish mumkinki imloviy xato jihatdan "O'" va "G'" harflari aksariyat holatlarda imloviy jihatdan xato ishlatilgan. Kam sonli to'g'ri ishlatilgan "O'" va "G'" harflari butun korpus doirasida jami 8 marta uchragani holda, shundan

February, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal

36

3tasi "o'" harfi uchun va qolgan 5tasi "g'" harfi uchun ishlatilgan bo'lib, jami 7 holatda esa birgina respondent matni doirasida uchraydi. Va umuman aksariyat ko'pchilik matnlarda asosan barcha diakritikli harflar (o', g') hamda tutuq belgisi (') uchun yagona diakritik belgi tanlangan va butun matn davomida, u to'g'ri yo xato bo'lishidan qat'iy nazar, faqatgina bir xil diakritik belgidan foydalanilganligini ko'rish mumkin.

Ba'zan bitta tekstda ikki xil uslubdan foydalanilgan, noto'g'ri ishlatilgan diakritik belgi:"to'g'ri", "yolg'iz" hamda "O'" harfi shunchaki "o" harfi bilan berilishini korish mumkin: "bop qoladi", "sorashdan kora", "kerak bolgan odami". Faqatgina ayrim matnlarda "o'" harfini berish uchun turli uslublardan foydalanilgan: "bo'ladi", „ko'chada", „usha kunlik tangani", „kuchada ketayotsa", „turganini koradi". Ba'zi matnlarda faqatgina tutuqlik belgisi va rus tilidagi yumshoq belgisi diakritik belgilari ishlatilsada: "fil'm", " "ya'ni", "ebtibor", "mabnaviyati", "Filbm", "o'" va "g'" harflari uchun umuman diakritik belgilar ishlatilmasdan, tegishli ravishda faqatgina "u" va "g" harflari ishlatilgan: "tugri", "buladi", "kupgina", "utadi", "tuygusi", "bulgan deb uyliyman". Yoki yana bitta matnda "o'" harfi o'rniga asosan "o" harfi, ba'zi holatlardagina "u" harfi ishlatilib, mazkur harf barcha holatda "uz" prefiksi bilan boshlanuvchi so'zlarda ishtirok etganini ko'rish mumkin: "uzgartiradi", "uzi", "uzini", "uzgartiradi".

MUHOKAMA

Dastlab hozirgi alifbomizdagi isloh qilinishi rejalashtirayotgan ikki harf va tutuqlik belgisi ishlatilishidagi chalkashliklar xususida. Yopilayotgan bir tirnoq shaklidagi apostroph, ya'ni tutuqlik belgisi ['] va "O'" va "G'" harflarida ishlatilagan birtirnoq ['] diakritik belgilar garchi bir-biridan farqlanishsada, amaliyotda ushbu belgilarni ishlatilishida juda ko'p chalkashliklarga duch kelinadi. Qo'l bilan yozishda bu muammo ko'zga tashlanmasada, kompyuter va boshqa gadjetlar klaviaturalar yordamida matn terishda bu holat juda ko'p ortiqcha vaqt va kuch talab qilishi hech kimga sir emas. Undan ham muhimi, kundalik hayotda juda ko'pchilik mazkur ikki belgi bir biridan farqlanishini, ikki xil holatda o'rtadagi farq juda kichikligi bois, ikki xil belgi ishlatilishini bilishmaydi. Bu borada ommaviy axborot vositalirada ham anchagina tahlillar olib borilgani ushbu holatning kun tartibidagi aktual muammo ekanligiga yaqqol misol bo'la oladi [12].

So'rovnoma yuqorida keltirilgan fikrlarni yana bir bor tasdiqlaganini ko'rish mumkin. Shuningdek so'rovnoma natijalariga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkinki respondentlar, ya'ni til foydaluvchilari matnlar, gaplar yozish jarayonida bir-biridan kam miqdordagi farq qiluvchi ikki yoki uch xil diakritik belgilardan foydalanishda

February, 2024

37

asosan bitta odatga yoki uslubga amal qilgan holda faqatgina bitta diakritik belgidan foydalanishadi (ham tutuqlik belgisi bo'lgan yopiq birtirnoq ham "O"' va "G'" harflarida ishlatiladigan birtirnoq belgisi uchun 1-matn doirasida: "Fimni ko'rib, to'g'risini aytsam, juda ta'sirlandim", 3-matn doirasida: "... bu filmda insonning atrofidagi oddiy insonlarga e'tibori insoniylik tuyg'ularini so'zsiz ifodalangan.", 6-matn: "Upuldan emas ,insondan y o^girayotgan edi va yida allanechuk qayg^u va g^azab aralash nafrat hissi mujassam edi" ...) va ko'pgina holatlarda esa hattoku diakritik belgilardan, albatta boshqa sabablar bilan bir qatorda, tejamkorlik tamoyiliga mufoviq umuman foydalinshmaydi (32-matn: "U toxtab undan axvolini sorash orniga kochib ketadi.", 43-matn: "Ertasiga yemgir yoggan edi.", 16-matn: "...ushandagina tadbirkor uni oyogi chulokligini kurib kolib yida kanakadur raxm xis tuygusi uygondi.", 29-matn: "Bir kuni bu vaziyatni tadbirkor xonasidan gashi kelib katib turarkan." ...) yoki diakritik belgi ishlatmasdan kiril alifbosida "У" va "У" harflarining bir biriga yaqinligi hisobiga lotin alifbosidagi "O'" harf o'rniga shunchaki "U" harfidan foydalanib qo'ygan (14-matn: "Bir kuchada kurib koladi.", 16-matn: "...ushandagina tadbirkor uni oyogi chulokligini kurib kolib yida kanakadur raxm xis tuygusi uygondi. ", 43-matn: "Tilanchi bu boyvachani moshinasini artib bersam kuprok tulaydi menga deb uylagandi." ...).

