Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA TURISTIK MARSHRUTLAR ARXITEKTURA MUXITI LANDSHAFT YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI MAQSADI VA VAZIFALARI'

O‘ZBEKISTONDA TURISTIK MARSHRUTLAR ARXITEKTURA MUXITI LANDSHAFT YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI MAQSADI VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1067
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konseptsiya / turistik resurs / tarixiy / ob’ekt / turistik marshrut / yo’nalish / landshaft / yashil arxitektura / ichki tizimi / turistik ekskursiya xizmatlari tizimi / turistik-rekreatsion / standartlar / hudud / yo‘l tizimlari / ekologik turizm / shaharsozlik. / concept / tourist resource / historical / object / tourist route / route / landscape / green architecture / internal system / system of tourist excursion services / tourist-recreational / standards / territory / road systems / ecological tourism / urban development.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Akromova

Ushbu maqolada turistik marshrutlarni ishlab chiqish texnologiylari, ularning landshaft hamda yo’l tizimlari bilan uzviy bog’liqligi, asosiy tushunchalar aniqlandi va terminologik apparat shakllandi. “Turistik marshrut” tushunchasiga ta’rif berilgan, “turistik marshrut” va “turistik yo‘llar” atamalarining talqini ,Turistik marshrutlar turlari va ularni shakllantirish o‘rganilgan. Turistik marshrutlarni rejalashtirish sayyohlik yo‘nalishlari asosida mavjud resurslardan samarali foydalanadigan yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatini yaratadigan tarzda tashkil etishni, Turistik marshrutlar maqsadiga, mavzusiga (tematik), shakllanishiga, transport mansubligiga, mavsumiyligiga, hududiy belgilariga ko‘ra ajralishini, Turistik yo‘llardan farqli o‘laroq, turistik marshrutlar sayyohlar uchun tematik ajralib turadigan yo‘l hisoblanishi haqida yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PURPOSE AND TASKS OF THE TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ARCHITECTURAL ENVIRONMENT LANDSCAPE SOLUTIONS OF TOURIST ROUTES IN UZBEKISTAN

In this article, the technologies of development of tourist routes, their integral connection with the landscape and road systems, the main concepts were defined and the terminological apparatus was formed. The concept of "tourist route" is defined, the interpretation of the terms "tourist route" and "tourist roads", types of tourist routes and their formation are studied. Planning of tourist routes should be organized in such a way as to create an opportunity to choose routes that effectively use available resources based on tourist routes. Tourist routes should be separated according to the purpose, topic (thematic), formation, transport affiliation, seasonality, territorial characteristics, different from tourist routes. On the other hand, it is explained that the tourist routes are considered as thematically distinct routes for tourists.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA TURISTIK MARSHRUTLAR ARXITEKTURA MUXITI LANDSHAFT YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI MAQSADI VA VAZIFALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA TURISTIK MARSHRUTLAR ARXITEKTURA MUXITI LANDSHAFT YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI MAQSADI VA

VAZIFALARI Akromova Muxlisa Saydimuxtor qizi

"Mercury " DMC Dizayner, Magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.7194386 Annotatsiya. Ushbu maqolada turistik marshrutlarni ishlab chiqish texnologiylari, ularning landshaft hamda yo'l tizimlari bilan uzviy bog'liqligi, asosiy tushunchalar aniqlandi va terminologik apparat shakllandi. "Turistik marshrut" tushunchasiga ta'rif berilgan, "turistik marshrut" va "turistik yo'llar" atamalarining talqini ,Turistik marshrutlar turlari va ularni shakllantirish o'rganilgan. Turistik marshrutlarni rejalashtirish sayyohlik yo'nalishlari asosida mavjud resurslardan samarali foydalanadigan yo'nalishlarni tanlash imkoniyatini yaratadigan tarzda tashkil etishni, Turistik marshrutlar maqsadiga, mavzusiga (tematik), shakllanishiga, transport mansubligiga, mavsumiyligiga, hududiy belgilariga ko'ra ajralishini, Turistik yo'llardan farqli o'laroq, turistik marshrutlar sayyohlar uchun tematik ajralib turadigan yo'l hisoblanishi haqida yoritilib berilgan.

Kalit so'zlar:konseptsiya, turistik resurs, tarixiy, ob'ekt, turistik marshrut, yo'nalish, landshaft, yashil arxitektura, ichki tizimi, turistik ekskursiya xizmatlari tizimi, turistik-rekreatsion, standartlar,hudud, yo'l tizimlari, ekologik turizm, shaharsozlik.

