Научная статья на тему 'MEVALI BOG‘LARNING SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI'

MEVALI BOG‘LARNING SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

75
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mevali bog„ / kemiruvchi zararkunanda / so„ruvchi zararkunanda / dominantlik / biologiya / fenologiya / tabiiy kushanda / biologik kurash / oltinko„z / trixogramma / brakon / biologik samaradorlik. / Orchard / rodent pest / pusher pest / dominance / biology / phenology / natural control / biological control / goldeneye / trichogramma / bracon / biological efficiency

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — O‘tkir O‘ktan O‘g‘li Bashirov

Maqolada Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o„quv tajribasidagi mevali bog„larning zararkunandalarini turlari dominantligi, tabiiy kushandalari, ularni biologiyasi va fenologiyasini o„rganish orqali ularga qarshi biologik kurash usulini qo„llash bo„yicha ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents information on the use of biological control methods against pests by studying their biology and phenology, the dominance of fruit orchards in the educational experience of the Samarkand branch of the Tashkent State Agrarian University, their natural habitats.

Текст научной работы на тему «MEVALI BOG‘LARNING SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MEVALI BOG'LARNING SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULI.

O'tkir O'ktan o'g'li Bashirov

Toshkent davlat agrar unversiteti Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quv tajribasidagi mevali bog'larning zararkunandalarini turlari dominantligi, tabiiy kushandalari, ularni biologiyasi va fenologiyasini o'rganish orqali ularga qarshi biologik kurash usulini qo'llash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Mevali bog', kemiruvchi zararkunanda, so'ruvchi zararkunanda, dominantlik, biologiya, fenologiya, tabiiy kushanda, biologik kurash, oltinko'z, trixogramma, brakon, biologik samaradorlik.

ABSTRACT

The article presents information on the use of biological control methods against pests by studying their biology and phenology, the dominance of fruit orchards in the educational experience of the Samarkand branch of the Tashkent State Agrarian University, their natural habitats.

Keywords: Orchard, rodent pest, pusher pest, dominance, biology, phenology, natural control, biological control, goldeneye, trichogramma, bracon, biological efficiency

Kirish. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoitlari mevali bog'lar uchun eng qulay hisoblanadi. Mevali bog'larda asosan olma, nok, behi, olcha, gilos, shaftoli va o'rik kabi daraxtlar ko'plab ekiladi.

Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, texnik, boshoqli don, dukkakli, moyli, poliz, sabzavot, kartoshka va ozuqa ekinlarini oqilona joylashtirish, mevali bog', uzum va tutzorlar tashkil etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi

Hozirgi vaqtda Respublikamizning barcha turdagi xo'jaliklar 2020 yilda mevali bog'larning maydoni, hosildorligi va yalpi hosili bo'yicha rejalashtirilgan. Jumladan, 117842 ga danak

May 12-13

1074

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mevali bog'lar, shundan o'rik 45696 ga, shaftoli 23284 ga, olxo'ri 21071 ga, gilos 20946 ga, olcha 6391 ga, jiyda 354 ga.ni tashkil qiladi. Fermer xo'jaliklari bo'yicha

2020 yilda danak mevali bog'lar maydoni 81289 ga tashkil qilib, shundan, o'rik 28677 ga, shaftoli 15701 ga, olxo'ri 16481 ga, gilos 20946 ga, olcha 3304 ga, jiyda 15 ga tashkil qiladi. Aholi tomorqa maydonlari bo'yicha esa, 2020 yilda danak mevali bog'lar maydoni 36554 ga.ni tashkil qilib, shundan, o'rik 13063 ga, shaftoli 7683 ga, olxo'ri 4590 ga, gilos 7792 ga, olcha 3087 ga, jiyda 339 ga.ni tashkil qiladi.

2021 yilda mevali bog'lar maydoni 211724 gektarni tashkil etgan (1).

So'ngi yillardan intensiv tipdagi mevali bog'lar maydoni oshib bormoqda. Bu bog'larda qo'llaniladigan parvarishlash tadbirlari oddiy bog'lardagidan farq qiladi. Intensiv bog'lardagi mevali daraxtlar 1-2 yilda hosilga kiradi, 1 gektar pakana bog'larda tuplar soni 2375-3100 (simbag'izda o'stirilgani 2500-3500) donani va daraxtlarning balandligi 2,0-3,5 m ni tashkil qiladi. Ko'chatlar kasalliklarga, zararkunandalarga, sovuqqa chidamliroq bo'lib, mevaning shakli, rangi va ta'mi jahon standart talablariga to'la javob beradi. Intensiv bog'da past va pakana bo'yli payvandtaglarga ulangan daraxtlardan foydalaniladi. Simbag'azli bog'larda o'stirilayotgan meva daraxtining eni pakana va past bo'yli daraxtlarda mos ravishda 100 sm va 150 sm ni tashkil qilishi lozim, shunda tanasini quyosh nurlari yaxshi yoritadi. Daraxtlarning bo'yi esa 3,5 m dan oshmasligi kerak. Qator oralari 3,5-4,0 m bo'lganda daraxtlar tanalari quyosh nuri bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi. Ammo uzoq muddat bir maydonda mevali daraxtlar sabab ixtisoslashgan zararkunandalar miqdori yildan yilga oshib boradi. Ikkinchi tomondan zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurash olib borilganda immunitet shakllanadi, bundan tashqari preparatlarni sotib olish, qo'llash xarajatlari ortib boradi. Mevali bog' zararkunandalariga qarshi biologik kurash olib borish yuqori, sifatli va iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.

