Научная статья на тему 'SAMARQAND ZIYORATGOHLARIDA GO‘RI AMIR MAQBARASINING TUTGAN O‘RNI'

SAMARQAND ZIYORATGOHLARIDA GO‘RI AMIR MAQBARASINING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Do‘Smaxmatov J.B.

Mustaqallik yillaridan e’tiboran muqaddas qadamjolarimizga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratila boshlandi. Buyuk ajdodlarimiz qo‘nim topgan maskanlarni qayta tiklash, obodonlashtirish, ta’mirlashga, jiddiy e’tibor berilayotganligi tufayli ziyoratgoh maskanlar 1.5 mlrd. musulmon dunyosini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.Bu xususda ayniqsa Samarqand shahri alohida e’tiborga molikdir.Bugungi kunda Samarqand viloyatining turizm salohiyatida eng asosiy tarmoqlardan hisoblangan ziyorat turizmi ayniqsa shaharda tobora taraqqiy etmoqda. Bunda shaharda joylashgan ko‘plab tarixiy-me’moriy yodgorliklarning ahamiyatli ekanligi, maftunkorligi, jozibadorligi, muqaddasligi tufayli dunyo sayyohlari e’tiborini jalb qilayotgani alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan Samarqand viloyatida joylashgan Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad maqbarasi, Imom Burxoniddin Marg‘inoniy maqbarasi, Xo‘ja Abu Darun maqbarasi, Xazrati Xizr masjidi, Nuriddin Basir maqbarasi,Burxoniddin Sagarjiy (Ruhobod) maqbarasi, Cho‘ponning otasi maqbarasi, Xo‘ja Ahror qabri, Doniyor payg‘ambar (Muqaddas Daniil) maqbarasi va boshqa bir qator qadamjolarning ahamiyati beqiyosdir.Ushbu ziyoratgohlar ichida nomini alohida keltirib o‘tishimiz kerak bo‘lgan Go‘ri Amir maqbarasi ham o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND ZIYORATGOHLARIDA GO‘RI AMIR MAQBARASINING TUTGAN O‘RNI»

SAMARQAND ZIYORATGOHLARIDA GO'RI AMIR MAQBARASINING TUTGAN O'RNI Do'smaxmatov J.B.

magistr,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11148318 Mustaqallik yillaridan e'tiboran muqaddas qadamjolarimizga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratila boshlandi. Buyuk ajdodlarimiz qo'nim topgan maskanlarni qayta tiklash, obodonlashtirish, ta'mirlashga, jiddiy e'tibor berilayotganligi tufayli ziyoratgoh maskanlar 1.5 mlrd. musulmon dunyosini o'ziga jalb qilib kelmoqda.Bu xususda ayniqsa Samarqand shahri alohida e'tiborga molikdir.Bugungi kunda Samarqand viloyatining turizm salohiyatida eng asosiy tarmoqlardan hisoblangan ziyorat turizmi ayniqsa shaharda tobora taraqqiy etmoqda. Bunda shaharda joylashgan ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklarning ahamiyatli ekanligi, maftunkorligi, jozibadorligi, muqaddasligi tufayli dunyo sayyohlari e'tiborini jalb qilayotgani alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan Samarqand viloyatida joylashgan Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad maqbarasi, Imom Burxoniddin Marg'inoniy maqbarasi, Xo'ja Abu Darun maqbarasi, Xazrati Xizr masjidi, Nuriddin Basir maqbarasi,Burxoniddin Sagarjiy (Ruhobod) maqbarasi, Cho'ponning otasi maqbarasi, Xo'ja Ahror qabri, Doniyor payg'ambar (Muqaddas Daniil) maqbarasi va boshqa bir qator qadamjolarning ahamiyati beqiyosdir.Ushbu ziyoratgohlar ichida nomini alohida keltirib o'tishimiz kerak bo'lgan Go'ri Amir maqbarasi ham o'rin olgan. Go'ri Amir maqbarasi Samarqand shahrining janubiy qismida joylashgan. Bu tarixiy yodgorlik shahar markazidan biroz ajratilgan holda, Registon maydoni va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan yaqin masofada joylashgan. Maqbara ziyoratchilarning muhim tashrif buyuradigan joylaridan biridir. Go'ri Amir maqbarasi Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylari qatoriga kiradi va O'zbekistonning eng muhim turizm ob'yektlaridan biri hisoblanadi.

