Научная статья на тему 'MEVALI BOGʻ SOʻRUVCHI ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI'

MEVALI BOGʻ SOʻRUVCHI ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

3568
456
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pestisid / boʻgʻin / entomofag / imoga / lichinka / kumulyativ / partonogenetik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — A. J. Madiyev

Ushbu maqolada intensiv mevali bogʻlarda zarar keltiruvchi shiralar, qandalalar, oʻrgamchakkanalar, qalqondorlar, qandalalar va boshqalar kabi soʻruvchi zararkunandalar bioekologiyasini oʻrganish orqali soʻruvchi zararkunandalarga qarshi kurashga bagʻishlangan ma‟lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEVALI BOGʻ SOʻRUVCHI ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI»

MEVALI BOG' SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARI VA ULARGA

QARSHI KURASH USULLARI

Ushbu maqolada intensiv mevali bog'larda zarar keltiruvchi shiralar, qandalalar, o'rgamchakkanalar, qalqondorlar, qandalalar va boshqalar kabi so'ruvchi zararkunandalar bioekologiyasini o'rganish orqali so'ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashga bag'ishlangan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalitso'zlar: Pestisid, bo'g'in, entomofag, imoga, lichinka, kumulyativ, partonogenetik.

Kirish: Adabiyotlarga ko'ra, bir kishi yetarli darajada vitaminlarga to'yinishi uchun bir yilda o'rtacha 58,3 kilogramm meva iste'mol qilishi kerak. Demak, bu yillik iste'mol me'yorini 35 milliondan ortiq yurtimiz aholisi soniga ko'paytirib hisoblaydigan bo'lsak, faqat o'z ehtiyojimiz uchun yiliga 2 miliard 75 ming tonnadan ziyod meva yetishtirishimiz talab etiladi. Yetishtirilayotgan mevalarni zararkunandalardan himoya qilish orqali sifatiga va salmog'iga ijobiy ta'sir qiladi. Yer yuzida hasharotlarning 1,5 milliondan ortiq turi fanga ma'lum. Ular barcha hayvon turlarining yarmidan ko'prog'ini tashkil etadi. Tabiatda hasharotlarning ahamiyati katta bo'lib, ular ozuqa zanjirida organik moddalarining doiraviy aylanishida muhim ro'l o'ynaydi. Shu bilan bir qatorda oziq ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun ham ularning zararli turlariga qarshi kurash lozim.

Asosiy qism: O'zbekistonada mevali daraxtlarni 300 dan ortiq bo'g'imoyoqlilar zararlaydi. So'ruvchi zararkunandalardan asosan shira, o'rgamchakkana, koksid (qalqondor), qandala, o'simlik burgalari mevali daraxtlarga katta zarar beradi.

Shiralar aphididae- kattaligi 0,5-8 mm ba'zi turlari bitta turdagi o'simlikda barcha bo'g'inlari rivojlansa, ba'zilari bir o'simlikdan yoz faslida boshqa o'simlikga o'tib, kuzda yana o'sha o'simlikga qaytadi. Bir yilda 20-25 bo'g'in beradi. Shiralar yosh novda va barglarning shirasini so'rishi orqali daraxtning kuchini yo'qotadi, hosilni pasaytiradi, novda va barglar qiyshayadi va keyingi yil qishlab chiqishga kuchsiz bo'lib qoladi.

A. J. Madiyev

Tosh DAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

October 5-6

-Olma shirasi- asosan olma, behi, nok daraxtlariga zarar yetkazadi. Kattaligi 2 mm, yosh novdalarda tuxumlari qishlab chiqib, bahorda shu joyda oziqlanib boshlaydi. Yetuk holga kelgach bahorda partogenetik usulda 50 ta, yozda 20-30 ta lichinkani tirik tug'adi.