Respondentlarning "O'" harfidan 99,8% holatda va "G'" harfini 97,6% holatda imloviy xato bilan foydalanishini ikkilanmasdan "tizimli" deb atash mumkin. Qiziqarli tomoni "CH" va "SH" digrafemalari ishtirok etgan so'zlarda bu darajadagi "tizimli" imloviy xatolar deyarli uchramaydi. Albatta mazkur "tizimli" imloviy xatolarning barchasini ham alifboga olib borib taqash noo'rin bo'lsada, ushbu holatning "ommaviy" kelib chiqishiga sabablardan biri sifatida alifbomizdagi turli diakritik belgili harflarni keltirib o'tish mumkin. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak so'rovnoma natijalari "O'" va "G'" harflaridan amaliyotda foydalanish jarayonida "tizimli" yo'l qo'yilayotgan imloviy xatolar natijasida alifbo islohoti zaruratini yana bir bor tasdiqladi. Alifbo islohoti zaruratining mazkur sababi usbu maqola davomida qisqa qilib "savodxonlik tamoyili" deb ataladi.

O'z o'rnida nega hozirda amalda bo'lgan "O„" va "G„" harflari uchun alohida va tutuq belgisi uchun alohida maxsus belgi olingan degan mantiqiy savol tug'ilishi tabiiy? Agar bu ikkala maxsus diakritik belgilar yonma yon kelib qolsa, ma'no jihatdan chalkashliklar bo'lmasin degan mazmunda qilingan bo'lsa, O'zbek tilimiz uchun mayoq hisoblangan O'zbek tilining izohli lug'atining "O„" va "G„" harflari qismida so'z tarkibida ushbu harflardan keyin bevosita keladigan tutuq belgili so'z uchramaydi. Shunday ekan har ikkala harf uchun tanlangan diakritik belgilarni almashtirib ishlatish jarayonida ishlatiyalotgan so'zlarning ma'no va mazmun jihatiga ta'sir etmasligini hisobga

February, 2024

38

olsak, ushbu diakritik belgilarning tanlanishi qaysidir ma'noda ixtiyoriy harakterga ega deb taxmin qilish mumkin. Agarda har ikkala harflar ixtiyoriy olinayotgan ekan, hozirgi alifbodagi kabi amaliyotda chalkashliklar kelib chiqmasligi uchun, alifbodan amaliyotda foydalanishda qulaylik yaratish uchun bir xil diakritik belgi olinishi maqsadga muvofiqroq bo'lar edi.

Tutuqlik belgisi hamda "O'" va "G'" harflarida ishlatilgan diakritik belgilarning standart klaviaturalarda yo'qligi sababli asosan Microsoft Word dasturida lotin alifbosiga asoslangan O'zbek tili yozuvini qo'shimcha o'rnatish orqali yozish mumkinligini hisobga oladigan bo'lsak, so'rovnoma ishtirokchlarining aksariyat ko'pchiligi o'z matnlarini O'zbek tiliga asoslangan lotin alifbosida emas, balki boshqa tillarga asoslangan lotin alifbosida yozganliklarini xulosa chiqarish mumkin. Bunga sabab sifatida ishtirokchilar o'z komyuterlarida tegishli dasturiy ta'minotni o'rnatishmaganligini, yoki dasturiy ta'minot bor bo'lgani holatida boshqa tilga asoslangan lotin tili alifbosida yozganliklarini yoki o'z gadjetlarida tegishli interfeysli klaviaturalarning mavjud emasligini keltirish mumkin.

Shunigdek informatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida "to'g'ri" diakritik belgini topish, hoh u birtirnoq hoh u yopilayotgan birtirnoq maxsus belgisi bo'lsin, bu nisbatan murakkab jarayon. Agar klaviatura ingliz tili yoki nemis yoki boshqa tillar alifbosida bo'lsa, "to'g'ri" birtirnoq yoki apostrofni topish yanada mushkullashadi.

Yangi rejalashtirilayotgan harflarning 4tadan 3tasining maxsus grafemalar Ö o", „G g" va „§ §" ekanligi hisobga olinsa, mazkur harflardan foydalanish texnik jihatdan qulaylik tug'dirish o'rniga, aksincha noqulayliklar keltirib chiqarishi taxmin qilish mumkin. Dunyo miqyosida hoh u kompyuter bo'lsin, hoh planshet hoh smartfon yoki hoh boshqa gadjetlar bo'lsin, klaviaturalarning aksariyat ko'pchiligi ingliz tiliga asoslangan lotin alifbosida ekanligi hisobga olinsa, yangi islohotlar klaviaturalardan foydalanishda qisman noqulaylik keltirib chiqarishi tabiiy. Hozirgi alifbomizni, yuqorida keltirilgan tutuqlik belgisi va "O'" va "G'" harflaridagi diakritik belgilarni ishlatishdagi chalkashliklarni aytmasa, har qanday tilga asoslangan lotin alifbosidagi klaviaturalarda, o'zbek tiliga asoslangan alifboga almashtirmasdan yozish mumkin. To'g'ri bu muammo turli texnik yo'llar, jumladan o'zbek tili yozuvini dasturiy ta'minotga o'rnatish, dasturiy ta'minotlarning O'zbek tilidagi interfeysini yaratish, klaviaturaga oddiy qo'shimcha til yorliqlar yopishtirish kabi va boshqa texnik usullar bilan hal qilinishi mumkin, ammo bu yechimlar har doim ham turli sabablarga ko'ra ish beravermaydi. Bu borada ham ommaviy axborot vositalarida bir qancha tanqidiy-tahliliy chiqishlar qilindi [3]. Demak olingan empirik ma'lumotlar natijasida aytish mumkinki alifbo islohoti zarurati ushbu sabab tufayli ham tug'ilmoqda.

