Научная статья на тему 'HOZIRGI ADABIY HINDIY TILIDAGI SONLARGA OID BA’ZI LEKSIK BIRLIKLARNING FONETIK TAHLILIGA DOIR'

HOZIRGI ADABIY HINDIY TILIDAGI SONLARGA OID BA’ZI LEKSIK BIRLIKLARNING FONETIK TAHLILIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
212
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
son so‘z turkumi / sanoq sonlar / leksema / leksik birlik / qadimgi hind-oriy tillari / o‘rta hind-oriy tillari / yangi hind-oriy tillari / sanskrit / paliy / prakrit / apabharansha. / имя числительное / количественные числительные / лексема / лексическая единица / древние индоарийские языки / средние индоарийские языки / новые индоарийские языки / санскрит / пали / пракрит / апабхаранша.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nurmatov, Sirojiddin Sultanmuratovich

Mazkur maqolada hindiy tilidagi “yuz”, “ming”, “yuz ming”, “o‘n million”, “milliard” kabi leksik birliklarning shakllanish jarayonlari atroflicha o‘rganilgan. Ularning o‘ziga xos fonetik xususiyatlari tadqiq etilgan. Qadimgi hind-oriy tillari davrida sodir bo‘lgan shakllar o‘rta hind-oriy tillari davriga o‘tish jarayonida qanday fonetik o‘zgarishlarga uchraganligi hamda yangi hind-oriy tillari davriga kelib ular tarkibida qanday shakllar sodir bo‘lganligi tahlil etilgan. Sonlarning shakllanishi jarayonida asosan undosh tovushlar bilan birgalikda unli tovushlar tarkibida ham fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE PHONETIC ANALYSIS OF SOME LEXICAL LEXICAL UNITS ABOUT NUMBERS IN MODERN LITERARY INDIAN LANGUAGE

В данной статье подробно рассматривается формирование лексических единиц в хинди, таких как «сто», «тысяча», «сто тысяч», «десять миллионов», «миллиард». Изучены их специфические фонетические особенности. Фонетические изменения форм, происходящие в период древних индоарийских языков, претерпели переход к среднеиндоарийским языкам, как и формы, входящие в их состав ко времени появления новых индоарийских языков. В процессе образования числа выяснилось, что фонетические изменения происходили также в составе гласных, наряду с согласными звуками.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ADABIY HINDIY TILIDAGI SONLARGA OID BA’ZI LEKSIK BIRLIKLARNING FONETIK TAHLILIGA DOIR»

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

HOZIRGI ADABIY HINDIY TILIDAGI SONLARGA OID BA'ZI LEKSIK BIRLIKLARNING FONETIK TAHLILIGA DOIR

Nurmatov Sirojiddin Sultanmuratovich

«Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari» kafedrasi doktoranti, filologiya fanlari nomzodi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O'zbekiston Respublikasi

E-mail: siroj iddin2003@yahoo .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada hindiy tilidagi "yuz", "ming", "yuz ming", "o'n million", "milliard" kabi leksik birliklarning shakllanish jarayonlari atroflicha o 'rganilgan. Ularning o 'ziga xos fonetik xususiyatlari tadqiq etilgan. Qadimgi hind-oriy tillari davrida sodir bo'lgan shakllar o'rta hind-oriy tillari davriga o'tish jarayonida qanday fonetik o 'zgarishlarga uchraganligi hamda yangi hind-oriy tillari davriga kelib ular tarkibida qanday shakllar sodir bo'lganligi tahlil etilgan. Sonlarning shakllanishi jarayonida asosan undosh tovushlar bilan birgalikda unli tovushlar tarkibida ham fonetik o'zgarishlar sodir bo 'lganligi aniqlangan.

Kalit so'zlar: son so'z turkumi, sanoq sonlar, leksema, leksik birlik, qadimgi hind-oriy tillari, o 'rta hind-oriy tillari, yangi hind-oriy tillari, sanskrit, paliy, prakrit, apabharansha.

АННОТАЦИЯ

В данной статье подробно рассматривается формирование лексических единиц в хинди, таких как «сто», «тысяча», «сто тысяч», «десять миллионов», «миллиард». Изучены их специфические фонетические особенности. Фонетические изменения форм, происходящие в период древних индоарийских языков, претерпели переход к среднеиндоарийским языкам, как и формы, входящие в их состав ко времени появления новых индоарийских языков. В процессе образования числа выяснилось, что фонетические изменения происходили также в составе гласных, наряду с согласными звуками.

