AKTYOR RIVOJIDA XALQARO ALOQALARNING O'RNI
Shamsiddin Yo'lchiboyevich Usmonov Otabek Rustambek o'g'li Anvarov O'zDSMI FMF
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ataturk universiteti hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filialida o'qitilib kelinayotgan aktyorlik san'ati maktabining yutuq va kamchiliklari, mashg'ulotlar jarayonlari, ijodiy jarayonlar hamda ijodiy "muhit" nazariy-amaliy jihatdan o'rganilib, tahlil ostiga olingan.
Kalit so'zlar: aktyorlik mahorati, etyud, raqs, intonatsiya, nutq, obraz, xatti-harakatlar metod, plastika sahna
THE ROLE OF INTERNATIONAL RELATIONS IN THE DEVELOPMENT
OF AN ACTOR
Shamsiddin Yolchiboyevich Usmanov Otabek Rustambek oglu Anvarov FRB of UzSIAC
Abstract: In this article, the achievements and shortcomings of the school of acting art taught at Ataturk University and Fergana regional branch of the State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan, training processes, creative processes and creative "environment" are theoretical and practical. studied and analyzed.
Keywords: acting skill, etude, dance, intonation, speech, image, behavioral method, plastic scene
O'zbek aktyorlik san'ati maktabini xalqaro ahamiyatini rivojlantirish maqsadida yurtimizda ko'plab ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Ana shunday amaliy ishlar qatorida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'na mintaqaviy filiali ham ko'plab xalqaro oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalar o'rnatib, soha rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Xususan Turkiyaning "Ataturk" universiteti bilan xalqaro aloqalarning o'rnatilishi filialning bu boradagi izlanishlarning amaliy isboti sifatida namoyon bo'lmoqda.
Ataturk Universitetiga tashrif biz uchun ijobiy taassurotlar bilan yodda qoldi. Xususan, universitetda haykaltaroshlarni, rassomlarni darsga kiradigan zalda ijodiy ishlarining namunalari qo'yilgani har bir tashrif buyuruvchiga, o'qituchilarga hamda talabalar ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Har bir o'quv xonlarini ko'zdan kechirar
HMM^^Hl 241 http://oac.dsmi-qf.uz
ekanmiz xonalar har bir yo'nalishga xos va mos tarzda dekaratsiyalar bilan bezatilganini guvohi bo'ldik. Ikkita xonaga tashrif buyurganimizda vokal xonasi hamda aktyorlar xonasida talabalar o'zlari mustaqil ravishda hech kimning majburligisiz o'z ustida ishlayotganini ko'rish bizni quvontirdi. Deylik bo'lajak aktyorlardan ikki kishi sahnada repetitsiya qilayotgan bo'lsa qolganlari sahnadagi aktyorlarga so'z berib turish, kamchiliklarini muhokama qilish orqali ko'maklashmoqda. Bundan ko'rinadiki talabalarning barchasi yakdil, bir yoqadan bosh chiqarib bir maqsad uchun intilmoqda. Bu quvonarli xolat albatta.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, yuqoridagi jarayonlar so'ngi paytlarda bizning talabalarda kam uchrayotgani, bizning ta'lim tizimda og'riqli nuqtalardan biri bo'lib kelmoqda. Mutlaqo yo'q deya olmaymiz bor, lekin yetarli emasdek ko'rinadi. Yana bir holat bu yerda xonaga kirgan paytimizda talabalarni birdan hayajonga tushib qolishini beixtiyor sezib qoldik. Bu holatni bartaraf etish uchun, bizning ta'limda bolalarni begona pedagog yoki tomoshabin oldida repetitsiya qilish, yoki imtixonlarni komissiyaga topshirish yo'lga qo'yilgan va bu bilan kelajakda bo'lajak aktyorlar tomoshabin oldida xayajonlarini tuta bilishga o'rgatadi. Ammo bu yerda imtihon faqat pedagogning o'ziga topshiriladi. Shu boisdan ham talabalar "begona ko'z" kelganida birdan xayajonga tushib qolmoqda. Shuning uchun ham imtihon jarayonlarini ko'pchilikning oldida o'tkazgan maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi.