Bir necha yillar davomida mevali bog' zararkunandalariga qarshi biologik kurash (trixogramma, oltinqo'z va brakon) usulini qo'llash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala va laboratoriya tadqiqotlari o'simliklar himoyasi bo'yicha umumqabul qilingan standart uslublar asosida olib borilmoqda. Dala tajribalari ToshDAU SF o'quv tajriba xo'jaligidagi mevali bog'larda, Jomboy va Tayloq tumanlaridagi intensiv mevali bog'larda olib borilmoqda. Mevali bog' zararkunandalarini tur tarkibi, fenologiyasi, biologiyasi, dominantligi o'rganildi. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash samaradorligini

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'rganish oldindan ekilgan va intensiv tipdagi mevali bog'larda modul daraxtlar ajratib olish va ularga entomofaglarni kiritish yo'li bilan o'rganildi. Biologik samaradorlik Abbot formulasi yordamida aniqlandi. Olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov bo'yicha matematik-statistik tahlil qilindi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Samarqand viloyati Oqdaryo, Jomboy va Tayloq tumanidagi intensiv tipdagi mevali bog'larda 8 oilaga mansub 15 turdagi so'ruvchi zararkunandalar asosan olma va nok daraxtlarida, faqat 4 turi esa behi daraxtlarida aniqlangan. Bu zararkunandalarning orasida qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerum Hausm.), nok qandalasi (Stephanitis pyri F.), bog' o'rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni) va qizil do'lana kanasi (Amphytetranychus viennensis Zacher) asosiy dominant tur zararkunandalar ekanligi va tabiiy kushandalardan 14 turi ko'p uchrashi aniqlandi.

Olingan ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, ushbu hududlarda mevali bog'larda 2 ta sinf, 3 ta turkum va 8 ta oilaga mansub, 14 turdagi so'ruvchi zararkunandalar uchrashi aniqlangan. Ulardan 6 turi: oddiy o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), bog' o'rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni), qizil do'lana kanasi (Amphytetranychus viennensis Zacher.), nok shish hosil qiluvchi kana (Eriophyes pyri Pagst.), qo'ng'ir meva kanasi (Briobia redikorzevi Rech.), o'rgimchaksimonlar (Acarinae) sinfiga, qolganlari esa hasharotlar (Insecta) sinfiga mansub ekanligi aniqlandi (1-jadval).

Ushbu zararkunandalarning ko'pchiligi asosan olma daraxtlarini zararlaydigan hasharot va kanalar hisoblanadi. Zararkunandalar soni va zarar keltirish darajasi turli xil omillar ta'sirida o'zgarib turishi aniqlandi.

Xulosa. Intensiv tipdagi mevali bog'larida 8 oilaga mansub 14 turdagi so'ruvchi zararkunandalardan; o'rgimchakkanalarning 3 turi, qizil qon shirasi, olma shirasi dominant tur hisoblanib, katta iqtisodiy zarar yetkazishi aniqlandi. Asosan kanalar bilan kuchli zararlanganda daraxtlarning o'sib rivojlanishiga hamda ikki yillik olinadigan hosilning miqdorini keskin kamayishiga katta ta'sir qilishi aniqlandi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State , ..„ -^iT-r^ i

. . TT . Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

Jntrodueing^mart^gricultureJnUzbM

1-jadval

Intensiv tipdagi Olma mevali bog'larda uchraydigan so'ruvchi zararkunandalarning tur tarkibi

va uchrashi

(Samarqand viloyati 2021-2012 yy.)

Zararkunandalarning nomi Uchrash darajasi

Oddiy o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) +++

Qo'ng'ir meva kanasi-Briobia redikorzevi Rech. +++

Qizil do'lana kanasi-Amphytetranychus viennensis Zacher. +++

Bog' o'rgimchak kanasi-Schizotetranychus pruni +++

Olma yashil shirasi-Aphis pomi De Geer. +++

Binafsha tusli qalqondor-Parlatoria oleae Colv. +++

Kaliforniya qalqondori-Diaspidiotus perniciosus Comst. + ++

Qizil qon shirasi-Eriosoma lanigerum Hausm. +++

Olma qandalasi-Stephanitis oshanini Vas. + +

Nok qandalasi-Stephanitis pyri F. +++

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2021 yil 4 mart 121-sonli "Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida"gi qarori.

2. Nurmatov Sh., Mirzajonov Q, Avliyoqulov A va b. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. - Toshkent: O'zPITI, 2007.- 147 b.

3. Hamrayev A., Nasriddinov K. O'simliklarni biologik himoyalash. - Toshkent: «Xalq merosi», 2003.- B. 148-200.

4. Shukurov X., Anorboyev A. O'rgimchakkanani yetti nuqtali oltinko'z yo'qotadi. J.Fermer. Ijtiomiy-iqtisodiy. Aprel 2015 y. - B. 54-55.

5. Maxmatmurodov A, Po'latov O, Botirxon Muhammadxo'ja o'g'li. Oltinko'z entomofagini biolaboratoriyada zamonaviy usulda ko 'paytirish. Academic research in educational sciences. 2022. -P. 697-700.

6. Hursanov H. J., Umurzakov E. Influence of agrotechnical measures on reducing the harmfulness of cotton scoop on agrobiocenosis of tobacco. // European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Vol. 2 No. 2, February 2021, -P 1-2.

7. Rizayev, Sh., Maxmatmurodov A., DJo'raev A., Sharifov K. Common weeds in winter wheat fields and measures to control them. Plant cell biotechnology and molecular biology, (2021). 551-558.

8. .Djurayeva S.F., Rizayev Sh.X. Tuproqqa ishlov berishning tuproq mikrofaunasiga ta'siri. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan, SB TSAU Conference. 2022. Pp. 577-582.

May 12-13

1077

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.