AKTYORLIK SA'ATI MAKTABINING YUTUQ VA KAMCHILIKLARINI TAHLIL QILISHDA XALQARO KUZATUVNING O'RNI
Shamsiddin Yo'lchiboyevich Usmonov
O'zDSMI FMF Selim CINiSLi Ataturk universiteti
Annotatsiya: Turkiyaning Ataturk universiteti "Go'zal san'atlar" fakultetida ilmiy izlanish olib borildi. Ushbu maqolada Ataturk universiteti hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filialida o'qitilib kelinayotgan fanlar, dars berish metodlari, nazariy-amaliy jihatdan o'rganilib, tahlil ostiga olingan.
Kalit so'zlar: aktyorlik mahorati, etyud, raqs, intonatsiya, nutq, obraz, xatti-harakatlar metod, plastika sahna
THE ROLE OF INTERNATIONAL MONITORING IN ANALYZING THE ACTING SCHOOL'S ACCOMPLISHMENTS AND DISADVANTAGES
Shamsiddin Yolchiboyevich Usmanov
FRB of UzSIAC Selim CiNISLI Ataturk University
Abstract: Scientific research was conducted at the "Fine Arts" faculty of Ataturk University of Turkey. In this article, the subjects taught at the Fergana regional branch of the Ataturk University and the State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, the methods of teaching, are theoretically and practically studied and analyzed.
Keywords: acting skill, etude, dance, intonation, speech, image, behavioral method, plastic scene
Birinchi kun
Turkiyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanmish "Ataturk" universitetining "Go'zal san'atlar" fakulteti "Aktyorlik" yo'nalishi talabalarining dars jarayonini kuzatdim. Talabalarning Haldun Tamerning "Kishanli Ali" dostoni asosida sahnalashtirilgan spektaklining repetitsiya jarayoniga guvoh bo'ldim. Eng avvalo talaba yoshlarning repititsiya jarayoniga tayyorgarligi yuqori drajada ekanligi diqqatni tortdi. Sababi, talabalar rejissor-o'qituvchi kelgunga qadar, dastlab jismoniy mashqlar orqali tana azolarini qizdirib oldilar, so'ngra esa spektaklda bajarilishi kerak bo'lgan barcha harakatlarni takrorlab, eslab oldilar. Keyingi jarayonda esa dekoratsiya, grim,
I fcOlS^^^HI ^46 http://oac.dsmi-qf.uz
kastyum ishlarini mustaqil hamda mas'ul pedagoglar bilan birgalikda tayyorlab turishdi. Talabalar har bir ishga mas'uliyat bilan yondashgan va repetitsiya jarayoniga kechikish, intizomni buzish kabi salbiy xolatlarga duch kelmaymiz. Shu boisdan ham pedgog tomonidan ularni chalg'ituvchi biror bir ortiqcha savol-javoblar bo'lmadi. Bularning barchasiga "Temir intizom" sabab deb o'yladim.
Yuqoridagi jarayonning e'tiborli jihati shundaki, O'zbekistonda aktyorlik san'atini o'qitishda metod hisoblangan, K.S.Stanislavskiy, Ye.B.Vaxtangov M.Chexov, Meyerxold kabi o'ziga xos maktablaring asosi hisoblanmish "Temir intizom"ga alohida e'tibor qaratadi. Jumladan bu haqida Ye.B.Vaxtangov "Muomilada shirinsuxan bo'lish, kundalik hayotda - kamtar bo'lish, jamoa ishida bir-biriga yelkadosh bo'lish, yurish-turishda oliftagarchilik qilmaslik va manmansiramaslik, o'zini ko'z-ko'z qilmaslik, tanqidiy fikirlarga sabirli bo'lish, o'zgalar fikri bilan hisoblashish, mashg'ulotlarda jiddiy intizom va fikirni bir joyga jamlash, kichik rollar yo'q, kichik aktyorlar bor, bugun - Gamlet, ertaga - sahna ishchisi, ko'pchilik oldida mahoratli aktyor uchun roldan voz kechish, teatr ijodiy hayotida har qanday qonunni buzish - bu jinoyatdir, kechga qolish, erinchoqlik, o'jarlik, asabiylashish, yomon xarakter, rolni bilmaslik, bir narsani ikki marotaba qaytarishga majbur qilish - ish uchun juda zararli bo'lib, uni ildizidan quritishi lozim.",- degan fikirni olg'a surgan. Shu boisdan ham o'zbek pedagoglari aktyorlarini tarbiyalashda dast avval "Temir intizom"ni talab etadi. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki "Ataturk" universitetining aktyorlar tarbiyalashda qo'llaniladigan maktab, bizning maktab bilan deyarli o'xshash.