February, 2024

39

Mazkur sabab bundan buyon "texnologik tamoyil" deb keltiriladi. Aytib o'tish joizki texnologik tamoyil hamda savodxonlik tamoyillari bir-biri bilan uzviy ravishda bog'liq hisoblanadi.

Yangi rejalashtirilayotgan alifboda "O'", "G'", "SH" va "CH" harflariga o'rniga Ö o", „G g", „§ §" hamda "C c" harf variantlarining berilishida alifbo islohoti zaruratining yana bir sababini ko'rish mumkin, bu iqtisodiy tejash sababi. Hozirda amalda bo'lgan har to'rtala harfni yozishda 2ta belgidan foydalaniladi, yangi taklif qilinayotgan harflar esa bitta belgidan iborat. So'rovnoma uchun foydalanilgan matnlar korpusi statistik ma'lumotlarini yig'ish jarayonida bu holat yana bir bor kuzatildi. "SH" hamda "CH" digrafemalarida bu holat kundek ravshan bo'lsada, ayniqsa "O'" hamda "G'" harflari ko'pchilik tomonidan bir qarashda bir belgidan iborat yoki bitta harf sifatida ko'riluvchi harflar aslida ikkita "O", "G" harflari hamda (') - birtirnoq diakritik belgilaridan iborat. Fikrimiz isboti sifatida word dasturida ham, yoki online tahrir dasturlarida ham amaldagi "O'G'SHCH" hamda yangi taklif qilinayotgan "ÖG§C" harflar ketma-ketligini yozib tegishli dasturlarda so'zlar sonini sanaydigan bo'lsangiz birinchi holatda 8ta belgi va ikkinchi holatda 4ta belgi ekanligini ko'rish mumkin [14, 15]. Alifbo islohoti zaruratining mazkur sababini qisqa qilib "tejamkorlik tamoyili" deb aytish mumkin.

Tahlil natijalariga ko'ra ko'rib chiqilgan butun matnlar korpusida "TS" tovushining atiga 3 marta hamda "CH" tovushining 1526 marta kelishi shundan dalolat beradiki "CH" tovushi "TS" tovushiga nisbatan miqdor jihatidan karrasiga ko'proq ishlatilishini yaqqol ko'rsatib berdi. Garchi mazkur matnlar tabiatiga ko'ra norasmiy, o'g'zaki kundalik hayot tili uslubiga xos matnlar bo'lganligi va mazkur uslubda ko'proq ilm-fan, rasmiy kontekst uslubidagi matnlar bilan affillanuvchi "TS" tovushi kam uchrashi kutilgan bo'lsada, hattoki rasmiy, ilmiy uslubda yozilgan matnlarda ham "CH" tovushining "TS" tovushiga nisbatan ko'proq ishlatilishini hech ikkilanmasdan oldindan aytish mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Rejalashtirilayotgan alifbo islohotlari fonida yana bir muhim tovush taqdiriga aniqlik kiritib ketilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu hamma uchun tanish bo'lgan kiril alifbosidagi „Ц" grafemasi ifoda qiluvchi, xalqaro fonetik alifboga muvofiq „TS" unicode belgisi ostida yuritiluvchi jarangsiz, alveolar affrikatidir. Mavjud „norasmiy" yoki „rasmiy" kelishuvga muvofiq ushbu tovush hozirgi o'zbek tili imlosida „ts" digrafemasi bilan berilmoqda. Ammo rasmiy alifbomizda mazkur tovush keltirilmaydi. Garchi 1993-yilgi qabul qilingan alifboda mazkur harf va tovush kitilgan bo'lsada, 1995-yilgi alifbo islohotlarida mazkur harf alifbodan chiqarib tashlangan. Hozirga kelib imlo foydalanuvchilarida mazkur tovushni turli grafemalar bilan ifoda etish „TS" shaklida yoki „S" shaklida amalga oshirilib, bu holat ham ko'pgina

February, 2024

40

tushunmovhiliklarni ba'zi so'zlar misolida esa hattoki noqulay va nojoiz yozish usullarini keltirib chiqarmoqda. Birgina misol sifatida bu yerda „tsex" so'zini, imloviy xato variantda keltirish yetarli. Xuddi „YA", „YE", „YO", „NG" digrafemalari kabi „TS" harflar birikmasi ham rasmiy alifbomizga kiritilishi lozim.

„TS" tovushi va harfi bilan bog'liq ikkinchi muammo bu uning amaldagi o'ta murakkab imlo qoidalaridir [9]. Olim Ravshan Jomonovga ko'ra „ts" harfi hozirda ikki xil uslubda, bir nechta istisnolar va ikkita so'z yuqoridagi qoidalarga ham bo'ysunmaydigan maxsus istisnolar bilan yozilmoqda, jumladan

- „S" harfi bilan: циркуль - sirkul/ абзац - abzas / концерт - konsert

- „TS" harflar birikmasi bilan: - доцент - dotsent, акация - akatsiya, конституция - konstitutsiya

- „TS" qoidasiga istisnolar: - антициклон - antisiklon, эпицентр - episentr, геоцентрик - geosentrik.