Ключевые слова: имя числительное, количественные числительные, лексема, лексическая единица, древние индоарийские языки, средние индоарийские языки, новые индоарийские языки, санскрит, пали, пракрит, апабхаранша.

ABSTRACT

This article examines in detail the formation of lexical units in Hindi, such as "hundred", "thousand", "hundred thousand", "ten million", "billion". Their specific

Scientific Journal Impact Factor

phonetic features have been studied. The phonetic changes of the forms occurring in the period of the ancient Indo-Aryan languages underwent the transition to the Middle Indo-Aryan languages, as well as the forms occurring in their composition by the time of the new Indo-Aryan languages. In the process of number formation, it was found that phonetic changes also took place in the composition of vowels, along with consonant sounds.

Keywords: numerals, cardinal numbers, lexeme, lexical unit. number word group, number numbers, lexeme, lexical unit, Ancient Indo-Aryan languages, Middle Indo-Aryan languages, New Indo-Aryan languages, Sanskrit, Pali, Prakrit, Apabharansha.

KIRISH

Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, ko'pchilik tillarda sanoq sonlar va undan yasalgan so'zlar keng qo'llaniladi. Bu haqida tilshunos olim A.E.Suprun shunday deydi: «Har bir matnda "bir" sanoq sonidan yasalgan so'zlar bir foizni tashkil etadi va undan boshqa so'zlar ham yasaladi».1 Anglashiladiki, "bir", "ikki", "besh" va boshqa birliklarga oid sanoq sonlar eng ko'p qo'llaniladigan sonlar sirasiga kiradi. Shuningdek, har bir tilda o'nliklarga oid sanoq sonlar ham keng qo'llaniladi. Maqolada Janubiy Osiyo mintaqasida keng tarqalgan hind-oriy tillariga xos bo'lgan hindiy tilidagi yirik sonlarga xos leksik birliklarning o'zi xos shakllanish jihatlari tadqiq etiladi. Xususan, qadimgi hind-oriy tillari davriga xos bo'lgan vedik sanskrit va sanskrit, o'rta hind-oriy tillari davrida rivojlangan paliy, prakrit va apabaharansha hamda yangi hind-oriy tillariga xos bo'lgan hozirgi adabiy hindiy tilidagi sonlarga xos leksik birliklarning rivojlanishida sodir bo'lgan ba'zi fonetik jarayonlar tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani yozishda hind tilshunos olimlaridan D.Varma, B.Tivariy, H.Bahriy, B.Upadhayay kabi hind tilshunos olimlari tomonidan yozilgan ko'plab ilmiy asarlardan keng foydalanildi. Ular tomonidan sonlarning shakllanishiga doir berilgan ma'lumotlar atroflicha o'rganildi. To'plangan misollarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ular tarixiy hamda tavsifiy metodlar asosida tahlil qilindi.

NATIJALAR VA MULOHAZALAR

1 Супрун А.Е. Числительное // Лингвистический энциклопедический словарь. -М.: Научное издательство Большая Российская энциклопедия, 1992. -С.583.

Sonlarning ifodalanish jihatlarini tadqiq etish nafaqat lingvistlar, balki psixologlar, etnologlar, kulturologlar, tarixchilar, matematiklar va falsafa sohasidagi tadqiqotchilar uchun ham dolzarb hisoblanadi. Sonlar o'ziga xos shakllanish va rivojlanish jihatlari bilan farqlanib turadi. Hindistonda hind-oriy tillariga xos bo'lgan hindiy tilidagi sonlar ham o'ziga xos tarixiy bosqichlardan o'tib shakllangan.

Mazkur maqolada hozirgi adabiy hindiy tilida keng qo'llaniladigan ba'zi sonlarning o'ziga xos shakllanish jihatlari atroflicha o'rganiladi. Hind-oriy tillarining shakllanish va rivojlanish davrlari olimlar tomonidan quyidagicha taqsimlangan: 1) qadimgi hind-oriy tillari (eramizdan avvalgi 1500 yildan eramizdan avvalgi 500 yilgacha)1; 2) o'rta hind-oriy tillari (eramizdan avvalgi 500 yildan melodiy 1000 yilgacha); 3) yangi hind-oriy tillari (melodiy 1000 yildan to hozirgacha)2. Shunga asoslangan holda quyida ba'zi sonlarning o'zi xos shakllanish jihatlari o'rganiladi.

