Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2891
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Qo‘g‘irchoq teatri / spektakl / adabiyot / obraz / aktyor

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Lola Djurayevna Usmanova

Ushbu maqolada qo‘g‘irchoq teatri san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘g‘irchoq teatri mezoni tomoshabin yoshini o‘lchovchi emas, balki tomosha san’atini bir turi ekanligi, uni tomoshabinga, shu qatorda bolalarga kerakligi haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

QO'G'IRCHOQ TEATRINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Lola Djurayevna Usmanova O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada qo'g'irchoq teatri san'atining o'ziga xos xususiyatlari, qo'g'irchoq teatri mezoni tomoshabin yoshini o'lchovchi emas, balki tomosha san'atini bir turi ekanligi, uni tomoshabinga, shu qatorda bolalarga kerakligi haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Qo'g'irchoq teatri, spektakl, adabiyot, obraz, aktyor.

CHARACTERISTICS OF PUPPET THEATER

Lola Djurayevna Usmanova

UzSIAC

Abstract: In this article, the specific features of puppet theater art, the criterion of puppet theater is that it is not a measure of the age of the audience, but a type of performing art, it is necessary for the audience, including children will be narrated.

Keywords: Puppetry, performance, literature, image, actor.

Qo'g'irchoq teatri san'ati qadimiy va boy madaniyatimizning tarkibiy qismi bo'lib, o'zining yorqinligi, maftunkorligi bilan ajralib turadi. Bu san'at voqelikni qo'g'irchoq personajlar orqali o'ziga xos uslubda ba'zan jiddiy, ba'zan hazil, ba'zan esa kinoyali yo'llar bilan lo'nda, ravon va qiziqarli qilib ko'rsata olish imkoniyatiga ega bo'lgan, betakror san'at turlaridan biridir.

Taniqli olim San'atshunoslik fanlari doktori M.Qodirov qo'g'irchoq teatr tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlaridan birida: «Osiyo qo'g'irchoq teatri bu shunchaki ermak o'yin emas, balki bir qit'a xalqlarining falsafasi, dini, adabiyoti, eposi, musiqasi, folklori, tasviriy san'ati va albatta tillari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan muhim tarixiy badiiy hodisadir», - deb ta'kidlaydi"1...

Haqiqatdan ham o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri xalq ma'naviyati va badiiy tafakkurining ajralmas qismidir. Shu bois ham bu san'at ming yillar osha rivojlanib, o'zgarib, yangi shakl va yangi qirralar kashf etgan navqiron san'at sifatida hayotga kirib kelgan.

Qo'g'irchoq teatri aktyori rassom va qo'g'irchoq ustasining hamkorligida yaratilgan sahnaviy qo'g'irchoqlarga «jon» bag'ishlaydi, yurak dardini, orzu umidlarini, tabiat va jonivorlarga bo'lgan munosabatini, Ona-Vatanga bo'lgan mehr-

1 Qodirov M. Masxaraboz va qiziqchilik san'ati. -T.: Fan, 1974.

I icclT^^^^H 427 http://oac.dsmi-qf.uz

sadoqatini to'siq-shirma orqasidan turib qo'g'irchoq obrazlari orqali bayon etadi. Bu esa faqat shu san'at turiga xos «jonlanish» mo''jizasidir. Xo'sh qo'g'irchoq teatri o'zi nima?

Bu savol bunday olib qaraganda mantiqsizga o'xshab ko'rinadi. Bu teatrda tomoshabinlar aktyorlarni emas, qo'g'irchoqlarni ko'rishadi.

1. Nima uchun sahnada jonli odamlar o'rniga qo'g'irchoqlar o'ynaydi?

2. Odamlar qo'g'irchoqlardan yomonroq harakat qiladimi yoki yomonroq gapiradimi?

Yo'q, albatta, qo'g'irchoqning o'rniga aktyorlar gapiradi va odamlardek hech qachon harakat qila olmaydi. Qanchalik qo'g'irchoq ustalik bilan ishlangan bo'lmasin, odamning harakati va jonli mimikasi unda hech qachon bo'la olmaydi. Qo'g'irchoq odamning o'rnini egallay olmaydi. Unda qo'g'irchoqni nima keragi bor degan savol tug'iladi. Bu savolga qo'g'irchoq teatri ixlosmandlaridan bir necha xil javoblar bo'ldi, lekin ular ham qo'g'irchoq teatrining asl moxiyatini ochib berolmadi. Masalan: «Qo'g'irchoq teatri shunisi bilan yaxshiki, - derdi ular - u ixcham va qulay, boshqa teatr borolmagan joyga u bemalol etib bora oladi». Bu fikr xato, chunki qo'g'irchoqsiz odam, qo'g'irchoqliga qaraganda ixchamroq.

San'at mezoni ixchamlilik bilan o'lchanmaydi. Agar nimadir yomon bo'lsa, u yoqdan-bu yoqqa oson olib o'tilishi bilan yaxshi bo'lib qolmaydi. Yana boshqalari shunday dyeyishdi: «Qo'g'irchoq teatri bolalarga kerakligi bilan yaxshi».