- Maxsus istisno so'z: „сценарий - senariy"

- Maxsus istisno so'z „пицца - pitsa" [9]

O'z o'zidan savol tug'iladi, nega yuqoridagi barcha "Ц" tovushi ishtirokidagi so'zlarni yagona va bitta qoida bilan yozilmasligi lozim. Shunday qilinsa barcha uchun oson, qulay va sodda bo'lmaydimi? Bundan tashqari masalaning iqtisodiy tomoniga ham ahamiyat berish mumkin. Hozirgi imlo qoidalariga ko'ra "ts" harfini ifodalash uchun yuqoridagi qoidalar batafsil tushuntirilishi uchun ta'lim muassasasalarida kamida bir akademik soat vaqt rejalashtirilishini tushunsa bo'ladi. "TS" harfining yagona imlosini qabul qilish orqali qancha minglab soat akademik soatlar, qancha vaqt va eng muhimi millionlab oddiy foydalanuvchilar uchun qanchalik osonlik yaratiladi: "sirkul" emas, "tsirkul", "senariy" emas "stsenariy", "abzas" emas "abzats", hech qanday istisnolar, hech qanday istisnolardan istisnolar emas, hech qanday so'z boshi yoki so'z o'rtasi emas, barchasi oddiygina "TS" digrafemasi bilan.

Yoki mazkur fonema uchun lotin alifbosida zahirada ishlatilmay turgan "C" harfini "TS" fonemasi uchun ishlatish bundanda maqbulroq yo'l bo'lar edi. Aytish mumkinki nega "C" harfini yangi taklif qilinayotgan alifbo islohoti bo'yicha hozirgi "CH" tovushi uchun emas, aynan "TS" tovushi uchun qo'llash lozim, axir yuqorida o'tkazilgan so'rovnomada ham „CH" tovushi „TS" tovushiga nisbatan ishlatilish jihatidan matnlarda karrasiga ko'proq ishlatilishi aniqlandiku deb. Ammo so'rovnoma natijalarini alifbo islohoti nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo'lsak, boshqacharoq natijani ko'rish mumkin. Unga ko'ra „CH" harfini isloh qilish zarurati mazkur harfning ikkita harf orqali berilishi va bu orqali ko'p joy egallashi bilan, boshqacharoq aytganda tejamkorlik tamoyiliga rioya qilmayotgani sababli kelib chiqmoqda. Ammo so'rovnoma

February, 2024

41

natijalari „O'" va „G'" harflari misolida alifbo islohotining yana bir boshqa buhim bo'lgan zarurati, ya'ni oddiy til foydalanuvchilari tominidan yo'l qo'yilayotgan „tizimli" imloviy xatolar, boshqacharoq aytadigan bo'lsak savodxonlik tamoyilini ham ko'rsatib berdi. Ham savodxonlik, ham tejamkorlik tamoyillariga rioya qilmayotgan „O'" va „G'" harflaridan farqli ravishda, so'rovnoma natijalari „CH" va „SH" harflarining savodxonlik tamoyiliga to'liq monandligini (0 % imloviy xato) hamda ularning isloh qilish zarurati faqatgina tejamkorlik tamoyiligagina asoslanayotganini ko'rsatib berdi. Xuddi shunday ikkita harf bilan ifoda etiluvchi „TS" tovushi islohoti zarurati ham bir tomondan tejamkorlik tamoyili bilan asoslanishi mumkin. Garchi so'rovnoma natijalari bevosita tasdiqlamagan bo'lsada, „TS" harfi islohoti zarurati savodxonlik tamoyiliga ham asoslanadi. Bunga sabab qilib „TS" harfi yozilishidagi yuqorida keltirib o'tilgan murakkab va chigal imlo qoidalaridan kletirib o'tish mumkin. Bundan tashqari aynan „TS" tovushi islohoti zarurati doirasida yana bir boshqa tamoyilni keltirib o'tish mumkin. Ya'ni har bitta milliy tillarning XXI- globallashgan asrda boshqa tillardan ilm-fan, texnologik va "know-how" transferi jarayonida milliy tillarga o'zga tillardan yangi kirib kelgan terminlarni, o'zlashmalarni, internatsional so'zlarni qabul qila olish qobiliyati. Bu fikrga qarshi aytiladigan „TS" tovushi alifbomizda allaqachon mavjud degan qarashga, aytish mumkinki ha garchi alifbomizda rasmiy ravishda keltirilmasada bor, ammo yagona imlo qoidalari asosida emas. Va albatta dunyo tillarida mavjud barcha tovushlarni bir milliy til tovushlar fondi yordamida berib bo'lmaydi, bunga zarurat ham yo'q. Ammo ilm-fan, meditsina, texnologiya sohalarida uchraydigan aksariyat terminologiyada „TS" tovushi ishtirok etishini hisobga olgan holda, alifbomizda mazkur tovush uchun alohida, yagona imlo qoidasi asosida, savodxonlik hamda tejamkorlik tamoyillariga mos grafema qabul qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa qilib aytganda mazkur tamoyilni „strukturaviy tamoyil" deb atash mumkin.

