QADIMGI FORS VA SANSKRIT TILLARIDAGI MUSHTARAK SOZLARNING FONOLOGIK VA LEKSIK-SEMANTIK JIHATLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7389070
Shohjahon Sa'dullayev
Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti magistranti Ilmiy rahbar: dotsent Muhayyo Abdurahmanova Tel: +998-99-704-18-30
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola qadimgi fors va sanskrit tillaridagi mushtarak so 'zlarning fonologik, leksik-semantik, shuningdek, ushbu so 'zlar orqali bu ikki tilning bir-biriga naqadar yaqin va farqli xususiyatlari masalalariga bag 'ishlangan. Bu ikki tildagi o 'zaro yaqin munosabatlar asosan lug'at boyligi jihatidan tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: qadimgi fors tili, sanskrit tili, mushtarak so'zlar, tovush o 'zgarishi, tildagi begona tovush.
ABSTRACT
This article is devoted to the issues of phonological, lexical-semantic common words in ancient Persian and Sanskrit, as well as how close and different these two languages are to each other through these words. The close relationship between these two languages is mainly analyzed in terms of vocabulary.
Key words: Old Persian, Sanskrit, common words, sound change, foreign sound in language.
Fors tili ingliz, fransuz, ispan, nemis va rus tillari bilan bir qatorda hindiy, urdu, marathi, bengal, panjobi kabi hind-oriy tillari bilan bir oilaga - Hind-Yevropa tillari oilasiga mansub. Shuning uchun ham ushbu tillarning grammatikasi va lug'at boyligida o'zaro yaqinlik, mushtaraklik va ba'zi o'rinlarda umumiylik ham yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa, urdu tili o'zining fors leksikasiga boyligi bilan boshqa hind -oriy tillaridan ajralib turadi. Ushbu jarayonning ibtidosi juda qadim zamonlarga oid bo'lib, saqlanib qolgan yozma manbalarga tayangan holda musharak so'zlar orqali qadimgi fors va sanskrit tillarining o'zaro aloqalarini tahlil etish mumkin.
Fors va boshqa eroniy tillarning Hindiston subkontinenti xalqlari tillari bilan aloqalari qadimgi svilizatsiyalar davriga borib taqaladi.
Fors tilining hind-oriy tillari bilan o'zaro aloqalarini uch davrga bo'lish mumkin:
I. Qadimgi
II. O'rta
III. Yangi
Qadimgi davr - bu qadimgi fors tilining sanskrit tili bilan1 o'zaro aloqalararini qamrab oladi va milodiy III asrgacha davom etgan. E'tiborli tomoni shundaki, qadimgi fors tili bilan sanskrit tili o'rtasida umumiy o'xshashliklar anchagina bo'lgan. Masalan, grammatik jihatdan har ikkala tilda ham ot so'z turkumiga tegishli bo'lgan so'zlarda uchta jins bo'lgan: erkaklik jinsi, ayollik jinsi va neytral jins; har ikkala tilda ham otlarning uch xil son shakli bo'lgan: birlik, ikkilik va ko'plik; olmoshlarning ko'pchiligi jinsda o'zgarsa ham, kishilik olmoshlari jinsda o'zgarmagan va ular jinsni ifoda etmagan; sifatlar otlarga bog'langanda ularning jinsiga qarab o'zgargan va hokazo. Leksik jihatdan ham umumiy va mushtarak so'zlar juda ko'p bo'lgan. Masalan, qadimgi fors davlati hukmdori, ahamoniy podshoh Doro I ning Behustun qoyalariga o'yib yozdirgan bitiklarida ushbu jumlalarni uchratish mumkin:
"Darayavaush xshayathiya: mana pita Vishtaspa2" - "Shoh Doro ayturki, mening otam Vishtaspdir"
"Shamparuvar nam Vishtaspahya3" - "Vishtasp oilasi a'zosiman"
Yuqoridagi birinchi jumladagi pita, ya'ni ota so'zi sanskrit tilida ham mavjud bo'lib, hatto hozirga qadar hindiy, marathi va boshqa tillarda saqlanib qolgan. Ikkinchi jumladagi paruvar, ya'ni oila so'zi sanskrit tilida parivar shaklida bo'lib, fonologik jihatdan oradagi farq unchalik katta emas.