Hozirgi adabiy hindiy tilidagi tt sao "yuz" soniga xos bo'lgan leksema, vedik sanskrit tilida w shat, sanskrit tilida ham w shat, paliyda esa ti sat, prakrit tillarida t^" sa, m say va t see shakllari hosil bo'lgan3. Apabharansha tilida esa F3 sau va hozirgi adabiy hindiy tiliga kelib Ft sao shakli yuzaga kelgan4. Ta'kidlash joizki, hindiy tilining ba'zi shevalarida t see ham qo'llaniladi. Hindiy tilida keng tarqalgan t^r seekRa: shaklida ham bu shakl o'z aksini topgan. t^r seekRa: shakli sanskrit tilidagi wp" shatkrit dan kelib chiqqan. Ushbu leksemada o'rta hind-oriy tillariga xos bo'lgan t see shakli saqlangan va ^ ee diftongidan so'ng w kaRa: qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan.

Ba'zi olimlar t^r sainkRa "yuz" sonini ^ic+U shatka:nD leksemasidan kelib chiqqan, degan fikrni ham ilgari suradilar. ^id^U shatka:nD bu bir bambuk daraxti ko'rinishidagi daraxt bo'lib, uning yuzta 100 ta shoxi bo'lgan. Olim Sughakar Dvivedining yozishicha, qadimda "yuz" sonining o'rniga ^dM^i shatparva: deb nomlangan o'tni qo'yganlar va shuning uchun ham ushbu sonning nomi "yuz" ma'nosida ifodalana boshlagan5.

Ba'zi olimlarning fikricha bu qarash tilshunoslik nuqtai-nazaridan to'g'ri emas. Birinchidan w shat leksemasi juda ham qadimgi so'z hisoblanadi. Bu so'z Rigveda

1 fd^rtt - flit ^wit ilid^Ti -mtw, R^rai^" flit ^ ^KRI, 1972. ->ro. 15.

2 ffloMaTOB O.H. ®aHy6HH Ocue TH^apHra Kupum (1-RHCM). -T.: ToraflfflH, 2003. -B.39.

3 irii^ittl mm ^rf^itl -fedt, 1992. -TO.595.

4 HtdTira fdi^itt - flit mwi -idHMii, 1972. -to 597.

5 ¿MMI-4 ^.d. - ^fdiult^, tiiffd^d^T WmMq ^«W - OT^ft" Hltdfa nf^d (tit^itfdlN im ^fmSqRd tfli)i fi^dt, "f^w Hirdt, 1978. -to. 141.

asarining birinchi qismining o'zidayoq kelgan. Shuning uchun ham ^id+U shatka:nD yoki ^idMciî shatparva: so'zlaridan kelib chiqqanligi biroz shubhali tug'iladi. Ikkinchidan w so'zining o'zi juda ham qadimgi so'z bo'lib, u bir hind-evropacha so'z hisoblanadi. Yevropaning bir nechta tillarida bu so'zga o'xshash kant, f: saint kabi so'zlar uchraydi. Bu aslida ~z+ddaka:nt shaklidan kelib chiqqan bo'lib, u "o'n" soni bilan bog'liqdir. ^ d tovushi yo'qolib, +^ka:nt yoki kant kabi so'zlar hosil bo'lgan.

daka:nt so'ziga o'xshash sanskrit tilida ^fd dashati so'zi ham bor. Ushbu leksema "Mahabharat" hamda "Puran"larda ham qo'llanilgan6. Sanskrit tilidagi o'nliklarga oid bo'lgan vinshati "yigirma", fëw. trinshat "o'ttiz",^tft^d

chatva:rinshat "qirq", M^iw panchashat "ellik", shashTi "oltmish", fïïfd" saptati "etmish", ^tfd" ashi:ti "sakson", ïïïïfd navati "to'qson" kabi leksemalar tarkibida ^fd dashati leksemasi turxi xil shakllarda o'z aksini topgan. Ushbu ^fd dashati so'zidagi ^ dtovushi yo'qolib, ^fd shati wt shati: w shat kabi shakllar hosil bo'lgan.

Hind-Evropa tillarida ham ushbu so'zlarning ozmi-ko'pmi ta'siri bo'lgan. Jumladan, + k tovushining o'rniga fransuzchada f s tovushi qo'llanililgan va natijada f: saint so'zi hosil bo'lgan. Ingliz tilida esa + k tovushining o'rniga ^ h tovushi qo'llanililgan va shuning uchun ham ^ hand so'zidan ^f^ handred so'zi hosil bo'lgan7.

