Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
TAMAKI MAYDONLARIDA KEMIRUVCHI TUNLAMLARGA QARSHI
KURASH
Alisher O'lmasovich Maxmatmurodov
Toshkent davlat agrar unversiteti Samarqand filiali-kafedra mudiri, q.x.f.d.
X. Xursanov
Toshkent davlat agrar unversiteti Samarqand filiali assistenti
O. Shakarov
Toshkent davlat agrar unversiteti Samarqand filiali magistri
ANNOTATSIYA
Maqolada tamaki o'simligining zararkunandalari, xususan kemiruvchi zararkunandalar bioekologiyasi, turlari, zarar keltirish darajasi, ularga qarshi kurash usullari atroflicha tahlil etilgan. Hasharotlar ta'sirida tamaki hosilining 30 % igacha nobud bo'lishi, hasharotni 1 kv.m maydonda 1-4 donagacha uchrashi aniqlangan.
Kalit so'zlar. Kemiruvchi zararkunandalar, undov tunlami, g'o'za tunlami, bioekologiya, zarar keltirish darajasi, kurash usullari
ABSTRACT
The article presents data on tobacco pests, in particular, the bioecology of scoops, their types, levels of damage and ways to combat them. According to estimates, tobacco crop losses from scoops are up to 30%, and the number of insects reaches 1-4 pcs. per sqm
Keywords. Biting scoops, types of scoops, cotton scoop, bioecology, level of damage, methods of control.
Kirish. Kemiruvchi zararkunandalar qishloq xo'jalik ekinlariga zarar keltiruvchi keng tarqalgan hasharotlar bo'lib, tamaki o'simligiga jiddiy zarar ketiruvchilaridan kuzgi tunlam - Agrotis sesetum Schiff, undov tunlami - A. exclamationis L, ipsilon tunlami - A. ipsilon Rott va g'o'za tunlami -Helicovepa armigera Hb. hisoblanadi [1].
Tamakiga tunlamning bahorgi birinchi avlodi qurtlari jiddiy zarar keltiradi. Hasharotning bu avlodining rivojlanishi tamaki
May 12-13
1190
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
ko'chatini dalaga o'tqazilganidan keyin ko'chat tomir tutish va uni dalada dastlabki o'suv davriga to'g'ri keladi. Ayniqsa katta yoshdagi qurtlar zarar keltirishi bo'yicha alohida ajralib turadi. Ular (4 yoshdan keyin) barg o'zagi, yuqori kurtaklari, hatto o'simlik poyasini zararlab poya ichiga kiradi. Ob-havo quruq kelgan yillari tamakini ildiziga ham zarar keltiradi. Birinchi yoshdagi qurtlar 1-2 ta o'simlikga zarar keltirishi yoki uni nobud qilishi mumkin. Keyingi yillarda kemiruvchi tunlamlar tamakini jadal o'sish va g'unchalash davrida poyasini halqa shaklida kemirib, natijada o'simlik barg uzish davrida yoki shamol ta'sirida nobud bo'lish hollari uchramoqda.
Kemiruvchi tunlamlar nafaqat o'simlik organlariga zarar keltiribgina qolmay, balki o'simlikni oziqlanishi va nafas olish jarayonlarini buzilishiga olib keladi, xlorofill to'qimalarini o'sishi va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi oqibatida fotosintez sur'atini kamaytiradi [2].
Tunlamlarni eng yuqori zararlash davrida tamakini sug'orish va qator oralarini chuqur yumshatish o'simlikni qo'shimcha ildiz paydo bo'lishini tezlashtiradi va fitofagni zararlanish darajasini kamaytiradi. Tamaki o'simligini tunlam qurtlari zararlashi boshlanishida ularni ertalab zararlangan o'simlik atrofida terib olish ular sonini kamaytiradi. Ushbu tadbirni samaradorligini oshirish uchun turli o'tlardan tayyorlangan ( masalan, beda) yolg'on yemdan foydalanish mumkin.
Almashlab ekish sxemasiga tamaki zararkunandalari rivojlanayotgan ekinlarni kiritmaslik muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Tamaki maydonidagi zarakunandalar miqdori almashlab ekish tipi va o'tmishdosh ekinga bog'liq. Tamakini tuproqdagi fitofaglaridan ishonchli himoya qilish uchun uzun rotasiyali 8 va 10 dalali almashlab ekishni ( ko'p yillik yem-xashak ekinlari, g'alla ekinlari, makkajo'xori) qo'llash yaxshi samara beradi. Tamaki uchun kuzgi bug'doy, makkajo'xori silos uchun, ko'p yillik yem-xashak ekinlari qulay o'tmishdosh ekinlar hisoblanadi. Tamakidan keyin oraliq ekinlar, xususan vika va so'li ekish kemiruvchi zarakunandalardan himoya qiluvchi agrotexnik usul hisoblanadi [3; 103-
Samarqand viloyati Urgut tumani sharoitida tamaki ekiniga katta zarara keltiruvchi kemiruvchi tunlamlarga qarshi uyg'unlashgan kurash tizimini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar umumiy entomologiya hamda qishloq xo'jalik entomologiyasida keng foydalaniladigan usul va uslublar yordamida bajarilgan. Entomologik hisoblar va kuzatuvlarni
b. ].
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
G.Ya.Bey-Biyenko, L.A.Kopaneva aniqlagichlari yordamida; zararkunandalarning zichligi, uchrashi, dominantlarini aniqlashda K.Fasulati uslublari; foydali hasharotlar soni S.N.Alimuxamedovning uslublari asosida bajarilgan. Hasharotlarning zararlilik darajasi V.I.Tanskiy uslubi bo'yicha aniqlandi. Agrotoksikologik tajribalarni Sh.T.Xo'jayev uslubiga muvofiq o'tkazildi. Dala va laboratoriya tajribalarida biologik samaradorlikni hisoblash nazorat variantini inobatga oladigan W.S.Abbot formulasi yordamida aniqlandi.
