Научная статья на тему 'EKOTURISTIK MARSHRUTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI'

EKOTURISTIK MARSHRUTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1066
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turistik marshrutlar / tabiiy sharoit / ekzotika / turistik marshrut texnologik xaritasi / ekskursiya / turistik xizmatlar / tourist routes / natural conditions / exotic / technological map of tourist routes / excursions / tourist services

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Elyorjon G‘ayratovich Mahkamov, Dilafruz Baxromjon Qizi Karimqulova

Muallif maqolada turizmni rivojlantirishda turistik marshrutlarni ishlab chiqish, turistik marshrutni o‘tkazish, ularni tashkil qilish va marshrutda belgilangan tadbirlar qayd qilish kabi masalalarning ahamiyatli jihatlariga batafsil to’xtalib o’tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The author examines in detail important aspects of tourism development, such as the development of tourist routes, the organization of tourist routes, their organization and accounting for activities along the route

Текст научной работы на тему «EKOTURISTIK MARSHRUTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1137-1140

EKOTURISTIK MARSHRUTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH

USULLARI

Elyorjon G'ayratovich Mahkamov

Farg'ona davlat universiteti goografiya kafedrasi tayanch doktoranti

Dilafruz Baxromjon qizi Karimqulova

Farg'ona davlat universiteti geografiya mutaxasisligi magistranti

ANNOTATSIYA

Muallif maqolada turizmni rivojlantirishda turistik marshrutlarni ishlab chiqish, turistik marshrutni o'tkazish, ularni tashkil qilish va marshrutda belgilangan tadbirlar qayd qilish kabi masalalarning ahamiyatli jihatlariga batafsil to'xtalib o'tgan.

Kalit so'zlar: turistik marshrutlar, tabiiy sharoit, ekzotika, turistik marshrut texnologik xaritasi, ekskursiya, turistik xizmatlar.

ABSTRACT

The author examines in detail important aspects of tourism development, such as the development of tourist routes, the organization of tourist routes, their organization and accounting for activities along the route.

Keywords: tourist routes, natural conditions, exotic, technological map of tourist routes, excursions, tourist services.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining landshaftlari ham boy madaniy va tarixiy merosning integral qismidir. Ushbu merosning reprezentativ obhektlari va komponentlari albatta saqlanishi zarur. Bu boradagi istiqbolli yo'nalishlardan biri ekoturizm hisoblanadi. Kishilarni tabiiy muhitga sayohatlari yoki ularning doimiy yashash joylaridan muayyan muddatga dam olish, sport bilan shug'ullanish, sog'liginit tiklash, mahrifiy-mahnaviy tadbirlarni olib borish maqsadida muayyan hududlarga qiladigan sayohatlari ekoturizm sifatida baxolangan. Ekoturistik marshrutlarini ishlab chiqishda turist va sayohlarning hayoti xavfsizligini tahminlash birinchi vazifa sifatida belgilanadi. Bu borada marshrut rahbari belgilangan tartibda yo'riqnoma ishlab chiqadi. Marshrutdagi eng mahsulli xizmatlar bu - transport

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1137-1140

xizmatlari hisoblanadi. Turistik marshrutga transport turlari marshrut yo'nalishi, ekskursiya turi, yo'lning holati (avtomagistral, tosh yo'l, shosse, mahalliy yo'l va hakozo) bo'yicha tanlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Agar turistlar palatkalarda tunaydigan bo'lsa, albatda yig'ma karovatlar, yig'ma stol-stullar, toza choyshablar tayyorlanishi lozim bo'ladi. Palatkalarni joylashtirishda iloji boricha ochiq sayhonlik, yoki o'tloqzorlar tanlanishi maqsadga muvofiq. Qalin o'suvchi o'tzor, pichanzorlarda hashorotlar ko'p bo'lganligidan bunday joylarda ilon, chayon, qoraqurt, falanga, ari kabi chaquvchi hashorotlar turistlarning hayotga xavf solishi mumkin. Turistik marshrutda yoz oylari dalada tunashni hohlovchi turistlarga maxsus ko'rpachalar berilishi lozim. Bu usulda tunash ekspeditsiya usuli ham deyiladi. Bunday sharoitda maxsus ko'rpachalarda mashinalar bortida, balandliklarda bemalol tunash mumkin.

