Научная статья на тему 'MEVALI BOG’LARDA UCHRAYDIGAN KALIFORNIYA QALQONDORIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH CHORALARI'

MEVALI BOG’LARDA UCHRAYDIGAN KALIFORNIYA QALQONDORIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
522
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuxum / lichinka / imago / qalqon / agrotexnik / kimyoviy / biologik. / egg / larva / imago / shield / agrotechnical / chemical / biological.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — E. Imomaliyev, X. Teshaboyev

Ushbu maqolada kaliforniya qalqondorining qisqacha bioekologiyasi, mevali bog'larga yetkazayotgan zarari va unga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kaliforniya qalqondori zarari jihatdan olma mevaxo’ridan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COORDINATED CONTROL OF CALIFORNIA LEAFHOPPER IN ORCHARDS

This article provides information about a brief bioecology of the California shield, the damage it causes to orchards and co-ordinated struggle measures againts it. The California shield is second place after the apple fruitful in terms of damage.

Текст научной работы на тему «MEVALI BOG’LARDA UCHRAYDIGAN KALIFORNIYA QALQONDORIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH CHORALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MEVALI BOG'LARDA UCHRAYDIGAN KALIFORNIYA QALQONDORIGA QARSHI UYG'UNLASHGAN KURASH CHORALARI Imomaliyev Erali Nurali o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti Teshaboyev Xurshidbek Ulug'bek o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7072415

Annotatsiya. Ushbu maqolada kaliforniya qalqondorining qisqacha bioekologiyasi, mevali bog'larga yetkazayotgan zarari va unga qarshi uyg'unlashgan kurash choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kaliforniya qalqondori zarari jihatdan olma mevaxo'ridan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Kalit so'zlar: tuxum, lichinka, imago, qalqon, agrotexnik, kimyoviy, biologik. СКООРДИНИРОВАННЫЕ МЕРЫ БОРЬБЫ С КАЛИФОРНИЙСКОЙ ЦИКАДКОЙ

ВО ФРУКТОВЫХ САДАХ

Аннотация. В данной статье представлена краткая биоэкология Калифорнийского щитника, информация о вреде, который он наносит плодовым садам, и комплексные меры борьбы с ним. калифорнийский щитовник занимает второе место после яблочного по количеству поврежденный

Ключевые слова: яйцо, личинка, имаго, щит, агротехнический, химический, биологический.

COORDINATED CONTROL OF CALIFORNIA LEAFHOPPER IN ORCHARDS

Abstract. This article provides information about a brief bioecology of the California shield, the damage it causes to orchards and co-ordinated struggle measures againts it. The California shield is second place after the apple fruitful in terms of damage.

Keywords: egg, larva, imago, shield, agrotechnical, chemical, biological.

KIRISH

Hozirgi kunda dunyo aholisining oziq ovqatga bo'lgan talabini qondirish eng dolzarb masala bo'lib, bu talabni qondirish uchun qishloq xo'jaligini xususan bog'dorchilikni rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bog'dorchilik, mevachilik - qishloq xo'jaligining meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Jahon bog'dorchiligida 200 dan ortiq meva, rezavor meva, yong'oq meva turlari ekiladi, ulardan 100 meva turi sanoat ahamiyatiga ega. Respublikamizda esa 20 dan ortiq turi ekiladi. Bulardan o'rik, shaftoli, olxo'ri, gilos, olcha, olma, behi, nok asosiy o'rinni egallaydi. Mevali bog'lardan yuqori va sifatli xosil olish uchun turli zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish dolzarb masala hisoblanadi. Mevali bog'larda hozirgi kunda uchraydigan asosiy zararkunandalardan Sharq mevaxo'ri, olma mevaxo'ri, meva kuyalari, Kaliforniya Qalqondori, olma arrakashi, olcha pashshasi kabilar kiradi. Bizning respublikamizda ichki karantin obyekti hisoblangan Kaliforniya Qalqondori mevali daraxt va butalarga kuchli zarar yetkazmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qalqondor tuxumi qizg'ish, 0,1 - 0,15 mm kattalikda bo'ladi. Yosh lichinkasi sariq yoki zarg'aldoq tusda bo'lib kattaligi 0,7 - 1,0 mm bo'ladi. Imagosi: qalqoni yumaloq,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