E'tiborni tortadigan yana bir jihat shundaki, chiroq ustasi ham talabalarning o'zlaridan bir kishining saylangani, qolaversa grim, kastyumer, vokal, nutq kabi fan o'qituvchilari repetitsiyaga bolalarni tayyorlab turishi bo'lib, bu qaysidir ma'noda bizning ta'lim jarayonlariga yaqinligini anglatadi. Chunki bizning ta'limda ham birinchi, ikkinchi va uchinchi kurslarda "aktyorlik mahorati", "nutq", "vokal", "ritmika va plastika", "sahna harakati va jangi" alohida fan sifatida talabalarga o'qitilsa, to'rtinchi bosqich diplom ishi spektaklida yuqoridagi barcha fanlar birlashib yaxlit bir spektakl sahnalashtiriladi.
Shu o'rinda farqli jihatlarga ham nazar tashlasak, bu yerda aktyor talabalarning har bir ishlari rejalashtirilgan, ularda o'z ustida ishlash uchun vaqt yetarli. Sababi ijodkorlarning o'zlari uchun zarur bo'lgan fanlar jamlanmasi o'quv rejadan joy olgan. Talabani ijoddan chalg'ituvchi fanlarni deyarli uchratmaymiz. Deylik "Turk teatr tarixi", "Antik davr teatr tarixi", "Aktyorlik mahorati", "Sahna nitqi", "Plastika", "Sahna harakati va janggi", "Raqs" va boshqa mutaxasislik fanlar shular jumlasidandir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, talabalarning shaxsiy ishlarini bajarishga yetarlicha vaqti mavjud. Repititsiya va mashg'ulotlarga kechikib kelishga esa hech qanday asos qoldirilmagan. Talaba ongli ravshda "Temir intizom"ga amal qilishga
I icclT^^^^H 247 http://oac.dsmi-qf.uz
majbur. Bu esa mashg'ulotlar va repetitsiyalar o'z vaqtida boshlanishiga turtki bo'la oladi.
Pedagog-rejissyor Pinar Aras asar qahramonlari uchun aktyorlarni mahorat bilan tanlgan bo'lib, buni talabalarning ijrolaridan ham ko'rishimiz mumkin. Masalan chol, kampir va boshqa rollarni ijro etayotgan talabalar juda yaxshi xatti-harakat qilmoqda va sahnada jonini berib ijro etayapti. Talabalarning sahnadagi bunday xatt-harakatlari pedagogning mahoratini yaqqol namoyon qila olgan.
Inson hayotida kamchiliklar bo'lgani singari spektakl ham kamchiliklardan holi emas albatta. Spektaklning birinchi sahnasidan bolalar sust boshlashdi. Ammo o'qituvchining sabr-qanoati, talabalarga motivatsiya bera oladigan mahoratli ekanligi, aktyor talabalarning oddiy rol ijrosini ham olqishlar bilan qo'llab turgani, biror bir sahnani sabr bilan qayta-qayta ishlashi bolalarni jonlantira oldi. Natijada spektakl o'rtalarida bolalarning ijrosida bir oz o'sish ko'zga tashlana boshladi.