Shuningdek, turistlarni ovqatlantirishda jiddiy ehtiyot choralarini ko'rish talab qilinadi. Mavsumlarda turistlarni ovqatlantirishda dastlab may-iyun oylarida pishib yetiladigan mevalar (qulupnay, gilos, olma, anjir, tut)ni dasturxoniga tortishda mehyordan oshirmaslik. Yoz mavsumida haroratni yuqori bo'lishi ichimlik suvi bilan bog'liq muammolarni (meyoridan ortiq istemol qilishdan saqlanish) keltirib chiqarishi mumkin. Turistlarni milliy taomlarimiz bilan ovqatlantirishda ham ehtiyotlik choralarini ko'rish lozim bo'ladi (2-3 xil ovqat tayoyrlash, yog'li ovqatlar berish va hakozo). Turizm marshrutlaridagi ekskursiyalarda turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar transport, dam olish, sayrlarda va ovqatlanish xizmatlarida ham yuz berishi mumkin. Chunki, marshrut davomida sayoyhlarga rejada belgilangan barcha xizmatlar ko'rsatiladi. Ayniqsa ekoturizm marshrutlaridagi (tog'larda, suv havzalarida, daralardagi so'qmoqlarda, ekologik inqirozli hududlarda va hakozo) ekskursiyalarda harakatlanishdagi xavfsizlik oldindan tahminlanishi zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turistik marshrutlar mavzuli, majmuali va kartografik usullar asosida amalga oshiriladi va tayyorgarlik (marshrut hujjatlarini tayyorlash); marshrutda yurish va marshrutning tugashi bosqichlariga bo'linadi. Tayyorgarlik bosqichida marshrut yo'lini o'rganib chiqish, ekskursiya va xizmatlar ko'rsatish dasturlari tuziladi. So'ngida turistlarga xizmatlar ko'rsatish hujjatlari rasmiylashtiriladi. Marshrutni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1137-1140

amalga oshirish bosqichida marshrutga chiqish (boshlash, yo'lga chiqish), ekskursiyalar, uchrashuvlar, dam olish va boshqa tadbirlarni marshrut dasturi asosida o'tkazish, marshrutdan qaytish hamda turistlarning fikri, tahsurotlari, taklifi va taqrizlarini to'plash, tahlil qilish jarayoni amalga oshiriladi.

Yakunlovchi bosqichda marshrut o'tkazilganligi haqida hisobot tayyorlanadi. Marshrut davomida yuz bergan kutilmagan muammolar tahlil qilinadi hamda tavsiyalar asosida qo'shimchalar kirishga kelishib olinadi. Turistik marshrutni o'tkazishni amalda tashkil qilish va o'tkazish ishlari, marshrutda belgilangan tadbirlar «marshrut hujjatlarida» qayd qilinishi lozim. Bu hujjatlar quyidagilardan iborat bo'ladi:

-turistik marshrutni o'tkazish haqida hujjat (ruxsatnoma, xarita va boshq.);

-turistik marshrutda turistlarga xizmat qiluvchilar haqida hujjatlar (haydovchi, tarjimon, oziq-ovqat bilan tahminlovchilar, yuklarni ko'taruvchi, axborotchi, boshlovchi va boshqalar);

-hisobot uchun hujjatlar va turistik marshrutning texnologik xaritasi;

-turistga beriladigan yo'llanma (axborotlanganlik varaqasi mahlumotlar -axborotlanganlik tamoyili bo'yicha) va marshrutning sxemasi.

Turistik marshrutni o'tkazish og'zaki va amaliy metodlar asosida tashkillanadi. Turistik marshrutni o'tkazishdagi og'zaki metodika bo'yicha dastlab turistlar bilan uchrashuv tashkil (turfirma yoki marshrut rahbari) qilinadi. Marshrut davomida marshrut rahbari quyidagi metodik-yo'l axborotlarini berish usullaridan foydalanadi: ehlonlar, tushuntirishlar, xabarlar, mahlumotlar va suhbatlar. Turistik marshrutni o'tkazishda amaliy metodida axborotlar qisqa, mazmunli, maqsadli, qiziqarli bo'lishi marshrut rahbaridan o'z ishi bo'yicha usta bilimdon, yetuk mutaxassis bo'lishligini talab qiladi.

XULOSA

Ekoturistik marshrutlar ishlab chiqishda dastlabki talab marshrutdagi jozibadorlik, turistlarning diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan turistik obhektlar hisoblanadi. Marshrut ishlab chiqilgandan keyin ham ushbu tur haqida imkon darajasida rangli bukletlar ishlab chiqishga ehtibor beriladi. Aslida ham har qanday turning jozibadorligi, qiziqarli ekanligi haqida ana shu bukletlar dastlabki turizm bozoriga chiqariladigan reklama mashuloti ham hisoblanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1137-1140

REFERENCES

1. Abduvaliev H. A. Geogra'hical trends of the ethnoecological researches //Uzbekistan va Rossiyada geografiya fani: umumiy muammolar, hamkorlik salohiyati va istiqboli. - 2019. - S. 14-17.

2. Maxkamov E. G. Rekreatsiya va turizmni tashkil etishda tabiiy sharoitni baholashning nazariy jihatlari //GEOGRAFIYa: PRIRODA I OBO'ESTVO. - 2020. - T. 1. - №. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.