Научная статья на тему 'QO’G’IRCHOQ TEATRIDA SPEKTAKL SAHNALASHTIRISHNING BADIIY KOMPONENTLARI'

QO’G’IRCHOQ TEATRIDA SPEKTAKL SAHNALASHTIRISHNING BADIIY KOMPONENTLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
109
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
rejissor / dramaturg / naqqosh / usta / rassom / xarakter / personaj / obraz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdurashid Raximberdiyevich Madaliyev

Ushbu maqolada teatrida spektakl sahnalashtirishning badiiy komponentlari o’zbek teatri tushunchasi va talabalarning tomoshalarini ijro etishi unda qo‘g‘irchoq teatri aktyorini tarbiyalashdagi bo‘lgan yo‘lda qanday usulardan foydalanadi qudagi jarayonlarda ustozlar qanday yondoshga ushbu masalarda so‘z boradi moqolamizda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO’G’IRCHOQ TEATRIDA SPEKTAKL SAHNALASHTIRISHNING BADIIY KOMPONENTLARI»

QO'G'IRCHOQ TEATRIDA SPEKTAKL SAHNALASHTIRISHNING

BADIIY KOMPONENTLARI

Abdurashid Raximberdiyevich Madaliyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat inistitutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada teatrida spektakl sahnalashtirishning badiiy komponentlari o'zbek teatri tushunchasi va talabalarning tomoshalarini ijro etishi unda qo'g'irchoq teatri aktyorini tarbiyalashdagi bo'lgan yo'lda qanday usulardan foydalanadi qudagi jarayonlarda ustozlar qanday yondoshga ushbu masalarda so'z boradi moqolamizda.

Kalit so'zlar: rejissor, dramaturg, naqqosh, usta, rassom, xarakter, personaj, obraz

ARTISTIC COMPONENTS OF PERFORMANCE IN THE PUPPET

THEATER

Abdurashid Rakhimberdiyevich Madaliyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the concept of Uzbek theater, the artistic components of staging a play in the theater, and the performance of students' performances, what methods are used in the process of training a puppet theater actor, how the teachers approach these issues are discussed in our article.

Keywords: director, dramatist, artist, master, artist, character, character, image

Teatr san'ati deganimizda darrov ko'z o'ngimizga yetuk sahna ijodkorlari Mannon Uyg'ur, Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Shukur Burxonov, Olim Xo'jayev, Halima Nosirova, Sora Eshonto'rayeva, Yayra Abdullayeva, Oydin Norboyevalar; qo'g'irchoq teatri san'ati deganimizda Toshmuhammad Doniyorov, A.Saidaliyev, N.Zayniddinov, Vladimir Iogelsen, Toxir Mahramov, Iso Yoqubov, Shohida Komilova, Fatxullo Xo'jayev, Angela Mahkamova, Munisa Egamberdiyevalar; tasviriy san'at deganimizda Kamoliddin Behzod, Chingiz Axmarov, Rahim Axmedov, Ro'zi Choriyev, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayevlarning siymosi va ularning san'at yo'lida yaratgan ijodiy ishlari gavdalanadi. Bu ijodkorlar tomoshabinlar qalbida bir umrga jo bo'lgan buyuk insonlardir.

Ijodkor xoh u aktyor bo'lsin yoki rejissor, yoki qalam sohibi dramaturg, yo bo'lmasa tasviriy san'at vakili - naqqosh, usta, rassom, kim bo'lishidan qat'iy nazar

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

kelajakka umid bog'lab ijod qiladigan bo'lsa, eng avvalo hayotni yaxshi bilishi,tomoshabinning dunyosini anglay olishi va o'rganishi darkor. Hayot bilan hamohang va tomoshabindan ancha oldinda yurgan ijodkorgina o'zining ijodiy ishlari bilan el qalbidan joy olishga musharraf bo'la oladi. Shuning uchun teatr tomoshasiga kelgan har bir tomoshabin sahnada mahorat bilan ijro etgan aktyor iste'dodidan mamnun bo'lishi, spektaklda yaratgan obrazlar majmuasida o'ziga kerak bo'lgan tomonlarni ilg'ab olishi va shu bilan birga undan o'zi uchun tegishli xulosa chiqara bilishi zarur.