-Qizil qon shirasi - kattaligi 2,1-2,6 mm usti oq g'uborli ezilganda qizil rang chiqadi. Lichinka va yetuk zoti daraxt po'stloq osti, yo'g'on shoxlar asosida qishlab chiqadi. Mart-aprel oylarida uyg'onadi. Bir yilda 15-16 bo'g'in beradi. Zararlangan novdalarda g'urralar paydo bo'ladi, novdalar qiyshayadi. May oyida qanotli zotlari paydo bo'lib, uchish yoki ko'chatlar orqali tarqaladi.

Qalqondorlar - erkaklari qanotli oziqlanmaydi faqat ko'payishda ishtirok etib, bir necha soatdan 2-3 kungacha yashaydi. Urg'ochilari qalqoni ostida qishlab chiqgan lichinkalari bahorda o'simlik bo'ylab tarqaladi va po'stloq yoki bargga joylashib oziqlanadi. Natijada barglar tez to'kiladi, mevalar tamsiz bo'lib qoladi. Novdalar yelim bilan qoplanadi.

-Olma vergulsimon qalqondori - novdada to'p-to'p bo'lib yashaydi. Ona qalqoni ostida qishlab chiqadi. Urg'ochisi qalqoni ostiga 50-100 gacha tuxum qo'yadi. Bir yilda 1-2 bo'g'in beradi.

-Gunafsha rangli qalqondor - barcha mevali daraxtlarni zararlaydi. O'simlik zararlaganda barg, novda va mevasida binafsha rangli yumoloq dog'lar qoladi. Otalangan ona zoti qishlab chiqib, bahorda 70 ga yaqin tuxum qo'yadi.

-Akatsiya soxta qalqondori - hammaxo'r, lichinka holida po'stloq osti va yerga yaqin joyda qishlaydi. Asosan barglarni zararlaydi.

O'rgamchakkanalar- ikki oilaga 4 oyoqliva 2 juftoyoqlioilagabo'linadi. 2 juftoyoqlikanalar 15-20 martakattalashtirilgandako'rinadi.

-Oddiy o'rgamchakkana - hammaxo'r (ko'plab o'simliklarga olma, gilos, olcha, olxo'riga zarar keltiradi), yiliga 11-13 bo'g'in beradi. Kattaligi 0,3-0,4 mm, lichinkasi 3 juftoyoqli, nimfa va imogasi 4 juft oyoqli bo'ladi. Birinchi bo'g'ini begona o't (qo'ypechak)da bo'lib, keyingi avlodlari daraxtlarga shamol va iplari orqali tarqaladi. Otalangan urg'ochi zotlari turli joylarda minus -20-29 C gacha qishlaydi.

-Do'lana kanasi - olma, nok, olxo'ri, gilos, olcha, shaftoli, o'rik kabilarga zarar keltiradi. Kattaligi 550-300 mikron to'qqizil rangli, orqasida 12 juft tuki bor. Otalangan urg'ochi zotlari xazonlar orasida qishlab chiqadi. Biryilda 7-9 avlod beradi. Bahorda urg'ochisi 40 kun yashab, 150-160 ta tuxum

qo'yadi.

October 5-6

-Bog' o'rgamchakkanasi - olma, gilos, olcha, olxo'ri, toklarga zarar keltiradi. Yiliga 7-10 bo'g'in beradi. Orqasida 13 ta tuki bor Otalangan ш-g'ochi kana paraxt po'sloqlarida qishlaydi. Bitta kana 40-60 kun yashab, 50 tacha tuxum qo'yadi.

-Shish qo'zg'atuvchi nok kanasi - olma, nok, behi, do'lana kabilami zararlaydi. 4 juft oyoqli, yetuk zoti daraxt kurtagi yoni va po'stloq ostida qishlab chiqadi. Bahorda navda yuqorisidagi novda barglari ostiga shishlar hosil qilib ichida oziqlanadi.

Qandalalar - olma va nok qandalalari- to'qilgan doira to'ñarini eslatadi. Ser harakat uchadi. Barg oгqasidan zaгaгlab, usti och yashil oq bo'lib tovlanadi. Yetuk zoti daraxt po'slog'i yoki xazonlar orasida qishlaydi.

