Научная статья на тему 'SAN’ATDA DUBLYORNING O‘RNI'

SAN’ATDA DUBLYORNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dublyor san’ati / teatr / drama / dramaturg / asar / konflikt / remarka / aktyor / sahna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — L.Fazliyeva

Teatr hayotni badiiy obrazlar bilan ko‘rsatib insonni tarbiyalaydi va davr voqeligini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgu ekan demak, har bir davr o‘z teatrini yaratadi. Teatr -san’atning shunday yo‘nalishiki, u tomoshabinsiz faoliyat yurita olmaydi. Ushbu maqolada har bir san’at sohasida dublyor ro‘li alohida o‘ringa ega ekanligi to‘g‘risida, O‘zbekiston xalq artisti Abror Xidoyatovga Alisher Navoyi obrazi uchun dublyor O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jayev ijrosi yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAN’ATDA DUBLYORNING O‘RNI»

SAN'ATDA DUBLYORNING O'RNI

L.Fazliyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Teatr hayotni badiiy obrazlar bilan ko'rsatib insonni tarbiyalaydi va davr voqeligini o'zida aks ettiruvchi ko'zgu ekan demak, har bir davr o'z teatrini yaratadi. Teatr -san'atning shunday yo'nalishiki, u tomoshabinsiz faoliyat yurita olmaydi. Ushbu maqolada har bir san'at sohasida dublyor ro'li alohida o'ringa ega ekanligi to'g'risida, O'zbekiston xalq artisti Abror Xidoyatovga Alisher Navoyi obrazi uchun dublyor O'zbekiston xalq artisti Olim Xo'jayev ijrosi yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: dublyor san'ati, teatr, drama, dramaturg, asar, konflikt, remarka, aktyor, sahna

THE PLACE OF THE DOUBLE IN ART

L.Fazliyeva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Theater educates a person by showing life with artistic images and is a mirror that reflects the reality of the era, so every era creates its own theater. Theater is such a direction of art that it cannot function without an audience. In this article, the role of a stuntman in each field of art has its own place, the performance of the stuntman of the People's Artist of Uzbekistan Olim Khojayev for the character of Alisher Navoi to the People's Artist of Uzbekistan Abror Khidoyatov will be explained.

Keywords: dubbing art, theater, drama, playwright, work, conflict, remark, actor, scene

San'at davr o'tishi bilan taraqqiyotga yuz tutishi, islohatlarni boshdan o'tkazishiga qaramay inson omilining bevosita ichki dunyosini tadqiq etishi bilan ahamiyatli. Xalqning dunyo xamjamiyatidan o'rin olishida san'at, ayniqsa raqs san'atining o'rni beqiyosdir. Har bir millat o'z ma'naviyati, madaniyati bilan barhayotdir. Bugungi kunda tarixning xira tortgan sahifalari tiniqlashayotgan paytda xalqqa qaytarilayotgan milliy ma'naviy boyligimiz O'zbekistonning yanada taraqqiy topgan madaniy davlat qatoriga qo'shilishiga xizmat qilishi shubhasiz. Buning uchun ularning ildizlarini puxta o'rganib, ulardan kuch quvvat olib ish tutmog'imiz lozim.

"Teatr san'ati hamisha millatning ko'zgusi milliy umuminsoniy qadriyatlar targ'ibotchisi bo'lib kelgan va shunday davom etadi. Davr o'zgarib, bir avlod o'rnini ikkinchisi egallashi tabiiy xol, albatta. Biroq ijodkorning tomoshabin oldidagi burchi,

mas'uliyati vazifasi o'zgarmaydi. Sahna san'ati orqali insonlarni ezgulikka chorlash har doimgidek mas'uliyat bo'lib qolaveradi."1 Ma'lumki, har qanday san'at asarlari ijodkor qalbi bilan bog'liq tushunchalardir. Albatta san'at va madaniyat soxalarini yanada rivojlantirish yurtimiz taraqqiyotida ustuvor vazifalardandir. Bu soxalardagi ajdodlarimizning ma'naviy ijodiy merosiga tayangan holda yangi davr, yangicha dunyoqarash nuqtai nazaridan taraqqiy toptirish va chuqur islohatlarni amalga oshirish beqiyosdir. Millatimiz azaldan san'atsevar xalq. Ularning san'atga muxabbati kuchli va bu vosita orqali insonning ma'naviy dunyosiga ta'sir o'tkazishi, estetik didini tarbiyalay olishi mumkin.