Bundan tashqari bu o'rinda boshqa bir qacha faktorlarni ham sanab o'tish mumkin. Birinchidan "C" harfi tarixdan lotin tiliga asoslangan o'zbek tili alifbosida xuddi mazkur fonema uchun ishlatilgan bo'lsa, ikkinchidan "TS" tovushining asosan ilm-fan terminologiyasida hamda internatsional so'zlarda kelishini hisobga olgan holda o'zbek tilining ilm-fan tili darajasiga ko'tarilishiga ham jiddiy hissa qo'shilgan va uchinchidan amaliy ahamiyat kasb etuvchi masala bo'lgan lug'atlar, qomuslar tuzishda „TS" harfi bilan boshlanuvchi barcha so'zlarning, o'zlashmalarning bitta harf bo'limiga yig'ilishi.

Mazkur tovush va harfning „arosatda" qolgani ko'pincha o'zbek tili tarixiy tovush fondida bunday tovushning yo'qligi sababi keltiriladi. Mazkur argumentga qarshi shuni aytish mumkinki, deyarli bir asrdan ortiq vaqt davomida kundalik hayotimizning barcha

February, 2024

42

jabhalaridan o'rin olgan „ts" tovushi allaqachon o'zbek millatining tovush fondiga kirib bo'lgan. Qaysidir ma'noda salbiy konnotasiyaga ega, siyosiylashtirilgan mazkur tovushga o'zbek tili alifbosida o'z o'rnini mustahkam positsiyada egallash vaqti quyidagi sabablarga ko'ra allaqachon kelgan deb aytish mumkin.

- Garchi diaxron nuqtai nazardan mazkur tovush o'zbeklar uchun xos bo'lmasada, ko'p yillar davomida turli jabhalarda ishlatilishi oqibatida ushbu tovushning allaqachonlar milliy tovushlar fondiga kirib bo'lganligi;

- Mazkur tovush ishtirok etgan so'zlarni ifodalovchi „TS" harflar birikmasi yoki „S" grafemalari („senariy", „sirk", „konstitutsiya", „gerts") ushbu tovushni to'liq bera olmayotgani va bu orqali aslida bor tovushing yo'q deb hisoblash orqali, ongli ravishda kelajak avlodlarning bitta tovushdan mosuvo qilinayotganligi;

- "TS" va "S" tovushlarining bitta "S" harfi orqali berilishi ortidan lug'atlar va qomuslar tuzishda kelib chiqadigan chalkashliklar hamda "TS" tovushi bilan ifodalanuvchi so'zlarning "S" va "T" harflari bilan ifodalanishi hisobiga turli lug'atlar tuzishda mazkur harflar hissasiga to'g'ri keladigan nomutanosib bosimning vujudga kelishi;

- „TS" tovushi bilan keluvchi ko'pchilik so'zlar sobiq ittifoq mafkurasi bilan bog'liq so'zlarga va „TS" tovushi faqatgina rus tiliga tegishli degan no'to'g'ri qarashlar. Vaholanki „TS" tovushi rus tiliga qaraganda ko'proq qadimgi Yevropada ilm-ma'rifat tillari darajasiga yetgan grek va lotin tillari va ularning asosidagi bugungi kunda dunyo bo'ylab eng ko'p va asosiy bilim manbalari saqlanuvchi hamda generatsiya qilinuvchi ingliz tiliga borib taqaladi. Rus tili orqali bizning tilimizga, tariximizga kirib kelgan barcha „-izmlar" aslida rus tiliga ham aynan anglosakson tillaridan kirib borganligi;

- XXI asrga kelib globallashuv, raqamlashtirish fonida tillarning milliy madaniyat va til chegaralaridan o'tib borayotganligi va milliy tillarga chet tillaridan tobora ko'proq ilmiy-texnikaviy atamalar va o'zlashmalar kirib kelishi;

- Har qanday tarixiy evolyutsion taraqqiyot tsiklida bo'lgani kabi oldinga, rivojlanishga va progressga qarab intilish qonuniyati;

- Dunyo bo'ylab tobora rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda ilm-fan sohalari hamda markur rivojlanish natijasida o'zbek tiliga kirib kelayotgan o'zlashtirma so'zlarni o'zbek tiliga fonetik, grammatik va imloviy jihatdan moslashtirgan holda qabul qila olish imkoniyatini oshirish;

- Chet tillarni o'rganish kontekstida mazkur tovushning deyarli barcha rivojlangan davlatlar tillarida mavjudligi va o'zbek tili alifbosida mazkur tovushning e'tiborga olinmasligi ortidan bu borada yana bir sun'iy qiyinchilik

yaratilishi hamda chet tillarni o'rganish jarayonida mazkur

February, 2024

tovushning yana boshqatdan o'zlashtirilish vazifasining kun tartibiga chiqayotganligi

- Va eng muhimi ushbu tovush dunyo bo'ylab faoliyat yurituvchi internatsionalizmlar va ilmiy-texnikaviy kontekst doirasida ko'pgina so'zlar tarkibida kelishi hisobiga qaysidir ma'noda bu tovushning yo'qotilishi ortidan dunyo ilmiy-texnikaviy oqimidan (mainstream) yanada uzoqlashishimizga yana bir sabab bo'lishi. Birgina misol o'zbek tilining izohli lug'ati „TS" harfi bo'limida mazkur tovush bilan boshlanuvchi jami 64 dona so'z bo'lsa, ushbu so'zlarning asosiy ko'pchiligi ilmiy-texnikaviy kontekstdagi so'zlar, internatsionalizmlar ekanligini bir qarashda tushunib olish mumkin. Mazkur holat istalgan ingliz yoki nemis tillaridagi ilmiy maqolani o'zbek tiliga o'girish jarayonida yanada yaqqolroq namoyon bo'lishi.

