Научная статья на тему 'ARAB TILINING SHAKLLANISHI VA UNDA NEOLOGIZMLARNING O‘RNI'

ARAB TILINING SHAKLLANISHI VA UNDA NEOLOGIZMLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1413
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qadimgi arab yozuvi / oromiy alifbosi / klassik davr / arab xattotligi turlari / arab tilida so’zlashuvchi davlatlar / iqtibos / arab tilidagi neologizmlar. / ancient Arabic script / Aramaic alphabet / classical period / types of Arabic calligraphy / Arabic-speaking countries / quotation / neologisms in Arabic.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sh.I. Axmedov

Arab tili ham boshqa tillar kabi leksik jihatdan boyib bormoqda. Yevropa va boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar arab tiliga hech qanday o’zgarishsiz qabul qilinmoqda va muomalada qo’llanilmoqda. Undan tashqari fan va texnologiya rivoji ham arab tiliga yangi so’zlarning kirib kelishiga sabab bo’lmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FORMATION OF THE ARABIC LANGUAGE AND THE PLACE OF NEOLOGISM IN IT

Arabic, like other languages, is becoming lexically richer. Words from European and other languages are accepted and used in Arabic without any changes. In addition, the development of science and technology has led to the introduction of new words into the Arabic language.

Текст научной работы на тему «ARAB TILINING SHAKLLANISHI VA UNDA NEOLOGIZMLARNING O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor

О

ARAB TILINING SHAKLLANISHI VA UNDA NEOLOGIZMLARNING O'RNI

Sh.I. Axmedov (SamDCHTI Yaqin sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi) shaxzodahmedov310@gmail.com

Annotatsiya: Arab tili ham boshqa tillar kabi leksik jihatdan boyib bormoqda. Yevropa va boshqa tillardan kirib kelgan so 'zlar arab tiliga hech qanday o 'zgarishsiz qabul qilinmoqda va muomalada qo 'llanilmoqda. Undan tashqari fan va texnologiya rivoji ham arab tiliga yangi so 'zlarning kirib kelishiga sabab bo 'lmoqda.

Kalit so'zlar: qadimgi arab yozuvi, oromiy alifbosi, klassik davr, arab xattotligi turlari, arab tilida so'zlashuvchi davlatlar, iqtibos, arab tilidagi neologizmlar.

Аннотация: арабский язык, как и другие языки, становится лексически богаче. Слова из европейских и других языков принимаются и используются на арабском языке без каких-либо изменений. Кроме того, развитие науки и технологий приводит к появлению новых слов в арабском языке.

Ключевые слова: древняя арабская графика, арамейский алфавит, классический период, виды арабской каллиграфии, арабоязычные страны, цитата, неологизмы в арабском языке.

Abstract: Arabic, like other languages, is becoming lexically richer. Words from European and other languages are accepted and used in Arabic without any changes. In addition, the development of science and technology has led to the introduction of new words into the Arabic language.

Keywords: ancient Arabic script, Aramaic alphabet, classical period, types of Arabic calligraphy, Arabic-speaking countries, quotation, neologisms in Arabic.

Eng qadimgi arab yozuvi haqida bizgacha yetib kelgan lixyan, semud, saf, an-nimar (eramizning 328-yili), zabad (eramizning 512-yili) yozuvlari hisoblanadi. Uning adabiy formasi islom dini paydo bo'lmasdan avval shakllangan [30, 5 b.].

Ma'lumki, bu yozuv arablarnigina emas, balki arab bo'lmagan ko'pgina sharq xalqlarining adabiyoti va fanida qo'llanib kelgan harf-tovushli yozuvdir. U qadimgi finikiy yozuvining oromiy tarmog'idan kelib chiqqan. Milodning III-IV asrlarida shakllanib, arab tilining ifodasi uchun qo'llana boshlagan va "arab yozuvi" nomini olgan. Oromiy alifbosida 22 ta harf bo'lgan. Arablar bu alifboga 6 ta yangi tovush harf (Д £ j ^ £ £) qo'shib, 28 taga yetkazganlar. Harflar so'z boshida, so'z o'rtasida, so'z oxirida va alohida yozilish shakllariga ega. Ular i (alif), ^ (dol), ^ (zol), j (ro), j(zo), j (vov) bo'lib, so'z boshida va so'z o'rtasida qo'shilib yozilmaydi. Arab yozuvidagi 28 ta harfdan 18 tasi mustaqil grafik belgisiga ega. Boshqa harflar ustiga yoki tagiga qo'shilgan nuqtalarning soniga qarab farqlanadilar. Arab alifbosidagi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

