Научная статья на тему 'YONG„OQ KICHIK BITINING (CHROMAPHIS JUGLANDICOLA KALT.) ZARARI VA UNGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNI QO‟LLASH'

YONG„OQ KICHIK BITINING (CHROMAPHIS JUGLANDICOLA KALT.) ZARARI VA UNGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNI QO‟LLASH Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

67
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grek yong„og„i / bioekologiya / samaradorlik / himoya qilish / yongoq kichik biti. / walnuts pests / bioecology efficiency / protecting against / a small bit of walnut.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — А. O„. Maxmatmurodov, O. A. Po„Latov, Sh. E. Negmatov

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining tog„ va tog„ oldi hududlari yong„oqzorlarida uchraydigan yong„oq kichik bitidan himoya qilishda insektitsidlarning biologik samaradorligini aniqlash boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents information on determining the biological effectiveness of insecticides in protecting against the walnut weevil in the mountain and sub mountain walnut groves of Samarqand region.

Текст научной работы на тему «YONG„OQ KICHIK BITINING (CHROMAPHIS JUGLANDICOLA KALT.) ZARARI VA UNGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNI QO‟LLASH»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

YONG'OQ KICHIK BITINING (CHROMAPHIS JUGLANDICOLA KALT.) ZARARI VA UNGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNI QO'LLASH

A. O„. Maxmatmurodov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali, q.x.f.d., dotsenti

O. A. Po'latov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali katta o'qituvchisi

Sh. E. Negmatov

Toshkent DAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining tog' va tog' oldi hududlari yong'oqzorlarida uchraydigan yong'oq kichik bitidan himoya qilishda insektitsidlarning biologik samaradorligini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: grek yong'og'i, bioekologiya, samaradorlik, himoya qilish, yongoq kichik biti.

ABSTRACT

The article presents information on determining the biological effectiveness of insecticides in protecting against the walnut weevil in the mountain and sub mountain walnut groves of Samarqand region.

Keywords: walnuts pests, bioecology efficiency, protecting against, a small bit of walnut.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorida lalmi yerlardan foydalanishni rag'batlantirish va samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'lgan yong'oq ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong'oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong'oq yetishtirish bo'yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish rejalashtirilgan.

Tajriba Samarqand viloyatida yangidan barpo qilingan "Jomboy SAG AGRO MCHJ" intensiv usulda yetishtirilayotgan yong'oq bog'larida sinovdan o'tkazildi. Tajribalar uchun insektitsidlardan Imidor, 20% em.k. - 0,3 l/ga; Imperator gold 30% em.k.- 0,2 l/ga va Hamla 55% em.k. (andoza) -1,0 l/ga sarf miqdorida qo'llanildi. Nazorat variantida esa insektisid

October 5-6

612

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

bilan ishlov berilmadi. Ishchi suyuqligi 300 l/ga hisobida olinib K - 90 markali motorli qo'l purkagichi yordamida amalga oshirildi. Tajriba qo'yish va uning samaradorligini hisobga olish ishlari O'simliklarni himoya qilish bo'yicha umum qabul qilingan uslub asosida olib borildi. Biologik samaradorlik esa Abbot formulasi yordamida aniqlandi.

O'zbekiston yong'oqzorlarida asosan yong'oq qurti (Sarrothrypus muscutana Ersch.), olma mevaxo'ri (Cydia pomonella L.), yong'oq katta biti (Panaphis juglandis Goeze), yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) va o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Kosh.) kabi zararkunandalar ko'p uchraydi.

Shulardan biri yong'oq kichik biti Samarqand viloyatining barcha tumanlaridagi yong'oqzorlarda uchraydi. Yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) yong'oqning ixtisoslashgan zararkunandasidir, ular faqat yong'oq daraxtlarini zararlaydi. Yong'oq bitlari daraxt bargining ostida joylashib to'qima suyuqligi bilan oziqlanadi va juda katta zarar keltiradi.