To'g'ri u bolalarga kerak. San'atning hamma turlari bolalarga kerak: adabiyot, musiqa, rassomlik va shularni qatorida qo'g'irchoq teatri ham. Bolalarga kerak bo'ladigan adabiyot juda yaxshi darajada bo'lishi kerak va shuni qatorida qo'g'irchoq teatri ham albatta a'lo darajada bo'lishi kerak. Qo'g'irchoq teatri mezoni tomoshabin yoshini o'lchovchi emas, u tomosha san'atini bir turi. Uni tomoshabinga, shu qatorda bolalarga kerakligini quyidagicha isbotlab bersa bo'ladi, qachonki qo'g'irchoq orqali shunday spektakllar qo'yish mumkinki, zero xayotiy voqealarni va hodisalarni boshqa yo'l bilan va boshqa teatr turi bilan ochib bo'lmaydi. Jonli odam ifoda etolmagan voqeani jonsiz qo'g'irchoq qanday bajaradi? Uning kuchi nimada? Ajablanarligi aynan uning jonsizligida. Agar aktyor sahnada stulga o'tirib shimini tizzasidan tortib qo'ysa tomoshabin bunga e'tibor bermaydi. Agarda bu harakatni sahnada qo'g'irchoq bajarsa, hamma chapak chaladi, ularni e'tiborini tortadi, chunki qo'g'irchoq harakati orqali barcha ertaklardagi umumiylikni ifoda eta oldi.

Aktyor sahnada boshqa odamni obrazini yaratadi, lekin umumlashgan odamni bir vaqtda bir harakat bilan yaratish qo'lidan kelmaydi, chunki u shundoq ham odam. Qo'g'irchoq esa odam emas, shuning uchun umumlashgan xarakterdagi odamni ifoda etoladi. Masalan: yoshgina qiz juda go'zal bo'lishi mumkin, lekin bu uning shaxsiy go'zalligi va shaxsiy yoshligi.

Rassom yoki xaykaltarosh tomonidan yaratilgan qiz ham go'zal, yosh, lekin bu

I [ccñ^^BI 428 http://oac.dsmi-qf.uz

yoshlik, go'zallik ko'plab qizlarniki umumlashgan ifodasi bo'lishi mumkin, chunki u jonsiz. Qo'g'irchoq - jonli narsani plastik ifodasi - inson, bug'u, kaptar va h.k. Qo'g'irchoq - bu skulptura. Aktyor shu yasalgan jonsiz narsani (skulpturani) jonlantiradi, jon ato etadi. Jonlantirish jarayoni - jonsiz narsani jonlikka aylantirish -tomoshabin uchun mo'jiza, xoh u tomoshabin katta yoshda bo'lsin, xoh yosh bola.

Bu mo'jiza - qo'g'irchoq teatri san'atini, harakatsiz statik tasviriy san'atdan, dinamik tomoshaviyligi bilan ajratib turadi. Bu jonlanish mo'jizasi qo'g'irchoq teatri san'atini, boshqa tomoshalardan farqlanib turadi, chunki «jonli teatrda» jonlanish emas, katta yangi obraz yaratish (perevoplashenie) protsessi bo'ladi.

Qachonki, qo'g'irchoq, berilgan shart sharoitga to'liq ishongan, shu jonlanish mo'jizasidan o'zi lazzatlangan aktyorni qo'lida bo'lsa, shunda tomoshabinga bo'lgan qo'g'irchoqni emotsional ta'siri juda kuchli bo'ladi. Shunda tomoshabinda ham xayratlanish, xursandchilik, turli yangiliklar, har bitta harakatni kuzatib borish, hayajon, kulgu va nafasni ichiga yutib kuzatish holatlari paydo bo'ladi. Ana shunisi bilan qo'g'irchoq teatri buyuk qudratga egadir.

Agarda san'atni maqsadi yuzaki bo'lsa, unda aktyorni mo'jizasi ko'zbo'yamachilikka o'tadi. Bu san'atni umri qisqa va hech qanday tuyg'u va hissiyotlarni uyg'otmaydi. Chunki jonlangan qo'g'irchoq bu ko'zbo'yamachilik (fokus) emas, obrazni tug'ilishi. Obrazni yaratishi - bu bir qancha xarakterlarni, insoniy xususiyatlarni umumlashgani va shu xarakterlarni to'qnashuvida keng, keskin, hayajonli umumiylik paydo bo'ladi.

Qo'g'irchoq hayotdagi kamchiliklarni keskin fosh etib, odamlarda kulgu va g'azab uyg'otadi. U - komediya, fars, satira janrlari ustidan xukm suradi va o'zining ijodiy tarixida bu janrlarda o'z kuchini ko'rsatgan.

Qo'g'irchoq turlari xilma-xil bo'ladi, bir xillari mushukka o'xshash yumshoq va mayin, tog'ga o'xshagan qomatli, burgutga o'xshagan shiddatli bo'ladi, umumlashtirib va oldinga qo'yilgan g'oyani ifoda etadi. Qo'g'irchoqlar tragik va romantik qahramonlarni o'ynagan. Hatto o'rta asr man'balarida xudolarni ham ifoda etgan. Ana shunday ifoda vositalarini o'zida mujassamlashtirgan san'at dargohi qo'g'irchoq teatridir. Qo'g'irchoq teatrda umumiylikni bir obraz orqali aniq ifodasi topilsagina u chinakam teatr bo'ladi. Qo'g'irchoq teatrining ifoda vositalaridan biri so'zdir. So'zni qo'g'irchoq xatti-harakati bilan uyg'unlikda olib borish joiz. Ammo so'z darajasiga yetguncha qo'g'irchoq teatri sahnaviy nutqi qoidalarini, tamoyillarini o'zlashtirishi kerak. Har bir qo'g'irchoq personajga nutqiy o'zgacha yondashish amallariga e'tibor qaratish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sayfullaev B. Mamatqosimov J. "Aktyorlik mahorati". - T., Fan va texnologiya,2012.

I îhSi^^Bl ^29 http://oac.dsmi-qf.uz

2. K.S. Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" - T., Yangi asr avlodi., 2010.

3. Sayfuddinov A. Adabiy asar va ijrochilik maxorati. -T., "Fan" 1980.

4. U.Boltaboyeva. Sahna nutqi. O'quv qo'llanma. T.- "INNOVATSION ZIYO"-2021 yil.

430

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.