Qishloq xo'jalik ekinlari zaгaгkunandalaгdan himoya qilishda agrotexnik, biologik, kimyoviy va uyg'unlashgan himoya turlarini ketma ketlikda amalga oshirish zaгuг. Zaгuгat tug'ilganda keyingi bosqichga o'tiladi. Daraxtlar gullagandan keyin har 100 novdada 10 ta shiralar to'plami boгligi kuzatilsa, ulaгga qarshi kimyoviy kurash olib boriladi. Biroq, bunda entomofaglar soni hisobga olinishi zarur. Agar afidofaglar bilan bitlar nisbati 1:20, 1:30 bo'lsa, kimyoviy kurash chorasidan voz kechiladi. Zararkunanda hashoratlarning biologik xususiyatlarini o'rganish, ularning rivojlanish bosqichlari, rivojlanishiga turli xildagi omillar ta'sirini o'rganish orqali ularga eng maqbul fazalarida va maqbul usullar bilan samarali qarshi kurashni qo'llash mumkin bo'ladi.

Agrotexnik tadbirlar - tuproq strukturasini yaxshilash, oraliq masofani normallashtirish, begona o'tlarni yo'qotish chunki zararkunandalar ko'p qismi dastlab begona o'tlarda ko'payib keyin qishloq xo'jaligi ekinlariga o'tadi. Me'yorida suv berish va o'simlik uchun ozuqa sifatida mineral o'g'itlar, makro va mikro elementlar zarur bo'ladi. Mineral o'g'it tuproq zarrachalari orasiga kirib tuproqning g'ovvakligini ortiradi. Tomir qismi nafas oladi, ozuqa-namlik izlab o'sadi va baquvvat bo'ladi. Makro-mikro elementlar yetishmaganda ham o'simlikda belgilari paydo bo'ladi. Masalan azot yetishmasa o'sishdan orqada qoladi, barglari maydalashib ketadi va och yashil rangga kiradi. Fosfor yetishmaganda meva hosil qilishi pasayadi, barg va tomiri qizg'ish rangga kiradi. Kaliy yetishmaganda barg chetidan quriy boshlaydi, novdada ko'p sonli mayda kurtaklar paydo bo'ladi. Kalsiy yetishmasa o'simlik ildiz qismi yaxshi rivojlanmaydi. Temir yetishmasa yuqori qismida xloroz (barg sarg'ayishi) kuzatilib, barglar to'kilib ketadi.

Biologik qarshi kurash - tabiatda bu zararkunandalarga qarshi hashoratlar ham mavjud lekin, o'simlik, zararkunanda va

entomofaglar (ozuqa zanjiri ketma-ketligi)da paydo bo'lib, bu

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

zararkunandalar ko'paygandan so'ng entomofaglar (biz uchun foydali hashoratlar) paydo bo'ladi. Entomofaglar tabbiy holda paydo bo'lguncha o'simlikning yosh navda va barglariga katta zarar yetkazib qo'yadi. Shuning uchun entomofaglarni sun'iy ravishta biolabaratoriyalarda ko'paytirib qishloq xo'jaligi ekinlaridagi zararkunanda hashoratlarga qarshi qo'yiladi.

Kimyoviy kurash - o'ta kuchli zaharlilik va tez ta'sir xususiyatiga ega lekin, noto'g'ri qo'llanilganda tuproq, o'simlikda va uning hosilida uzoq vaqt parchalanmasdan saqlanib qolishi bilan bir qatorda hashoratlarda pestitsidlarga bo'lgan chidamligi oshib boradi. Xlororganik va Fosfororganik pertisidlar yaxshi samarali bo'lishi bir qatorda inson va issiqqonli hayvonlar organizmida kumilyativ (yig'ilib borish) xususiyatiga ega. Zaharli modda birdaniga ta'sir qilmasada yig'ilib borishi natijasida bir qancha yillardan keyin ma'lum bir a'zoni umuman ishdan chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda sintetik peritroidlar va (o'simlik, bakteriya, viruslardan olinuvchi zaharli moddalar) bilan navbatma-navbat almashtirib ishlatib turish lozim. Ayniqsa pestisidlarni ishlatishda ularning sarf me'yoridan ortiq qo'llamaslik, ikkinchi bora qo'llashda oraliq masofa 20-30 kundan so'ng qo'llash (ta'sir etish muddati va necha marta qo'llanishiga qarab), hosilni yig'ishda ham 20-30 kun oldin pestisid qo'llashni to'xtatish lozim. Hozirda O'zbekistonda deyarli xlororganik pestisidlar qo'llanilmaydi.

