Научная статья на тему 'YONG‘OQ BITLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI'

YONG‘OQ BITLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

45
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grek yong‘og‘i / zararkunandalar / yong‘oq katta biti / yong‘oq kichik biti / bioekologiya / greens / pests / walnuts / small walnuts / bioecology

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — O A. Po‘latov, Sh. E. Negmatov

Maqolada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarning tog‘ va tog‘ oldi xududlari yong‘oqzorlaridagi uchraydigan bitlarning tarqalishi va rivojlanishi tug‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Tabiiy va madaniy yong‘oqzorlaridagi yong‘oq katta biti va yong‘oq kichik biti kabi zararkunandalarni bioekologiyasi keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on the distribution and development of lush bulbs in the mountain and foothills of Samarkand and Kashkadarya regions. Bioecology of pests, such as big nuts in natural and cultivated walnuts and small walnuts.

Текст научной работы на тему «YONG‘OQ BITLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI»

YONG'OQ BITLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

O. A. Po'latov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali katta o'qituvchisi

Sh. E. Negmatov

Toshkent Davlat Agrar Univesiteti Samarqand filiali magistranti

Maqolada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarning tog' va tog' oldi xududlari yong'oqzorlaridagi uchraydigan bitlarning tarqalishi va rivojlanishi tug'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Tabiiy va madaniy yong'oqzorlaridagi yong'oq katta biti va yong'oq kichi k biti kabi zararkunandalarni bioekologiyasi keltirilgan.

Kalit so'zlar. grek yong'og'i, zararkunandalar, yong'oq katta biti, yong'oq kichik biti, bioekologiya.

The article provides information on the distribution and development of lush bulbs in the mountain and foothills of Samarkand and Kashkadarya regions. Bioecology of pests, such as big nuts in natural and cultivated walnuts and small walnuts.

Keywords. greens, pests, walnuts, small walnuts, bioecology.

Kirish. Grek yong'og'i etishtirish bog'dorchilikning eng serdaromad sohalaridan biri hisoblanadi. Keyingi 10 yilda yong'oq ishlab chiqarish 39 % ga oshib, uning savdosi qariyib 33,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan. Yer yuzida dehqonchilik mahsulotlari etishtirilishi mumkin bo'lgan xududlarning 4-7 % i grek yong'og'ini etishtirish uchun yaroqli bo'lib, bunday xududlarga ega bo'lgan mamlakatlar o'z tabiiy imkoniyatlaridan unumli foydalanishlari mumkin bo'ladi [1]. Grek yong'og'ini etishtirishda uning seleksiyasi va mahsuldor navlari, agrotexnikasi, shu bilan birga kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash masalalari dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqot uslublari. Samarqand viloyatining Urgut, Jomboy, Bulung'ur va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog', Kitob tumanlaridagi tabiiy va yangi yaratilgan yong'oqzorlarida

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

October 5-6

zararkunandalarni aniqlash bo'yicha monitoring ishlari olib borildi.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. O'zbekiston tabiiy va madaniy yong'oqzorlarida asosan yong'oq mevaxo'ri (Sarrothrypus muscutana Ersch.), olma mevaxo'ri (Cydia pomonella L.), yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze), yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) va o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Kosh.) kabi zararkunandalar uchraydi (3).

Yong'oq bitlari (Aphididae) Samarqand va Qashqadaryo viloyatining deyarli hamma yong'oqzorlarida uchraydi. Daraxtlarda yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze) va yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) uchraydi. Ular faqat yong'oq daraxtlarini zararlaydi. Yong'oq bitlari daraxt barglarida faoliyat olib boradi va to'qima suyuqligi bilan oziqlanadi. Ayniqsa yosh yong'oq ko'chatlariga katta ziyon etkazadi, ularni barglari to'kilib, qurib qolishiga sababchi bo'ladi. Yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze.) barglarning ustki tomonida, ularning markaziy tomiri atrofida chiziq shaklidagi cho'zilgan koloniyalar shaklida bo'ladi. SHu sababli, ular ko'pgina adabiyotlarda barg ustki bitlari deyilgan (2). Yong'oq kichik biti ( Chromaphis juglandicola Kalt.) yong'oq barglarining pastki tomonida hujayra suyuqligi bilan oziqlanadi. Bu bitlar barg ostki bitlari deb ham yuritiladi. Ko'pgina hollarda yong'oq etishtiruvchilar ushbu zararkunandaga uncha katta e'tibor qaratmaydilar. Katta yong'oq bitining 3,5 - 4,0 mm gacha, limon rangli tusda, qanotli hasharotning bosh va ko'krak qismi qora rangda bo'ladi. Kichik yong'oq bitining uzunligi 1,5 -2,0 mm gacha, och sariq tusda, lichinkalari oq rangda bo'lishligi bilan ajralib turadi (2).