Yuqoridagi empirik tadqiqot natijalariga yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, mazkur so'rovnoma topshirig'ida norasmiy, kundalik til uslubidan foydalanish to'g'ridan-to'g'ri aytilgan bo'lishiga qaramasdan, ko'rib chiqilgan matnlar korpusini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishlatayotgan matnlar bilan, respondetnlarning Oliy ta'limda tahsil olishlarini, olganliklarini hisobiga ularni oddiy "o'rtacha o'zbek tili foydalanuvchisi" bilan taqqoslash noo'rin. Yuqorida keltirilgan kriteriyalar hisobga olinsa, imloviy xatolarni aniqlash bo'yicha o'tkaziladigan emprik tadqiqotlar natijalari bundanda yomonroq bo'lishini tasavvur qilish mumkin.

Tahlil natijalarini alifbo islohoti kontekstiga tadbiq qiladigan bo'lsak bu yerda qaysidir ma'noda ma'lum tamoyillar o'rtasida manfaatlar to'qnashuvi guvohi bo'lishimiz mumkin. Ya'ni bu o'rinda "SH", "CH" digrafemalari o'rniga yozishni osonlashtirish, kam joy olish, tejamkorlik kabi asoslar bilan yangi taklif etilayotgan "Ö", „G" va „§" harflari katta ehtimol bilan imloviy savodxonlikning pasayishi hisobiga amalga oshishi mumkin. Bu jarayon o'z navbatida tejamkorlik tamoyiliga mos bo'lsada, savodxonlik hamda texnologik tamoyillarga hamohang emas. Yoki aksincha, hozirda amalda bo'lgan "SH" va "CH" harflari garchi tejamkorlik tamoyiliga amal qilmasada, savodxonlik va texnologik tamoyillarga salbiy ko'rsatmasligini yuqoridagi empirik tadqiqot natijalari ham ko'rsatmoqda. Tahlil natijalari ayni damda ham savodxonlik, ham tejamkorlik hamda ham texnologik tamoyillarga amal qilmayotgan harflar sifatida, hozirda amalda bo'lgan "O'" hamda "G'" harflari ekanligini qayd etdi. Ushbu harflarning isloh qilinishi zaruriyatini tahlillar ham tasdiqlasada, ammo yangi taklif etilayotgan "Ö", „G" hamda „§" grafemalari bilan faqatgina tejamkorlik tamoyiligagina mufoviq bo'linadi. "Ö", „G" harflaridagi birinchidan ikki xil ko'rinishdagi maxsus diakritik belgilarning ishlatilishi hamda ikkinchidan mazkur diakritik belgilarni zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari klaviaturalarida topish va to'g'ri

foydalanish mashaqqati alaloqibat savodxonlik va texnologik

February, 2024

tamoyillariga asoslangan alifbo islohoti zaruratini yana aktual kun tartibiga qaytaradi.

Yangi taklif qilinayotgan harflarning yuqorida keltirilgan tejamkorlik, savodxonlik, texnologik hamda strukturaviy tamoyillarga mosligini ta'minlash maqsadida quyida alternativ takliflar keltirib o'tiladi. Texnologik tamoyilga muvofiqlikni ta'minlash maqsadida bu yerda nemis tili alifbosini keltirib o'tish mumkin. Xuddi o'zbek tilidagi kabi, Nemis tilida ham lotin tili alifbosi harflari inventariga sig'maydigan, ammo juda ko'p ishlatiladigan, o'ziga xos 4 dona tovush bo'lib, mazkur tovushlar uchun maxsus harflar qabul qilingan. Bular "Ö", "Ü" va "Ä" umlautlari hamda "ß" undosh tovushlaridir. Germaniya uchun va nemis tili alifbosi uchun mo'ljallanmagan klaviaturalarda, internet sayt nomlarida, ijtimoiy tarmoqlarda ishlata olish uchun yuqoridagi harflarni saqlab qolgan holda, ularning ikkinchi, texnik jihatdan muammo chiqarmaydigan digrafemalar, ya'ni ikki harf birikib bitta tovush berishi, variantlaridan foydalanish amalga kiritilgan. Bunda norasmiy umummilliy imloviy kelishuv qoidalariga muvofiq Ö - UE, Ü - UE, Ä-AE va ß - SS harflar birikmasi qabul qilinishi qatorida, harflarning maxsus shakllari ham saqlab qolinib, garchi Germaniya kontekstida maxsus harflar uslubiy jihatdan afzal ko'rilsada, harflarning digrafem shakllari ham imloviy jihatdan xato sifatida ko'rilmaydi. Xuddi shunday misolni Chex tilida ham uchratishimiz mumkin. Chex alifbosida jami 42ta harf mavjud bo'lib, shundan 15ta harf qo'shimcha diakritik belgilar va digrafemlar shaklida yoziladi. Misol sifatida "C" harfi "CZ" digrafemi bilan beriladi, ya'ni "Cech - Czech" tarzida. Bunday misollar boshqa tillarda, jumladan Turk, Polyak, Golland, Island va boshqa tillarda ham uchraydi.