harflarning deyarli hammasi undosh tovushlarni, faqat uchtasi - i (alif), j (vov), ^(yoy) unli tovushlarni bildirib keladi. ("Vov " va "yoy" ham unli, ham undosh vazifasini bajaradi). Bu yozuvda unlilarni ifoda qilish uchun harflarning ost-ustiga qo'yiladigan harakatlardan foydalaniladi. Biroq, arab yozuvida unlilarga ishora qo'yilmasa ham, so'zlar sarf va nahv qoidalariga ko'ra mazmunga moslab o'qilaveradi.

Ko'plab saqlangan adabiy yodgorliklar klassik davrga to'g'ri keladi. Bu davrda, ya'ni klassik davrda yaratilgan ko'plab asarlar asosan islomgacha poeziya (she'riyat) hisoblanib, u uzoq vaqt og'zaki shaklda saqlangan va faqat VIII-IX asrlarda arab filologlari tomonidan yozib olingan.

Klassik davr adabiy merosi Qur'oni Karim hisoblanadi. Yuqoridagi adabiy yodgorliklarda arab tili o'zining grammatik tizimiga ega bo'lgan, boy leksikaga, qadimgi arab tiliga va arab qabilalari lahjalariga asoslangan tilga aylangan edi.

Klassik arab tili O'rta va Yaqin Sharq tillarining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Arab istilosi sababli va islom dinining tarqalishi bilan arab tilining ahamiyati Sharqda yanada kuchaydi. Bu davrda arab tili O'rta va Yaqin Sharq xalqlarining madaniy hayotida xalqaro til rolini o'ynadi. Arab tili O'rta va Yaqin Sharqning ko'plab tillariga leksika sohasida juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Turk, fors, afg'on (pushtu) va boshqa tillar lug'at boyligining 50-60 foizini arab so'zlari tashkil etadi.

Hozirgi kunda Afrika qit'asining shimolida, Arabiston yarim orolida va Old Osiyodagi 22 ta arab davlatlarida - Mavritaniya, Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Sudan, Jibuti, Somali, Qamar orollari, Saudiya Arabistoni, Yaman, Ummon Sultonligi, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Iordaniya, Iroq, Falastin, Livan, Suriyada arab tili davlat tili hisoblanadi. Arab adabiy tili XIX asrda shakllana boshlagan. Hozir arab adabiy tili bilan bir qatorda ko'plab mahalliy dialektlar ham mavjud. Eng ko'p tarqalgan dialektlardan Saudiya Arabistoni, Iroq, Suriya, Misr va Mag'rib lahjalaridir. Arab adabiy tiliga eng yaqini Suriya dialekti hisoblanadi. Arab adabiy tilidan katta farq qiluvchi dialekt - bu Mag'rib dialektidir. Har bir dialekt o'z navbatida bir necha she'valarga bo'linadi. Lahjalar arab adabiy tiliga qaraganda tor mahalliy, hududiy ahamiyatga egadir.