Ammo shakarning ham ozi shirin deganlaridek motivatsiyani ham o'z o'rnida ishlatilgani ma'qul, deb hisoblayman. Sababi, bo'lajak aktyor repetitsiya hamda spektakl jarayonlarida o'sib borishi kerak. Bola ko'p olqishlar natijasida o'zidan qoniqish hosil qilishi va sahnada o'sishdan to'xtab qolishi hech gap emas. Agar aksi bo'lsa u holda bu pedagogning yutug'i bo'lib xizmat qiladi. Shuni alohida ta'kidlashimiz joizki aktyorlar ham, rejissorlar ham har repetitsiya jarayonida o'sib borishi kerak.
Ba'zan talabalar sahnadan-sahnaga o'tishda nuqta qo'ymayotganini ko'rdik. Ammo pedagog bunga uncha e'tibor qaratmayapti. Mantiqan olib qarasak, sahna tugamasa chiroq o'chmaydi va sahna davom etadi. Aktyorning vazifasi esa shu voqea tugadimi nuqta qo'yish va keyingi sahnaga o'tishda yanada o'sib borishi kerak. Repetitsiya jarayonida bunday kamchiliklarga duch kelishimiz tabiiy holat edi. Sababi pedagog aktyorlar ansamblini jamlashda birninchi bosqich talabalaridan tortib to'rtinchi bosqich talabalarigacha jalb etgan. Bu esa ba'zi bir sahnalarda o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmagan. Aynan birinchi bosqich talabalari spektakl jarayonida asarning ichida emas, boshqa bir muhitda turgandek tutyapti o'zini. Ya'ni ansambldan qaysidir jabxalarda ajralib qolmoqda. Yoki boshqa bir vaqtda so'zi bor joyda o'sha holatga kiryapti, so'zi yo'q joyda boshqa narsalarni o'ylayapti. Natijada pedagog "Mimika senda ishlamayapti",-degan e'tiroz bildiryapti. Bu biroz yangilish tuyildi. Chunki yuz mimikalari aktyorga o'rgatilmaydi, uni o'zi rol ijro qilish orqali, o'z hissiyotlari orqali yuzaga keltiradi. "Mimika qil", deyish topshiriq emas, bolaga nisbatan muhitga kirishishi uchun boshqacha topshiriq berilishi kerak. Bu birinchi bosqich talabalarida bo'ladigan tabiiy holat deb bilaman. Endigina aktyorlik san'ati bilimlarini o'zlashtirayotgan talaba spektaklda ishtirok etishi biroz ertaroq sanaladi. Aynan bu borada o'zbek aktyorlik san'ati maktabining ta'lim jarayonlari misol bo'la oladi. Agar
istisno qilinmasa bo'lajak aktyorlar ta'limning uchinchi yoki to'rtinchi bosqichida sahnaga chiqariladi. Bu jarayon albatta o'zini oqlab kelmoqda.
Umuman olganda pedagog Pinar Aras har bir bolaning imkoniyatidan kelib chiqib to'g'ri vazifa bera olgan va jamoaning yaxlitligini ta'minlay olgan. Teatr san'ti kolliktiv san'at ekanligini bolalar anglab turishi pedagogning eng katta yut uqlaridan bir ekanligi albatta muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi kun
Universitetdagi birinchi kun ijobiy ta'surotlar bilan yodda qolgan bo'lsa, ikkinchi kun ham undan qolishmadi. Universitetda haykaltaroshlarni, rassomlarni darsga kiradigan zalda ijodiy ishlarining namunalari qo'yilgani har bir tashrif buyuruvchiga, o'qituchilarga hamda talabalar ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Har bir o'quv xonlarini ko'zdan kechirar ekanmiz xonalar har bir yo'nalishga xos va mos tarzda dekaratsiyalar bilan bezatilganini guvohi bo'ldik. Ikkita xonaga tashrif buyurganimizda vokal xonasi hamda aktyorlar xonasida talabalar o'zlari mustaqil ravishda hech kimning majburligisiz o'z ustida ishlayotganini ko'rish bizni quvontirdi. Deylik bo'lajak aktyorlardan ikki kishi sahnada repetitsiya qilayotgan bo'lsa qolganlari sahnadagi aktyorlarga so'z berib turish, kamchiliklarini muhokama qilish orqali ko'maklashmoqda. Bundan ko'rinadiki talabalarning barchasi yakdil, bir yoqadan bosh chiqarib bir maqsad uchun intilmoqda. Bu quvonarli xolat albatta.