^fd dashati so'zidagi ^ d tovushi Vedalar davridayoq eliziya hodisasiga uchragan. Vedalar adabiyotida w shat va ^fd shati kabi shakllar ko'p qo'llanilgan. Keyingi davr adabiyotlarida ^fd dashati so'zi qisman bo'lsa ham o'z ifodasini topgan. Samavedada ^fd dashati so'zi 10 ta mantradan tashkil topgan guruh ma'nosida qo'llanilgan. Shu tariqa shataik shaklidan f+ saik va f+ saik shakliga hindcha -^r -Ra suffiksi qo'shilishi natijasida f+^r saikra: shakli hosil bo'lgan.

Qadimgi hind-oriy tillariga xos bo'lgan sanskrit tilida quyidagi misolni keltirishimiz mumkin:

iï^ïï ÎMÎMÎd+1 qfd ¿îMhhî ^mmîm I ^iï^^ïï tïïdra": ïïiï^fd" H Gachchanpipilikoya:ti yojna:nan shata:nyapi. Agachchan venteyah padmenk na gachchati.

6 -g^^ttl mm +rfà+ifl -fc^t, 1992. -ro.598.

7 ¿MMM - fk+fdl+ d^T HTTOT^ ^«W - OT^tïï HTCdWiïfàd (t^ÎÏÏ-^^tfdT d^T W ff%d)l -ïïf fèë^t, fàflïï mdt, 1978. -W. 141.

Uzluksiz harakatlanuvchi chumoli yuzlab masofani bosib o'tadi, ammo harakatsiz burgut bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi.

Hindiy tilidagi dw la:kh "yuz ming" soni Hind-Ovro'pa tillari oilasining qadimgi leksik birliklaridan emas. Bu qadimgi hind-oriy tillariga xos bo'lgan sanskrit tilidagi d^ laksha, w laksh yoki diï lag kabi birliklar bilan bog'liq8. Qadimda dw la:kh "yuz ming" soni ma'nosida vedalarga doir adabiyotlarda ftw niyut leksemasi qo'llanilgan. Demak, qadimgi hind-oriy tillariga xos sanskrit tilida w laksha, o'rta hind-oriy tillarida rivojlangan prakrit tilida dw lakkha va yangi hind-oriy tillariga xos bo'lgan hindiy tiliga kelib mm la:kh shaklida qo'llanila boshlagan.

Ta'kidlanaganidek, hindiy tilidagi dw la:kh "yuz ming" soni sanskrit tilidagi d^ laksha shaklidan kelib chiqqan. Shuni alohida qayd qilish lozimki, vedik sanskritda diw la:kh so'zi uchun ftw niyut so'zi ham qo'llanilgan. amarakosh

"Amarakosha" (o'rta asr sanskrit lug'atining nomi)da d^ laksha so'ziga ftw niyut leksemasi sinonim tariqasida berilgan: "^¿ii: wfè y'wMi ^t d^T ftw ^ w "9. Vedalar tilida qo'llanilgan ayut, ftw niyut, w prayut shakllar bir-biriga o'xshash

bo'lganligi sababli ularni ajratish qiyinroq bo'lgan va shuning uchun ham buddistlar tomonidan qo'llanilgan ww sahassa "ming", d^w lakkha "yuz ming", ^yd^w daslakkha "bir million" kabi shakllar o'zlashtirilgan. Haqiqatan ham ftw niyut soni katta son hisoblanadimi yoki w prayut sonimi, buni eslab qolish qiyin bo'lgan. dUidi^ui ta:ndyabra:hman asarida ftw niyut o'rniga wprayut va prayut o'rniga ftw niyut shakllari qo'llanilgan.

Hozirgi adabiy hindiy tilidagi ^rc haza:r "ming", dTW la:kh "yuz ming", karoR "o'n million", arab "milliard", ww kharab "o'n millard", ïïid ni:l, Ja" padma, w shankh kabi yirik sonlar bir-biridan 100 karra katta son sifatida qabul qilinib qo'llanilgan. Hindiy tilida qo'llaniladigan ba'zi yirik sonlar buddistlardan qolgan ^ïïïïI^t y'teiHiHicMl shatgunottar sankhya:na:ma:vli: - "Shatgunottar sonlar ro'yxati" deb nomlangan yodgorlikda ham qayd etilgan. Eramizdan avvalgi 100-yilga mansub bo'lgan lalit-vistar deb nomlangan buddistlar asarida

sonlarga oid quyidagi ma'lumotlar keltirilgan.

8 tffe ^î-fMhW^T ufeffl -fcdt, 1962. ->ro271.