1-jadval.

Variantlar Sarf me'yori l/ga Ishlov berishdan oldingi zarar-kunanda soni, dona (bir novdada) Biologik samaradorlik, kunlarda, %

3 7 14

Espero,sus.k. 0,2 3,2 78,5 81,3 82,6

0,5 2,9 89,2 95,9 97,1

Akardo,kek. 0,25 2,6 70,5 78,9 81,8

0,5 3,1 89,1 92,3 94,5

Tvingo, sus.k. 0,3 2,7 83,1 86,2 86,1

-//- 0,5 2,1 87,3 92,5 94,6

Detsis, 2,5% em.k. (andoza) 0,5 2,9 83,1 88,2 91,3

Nazorat (ishlov berilmagan) - 2,4 2,5 2,7 2,6

® ©

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

o1

601

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Olmada shira turlariga qarshi ishlatilgan insektitsidlarning biologik samaradorligi

Samarqand tumani, 2022 y.

Xulosa va takliflar - Tadqiqot natijalariga ko'ra Espero,sus.k. 0,5 l/ga, sarf miqdorida qo'llanilgan variantda biologik samaradorlik 3-kunida 89,2 % ni tashkil qilgan bo'lsa, 7-kunida 95,9 % va 14-kuniga esa 97,1 % ga teng bo'ldi. Akardo, kek. (kollod eritma konsentrati) 0,5 l/ga, sarf miqdorida qo'llanilgan variantda biologik samaradorlik 3-kunida 89,1 % ni tashkil qilgan bo'lsa, 7-kunida 92,3 % va 14-kunida esa 94,5 % ga teng bo'ldi. Tvingo,sus.k. 0,5 l/ga, sarf miqdorida qo'llanilgan variantda biologik samaradorlik 3-kun hisobida 87,3 % ni tashkil qilgan bo'lsa, 7-kunida 92,5 % va 14-kunida esa 94,6 % ga teng bo'ldi.

Xulosa qilib aytganda Olma daraxtida shiralarga qarshi Espero,sus.k. 0,5 l/ga miqdorida qo'llanilganda 89-97 % dan ortiq biologik samara beradi va ushbu insektisidni olma daraxtida shiralarga qarshi qo'llash mumkin.

B.A. Sulaymonov, B.Q.

REFERENCES

1. O'simliklarni himoya qilishda ilmiy tadqiqot ishlari Muxammadiyev, Z.G'. Nosirova Toshkent 2019.

2. O'simliklarni kimyoviy himoya qilish B.A.Sulaymonov, X.X.Kimsanboyev,

A.R.Anarboyev, B.S.Boltayev, U.D.Ortiqov, B.S.Xamroyev Toshkent 2020.

3. O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda ig'or tajriba (maqolalar to'plami) Toshkent-Talqin 2008

4. O'simliklarni himoya qilish E.Sh.Toreniyazov, Sh.T.Xo'jayev, E.A.Xolmurodov Toshkent 2018

5. O'simliklar klinikasida bog', tokzor va dala ekinlarining zararkunanda, kasalliklarini aniqlash hamda ularga qarshi kurash usullari. I.K.Ergashev,

B.E.Murodov, O.A.Sulaymonov, B.A.Sulaymonov, B.S.Boltayev, A.R.Anarboyev. Toshkent-2018 "Navruz" nashiryoti.

6. Urug'li intensiv meva bog'lari. A.U.Aripov, A.A.Aripov. "Sharq" nashiryoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahriryati Toshkent-2013.

October 5-6

602

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.