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, yuqoridagi jarayonlar so'ngi paytlarda bizning talabalarda kam uchrayotgani, bizning ta'lim tizimda og'riqli nuqtalardan biri bo'lib kelmoqda. Mutlaqo yo'q deya olmaymiz bor, lekin yetarli emasdek ko'rinadi. Yana bir holat bu yerda xonaga kirgan paytimizda talabalarni birdan hayajonga tushib qolishini beixtiyor sezib qoldik. Bu holatni bartaraf etish uchun, bizning ta'limda bolalarni begona pedagog yoki tomoshabin oldida repetitsiya qilish, yoki imtixonlarni komissiyaga topshirish yo'lga qo'yilgan va bu bilan kelajakda bo'lajak aktyorlar tomoshabin oldida xayajonlarini tuta bilishga o'rgatadi. Ammo bu yerda imtihon faqat pedagogning o'ziga topshiriladi. Shu boisdan ham talabalar "begona ko'z" kelganida birdan xayajonga tushib qolmoqda. Shuning uchun ham imtihon jarayonlarini ko'pchilikning oldida o'tkazgan maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi.
Talabalar o'rtasida o'zaro hamjihatlik bor va doimo darslarda to'liq qatnashishga harakat qiladilar. Bolalar dars qoldirmasligiga sabab, o'qituvchini o'sha kungi darsidan mosuvo bo'lishi ular uchun jazo ekan. Mashg'ulotlarga kelmaslik yoki kechikib kelish degan narsa talabalarda mutlaqo yo'q va bu haqida hech kim gapirayotgani ham yo'q. talabalar uchun to'rtta mutaxasislik hamda uchta ixtisoslik fanlar qo'yib berilgan. Bolani chalg'itmaslik hamda mutaxaslik fanlarni to'liq o'zlashtirish uchun ana shunday o'ziga xos "Sistema" yo'lga qo'yilgan. Shu boisdan ham dars jarayonlarini qoldirmaslik uchun talabada yetarlicha sharoitlar mavjud.
Universitetda ijodiy jarayonlar ham juda yaxshi tashkil etilgan bo'lib, birinchi bosqichdan tortib to'rtinchi bosqich talabalari birgalikda yaxlit bir spektakl ustida ishlamoqda. Bu haqida yuqorida alohida ta'kidlab o'tgan edik. Ana shu spektakl uchun o'qituvchi kursiga qarab rol bo'lib bergan. Masalan, bosh qahramonlar roli to'rtinchi bosqich talabalari uchun, ikkinchi darajali qahramonlar roli esa uchinchi bosqich talabalari uchun. Birinchi va ikkinchi bosqich talabalari esa ommaviy sahnalarda. Agar birorta o'qituvchi ushbu spektaklning repetitsiya jarayonlariga darsni bahona qilib, bolalalarni bermasa, rejissyor-o'qituvchi, beg'ubor xafa bo'ladi va ijodiy tortishuv orqali bir-biriga e'tiroz bildiradi. Bu ham qaysidir ma'noda yoqimli holatdir. Negaki ular hech qanday me'yoriy xujjatlar, davomat yoki jurnal kabi buyrokratik e'tirozlar yo'q va bunday suhbat qurmayapti. O'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro tortishuvlar bir -biri bilan aloqalar, hatto talabalar o'rtasidagi suhbatlarda ham ijodiy jarayon ekanligini muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muhitda tarbiyalangan bola esa albatta kelajakda o'z ishiga mas'uliyatli bo'lib yetishishi ta'minlanishiga ishonchimiz komil.
