Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA YONG‘OQNING SO„RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH'

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA YONG‘OQNING SO„RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

43
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grek yong„og„i / bioekologiya samaradorlik / qarshi himoya qilish / yongoq kichik biti. / walnuts pests / bioecology efficiency / protecting against / a small bit of walnut.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Otamurod Аslamovich Poʻlatov, Shodmon Ergash Oʼgʼli Negmatov, Marxabo Shodiyor Qizi Xotamova

Maqolada Samarqand viloyati Jomboy tumani yong„oqzorlarida uchrovchi so„ruvchi zararkunandalarga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligini aniqlash bo„yicha maʼlumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents information on determining the biological effectiveness of insecticides against sucking pests in the walnut groves of Jomboy district, Samarkand region.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA YONG‘OQNING SO„RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA YONG'OQNING SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH

Otamurod Aslamovich Po'latov

ToshDAU Samarqand filiali Agrokimyo, tuproqshunoslik va o'simliklar himoyasi

kafedrasi katta o'qituvchisi.

Shodmon Ergash o'g'li Negmatov

ToshDAU Samarqand filiali Agrokimyo, tuproqshunoslik va o'simliklar himoyasi

kafedrasi assistenti

Maqolada Samarqand viloyati Jomboy tumani yong'oqzorlarida uchrovchi so'ruvchi zararkunandalarga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar. grek yong'og'i, bioekologiya samaradorlik, qarshi himoya qilish, yongoq kichik biti.

The article presents information on determining the biological effectiveness of insecticides against sucking pests in the walnut groves of Jomboy district, Samarkand region.

Keywords. walnuts pests, bioecology efficiency, protecting against, a small bit of walnut.

Kirish. Respublikamizning yong'oq mevali bog'lariida zarar keltiradigan zararkunandalarining tur tarkibi va xilma-xilligi bilan bir biridan ajralib turadi. Ushbu zararkunandalar yong'oq daraxtining generativ va vegetativ organlariga zarar keltiradi.

Respublikamiz iqlimining ko'rsatkichlari, ya'ni havo-namligini past darajada bo'lishi va havo haroratini keskin ko'tarilishi daraxtlarga salbiy ta'sir etib, ular o'zlariga ko'plab zararli hasharotlarni jalb qiladi.

Marxabo Shodiyor qizi Xotamova

ToshDAU Samarqand filiali talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Shu bilan birga ayrim xavfli zararkunandalarning rivojlanishi

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

uchun qulay sharoit hisoblanadi. Zararkunandalar tez ko'payadi va har qanday yong'oq mevali bog'larni nobud bo'lishiga olib keladi. [5; 16-b. ] [4; 65-66-b.] [6; 9-11-b.] [3; 25-26-b.]

O'zbekistonning tabiiy va madaniy yong'oqzorlarida asosan yong'oq mevaxo'ri (Sarrothrypus muscutana Ersch), olma mevaxo'ri (Cydia pomonella L.), yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze), yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.), vergulsimon qalqondor (Lepidosaphes uimi L.)., oddiy o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), shahar mo'ylovdori (Aeolesthes sartaSolsk.), va yer ari (Megachile maritima) kabi zararkunandalar uchraydi va katta iqtisodiy zarar keltirishi aniqlangan. [7; 212-b.] [6; 146-147-b.]

Yong'oq mevali bog'larida uchraydigan zararkunandalarning tur tarkibini o'rganish uchun 2021-2022 yillar davomida Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "SAG AGRO MCHJ" intensiv bog'larida kuzatuvlar olib borildi.

Olingan ma'lumotlar tahliliga ko'ra Samarqand viloyati Jomboy tumani hududlaridagi yong'oq mevali intensiv bog'larida quyidagi so'ruvchi zararkunandalar: Yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze), Yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) oddiy o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), bog' o'rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni) uchrashi aniqlandi.

1-jadval

Yong'oq mevali bog'larda uchraydigan so'ruvchi zararkunandalarning tur tarkibi va

uchrashi haqida ma'lumotlar.

