REJISSORNING AKTYOTLAR BILAN ISHLASH QOBILYATINI
RIVOJLANTIRISH
Davrbek Abdurahmonov Ilmiy rahbar: R.Dehqonov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada rejissorning badiy va ijodiy jarayoni davomida turli guruhlar bilan ishlashi, asosan aktyorlar jamoasi bilan ish olib borishi davomida e'tibor qaratiladigan detallar va hodisalar, ularning ta'sirlari to'g'risida, hamda rejissorda aktyorlar bilan ishlash jarayonida talab etiladigan qobilyatlari haqida ma'lumotlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: Rejissor, dramaturgiya, spektakl, kinofilm, mizansahna, sinchkovlik, kuzatuvchanlik, tasavvur va fantaziya, badiiy jamoa, rejissorlik kasbi, aktyorlar jamoasi, havaskor rejissor, sahna asari, ijodiy jarayon, jonli harakter, ma'naviy dunyoqarash.
DEVELOPING THE DIRECTOR'S ABILITY TO WORK WITH ACTS
Davrbek Abdurahmanov Scientific supervisor: R.Dehkanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The article focuses on the details and events of the director's work with various groups during the artistic and creative process, mainly during the work with the actors' team, about their effects, as well as about the skills required of the director in the process of working with the actors. information is highlighted.
Keywords: Director, dramaturgy, performance, motion picture, mise-en-scene, meticulousness, observation, imagination and fantasy, artistic team, director's profession, actors' team, amateur director, stage work, creative process, live character, spiritual outlook.
Rejissor biron bir asardan film yoki spektakl yaratish jarayonida bir qancha ishchi guruhlar bilan ishlaydi. Lekin ekranda yoki sahnada tomoshabinlar ko'z oldida aktyorlargina gavdalanadi. Butun ishchi guruhning mehnatini ekranga va sahnaga olib chiqadigan aktyorlar jamoasi hisoblanadi. Shu sababdan rejissor aktyorlar bilan ishlash jarayoniga katta e'tibor qaratish kerak.
Aktyorlar bilan ishlash bu qahramonning avvalgi hayotidan tortib asarda tasvirlanayotgan bugungi kunidagi voqealargacha tushunib yetishlikdir. Ilk bor ish
I ibiSi^^Bl ®48 http://oac.dsmi-qf.uz
boshlagan aksariyat rejissorlarda ko'p uchraydigan xatoligi bu qahramonning hozirgi zamonda o'zini tutishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan avvalgi hodisalarni inobatga olmay, faqatgina asarda sodir bo'layotgan voqeliklarni gavdalantirishga urinishlaridadir.
Misol uchun, magazindagi savdo jarayonida sotuvchini bilmaydigan haridor uchun oddiy sotuvchi. Lekin, mana shu lahzadagi sotuvchini o'zini tutishi uning hayotida bir muddat avvalroq sodir bo'lgan hodisalarga bog'liq. Shu kuni avvalroq oilasi bilan janjallashgan, mashinasi buzilgan va uni tuzatish uchun qancha mablag' kerak bo'lishini bilishni istayotgan, qolaversa, bu mablag'ni qayerdan olish to'g'risida oylab tashvishlanayotgandir. Mana shu barcha kichik detallar va hodisalar shu kuni savdo qilayotgan sotuvchining haridorlar bilan qilayotgan muomalasiga va o'zini tutishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu hodisalarning izi avtomatik tarzda sotuvchini o'zini tutishida aks etadi, chunki, ular bo'lib o'tgan ko'ngilsizliklar hosilasidir.
Rejissor aktyorlar bilan ishlaganda ularga sahnada o'zlarini tutishlariga ta'sir o'tkazuvchi tashqi faktorlarni tushuntirib, izohlab berishi lozim. Qahramonning hayol va his-tuyg'ulari qanchalik ko'p qatlamli va ta'sirli bo'lsa, qolaversa ular yashirin bo'lsa, ijro shunchalik ishonarli va mohirona bo'ladi.