Ana shunda ijodkor tomoshabin olqishiga sazovor bo'lib, uning hurmatiga loyiq bo'ladi. Bunday ijodkorlarni el sevadi va ardoqlaydi. Bu iltifotga sazovor bo'lish hamma ijodkorlarga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bekorga san'at donishmandlari: «San'atda birinchi bo'l, birinchi bo'lmasang bu sohani tark et», deb aytishmagan.

Qo'g'irchoq teatri aktyorini tarbiyalashda uning shu san'atni sevishi va unga sodiq qolishda yuqorida tilga olingan san'atkorlarning shaxsiy hayoti va ularning bosib o'tgan ijodiy yo'llari bo'lg'usi aktyor uchun katta ijod maktabi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun o'qish davrida, ayniqsa spektakl ustida olib boriladigan ish hamda obraz yaratish jarayonida buyuk san'atkorlarning ijodiy yo'liga qaytaqayta murojaat qilish va o'rganish zarur. Yetuk san'atkorlarning yaratgan obrazlari ertaga san'atga mustaqil qadam qo'yayotgan ijodkorlarga poydevor bo'lib xizmat qiladi. Shunda ular o'z ijodini tomoshabinga qanchalik qimmatli ekanligini anglab olishadi. Chunki aktyorning butun ijodiy faoliyati faqat tomoshabin bilan bog'liq holda o'tadi. Shunday ekan qo'g'irchoq teatri aktyori ham sahnada yaratadigan obrazlari orqali tomoshabinni o'z ketidan ergashtirib, uning dunyoqarashni shakllantirishi va uning qalbiga ezgulik urug'larini sochishi kerak.

Yosh tomoshabin san'atga ilk qadamini qo'g'irchoq teatridan boshlar ekan, uni teatrdan olgan birinchi taassuroti bir umrga esda qolishi va bu dargohni tez-tez qumsab turishi lozim. Shuning uchun ba'zan kattalar bilgan san'at to'g'risida suhbatlashganingda ular qo'g'irchoq teatrida birinchi marotaba ko'rgan spektaklini eslab, undagi o'zida yaxshi taassurot qoldirgan obrazi va shu obrazni yaratgan aktyorni eslashadi. Ba'zilar esa shu san'at turini yoqtirib, keyinchalik uni o'ziga kasb qilib oladi.

Qo'g'irchoq yoki drama san'ati bo'limiga imtihon topshirishga kelgan abituriyentlar ko'pincha «Men Shukur Burhonovday yoki Toxir Mahramovday bo'laman, shuning uchun shu sohani tanladim», degan gaplarni eshitasiz. Yoki sahnada ijro etilgan har xil kasbdagi insonlarning obrazini yosh tomoshabin birinchi marotaba teatrda ko'rib, u bilan tanishadi. Ba'zida unda sahnada ko'rgan kasb egasiga nisbatan qiziqish uyg'onadi va u o'zini shu kasbga tayyorlab boradi. Bu esa uni kelajakda shu kasbni egallashiga ham yordam beradi. Demak, teatr tomoshabinni faqat tarbiyalamay, uning ongini shakllanishiga, dunyoqarashini kengayishiga, borliqni jonli obrazlar

I ícclT^^^^H 70 http://oac.dsmi-qf.uz

orqali ko'rishiga hamda kelgusi hayot yo'lini belgilab berishida ham unga yaqindan yordam berar ekan.

