Научная статья на тему 'SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO HAMKORLIKNING O‘RNI'

SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO HAMKORLIKNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
45
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyorlik mahorati / etyud / raqs / intonatsiya / nutq / obraz / harakatlar metodi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shamsiddin Yoʻlchiboyevich Usmonov

Turkiyaning Ataturk universiteti “Go‘zal san’atlar” fakultetida ilmiy izlanish olib borildi. Ushbu maqolada Ataturk universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialida o‘qitilib kelinayotgan fanlar, dars berish metodlari, nazariy-amaliy jihatdan o‘rganilib, tahlil ostiga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO HAMKORLIKNING O‘RNI»

SAN'AT VA MADANIYAT TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO

HAMKORLIKNING O'RNI

Shamsiddin Yo'lchiboyevich Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Turkiyaning Ataturk universiteti "Go'zal san'atlar" fakultetida ilmiy izlanish olib borildi. Ushbu maqolada Ataturk universiteti hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filialida o'qitilib kelinayotgan fanlar, dars berish metodlari, nazariy-amaliy jihatdan o'rganilib, tahlil ostiga olingan.

Kalit so'zlar: aktyorlik mahorati, etyud, raqs, intonatsiya, nutq, obraz, harakatlar metodi

THE ROLE OF INTERNATIONAL COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF ARTS AND CULTURE EDUCATION

Shamsiddin Yolchiboyevich Usmanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Scientific research was conducted at the "Fine Arts" faculty of Ataturk University of Turkey. In this article, the subjects taught at the Fergana regional branch of the Ataturk University and the State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, the methods of teaching, are theoretically and practically studied and analyzed.

Keywords: acting skill, etude, dance, intonation, speech, image, method of actions

Turkiyaning Ataturk Universitetining aktyorlik san'ati maktabi O'zbek aktyorlik san'ati maktabiga deyarli o'xshab ketadi. Sababi "Ataturk" universitetida ham aktyorlarni tarbiyalashda ilk bosqichlarda so'zsiz hatti-harakatlarni ko'rish, sezish, fikrlash, eshitish kabi unsurlarga qurib olinadi. O'qituvchi Tufan Emre Unal bilan suhbat jarayonida barcha bosqich talabalari uchun dars mashg'ulotlari va metodlari haqida tanishtirdi. Birinchi bosqich talabalariga barcha mashg'ulotlar voqelik ostidagi etyudlarga qurilgan. Aktyorlik mahorati hamda raqslar ham voqelik bilan bog'langan holda ijro etilar ekan. Raqslarni ijro etishda har bir harakatni voqelikka qurib mahorat bilan ijro etishlari albatta professionallikdan dalolat beradi.

Aktyorlarni nutqi uchun ham mana shunday talab qo'yiladi - "Hatti-harakatga qurilgan va albatta voqea bo'lsin". Birinchi bosqichda so'zga sal kechroq o'tilsada lekin, ikkinchi bosqichning birinchi semestridan to'liq antik davr Yunon asarlaridan monologlar o'rgatiladi. Talabalarga monolog o'rgatishning asosiy maqsadi tuyg'uni

shakllantirish hisoblanib, talabaning o'qigan monologidan keyin "Hozirgi holatdagi tuyg'usi nimalardan iborat, qayerda o'zgaryapti?" - degan savol o'rtaga tashlanadi va muhokama qilinadi.

Bugungi kunda bizning ta'lim jarayonlarining bir semestri besh oy bo'lsa, shundan to'rt oyini talaba bilan mashg'lot o'taymiz. Beshinchi oyni esa faqat imtixon jarayonlariga tayyorgarlikka sariflaymiz va natijani komissiyaga topshiramiz. Kafedra ustozlarning xulosasidan kelib chiqib talabalarni baholaymiz. Bu yerda esa talaba o'zini ustida mustaqil tayyorlanib, o'qituvchining o'ziga imtixon topshiradi. Kredit moodle tizimida talabaning ijrosiga qarab, savollarga bergan javobini inobatga olgan holda o'qituvchining o'zi baholab boradi. Bunda talabalar 3 bosqichli imtixon jarayonidan o'tishlari kerak. Bular:

Ijro (Amaliy).

