Muhitdinov X.S.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Biznes va innovatsion menejment kafedrasi professori, i.f.d.
Shukurov I.A.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Oliy matematika kafedrasi assistenti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Biznes va innovatsion menejment
kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi
SAMARQAND VILOYATI MINTAQASI TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TADQIQOTCHILAR TOMONIDAN OLIB BORILGAN ILMIY IZLANISHLAR TAHLILI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida turizm sohasining rivojlanish bosqichlari, sohaga kiritilgam yangi yo'nalishlar va ularning istiqbollari haqida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tafsifi tahlil qilingan. Tahlil qilish natijasida mintaqaning turistik salohiyatini bashoratlash uchun zarur bo 'lgan ekonometrik modelni yaratib, modeldan foydalangan holda mintaqaning turizm sohasidagi barcha ko'rsatkichlarini bashorat qilish zarurligi ko'rsatib o 'tilgan.
Kalit so 'zlar: turizm, turist, turistlar oqimi, mehmonxona, ichki turizm, ekoturizm, tibbiy turizm, ziyorat turizmi, madaniy meros, tarixiy obida, agroturizm, turizm klasteri, turistik xizmat ko'rsatish, ekonometrik tahlil, bashoratlash.
Muhitdinov H.S. professor
Department of Business and Innovation Management Karshi Institute of Engineering and Economics
Shukurov I.A. assistant
Department of Higher Mathematics Samarkand Institute of Economics and Service
Independent Researcher Department of Business and Innovation Management Karshi Institute of Engineering and Economics
ANALYSIS OF SCIENTIFIC RESEARCH CONDUCTED BY RESEARCHERS IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM AUTHORITY OF THE REGION OF SAMARKAND REGION
Annotation. In this article, the description of the scientific research carried out on the stages of development of the turiam industry in the Samarkand region, new directions introduced into the industry and their prospects is analyzed. In the
course of the analysis, the scientific views on the directions of sustainable development of the tourism potential ofSamarkand region, the sustainable growth rates of economic indicators were analyzed. In the mathematical analysis, it is necessary to create an econometric model necessary for forecasting the tourism potential of the region and predict all indicators of the region in the field of tourism using the model.
Keywords: tourism, tourist, tourist flow, hotel, domestic tourism, ecotourism, medical tourism, pilgrimage tourism, cultural heritage, historical site, agrotourism, tourism cluster, tourist service, econometric analysis, forecasting.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 dekabrdagi "Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni "Samarqand — yangi Oz'bekistonning turizm darvozasi»konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-455 sonli qarori tasdiqlandi.
Ushbu qarorda Samarqand viloyatiga xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko'paytirish, yangi turizm infratuzilmasi obyektlari salohiyatidan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, yangidan modernizatsiya qilingan Samarqand xalqaro aeroportida xorijiy aviatashuvchi kompaniyalar uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, hududning transport-logistika tizimini rivojlantirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va diversifikatsiya qilish masalalariga alohida urg'u qaratilgan.
