Научная статья на тему 'TURIZM INDUSTRIYASINING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

TURIZM INDUSTRIYASINING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
76
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm xizmatlari / turistik imkoniyatlar / turizm industriyasi / kurort zonasi / madaniy meros / ehtiyojlar / turizmda raqamlashtirish / tourism services / tourism opportunities / tourism industry / resort area / cultural heritage / needs / digitization in tourism

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Aziztayeva Feruza Alpomishevna

Iqtisodiy islohotlar sharoitida ma’lumki, turizmning rivojlanishi mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga mahalliy aholining bandligini ta’minlash, shu orqali turmush darajasini yaxshilash, xorijiy turistlarni jalb qilish, yurtimizni dunyoga tanitish, qadimiy shaharlarimiz va tarixiy yodgorliklarimizni asrab avaylash kabi xayrli ishlarga salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini kengaytiradi. Maqolada Jizzax viloyatida turizm xizmatlarining asosiy omillari, uni rivojlantirishning hududiy o‘ziga xosligi, mahalliy aholini atrof muhitni muhofaza qilishi, bu borada ayrim muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OPPORTUNITIES AND DISTINCTIVE FEATURES OF THE TOURISM INDUSTRY

In the context of economic reforms, it is known that the development of tourism is gaining importance in the economic and social life of the country. It will expand the opportunity to provide employment of local residents while developing the economy, thereby making a significant contribution to such good deeds as improving the standard of living, attracting foreign tourists, introducing our country to the world, preserving our ancient cities and historical monuments. The article provides suggestions on the main factors of tourism services in the Jizzakh region, territorial specificity of its development, environmental protection of local residents, measures to eliminate some problems in this regard

Текст научной работы на тему «TURIZM INDUSTRIYASINING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

TURIZM INDUSTRIYASINING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI VA

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Aziztayeva Feruza Alpomishevna

Jizzax politexnika instituti, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o'qituvchisi

aziztaevaferuza @bk.ru.

Annotatsiya: Iqtisodiy islohotlar sharoitida ma'lumki, turizmning rivojlanishi mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga mahalliy aholining bandligini ta'minlash, shu orqali turmush darajasini yaxshilash, xorijiy turistlarni jalb qilish, yurtimizni dunyoga tanitish, qadimiy shaharlarimiz va tarixiy yodgorliklarimizni asrab avaylash kabi xayrli ishlarga salmoqli hissa qo'shish imkoniyatini kengaytiradi. Maqolada Jizzax viloyatida turizm xizmatlarining asosiy omillari, uni rivojlantirishning hududiy o'ziga xosligi, mahalliy aholini atrof - muhitni muhofaza qilishi, bu borada ayrim muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo'yicha takliflar berilgan.

Kalitli so'zlar: turizm xizmatlari, turistik imkoniyatlar, turizm industriyasi, kurort zonasi, madaniy meros, ehtiyojlar, turizmda raqamlashtirish

ВОЗМОЖНОСТИ И СПЕЦИФИКА РАЗВИТИЯ ИНДУСТРИИ ТУРИЗМА

Азизтаева Феруза Алпомишевна

Джизакский политехнический институт, Старший преподаватель кафедры

экономики и управления

aziztaevaferuza @bk.ru.

Аннотация: В условиях экономических реформ развитие туризма, как известно, приобретает важное значение в экономико-социальной жизни страны. Он расширяет возможности развития экономики, обеспечивая занятость местного населения, тем самым повышая уровень жизни, привлекая иностранных туристов, делая нашу страну известной в мире, сохраняя древние города и исторические памятники. В статье даны предложения по основным факторам туристского обслуживания в Джизакской области, территориальной специфике его развития, охране окружающей среды местного населения, мерам по устранению некоторых проблем в этом отношении.

