PANJOBIY TILINING HINDISTON VA POKISTONDAGI O'RNI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7389002
Mirzayeva Muxarram
Urdu tili va adabiyoti, Pokiston madaniyati va tarixi kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston Email: [email protected] Tel:+ 998909407671
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Hindiston va Pokistonning eng rivojlangan tillaridan biri bo'lmish panjobiy tili, uning paydo bo'lish tarixi, yozuv turlari va bu tilning Hindiston va Pokistondagi o 'rni, bu tilning ikkala davlatda qay darajada rivojlanganligi, yozlilishdagi farqlari haqida fikr yuritiladi. Shu bilan birgalikda Hindiston va Pokistonning boshqa tillari orasida panjobiy tilning mavqei masaalalari yoritiladi.
Kalit so'zlar: panjobiy, guru Nanak, gurmukhi, khari boli, dakhini, sikhizm, devanagari.
ANNOTATION
This article discusses the Punjabi language, one of the most developed languages of India and Pakistan, the history of its emergence, the types of writing and the place of this language in India and Pakistan, the extent to which this language has developed in both countries, and the differences in writing. Along with this, the issue of the status of Punjabi language among other languages of India and Pakistan will be highlighted.
Key words: Punjabi, Guru Nanak, Gurmukhi, Hari Boli, Dakhini, Sikhism, Devanagari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtimiz ijtimoiy va siyosiy hayotida ulkan o'zgarishlar yuz berdi. Milliy va ma'naviy qadryatlarimiz qayta tiklandi. Davlatimiz jahonga yuz tuta boshladi, dunyoning rivojlangan Yevropa va Sharq mamlakatlari ham buni e'tirof eta boshladi. Natijada mamlakatimizga ilm- fan taraqqiyoti bilan birga sharqshunoslik fani rivoji yo'lidagi barcha to'siq va muammolar bartaraf etildi. Sharq tillarni o'rganishga bo'lgan talab anchagina
kuchaydi. O'zbekiston bilan Hindiston, Pokiston kabi davlatlar o'rtasidagi ikki tamonlama ham siyosiy ham madaniy aloqalarning rivojlanib, mustahkamlanayotganligi, yurtimizda bu mamlakatlar tarixini, madaniyatini, adabiy aloqalarini, hamda mavjud tillarni chuqquroq o'rganishni taqozo etmoqda.
Mazkur maqola Hindiston va Pokiston Respublikalarida yuuritiladigan tillardan biri - panjobiy tili mavqesiga bag'ishlanadi.
Mavzuning dolzarbligi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida, shu jumladan Hindistondagi til vaziyati ancha qiyin va ko'p qirralidir. Til vaziyati siyosiy, milliy va diniy muammolar bilan chambarchas bog'liq. Chunki mamlakatda til va lahjalar, millat va xalq large sonic hamda ular orasidagi munosabatlar juda ko'p. Siyosiy sabablarga ko'ra ikki mintaqa orasida bo'linib qolgan tillar, xususan bengopiy, panjobiy, sindxiy va boshqa tillarni o'rganish hozirgi kunda dolzarb masaladir. Chunki bu tillar ikki mamlakatda ayrilgan holda va o'zgacha tillar qurshovida, ular ta'siri ostida rivojlanishgan. Ushbu tillardan biri panjobiy tili haqida fikr yutitamiz. Bu til, uning tarixi, adabiyoti va umuman panjob xalqi, dining, madaniyati haqida ko'plab taqiqot va izlnishlar olib borilgan. Bu tadqiqotlarning aksariyati rus, hind, ingliz tillarida bo'lib, o'zbek tilida bu borada yaratilgan ishlar uchramadi. Panjobiy tili haqida o'zbek tilida tadqiqotlar olib borish, bu tilning mamlakatlarda yutgan o'rni haqida chuqurroq mulohaza yuritish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Panjob xalqi tarixi, dining, tili, uning yozuvi va boshqa tillar bilan aloqalari haqida bir qator tilshunos olimlarning asarlari, monoggrafiyalari nashr etilgan.
