Научная статья на тему 'AKTYOR IJODIDA TABIIY XATTI-HARAKAT HAMDA SAHNAVIY ISHONCH MASALASI'

AKTYOR IJODIDA TABIIY XATTI-HARAKAT HAMDA SAHNAVIY ISHONCH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
172
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / obraz / ichki-psixik / xatti-harakat / drama / mahorat / rol / teatr / sahna / pyesa / berilgan shart-sharoit / tomosha

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shamsiddin Yoʻlchiboyevich Usmonov

Ushbu maqolada aktyorning sahnada erkin xatti-harakati, sodir boʻlayotgan voqeaga nisbatan ishonchning naqadar muhim ekanligi va bularga qanday erishish mukinligi, teatr sanʼatida spektaklning tomoshaviyligiga erisha olish va tomoshabinga taʼsiri, xalqaro tajriba va kuzatuvlar orqali tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYOR IJODIDA TABIIY XATTI-HARAKAT HAMDA SAHNAVIY ISHONCH MASALASI»

AKTYOR IJODIDA TABIIY XATTI-HARAKAT HAMDA SAHNAVIY

ISHONCH MASALASI

Shamsiddin Yo'lchiboyevich Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorning sahnada erkin xatti-harakati, sodir bo'layotgan voqeaga nisbatan ishonchning naqadar muhim ekanligi va bularga qanday erishish mukinligi, teatr san'atida spektaklning tomoshaviyligiga erisha olish va tomoshabinga ta'siri, xalqaro tajriba va kuzatuvlar orqali tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: aktyor, obraz, ichki-psixik, xatti-harakat, drama, mahorat, rol, teatr, sahna, pyesa, berilgan shart-sharoit, tomosha

NATURAL BEHAVIOR AND STAGE CONFIDENCE IN ACTING

Shamsiddin Yulchiboyevich Usmanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the actor's free behavior on the stage, how important it is to be confident in what is happening and how it can be achieved, the ability to achieve the spectacle of the performance in theater art and its effect on the audience, international experience and observations are analyzed in this article.

Keywords: actor, image, inner-psychic, behavior, drama, skill, role, theater, stage, play, given conditions, performance

So'nggi yillarda madaniyat va san'at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san'at muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabr "O'zbekistonda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qarorida, yosh ijodkorlarga ta'lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratish, madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o'sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin oshirish imkonini yaratish belgilab qo'yildi.

Qolaversa ushbu qaror bilan madaniy sohada o'zaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, bu borada teng huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida e'tibor qaratish ham belgilab qo'yilgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz kerakki, milliy madaniyatimizni xususan teatr san'atini yanada rivojlantirish yo'lida xalqaro tajribaning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham bu borada ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali Turkiyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan "Ataturk" universiteti bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yib, ko'plab sohalarda, jumladan teatr san'atida ham o'zaro tajribalar amalga oshirilmoqda. Xususan ta'lim va ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishish natijasida ulkan tajribaga ega bo'lmoqdamiz.

Ana shunday xalqaro tajriba alishish jarayonida "Erzurum davlat teatri"ga tashrif buyurdik. U yerda sahnalashtirilgan "Halokatli o'yin" spektaklini tomosha qilar ekanmiz beixtiyor ushbu spektakl hususida mulohaza qildik.

Eng avvalo shuni ta'kidlab o'tishimiz joizki "Ataturk" universitetining ta'lim natijasini ushbu spektakl yaqqol namoyish eta olgan. Sababi "Halokatli o'yin" spektaklining deyarli barcha ijodkorlari, rejissor va aktyorlar ansambli universitetni turli yillarda bitirgan talabalari hisoblanadi. Bu albatta universitetning bevosita muvaffaqiyatlaridan biri desak hech bir mubolag'a bo'lmaydi. Buni bevosita aktyorlarning sahnada ijro mahorati orqali ko'rishimiz mumkin.