Go'ri Amir Islom dunyosida me'morchilikning yuqori san'atini namoyish etuvchi me'moriy yodgorlikdir. Maqbara, an'anaviy O'zbek va Islom me'morchiligining elementlarini namoyish etib, noyob ustunlar, qubbalar va mozaika bilan bezatilgan. Go'ri Amir maqbarasi butun dunyoga mashhur va O'rta Osiyo me'morchiligining noyob va antiqa inshootlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Maqbara qurilishi 1403-yilda Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sultonning vafot etishi munosabati bilan boshlangan, Mirzo Ulug'bek davriga kelib tugallangan hamda Amir Temur va temuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Maqbara o'rta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning taxt vorisi

Muhammad Sulton XIV asrning oxirida bino qildirgan ansambl qoshida tiklangan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyo sohillariga qilgan uzoq safaridan qaytib kelayotganda to'satdan hastalanib vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga keltirilib, ansamblning janub tomonidagi ayvoni orqasidagi dahmaga dafn qilinadi. Amir Temur shahzodaga bag'ishlab maqbara qurish haqida farmon beradi. Shundan keyin dahma ustiga sakkizyoqli bino quriladi. Sharq tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy bu bino "Osmon kabi baland gumbaz, devorlarining pastki qismi zarhal va lojuvard bilan bezatilgan marmar toshdan qilingan", deb ta'riflaydi. Lekin bu ishlarni Amir Temur hayotlik davrida oxiriga yetkaza olmagan. U 1405-yilning fevralida qattiq betob bo'lib vafot etdi va Muhammad Sulton jasadi yoniga dafn qilindi.Amir Temur vafotidan keyin taxt uchun o'zaro kurashlar boshlanib ketishi maqbarani qurib tamomlashga halaqit beradi. Mamlakat 1409-yildagina tinchlikka erishadi Amir Temurning o'g'li Shohruh Mirzo Hirotni poytaxt qiladi. Mirzo Ulug'bekni esa Samarqand hokimi qilib tayinlaydi. Amir Temurdan Mirzo Ulug'bekka juda ko'p boyliklar meros bo'lib qoladi. Olimlar, hunarmandlar va rassomlar uning ixtiyoriga o'tadi. U mamlakatda madaniyat va qurilish ishlarini rivojlantirishni boshlab yuboradi. Mirzo Ulug'bek buyuk bobosiga hurmat yuzasidan sakkizyoqli maqbarani temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi. Maqbara bitgach, Amir Temurning piri bo'lmish Mirsayid Barakaning jasadi shu maqbaraga ko'chiriladi. Amir Temurning o'zi ustozining oyoq tomoniga dafn etiladi. Ba'zi rivoyatlarga qaraganda, Amir Temurning o'zi shunday vasiyat qilgan ekan. Binonig ichi yangidan bezatiladi, maqbara sahniga dahmalar qo'yilib, atrofi nafis marmar toshdan panjara qilib olinadi. Maqbaraga 1424-yilda uning sharq tomoniga taqab qurilgan ko'p gumbazli ansambl orqali kiriladi. Maqbarada Amir Temurning o'g'illari - Mironshoh, Umarshayx va Shohruh Mirzolar ham dafn qilingan. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat'iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag'anasiga qo'yilgan ko'k nefrit qabrtoshini Ulug'bek Mo'g'ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug'laydigan so'zlar, uning shajarasi va marsiyalar o'ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag'analar Ulug'bek tomonidan yaxlit o'yma marmar panjara bilan o'ralgan. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zinapoya orqali ostki qavatidagi go'rxonaga tushiladi. Ta'kidlash joizki maqbaraning g'arb va janub tomoniga yondosh qilib qurila boshlangan, lekin qurilishi chala qolgan ulkan imoratlar qurilish Mirzo Ulug'bek hukmronligining so'nggi yillariga to'g'ri kelsa kerak.

1449-yilda siyosiy inqiroz natijasida Mirzo Ulug'bek xoinlarcha o'ldiriladi. Buyuk astronom olimning jasadi Go'ri Amir maqbarasiga dafn qilinadi. Bahaybat gumbazli slindr shaklidagi aylanalarini ko'tarib turgan sakkizyoqli prizma bino

me'moriy kompozitsiyaningg asosini tashkil etadi. Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xit bitib, ustalik bilan ishlangan. Me'mor bir-biriga o'xshagan shakllardan foydalanib, binolarning katta o'lchamlarini mohirlik bilan bezagan.