Ijro haqida savol-javob. (Og'zaki)

Asardagi obrazning harakteri. (Yozma. Bunda asardagi obrazining xarakterini yozma shaklda topshirish kerak)

Bizning o'qitish uslubimiz ham huddi shunga o'xshash. Talabalar asarni o'rganib keladi va kerakli maslahat va tavsiyalarimizni beramiz va yana o'z ustida ishlab keladi. Oliygohimiz o'qituvchilarida mas'uliyat juda yuqori bo'lganligi sababli bir oy qolganda o'qituvchi talaba bilan birgalikda imtixon uchun tayyorgarlik ko'rib boradi. O'qituvchi va talabalarning mas'uliyati yuqori bo'lishining sababi bizda imtixon komissiyaga topshiriladi. Chunki komissiya fikr beradi va baholaydi. Bularda esa o'qituvchi o'zi fikr beradi va o'zi baholaydi. Bu - Ustozga bo'lgan ishonchning yuqori ekanligini bildiradi desak ham bo'ladi va bu bolalarni erkin ijod qilishga, mas'uliyatli bo'lishga undaydi deb ayta olamiz. Aksariyat qizlar monologni haqiqatdan ham o'zi tushunib, his qilib ijro etyapti. Kerak bo'lsa ko'zidan yosh chiqadi, o'z o'rnida kuladi ham. Harakterga juda katta e'tibor berayotgani yo'q. Talaba qanday tushunsa, qanday anglasa, o'zi bo'lib ijro etyapti. Bu - juda to'g'ri.

Jumladan Medeya obrazini misol qilib oladigan bo'lsak, uni yoshiga, harakteriga, kasbiga mos harakat qilish kerak, shunga mos intonatsiya, ohangda gapirish kerak deb talab qo'yamiz. Ijrochida o'sha davr ruhiyati paydo bo'lishi kerak. Bu yerda esa talaba asarda o'zi bo'lib rol ijro etyapti. "Shoh Edip", "Medeya", "Elektra" spektallarini ko'rib, shunga amin bo'ldimki, antik davr Yunon asarlarini talabalar o'zlari o'qib, o'zlari tayyorgarlik ko'rar ekan. Oxirida 3 ta asardan 2 tasini ijro qilib beradi va o'qituvchi talabaning ijrosiga qarab kredit moodle tizimida baholab boradi. Ayrim ustozlar bolalarni kichkinagina tayyorlagan ijrosini qo'llab-quvvatlayapti, lekin yaxshi ijrolarni ijobiy qabul qilmayapti. Ko'plab talabalarning ijrolarini ko'rgan bo'lsak, ba'zilarining ijrolari ikkinchi bosqich talabaligini inobatga olib shuni ayta olamizki, ularning ijro mahorati, xatti-harakati juda yaxshi. Bu esa eng katta yutuqlaridan biridir.

Universitetga kelganimdan beri odamni xursand qiladigan omillar juda ko'p. Masdalan, mas'uliyat va sahnadagi erkinlik juda yuqori. Eng quvonarlisi shundaki, talabalarga darsga kelishni yoki bo'lmasa biror asarni olib, o'qishni hech kim majbur qilgani yo'q. O'qituvchi o'zi bo'lmasa ham o'z ustida tinmay shug'ullanishi, talabaning ilmga bo'lgan mehri, mas'uliyat va sahnadagi erkinlik yuqori ekanligidan dalolat beradi. Lekin, men o'ylaymanki, ijro yaxshi bo'lsa, Ustoz - ijrochini e'tirof etishi kerak. Yomon ijro bo'lgan bo'lsa, o'ziga aytish kerak va o'qituvchi ijrodagi kamchiliklarini bartaraf etishi lozim. Misol uchun "Medeya" monologini yigit kishi ham qiz bola ham o'qib berdi. Bu darsda nimani o'qishda emas, qanday o'qish masalasi ilgari surilgan. Darsning nomi "Aktyorlik mahorati" ham emas, "Sahna nutqi" ham emas, bu fan - "Rol", rol ustida ishlash. Aktyorning o'z ustida hamda rol ustida ichki va tashqi tomonidan ishlashiga asoaslangan.