Spektaklda aktyorlarning bir-biridan farq qiluvchi, takrorlanmas xarakterlarni yarata olgani katta yutuqlaridan biri bo'lsa, yana bir muvaffaqiyati sahnada juda ham erkin xatti-harakat qilishlaridir. Eng asosiysi har bir aktyorning ichki psixik hamda psixofizik xatti-harakati juda ham ishonchli ko'rinishi hamda har bir aktyor o'ziga topshirilgan obrazni qayta gavdalantira olganidir. Aktyorlar sahnada xatti-harakat qilar ekan asar qahramonini o'ziniki qilib olib, sahnada aktyor emas aynan asar qahramonining o'zi harakatlanayotgandek ta'surot qoldiradi. Aktyorlar muallif yozib bergan so'zlarni shunchalik o'zlashtira olganki, hozir shu tobdayoq aktyorlar tomonidan sodir bo'layotgan voqealar natijasida tug'ilayotgandek ishonchli ko'rinish olgan.

Spektaklda bor yo'g'i ikki yigit hamda bir qiz jami uch qahramon ishtirok etgan bo'lsa, bular, Ofitsiant, Millioner ayol hamda Qorovul. Ushbu obrazlarni aktyorlar shunday mahorat bilan, "cho'milib" ijro etganlarki bir soniya bo'lsa-da holatdan chiqmay, obrazda yashaydi. Aktyorlar sahnada oddiy aktyor emas o'sha Oifitsiant, o'sha Qorovul, o'sha Millioner qiz tamom. Spektaklning oxirgi soniyalariga qadar tomoshabinni diqqat markazida tura olgan. Tomosha davomida, holatdan chiqib ketish, biror-bir xatti-harakatining o'xshamay qolishi, rejissor tomonidan berilgan vazifa yoki muallif tomonidan berilgan so'zni yodidan chiqarib qo'yish kabi xolatlarga aktyorlarning o'zlari mutlaqo yo'l qo'ymayotgani tahsinga sazovor albatta.

Yuqoridagi fikrlarning isboti o'laroq asardagi bir sahnani yodga olsak. Tomosha davomida Qorovul sahnadagi tokchaga bir narsalar otib o'tiradi. Qorovulning otgan narsalaridan biri boshqa yoqqa ketib qolsa, yana biri tomoshabin tomonga uchib ketadi.

Lekin aktyorda, "Repetitsiya jarayonida bunday holat bo'lmagan edi, endi nima qildim?" degan tug'yon mutlaqo yo'q. Soniyaga bo'lsada diqqatini yo'qotmay voqea hozir shu ondayoq sodir bo'layotgandek xatti-harakat qilmoqda. Otayotgan narsalari tokchaga borib tegadimi yo'qmi uning uchun ahamiyatsiz. Ana shu shunday bo'lishi kerak va boshqa narsalar uning uchun mutlaqo qiziq emas. Chunki aktyor hozir sodir bo'layotgan voqea ichida borini berib yashamoqda va aktyor uchun sodir bo'layotgan voqea kecha yoki bugun sodir bo'layotgani yo'q, ayni zamon va makonda hozir sodir bo'lmoqda. Bu esa aktyor ijodida juda muhim omil bo'lib, spektakl jarayonida har qanday vaziyat aktyor uchun hozir sodir bo'layotgandek ta'sir etishi kerak. Qaysiki aktyor spektakl davomida qandaydir vaziyat ro'y bersa, "Kecha repetitsiyada boshqacha bo'lgan edi, bugun boshqacha sodir bo'lmoqda",- degan fikrda bo'lib, obraz holatidan soniyaga chetga chiqsa, demak u aktyor o'sha sahnada yashamagan deb ayta olamiz.