Maqbara hashamatli sakkiz qirrali asos ustiga qurilgan bo'lib, tashqi bezagi devorning marmarli izorasi tepasiga koshinlardan qiyalatib girih berilgan va ular orasida kufiy xatida Allohga aytilgan hamdu sanoni anglatuvchi "subhanollohu bihamdih va subhonollohul a'zim va bihamdih" degan duo yozilgan. Gardish aylanasi bo'ylab ikki metr enlikda yozuv bo'lib, unda Qur'oni Karimning "Mulk" surasi boshidan oxirigacha ustma-ust yozish uslubida bitilgan. Xonalarning ichki devorlari ham yirik hoshiyalarga ajratilib, mayda bezak naqshli yozuvlar bilan "Muhammad s.a.v. Alloh, Ali" so'zlari bitilgan.Maqbaraga kiradigan uchta eshik hamda bitta mehrob bo'lib, bularning tepa va yon taraflarida gir aylantirib hadislardan juda nodir va sahihlari saralab yozilgandir. Maqbara uzoqdan kumushsimon-havo rangga o'xshab ketadi. Faqat gumbaz biroz ko'kish bo'lib, jilolanib ajralib turadi. Binoga yaqinlashgan sari gumbazning sakkizyoqli qismida havo rang geometrik shakllar va gumbazni ushlab turadigan aylanmasi havo rangli yirik harflar bilan bir tartibda bitilgan yozuvlar aniq ko'rina boshlaydi. So'ngra girihning shaklini to'ldirib boradigan ko'k rangdagi satrlar va harflar orasida bir-biriga chirmashgan bezaklar ko'zga tashlanadi. Bino tomon yanada yaqinroq borilsa, uning arxitekturasi qanchalik ustalik bilan ishlanganligi kishini hayratda qoldiradi. Darchalar tepasiga o'rnatilgan ajoyib koshinlar, maqbara poydevor qismi marmarida ishlangan nafis naqshlar diqqatni jalb etadi va go'yo bundan nafisroq bezak yaratib bo'lmaydigandek ko'rinadi. Ammo izora sharafasining miniat yurali ravoqchalarida zarhal bilan ishlangan shunday nafis bezaklar borki, ularni faqat juda mohirlik bilan ishlab, nodir asarlar qoldirganlar. Maqbaraning tashqi tomonini bunyod qilganda gumbazga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr bo'lsada, og'irligi sezilmaydi. Ma'lumki, Amir Temur tug'ilgan shahar - Shahrisabzda o'ziga atab hashamatli bino qurdirgan va marmartoshdan sag'ana yasatgan. Amir Temur to'satdan vafot etgandan keyin shunday siyosiy vaziyat vujudga keldiki, uning jasadi Samarqanddagi nabirasi uchun solingan maqbaraga dafn etildi. Shuning uchun Shahrisabzda toshdan tayyorlangan daxma ustiga buyuk Amir Temurning nomi yozilgan plita o'rnatilmagan. Mirzo Ulug'bek bobosiga taqlid qilib, Go'ri Amir maqbarasi yonida zodagonlarni dafn etish uchun katta qurilish ishlarini boshlab yuborgan, deyishga asos bor. Maqbaradagi daxma chiroyliligi jihatidan Shahrisabzda Temur qurdirgan daxmadan qolishmaydi. Biroq, Mirzo Ulug'bek vahshiyona o'ldirilishi bilan majmuadagi ishlar to'xtab, maqbara huvillab qoldi. Mirzo Ulug'bekning jasadi Go'ri Amirda bobosi yoniga qo'yildi.

Ulug'bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: "Bu shavkatli Amir Temurning qabri..." deb yozilgan koshinli lavha bo'lgan.Maqbara g'oyatda nafis bezatilgan.U Temurning ko'rsatmasiga binoan ikki qavatli qilib qurilgan. Maqbaraning birinchi qavatida ziyoratgoh, pastki qismida esa yer ostidagi haqiqiy daxmalar joylashgan.

1941-yilda musulmon odatiga zid ravishda Temuriylarning qabri maxsus komissiya tomonidan ochilgan edi. Tobutda Amir Temurning bir necha qavat mato va bir qavat kimxob bilan o'ralgan suyagi yotgan, boshi qiblaga qaratilgan, qo'llari to'g'rilangan, panjalari yoyilgan. XVI asrda katta imperiyaning asoschisi, nomi olamning yarmini larzaga keltirgan ulug' Amir Temurning qiyofasi haqidagi tarixiy ma'lumot, Ulug'bekning fojiali o'ldirilishi va boshqa temuriylarning dafn etilishi haqiqiyligi tasdiqlandi. Shuningdek, komissiya boshqa temuriylar qabrlarini ham ochib, chuqur ilmiy-tadqiqot ishlari o'tkazildi.