№ Zararkunandalarning nomi Samarqand viloyati Jomboy tumani

1. Yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze) +++

2. Yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) +++

3. Oddiy o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) +++

4. Bog' o'rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni) +

- uchramadi ,+ oz uchradi, ,++ ko'p uchramadi +++ - juda ko'p uchradi

Yong'oq daraxtida dastlabki barg hosil bo'lishi bilan bitlarning quyosh yaxshi tushadigan novdalarida paydo bo'ladi. Bitlarning rivojlanishi va ko'payishi uchun qulay o'rtacha havo harorati 18-25° S va namligi 60-75% hisoblanadi. Samarqand viloyati yong'oqzorlarida havo haroratini keskin ko'tarilgan davrlarda (may oyining oxiri, iyun, iyul, avgust oylari) yong'oq

May 12-13

1150

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

bitlarini keskin kamayib ketishi kuzatiladi. Bunda bitlar yozgi tinim davriga kiradi. Samarqand viloyati sharoitida bitlar 10 tadan 15 tagacha avlod berishi aniqlandi.

Tadqiqotlarimiz Samarqand viloyatida Jomboy tumani yong'oq bog'larida sinovdan o'tkazildi. Tajribalar uchun insektitsidlardan Imidor, 20% em.k. - 0,3 l/ga; Imperator Gold 30% em.k.- 0,2 l/ga; Hamla 55% em.k. (andoza) - 1,0 l/ga sarf miqdorida qo'llanildi. Preparatlarni motorli purkagichlarda gektariga 250 litr ishchi aralashma sarflagan holda purkaldi.

2-jadval

Yong'oq katta va kichik bitlariga qarshi kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi, %

(2021 yil)

Variantlar Preparat sarfi, l/ga O'rtacha 1 bargdagi bitlar soni, dona. Biologik samaradorlik, %

ishlov berilguncha ishlov berilgan, kunlarda

3 7 14 3 7 14

Nazorat ishlov berilmagan - 30,3 32,5 34,8 43,3 - - -

Hamla 55% em.k. (andoza) 1,0 37,2 6,4 5,5 4,1 80,3 84,2 90,5

Imperator Gold 30% em.k. 0,2 35,8 5,9 4,8 3,1 81,8 86,2 92,8

Imidor, 20% em.k. 0,3 35,4 5,6 5,1 3,4 82,8 85,3 92,1

EKIF05 % 0,9 2,2 0,8 2,5 0,6 2,8

3 7 14

Biologik samaradorlik, %

Tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra, Imperator Gold 30% em.k. preparati 0,2 l/ga qo'llanilganida yuqori biologik

May 12-13

1151

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

samaradorlikni ko'rsatdi. Hisob ishlarining 3 kunida bitlarga qarshi nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 81,8 % ga yetgan bo'lsa, 7 kunga kelib 86,2 % va 14 kuni esa 92,8 % ni tashkil qildi. Xuddi shuningdek Imidor 20% em.k./ga 0,3 sarf miqdorida qo'llanilgan 3 kuni 82,8 % ni tashkil qilgan bo'lsa, 7 kunga kelib bu ko'rsatgich 85,3 % ga, 14 kuni esa 92,1 % ga yetdi. Tajribamizning andoza sifatida ya'ni Hamla 55% em.k. preparati qo'llanilgan variantda esa bu ko'rsatgich 80,3 %; 84,2 % va 90,5 % miqdorida bo'ldi va jadvalda berildi. (2-jadval) Tajriba o'tkazilgan maydonlarda yong'oqda uchraydigan boshqa zararkunandalarning ham populyatsiyasi soni kamayganligi qayd etildi.

Tadqiqotlarimizni ikkinchi yilida ham preparatlarni Imidor, 20% em.k. - 0,3 l/ga; Imperator Gold 30% em.k.- 0,2 l/ga; Hamla 55% em.k. (andoza) - 1,0 l/ga mos ravishda qo'lladik.

3-jadval

Yong'oq katta va kichik bitlariga qarshi kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi,

% (2022 yil)

O'rtacha 1 bargdagi bitlar soni, dona.