Teatr - bu qator spektakllar to'plami emas, murakkab insoniy qismatlarni yangi avlodga yetkazadigan dargoh".2 Teatrda murakkab insoniy qismat, taqdir, insoniyatning bir bo'lagi yotadi. Tomoshabin undagi voqealarni kuzatar ekan, aktyor kulganida kuladi, yig'laganida qo'shilib yig'laydi va sahnadagi qahramonlar tashvishini o'ziniki deb biladi, qahramonlar bilan birgalikda muammoga yechim qidiradi. Bir so'z bilan aytganda tomoshabin spektaklda o'zini ko'radi.

Teatr hayotni badiiy obrazlar bilan ko'rsatib insonni tarbiyalaydi va davr voqeligini o'zida aks ettiruvchi ko'zgu ekan, demak har bir davr o'z teatrini yaratadi. Teatr - san'atning shunday yo'nalishiki, u tomoshabinsiz faoliyat yurita olmaydi. Demak, unda hamma narsa tashqi ko'rinishning ta'siriga bog'liq.

San'atda dublyorning o'rni deb nomlangan ushbu maqolada xar bir san'at soxasida dublyor ro'li aloxida o'ringa ega. Dublyor deganda biz nimani yoki kimni tushunamiz. Dublyor so'zi tarjima qilinganganda Doubler - ikki baravar oshirmoq degan ma'noni bildiradi. Bir xil ishni parallel bajaruvchi shaxs bir xil tayyorgarlikdan o'tuvchi, kerak bo'lganida asosiy rolga o'tuvchi bu so'zning zaminida necha necha sa'atkorlrninng taqdirlari turgan va turadi shu bir so'z orqali yulduzlik darajasiga cho'qqisiga chiqgan san'at darg'alarini sanab o'tsak arzidi. Dramatik teatr yoki kino aktyorligi xoreografiya, borinki barcha sa'at turlarini qurshab olgan ushbu so'z. Biz ushbu maqolada sahnadagi asosiy rolni ijro qilayotgan aktyorning qo'shimcha sherigi yani dublyori xaqida gaplashamiz. Maqolada ustoz shogird an'anariga sodiq qolgan xolda ustoz Rahmonjon Po'latov bilan suhbatdan yozib olingan. Sahnada bir aktyor ijro etayotgan bo'lsa ikkinchi rolda ijro etuvchi dublyor rolini yodlab olishi kerak. Jo'ra Mahmudov maxorat darsini o'tgani san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filyaliga tashrif buyirganlarida jiyda gullarini yaxshi ko'rar ekanlar jiyda gullarini tomosha qilib hidlaridan mast bo'lib Raxmonjon Po'latov dublyor xaqida maqola yozmoqchi bo'lganlarida sahnada dublyorni o'rnini ro'lini Olim Xo'jayevdek xech kim ijro etaolmagan deb so'z bo'shlagan ekanlar. Abror Xidoyatov bilan bir biriga hurmati xaqida tasdiqlab teatr jurnalida xam chop ettirishgan edi. Abror

1 Teatr jurnali. 2020/6 son. "Debyut - 2020" sahnada yangicha talqinlar" maqolasidan. l.ycMOHOB Э.X,анраraарra Ty^a gyrä,-T.,"MHHxo®",2005,87-6eT