anchagina yapaloq, och jigar rang kul rang tusda bo'lib, diametri 1,0 - 1,5 mm, ba'zan 2 mm gacha boradi. Yosh lichinkasi oziqlana boshlaganda oqimtir shira chiqaradi, yupqa qavat bo'lib turadigan bu shira keyinchalik qalqonga aylanadi. Kaliforniya qalqondori yiliga to'liq uch marta avlod beradi, to'rtinchi avlodi iqlim sharoitlaridan kelib chiqib qisman yoki to'liq rivojlanishi mumkin. Qishlovdan havo harorati o'rtacha +7,3°C bo'lganda uyg'onadi, 2 marta tullab erkak qalqondor ucha boshlaydi, urg'ochisi esa jinsiy etiladi. Erkak qalqondor juda kam, bir necha soat yashaydi. Urg'ochi qalqondorni urug'lantirib keyin halok bo'ladi. Erkak hasharotlarning paydo bo'lish vaqtini aniqlash juda muhim hisoblanadi, shu sababli feromon tutqichlarni eng maqbul muddatlarda qo'yish kerak, sababi erkak hasharotlar atigi bir necha kun uchadi xolos. Urg'ochi hasharot esa ikki yarim oydan oshiqroq yashaydi.

Kaliforniya qalqondori mevali daraxtlardan asosan olma, nok, olxo'ri, olcha, shaftoli, gilos, o'rik, hamda qora smorodina, o'rmon va manzarali o'rmon daraxtlari, o't o'simliklaridan loviya, sabzi, chirmovuq va oshqovoqda ko'proq uchraydi va vegetatsiya davrining oxirigacha rivojlanib, mavsum tugashi bilan ushbu o'tlar qatori halok bo'ladi. Qalqondorlar bilan zararlangan daraxt mevalarida, shoxlarida, yosh novdalar po'stlog'ida qizil dog'larning paydo bo'lishi xarakterli belgi hisoblanadi. Po'stloq ustida dog'lar bilan bir qatorda chuqurchalar va shishlar paydo bo'ladi, shu sababli po'stloq notekis holga kelib qoladi. Uzoq muddat qalqondorlar koloniyasining zararlashi natijasida ayrim shoxlar xatto butun daraxt tanasi qurib qolishiga olib keladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Uyg'unlashgan kurash choralari. Erta ko'klamda butalgan shox novda va eski po'stloqlarni yoqish, daraxtlar tanasini oqlash, bog'larni yoshartirish kabi agrotexnik kurashlar olib boriladi. Mavsum vaqtida tuxumdan chiqqan qalqondorlar sonini bilish uchun skochni diametri 3-5 sm bo'lgan shoxlarga yopishqoq tarafini tepaga qilib mahkam bog'lanadi. Bir bog'dan kamida 10 ta daraxtning 2 tadan shoxiga skochni bog'lab chiqiladi. Har haftada yangi skochga almashtiriladi. Har bir joyda skochga yopishib qolgan qalqondorlarni sanab, yosh qalqondorlarni qachon ko'payishini aniqlash mumkin. Skochdagi qalqondorlar soniga qarab pestitsid bilan ishlov o'tkazish belgilanadi. Kimyoviy ishlovlar qalqondorlarning birinchi yosh lichinkalari ko'paygan davrda sepiladi. Kurtaklar bo'rtish vaqtida Bordo suyuqligini qishlayotgan zararkunandalarga qarshi purkash yaxshi samara beradi.