Tanlangan mavzudan ko'rilgan maqsad panjobiy tilning hind mintaqasidagi o'rnini belgilash, bu tilni chuqurroq o'rganish, uning tarixiga yana ko'proq nazar solish, shuningdek bajarayotgan vazifalari haqida kengroq ma'lumotga ega bo'lish.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
1. Ilmiy- nazariy manbalar asosida hind mintaqasida vujudga kelgan va shakllangan panjobiy tilga oid fikr - mulohazalar bilan tanishib chiqish va xulosalash.
2. Panjob o'lkasi, xalqi dini va adabiyotiga bag'ishlangan ilmiy maqsadlar, nazariy asarlarga tanqidiy yondoshgan holda,ular bilan yaqindan tanishish va tematik tahlil qilish.
Tadqiqotlarning metadogik asosini rus,hind, va ingliz olimlarning tilshunoslik hamda sharqshunoslik sohalaridagi mavzuga real manbalar asosida yondashish va uni ilmiy tahlil etish uslubi tashkil etadi. Ushbu masalalarni hal etishda Y. A. Simirnov,
A. M. Deyakov, B. I. Klyuev, V. A. Chemishev, D. D. Sharma, O. N. Shamatov, T. X. Xolmirzayev va boshqa olimlarning ilmiy nazariy qarashlariga asoslandik.
Mazkur bo'lim ikki qismdan iborat bo'lib, unda panjobiy tili atamasi bo'yicha bir qancha mulohazalar, hamda panjobiy tili alifbosi hindiy til alifbosi, devonagariy yozuvlari yozuvlari yuzasidan olib borilgan izlnishlar kiritildi.
Ma'lumki, Hindiston ko'p tillik mamlakatdir. U erda muomalada ishlatiladigan tillar turli til oilalariga mansubdir. Ularning asosiy qismi ikki xil guruhga, ya'ni hindoriy va dravid til oilalariga tegishlidir. Hind-oriy tillarida so'zlashuvchilar ko'proq Hindistonning shimol va markaziy qismlarida yashovshilar, dravid tillari oilasiga mansub tillar esa mamlakatning janubida tarqalgan.
Yangi hind-oriy tillarning tasnifiga ko'ra, panjobiy tili hind-oriy tillarning ijtimoiy tarmog'iga mansub bo'lib, u Hindiston Respublikasi Panjob shtatining rasmiy tili hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ushbu til Pokiston Respublikasi Panjob provinsiyasining ham rasmiy tilidir. Panjobiy tilda Hindiston Respublikasi aholisining tahminan 20 mnl, Pokiston Respublikasida esa bu tilda aholining 40mln dan ortig'i gaplashishadi.
Pokiston ma'lumotnomasida berilishicha, adabiy panjobiy tili X-XI asrlarda shakllana boshlagan. Panjobiy tili haqida gap yuritilganda hindshunos olimlar , ya'ni Yu. A. Simirnov, N. I. Tolstaya kabilar uni ikki shaklga ega deb e'tirof etadilar.
l.G'arbiy shakl. Adabiyotlarda bir qancha nomlar bilan ataladi, jumladan, lahnda, lehndi, lendi.
2.Sharqiy shakl. Bir nom bilan. Ya'ni "panjobiy" deb ataladi.
Panjob atamasi "besh daryo " ma'nosini, ya'ni bu hududdan beshta daryo oqib o'tishini bildiradi. " Panjobiy " esa shu ma'no bilan bog'liq. Shu sabali panjobiy tili asosan hind daryosining 5 irmog'i bo'lmish -Ravi, Satledj, Bias, Chenab, Jehlam oralig'idagi hududlarda tarqalgan1.
"Panjobiy tili" atamasi mazmuniga aniqlik kiritish juda muhimdir. Chunki mazmunini chuqurroq anglamay turib, tilning shakllari va ijtimoiy vazifalari to'g'risida fikr yuritish qiyin. Ushbu bo'limning maqsadi, "panjobiy tili" atamalarining mazmunini aniqlash hamda aniqlangan ma'lumotlarni tizimga solishdaan iborat. Maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator adabiyotlar tahlil qilindi. Ular orasidan rus hindshunoslarining asarlaridagi fikrlariga tayangan holda mavzu yaratishga harakat qilindi. Asarlardan A. V. Xoxlova va boshqalarning "panjobiy tili "darsligi, Yu.A.Simirov, N. I. Tolstaya kabilarning ilmiy tadqiqotlari hamda
1 Pokiston "Entsiklopediya" M:1958 yil
"Zarubekniy Vostok: yazikovaya situatsiya, yazikovaya politika "Pakistan" kabi ma'lumotnomalari diqqatga sazovordir.