Biz ushbu ikki qadimgi tilning o'xshash tomonlarini tahlil qilar ekanmiz, bir tushuncha hamon mavhumligicha qolmoqda: qaysi bir til boshqasiga leksik jihatdan ko'proq ta'sir o'tkazgan? Bu savolga aniq javob berishimizga yana bir fakt to'sqinlik qiladiki, qadimgi fors va sanskrit tillarida gaplashgan elatlarning ajdodlari qarindosh bo'lganligi, ya'ni qadimiy oriy elatlariga birdek mansubligi ushbu tillarda umumiy yoki o'xshash so'zlarning tabiiy jihatdan ko'plab uchrashi mumkinligi ehtimolini ham oshiradi. Ushbu sabab va manbalarning kamligi bir tilning boshqasiga ta'sirini
1 Hind-oriy tillaridan faqat aynan sanskrit tilining olinish sababi shundaki, o'sha davrdagi boshqa hind-oriy tillariga tegishli bo'lgan yozma manbalar bizgacha yetib kelmagan va faqat sanskrit tiliga tegishli yozma manbalargina saqlanib qolgan. O'sha davrdagi sanskrit tilining ko'lami va qo'llanilish doirasi kengligini hisobga holda birgina sanskrit tilini qiyoslash orqali ham o' lka tillariga umumiy xulosa berish mumkin (m.)
2 Behustun bitiklari, I ustun, IV satr (Eron)
3 Persepoldagi saroy devoriy bitigi, birinchi matn, IV satr (Eron, Istahr sh.)
96
aniqlashni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay faktlarga tayangan holda bu ikki mamlakat aholisining milodiy III asrga qadar qaysi sohalarda muvaffaqiyatlarga erishganligini hisobga olib, tillardagi ta'sirlanishni ham taxminiy ayta olamiz. Masalan, qadimgi Eron xalqlariga qaraganda, qadimgi Hindiston xalqlari tibbiyot sohasida ko'proq taraqqiy etganini hisobga olsak, qadimgi fors va sanskrit tillaridagi o'xshash yoki umumiy tibbiyot atamalarining ko'prog'i aynan sanskritcha so'z ekanligini aytish mumkin.
Qadimgi fors va sanskrit tillarida deyarli bir ma'noda qo'llaniladigan, faqat ayrim tovushlardagina farq qiladigan o'xshash so'zlar bisyor. Masalan, qadimgi fors tilida aniq bir vaqt, qulay payt ma'nolarida qo'llanilgan "baar" so'zi sanskrit tilida ham "vaar" ko'rinishida xuddi shu ma'nolarni ifodalagan va hoz irda hindiy va urdu tillarida hafta kunlariga qo'shilgan holda saqlanib qolgan. Malsalan: "shani: vaar", "som vaar" va hokazo.
Qadimgi fors tilidagi "chaqirish", "chaqiruv" ma'nosidagi "baang" so'zi xuddi shu ma'noni anglatgan holda "vaang" shaklida sanskrit tilida iste'molda bo'lgan. Hozirda hindiy tilida "vaang" so'zi "yoqimli ovoz" ma'nosini ifodalaydi.
Qadimgi fors tilidagi hudud, joy, makon ma'nolarini ifodalovchi "boom" va "iston" so'zlari sanskrit tilida "bhuumi" va "sthaan" shaklida aynan shu ma'nol arda qo'llanilgan.
Sanskrit tilida yumshoqroq talaffuz qilinadigan yuqori til (va qattiqroq talaffuz qilinadigan o'rta til (4) "sh" tovushi mavjud bo'lgan. Qiziq tomoni shundaki, sanskrit tilidagi qadimgi fors tiliga oid umumiy va shaklan o'xshash so'zlar ko'pincha aynan o'sha qattiq "sh" (4) bilan yozilgan. Masalan,"barmoq" ma'nosini anglatuvchi qadimgi forscha angusht (angusht) so'zi sanskrit tilida^^8(angushTha) ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari aynan shunday ko'rinishni "tuya", "musht", "yaratilish tamoyili" ma'nolarini ifodalovchi qadimgi forscha "ashtar", "musht", "sresht" kabi so'zlar sanskrit tilida ^ (ushtra), (mushti), (srashtr) shaklida uchragan.
Xuddi turkiy tillardagi singari qadimgi fors tilida "j" tovushi ba'zi o'rinlarda "y" ko'rinishida ham ifodalangan va aynan shu jarayon sanskrit tilida ham kuzatilgan. Masalan: "Teerath Yatra" - "Teerath Jatra". Shu nuqtai nazardan qadimgi fors tilidagi "javaan" (yosh (sifat s.t)) singari so'zlar sanskrit tilida '(yaovan)
ko'rinishida namoyon bo'lishini payqash mumkin.