Rassom, dekorator, grimyor o'qituvchilarning xonalari o'z mutaxasisliklaridan kelib chiqqan holda ajoyib tarzda bezatilgan. Xonada o'z sohasini yorituvchi dekoratsiyalar qo'yilgan. Yaroqsiz holga kelgan buyumlardan ustalik bilan foydalanib yasalgan dekorativ san'at asarlari, ijodiy ustaxonaga ajoyib muhit berib turibdi. Qolaversa xonadagi shaxsiy kutibxona va spektakl uchun chizilgan eskizlar ham inson rihiyatiga ijobiy ta'sir eta oladi. Ushbu eskizlar shu qadar mahorat bilan ishlanganki bir ko'rishda professional yondashuvni payqab olasiz. Masalan bir spektaklning eskizi o'n besh sahifali albomga joylangan bo'lib, birinchi sahifasida umumiy spektaklning dekoratsiyasi chizilgan, keying sahifada esa navbatdagi sahnaning dekoratsiyasi,
barcha sahnalar huddi shunday ketma-ketlikda chizilib alohida sahifaga quyidagi kabi joylangan:
Bu bilan mutaxasislar hech bir savolga o'rin qoldirmay barchasini tushinarli tarzda chizib chiqqanlar. Bularning barchasi, albatta ijodiy jarayonlarga professional yondashuv sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Auditoriya (Ijodiy ustaxona)larga kirar ekanmiz bu borada bizning oliy ta'lim muassasa bilan deyarli bir hil ekanligini ko'ramiz. Sababi biror auditoriyani ko'zdan kechirganimizda ushbu xonada qanday mashg'ulot o'tilishini aniq bilamiz. Deylik vokal xonasida fortepiano va shunga xos jixozlarni ko'ramiz yoki aktyorlik mahorati auditoriyasida, kichik sahna va shunga mos jixozlanganini ko'rishimiz mumkin. Nutq xonasi ham shunga mos ravshda jixozlangan. E'tiborli jixati shundaki ko'plab auditoriyalarga kirgan bo'lsak hammasi ijodiy ustaxona edi. Faqatgini bitta xona gumanitar ya'ni "Chet tili" (Ingiliz tili) va "Teatr tarixi" fanlari uchun mo'ljallangan. Demak bu yerda deyarli gumanitar fanlar talabalarga o'qitilmaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir talabaning mashg'ulot va repetitsiyaga kelmaslik yoki kechikib kelishga xaqqi yo'q. Agar shunday bo'lsa u holda talaba uchun bu uyatli bo'lar edi. Talabalar esa buni ongli ravshda doimo his qilib turishlari taxsinga sazovor.
Talabalar hamjihat bir biriga bo'ysinuvchan, har bir spektakl uchun tayyorgarliklarni talabalarni o'zlari shug'ullangan. Sahna dekoratsiyalari uchun grimlari, hatto, rol ijro qilish uchun kiyiladigan kiyimlarini ham talabaning o'zi harakat qilishi juda yaxshi. Yana bir bizning oliygohimiz bilan o'shash jihati, auditoriyani sahnani tozaligiga aktyorlarning ma'sulligidir. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad nima? Aktyorning sahnaga bo'lgan hurmatini yanada oshirishga sabab bo'ladi. Shuni yana bir bor ta'kidlash kerakki, bolalar talabalik paytidanoq tomoshabinlarga imtohon topshirishlari kerak. Shundagina sahnaga chiqqan paytda o'zini yanada erkin tutadi, hayajonini yengadi. Bizning maktablarda imtihon jarayonlarida barcha yo'nalish talabalari hamda professor o'qituvchilar tomoshabin sifatida tashrif buyurishadi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad bo'lajak aktyorni hayajonini yengish, katta sahnalarda o'zini tuta bilishini ta'minlashdir.