Ushbu yo'nalishda O'zbekiston olimlari tomonidan Samarqand viloyatining turizm salohiyatini har jihatdan rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi turistik xizmatlar turini yaratish, hududning transport-logistika salohiyatini xalqaro darajadagi sifat ko'rsatkichiga ko'tarish masalalarida bir qancha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha "Mintaqaviy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida mintaqaviy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo'yicha "turizm»va "mintaqaviy turizm" tushunchalarining ekologik, tabiiy-iqlimiy, madaniy va tarixiy turistik resurslar xususiyatlarini inobatga olgan holda mintaqalarning turistik salohiyatidan yuqori darajada foydalanish, turistik oqimning barqaror o'sishiga erishish, turistik oqimi past bo'lgan hududlar reyting darajasini oshirish, mintaqada turizmning barqaror rivojlanishini ta'minlaydigan, tashkiliy jihatdan turizm sohasining unga yondosh tarmoqlar bilan birgalikdagi rivojlanish yo'nalishini belgilaydigan va klaster tarkibiy qismlarining rivojlanishi uchun
samarali iqtisodiy sharoit yaratuvchi "Mintaqaviy turizm klasteri"ning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan[1]. «O'zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirish strategiyasi»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida O'zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini aniqlash va takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot ishida turizmni barqaror rivojlantirishda 10 kishidan kam bo'lmagan xorijiy turistik guruhlar uchun kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turistik korxonalarning avia va temir yo'l chiptalari bo'yicha xarajatlarini 30 foizi miqdorida subsidiyalash taklif etilgalgan. Turizmni barqaror rivojlanishiga ta'sir etuvchi rekreatsion resurslar, landshaft, bioiqlim va maxsus qo'riqlanadigan hududlarni davlat-xususiy sherikchilik asosida takomillashtirish taklif etilgan[2]. «Hududda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida innovatsion iqtisodiyot sharoitida hududda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash va oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsad qilingan. Ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanishni ta'minlovchi ilm-fan, transport-logistika, servis, turistik-rekreatsion tuzilmalarini integratsiyalovchi agroekoturistik klasterini Mironkul qishlog'ida shakllantirish taklifi asoslangan. Ichki turizm xizmatlarini taqdim etish bo'yicha standartlarni yashil marshrutlar pasportiga marshrut xaritasi va kadastrini kiritish orqali ekologik va agroturizmni tashkil etishning xalqaro standartlariga mos ravishda takomillashtirish taklifi orqali «turizm qishloqlari»da agroekoturizmni rivojlantirish va «turistik klasterlar»ni shakllantirish asosida hududning turistik salohiyatidan yanada samaraliroq foydalanishga yo'naltirilgan ichki turizm sohasini 2022-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari taklif etilgan[3]. «Turizm sohasini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida xorijiy mamlakatlardagi turizm ko'rgazma va yarmarkalarida ishtirok etish hamda xorijiy mamlakatlardan O'zbekistonga kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish maqsadida "Turizmni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi"dan grant ajratishning maqsadga muvofiqligi, O'zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish maqsadida turizm infratuzilma ob'ektlarini joylashtirish va loyihalash bo'yicha "Turizm zonalari va klasterlarini rivojlantirish boshqarmasi"ni tashkil etish, tadbirkorlik sub'ektlarining respublika hududlarida ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalar, turistik ko'ngilochar muassasalarni tashkil etishning 25 foizgacha bo'lgan xarajatlarini maxsus jamg'arma mablag'lari hisobidan qoplash, turizm tashkilotlari faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, imtiyoz va preferensiyalarga tobe'lik darajasini pasaytirish maqsadida "Favqulodda himoyalanish buferi"ni shakllantirishning maqbul mexanizmini ishlab chiqish taklif etilgan[4]. "Samarqand viloyati tarixiy-madaniy turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish" mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida tarixiy-madaniy turistik salohiyat samaradorligi tarkibida tarixiy buyumlarning turistik mahsulot sifatida jalb