THE PURPOSE AND TASKS OF THE TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ARCHITECTURAL ENVIRONMENT LANDSCAPE SOLUTIONS OF TOURIST

ROUTES IN UZBEKISTAN Abstract. In this article, the technologies of development of tourist routes, their integral connection with the landscape and road systems, the main concepts were defined and the terminological apparatus was formed. The concept of "tourist route" is defined, the interpretation of the terms "tourist route" and "tourist roads", types of tourist routes and their formation are studied. Planning of tourist routes should be organized in such a way as to create an opportunity to choose routes that effectively use available resources based on tourist routes. Tourist routes should be separated according to the purpose, topic (thematic), formation, transport affiliation, seasonality, territorial characteristics, different from tourist routes. On the other hand, it is explained that the tourist routes are considered as thematically distinct routes for tourists.

Key words: concept, tourist resource, historical, object, tourist route, route, landscape, green architecture, internal system, system of tourist excursion services, tourist-recreational, standards, territory, road systems, ecological tourism, urban development.

ЦЕЛЬ И ЗАДАЧИ ТЕХНОЛОГИИ РАЗРАБОТКИ АРХИТЕКТУРНО-СРЕДОВОГО ЛАНДШАФТНОГО РЕШЕНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ МАРШРУТОВ

УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. В данной статье определены технологии разработки туристических маршрутов, их неразрывная связь с ландшафтом и дорожными системами, определены основные понятия и сформирован терминологический аппарат. Дано определение понятию" туристский маршрут", изучена трактовка терминов" туристский маршрут "и" туристские маршруты", виды туристических маршрутов и их формирование. Планирование туристских маршрутов предполагает организацию туристских маршрутов таким образом, чтобы на их основе можно было выбирать маршруты, эффективно

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

использующие имеющиеся ресурсы, разделение туристических маршрутов по назначению, тематике (тематике), формированию, транспортной принадлежности, сезонности, территориальным признакам, в отличие от туристических маршрутов, туристские маршруты являются тематически отличимыми для туристов.

Ключевые слова: туристский ресурс, исторический, объект, туристский маршрут, маршрут, ландшафт, архитектура, внутренняя система, система туристско-экскурсионных услуг, туристско-рекреационные, нормативы, территория, дорожные системы, экологический туризм, градостроительство.

KIRISH

O'zbekiston o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy, arxeologik yodgorliklari va bugungi kunda shiddat bilan rivojlanishi orqali dunyo hamjamiyati diqqatini o'ziga tortmoqda. Tarixga nazar solsak O'zbekiston Buyuk ipak yo'lining savdo, sayohatchilar, missionerlar, jo'g'rofiyashunoslar, istilochilar yo'lida joylashgan edi. Hozirgi kunda, O'zbekiston madaniyat, tarix va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchi sayyohlar uchun maftunkor turistik yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoniga binoan, 1-ILOVA, 2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish KONSEPSIYASI, 3-BOB. Turizmni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, 2 bandida : turistlarning yehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha hududlarida turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani rivojlantirish, xususan[1]:

-talabni inobatga olgan holda, yangi joylashtirish vositalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda yondosh infratuzilmani (umumiy ovqatlanish ob'ektlari, transport-logistika tuzilmalari, ko'ngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish ob'ektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan turizm industriyasini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

-mehmonxonalar va boshqa turizm infratuzilmasi ob'ektlarini qurishga oid loyihalarni amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, tadbirkorlarga o'z xizmatlarining sifatini oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, jahonga mashhur mehmonxona biznesi brendlarini O'zbekistonga jalb qilishni rag'batlantirish;

-joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o'rta, kichik mehmonxonalar va xostellarni qurishni rag'batlantirish hamda mavjud mehmonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga alohida ye'tibor qaratish;

-zamonaviy xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ko'cha infratuzilmasini (o'tish yo'llari, trotuarlar, kichik arxitektura shakllari, sanitar-gigienik shoxobchalar, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun obodonlashtirish yelementlari va boshqalarni), shu jumladan turizm-rekreatsion markazlarda yaratish;

-turizm navigatsiyasining yagona unifikatsiyalashtirilgan tizimini joriy yetish va rivojlantirish, ko'chalarda, hududlarda, turizm namoyishi ob'ekti hisoblangan bino va inshootlar ichida, transport vositalari va tarmoqlarida hamda avtomobil yo'llarida turizm navigatsiyaning unifikatsiyalashtirilgan ko'rsatkichlarini o'rnatish to'g'risida alohida to'xtalib o'tilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Bugungi kunda ham Samarqand hozirgi davr, hamda qadim o'tmishni bog'lovchi tirik rishtadir. Samarqand o'zining mashhur madaniy meros ob'ektlari, qiziqarli, takrorlanmas tabiiy boyliklari bilan bo'lishishga tayyor.