Lekin ba'zan shunday o'qituvchilar uchrab turadiki, talabani yil boshidan toki semester yakuniga qadar faqat imtihon jarayonlariga tayyorlash bilan band bo'ladi. Bu juda katta xato. Talabani dars paytida darsni o'zlashtirishini muntazam kuzatib borish kerak. Uni qilayaotgan xatolarini o'qituvchi bilib tuzatishi kerak. Ana shundagina talabada o'sish bo'ladi. O'quv jarayonida bolaning kamchiliklarini yashirish emas, to'g'irlash kerak. Harakat, plastika, va raqs darslari nima uchun o'qitiladi? Bu fanlar orqali bolani jismoniy erginligi ta'minlanadi. Bolani jismoniy siqiqlikdan chiqib ketishi uchun aktyorlik mahorati fanida juda ko'plab mashqlar bor. Jismoniy siqiqlik bolada juda ko'plab kamchiliklarni namoyon qiladi. Masalan, titroqlar, qo'l harakatini
boshqara olmaslik, kiyimiga moslasha olmaslik kabilar. Insonning xatti xarakati bilan psixologiyasi moslashmasa, maqsadlarga erishib bo'lmaydi.
Uchinchi kun
Uchinchi kun bizga universitetning bir oz og'riqli nuqtalarini namoyon qilgandek bo'ldi. Sababi uchinchi bosqichning ikkinchi semesteridan boshlab san'at oliy o'quv yurtlarida chet el dramaturgiyasidan spektakllar qo'yila boshlaydi. Universitetda ham Shekspir asarlari sahnalashtirilmoqda. Shekspir asariga rol ijro qilish uchun bola o'sha davr ruhiyatiga, xatti-harakatlariga, intonatsiyalariga, ohanglariga tayyor bo'lishi lozim. O'qituvchi talabaga yurish turishi haqida aytyapti, lekin Talabani o'sha muhitga tayyorlamayapti.
Bizning ta'lim tizimida aynan chet el dramaturgiyalariga qo'l urishdan avaval, deyarli uch yil davomida "Sahna harakati va janggi", "Ritmika va plastika", "Raqs" kabi fa'nlar majmuasi birin-ketin talabalarga o'rgatilib, kelgusida chet el klassik asarlarini sahnalashtirishga aktyorlarni tayyorlab boriladi. "Raqs" darslarida birinchi klassikadan boshlab, bolani badanini tayyorlashimiz kerak, lekin bu yerda unday yo'l tutilmayapti. Raqs xonada ritmni his qilishi uchun pionina yo'q. Talabaga "Ritmika" fani nima ekanligini o'rgatishimiz uchun ham bizga sharoit ya'ni musiqa bo'lishi kerak. Bo'lajak aktyor "Ritmika" fanini o'zlashtirmasa kelgusida uning ijrosiga ta'sir etishi mumkin.
Uuniversitet talabasining manolog o'qishini kuzatar ekanmiz, yuqoridagi fikrimizning isboti namoyon bo'lgandek tuyildi. Sababi talaba monolog o'qish jarayonida juda ko'p ortiqcha xarakat qildi, aslida esa bunday harakatlar qilinmaydi. Talaba o'zini charchatyapti. Nima uchun? Chunki, bu qoidalar ularda o'rgatilmaydi. Plastika fanini butun dunyoning rivojlangan oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladi. Professional teatrlari nutq bilan plastikani oliy ta'limni tugatgandan so'ng teatrda ham davom ettiradi. Ammo bu yerda plastika faniga unchalik e'tibor berilmas ekan. Natijada talabalarda shnada qo'pol, og'ir xatti-harakatlar ko'rinib qolayapti. Aksincha bo'lishi lozim. Chunki sahnada etika, estetika bor. Sahnada yiqilishni, qizning qo'llaridan turib yurishni ham o'ziga yarasha nozik qoidalari bor. Ammo biz kuzatgan aktyorda aktyorlik mahoratining ba'zi bir elementlari uchramayapti. Deylik aktyor o'zgarishi kerak bo'lgan jarayonda o'zgarmayapti yoki ba'zi jarayonda juda katta "Atsenka" (Baxolash) kerak bo'lgan jarayonda vaziyatni baxolay olmayapti. Aktyor spektaklning umumiy ruhiyatini yarata olmayotgandek ko'rinyapti. Shuni unitmasligimiz kerakki spektaklning tomoshaviyligi aktyorlar tomonidan o'sha ruhiyatni yarata olishi bilan belgilanadi.