etilishining maqsadga muvofiqligi asoslanib, tarixiy buyumlar va yalpi turizm hajmi o'zaro nisbatiga ko'ra yuz yilgacha bo'lgan davrga taalluqli tarixiy buyumlar yalpi turizm hajmining 5 foizi, undan ko'p yillarga ko'ra 10 foiz, tarixiy buyum noyob ahamiyatiga ko'ra 100 foizi miqdorida belgilash bo'yicha uslubiy yondashuv, Samarqand viloyati, tumanlari kesimida turistik salohiyatni miqdoriy-sifat qiymatini integral baholashni "past", "o'rta", yuqori" va "juda yuqori" sifat tasnifi darajasidagi uslubiy yondashuv negizida baholashning maqsadga muvofiqligi, turistik ob'ekt salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishning ichki imkoniyati sifatida gid mutaxassislarini tayyorlash markazlari qoshida mahorat kursini tashkil etish hamda gid-ekskursavodlar turistik resurs salohiyatidan unumli foydalanishda malaka talablarini belgilagan holda ular tarkibiga, jumladan guruh ishini rejaga ko'ra belgilangan ketma-ketlikda tashkil etish va guruhni boshqarish salohiyatini kiritishning maqsadga muvofiqligi, tarixiy-madaniy turistik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirishda mehmonxonalar tarmog'ini mazkur ob'ektga aylantirish mumkin bo'lgan tarixiy ob'ektlarni jalb etish orqali kengaytirish, viloyatning shahar va tumanlari kesimida maqsadli tadbirlarni, jumladan umumjahon merosiga kiritilgan ob'ektlar doirasida mehmonxonalar qurish ishlarini eslektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berish asoslangan va mintaqada turizmni rivojlantirish ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan va asoslangan[5]. «Mintaqada turistik rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi tadqiqot ishida "turistik-rekreatsion xizmatlar»tushunchasi O'zbekiston Respublikasini Toshkent, Farg'ona, Janubiy, Mirzacho'l, Zarafshon va Quyi Amudaryo mintaqalarining geografik joylashuvi asosida tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik jihatdan umumlashtirilgan holda nazariyasi takomillashtirilgan, turistik-rekreatsiya xizmat turlarining rivojlanish ko'rsatkichlari "Evklid masofasi" (Euclidean distance) asosida o'xshashlik darajasi yuqori bo'lgan ziyorat-tabiat klasterlariga ajratish usuli taklif qilingan, mintaqa turistik-rekreatsion ob'ektlarining rivojlanish darajasini ifodalovchi muhim ko'rsatkichlarini ishlab chiqilgan[6]. «Ekologik turizmni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy asoslari (Samarqand viloyati ma'lumoti asosida) mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida «ekologik turizm xizmatlari»tushunchasining mohiyati soha sub'ektlari jozibadorligiga bevosita ta'sir etuvchi ekoturizm destinatsiyasiga mos milliy madaniyat va hududiy an'analariga ustuvorlik berish uslubiy yondashuvga ko'ra takomillashtirilgan, ekoturistik faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligi (KTIS), turistik ob'ektlar samaradorligi(KTOS) va xizmat ko'rsatish sifati(KXKS)ni ifodalovchi ko'rsatkichlar guruhlari o'rtasidagi nisbat me'yorlarini ta'minlash orqali hududda ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan, ekologik turizm sohasida viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarni tizimli joylashtirish, ularga yuqori sifatli transport va axborot-logistik xizmatlarni ko'rsatish hamda yalpi hududiy daromadni oshirish imkoniyatini yaratuvchi «Hazrati Dovud»ekoturizm
hududiy klasteri taklif etilgan, Samarqand viloyatida ekoturizm xizmatlari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kompleks baholash bo'yicha raqobatbardosh ekologik turizm xizmatlarini ko'rsatish darajasini ta'minlash imkoniyatini ochib berilgan[7]. «Hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida turistik korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini kapital qo'yilmalar samaradorligi me'yoriy koeffisientiga ko'ra variantlar asosida kapital xarajatlarni minimallashtirish yondashuvining maqsadga muvofiqligi asoslangan, turistik-rekreatsion salohiyatning hududiy reytingini hudud tarixiy-madaniy meros ob'ektlari, tabiiy qo'riqlanadigan hududlar, tabiiy shart-sharoitlar hamda turistik infratuzilmaning nisbiy salohiyatini umumlashtiruvchi yondashuvga ko'ra baholash asoslangan, turistik innovatsion klasterni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi monitoring funksiyasini realizatsiya qilish va turistik mahsulotlarni brendlash asosida takomillashtirilgan;
turizm infratuzilmasi elementlari zaruriy tarkibining optimal darajasini shakllantirish va ular o'rtasida barqaror aloqalarni o'rnatish orqali davlat tomonidan turizm sohasi sub'ektlari faoliyati rivojlanishini qo'llab-quvvatlash taklifi asoslangan[8].
08.00.11 - Marketing va 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosliklari bo'yicha «Hududiy turistik resurslardan samarali foydalanishning marketing strategiyasi»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi tadqiqot ishida uslubiy yondashuvga ko'ra «turistik resurslar»tushunchasining mohiyati ma'lum bir hududga tegishliligi va majmuaviy birlik orqali namoyon bo'lishi asnosida sinergetik samarani yuzaga keltiruvchi tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar majmui sifatidagi yondashuviga ko'ra takomillashtirish, Samarqand viloyati hududlarining turistik resurslarini me'yorlashtirilgan indekslarning solishtirma salmoqlari asosida aniqlangan hududiy turistik resurslar salohiyati integral ko'rsatkichining qiymatlari chegarasida turizm sohasini diversifikatsiyalash pozisiyasi orqali manzilli dasturlarni ishlab chiqish, turizm sohasida hudud imidji, hududiy turistik mahsulot, diqqatga sazovor joylar, personal va aholi, hududiy turistik infratuzilma, hudud jozibadorligi unsurlaridan iborat «7P»marketing kompleksiga asoslangan hududiy marketing strategiyasini amalga oshirish asosida viloyatga tashrif buyuradigan turistlar oqimining oshishiga sabab bo'luvchi amaliy takliflar ishlab chiqilgan[9].