Odatda bitlar yong'oqning barg qo'ltig'i, gul kurtaklari va uchidagi yosh novdalarga tuxum qo'yib, ularning soni daraxtning yoshi, yosh novdalarning soni va rivojlanish davriga bog'liq bo'ladi. Yong'oq bitlarining dastlabki paydo bo'lishi va ularning rivojlanishi mart va aprel oylaridagi havo harorati va namligi ta'sir ko'satadi. Respublikamizning janubiy mintaqalarida tog' va tog' oldi xududlarida havo harorati biroz past bo'lishi (o'rtacha +3 -+4 0 S ga) yong'oq bitlarini rivojlanishini tekislik maydonlarga nisbatan biroz kechiktiradi. Bitlarning rivojlanishi va ko'payishi uchun qulay o'rtacha havo harorati 18-250S va namligi 60-75% hisoblanadi. Bitlarning ko'payishi uchun qulay harorat 22-270S ekanligi aniqlandi. Harorat 350S dan oshganda lichinkalarning paydo bo'lishi keskin ravishda kamayib ketganligi qayd etildi. Havo harorati 100S dan past bo'lishi, yog'ingarchilik ko'payishi va

kuchli shamollar bitlarni rivojlanishi va ko'payishiga salbiy

October 5-6

ta'sir ko'rsatadi. Bunda ayniqsa barg ustki bitlar katta talofat ko'radi. Samarqand viloyati yong'oqzorlarida havo haroratini keskin ko'tarilgan davrlarda (may oyining oxiri, iyun, iyul, avgust oylari) yong'oq bitlarini keskin kamayib ketishi kuzatiladi. Bunda bitlar yozgi tinim davriga kiradi. Ularning organizmida morfologik va fiziologik o'zgarishlar sodir bo'lib, uning bioekologiyasida o'ziga xos noqulay sharoitga moslashuvchanlik kuzatiladi. Ular yong'oq daraxtining salqin qismlarida faoliyat yurita boshlaydi. Samarqand viloyatining Urgut tumani tog' va tog' oldi xududlarida sentyabr oyining bir inchi yarmida yong'oqzorlardagi bitlar nobud bo'lishi kuzatildi, tekislik maydonlarda esa bu hodisa noyabr oyiga to'g'ri keldi. Shu viloyatning Jomboy tumanida esa yong'oqdagi bitlar noyabr oyinig oxirigacha uchrashi qayd etildi.

Yong'oq bitlari yong'oq daraxtiga biologik va morfologik jihatdan chuqur ixtisoslashgan hasharot bo'lib, ular daraxtning o'sish va rivojlanishiga mos ravishda rivojlanish siklini shakllantirgan. Yong'oq daraxtida dastlabki barglar hosil bo'lishi bilan bitlarning tuxumdan chiqishi kuzatiladi. Bit lichinkalari dastlab daraxtning quyosh yaxshi tushadigan novdalarida paydo bo'lib, serharakat bo'lib barg tomirlarida va uning atrofida yopishib oziqlana boshlaydi. Ular oziqa joyini almashtirib turadi. Bu esa ularni entomofaglardan himoyalanish imkoniyatini yaratadi. Bitlar ko'payib ularning urg'ochilari boshqa daraxtlarga uchib o'tadi va koloniyalar holida yosh kichik barglarni so'ra boshlaydi. Yirik barglarning to'qimalari qattiq bo'lganligi sababli bitlar siyrak joylashadi. Odatda qanotli urg'ochi bitlarning rangi lichinka tug'ishidan oldin sariq, tug'gandan keyin to'q sariq rangda bo'lishi kuzatiladi. Sentyabr va oktyabr oylarida bitlarning rangi to'q sariq va qizg'ish sariq ranglarda bo'lishligi qayd etildi. Urg'ochi bitlar erkak zotlarga qaraganda ko'p umr ko'radi. Samarqand viloyatining Urgut tumani tog' va tog' oldi xududlari sharoitida bitlar 10 tadan 15 tagacha bug'in berishi aniqlandi.

Xulosalar. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tog' va tog' oldi xududlaridagi yong'oqzorlarda ixtisoslashgan zararkunandalar yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze) va yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) keng tarqalgan. Bit turlari bioekologik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanib, ular yong'oq daraxtining o'sishi va r ivojlanishiga jiddiy zarar keltiradi. Ularning tarqalishi va rivojlanishi hamda ularning miqdoriga tabiiy xududlarning iqlim ko'rsatgichlari - havo harorati va namligi hamda shamol tezligi ta'sir ko'rsatadi.

October 5-6

REFERENCES

1. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.

2. Xushmatov N. Dunyoning yirik mamlakatlarida yong'oq etishtirish va savdosi o'zgarishi tendensiyalari. // Agroiqtisodiyot, 2018., № 2., 8-10 b.

3. Yuldasheva Sh. Tuproq iqlim sharoitlarining yong'oq shiralari biologiyasi va tarqalishiga ta'siri. // Ilmiy-amaliy anjuman materiallari.- Farg'ona, 2010. - 74-75 b.

4. Xo'jaev Sh.T. Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari.// Toshkent, Fan, 2010 yil, - 356 b.

5. Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar ( prof. Sh.T. Xo'jaev tahriri ostida) //Toshkent,2004 .-103 b.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.