Manbalarni xronologik jihatdan tasniflaganda, birinchi navbatda N. I. Tolstayaning "Yazik panjabi" nomli monografiyasining tilga olish zarur. Unda panjobiy tiliga tegishli dialektlarning 5 tasi sanab o'tilgan. Ular maxriy, jalandhariy, pathohariy, dog'riy, va malvaidir.
Yuqorida tilga olingan adabiyotlarda Hindiston Respublikasidagi panjobi, doabiy, tilning holati tariflangan. Pokiston Respublikasi bo'yicha mavjud adabiyotlardan biri "Pokiston" ma'lumotnomasidir. Unda ko'proq g'arbiy- panjobiy-lahnda tili haqida fikr yuritilgan.
Ma'lumotnomada bu shevalar guruhiga bir qator lahjalar kiritilgan. Bundan tashqari mazkur ma'lumotnomada lahnda dialektlarning 3 emas 2 guruhga keltirilgan:
-Janubiy (tekislik hududlariga tegishli) ravniniy.
-shimoliy ( tog'li hududlariga tegishli) - g orny.
Tahlil qilingan adabiyotlarga tayangan holda, xulosa qilib, "panjobiy tili" atamasining quyidagi ma'nolarini sanab o'tish mumkin:
1.Tor ma'no, ya'ni majhriy shevasi asosida shakllangan, hamda Hindiston Respublikasi Panjob shtati va Pokiston Respublikasining Panjob provinsiyasining rasmiy tili hisoblangan adabiy panjobiydir.
2.Kengroq ma'noda "panjobiy tili" atamasi deganda, adabiy panjobiy va unga tegishli asosiy 3 ta hududiy shevalarni tushunish mumkin: majhiriy, doabiy va malvai.
3.Keng ma'noda panjobiy tili atamasi adabiy tildan va 3 take asosiy shevadan tashqari, quyidagi o'timli shevalarni qamrab oladi:povadiy, ratxiy, dixatianiy va dog'riy.
Devanagariy va gurmukhiy yozuvlari
Ma'lumki, yozuv kishilarning o'zaro aloqa qilish va fikr almashishda muhim vositadir. Yozuv tufayli asrlar mobaynida yaratilgan ma'naviy meroslardan xabardor bo'lamiz. Yozuv - bu nutqni qog'ozda yoki boshqa biron bir narsada aks ettirish uchun xizmat qiladigan harfiy grafik shakllar tuzumi. Yozuv borligi uchungina biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatishimiz, ajdodlarimiz tilini o'rganishimiz, hozirgi til bilan qiyoslashimiz mumkin. Yozuvning hozirgi ko'rinishi ehtiyoj tufayli izlanishlar va dastlabki yozuvni uzoq vaqt takomillashtirish natijasida paydo bo'lgan2.
Yuqorida aytib o'tilganidek, yozuv orqali biz bir necha tillarni taqqoslashimiz, ularni o'xshashlik va farqlarini aniqlashimiz mumkin.
2 O Azizov. Tilshunoslikka kirish. T.1992 yil
Hindiy tilining alifbosi devanagariydir. But yozuv brahmiy yozuvi asosida uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida vujudga kelgan. U VII - VIII asrlarda shakllangan. Devanagariy alifbosida 51 ta harf bor.
Hindiston Respublikasidagi panjobiy tilning alifbosi gurmukhiy. Pokistonda esa bu tilni ifodalash an'anaviy tarzda qadimdan, ya'ni arablar istilosidan tortib, hanuzgacha arab-fors alifbosiga tayanadi. Sikhlarning 1- ustozi bo'lgan Nanak(1469-1538) davrida Panjobda 3ta alifbo tarqalgan edi. U ijodiyotida shu3 alifboning biri -bhataksharidan foydalangan. Keyinchalik, Guru Angad (1538- 1552) tomonidan o'zgartirilgan va qayta ishlangan. Gurmukhiy alifbosi 35 ta mustaqil belgidan iborat.
Devanagariy alifbosida unlilarning soni 11 ta. Devanagariyda uzun va qisqa unli tovushlarni bildirishda asosan bir xil belgilar ishlatiladi.