MUHOKAMA

Foydali prospaltella - Prospaltella perniciosi (Hymenoptera turkumi, Aphelinidae oilasi) kaliforniya qalqondorining ichki paraziti. Prospaltellaning tuxumlari kaliforniya qalqondori lichinkalarida qishlaydi. Bahorda tuxumlardan chiqqan tuxumxo'r lichinkalari qalqondorning yog' tanachalari va ichki organlari bilan oziqlanib, g'umbakka aylanadi. Ichida parazit bo'lgan qalqondorning tanasi shishadi, pushti-qo'ng'ir rangga kiradi va qotadi. Voyaga yetgan parazit zararkunanda po'sti va qalqonini kemirib, ovalsimon darcha ochib, tashqariga uchib chiqadi. Urg'ochi qalqondorning «daydi» lichinkalaridan boshqa barcha rivojlanish stadiyalari tanasiga parazit 30-50 donaga qadar partenogenetik tuxum qo' yadi. Parazit bir avlodining to'liq rivojlanishi uchun optimal sharoitda 36-40 kun kerak bo'ladi. Parazitning qishlovchi populatsiyalari 22°C sovuqqa ham chidaydi, lekin issiq va quruq harorat uning samaradorligini keskin pasaytiradi.

XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qalqondorlarga qarshi kurashishda bu zararkunandaning rivojlanish fazalarini bilish juda ham muhim. Birinchi navbatda bu zararkunanda bilan profilaktik kurash choralarini olib borish lozim buning uchun erta ko'klamda kurtaklar uyg'onmasdan avval daraxtlarga ISO, Bordo suyuqligi yoki moyli emulsiya preparatlaridan purkash qishki uyqudan chiqadigan zararkunandalarni yo'qotishga yaxshi samara beradi. Shu bilan birga zararlangan shoxlarni kesib yoqib yuborish, daraxtlarni oqlash kabi agrotexnik tadbirlarni ham o'z vaqtida olib borish katta ahamiyatga ega. Mavsum davomida qalqondorlar ichki paraziti Prospaltella perniciosi entomofagi bilan biologik kurash olib borilsa maxsulotning ekologik holati yaxshilanadi.Daraxtlar kuchli zararlanish havfi ostida qolganda qalqondor daydi lichinkalariga qarshi quyidagi kimyoviy preparatlarni qo'llash tavsiya etiladi. Sumi-alfa 5 % e.k 0.5 l/ga, Admiral 10% e.k - 0.5-07kg/ga, Applaud 25% n.k - 1 kg/ga, Bi-58 0.8 - 2 l/ga. Ushbu preparatlarni qo'llashda qalqondorlarni daydi lichinkalik davrini to'g'ri aniqlash juda muhim bu davr juda oz vaqt davom etadi. Lichinkalar tarqalib daraxt shoxlariga o'rnashib olgandan so'ng o'zida qalqon xosil qiladi va kimyoviy preparatlarga chidamliligi ortadi.

REFERENCES

1. SH.T,Xo'jayev. O'simliklarni Zararkunandalardan "Uyg'unlashgan Ximoya Qilishning Zamonaviy Usul va Vositalari" Toshkent-2015yil.

2. M.T.Arslonoov. A.U.Sagdullayev. Sh.K.Aliyev.O.T.Xujayev. X.Z.Ablullayeva. "O'simliklar karantini zararkunandalari tarqalishining oldini olish"

3. A.Sh.Xamrayev, B.A.Xasanov, B.A.Sulaymonov, A.G.Kojevnikova. O'simliklarni biologik himoya qilish vositalari. Toshkent-2012

4. Sh.Abrorov " O'zbekistonda zamonaviy intensiv olma bog'lari".Toshkent-2016

5. Muxammadiev B.Q. Xavfli koksidlar va ularga qarshi kurash choralari. Monografiya, T:2015

6. Sayfiev A. X. , Qurbonmurodova M. B. , Muxammadiev B. Q. Kaliforniya Qalqondori bioekologiyasi.Agroilm,3[41] son,2016yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.