rTTTyjS^^Ä] 276 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Xidoyatovni Navoiy rolini ijro qilashga rejissyorlar taklif bildirishganda, repititsiyani Abror Xidoyatov qilaverganlar Olim Xo'jayev esa zimdan ushbu rolga tayyorlanib yuraverganlar shu rolga qalbdan tayyorlanganki xatto birovga bildirmagan deydi A.Xidoyatov. Badiiy kengashda aktyor tanlashda adashgan bo'lishlari mumkin, lekin aktyor adashishi mumkin emas. Olim Xo'jayev bu rolni juda qattiq ijro etishni Navoiyni oynashni hohlagan ekanlar. Izzat Sultonning Navoiy spektakli rejessor T.Xo'jayev boshchiligida Abror Xidoyatov sahnaga chiqganlarida tomoshabin zalga liq to'la anshlag holatda bo'lgan. Tomoshabin ko'pligidan spektakl ikki marotabadan ketma ket o'ynalgan. Ijro ketma-ketligidan bosh roldagi asosiy qahramonimiz A.Xidoyatov yani Navoiy betob bo'lib qoladilar, charchaganlar xar kungi ikki marotabalik seyanslardan toliqqan. Lekin chiptalar sotilib bo'lingan. Aktyorlarning chiroyli iborasi bor tomoshabin aybdor emas degan. A.Xidoyatov Nazira Aliyevaga Nazira eringa ayt ertaga spektakl xoxlasang daftarimni beraman bugun kechasi bilan yodlasin qo'shimchasiga suflyorni xam aytib qo'yaman, meni sharmanda qilmasin deganlarida, O. Xo'jayev kasalxonaga ko'rgani borganlarida A. Xidoyatov Olim sen meni o'rnimga chiqmasang bo'lmaydi spektakl anshlag xolatda chiptalar sotilib bo'lingan. Bunda tomoshabin aybdor emas deganlarida O.Xo'jayev yo'q menga daftarni xam suflyorni xam keragi yo'q men tayyorman deb Navoiyning eng ko'p so'zi ketgan joyini ijro etib beradilar xamma hayratda A.Xidoyatov men senga ishonaman dedilar. Oradan bir hafta vaqt o'tib A.Xidoyatov teatrga spektaklni ko'rgani borganlarida Navoiy rolidagi O.Xo'jayev shu darajada maxorat bilan o'z rollarini ijro etayotgan bo'lgan. Shunda dublyor shu darajada ijro etishi mumkinmi deb hayratlanganlar va bu rol aslida Olimniki ekan, Olimchalik men ijro etaolmagan bo'lar edim degan ekanlar. Aktyor aktyorga tan bergan va bu meni rolim emas ekan bundan keyin men Navoiyni o'ynamayman degan ekanlar. Olim bu rol seniki deganlar.T axlil qilib ko'rganda A.Xidoyatovda davlatni boshqarish yo'nalishi kuchliroq bo'lsa Olim Xo'jayevda esa ham davlat boshqaruvi ham so'zlar mujassamligi Navoiydek bo'lgan. Dublyor shu darajada oldi planga o'tib ketgan. Shuning uchun san'atda ikkinchi darajali odam yo'q, balki doyim birinchi bo'lishim kerak degan intilish, harakat bo'lish zarur. Dublyorga shundek yondashish kerak-ki aktyor xar bir berilgan rolni bu meniki deb qabul qilishi shart. Yani birinichi berilgan rol birinchiniki emas, balki unga yondasha olgan o'ziniki qilib olganiki. Dublyor xar doim ham ikkinchi plandagi odam emasligini isbotlash kerak. Dublyor bu rol menga uchun muhim, o'ynay olsam meniki oynay olmasam tajriba shu etapdan o'tishim lozim deyish kerak dedilar, - Raxmonjon Po'latov. Xar bir ikkinchi plandagi dublyor birinchisidan oshirib o'ynaydi va tomoshabin ko'z o'ngida o'sha roli qoladi. Keyinchalik tomoshabin o'sha aktyorni ijrosi uchun teatrga tushadi. Xuddi shungdak qo'g'irchoq teatrlarida yoki biror raqqosani raqs ijrosini tomosha qilgani konsertlarga tashrif buyurishadi. Tomoshabin o'zi tanlaydi aktyorni. Aktyorni shuxrat qozonishi xalq bilan bog'liq. Bu nafaqat

musiqali teatrda balki qo'g'irchoq teatrida xam dublyor bor, xonlik davridan boshlab ijro etilib kelinadi. Asosiy roldagi aktyor rolini bir tomonini ochib bersa dublyor esa ikkinchi tomonini ochib berishi kerak bo'ladi. Yani qolibdek bo'lmayd dublyor birinchi ijrosida bitta qirrasini ochib bersa keyingi rollarida yana xam yaxshiroq o'sha rolga kirishib boshqa qirralarini ham ochib berishga harakat qiladi. Bitta spektakl ellik marotaba qo'yilgandagina bitta spektakl paydo bo'ladi deydi Stanislavskiy.