Gurmukhiy alifbosida unlilarni bildiruvchi asosiy 3 tagina belgi mavjud. Bulardan faqatgina "a" harfini talaffuz qilinadi. Qolgan belgilarga faqatgina martalalar qo'yilganda aniq harfini anglatib, ularni soni 10 ta deb hisoblanadi.
Devanagariyda keyingi qatorda 4 ta burunli harflar, va ulardan so'ng 3 ta shivirlovchi va bitta faringal harf keladi. Gurmukhiyda burunli harflar bilan bir qatorda seribral "Ra" harfi kiritilgan, bu tovush devanagariy yozuvidan farqli o'laroq alohida belgi orqali ifodalangan. Panjobiy tilda seribral " Rha" harfi mavjud emas.
Devanagariy va gurmukhiy yozuvlarini o'rganish asosida 3 ta jadval tuzildi. Ularga 2 yozuvdagi aynan o'xshash, qisman o'xshash va umuman o'xshamas grafemalar aniqlanib kiritildi.
Hindistondagi panjobiy bilan Pokistonda yuritiladigan panjobiy tillar orasida bir muncha farqlar mavjud. Ularni aniqlash maqsadida Hindistonda chop etiladigan gazeta hamda Pokistonning panjobiy tilida matnlar to'plamidan hajmi bir xil bo'lgan matn olindi. Tahlil qilish natijasida shu narsa ayon bo'ldiki, Hindistonda yuritiladigan panjobiy tilida hindiy tilining ta'siri bor.
Pokistonda yuritiladigan panjobiy tilida esa arab, fors leksikasi elementlari juda ko'p. Lekin ikki mamlakatdagi panjobiy tilida o'xshash tamonlar ham mavjud.
Panjob o'lkasining etnik, milliy, lingvistik, adabiy, diniy, konfessional va ijtimoiy- siyosiy rivojlanishi tarixidan. Panjob xalqining etnik shakllanishi
IV asrning boshlarida Ganga vodiysining ma'lum bir qismi xususan Panjobni Guptalar sulolasidan bo'lgan Gxatotkachi qo'lga kiritgan. V asr oxirlariga kelib esa, Guptalar hukumronligi susayib, 465-yilda Panjob eftalitlar tamonidan zabt etildi.
VIII asrda Kashmir shohlari Panjob va Hind vodiysining yuqori qismini zabt etganlar.
Ammo 1025-yilda Mahmud G'aznviy Panjobning bir qancha shaharlarida bosqinchilik yurishlarini qiladi. XII asrda Muiziddin G'uriy Panjobda G'uriylar hokimiyatini o'rnatadi.
XIV asrga kelib, panjoblilarning harbiy tashkiloti bo'lmish sinkxlarning diniy jamoasi tuzilganda, panjob xalqi qarshiligi yangitdan bosh ko'tardi. Ozodlik uchun kurashda sikxlar etakchilik qildilar, bu o'z navbatda panjobliklarning etnik birlashishning yangi bosqichi boshlanganligini anglatadi. XVIII asrning ikkinchi yarimida 1- milliy davlatini tuzdilar3. Biroq 1849-yilda, inglizlar bilan to'qnashuvlar oqibatida uning mustaqilligi bekor qilindi.
Berilgan fikrlar shuni ko'rsatib turibdiki, butun Hindiston diyorining engilmas, jasur o'g'linlari sanalgan panjobliklar o'z vatanining mustaqillikka erishishda o'ziga xos o'rin egallaganlar.
Panjobiy va Dakhiniy, Hindiy, Urdu tillari aloqalari
Ma'lumki, Hindiston ko'p tilli mamlakat. Mamlakatdagi mavjud tillar qadim -qadimlardan vujudga kelib, rivojlabib ma'lum o'zgarishlarga uchrab kelmoqda. Lekin, tillarning hammasi ham saqlanib qolmagan. Panjobiy tili ham uni o'rab turgan tillar ta'siriga uchrab, ularga ham o'zining ma'lum bir ta'sirini ko'rsatgan. Panjobiy tili va boshqa tillar ta'sir doiralarini o'rganish maqsadida bir sheva bo'lmish kharniy asosida vujudga kelgan va rivojlangan uch til - hindiy, urdu va dakhiniy tillari va panjobiy tilning o'zaro ta'sir doiralarini diaxronik va qisman sinxronik jihatdan o'rganilib chiqildi.