Olingan natijalarga B.A.Dospexov uslublari yordamida matematik va statistik ishlov berilgan. Alohida holatlarda «o'rtacha xatolikni» hisobga oluvchi kasriy usul qo'llanildi. Variantlar orasidagi eng kichik farq O'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining «Monitoring va axborot texnologiyalarini qo'llash» bo'limida yaratilgan kompyuter dasturi yordamida aniqlandi. Qo'llanilgan usullarning iqtisodiy samaradorligi A.F.Chenkin uslubi asosida hisoblangan.
Tamaki ekinida tangaqanotlilar turkumi zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalarni q o'llashning biologic samaradorligi. Dala tajribasiga qo'yilgan har bir feromon tutqichga bir kechada o'rtacha 3-4 kapalak tushdi. Tunlam qurtlarining soni xavfli darajaga yetgani aniqlandi, ya'ni 1 m joyda 5,5-6,5 ta va undan ko'p qurtlar uchradi va ularga qarshi kimyoviy kurash o'tkazish rejalashtirildi. Dala tajribalarida kuzgi tunlamga qarshi qo'yidagi preparatlar tanlvab olindi: Politrin K 31,5 % em.k. Andoza sifatida - 1,0 l/ga, Deltasis 2,5 em.k. - 0,75 l/ga, Fozalon 35% em.k. - 1,8 l/ga va Enjeo 24,7 % sus.k - 0,25 l/ga. Kimyoviy preparatlar qo'llashdan oldin 2,5 m maydonda o'rtacha 6,9 - 7,2 dona lichinkalar borligi aniqlandi. Politrin K 31,5 % em.k. qo'llanilganda tunlam lichinkalari 3, 7 va 14 kunlari keskin kamayibborgan bo'lsa, 21 kunga kelibularning soni biroz oshganligi kuzatildi, biologik samaradorlik mos ravishda 48,9; 81,6; 92,6 va 21 kunga kelibesa 81,9 % ni tashkil etdi. Deltasis 2,5 em.k. va Fozalon 35% em.k. qo'llanilgan variantlarda Politrin preparati qo'llanilgan variantlarga nisbatan biologik samaradorlik biroz yuqori bo'lganligi aniqlandi. Eng yuqori biologik samaradorlik Enjeo 24,7 % sus.k qo'llanilgan variantda kuzatildi va preparat qo'llanilgandan keyin 14 kunga kelib 96,6 % ni tashkil etdi (1-jadval)
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Kuzgi tunlamga qarshi kimyoviy kurashning biologik samaradorligi (Dala tajribasit, Urgut tumani, Virdjiniya navi)
№ Variantl ar Preparat -ning sarf me'yori , l/ga Reparat qo'llash -dan oldin qurtlar soni, dona 2,5 m dagi qurtlar soni kunlar bo'yicha, dona Biologik samaradorlik, %
3 7 14 21 3 7 14 21
1. Nazorat suv bilan ishlov berish - 7,1 9, 2 12, 5 14, 8 17, 1 0 0 0 0
2. Politrin K 31,5 % em.k. (Andoza ) 1,0 6,9 4, 7 2,3 1,1 3,1 48, 9 81, 6 92, 6 81, 9
3. Deltasis 2,5 em.k. 0,75 7,0 4, 2 2,0 1,0 2,2 54, 3 84, 0 93, 2 87, 1
4. Fozalon 35% em.k. 1,8 7,2 3, 1 1,7 0,8 1,5 66, 3 86, 4 94, 6 91, 2
5. Enjeo 24,7 % sus.k 0,25 7,1 2, 4 1,2 0,5 1,1 73, 9 90, 4 96, 6 93, 6
E] KIF05 Sx 6,8 2,9 3,5 2,7 1,8 3,0 2,1 3,1
Xulosa. Samarqand viloyati Urgut tumani sharoitida tamaki ekinining kemiruvchi zararakunanadalari, xususan kuzgi tunlamga qarshi kimyoviy kurashda Enjeo 24,7 % sus.k preparatini 0.25 l/ga qo'llash orqali eng yuqori biologik samaradorlikka erishish mumkin ekan.
REFERENCES
1. Nauchnoye obespecheniye proizvodstva i promtishlennoy prerabotki tabaka// Sb.nauch. trudov VNIITTI. - Krasnodar, 2004.- Vtip. 176.
2. Plotnikova T.V. Alternativntiye metodti sderjivaniya vredonosnosti podgrtizayu^ix sovok na tabake s selyu
May 12-13
1193
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
povtisheniya kachestva tabachnogo stirya// Problemti povtisheniya kachestva i bezopasnosti tabaka i tabachntix izdeliy; materials Vseros. nauch.-prakt. konf./ GNU VNIITTIRASXN. - Krasnodar, 2005.
3. Umurzakov E.U., Axmedov S.I. Integrirovannaya za^ita tabaka tabaka ot vrediteley v Uzbekistane. //Nauchnoye obespecheniye innovasionntix texnologiy proizvodstva i xraneniya selskoxozyaystvennoy i pi^yevoy produksii. Sbornik materialov 1 mejdunarodnoy nauchno- prakticheskoy konferensii. Vserossiyskiy NII tabaka, maxorki i tabachntix izdeliy, Rossiya, Krasnodar, 2018.
May 12-13