Bizga ma'lumki Stanislavskiy sistemasi sahnada hissiyotni tashqi tomonidan ko'rsatib, aktyor ijrochiligini kasb (hunar)ga, qolipga aylantiruvchi, aktyor ijodiga ilhomning o'zi yetarli deb qarovchi san'atga qarshi qaratilgan. Sahna xatti-harakati xususidagi ta'limoti Stanislavskiy sistemasining asosini tashkil qiladi. Stanislavskiy diqqatini asosan teatrda aktyorning tabiiy, ijodiy kayfiyati va sahnaviy obraz yaratish masalasiga qaratib, o'z sistemasini 2 bosqichga: aktyorning o'z ustida hamda rol ustida ishlashiga ajratadi. Stanislavskiy sistemasi aktyor oldiga qator vazifalar qo'yadi. Ana shu vazifalar orasida eng muhimi aktyorning pyesa mazmunini to'liq tushunishi, tavsiya etilgan muhitda o'zini unga mos va uyg'un his eta bilishidir. Mazkur tamoyilni amalga oshirish maqsadida K. S. Stanislavskiy "jismoniy harakat metodi", "qalb ko'zi bilan ko'ra bilish", "harakat tahlili" va "oliy maqsad" qoidalarini ishlab chiqdi. Aktyor o'z oldiga "oliy maqsad", ya'ni aniq g'oyaviy ijodiy niyat qo'ysagina, uning ijodi badiiy yetuk va ta'sirli bo'ladi.

O'zbek professional teatri XX asrning 30-yillaridan e'tiboran Stanislavskiy sistemasiga amal qilib keladi. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ham aktyor va rejissorlarni tayyorlashda Stanislavskiy sistemasi qo'llanib kelinadi.

"Ataturk" universitetining "Go'zal san'atlar" fakultetida uchinchi bosqichdan boshlab aktyorlik mahorati darslari boshlanadi. Ikkinchi bosqichning ikkinchi smestridan boshlab, Anton Chexov asarlari ustida ishlanadi. Uchinchi bosqichga o'tganda "Shekspir" asarlaridan parchalar ishlanadi. Demak, eng pastki bosqichdan boshlab dars o'tish o'quv rejasiga kiritilgan. Ya'ni teatrni paydo bo'lishi, vujudga kelishidan boshlab, rivojlanish davri va bugunga qadar bosqichma-bosqich dars jarayonlari o'tkaziladi.

Bizning talabalar ham aynan shu asarlarni ijro qiladi. Hatto O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Munavvara Abdullayeva "Medeya" asarini diplom ishi sifatida ishlab chiqqan. Bizning o'qitish metodimizdan farqi shundaki, biz talabaga bir smestrda aynan mana shu antik yunon davri asarlarini ijro qilish kerak deb

uqtirmaymiz. Talabalar asarni o'zlari erkin tanlaydi. Bir semestr faqat o'zbek asarlaridan parchalar ishlaydigan bo'lsak, talaba o'zbek asarlaridan tanlagan parchalarini ijro etishi mumkin. Tanlagan asari hoh tarixiy bo'lsin, hoh bugungi zamonaviy bo'lsin. Lekin bizda ham shunday talab borki, yoshingga, harakteringga, harakatingga mos bo'lgan obraz tanlab olish masalasi mavjud. Maktabimizning o'xshashligi ham mana shunda deb hisoblayman. To'rtinchi bosqichga o'tganda esa to'liq metrajli spektakl qo'yishi mumkin, yoki zamonaviy asarlardan parchalar ijro etib, asar haqida gapirib beradi hamda yozma ravishda diplom ishi topshiradilar.

Bizda esa aksincha, aktyorlar, cholg'uchilar, folklor yo'nalishlarida yozma ravishda diplom ishi topshirmaydilar. Faqat rejissorlik yo'nalishidagina spektakl sahnalashtiradi, ham ssenariysini yozadi va komissiya uchun asarni tahlil qilib beradi. Kutubxona axborot faoliyati, Teatrshunoslik, Dramaturgiya yo'nalishlarda esa diplom ishini yozma ravishda himoya qiladi.

Umuman olganda ushbu Universitet bilan maktabimiz mazmunan deyarli bir xil, ammo shaklan boshqacha. Men shu narsani aytishim mumkinki, talabalarni ijro mahorati yaxshi shakllanganligi, ularni erkin ijrolaridir. Talabalar o'z ustida mustaqil ishlashlarini sababi ularning vaqti bor. Talabalar deyarli hech narsaga chalg'iyotgani yo'q. Chunki, mutaxassislik fanlaridan tashqari boshqa o'qishi kerak bo'lgan fanlari juda ham kam. Bitta majburiy fani - ingliz tili. "Antik -Yunon tarixi", "Turk teatr tarixi" fanlari mavjud bo'lib, undan tashqari "Sahna nutqi", "Raqs", "Aktyorlik mahorati", "Sahna harakati", "Vokal" fanlari bor.