Yuqorida aytib o'tilgan 3 tildan hozirgi kunda ikkitasi, ya'ni hindiy va urdu rasmiy, adabiy, so'zlashuv va boshqa jamoat ishlari tili funksiyalarini bajaradilar. Ulardan biri dakhiniy og'zaki so'zlashuv tili hisoblanadi. Ma'lumki dakhiniy XII-XIII asrlarda shakllangan va "hindlar tili" deb atalgan.
Panjobiy va urdu tillarining munosabatlariga kelsak, panjobiy tilining negizi majihiy shevasi khariy bo'liy bilan chegaradosh bo'lib, ular orasida o'zaro aloqa bo'lgan holda, urdu tilining ta'siri sezilarli edi. Pokistonlik olimlarning 1- maqolasida urdu bilan panjobiy tilning tarixda bo'lgan aloqalari yoritilgan. Muallif fikriga ko'ra urduda - "Xalik Bari", panjobiy tilida -"Vahid Bari" nomlari bilan mashhur bo'lgan forscha- arabcha - urducha lug'at adabiy panjobiy tilning rivojlanishida katta hissa qo'shgan. Bu o'quv qo'llanma deb ham tushuniladi. Maqolada ko'rsatilishicha, X -XV asrlarda ta'lim berish jarayonida fors, urdu tillari bilan bir qatorda panjobiy tili ham muhim o'rin egallagan.
3 История Индии в средние века. М, «Наука» 1968 год, стр 49
84
1948- yildan so'ng, ya'ni Hindiston va Pokiston alohida davlat sifatida shakllangan holda, bu o'lkada urdu tilining mavqeyi tusha boshlagan. Bu vaziyat panjobiy tilning jamiyatda egallagan o'rnini ortganligi haqida dalolat berardi. Og'zaki va yozma manbalarda urdu so'zlariga panjobiy qo'shimchalarning qo'shilib ishlatilishi, urdu morfologiyasi va sintaksisida panjobiy tildan olingan ayrim belgilarning o'zlashtirilganligi panjobiy tilni urdu tiliga ta'sirini yaqqol ko'rsatadi.
Panjobiy tili ta'lim tizimida
Har bir mamlakatda ta'lim tizimi alohida o'rin egallaydi. Hindiston Respuplikasi Panjob shtatidagi ta'lim sohasida panjobiy tili keng qo'llaniladi.1973 -1978- yillarda panjobiy tili o'qitiladigan 16101 ta maktab bo'lgan.Bulardan 11814 ta boshlang'ich va 1446 tasi o'rta maktablar bo'lgan. Bundan tashqari kollejlar tarkibiga kiruvchi 238 ta maktablarda ham panjobiy tilda ta'lim berilar edi. Panjobiy tili Panjob shtatidagi 4 ta universitetlardan 3 tasida ham o'qitiladi. Shunga ko'ra bu tilda chop etiladigan darslik va o'quv qo'llanmalar soni ham ko'paygan.
Chandigarx shahridagi o'quv muassasalarida panjobiy tili hindiy va ingliz tillariga nisbatan etakchilik qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu shaharda panjobiy tilida 140 ta, diniy tilda 50 ta va ingliz tilda 42 ta ta'lim beradigan maktablar mavjud. Bu vaziyat panjobiy tili shahar ta'lim tizimida o'ziga xos o'rin egallashi yaqqol ko'rsatadi.
Bundan tashqari internet tarmong'ining turli xil saytlaridan olingan ma'lumotlarga tayangan holda shuni qayd qilib o'tish mumkin.
Hindistondagi panjob shtatining turli shaharlarida panjobiy tili ta'lim sohasida kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Ma'lumotlarga ko'ra panjobiy tilda ta'lim beradigan bir qancha xususiy maktablar ochilgan. Bundan tashqari boshqa o'quv yurtlariga ham mustaqil fan sifatida kiritilgan.