Agar aktyor o'zini ko'chada yurgan xatti-harakati bilan Hamletning rolini o'ynaydigan bo'lsa, bu rol ishonarsiz chiqishiga sabab bo'ladi. Chunki Hamlet qirolning farzandi. Unga qilichbozlikni, tarixni, chet tilini, mukammal alohida uyiga o'qituvchilar kelib dars o'tgan, bilimli, kiyinishni biladigan, nutqlarida ravonlik
I [ccñ^^BI 252 http://oac.dsmi-qf.uz
mavjud bo'lgan bola. Agar aktyor bu rolni ko'cha harakteri bilan, o'sha davr ruhiyati bilan ijro etmasa, tomoshabindan farqi qolmaydi.
Rejissor o'z qarashlari bilan, aktyorning topilmalari bilan spektaklni shaklan o'zgartirishi mumkin. Lekin u asarning ruhiyatini o'zgartira olmaydi. Talabalarga Shekspir asarlari berilyapti lekin, Bolani o'sha muhitga tayyorlashmayapti. Shekispir asarlarini sahnalashtirish uchun ritmika plastika, harakatlarini va qilichbozlikni bilishlari zarur. Yuqoridagi barcha kamchiliklarning asosiy sababi sifatida aynan "Ritmika va plastika", "Sahna harakati va janggi" kabi fan o'qituvchi va mutaxasisilarning yetishmasligi bilan izoxlash mumkin. Talabalar bilan ishlash jarayonida "Ritmika", "Plastika", "Sahna harakati va janggi" fanlarining biror bir elementini o'rgatganimda talabalarning xayratlarini ko'rdim. Aynan shu jarayon ham universitetda yuqoridagi fanlar yuzasida kamchiliklar bor ekanini ko'rsatadi.
Bu kamchiliklarni pedagog-rejissyorlardan deb bilishimiz mutlaqo no to'g'ri va biz bunday demoqchi ham emasmiz. Chunki rejissyor bor imkoniyatlaridan kelib chiqib aktyorlarga to'g'ri ko'rsatmalar bermoqda va bir o'zi hammasini ham o'rgata olmaydi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun, albatta mutaxasis o'qituvhini tayyorlash yoki boshqa joydan yollashi lozim. Chunki bu fanlarni talabalar albatda o'zlastirishlari zarur. Agar o'rgatilmasa kelgusida professional faoliyatiga ta'sir etishi hech gap emas.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki aktyor tarbiyasida harbiycha intizom alihida ahamiyat kasb etadi. Dunyoning qaysi mamlakatida bo'lmasin "Teatr san'ati" "Kolektiv san'at" ekanligini, bunda "Temir intizom" proffesinallikni taminlashini unitmaslik lozim. Akityorlik san'ati maktabining negizini tashkil etadigan fanlar majmuasi bizning ta'lim tizimda qanday ahamiyat kasb etishini tahlil qilishda xalqaro kuzatuvlarning ahamiyati muhimligini yuqoridagi tahlillar namoyon qiladi. Xalqaro kuzatuvlardan shuni anglash mumkinki bunday jarayonlar bizning kamchilik va yutuqlarimizni yaqqol ochib bera oladi. Yutuqlar bizniki kamchiliklarni esa albatta bartaraf etish kelgusida proffesionallikni ta'minlashiga ishonchimiz komil.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Harakatlar strategiyasi: fan va ta'lim (muammo va yechimlar)" mavzusidagi yosh olimlar va doktorantlarning 5-ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI - Toshkent — 2021
2. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017
3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014
4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011
I ihSi^^Bl ^53 http://oac.dsmi-qf.uz
5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -
2016
6. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997
7. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" "Bilim" Toshkent - 2005
8. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent - 2014
9. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020