Talabalar o'rtasida o'zaro hamjihatlik bor va doimo darslarda to'liq qatnashishga harakat qiladilar. Bolalar dars qoldirmasligiga sabab, o'qituvchini o'sha kungi darsidan mosuvo bo'lishi ular uchun jazo ekan. Mashg'ulotlarga kelmaslik yoki kechikib kelish degan narsa talabalarda mutlaqo yo'q va bu haqida hech kim gapirayotgani ham yo'q. talabalar uchun to'rtta mutaxasislik hamda uchta ixtisoslik fanlar qo'yib berilgan. Bolani chalg'itmaslik hamda mutaxaslik fanlarni to'liq o'zlashtirish uchun ana shunday o'ziga xos "Sistema" yo'lga qo'yilgan. Shu boisdan ham dars jarayonlarini qoldirmaslik uchun talabada yetarlicha sharoitlar mavjud.
Universitetda ijodiy jarayonlar ham juda yaxshi tashkil etilgan bo'lib, birinchi bosqichdan tortib to'rtinchi bosqich talabalari birgalikda yaxlit bir spektakl ustida ishlamoqda. Bu haqida yuqorida alohida ta'kidlab o'tgan edik. Ana shu spektakl uchun o'qituvchi kursiga qarab rol bo'lib bergan. Masalan, bosh qahramonlar roli to'rtinchi bosqich talabalari uchun, ikkinchi darajali qahramonlar roli esa uchinchi bosqich talabalari uchun. Birinchi va ikkinchi bosqich talabalari esa ommaviy sahnalarda. Agar birorta o'qituvchi ushbu spektaklning repetitsiya jarayonlariga darsni bahona qilib, bolalalarni bermasa, rejissyor-o'qituvchi, beg'ubor xafa bo'ladi va ijodiy tortishuv orqali bir-biriga e'tiroz bildiradi. Bu ham qaysidir ma'noda yoqimli holatdir. Negaki ular hech qanday me'yoriy xujjatlar, davomat yoki jurnal kabi buyrokratik e'tirozlar yo'q va bunday suhbat qurmayapti. O'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro tortishuvlar bir -biri bilan aloqalar, hatto talabalar o'rtasidagi suhbatlarda ham ijodiy jarayon ekanligini
I ícclT^^^^H 242 http://oac.dsmi-qf.uz
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muhitda tarbiyalangan bola esa albatta kelajakda o'z ishiga mas'uliyatli bo'lib yetishishi ta'minlanishiga ishonchimiz komil.
Rassom, dekorator, grimyor o'qituvchilarning xonalari o'z mutaxasisliklaridan kelib chiqqan holda ajoyib tarzda bezatilgan. Xonada o'z sohasini yorituvchi dekoratsiyalar qo'yilgan. Yaroqsiz holga kelgan buyumlardan ustalik bilan foydalanib yasalgan dekorativ san'at asarlari, ijodiy ustaxonaga ajoyib muhit berib turibdi. Qolaversa xonadagi shaxsiy kutibxona va spektakl uchun chizilgan eskizlar ham inson rihiyatiga ijobiy ta'sir eta oladi. Ushbu eskizlar shu qadar mahorat bilan ishlanganki bir ko'rishda professional yondashuvni payqab olasiz. Masalan bir spektaklning eskizi o'n besh sahifali albomga joylangan bo'lib, birinchi sahifasida umumiy spektaklning dekoratsiyasi chizilgan, keying sahifada esa navbatdagi sahnaning dekoratsiyasi, barcha sahnalar huddi shunday ketma-ketlikda chizilib alohida sahifaga quyidagi kabi joylangan:
Bu bilan mutaxasislar hech bir savolga o'rin qoldirmay barchasini tushinarli tarzda chizib chiqqanlar. Bularning barchasi, albatta ijodiy jarayonlarga professional yondashuv sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Auditoriya (Ijodiy ustaxona)larga kirar ekanmiz bu borada bizning oliy ta'lim muassasa bilan deyarli bir hil ekanligini ko'ramiz. Sababi biror auditoriyani ko'zdan kechirganimizda ushbu xonada qanday mashg'ulot o'tilishini aniq bilamiz. Deylik vokal xonasida fortepiano va shunga xos jixozlarni ko'ramiz yoki aktyorlik mahorati auditoriyasida, kichik sahna va shunga mos jixozlanganini ko'rishimiz mumkin. Nutq xonasi ham shunga mos ravshda jixozlangan. E'tiborli jixati shundaki ko'plab auditoriyalarga kirgan bo'lsak hammasi ijodiy ustaxona edi. Faqatgini bitta xona
gumanitar ya'ni "Chet tili" (Ingiliz tili) va "Teatr tarixi" fanlari uchun mo'ljallangan. Demak bu yerda deyarli gumanitar fanlar talabalarga o'qitilmaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir talabaning mashg'ulot va repetitsiyaga kelmaslik yoki kechikib kelishga xaqqi yo'q. Agar shunday bo'lsa u holda talaba uchun bu uyatli bo'lar edi. Talabalar esa buni ongli ravshda doimo his qilib turishlari taxsinga sazovor.
