Научная статья на тему 'REJISSOR VA RASSOMNING О’ZARO HAMKORLIGI'

REJISSOR VA RASSOMNING О’ZARO HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
155
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
A.P.Chexov / San’at / teatr / spektakl / liboslar bо’yicha rassom / madaniyat / an’ana

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O.Dadamirzayev

Mazkur maqolada ta’lim sifatini oshirishda rejissor va rassom о’zaro hamkorligining ahamiyati tо’g’risida fikr yuritiladi. Rejissor va rassomning о’zaro hamkorligi nimalarda kо’riladi, hamda bu hamkorlik qanday natijalarga olib keladi. Spektakllarning tomoshaviyligini oshirishda talabalar nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi va ishni nimadan boshlash lozimligi tо’g’risida sо’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «REJISSOR VA RASSOMNING О’ZARO HAMKORLIGI»

REJISSOR VA RASSOMNING O'ZARO HAMKORLIGI

O.Dadamirzayev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta'lim sifatini oshirishda rejissor va rassom o'zaro hamkorligining ahamiyati to'g'risida fikr yuritiladi. Rejissor va rassomning o'zaro hamkorligi nimalarda ko'riladi, hamda bu hamkorlik qanday natijalarga olib keladi. Spektakllarning tomoshaviyligini oshirishda talabalar nimalarga e'tibor qaratishi kerakligi va ishni nimadan boshlash lozimligi to'g'risida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: A.P.Chexov, San'at, teatr, spektakl, liboslar bo'yicha rassom, madaniyat, an'ana

DIRECTOR AND ARTIST COOPERATION

O.Dadamirzayev Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the importance of the director's and artist's cooperation in improving the quality of education. What is the mutual cooperation of the director and the artist, and what results does this cooperation bring. There is talk about what students should pay attention to and what to start with in order to increase the viewership of performances.

Keywords: A.P.Chekhov, Art, theater, performance, costume artist, culture, tradition

1997-yil 23-yanvarda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti farmoniga asosan "O'zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at institutining (hozirgi O'zbekiston san'at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi1.

Institutning tashkil topgani rassomlik fakulteti professor-o'qituvchilari uchun hayrli bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Negaki ularning faoliyat ko'lami oshdi. Yangi yo'nalishlar ochildi. Talabalar soni keskin ko'payib, qo'shni davlatlardan talabalar kela boshladi.

1 http://mrdi.uz/?page_id=178

Ammo shundoqqina yonimizda turgan salkam ellik yillik hamkorlikda olib borilgan ijodiy jarayonimizni yo'qotdik. "Tani boshqa dard bilmas deganlaridek" har ikkala institut o'z tashvishlari bilan bo'lib ketdi.

Talabalik davrlarimizda rasssomchilik fakulteti talabalari bilan birga darslarga kirib, bir yotoqxonada aralash yashar edik. Ijodiy jarayonlarimiz birga kechar, badiiy asarlarni birgalikda tahlil qilar edik. Diplom spektakllari ustida ishlash jarayonida rassomchilik fakultetida taxsil oladigan kursdoshlarimiz bizga spektaklning kompazitsion yechimlarida, dekaratsiyalar qilishda, asar yakunining rejissorlik yechimlarini topishda juda katta amaliy yordam berishar edi.

Bugun, bir institut negizida tashkil topgan ikkita oliy dargoh professor-o'qituvchilari o'rtasidagi aloqalarni qayta tiklash davri keldi. Negaki zamon talabi shuni taqazo qilmoqda. O'quv jarayonini amaliyot bilan bog'lash bugungi kun talabidir.

Maqolaning kuyida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Teatr san'ati" fakulteti ta'lim yo'nalishlari talabalari, professor-o'qituvchilarining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talim yo'nalishlari professor-o'qituvchilari hamda talabalari bilan olib borilishi mumkin bo'lgan o'zaro hamkorlik masalalari, aniqrog'i rejissorning rassom bilan ishlashi to'g'risida fikr yuritamiz

Dastavval spektaklni yaratish jarayonida teatr rassomi va rejissor -pedagog, ijodiy hamkorlikda, asarning g'oyaviy ifodasidan kelib chiqib spektaklning umumiy sahnaviy ko'rinishi ustida ishlaydi. Bundan tashqari har bir personajga uning xarakteri va rolning rivojlanishi (liniyasi) dan kelib chiqib aloxida libos eskizlarini yaratishadi. Bu yaratilgan liboslar albatta spektaklni umumiy badiiy yahlitligiga bo'ysungan bo'lib, ular aynan shu spektaklni badiiy obrazidan kelib chiqgan holda, spektakldagi har bir personajni o'rni va mantiqiy izchil manosini ochib berilishini nazarda tutib, chiziladi.