Talabalarning mutaxassislik fanlariga vaqti ko'proq va ijodga, ijroga bo'lgan mas'uliyatni yuqoriligi ijobiy holat. O'qituvchilarning ham talabi shunday. Professor Pinar Aras darsini kuzatganimizda huddi bizga o'xshab talabaga vazifani beryapti va ijroni so'rayapti. Nimani tushundi?, nima qilmoqchi?, nima deya oldi?, nima deya olmadi? - buni ijrochi bilan muhokama qildi. Masalan; topshiriqlardan biri shunday bo'ldi - rasm chizasan, rasm jonlanadi va u bilan birga o'ynaysan! Ana shunday yo'q narsa bilan ishlash va ijroga bo'lgan munosabat yetakchi omil hisoblanadi.

Universitetda turk pedagogi bilan birgalikda ikkita guruhli etyudni ishladik. Birinchisi - suv osti olami jonlantirildi. Unda suv o'tlari, dengiz otlari va unga qarama-qarshi tishi bor baliq kelib, dengiz otchalarini haydab, yana loyni tagida qolib ketgan o'tlarni qayta o'sib chiqishini yoritib berdik. Ikkinchi etyud esa, raqslar orqali "zachen" ijro qilish. Ushbu raqsli "zachen"larini kuzatganimizda xavaskorona ijro bo'layotganligi yaqqol ko'rinib turardi, chunki bola raqs tushishni bilmaydi. Demak, raqsga tushishni keragi yo'q. Undan faqat his-tuyg'u talab qilinadi. O'qituvchi talabadan ham raqs tushishni, ham u yerda bir voqea paydo bo'lishi so'ralyapti. Lekin, bu narsa o'rgatilmayapti. Talabaga raqsni o'rgatmasdan turib, raqs tushishni topshiriq berish noto'g'ri deb hisoblayman.

Bizning maktab bo'yicha ikkinchi bosqichda xalqlar raqsi o'rgatilganda xarakter talab qilamiz. Chunki, xalqlar raqsida, deylik ispanlar - ispancha hatti-harakatlar, ispancha xarakter beradi. Rus raqslarida esa ruscha xarakterda bo'lishi kerak. O'zbekcha raqs bo'lsa, sho'x, o'ynoqilik xarakterini talab qilamiz. Lekin biz talab qilishdan avval o'rgatamiz. Uchnchi bosqichda esa tarixiy-maishiy raqslar o'rgatiladi. Tarixiy-maishiy raqslarda hamma ijro etyuddan iborat. Unda oddiy bir salomini o'zi yoki tarixiy-maishiy raqslarini o'zi juda katta spektakl. Chunki unda xarakter bor, bir-biriga munosabat bor, harakat bor, mayinlik bor. Yurishlari, salom berishlaridagi etikasi juda ham go'zaldir. To'rtinchi bosqichda esa raqs o'tilmaydi. Spektakl da raqsli harakatlar bo'lsa, olib tashlanadi. Ana shunday talabni qo'yilishi juda yaxshi hisoblanadi.

Bularni talabaga o'rgatsa, bolada erkinlik yo'qoladi deb, shu prinspga tayangan holda butun mas'uliyatni talabaga yuklaydi. Shuning uchun o'qituvchiga nisbatan talabada mas'uliyat yuqoriroq. Bizda esa o'qituvchi va talabaning mas'uliyati bir-biridan yuqori. Har ikkisida ham mas'uliyatning borligi juda yaxshi. Chunki o'qituvchi talabaga o'rgatadi. Shundan ilhomlanib talabada qiziqish ortadi va mustaqil o'z ustida ham ishlay oladi. Lekin o'rgatishimiz bizning ijobiy tomonlarimizdan biri. O'rgatib talab etilgani to'g'ri va samarali. Chunki, bolalar ushbu bilimlarni maktablarda o'qimaydi. Professional bo'lishi uchun talaba bilishi kerak bo'lgan bilimlarni albatta o'rgatishi lozim.

Xulosa qilib aytganda O'zbek teatr sanati maktabining yutuq va kamchiliklarini xalqaro tajribalar orqali tahli etish, kelgusida O'zbek milliy madaniyati va teatr san'atining rivojiga bevosita turtki bo'la oladi. Yangi O'zbekistonning yangicha qarashlari va yangicha uslublariga monand tarzda teatr sanati ham xalqaro tajribalardan andoza olgan holda ta'lim hamda ijodiy sifatni oshirib borishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Harakatlar strategiyasi: fan va ta'lim (muammo va yechimlar)" mavzusidagi yosh olimlar va doktorantlarning 5-ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI - Toshkent — 2021

2. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011

5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

6. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997

7. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" "Bilim" Toshkent - 2005

8. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent - 2014

9. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.