Teatr bu tomosha dargohi hisoblanadi. Tomoshani aktyor ijro etadi. Demak, teatrning umum ijodi aktyor bilan uzviy bog'liq. Aktyorsiz teatrni tasavvur qilib bo'lmaydi. Teatrda barcha ijod ahlining harakati aktyorga qaratilgan bo'ladi. Rejissor rejasi, o'ylagan o'y-fíkrlari aktyorning jussasi, vujudidagi tuyg'ulari orqali namoyon bo'ladi. Teatr ijodining yetakchi namoyandasi aktyor ekan, butun ijodiy jarayoni unga bo'ysunishi kerak. Dramaturgning eng ajoyib zalvorli so'zi aktyor orqali jonlanmasa, o'z so'ziga aylanmasa oq qog'ozda o'lik so'z bo'lib qolaveradi. Rejissor tomonidan o'ylab topilgan har qanday mezansahnalar, aktyor tomonidan o'zlashtirilmasa, oqlanmasa, keraksiz, puch holatlar bo'lib qolaveradi. Sahnadagi barcha qurilmalar, jihozlar aktyorlar ijrosi orqali o'ynalmasa, foydalanilmasa, u narsalardan voz kechib chiqarib tashlash kerak. Sahnadagi ijro etilgan har qanday kuy-ohang, shovqin-suron aktyorlar tomonidan baholanmasa, uning fel-atvori, xatti-harakatiga ta'sir ko'rsatmasa, iz qoldirmasa uni o'chirish lozim. Demak, teatrning asosiy tarkibiy qismi bu aktyor hisoblanar ekan, rejissorning aktyor bilan ishlashi esa yetakchi yo'nalish sanaladi. Sahnadagi aktyor ham vaqt va zamon birligida harakat qiladi. Spektaklning garmonik hamohangligini ta'minlash uchun aktyorlarning vaqt va makondagi harakatlari ma'lum tartibi va bir-biri bilan mutanosiblikda kechishi zarur bo'ladi. Rejissorning asosiy vazifasi mana shu uyg'unlashgan hamohanglikni ta'minlashdan iboratdir. Ya'ni aktyorlarning sahnadagi vaqt va makonda kechadigan hatti-harakati orqali ma'lum badiy g'oyaviylikni ta'minlash maqsadida ulardan faoliyatni ijodiy tashkil etish talab qilinadi. Mana shu o'zaro mutanosiblik spektakl deb ataladi. Rejissor ham aktyor kabi inson faoliyatini uning harakatlarini kuzatish orqali o'rganish, ko'rganlarini hotirasida
I [ccñ^^BI 549 http://oac.dsmi-qf.uz
saqlay bilishi zarur. Aktyor kabi rejissorni ham inson tabiatining turli tomonlari qiziqtirishi lozim. Ya'ni ularning yurishi, qadam tashlashi, o'tirish-turishi, ovqatlanishi, bahslashishi, sevgi izhor etishi, ovutishi, buyurishi, do'q po'pisa qilishi, rad etishi, ishontirish, hiyla ishlatish, laganbardorlik qilishi, aldashi, mug'ombirlik qilishi va boshqa turli xil hislatlarni bilishi zarur. Shuningdek jismoniy, ruhiy, hissiy, sodda va mrakkab harakatlarni har biri o'z insoniylik hususiyatlaridan kelib chiqib turli usul va shaklda bajarilishi mumkin. Shunga qaramay aktyor va rejissorlik kuzatuvlari o'rtasida sezilarli farq ham bor. Agar aktyor o'z diqqat e'tiborini alohida bir shaxs, inson faoliyatini kuzatishga qaratsa, rejissordan esa xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar, to'qnashuv shakllarini, makon va zamon birligidagi me'yor va suratini ham kuzatish orqali xotirasida saqlab qola bilishi talab qilinadi.
Teatrda rejissor va aktyor o'rtasida ijobiy va ijodiy, do'stona hamkorlik bo'lishi, asarlarni ko'ngildagidek va yuqori saviyada bo'lishini ta'minlaydi. Yaxshi asarni sahnaga muvoffaqiyatli olib chiqilishi uchun aktyorlarga mahoratli rejissor, rejissorga esa o'zaro ahil ijodiy jamoa kerak bo'ladi. Mahoratli rejissor aktyorda bo'lgan iste'dod va qobiliyatni ro'yobga chiqarishi, unga matnda bo'lmagan, lekin topilgan shakl va usullarni namoyon qildirish, puxta jonli harakterlar yaratishga ko'maklashish kerak. Rejissor teatrning ijodiy siymosi sanaladi. U sahnada nafaqat dramatik yoki musiqali asarlarni sahnalashtiruvchi, balki, hozirgi zamon teatrining ijodiy yo'nalishini belgilab beradigan bosh ijodkor, badiy rahbar hisoblanadi.
Rejissuradagi eng muhimi aktyorlar bilan ishlash jarayonidir. Rejissor aktyorlar ansamblini tanlangan asarda ko'tarilgan mavzu-muammoga qiziqtira olishi, ularni ilhomlantira bilishi, aktyorning ijodiy fantaziyasi mahsulidan unumli va o'rinli foydalana olishi hamda uni ijodiy-ruhiy rag'batlantira bilishi zarur. Yaxshi rejissor ijodiy jarayonda ishtirok etayotgan har bir kishining maslahatiga quloq tutishi va kezi kelganda ulardan o'zi sahnalashtirayotgan spektaklning sahnaviy yechimiga maqulini ustalik bilan qo'llay olishi lozim. Rejissor va aktyor teatrning o'zagi, uning ildizi hisoblanadi. Bu kasb egalarining o'zaro ijodiy hamkorligi natijasida ko'plab spektakllar sahnaga olib chiqiladi. Sahnalashtirilayotgan spektakllar umrboqiy bo'lishi, bu ijodkorlarni hamfikr bo'lishidadir.