Dekaratsiya, liboslar eskizlari tayyor bo'lgandan so'ng, rejissor-pedagog spektakl ishtirokchilari bilan birga bu eskizlarni ko'rib chiqabi. Eskizlar chuqur tahlil va har tomonlama mukammal muxokamadan o'tkaziladi. Muxokama paytida liboslar qahramonlarning xarakteri, tabiati, ijtimoiy holati, personajni ichki va tashqi xususiyatlarini ochib beradigan detallari va badiiy yaxlit obraz yechimini ifodolovchi shakl-shamoili aniqlanib, liboslar rangi, andozasi, turli detal va belgilarini, aktyor gavdasi va xatti-harakatiga mos tushishini ko'rib chiqishadi. Kostyumlar aktyorlarning sahnadagi xatti-harakatiga xalal bermasligi, ularni noqulay alpozga tushirib qo'ymasligi kerak.

Ko'p holatlarda asar personajlari spektakl jarayonida bir necha sahnalardagi voqeliklarga qarab, turlicha liboslar qiyishi kerak bo'ladi. Bu liboslar sahnadagi voqelikga qarab, o'ziga mos yechimga ega bo'lgani uchun, tanlangan liboslar ham yaratilayotgan obrazni qirralarini ochishga yordam berishi nazarda tutilib, izlanish jarayonidan o'tiladi. Aktyorlarni sahnadagi xatti-harakatida topilgan yangi badiiy qurilmalariga yanada moslashtiriladi.

Spektakl ustida ishlash jarayonida ma'lum kunlar, eskizlar bo'yicha liboslar tanlovi va tikilgan kiyimlar ko'rigi tayinlanadi. Bu ko'riklarda rejissor-pedagog, rassom, liboschi ustalar va aktyorlar, spektakldagi har bir liboslarni sahna muhitida birma bir ko'rib chiqib, ko'zlangan maqsaddan kelib chiqib, yakuniy o'zgarishlar kiritib tasdiqdan o'tkazishadi.

Badiiy yaxlitlikda libos bilan ishlashdagi ba'zi holatlardan namunalarni ko'rib chiqaylik.

Rolning obraz yechimi asosida libos tanlash.

A.P.Chexovni "Uch opa-singillar" pyesasidagi qahramonlardan biri ularni akasi, opa-singillarga, sevgilisi Natashani oila a'zolariga tanishtirishga olib keladi. Shunda Natasha ustidagi bejirim go'zal ko'ylak beliga to'q yashil rang kamar taqib olgan bo'ladi. Bu kamar rangi va shakli bilan go'zal ko'ylak ustida eshakga to'qim kiygizilganday o'tirmay turadi. Asar qahramonlariga bu kamar qizning didi past ekanligini bildirib, hammani ziyrak torttirib u bilan qanday muomala qilish kerakliklarini belgilaydi.

Buyuk fransuz adibi Onore de Balzak o'zining mashxur "Insonlar komediyasi" to'plamida Maksim de Trayni kiyinishini, salkam uch bet, kuzatib boradi va shu kiyimlar orqali uning kim va qanday odam ekanligini to'la tariflab beradi. Odamni kiyinish uslubi, shunga yarasha yurish-turishi, kiyimning unda qanday o'tirishi, kiyim axvoli va shu kiyimlarga qaxramonni munosabati orqali, odamni qanday xislatlarga ega ekanligini ochib berish mumkin bo'ladi.

Diplom spektaklida badiiy yaxlitlik masalalari ichida, libos tanlash ham yagona g'oya va oliy maqsadni ochib beradigan shakil shamoilda izlanishni talab qiladi.