Yangi taklif qilinayotgan alifbo uchun ham mazkur yondashuvdan foydalangan holda, vujudga keladigan texnik muammolar oldini olish mumkin. Bunda asosiysi qaysi harf qaysi harflar kombinatsiyasida berilishi emas, tushunarli va qulay bo'lishi uchun yagona printsip asosida o'zgarishlar qabul qilinishi lozim bo'ladi. Qolaversa hozirgi alifbomizda mavjud bo'lgan va isloh qilinishi kutilayotgan "Sh" va "Ch" harflari shu shaklda saqlab qolgan holda, "O'" va "G'" harflari uchun "shartli" ravishda "OC", "GC" harflar kombinatsiyalari olinishi mumkin. Albatta bu o'rinda "CH" tovushi uchun taklif qilinayotgan lotin alifbosidagi "C" harfi emas, balki xalqaro fonetik alifbo hamda turkiy xalqlar alifbosiga mos bo'lgan "Ç" grafemasini qabul qilish lozim bo'ladi. Lotin alifbosidagi "C" harfining o'zbek tili alifbosida ishlatilmasligi hisobiga, taklif qilinayotgan harflar kombinatsiyalari milliy tilimizdagi hech qanday so'zlar tarkibida uchramasligi ta'minlanadi. Ishlatilmay qolayotgan "C" harfiga maqola davomida yana qaytialdi.

Tepada keltirilgan fikr isboti sifatida, misol tariqasida lotin alifbosida rus tilidagi maxsus «Ы», «Щ», kabi tovushlarni ifodalovchi harflarni yozib ko'rish yetarli: "Радищев - Radishev",

February, 2024

45

"журнальный - jurnalny" Ya'ni rus tilining kirill alifbosidagi mazkur harflar lotin alifbosiga o'girilganda lotin alifbosida mazkur diakritik belgilarni ifodalash imkoniyati yo'qligi sababli "tizimli" tarzda xato yozishga majbur bo'linadi. Albatta Kirill alifbosining lotin alifbosidagi ilmiy transliteratsiyasi, yoki bo'lmasa fonetik yoki fonolik transkriptsiyalar majvud, ammo ular o'z nomlari bilan asosan ilmiy kontekstlar uchungina relevant hisoblanadi.

Va eng muhimi mazkur uslubni qo'llagan holda yurtimizda ko'p yillardan beri davom etib kelayotgan alifbo islohotlariga ham yo'l ochiladi. Qaysidir ma'noda ushbu yo'l bilan yangi alifbo islohotlari tarafdorlari uchun ham, unga qarshilar ham va hatto skeptiklar uchun ham quyidagi sabablarga ko'ra oltin o'rtalik topilgan bo'lar edi:

- Yangi taklif qilinayotgan alifbo islohotidagi asosiy takliflar saqlab qolinadi

- Nafaqat milliy an'analar, milliy til xususiyatlari, balki shu bilan birga qardosh turkiy va xalqaro miqyosdagi an'analar ham saqlab qolinadi

- Texnik jihatdan o'zbek tilida xohlagan lotin tilidagi klaviaturada hech qanaqa ortiqcha "mashmashalarsiz" yoza olish imkoniyati paydo bo'ladi

- O'zbek tili alifbosiga modifikatsiya qilingan klaviaturalarda ham xalqaro miqyosda eng ko'p ishlatiluvchi, ingliz tili asosidagi "QWERTY"- klaviatura tizimining dahslizligi ham saqlab qolingan holda yurtimizga tashrif buyuruvchi aksariyat horijlik sayyohlarga ham o'zbek tiliga ixtisoslashtirilgan klaviaturalardan hech qanday qiyinchiliksiz foydalanish imkoniyatlari yaratiladi

- Imloviy savodxonlik rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, publitsistik diskurslardan, norasmiy, kundalik muloqotlar turkumiga kiruvchi SMS, forumlar, chatlar, kommentariylar, izohlar, e'lonlar diskurslariga ham ko'chib o'tib "ommaviy" savodxonlik darajasi oshishiga erishiladi

- Informatsion texnologiyalardan hamda turli gadjetlardan foydalanish asosan nisbatan yuqoriroq yoshlardan boshlab tizimli ravishda foydalanilishi e'tiborga olingan holda maxsus harflarning harflar kombinatsiyasi shakllari nisbatan keyinroq tegishli umumta'lim o'quv dasturlariga kiritish orqali metodik, didaktik jihatdan boshlang'ich sinflarning o'quv dasturlariga ham, va o'quvchi yoshlarning kognitiv qabul qilish qobiliyatlariga ham deyarli ta'sir ko'rsatmasligiga erishiladi.

February, 2024

2-jadval

Amaldagi alifbo Yangi taklif qilinayotgan alifbo Alternativ taklif

Asosiy alifbo Texnik parafraza yoki digrafem uslub. Bunda digrafemlar shartli ravishda olingan bo'lib, asosiysi yondashuv, harflar kombinatsiyasi ixtiyoriy o'zgartirilishi mumkin