Arab adabiy tili - davlat tili, OAV, adabiy asarlar, fan, yagona yozuv hamda barcha arab mamlakatlari uchun rasmiy til hisoblanadi. Bu til arab xalqlari birligining timsolidir. Lekin arablar turmushda asosan lahjadan foydalanadilar. Turli arab mamlakatlarining xalqlari suhbatga kirishganlarida bir-birlarini juda qiyin tushunadilar. Arablarning xalq tili - kxUl (lahja) kundalik aloqa vositasi hisoblanib qolmasdan, u kino, teatr, radio, televideniyada ham keng qo'llaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

o

Arab tili somiy tillar guruhiga kiradi, unga yana Efiopiyaning amhar, tigre, qadimgi yahudiy, ivrit (Isroil), Malta tillari ham kiradi. Somiy tillari grammatikasida, lug'at tizimida bir xillik, o'xshashlik mavjud. Bu tillarning barchasining so'zlari asosan uch undoshli bo'lib, ularda affiksatsiya rivojlangan.

Arab yozuvining VII asrdan XIV asrgacha shakllangan va mashhur nazariyotchi xattotlar tomonidan e'tirof etilgan - kufiy, suls, nas'h, muhaqqaq, rayhoniy, tavqe', riqo deb atalgan yetti uslubi mavjud. Ayrim xattotlar kufiyni asosiy uslublar qatoriga kiritmaydilar. Chunki, ular keyingi olti uslub kufiydan o'sib chiqib shakllangan, deb hisoblaydilar. XIV asr oxirlarida yuzaga kelgan nasta'liq va XVIII asrda paydo bo'lgan shikasta xatlarini ham ba'zi xattotlar arab yozuvining asosiy uslublariga qo'shadilar.

Islom dini va arab tilining VII asr ikkinchi yarmidan boshlab Yaqin va O'rta Sharqdagi qator o'lkalarga, keyinroq esa Afrika, janubiy Yevropa va Osiyodagi ko'p joylarga tarqalishi bilan arab yozuvi ham birgalikda kirib bordi. Natijada arab yozuvi o'sha o'lkalardagi xalqlar tomonidan o'zlashtirildi va mahalliy tillarga moslashtirilgan holda qo'llana boshlandi.

Arab yozuvi Movarounnahrga VII asrning ikkinchi yarmida kirib keldi. VIII asr boshlarida arab xatida yozilgan hujjatlar saqlangan. Bunga misol qilib Panjikent hokimi Divashtichning Arab xalifaligining Xurosondagi noibiga yo'llagan maktubini keltirish mumkin.

Arab yozuvi Movarounnahrga kirib kelgandan boshlab XIII asrlarga qadar bu yozuvda bitilgan birorta turkiy tildagi hujjat, manba hozirgacha ma'lum emas. XIII asrga qadar mazkur yozuvdagi barcha manbalar asosan arab tilida va qisman fors-tojik tilida kitobat qilingan [13, 4-6 b.].

Ma'lumki, bir yarim ming yildan buyon og'zaki va yozma manbaalarda saqlangan arab tili, garchi o'z normalarini saqlab qolgan bo'lsada, biroq u leksik o'zgarishlarga uchramay qolmadi. Chunki iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot sohasidagi o'zgarishlar birinchi o'rinda, albatta, tilda aks etadi, ya'ni bir xil qadriyatlar qadrsizlanib yo'q bo'ladi va ularni anglatgan so'zlar ham bir chetga surilib arxaiklashadi, uning o'rnini yangicha qadriyatlar egallaydi. Bu hodisalar, albatta, o'z davrida yaratilgan lug'atlarda o'z aksini topgan.

Shuningdek ba'zi so'z turlari borki, iqtisodiy formatsiyalar almashinuvi, ijtimoiy-siyosiy-madaniy o'zgarishlar bilan bog'liq holda amalda qoladi yoki kuchga kiradi. Demak, ularni anglatuvchi so'zlar ham bularni aks ettiradi. Masalan, islomgacha bo'lgan shirk va budparastlik bilan bog'liq bo'lgan oylarning nomlari va kunlar kabi atamalar ana shunday so'zlar sirasidandir. Yangi yaratilgan so'zlar jumlasiga masalan, " aILJj ", "fcsij&l ", " Al^", "&LJ",

i« j5 a 0 t

"Sjl^k", kabilar "kapitalizm", "sotsializm", "kommunizm", "reaksiya",

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"obyektivlik", "subyektivlik", "sivilizatsiya", "axloq" kabi so'zlar bildirgan tushunchalarning ifodasi o'laroq yuzaga keldi.

i« • «S ~ %

"Paroxod" - Sjáb , "gerb" - jt*¿>, "madmuazel" - "restorán" - f*^,

Ϋ - o «8 °

"kongress" - , "fojea" - ^^ kabi so'zlar ham yuqoridagi turlardandir.