08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha "O'zbekistonda turizmning innovatsion rivojlanishini statistik baholashni takomillashtirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida turizm sohasini innovatsion rivojlanishini baholovchi statistik ko'rsatkichlar tarkibi «safarlarni tez-tez amalga oshiruvchi tashrif buyuruvchilar soni»va «safar vaqt oralig'i 4 soatdan kam bo'lgan tashrif buyuruvchilar soni»ko'rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan, T-AVS(Tourism - Attractions, Basics, Context)) hamda TLG(Tourism Led Growth) modellari Delphi metodi asosida
takomillashtirilgan va shu asosida hududlarda turizmning innovatsion rivojlanish ko'rsatkichini belgilash taklif etilgan, turizm eksporti va importi ko'rsatkichlarini hisoblash ularning fizik hajmini aniqlash asosida takomillashtirilgan hamda ushbu ko'rsatkichlarning qiymatlari ishlab chiqilgan, additiv va multiplikativ modellari asosida kiruvchi va chiquvchi turistlar soni hamda turizm eksporti va importi ko'rsatkichlarnmg 2024 yilgacha bo'lgan prognoz variantlari ishlab chiqilgan[10]. "O'zbekiston milliy hisoblar tizimida turizm yordamchi hisobini takomillashtirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) tadqiqot ishida mamlakatning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, turizm salohiyatini belgilovchi omillar va ko'rsatkichlardan samarali foydalangan holda, hududlarning turizm salohiyatini to'laqonli baholash bo'yicha intégral ko'rsatkichlar tizimi taklif etilgan, mamlakat hududiga tashrif buyuruvchilarning turistik xarajatlarini tanlab olish uslubini kengaytirish maqsadida "Uy xo'jaliklarining ichki turizm va aholining jismoniy faolligi kuzatuvi" savolnomasiga "Dam olish vaqtida o'z mablag'lari hisobiga yashash bilan bog'liq xizmatlar uchun xarajatlar"ni kiritish hisobiga joriy statistika kuzatuvlari takomillashtirilgan, hududiy turizm yordamchi hisobini shakllantirishda turizm iste'molini mamlakatning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, hududiy taqsimlash maqsadida "Hududlararo turizm iste'moli matritsasi ishlab chiqilgan, turizmning fizik hajm indeksini hisoblash uslubiyoti turizm yordamchi hisobining agregat ko'rsatkichlarini ekstrapolyasiya qilish hamda deflyatsiya qilish yordamida doimiy narxlarda baholash orqali takomillashtirilgan[11].