Ch ch C c Ch

Sh sh § § § § Sh

O„ o„ 0 ö 0 ö Oc

G„ g„ G g G g Gc

TS TS TS Barcha holatlarda, istisnosiz "TS" shaklida yozish

C Yoki hozirgi "TS" tovushini "C" harfi bilan berish

XULOSA

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda o'zbek tili alifbosini isloh qilish borasidagi qaror mafkuraviy yoki siyosiy argumentlar, yoki turli bosimlar sharoitlarda emas, puxta va uzoqni o'ylangan, ratsional, ilmiy asoslangan, empirik tadqiqotlar natijasida va pragmatik qarashlar zamirida qabul qilinishi lozim. Va umuman har qanday islohotning bosh maqsadi bu islohot qilishning o'zi emas, balki majvud holatni, jarayonni soddalshtirish, osonlashtirishdan iborat bo'lishi hech kimga sir emas. Zero imloviy jihatdan to'g'ri yozish, imlo qoidalarini egallash yoki imloviy jihatdan to'g'ri yoza olish imkoniyati bu faqatgina filologiya sohasida oliy ma'lumot olgan yoki faqatgina intellektual, publitsistik sohalarda faoliyat olib boruvchi kishilarda emas, balki umumiy va majburiy o'rta ta'limni olgan, informatsion texnologiyalardan o'rtacha darjada foydalana oladigan har bir "o'rtacha o'zbek tili foydalanuvchisi"da bo'lishi lozim. Maqola doirasida keltirilgan takliflar qaysidir ma'noda alifbo islohoti kontekstidagi barcha qaror qabul qiluvchilar, manfaatdor tomonlar uchun kompromis yechim, alifbo islohoti zarurati asoslangan savodxonlik, tejamkorlik, texnologik hamda strukturaviy tamoyillarga mos bo'lgan javob sifatida ko'rilishi mumkin.

REFERENCES

1. Ashirboyev S. (2016) bosmaxonasi, Toshkent.

2. Bochert, M. (1999). Kleingeld. https: //www.youtube. com/watch?v=bTluIz6HXk4 .

Orzbek dialketologiyasi. Nizomiy nomli TDPU

Germaniya,

February, 2024

47

3. Chegaboyev, K. (2023). Ortiqchasi ortiqcha. O' va G' harflarini tuzatishning o'zi kifoya. https://kun.uz/uz/news/2023/09/25/ortiqchasi-ortiqcha-o-va-g-harflarini-tuzatishning-ozi-kifoya), ko'rilgan sana 14.02.2024.

4. Diekmann, A. (2009). Empirische Sozialforschung. Grundlagen, Methoden, Anwendungen. 20. Auflage, rowohlts enzyklopädie Verlag. Hamburg.

5. Islomov, S. R. (2021). Online- bzw. Distanzlernen in den Usbekischen Hochschulen - Probleme und Herausforderungen. Иностранные Языки в Узбекистане. Иностранные Языки в Узбекистане Учредители: Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан, (2), 114. DOI: 10.36078/1620221000.

6. Jacob, R., Heinz, A., Décieux, J.P. (2019). Umfrage. Einführung in die Methoden der Umfrageforschung. 4. überarbeitete und ergänzte Auflage, De Gruyter Oldenbourg Verlag, Berlin.

7. Jamolxonov H.A. (2005). Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. Talqin nashriyoti, Toshkent.

8. Jamolxonov H.A. (2004). Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv qo'llanmasi. 1/2-qismlar. Nizomiy nomli TDPU bosmaxonasi. Toshkent.

9. Jomonov, R. (2021). «Senariy»mi yoki «ssenariy»? — «ц» tovushli so'zlar imlosi. https://kun.uz/news/2021/01/25/senariymi-yoki-ssenariy-ts-tovushli-sozlar-imlosi, ko'rilgan sana 30.10.2023.

10. Nabiyeva, D.A., Zokirova, H.R. (2006). O'zbek tili fonetikasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. Andijon.

11. Schumann, S. (2019). Repräsentative Umfrage. Praxisorientierte Einführung in empirische Methoden und statistische Analyseverfahren. 7. Überarbeitete und ergänzte Auflage. De Gruyter Oldenbourg Verlag, Berlin.

12. Shokirjonov, S. (2023). Lotin yozuvini takomillashtirish: muammoli 4 ta harf nega o 'zgartirilmoqda? https://kun.uz/uz/news/2023/09/27/lotin-yozuvini-takomillashtirish-muammoli-4-ta-harf-nega-ozgartirilmoqda, ko'rilgan sana:14.02.2024

13. Xolova M.A. Onlayn shevalar bazasi (Boysun shevasi misolida). https://dialect.uz/transcription , ko'rilgan sana 30.10.2023

14. https://111percent.world/tools/zeichen-wort-satz-zaehler

15. https://anytexteditor.com/de/sentence-counter

16. https://www.gazeta.uz/uz/tag/%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D1%84%D0%B1 %D0%BE%20%D0%B8%D 1 %81 %D0%BB%D0%BE%D2%B3%D0%BE%D 1 %8 2%D0%B8/ ko'rilgan sana: 14.02.2024

17. https://www.gazeta.uz/uz/tag/%D0%B0%D0%BB%D0%B8% D1 %84%D0%B1 %D0%BE/, ko'rilgan sana: 14.02.2024

February, 2024

48

18. https://kun.uz/uz/news/list?f=tag&name=%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D1%84 %D0%B1 %D0%BE , ko'rilgan sana:14.02.2024

sana:14.02.2024

20. https://translate.google.com/?sl=en&tl=zh-TW&text=pepsi&op=translate ko'rilgan sana:14.02.2024

21. https://translate.google.com/details?sl=en&tl=zh-CN&text=toshmat&op=translate, ko'rilgan sana: 14.02.2024

19. https://www.mosalingua.com/de/chinesisches-alphabet/

ko'rilgan

Multidisciplinary Scientific Journal

February, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.