Talabalar hamjihat bir biriga bo'ysinuvchan, har bir spektakl uchun tayyorgarliklarni talabalarni o'zlari shug'ullangan. Sahna dekoratsiyalari uchun grimlari, hatto, rol ijro qilish uchun kiyiladigan kiyimlarini ham talabaning o'zi harakat qilishi juda yaxshi. Yana bir bizning oliygohimiz bilan o'shash jihati, auditoriyani sahnani tozaligiga aktyorlarning ma'sulligidir. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad nima? Aktyorning sahnaga bo'lgan hurmatini yanada oshirishga sabab bo'ladi. Shuni yana bir bor ta'kidlash kerakki, bolalar talabalik paytidanoq tomoshabinlarga imtohon topshirishlari kerak. Shundagina sahnaga chiqqan paytda o'zini yanada erkin tutadi, hayajonini yengadi. Bizning maktablarda imtihon jarayonlarida barcha yo'nalish talabalari hamda professor o'qituvchilar tomoshabin sifatida tashrif buyurishadi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad bo'lajak aktyorni hayajonini yengish, katta sahnalarda o'zini tuta bilishini ta'minlashdir.
Lekin ba'zan shunday o'qituvchilar uchrab turadiki, talabani yil boshidan toki semester yakuniga qadar faqat imtihon jarayonlariga tayyorlash bilan band bo'ladi. Bu juda katta xato. Talabani dars paytida darsni o'zlashtirishini muntazam kuzatib b orish kerak. Uni qilayaotgan xatolarini o'qituvchi bilib tuzatishi kerak. Ana shundagina talabada o'sish bo'ladi. O'quv jarayonida bolaning kamchiliklarini yashirish emas, to'g'irlash kerak. Harakat, plastika, va raqs darslari nima uchun o'qitiladi? Bu fan lar orqali bolani jismoniy erginligi ta'minlanadi. Bolani jismoniy siqiqlikdan chiqib ketishi uchun aktyorlik mahorati fanida juda ko'plab mashqlar bor. Jismoniy siqiqlik bolada juda ko'plab kamchiliklarni namoyon qiladi. Masalan, titroqlar, qo'l harakatini boshqara olmaslik, kiyimiga moslasha olmaslik kabilar. Insonning xatti xarakati bilan psixologiyasi moslashmasa, maqsadlarga erishib bo'lmaydi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, ijodiy jarayonlarning umumiy maqsad va vazifasi, insoniyat olamiga yetuk san'at asarlarini yetkazish hisoblanar ekan, bu jarayonlarga jiddiy va professional yondashuv ta'lim jarayonlaridanoq boshlanishi kerak. Kelgusida yetuk san'atkorlar, san'at asarlari insoniyatga xizmat qilsa bu san'at oliygoxlarining yutuqlari bo'lib qoladi. Kelajak avlodning ma'naviy yetuk insonlar bo'lib yetishishida san'at va madaniyat sohasi asosiy omillardan biri hisoblansa, demak bu sohaning yetuklik darajasiga erishish uchun barcha san'at va madaniyat muassasalari o'z ishiga professional yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Harakatlar strategiyasi: fan va ta'lim (muammo va yechimlar)" mavzusidagi yosh olimlar va doktorantlarning 5-ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI - Toshkent — 2021
2. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017
3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014
4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011
5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -
2016
6. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997
7. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" "Bilim" Toshkent - 2005
8. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent - 2014
9. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020