XULOSA
Samarqand viloyatida so'nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu amalga oshirilgan chora-tadbirlar negizida xalqaro tajriba, ilmiy izlanishlar natijalari hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari yotadi. Sohada so'ggi 5 yil ichida unga yondosh tarmoqlar bilan birgalikdagi rivojlanish yo'nalishini belgilaydigan va klaster tarkibiy qismlarining rivojlanishi uchun samarali iqtisodiy sharoit yaratuvchi "Mintaqaviy turizm klasteri"ning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. Turistik korxonalarning avia va temir yo'l chiptalari bo'yicha xarajatlarini 30 foizi miqdorida subsidiyalash taklifi berilgan. Ushbu takliflarni amalda joriy etish ishlari olib borilmoqda. Ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanishni ta'minlovchi ilm-fan, transport-logistika, servis, turistik-rekreatsion tuzilmalarini integratsiyalovchi agroekoturistik klasterini Mironkul qishlog'ida shakllantirish taklifi ko'rib chiqilmoqda. Respublika hududlarida ixtisoslashtirilgan ovqatlanish shoxobchalar, turistik ko'ngilochar muassasalarni tashkil etishning 25 foizgacha bo'lgan xarajatlarini maxsus jamg'arma mablag'lari hisobidan qoplash, turizm tashkilotlari faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, imtiyoz va preferensiyalarga tobe'lik darajasini pasaytirish maqsadida "Favqulodda himoyalanish buferi"ni shakllantirishning maqbul mexanizmi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda. Tarixiy buyumlar va yalpi turizm hajmi o'zaro nisbatiga ko'ra yuz
yilgacha bo'lgan davrga taalluqli tarixiy buyumlar yalpi turizm hajmining 5 foizi, undan ko'p yillarga ko'ra 10 foiz, tarixiy buyum noyob ahamiyatiga ko'ra 100 foizi miqdorida belgilash bo'yicha uslubiy yondashuv amalga oshirilgan. Yuqori sifatli transport va axborot-logistik xizmatlarni ko'rsatish hamda yalpi hududiy daromadni oshirish imkoniyatini yaratuvchi «Hazrati Dovud»ekoturizm hududiy klasteri taklif etilgan va bu borada amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Sohani innovatsion rivojlanishini baholovchi statistik ko'rsatkichlar tarkibi «safarlarni tez-tez amalga oshiruvchi tashrif buyuruvchilar soni»va «safar vaqt oralig'i 4 soatdan kam bo'lgan tashrif buyuruvchilar soni»ko'rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan additiv va multiplikativ modellari asosida kiruvchi va chiquvchi turistlar soni hamda turizm eksporti va importi ko'rsatkichlarning 2024 yilgacha bo'lgan prognoz variantlari ishlab chiqilgan. Hududlararo turizm iste'moli matritsasi ishlab chiqilgan, turizmning fizik hajm indeksini hisoblash uslubiyoti turizm yordamchi hisobining agregat ko'rsatkichlarini ekstrapolyasiya qilish hamda deflyatsiya qilish yordamida doimiy narxlarda baholash orqali takomillashtirilgan.
Turizm sohasi ko'rsatkichlarini ekonometrik modelllashtirish orqali soha ijtimoiy-iqtisodiy holatini bashoratlash hududning turizm salohiyatiga juda katta hissa qo'shadi. Bashoratlash masalasida sohani qamrab olgan barcha ko'rsatkichlarni inobatga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'rsatkichlarni t ahlil qilishda chorrahaviy ma'lumotlar, vaqtli qatorlar hamda panelli ma'lumotlar asosida ekonometrik model tuzish talab etiladi.
References:
1. Abduxamidov S.A. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «Mintaqaviy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish»mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
2. Sayfutdinov Sh.S. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «O'zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirish strategiyasi» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
3. Zoxidov F.F. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «Hududda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
4. Toyirov Y.A. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «Turizm sohasini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
5. Maxmudov S.X. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «Samarqand viloyati tarixiy-madaniy turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
6. Ibadullaev E.B. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «Mintaqada turistik rekreatsion xizmatlarni
rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
7. Ahtamova M.E. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisoslogi bo'yicha «Ekologik turizmni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy asoslari (Samarqand viloyati ma'lumoti asosida) mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
8. Abduraimov D.M. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha «Hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
9. Allayorov R.A. 08.00.11 - Marketing, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosliklari bo'yicha «Hududiy turistik resurslardan samarali foydalanishning marketing strategiyasi» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
10. Jumaev A.M. 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha "O'zbekistonda turizmning innovatsion rivojlanishini statistik baholashni takomillashtirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
11. Mamadjanov A.A. 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo'yicha "O'zbekiston milliy hisoblar tizimida turizm yordamchi hisobini takomillashtirish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqot ishi.
12. Шукуров И.А. Парная регрессия и корреляция, Universum: Технические науки, научний журнал, Выпуск: 5(86), май 2021 г. Часть 1.
13. Кремер Н.Ш. Эконометрика: Учебник. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008. -562с.
14. Ш.Б.Уразалиев. Иктисодий масалаларни дифференциал тенгламалар куринишида моделлаштириш. СамИСИ. "Иктисодий тараккийёт ва самарали бошкарув: халкаро тажриба, тенденциялар ва долзарб масалалар» халкаро илмий-амалий анжуман материаллари туплами. 2023 йил 10-11 ноябр.