I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Odamning tashqi ko'rinishi uning ichki holatiga, aql zakovatiga va didiga bog'liqligi ayon masaladir. Demak, sahnada badiiy obrazni tug'ilishida libos, grim va qahramon shu kiyimdagi plastikasi uyg'unlashgan bo'lib, maksimal ravishda shu obrazni yaxlit namoyon bo'lishini taminlanishi kerak bo'ladi.

Libos bilan ishlash masalalari.

Aktyor repetitsiya paytlarida sahna voqealarida xatti-haraktni barpo qilish bilan shug'ullanadi. O'zining tashqi ko'rinishi, tutishi bu paytda ikkilamchi bo'lib turib, sahnada voqealar tizmasi va xatti-harakatlar partiturasi o'zlashtirib olingandan so'ng, rolning qolgan komponetlariga e'tiborini to'la-to'kis qarata oladi. Xatti-harakat va voqealar tizmasi rolning asosiy poydevori bo'lib, ular o'zlashtirilgandan so'ng, obraz qiyofasini gavdalantirish masalalariga e'tibor qaratiladi.

Ammo ma'lum vaqt o'tgandan keyin, bevosita bo'lmasa ham bilvosita aktyorlar repetitsiya paytlaridan boshlab, voqelik va xatti-harakatga aloqador bo'lgan libos elementlarini ishga olib kelishadi. Chunki -qirolni kiyimi yoki qahramonni fraki aktyorni ma'lum holatda, davrga monand xatti-harakat qilishga undaydi. Bunday f libos elementlari sahnada mustaqqil hayot ; v kechirib, aktyorni shu hayot chegaralarida jjr o'zini ushlab turishiga o'rgatadi. Frak, \rm frak kiygan odamdan gavdasini tutish, / yurish turish, o'tirish, o'zini tutishning H~ meyoriy talablariga qattiq rioya qilish kerakligini talab qiladi.

Libos o'zining asosiy funksiyasi bilan birga, qahramon obrazini ochib beruvchi kuchli elementlardan biri xisoblanadi. U bilan ishlash, u orqali, qahramon libosi yordamida uning ichki va tashqi holatini ochib berish imkoniyatidan to'la to'kis foydalanish kerak.

Libos va davr.

Har zamonni o'z tarixiy kiyimi va shu liboslarni kiyish udum va yo'llari bo'lgan. Pedagog talabalarga bularni tushintirishi uchun adabiy va etnografik kiyimlar tarixiga murojat qilishi kerak. Tarixiy adabiyotdan ma'lum manba'larni izlab topib, o'rganish kerak. Chunki dramatik asarlardagi davr va zamonni har xil bo'lishi bilan shu bir davr va zamonda yashagan xalqlarning kiyinishi va udumlari ham har xil bo'lgan.

I icclT^^^^H 842 http://oac.dsmi-qf.uz

Asar personajlari qanday qiyingan? Bu kiyimlami xususiyati qanday bo'lgan? Yurish turishda bu kiyimlar bilan qanday muomala qilingan kabi ko'plab savollarga javob topish kerak. So'ngra ularni sahnada amaliy kiyib, ularda yashab, muomala qilish yo'llarini o'rganish lozim.

Libosda, aktyor yaratayotgan obrazning turli haraktyoristikasi ustidagi ish.

Kiyimlarni andozasi bir xil bo'lgani bilan ularga qo'shilgan, bir ikki yangi detallar bilan turlicha qilib o'zgartirish mumkin bo'ladi. Rangi, tuzilishi, rekvezit va aksesuarlar bilan xuddi shu davr kiyimini, mutloq o'zgacha, obraz talabiga javob beradigan, uni haraktyor estetikasini o'zgartirib yuboradigan qilib ishlatish mumkin bo'ladi.

Profesional aktyorlar libosni kiyishda, u bilan qilinadigan muomalada, shunday detallar ishlatib, shunday kutilmagan topilmalar yordamida faqat shu obrazga xos harakatlar qilib, voqelikni, holatni, vaziyatni va shu obrazni haraktyoristikasini ochib beradigan xatti-harakatlar izlab topishadi.

Sahnada qaxramon libosi nafaqat funksional bo'lishi kerak, u aktyor yaratayotgan obrazni ichki moxiyatini ochib berishga ham xizmat qilishi kerak.

Libos va rekvezit.