Shuningdek texnik revolyutsiya sababli kirib kelgan yangi tushunchalarni kalka qilish orqali, tarjima qilish yoki qilmasdan yoki iqtibos qilish uchun 1892-yildan buyon faoliyat ko'rsatayotgan Qohira Akademiyasi bu borada sezilarli natijaga erishmadi [13, 20-23 b.].

Arab tili somiy tillarning orasida iqtibosga boy til hisoblanadi. Iqtibos (iqtibos

- yangi so'zlarning o'zlashish jarayoni) arab tiliga kirgan so'zlarning turli davrlarni bosib o'tganidan darak beradi. Iqtibos hodisasiga turli davrlardagi turlicha sharoit, o'ziga xos uslublar bilan ta'sir etganligi sabab bo'lgan. Iqtibos qilingan so'zlardan to'la o'zlashgan, yarim o'zlashgan, o'zlashib ulgurmagan yoki chala o'zlashganlari mavjud. Semantik mohiyatiga ko'ra to'laqonli buzilmay qabul qilingan, buzib qabul qilingan so'zlar bilan bir qatorda iqtibos qilingan mazmunlarni ifodalovchi yangi so'zlarni ham tushunish mumkin. Masalan: "¿ifc"- "qo'ng'iroq qilmoq" fe'li misolida ko'rish mumkinki, yangi o'zlashtirilgan so'zlar yozma adabiyot orqali qabul qilinganiga qaraganda og'zaki nutq orqali o'zlashishi tezroq singadi.

Iqtibosda 4 ta davrni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi eng qadimiy davr bo'lib, yozuvgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrdagi so'zlar butunlay arablashib bo'lgan. U davrda kirgan so'zlar odatda arablarning idroki, dunyoqarashi ortib borayotgan davrning mahsuli bo'lib, uning tarkibiga ko'proq atrof muhitga oid, oddiy hayot, maishiy ashyolar bilan bog'liq so'zlar kiradi. Bu jarayonda o'rta fors tili muhim o'rin egallaydi, undagi hunarmandchilik, dehqonchilikka oid o'troq hayotni aks ettiruvchi yangi so'zlar ko'proq joy olgan. Masalan: "¿j]" - qo'lli va burunli

iJlj- ^ » ^ o *

ko'za, "Sj^" - suv tashiydigan ko'za, sopli, lekin burunsiz ko'za, "<tLL" yoki "¿^L"

- taz, "¿fL" - tarelka, "4*^3" - yog'ochdan yasalgan tovoq, "¿M?" - chashka, "!!^tL"

- tava, "<I)j1>" - hovoncha, "ùljâ" - xontaxta, "lilAâ" - kompot, "Ç^l" - shirin ichimlik, " - shamdon, "¿Ij-" - chiroq, " - angishvona, " - halta, "£UJ" - yugan, "¿j- " - egar, "j^ " - hanjar, "Sjj-l^" - truba, "J^jj" - zanjir, "ijI^iw" - sandon, "^ja" - po'lat, shuningdek, uy va xonaga taalluqlilari: "j^" -dahliz, "sjIj-" - amirlar va davlat boshliqlari uchun mo'ljallangan ayvonli ko'chma koshona chodir, "5¿H" - qazilgan joy, material, gazlamalardan ba'zilarining nomlari: "f^jJ]" - barhat, duhoba, "¿UíJ" - parcha, "sjf*-]" - dag'al parcha, ba'zi hayvonlarning nomlari "jj¿-" - sobal (suvsarning bir turi), "CM-" - olmaxon, "fall"