Pokistonning Panjob viloyatida ham ta'lim keng yo'lga qo'yilgan. Juda ko'p kollej va oliy o'quv yurtlari mavjud. Lekin bu ta'lim muassasalarida bilim berish urdu yoki ingliz tillarida olib boriladi. Panjobiy tili tarafdorlari tilni ta'lim muassasalarida alohida fan bo'lib kiritilishini talab qilganlar. Lohor universitetida bu masala yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Lekin ma'lumotlarga qaraganda, panjobiy tili ko'pchilik maktab va kollejlarda qo'shimcha fan hamda magistraturada alohida fan sifatida kiritilishi to'g'risidagi hukumat qarori amalga oshirilmagan.
Ushbu maqolada panjobiy tilning mavqeyini yoritib beruvchi oldimizga qo'yilgan bir qancha masalalarni tadqiq etish asosida qilingan quyidagi xulosalarni yakunlab o'tishimiz lozim.
Birinchidan, panjobiy tili va yozuvi haqida gap borganda, "panjobiy tili" atamasiga to'xtaldi .
Ikkinchidan, devanagariy va gurmukhiy yozuvlari borasidagi xulosa shundan iboratki, hindiy va panjobiy tillari yozuvlaridagi belgilarni grafik jihatdan solishtirganda ular aynan o'xshashdir.
Uchinchidan, panjobiy va dakhniy, hindiy hamda urdu tillari aloqalari borasida shu narsa aniqlandiki, panjobiy ham ijtimoiy- lingvistik omillar va mintaqaviy joylashuvi jihatlari bilan hindiy va urdu tillariga hozir ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Hozirgi kunda lingua fransa vazifasini Hindistonning - Shimoliy Hindiston shaharlarida va Haydarobodda, shuningdek, hindiy tili ingliz tili bilan bir qatorda butun Hindiston miqiyosida bajarib kelmoqda. Sasiolingvistik jihatdan, majhiriy shevasi asosida shakllangan panjobiy tili tarixi siyosiy sabablarga ko'ra Panjob shtati va Panjob provinsiyasining rasmiy tili bo'lib, lingua fransa vazifasini bajarib kelmoqda.
To'rtinchidan, Hindiston Respublikasi Panjob shtatidagi ta'lim sohasida panjobiy tili keng qo'llaniladi. Pokistonning Panjob viloyatida esa vaziyat boshqacha. Panjobiy tili ommaviy axborot vositalarida: matubot, radio, televediniyada ham keng qo'llaniladi.
Beshinchidan, Panjob adabiyoti va Pokiston adabiyotlaridan biri hisoblanadi. Panjob adabiyotining ilk yodgorligi siddha nomli buddizm mazhablari namayondalariga tegishli. Adabiyot vakillari nafaqat o'z tillarida asarlar, balki chet tillaridan tarjimalar qiladilar. O'z navbatda panjob adabiyoti vakillarining asarlari ham ko'pchilik chet tillarga, hatto o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Panjob adabiyoti Hindiston adabiyotida ham muhim o'rinlardan birini egallash bilan bir qatorda bu tilda yaratilgan boy adabiy meros xalq uchun juda qadrlidir.
REFERENCES
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. T,1992
2. Шоматов О.Н. Жанубий Осиё тилларига кириш, 1-к, Т, 2003
3. Шоматов О.Н. Жанубий Осиё тилларига кириш, 3-к, Т, 2004
4. Узбек миллий энциклопедияси, 7-том, Т, 2004
5. Зограф Г.А. Хинди, урду и хиндустани, Ученые записки инст.Востоковедения, №18. Языкознание. М.,1956
6. Клюев Б.И. Национально языковые проблемы независимой Индии, М., 1978
7. Пакистан. Справочник. М., «Наука» 1972
8. Пакистан. Энциклопедия. М., «Фундамент Пресс», 1992
9. Смирнов Ю.А. Грамматика языка панджаби. М.,1976
10. Толстая Н.И. Язык панджаби. М.,1960
11. Халмурзаев Т.Х. Статус урду в современной Индии и тенденции его развития. Т., 1979
12. Шаматов А.Н. Классический дакхини. М. 1974
13. Шалим С. Влияния языка панджаби на урду в Пакистане. АКД., Т, 1995
14. Panjabi manual and grammatics. Punjub, Patiala
15. Хохлова Л.В., Рулан Н., Коул О.Н. Учебник языка панджаби. 1-ч., М.1990
Internet saytlari:
1. www.indiatimes.comwww.yahoo.com
2. www.puniabiworld.com www.google.com
3. www.pakistan.comwww.altavista.com