Har qanday libos rekvezit bilan to'ldirilib, boyitilish imkoniga ega. Ular ko'p holatlarda bir birlari bilan uzviy bog'liq bo'lishadi. Masalan Romeoni shpagasiz, ingliz dendisini qo'ltayoqsiz, zodagon ayolni sumkachasiz, askarni miltiqsiz, chavandozni qamchisiz tassavur qilib bo'lmaganday. Hamma kiyimlar o'ziga xos rekvezitga ega. Bu rekvezit va kiyimlarni o'zlashtirish ustida ishlash kerak. Ish jarayonida bir tomondan aktyorlardan libos va rekvezitni uyg'unligi talab qilinsa, boshqa tarafdan ulardan voqelikni ketishiga qarab rekvizitlarni ishlatish talab qilinadi. Boshqa xollarda esa shu kiyim va rekvezit egasini ichki, tashqi holatini ochib berishda ham xizmat qilishi mumkin, yoki personajni faqat o'ziga xos sifatini ham ochib berishi mumkin bo'ladi.

60-yillarning oxiri 70-yillarning boshlarida rejissor va rassomning o'zaro hamkorligi to'g'risida teatrshunos olima Dilafruz Qodirova "Rejissor Bahodir Yo'ldoshev va rassom Georgiy Brim ijodiy tandemi: uslubiy izlanishlar" nomli maqolasida shunday yozadi:

-Spektaklda chuqur mazmunli badiiy yechimga asoslangan obraz topishda rassom ham sahnalashtiruvchi rejissor bilan tengma-teng ijod qiluvchi shaxsga aylandi. Rejissor bilan rassom tandemi vujudga keldi. Ijodiy izlanishlar, uslubiy topilmalar jahon tajribasiga asoslangan holda yuzaga chiqa boshladi.

Rejissor Bahodir Yo'ldoshev va rassom Georgiy Brim o'rtasidagi teng huquqli ijodiy hamkorlikni 1976-yilda Said Ahmadning "Kelinlar qo'zg'aloni" komediyasini sahnalashtirish jarayonida ko'rish mumkin2.

G.Brim teatrdagi faoliyati bilan birga institutda ham faol bo'lib ko'plab shogirdlarni tarbiyalab munosib vorislarni qoldirdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dizayn ta'lim yo'nalishi talabalari uchun sanab o'tgan ishlar arzimasdek tuyular, negaki bu talabalar liboslar tarixini chuqur o'rganishadi. Davrlarga xos bo'lgan liboslarni zamonaviy urf bilan uyg'unlashtirish ustida ish olib borishadi. Diplom ximoyalari uchun biror bir kompazitsiya tanlab shu tanlagan kompazitsiyaga mos kiyimlarni tikadi. Dizayn talim yo'nalishi talabalarining diplom ishlarini san'at va madaniyat institut talabalarining diplom spektakllari bilan uyg'unlashtirish, birgalikda san'at asarlarini yaratish vaqti kelmadimikan.

Dekaratsiya bo'yicha rassom, liboslar bo'yicha rassom, rekvizitlar bo'yicha rassom, butafor rassom bularning hamkorlikdagi faoliyati spektaklni yanada jozibali chiqishiga, ta'lim sifatini oshishiga olib keladi.

"Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir. Shu bois, birinchi navbatda, e'tiborni Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratamiz", - deya ta'kidladilar Davlatimiz rahbari.

Bundan ko'rinib turibdiki ta'lim jarayonlarini ishlab chiqarish bilan integratsiyalangan xolda tashkil etish zamon talabidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi". -Toshkent;1997. -32 b.

2. Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida:O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori //Xalq so'zi. -2017. -21 apr.

3. Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni //Xalq so'zi. -2019. -28 avg.

2 Bahodir Yo'ldoshev makon va zamonda. "San'at" jurnali nashriyoti. Toshkent-2015. 192-194 betlar.

844

4. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni //Xalq so'zi. -2017. -8 fevr.

5. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori //Xalq so'zi. -2017. -13 yanv.

6. 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi PrezidentiningFarmoni //Xalq so'zi. -2018. -22 sent.

7. Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida:O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori //Xalq so'zi. -2019. -12 iyul.

8. Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida: O'zbekiston Respublikasining Qonuni //Xalq so'zi. -2016. -14 sent.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.