Yong'oq daraxtida dastlabki barg hosil bo'lishi bilan bitlarning quyosh yaxshi tushadigan novdalarida paydo bo'ladi. Bitlarning rivojlanishi va ko'payishi uchun qulay o'rtacha havo harorati 18-25° S va namligi 60-75% hisoblanadi. Samarqand viloyati yong'oqzorlarida havo harorati keskin ko'tarilgan davrlarda (may oyining oxiri, iyun, iyul, avgust oylari) yong'oq bitlarini keskin kamayib ketishi kuzatiladi. Bunda bitlar yozgi tinim davriga kiradi.

Samarqand viloyati sharoitida bitlar 10 tadan 15 tagacha avlod berishi aniqlandi.

Yong'oq kichik bitiga qarshi kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi (Samarqand viloyati "Jomboy SAG AGRO" MCHJ. Ishchi suyuqligi sarfi 300 l/ga).

Preparat sarfi, l/ga O'rtacha 1 bargdagi bitlar soni donada. biologik samaradorlik kunlar bo'yicha %

Variantlar Ishlov berilguncha Ishlov berilgach, kunlarda

3 7 14 3 7 14

Imperator gold 30% em.k. 0,2 35,8 5,9 4,8 3,1 83,5 86,5 91,3

Imidor, 20% em.k. 0,3 35,4 5,6 5,1 3,4 84,1 85,5 90,3

Hamla 55% em.k. (andoza) 1,0 37,2 6,4 5,5 4,1 82,7 85,2 88,9

Nazorat ishlov berilmagan - 30,3 32,5 34,8 43,3 - - -

Tadqiqot natijalari. Imidor 20% em.k. preparati yong'oq kichik bitiga qarshi 0,3 l/ga va Imperator gold 30% em.k. 0,2 l/ga sarf miqdorida qo'llanilganida kutilgan biologik samaradorlikni

October 5-6

613

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ko'rsatdi. Imperator gold 30% em.k. 0,2 l/ga qo'llanilganda hisob ishlarining 3-kunida bitlarga qarshi nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 83,5 % ga yetgan bo'lsa, 7 kunga kelib 86,5 % va 14 kuni esa 91,3 % ni tashkil qildi. Imidor 20% em.k. xuddi shuningdek 0.3 l/ga sarf miqdorida qo'llanilgan ikkinchi variantda ham yong'oq kichik bitlariga qarshi nazoratga nisbatan biologik samaradorlik hisob kunlarining 3 kuni 84,1 % ni tashkil qilgan bo'lsa, 7 kunga kelib bu ko'rsatkich 85,5 % ga, 14 kuni esa 90,3 % ga yetdi. Tajribamizning andoza variantida, Hamla 55% em.k. preparati qo'llanilgan variantda esa bu ko'rsatkich mos ravishda 82,7 %; 85,2 % va 88,9 % bo'ldi.

Xulosalar. Tajribalarimiz davomida, Samarqand viloyati tog' va tog' oldi hududlaridagi yong'oqzorlarda ixtisoslashgan zararkunanda yong'oq kichik biti (Chromaphis juglandicola Kalt.) keng tarqalgan. Ushbu zararkunandaga qarshi Imperator gold 30% em.k. preparati 0,2 l/ga qo'llanilganda yong'oq bitlariga qarshi eng yuqori samaradorlik hisob ishlarining 14-kuniga kelib 91,3 % ni tashkil qildi. Qolaversa Imidor 20% em.k. 0.3 l/ga sarf miqdorida qo'llanilganda esa 90,3 % ga yetdi. Qisqartmalar: em.k. - emulsiya konsentrati.

REFERENCES

1. Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2017 yildagi PQ-3025-sonli qarori.

2. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Грек ёнгоги ва уни зарарли организмлардан химоялаш. Самарканд-2021. - 171-172 б.

3. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.

4. Инсектицид, акарицид, биологик фаол моддалар ва фунгицидларни синаш буйича услубий курсатмалар (проф. Ш.Т. Хужаев тахрири остида). -Тошкент.-2004 . - 103 б.

5. Юлдашева Ш. Тупрок иклим шароитларининг ёнгок; ширалари биологияси ва таркалишига таъсири // Энтомологиянинг долзарб муаммолари: Илмий-амалий анжуман материаллари.- Фаргона.- 2010. - 74-75 б.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.