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlarida turizm faoliyatini ravnaq toptirish masalasi o'z aksini topgani bejiz emas .

Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoniga 5-ILOVA "O'zbekiston Respublikasining turistik yo'nalishlari bo'ylab avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha investitsion takliflar berildi va yo'l haritasi ishlab chiqilgan, ma'qullangan turizm to'g'risida qonuni va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda tadqiqot olib borishda muayyan darajada xizmat qiladi[2]. Rekreatsiya muhitining zamonaviy tadqiqotlari mintaqaviy turistik tizim va turistik-rekreatsion zonalarni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotlarning aksariyati geografik (rekreatsion rayonlashtirishni kompleks o'rganish) va turizm fanlari (turistik muassasalarning ichki tizimi, turistik ekskursiya xizmatlari tizimi) sohalariga, shuningdek madaniy turizm asoslari o'rganiladigan gumanitar fanlarga tegishli.

Ushbu maqolada turistik arxitekturani tadqiq qilish sohasidagi ayrim jihatlarni ochib beradigan turli yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotchilar ishlari, Turistik marshrutlar va majmualar arxitekturasi bo'yicha xorijiy olimlar Rainer Jelinek , Jan Specht , Hans Jeschke, Peter Mandl , R. Sharpley , Marlien Lourens , Ivana Vukadinovic , V.A. Nefedov , L.Yu. Smwkovskaya , Ye.P. Golubeva , K.V. Lazarev Ye.K. Bulatova , V.V. Aurov , G.S. Zaikin , X. Shenasa , D.M. Bayramova tomonidan, O'zbekiston turistik ob'ektlar arxitekturasi yo'nalishlari hamda ob'ektlarini loyihalash masalalari ustida V.A. Nilsen , O.M. Salimov , M.Q. Ahmedov , A.A. Saidov , A.O. Hasanov , A.S. Uralov , L.A. Kamilova , M. To'xtaxodjaeva , K.D. Raximov , N.V. Drobchenko , K.D. Sattarova , X.X. Kamilova va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar[3].

TADQIQOT NATIJASI

Shuningdek, turizm muammolari va yechimlari yuzasidan bir qancha tadqiqotchilar tomonidan ekologik turizmni rivojlantirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik turizmning me'yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo'yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan Ye. Boo , X. Ayala , Ye. Matteus , A.K. Alimov va boshqalarning ishlarida yoritilgan[3,4].

Bugungi kunda turistik infratuzilma arxitekturaviy muhitlarini shakllantirishga asoslangan turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga oid tadqiqot ishlari hozircha yetarli darajada olib borilmayotganligi ushbu mavzuni o'rganish lozimligini ko'rsatadi.

Turistik marshrutlar - marshrut so'zi aniqlangan, belgilangan yo'lni bildiradi. Marshrut so'zi faqat turizm sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog'liq bo'lmagan doimiy, muntazam ravishda ma'lum tomonga, aniqrog'i o'ziga ma'lum geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Marshrutning uzoq-yaqinligiga qarab inson harakatlanish vositasini tanlaydi.

Turistik marshrutlarni o'rganish ob'ekti - marshrutlar bilan bog'liq geografik manzil hisoblanadi. Turistik marshrut turistning o'zi tanlagan, geografik manzilda, makonda joylashgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turistik resursga turistning talab, ehtiyojlarini hisobga olgan va bajargan holda turistni olib borish va qaytarib dastlabki manzilga keltirib qo'yishdir.