Ключевые слова: туристские услуги, туристские возможности, индустрия туризма, курортная зона, культурное наследие, потребности, оцифровка в туризме

DEVELOPMENT OPPORTUNITIES AND DISTINCTIVE FEATURES OF

THE TOURISM INDUSTRY

Aziztaeva Feruza Alpomishevna

Jizzakh Polytechnic Institute Senior Lecturer, Department of Economics and

Management

aziztaevaferuza @bk.ru.

Abstract: In the context of economic reforms, it is known that the development of tourism is gaining importance in the economic and social life of the country. It will expand the opportunity to provide employment of local residents while developing the economy, thereby making a significant contribution to such good deeds as improving the standard of living, attracting foreign tourists, introducing our country to the world, preserving our ancient cities and historical monuments. The article provides suggestions on the main factors of tourism services in the Jizzakh region, territorial specificity of its development, environmental protection of local residents, measures to eliminate some problems in this regard.

Keywords: tourism services, tourism opportunities, tourism industry, resort area, cultural heritage, needs, digitization in tourism

KIRISH

Bugungi kunda turizm xizmatlarini rivojlantirish jahon iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga mahalliy aholining ish bilan bandligini ta'minlash, shu orqali turmush darajasini yaxshilash, xorijiy turistlarni jalb qilish, tarixiy yodgorliklarni asrab avaylash kabi ishlarga salmoqli hissa qo'shish imkoniyatini kengaytiradi. Jahonda bugungi kunda turizm aksariyat mamlakatlarda milliy iqtisodiyotga salmoqli daromad keltiruvchi sohalardan biri hisoblanadi. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra [1], mazkur soha xizmatlarini ko'rsatishdan tushadigan daromad 1,5 trillion AQSH dollarini tashkil etmoqda. Dunyo yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan ko'prog'i, jahon eksportining 7 foizdan ziyodi, umumiy bandlik ko'rsatkichining esa 8 foizga yaqini aynan shu soha hissasiga to'g'ri keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida turistik imkoniyatlar haqida quyidagicha ta'kidlandi: "Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu turizmdir.

O'zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan" [2].

Yangi O'zbekistonda turizm xizmatlari rivojlanib, turistlar uchun mo'ljallangan obyektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona xizmatlari va umuman, sayyohlik logistikasi bilan bog'liq barcha xizmatlarning qulayligi, xavfsizligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Respublikamizning geografik o'rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy-iqlim sharoitiga egaligi, insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o'rin tutishi xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo'shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. Bu esa tadqiqot ishining dolzarbligini ko'rsatadi hamda turizm xizmatlarini rivojlantirishning samaradorligini oshirish, mazkur xizmatlar sohasining raqobatbardoshligini ta'minlash, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratishni tartibga solish takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlarni takomillashtirish maqsadga muvofiqligini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev Yangi O'zbekiston strategiyasida, 1 "O'zbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti - samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat ko'rsatish tarmoqlari rivojiga asoslangan iqtisodiyot bo'lmog'i zarur" [3] .

M.Q.Pardaevning fikricha [4] xizmatlar sohasining tabiati bo'lib, klassik turdagi erkin bozor, egiluvchanlik, konyunkturalik, bo'g'inlashtirilgan va mahalliy joylarga bog'langan kabi xususiyatlarga ega bozordir. Mazkur bozorda xalqaro turizm tarmog'iga dunyo bo'ylab yaratilayotgan har o'n ikkinchi yangi ish o'rni to'g'ri kelib, keyingi o'n yillikda dunyo miqyosida 120 million kishining (ishsiz aholining 3,5 foizi) ushbu tarmoqda ish bilan ta'minlanishi kutilmoqda. U mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya oqimini ta'minlash uchun muhim vosita bo'lib hisoblanadi.