1994-1996-yillar mobaynida maqbarada katta hajmdagi ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. Go'ri Amir maqbara nafaqat O'zbekistonliklar balki Islom olamidan kelgan ziyoratchilar uchun ham muhim diniy va madaniy ziyoratgoh hisoblanadi.Maqbara Samarqand - Buxoro qadimiy shaharlari tarkibiga kirib, 2001-yilda UNESCO tomonidan Jahon Merosi ro'yxatiga kiritilgan.Go'ri Amirning bu kabi ahamiyatini inobatga olgan holda, u nafaqat O'zbekiston balki butun dunyoning diqqatga sazovor joylari orasida muhim o'rin tutadi. Go'ri Amir ham diniy, ham madaniy ahamiyatga ega bo'lgan yakka va noyob ziyoratgoh hisoblanadi. Bu, ziyoratchilar va tarixiy me'moriyat qiziqishini jalb etuvchi muhim diqqatga sazovor joy, shuningdek, o'zbek va islom san'atining ulug'vorligini ta'kidlovchi markazdir.Maqbara ilmiy merosga ham bog'liqdir, chunki unda buyuk astronom Mirzo Ulug'bek dafn etilgan. Ulug'bekning ilmiy ishlari va Samarqanddagi rasadxonasi, astronomiya va matematika ilmining orbita olamidagi yutuqlari bilan bog'liq.Samarqandni ziyorat qiladigan turistlar oqimi uchun Go'ri Amir har doim eng muhim nuqtalardan biri bo'lib kelgan. Uning gumbaz ostidagi katta sahnida ziyoratchilar namoz o'qishadi va tarixga ehtirom ko'rsatishadi.

Maqbaraning me'moriy uslubi, xususan uning gumbaz va naqshinkor bezaklar Samarqanddagi va butun Markaziy Osiyo me'morchiligining eng yaxshi namoyishidir va butun dunyo bo'ylab san'at ixlosmandlarini jalb etadi. Go'ri Amir, Amir Temur va Temuriylar sulolasining qabrlari joylashganligi sababli, ko'plab musulmonlar va tarixiy meraklilar tomonidan ziyorat qilinadigan muqaddas joydir. Maqbarada, jumladan, Mirzo Ulug'bek kabi buyuk olimlar ham dafn etilgani uchun, u o'z davridagi ilmiy va ma'rifatparvarlikning ramziga aylangan. Go'ri Amir maqbarasi sayyohlik tashkilotlari tomonidan turistik dasturlarning ajralmas qismi

sifatida ko'rsatiladi va bu uning Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylari orasidagi o'rni muhimligini anglatadi.

Maqbara diniy ehtirom va marosimlar o'tkaziladigan, islom olamidagi muhim ziyoratchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Go'ri Amir UNESCO tomonidan Jahon Merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqandning tarixiy mazmunining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi.Shu sababli, Go'ri Amir maqbarasi nafaqat Samarqand shahrida, balki butun O'zbekistondagi, hatto butun Islom dunyosidagi eng muhim ziyoratgohlar va tarixiy yodgorliklardan biri sifatida tanilgan va ulkan ehtiromga sazovordir. Maqbarada madaniyat va san'atning boy tarixi mavjud, u O'zbekiston va uning xalqining madaniy o'zligi va me'morchilik yutuqlarini ifoda etadi. Maqbara dafn etish joyi sifatida nafaqat o'sha davrning me'moriy san'atining yorqin namoyishidir, balki Amir Temur imperiyasining qudrat va ulug'vorligini ta'kidlashga xizmat qiladigan muhim me'moriy yodgorlik hamdir. Bu yerda Amir Temur o'zini va sulolasining muhim a'zolarini Temuriylar saltanatining buyukligi va tarixiy merosini namoyish etadigan tarzda joriy etgan birinchi darajali madaniy va tarixiy obida sifatida ko'rish mumkin. Bu, shubhasiz, Samarqand shahrining va butun O'zbekistonning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan.

Adabiyotlar:

1. Jiyanov P.Yu.R.Xudoynazarov "O'zbekiston-ziyorat turizm markazlaridan biri". Buyuk ipak yo'li chorrahasida ziyorat turizmining renessansi (ilmiy maqolalar to'plami). S.: 2019 y. -192 s

2. Xudoyarov A. O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy jihatlari. "Islom ziyosi" ilmiy jurnali. O'zXIA.4-son 2019yil

3. Davlatov O. Alisher Navoiy va Amir Temur. «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 2013 yil 14-son.

4. Qodirov B. Amir Temur madaniyat va ilm-fan homiysi. —Ijodiy parvoz gazetasi, 4 (60)-son, aprel, 2018.

5. Frederik Bopertyui-Bressan. Amir Temur dunyo olimlari va adiblari nigohida. Xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya. Sentyabr, 2021.

6. Кандахаров, А. Х. (2014). РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ И КУЛЬТУРЫ В СОЦИАЛЬНО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ XVI ВЕКА. Апробация, (11), 9.

7. Kandakharov, A. K. (2023). THE ROLE OF PILGRIMS OF NAVOI REGION IN THE DEVELOPMENT OF INTERNAL TOURISM. Oriental Journal of History, Politics and Law, 3(06), 76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.