MUHOKAMA

Turistik marshrutlarni o'rganish, marshrutlar bilan bog'liq geografik manzil hamda turistik marshrut arxitektura muhiti ob'ektlarning shaharsozlik kompozitsiyalari shakllanishidagi o'mini uzviy bog'lab beradi. O'zbekiston turistik marshrutlaridan bo'lgan eng asosiy yo'l, turistik oqimini to'g'ridan to'g'ri bog'lovchi Toshkent -Jizzah-Samarqand turistik marshrutining yo'l bo'yi landshaft yechimini loyihalash, loyihani turistlarga to'g'ri hamda estetik jihatdan o'ikaning mahalliy manzarali o'simliklaridan to'g'ri foydalangan holda tadbiq etish ko'zda tutiladi. Shu bilan birga , Jizzah-Samarqand hududida zamonaviy talablarga mos bo'lgan, hududiy omillarni hisobga olgan xolda turistik markazlar tashkil etishning funksional, xajmiy - tarxiy, tarkibiy va rejalashtirish xususiyatlariga oid ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish;

arxitektura yodgorliklari, madaniy meros ob'ektlari va ularning elementlaridan turistik marshrut va markazlar arxitektura muhitini yaratishda qo'llash usullari turistik markazning me'moriy muhitini shakllantirish tamoyillarini ishlab chiqish;

turistik marshrut va markazlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda arxitektura muhiti ob'ektlarini tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish;

kompyuter dasturlari yordamida turistik muhit arxitektura ob'ektlarning sxematik chizmalarini tayyorlash va ular bo'yicha ma'lumotlar bazasini yaratish.

Shu bilan bir qatorda Samarqand-Jizzah turistik hududlar va marshrutlar ob'ektlari arxitektura muhiti tashkil etishdir.

Turizmning me'moriy muhitini shakllantirish va tashkil etish xususiyatlari, rivojlanish yo'llari, ularni mintaqaviy arxitektura va shaharsozlik amaliyotiga moslashish imkoniyati, hamda loyihaviy materiallar tashkil etish bilan birgalikda, uslubiy asoslari umumiy ilmiy uslublar bo'lib, ular: statistik, qiyosiy, elektron materiallar va me'moriy loyihalarni tahlil qilish, kuzatuv, ilmiy ma'lumotlarni tizimlash, qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish kabi usullardan foyd alanish tavsiya etiladi.

Samarqand-Jizzakh mintaqasi Jizzah M39 yo'li, turizm va dam olish hududlaridagi mavjud arxitektura muhiti ob'ektlarini o'rganish uchun dala tadqiq usuli qo'llaniladi.

Samarqand -Jizzah M39 yo'lini o'rganish hamda uni tahlil qilish natijalari

quyidagilardan iborat:

Samarqand-Jizzah hududlarining turistik resurs salohiyatidan kelib chiqib, turistik marshrutlarda ssenar yondashuv usullari ishlab chiqilgan;

turistik va rekreatsion hududlar, turizm uchun me'moriy muhitni shakllantirishning tarixiy va nazariy shartlari haqidagi ilmiy bilimlar kengaytirilgan; XULOSA

Hududiy me'morchilik amaliyotiga turizm ob'ektlarining parametrlarini, miqdoriy xususiyatlarini, turistik salohiyatni baholash uslubini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlarning asosiy natijalarini joriy etishdan ijtimoiy-iqtisodiy samarani olish, bunda turistik salohiyatga ega bo'lgan hududlarda turistik arxitektura muhitini tashkil etish va rivojlantirish uchun zarur shartlar shakllantirilgan;

Samrqand -Jizzah hududidagi sayyohlik marshrutlarida rekreatsion hududlarni samarali joylashtirish va boshqa turistik ob'ektlarni kompozitsiyaviy yechimlarini yaratish takliflari ishlab chiqilgan;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Samrqand -Jizzah hududi zamonaviy sayyohlik markazlarni yaratish, qayta qurish va turizmni rivojlantirish konsepsiyalari yaratilgan;

turistik marshrut va sayyohlik markazlarni istiqbolli bosh rejalarni loyihalashda madaniy meros, xamda arxitektura yodgorliklari ob'ektlari va ularning elementlaridan foydalanish usullari takomillashtirilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida. Toshkent shahri, 2018 yil 3 fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash to'g'risida. 2018 yil 7-fevral, № PQ-3514. QHMMB: 07/18/3514/0672-son, Toshkent sh.,08.02.2018 y.

3. Tuxliev I.S.,Hayitboev R.,Safarov B.Sh.,Tursunova G.Turizm asoslari. Darslik. Toshkent.2014.-330 b.

4. Hayitboev R., Haydarov S., Abduxamidov S., va boshq., Turizm marshrutlarini ishlab chiqish. O'quv qo'llanma, Samarqand, 2016.-175 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.