- oq sichqon, oq suvsar, "çjj^" - paypoq, "lAjjjL" - feska (turkcha bosh kiyim), shuningdek qimmatbaho tosh va minerallarning nomlari: "JáJ^" - gavhar, "^jl/' -yoqut, - yantar, "¿fu" - simob, "(t^j" - qo'rg'oshin; musiqa asboblarining nomlari: " - kamon, " - chang, "l" - doira, "¿jjll" -

843

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qonun (barmoqqa kiyiladigan nohin bilan chalinadigan musiqa asbobi), - nay, shuningdek ko'katlar, sabzavot va poliz ekinlarining nomlari: " J^jJ" - nargiz, "¿Lb" - binafsha, "!!^Ь" - jasmin, - romashka, "jb^" - bodring, "33ji" -

bobi - loviyaning bir turi.

Quyidagi so'zlar ham fors tilidan o'tgan bo'lib, ularning orasida ba'zilarining

to* 1Й о

ma'nosi siljigani ham uchrab turadi. Masalan: "ЫИЛ" - murabbiy, "^Uj-T - dastur, "¿liL?" - bog', "(j%jj3" - darvesh, "jLc." - qo'shin, - namuna, '"^j^" -

mundarija, "¿ЧОб?" - tantanali bayram, festival, " - maydon, "jyjj" - vazir.

Arab tilida, shuningdek, fors tili orqali boshqa tillardan kirgan yangi so'zlar ham uchraydi. Masalan: "ЯИЦ" - kartochka, - daftar, "jji" - guruch, "¿-^j" -saqich, " jw' - shakar, "¿jjL2i" - shaxmat kabi so'zlar. Abu Mansur Javolikiy o'zining f^l asarini iqtibos masalalariga bag'ishlagan bo'lib, unda

klassik shoirlar qofiya uchun forscha so'zlarni ishlatib o'z arab so'zlarini qo'llashmaganligi haqida kuyinib yozadi. O'z davrida buyuk so'z ustasi bo'lmish

* ♦ ^ о

mashhur filolog olim al-Johiz ham bu haqda "¿Й3?' - tarvuz so'zi turib "jjj^", "SULa" - bel (lopata) so'zi turib shu ma'nodagi "¿31?", - bozor so'zi turib "jljT so'zini, shuningdek "Щ" - bodring so'zining o'rniga shu ma'nodagi "J1£" so'zining ishlatilishini qattiq tanqid qiladi [13, 40-41 b.].

XULOSA

Arabshunos olim V.M. Belkinning yozishiga ko'ra, oromiy tilidan Suriya shevasi orqali bir qancha yangi so'zlar arab tiliga kirib kelgan. Ular o'simliklar, hayvonot olami, dahqonchilik, hunarmandchilikka oid so'zlardir [28, 65-68 b.]. Masalan:

".LjS?" - dub daraxti, "4^3" - chinor, "¿1—- majnuntol, "(" - oq gulli, hushbo'y hidli, doim yashil buta o'simligi, " - sikomora, "¿Ци" - rayhon, "(у" - anjir, "¿j^i" - limon, "«J" - tut, "J4J" - nok, "¿Л" - olho'ri, - olma, "¿^j" - anor, - tarvuz, "3=0^" - behi, "jji" - bodom, "¿jiLi" - pista, -bug'doy, "¿Ш" - zig'ir, - kanop.

Ba'zi so'zlar arab tiliga grek va oromiy tillari orqali kirgan. Ular quyidagilar: "№" - oshxona, "j—" - qasr, "ilj^" - yo'l, - vulqon, "Sj^" - ark,

"j—a" - sezar (podshoh).

REFERENCES

1. Qodirov T.Sh., Aliyev D.I. Arab tili leksikologiyasi. ToshDShI, 2010. 110 b.

2. Ковалев А. А., Шарбатов Г.Ш. Учебник арабского языка. М., 1998.

3. Белкин В.М. Общие тенденции развития арабской научно-технической терминологии в послевоенный период. "Развитие языков в странах зарубежного Востока (послевоенный период)", М., "Наука", 1983. 164 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.