Yana bir vaziyatda Millioner qiz filning haykalchasi bilan Qorovulning boshiga urib o'ldiradi. Bu vaziyatda ham aktrisa ijrosida voqea ayni damda hozir sodir bo'layotgandek ko'rinishi bevosita diqqatni tortadi. Sababi aktrisa ushbu sahnani shu qadar ishonarli tarzda ifoda etganki, uning his tuyg'ulari, kechinmalari ayni o'sha vaqtda ilk martda odam o'ldirganini ifoda eta olgan. Aynan ilk martda odam o'ldirib qo'ygan qizning his tuyg'ularini to'g'ri ijro eta olishi aktrisa uchun juda muhim. Spektakl davomida bunday jarayonlarni ko'plab uchratishimiz mumkin. Lekin har bir aktyor yuqorida ta'kidlaganimizdek hech bir vaziyatda obraz holatidan chiqmay, voqea aniq zamon va makonda hozir sodir bo'layotgandek xatti-harakat qilgan.

Spektakl davomida maxsus sahnalashtirilgan sahnalardagi murakkab xatti-harakatlarning beixtiyoriy ravishda o'xshamay qolishi yoki repetitsiyada bo'lgani kabi bo'lmasligi kamdan-kam xollarda uchraydi. Lekin o'sha harakatlarni o'ziga ishontira olmaslik butun spektaklni barbod qiladi. Demakki harakatning nozikligi aynan shunda ekanligini unutmasligimiz lozim. Chunki spektakl davomida akyorlar bir-birlarini rostdan urmaydi yoki o'ldirmaydi. Lekin aktyorning o'sha damda beixtiyoriy ravishda holatdan kelib chiqqan xolda urganligi yoki odamni o'ldirib qo'yganligini to'g'ri ijro etishi orqali tomoshabinni ishontira olish, aktyor uchun albatta muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki shu vaqtda uradigan tarsakisi yoki otadigan o'qi ozgina bo'lsada o'xshamay qolsa, tomoshabin bundan oldingi va keyingi voqealarga mutlaqo ishonmaydi. Bu albatta spektakl ijodkorlari uchun katta yo'qotishdir.

"Halokatli o'yin" spektaklining umumiy xatti-harakat va holatini kuzatganimizda shuni aytishimiz kerakki boshlang'ich voqea bilan final voqea bir-biridan tubdan farq qiladi. Sababi spektaklning boshlang'ich voqeasida sahnada joylashgan juda ham tartibli dekoratsiya, tugal voqeagacha butunlay o'zgarib ketdi. Jumladan, juda chiroyli yasatilgan o'rindiq buzilgan, tokchadagi kitoblar har tomonga sochilgan, devorga osig'liq surat, barcha-barchasi har tomonga sochilib uyning "oyog'i osmonda" bo'lib

ketdi. Spektakl davomida sahnada tomoshabinga qanday buyum ko'ringan bo'lsa barchasi aktyorlar tomonidan ishlatilgan. Tomoshabin, spektaklning boshlang'ich voqeasida ko'rgan sahna bilan so'ngi daqiqalardagi sahnaning tubdan farqi bor edi va shunday bo'lishi ham kerak.

Ana endi aktyorlar spektakl davomida qanday o'zgarib bordi? Ko'z o'ngimizda aktyorlar sahnadan sahnaga shunday o'zgarib bordiki, natijada spektakl boshlangan vaqtdan, so'ngi sahnadagi, vaqtda aktyorlar tubdan farq qilar edi. Qanday kiyimda edi, qanaqa xarakterda edi, holati qanday edi, aktyor sifatida o'sha voqealar unga ta'sir qildi va tubdan o'zgardi. Agar aktyorga sodir bo'layotgan voqealar ta'sir qilmasa, spektaklning bosh voqea bilan final voqeani bir xil ko'rinishga olib keladi va buni tomoshabin ko'rmasligi mumkin. Mantiqan olib qaraganda umri davomida biror martda odam o'ldirmagan inson odam o'ldirib qo'yib yana mutlaqo o'zgarmasligi mumkin emas. Aktyor o'zgarishga majbur, agar o'zgarmasa u holda u aktyor emas!