Muallif yozgan mavzu, to'tarib chiqqan g'oya, qiyofalar doirasi bu adabiyot asari hisoblanib, rejissor va aktyorning butun ijodiy jamoasining maqsadi adabiy asarni sahna asariga aylantirish, unga umr berish, hayotiy jarayonni aks ettirgan holda badiiy sahna asarini yaratish, umumlashgan xulosalar chiqarishdir. Mashhur rejissor Tovstonogov tabiri bilan aytganda, spektakl tomoshabinni yo о'ylatsin, yo yig'latsin, yo kuldirsin. Yozuvchining quroli sо'z va bu so'z orqali o'z fikri va tasavvurlarini ifoda etsa, rassom bо'yoq va tasvirlar orqali ifoda qilladi. Aktyorlik sanatida uning har ikkovidan: sо'z va harakatdan foydalaniladi.
550
http://oac.dsmi-qf.uz
Harakat - bu insonning ma'lum bir maqsadini amalga oshirish yo'lida qilgan qilmishidir. Harakat hamisha faol kechadigan jarayondir. Biz doim atrof-muhitga, narsalarga, tabiatga, odamlarga ta'sir ko'rsatamiz. Bu ta'sir fikr bilan, tuyg'u bilan, iroda bilan ifodalanadi. Bular bir-biriga uzviy chambarchas bog'liqdir. Harakat aks harakatni keltirib chiqaradi. Bu ruhiyatimizga bog'liqdir. Aktyor - bu lotincha so'z bo'lib, harakat qiluvchi odam degani, akt-harakatdir. Harakat asosiga qurilgan aktyorlik san'atining ma'naviy, ma'rifiy ahamiyati juda kattadir, uning tarbiyaviy kuchi benihoyadir. Aktyorsiz teatrni tasavvur qilib bo'lmaydi. Butun teatr tarixida, qadim qadimdan niqoblar komediyasi bo'ladimi, xalq teatri bo'ladimi, maydonchadagi tomoshalar bo'ladimi barcha-barchasi aktyorlik sanati bilan bog'liq. Muallif olg'a surgan g'oya va fikrlarni aktyor ham tengma-teng baham ko'radi, o'z vujudi, jussasi orqali dramaturg qiyofalarini ifodalaydi, ijtimoiy muammolarini namoyon qiluvchi ijodkor shaxs - san'atkorga aylanadi. Aktyor dramaturg kabi ijodkor, san'atkor. Dramaturg bergan holat va matnlar asosida aktyor o'zining jismoniy va ruhiy tabiati bilan badiiy sahna qiyofasini yarata olsa bu uning katta muvaffaqiyati bo'ladi. Aktyorning bosh maqsadi badiiy qiyofa yaratishdir. Aktyor ijodining o'ziga xos xislati u bir vaqtning o'zida ijod qiladi va ijodga o'zi material hisoblanadi. Ijodning obyekti ham, subyekti ham o'zi. Barcha sanat turlaridan atkyor ijodi o'zgacha - bu ijod uning jussasi, ovozi, aql-idroki va tuyg'ulariga bog'liq. Demak, mana shu xususiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Agar barcha sanat turlarida yaratuvchining ijod mahsuli, o'tib ketgandan keyin ham yashasa (haykaltarosh, rassom, bastakor va boshqalar), aktyor ijodi uning hayotligida yashaydi. Spektakl ijro etilayotgandagina yashaydi. Spektakl tugab parda tortilishi bilan aktyor ijodi tugaydi. Jonsiz va jonli ijroning tafovuti mana shunda. U tomoshabinning xotirasida yashaydi, faqat esda muhrlanib qoladi. Shuning uchun ham aktyor ijodi o'tkinchi. Agar barcha sanat turlarida sanatkorlar o'z ijod mahsulini jonsiz narsalardan yaratsa va u hamisha har doim o'zgarmasdan bir holatda tursa, aktyor ijodi jonli vujuddan paydo bo'lgani uchun o'zgaruvchanligi, uning ruhiy holatiga, tabiatiga, atrofni o'rab turgan muhidga bog'liqligi bilan farq qiladi. U tez tasirlanadi, o'zgaradi, yaratgan qiyofasini takror va takror betakror etishga majbur bo'ladi. Jonli teatrning go'zalligi ham, fazilati ham, boshqa sanat turlaridan tafovuti ham shunda.
Rejissorning fikri, orzu-armonlarini badiiy reja va niyatlarini, ilmiy salohiyati va hayotiy kuzatuvlarini, tasavvuri, didi va ehtiroslari, barchasini sahna harakati va vujudi orqali keng ko'lamda ro'yobga chiqarib namoyish qilib beruvchi bu aktyordir. Aktyor rejissor irodasiga bo'ysungan materialdir. Rejissor va aktyor hamkorligi, ularning uyg'unligi teatr sanatining asosini tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.Mahmudov, H.Mahmudova Rejissura asoslari Toshkent: 2008
I [ccñ^^BI 551 http://oac.dsmi-qf.uz
2. Usmonov R. Rejissura T: 1997
3. Qobilov H Musiqali teatr rejissorligi. T: 2021
4. Abdullayeva M Rejissura T: 2016
5. Jo'ra Mahmud Rejissura tarixi va nazariyasi T: 2020
6. M. Mahmudov Rejissura asoslari T: 2007
552
http://oac.dsmi-qf.uz