Hindiston xalqlari tillarida qadimdan "x" tovushi mavjud bo'lmagan. Shuning uchun ham shimoldan kelgan oriy elatlari tillari orqali saqlanib qolgan va keyinchalik
shimoliy eroniy tillardan sanskrit tiliga o'zlashgan "x" tovushi ishtirok etgan so'zlar turli ko'rinishlarni namoyon etgan, ya'ni "x" tovushi o'lkadagi mavjud tillarga xos bo'lgan boshqa tovushlar bilan ifodalangan. Masalan, qadimgi forscha so'zlar bilan solishtirilgan sanskritcha so'zlar orqali shu ayon bo'ladiki, fors tiliga xos "x" tovushi sanskrit tilida ba'zi o'rinda "s" (masalan, qadimgi forscha "xor" (quyosh) -sanskritcha (hindiyda ham) "suur"; qadimgi forscha "xoab" (uyqu, tush) - sanskritcha "suapana"), "sh" (masalan, qadimgi forscha "xuub" (yaxshi) - sanskritcha (hindiycha) "shubh"; qadimgi forscha "xuun" (qon) - sanskritcha (hindiycha) "shuna"; qadimgi forscha "xushk" (quruq) - sanskritcha (hindiycha) "shushk" v.h) hamda "k" (masalan, qadimgi so'g'dcha "saxt" (qattiq) - sanskritcha (hindiycha) "shakti") tovushlari bilan ifodalangan.
"Tug'ilish" (qadimgi forscha "zaad" - sanskritcha "jaata"), "o'lish" (qadimgi forscha "murd" - sanskritcha "martyu"), "bodom" (qadimgi forscha "baadaam" -sanskritcha "vataama"), "shamol" (qadimgi forscha "baad" - sanskritcha "vaata") kabi so'zlarda ham ikki tilning lug'at boyligidagi o'xshashlikni ko'rish mumkin.
Til - qadimgi xalqlarning o'zaro munosabatlarini yaqqol ko'rsatib beruvchi bir vositadir. Tillardagi o'zaro aralashuv ushbu til sohibi bo'lgan elatlarning naqadar yaqin aloqada bo'lganligini namoyon etadi. Shu jumladan, qadimgi fors va sanskrit tillari azalda qardosh va o'zaro yaqin munosabatda bo'lgani ushbu tillar lug'atidagi shakl va ma'no jihatdan mushtarak so'zlarda o'z ifodasini topadi. Bunday so'zlarning adadi bir-necha yuz ekanligi ushbu fikrni dalillaydi.
REFERENCES
1. Accessed 26 Jul 2018 http://www.iranicaonline.org/articles/kustig
2. Andrijanic, I. 2017. "A List of Sanskrit and Latin Cognates in Vesdin's Treatise De Latini Sermonis Origine." Journal of Indo-European Studies 45 (3): 195234.
3. Anquetil-Duperron, A. H. 1771. Zend-Avesta, ouvrage de Zoroastre. Vol. 3. Paris: N.M. Tillard. Ashah, R. 2009. Avesta Glossary: A Glossary of Avesta Words and Their Pàrsïg Equivalents, Based on the Zand, the so-called Frahang ï oïm: ek. Mumbai: K. R. Cama Oriental Institute.
4. Behustun bitiklari, I ustun, IV satr (Eron)
5. Boyce, M. 1968. "Middle Persian Literature." In Iranian Studies, Vol. 1 Literatur.
6. Choksy, J. K., & F. M. Kotwal 2014. "Kustïg, Encyclopedia Iranica, Online Edition, 2014."
7. Fortson, Benjamin W. 2010. Indo-European Language and Culture: An Introduction. 2nd ed. Malden MA/Oxford/Chichester: Wiley-Blackwel
8. http://www.iranicaonline.org/articles/aiwyanhana-avestan-term-wrapping-round-girdle
9. J.Cheung, "Etymological dictionary of Iranian Verb", "BRILL", USA, Boston, 2007.
10. Kapovic, Mate. 2017. "Indo-European Languages - Introduction". In The Indo-European Languages, 2nd ed. edited by Mate Kapovic, 1-9. Routledge, Oxford/New York
11. M. M. Jha, Electronic "Sanskrit-English Dictionary"
12. Martinez, J., & M. de Vaan. 2013. Introduction to Avestan. Leiden/Boston: Brill.
13. Modi, J.J. 1922. The Religious Ceremonies and Customs of the Parsees. Bombay: British India Press.
14. Persepoldagi saroy devoriy bitigi, birinchi matn, IV satr (Eron, Istahr sh.)
15. Sultonov, Farhod "Qadimgi dunyo tarixi", T., "Sharq", 2011
16. Swiggers, P. 2017. "Intuition, Exploration, and Assertion of the Indo-European Language Relationship." In Handbook of Comparative and Historical Indo -European Linguistics, edited by Jarred Klein, Brian Joseph, & Matthias Fritz, 138-170. Berlin/Boston: Walter de Gruyter.