9 ¿JMII ^.d. - ^fdgify^, yréfteHTTOT^ti ^«qiïï - "RT^tïï (t^iiï-^ilfdN ^T^iréli Rd yf^)l "f^dt, fàw wdt, 1978. -w. 142.

Scientific Journal Impact Factor

o

%oo f^- 100 sahasra (yuz ming) = % ^ 1 laksha (yuz ming) %oo ^ 100 laksha (o'n million) = % ^Ifè 1 koti (o'n million) %oo ^fè 100 koti (bir milliard) = % 1 ayut (bir milliard) %oo 100 ayut (yuz milliard) = % ftw 1 niyut (yuz milliard) Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslangan holda shunday fikr aytish mumkin. Birinchidan, ayut va ftw niyut kabi sonlarga xos leksemalar talaffuz qilinishi jihatidan ham bir-biriga o'xshash bo'lganligi uchun ham ularni farqlash bir oz chalkashmovchilikka olib kelingan. Ikkinchidan, ularning qiymati ham boshqa manbalardagiga ko'ra bir oz farqliroq berilgan. Shuning uchun ham bu va boshqa sanoq sonlarga xos leksik birliklar sekin-asta nisbatan kam qo'llanila boshlagan va yangi hind-oriy tillari davriga kelib ushbu sonlarga xos leksemalar o'rniga ^rc haza:r "ming", la:kh "yuz ming", ^te karoR "o'n million", ^ arab "milliard", kharab "o'n millard" kabi shakllar keng qo'llanila boshlagan. XULOSA:

Yuqorida olib borilgan tahlil natijalarga ko'ra quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Hozirgi adabiy hindiy tilida keng qo'llanladigan barcha sonlar qadimgi hind -oriy tillariga xos bo'lgan sanskrit tilidan shakllangan bo'lib, ularning shakllanishi jarayonida turli xil fonetik o'zgarishlar, xususan, ularning shakllanishida undosh tovushlar bilan bir qatorda unli tovushlarda ham fonetik o'zgarishlar sodir bo'lgan.

2. Garchi hozirgi adabiy hindiy tilida "yuz" soni o'rnida f^r sainkRa leksemasi ham qo'llanilsa-da, lekin ft sao shakli f^r sainkRa shakliga nisbatan kengroq qo'llaniladi va u boshqa son turlarining yasalishida ham ishtirok etadi.

3. Qadimgi hind-oriy tillari davrida yaratilgan adabiyotlarda ^te karoR "o'n million" soni ma'nosida arbud so'zi ham qo'llanilgan. ^fè koTi ham aslida ^ kuT shaklidan hosil bo'lgan. Qadimgi buyuk asarlarda, ayniqsa, "Mahabharata" eposida bu shakl ko'p qo'llanilgan. O'rta hind-oriy tillariga xos bo'lgan paliy tilida ham ^fè koTi, q^fèpakoTi, ^fètq^fè koTippakoTi shakllarida o'z aksini topgan.

4. E'tiborga molik tomoni shundaki, hindiy tilidagi mingliklardan yuqori bo'lgan ba'zi sonlar hozirgi adabiy hindiy tilida bitta shaklga ega bo'lsa, qadimgi hind-oriy tillariga oid sanskrit tilida esa dastavval ularning ikkita shakli mavjud bo'lgan va ular o'rta hind-oriy tillariga xos bo'lgan prakrit va apabharansha tillari orqali shakllanib, yangi hind-oriy tillari davriga o'tish jarayonida ularning bitta shakli saqlangan.

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES:

1. Shomatov O.N. Janubiy Osiyo tillariga kirish (1-qism). -T.: ToshDShI, 2003.

2. Супрун А.Е. Числительное // Лингвистический энциклопедический словарь. -М.: Научное издательство Большая Российская энциклопедия, 1992.

3. Хинди-русский словарь. Составители А.С.Бархударов, В.М.Бескровный, Г.А. Зограф, В.П.Липеровский. Под ред. В.М.Бескровного. Т. I и II. -М.: Издательство «Советская Энциклопедия», 1972.

4. ¿чмн ^".d. - ^liyt, Ff^fd^ ^щтчтт^ц - эт^ч чшк ^iw Rd Fw)i -ч^ fd?dt, %тч 1978.

5. fdml" - %dt ^tt fdfdy 41fd^Tl -4tw, w^d^r %dt ж ^idRl, 1972.

6. ^fc ^f -%dt чтчт trifdwi -fd?dt, 1962.

7. ч^нтщ" fdmt - %dt чш -^di^Nid, 1972.

8. ^dr^fti чт^т^г fdtrai -fdrdt, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.