Shuning uchun ham aktyorlar o'z kasbining qiymatini, uning mohiyatini tushungan holda uning oldida turgan katta mas'uliyatni anglamog'i zarur. Shunday ekan u butun ijodiy yo'li davomida tinmay o'z ustida ishlab, iste'dodining yangi qirralarini rivojlantirib, ijod pog'onalariga ko'tarilib, tomoshabin olqishiga sazovor bo'lib,uning qalbidan joy olib, san'atda o'z o'rniga ega bo'la oladi. Ana o'shanda u o'z maqsadiga erishgan bo'ladi. Aktyor ijodi bilan bog'liq bo'lgan bu fazilatlarni talabalar o'qish jarayonida anglab olishi va unga amal qilishi darkor. Talabalar kelalajakda spektakllarini tomoshabinga namoyish qilganlarida, ular o'z aktyorlik va rejissorlik burchlarini to'g'ri tushuna borishlari va tomoshabin uchun fidokorona xizmat qilishga o'rganishlari zarur.

Aktyor va rejissor o'z kasbiga fidoyi bo'lib, o'z ustida tinimsiz mehnat qilmas ekan, u o'zida bor bo'lgan iste'dod bilan uzoqqa bormay, yarim yo'lda shamol ta'sirida o'chib qolgan shamchiroqqa o'xshab qoladi. Ana shunda u tomoshabin nazaridan chetda qolib ketadi. Bu aktyor uchun kechirib bo'lmas fojia hisoblanadi. Bo'lg'usi teatr ijodkori san'at sohasida yetuk mutaxassis bo'lib qolmay, balki u pok axloqli, yuksak didli, nazariy bilimlarni puxta egallagan, davr ruhini yaxshi his qila oladigan, bolalar va kattalar ruhiyatini chuqur anglagan yuksak madaniyatli, zamonasining yetuk insoni bo'lmog'i darkor. Bunday fazilatlarga ega bo'lgan aktyorgina sahnada haqiqiy yetuk, mukammal obrazlar yarata olish qobiliyatiga ega bo'ladi. Shunday qilib, kurs talabalarining to'rt yillik o'qish jarayoni nihoyasiga yetib qoldi. Endi navbat Davlat imtihoniga. Davlat imtihoniga barcha kurs talabalari ishtirok etgan spektakl olib chiqiladi. Albatta bu spektakllarda har bir bitiruvchi o'zining serqirra aktyorlik imkoniyatlarini ochib beradigan har xil xarakterdagi personajlarning obrazini yaratgan holda sahnaga chiqish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur.Talabalarning ishidagi ijodiy yo'li uni kelgusida shu san'at sohasida ishlay olish darajasini ko'rsata olishi shart.

Demak, teatrning kelajagi bu san'at maktabining yosh ijodkorlari qo'lida. Yani:

1. Bo'lg'usi aktyorning ma'naviy va estetik axloqiy normalari;

2. Aktyorning kasbiga bo'lgan munosabati va fidoiyligi;

3. Aktyorlik mahorati fanidan nazariy bilimlari;

4. Aktyorlik mahorati fanini nazariy hamda amaliy jihatdan o'zlashtirish va obraz yaratish jarayonida undan to'laqonli foydalanish;

5. Zamonaviy teatr qo'g'irchog'ining barcha turlari bilan yuqori darajada ishlay olish xususiyatlari;

6. Ovozni har xil yo'sinda ishlata bilish - sahna nutqi texnikasi va sahna nutqi madaniyati puxta ozlashtirish va hokozolar

7. Aktyorni sahnada o'zini boshqara olish va tutish etikasi;

71

http://oac.dsmi-qf.uz

8. Spektakl ansamblini his qilish va shu ansambl doirasida ijod qila olish kabi fazilatlarni umumlashtirgan holda baholanishi lozim bo'ladi.

Yuqorida qayd qilingan qo'g'irchoq teatri aktyoriga xos xususiyatlarni baholanishi, bu bo'lg'usi ijodkorlarni ijod yo'lini to'g'ri ko'rsata olish hamda ularga katta mustaqil hayotga yo'llanma berish bilan barobar bo'lmog'i lozim.

72

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.