Endi Laylo musiqali teatrdan drama teatrni farqi shundaki, musiqali teatrida ariyalar, duetlar bor, aktyorni ovoz pardalari zo'r qo'yilgan bo'lishi mumkun-u, lekin aktyorlik ijrosi sust. Spektakl shu holatda muvofaqqiyatli chiqmaydi. Ana shuning uchun aktyorda hamma narsa mujassam bo'lishi kerak. Xuddi shungdek raqsda ham dublyor bor to'g'rimi gastrolga qayerga borishidan qat'iy nazar yigirma beshta qizni o'rniga albatta o'ttizta qiz ketadi. Inson issiq jon repetitsiyada oyog'i qayrilib qolishi yoki kasal bo'lib qolishi mumkin. Baletmester xarbir raqs xarakatini yigirma beshta qizga emas o'ttizta qizga qo'yishi kerak. Almashuv jarayonida tomoshabin sezmasligi kerak, demak xar bir san'at sohasida dublyor bor va mavjud. Shunda xalq tomoshabin dublyor o'ynadimi yoki asosiy roldagi ijrochimi bilmay qolishi lozim. Xaqiqiy san'atkor bu ijodkor deb bilaman,-deb suxbatni tamomladi ustoz san'atkor Raxmonjon Po'latov.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Teatr jumali. 2020/6 son. "Debyut - 2020" Sahnada yangicha talqinlar" maqolasidan.

2. Ycmohob 3.X,afiparaapra Tyna gyHe,-T.,"MHHxo^;",2005,87-6eT

3. Aristotel "Poetika" 1957

4. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 02.04.2022 - Features of Dramaturgy

5. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - Oriental Art and Culture O'zbekiston. Volume 2 Issue 4. 12.2021 - Nurli umr

6. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 18.06.2022. Volume 2 No 6 ISSN 2792-1883 - Gulom Zafari Dramaturdiy(1889-1938) "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http: //oac. dsmi-qf. uz

7. Marhum aktyor Rahmonjon Po'latov bilan 2023 yil aprel oyida bo'lgan suhbatdan yozib olingan

8. Umarova, K., & Jurayeva, O. (2023). Interrelationship of acting skills and stage movement. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 241-243.

9. Umarova, X., & Jo'Rayeva, O. (2023). MONOLOGLAR VA AKTYORLAR BILAN MONOLOG USTIDA ISHLASH JARAYONLARI. Oriental Art and Culture, 4(3), 715-718.

10. Turgunova, M., & Laylo, F. (2023, June). Art Of Dance. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (USA) (pp. 18-20).

11. Fazlieva, L. (2023). The Importance of Choreography in Staging Performances. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(4), 67-70.

12. Fazliyeva, L. (2023, May). CHOREOGRAPHY AS AN IMPORTANT COMPONENT OF THE PERFORMANCE. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 121-123).

13. Фазлиева, Л. (2023). СПЕЦИФИКА УЧЕБНО-ПРАКТИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА В ХОРЕОГРАФИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ УЗБЕКИСТАНА. Oriental Art and Culture, 4(1), 386-390.

14. Madaminov, O. (2023). Expression of Aesthetic Education and National Values in Performance Works. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 127-130.

15. Madaminov, O. (2023). AKTYORLIK MAHORATI MAKTABLARIDA PROFESSIONAL AKTYORLIK MAKTABLARI: QО 'G 'IRCHOQ TEATR TOMOSHALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV. Oriental Art and Culture, 4(3), 48-53.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.