Pedagog yoki rejissor aktyorlar bilan ishlash jarayonida ba'zan "Senda mimika ishlamayapti",-degan e'tiroz bildirishi mumkin. Bu albatta qaysidir ma'noda noto'g'ridir. Pedagog yoki rejissor bu vaqtda holat yoki tuyg'uga topshiriq berishi lozim. Bu paytda aktyorga albatta o'zbek teatr san'ati maktabi asosi hisoblangan "Kechinma san'ati"ning asoschisi K.S Stanislavskiyning sirli "Agarda"si yordamga keladi va aktyor sahnada berilgan shart-sharoitda tabiiy xatti-harakat qila boshlaydi. Agar aktyor "Kechinma san'ati"ning asosi sanalgan sirli "Agarda"ni to'g'ri qo'llay bilsa va sahnadagi har bir holatga to'g'ri munosabat bildira olsa, ya'ni salbiy holatga yig'lasa yoki ijobiy holatga xursand bo'lsa, u xolda aktyor "Kechinma san'at"ni to'g'ri o'zlashtira olgan deyishimiz mumkin. Ana shunda aktyorning yuzidagi mimika o'z-o'zidan yig'laydi yoki kuladi. Bu maktab bo'yicha biz har bir holatni o'zimizdan o'tkazamiz va bu albatta aktyorning qalbida bo'lishi kerak. Biz yuqorida ta'kidlaganimiz uch aktyorning barchasida aynan mana shu jarayon sodir bo'lmoqda va albatta har bir holatni aktyorlar o'zidan o'tkazib erkin xatti-harakat qilmoqda. Bu albatta aktyorlarning eng katta yutuqlaridir.

Albatta har bir spektakl qaysidir ma'noda juz'iy kamchiliklardan xoli bo'lmaydi. "Halokatli o'yin" spektaklida ham shunday kamchiliklarga biroz duch keldik. Spektaklning boshlanishida aktyorlarning dialoglarda yoki xatti-harakatlarida bir oz shoshilib qolganini ko'ramiz. Biroq bu holat ham tomoshabinga bilinmaydi, aksincha barchasi juda yaxshi ta'sir ko'rsata olgan. Sababi u yerda tomoshabinni diqqatini doim tortib turuvchi "tomosha" bor va bu albatta teatr san'atining eng asosiy vazifasidir. Shu sababdan ham tomosha davomida biror insonning diqqati chalg'igan holatni yoki antrakt payti biror tomoshabin teatrni tark etganini uchratmadik.

O'zbek teatr sahnalarida ham mana shunday sahna asarlarini uchrata olamiz. Biroq bunday spektakllarimiz juda ham kam uchraydi. Teatr san'atining asosiy vazifasi barcha spektakllarimizni ana shunday ko'rinishga olib kelishga erishish hisoblanadi.

Chunki tomoshabin teatrga "tomosha" ko'rgani keladi va keyingi safar bugun ko'rgan "tomosha"ni ko'ra olmasligi mumkin. Shunday ekan teatrlarimiz hamisha izlanishdan to'xtab qolmasligi kerak. Aktyorlarimiz esa har bir spektaklda bugun, ayni damda sodir bo'layotgandek bu voqeaga ilgari duch kelmagan va keyin ham duch kelmasligi mumkindek, ishonch bilan ijro etmog'i eng muhim vazifasi bo'lmog'i lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki teatr san'ati ijodkorlari tomoshabin uchun ijod qilar ekan, spektaklning tomoshaviyligini ta'minlash, har bir ijodkorning asosiy vazifasi bo'lmog'i lozim. Aktyor va rejissorlar teatr san'ati maktabini chuqur o'rganishi, to'g'ri anglab sahnada yashay olishi, rejissorlar to'g'ri ko'rsatma bermog'i va albatta pedagog bo'lajak rejissor va aktyorlarni to'g'ri tarbiyalamog'i eng muhim vazifa ekanligini unutmasligi lozim. Bunda albatta xalqaro tajriba ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Harakatlar strategiyasi: fan va ta'lim (muammo va yechimlar)" mavzusidagi yosh olimlar va doktorantlarning 5-ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI - Toshkent — 2021

2. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011

5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

6. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997

7. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" "Bilim" Toshkent - 2005

8. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z nashriyoti" Toshkent - 2014

9. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.