Variantlar Preparat sarfi, l/ga ishlov berilguncha ishlov berilgan, kunlarda Biologik samaradorlik, %

3 7 14 3 7 14

Nazorat ishlov berilmagan - 32,3 33,9 36,4 44,7 - - -

Hamla 55% em.k. (andoza) 1,0 35,2 5,6 4,9 3,8 82,5 85,5 90,5

Imperator Gold 30% em.k. 0,2 34,6 5,7 4,6 2,5 83,4 87,1 94,4

Imidor, 20% em.k. 0,3 33,7 5,1 4,4 3,2 85,0 87,9 92,8

EKIF05 % 1,8 2,6 1,6 2,8 1,5 2,9

May 12-13

1152

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

Tajribalarimizni ikkinchi yilida yong'oq katta va kichik bitlari qarshi Hamla 55% em.k. preparati andoza sifatida qo'llanilgan variantda biologik samaradaorlik 3 kunda 82,5 %, 7 kunda 85,5 % va 14 kunda 90,5 % ni tashkil etgan bo'lsa, Imidor, 20% em.k. insektitsidi qo'llanilganda bu ko'rsatkich 85,0 %, 87,9 % va 92,8 % bo'lganligi aniqlandi.

Imperator Gold 30 % em.k. insektitsidi qo'llanilganda dastlabki 3 va 7 kunlarda biroz past bo'lib, 14 kunga kelib esa eng yuqori ko'rsatkichni tashkil etdi. (3-jadval) Xulosa. Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi yong'oqzorlarda ixtisoslashgan zararkunandalar yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze) va yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) keng tarqalgan bo'lib ushbu zararkunandalarga qarshi Imperator Gold preparati Hamla va Imidor preparatlariga nisbatan eng yuqori biologik samaradorlikga erishishga olib keldi. Imperator Gold preparati yong'oq bitlariga qarshi gektariga 0,2 l sarflanganda biologik samaradorlik 2021-yilda 92,8 foizni va 2022-yilda esa 94,4 foizni tashkil qildi.

REFERENCES

1. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Грек ёнгоги ва уни зарарли организмлардан химоялащ. Самарканд-2021. - 171-172 б.

2. Инсектицид, акарицид, биологик фаол моддалар ва фунгицидларни синаш буйича услубий курсатмалар (проф. Ш.Т. Хужаев тахрири остида). -Тошкент.-2004 . - 103 б.

3. Юлдашева Ш. Тупрок иклим шароитларининг ёнгок ширалари биологияси ва таркалишига таъсири //

May 12-13

1153

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Энтомологиянинг долзарб муаммолари: Илмий-амалий анжуман материаллари.- Фаргона.- 2010. - 74-75 б.

4. Мухаммадиева М., Ортитов У., Сулаймонов Б. Урмон дарахтларини зараркунандалардан химоя килиш Тавсиянома- Тошкент, 2018. - Б. 9-11.

5. Обиджонова B. Хоразм шароитида мевали богларда гирдак куясининг зарари, унинг айрим биологик хусусиятлари ва унга карши уйгунлашган кураш усуллари. (Услубий кулланма) - Урганч, 2009. - 20 б.,

6. Нафасов З.Н., Юсупов. А.Х., Мухитдинов В.Н., Шукуров Х.М., Назаров Ш.Р. Урмон дарахтларини зараркунандалардан химоя килиш Тавсиянома. -Тошкент, 2018. - Б. 9-11.18 Кимсанбоев Х.Х. Мевали дарахтларни зараркунандалардан химоя килиш тадбирлари. // Кишлок хужалиги журналининг Агро илм илмий иловаси. - Тошкент, 2015. - № 5. - Б. 68-69.

7. Назаров Ш.Р. Ёнгок катта ва кичик шираларининг биоэкологик хусусиятлари, зичлиги ва ривожланиш динамикаси. Фан ва таълимни ривожлантиришда ёшларнинг урни. Узбекистон Республикаси Фанлар академиясининг 75 йиллигига багишланган Республика микёсидаги илмий ва илмий-техник конференция материаллари. 1- кисм. Тошкент-Навоий. - 2018. -Б. 148-149.).

May 12-13

1154

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.