Professor O.X.Xamidovning e'tirof etishicha [5] "Turizm murakkab, ko'p qirrali tushuncha bo'lib, u ekologik barqaror rivojlanish yo'nalishi sifatida o'zaro bog'liq tarmoqlar majmuasi, bir vaqtning o'zida faoliyat turi, rekreatsiya shakli, milliy iqtisodiyot tarmog'i va bo'sh vaqtni ko'ngilli o'tkazish usuli bo'lib, ko'plab yangi ish o'rinlari, qo'shimcha daromadlar yaratish va tadbirkorlikni va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim manbai sifatida, boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy obyektlardan tabiat muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta'minlash asosida tomosha qilish orqali samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilaydi.

11 Sh.M.MirziyoyevYangi O'zbekiston Strategiyasi .- Toshkent. "O'zbekiston" nashriyoti, 2021.-169 b.

Olimlarning fikricha [6] "Turizm industriyasi - bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, ko'ngilochar obyektlari va vositalari, davolash, sog'lomlashtirish, sportga doir, diniy marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo'ladi".

MDH olimlaridan I.Endjeychik fikricha, [7] turizmning iqtisodiy mohiyati ko'p jihatdan turizmda keng qamrovli bo'lgan multiplikativ samara ta'siriga asoslanadi. Multiplikativ samara ta'siri natijasida turizmdagi bitta ish o'rni turizm bilan hamkorlik tizimi orqali bog'langan boshqa soha va sektorlarida yettita yangi ish o'rnini yaratadi. Shu xususiyati sababli, turizm O'zbekistonning ko'pgina, ayniqsa katta rekreatsion imkoniyatlari mavjud mintaqalari rivojlanishi uchun sifat jihatidan yangi davr boshlanishiga turtki bo'lishi mumkinki, turizm hisobiga nafaqat o'zlarining rivojlanish tezligini oshirishi balki, yig'ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ham hal etishi mumkin.

Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda tadqiqot ishida quyidagi mualliflik ta'rifini ilgari suramiz: Turizm xizmatlari turistik mahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste'molchisi o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo'lib, turistik mahsulotning har bir ishlab chiqaruvchi va iste'molchisi o'zining iqtisodiy manfaatlariga ega. Manfaatlar mos kelmasligi ham mumkin, lekin ular mos kelsa turistik mahsulotning savdo-sotiq munosabatlari amalga oshiriladi. SHuning uchun ham bozor bu ishlab chiqarish va iste'molchi qiziqishlarini qondiradigan o'ziga xos qurol bo'lib, mazkur xo'jalik yurituvchi hukmron turistik subyekt uchun turistik mahsulotiga qiziqqan va uni ertami-kech xarid qilishga mablag'i yetadigan iste'molchilar yig'indisini namoyon etadi.

Turizm xizmatlarini tashkil etishning obyektiv zaruriyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini quyidagi asosiy vazifalar orqali belgilash mumkin:

- mamlakat bo'yicha milliy foydani oshirish. Turistik xizmatlar ishlab chiqarish, boshqa tarmoqlar hamda sohalar faoliyati bilan birgalikda milliy mahsulotni shakillantiradi.

- yangi ish joylarining yaratilishi orqali mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish. Turizm faoliyatida mehmonxona xo'jaligi va ovqatlanish korxonalariga, sanatoriya-kurort tarmoqlariga, turizmning davlat va jamiyatni bog'lovchi boshqa faoliyat sohalariga ishchi kuchi talab qiladi ya'ni turizm faoliyati aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashadi.

- valyuta tushumining kirib kelishini ta'minlash vositasi. Turizm xizmatlarni import shu bilan bir qatorda eksport qilish jarayonlarini amalga oshiradi. Turistik tovar va xizmatlarni import qilish jarayonida mazkur davlat iqtisodiyotining aktiv ikkinchi holatda esa passiv turi to'g'risida gap boradi. Tarmoqning o'ziga xos xususiyatlaridan

biri shundan iboratki, turistik tovarlar va xizmatlar eksport qilinishida chetga chiqarilmaydi balki, turistlarni qabul qiluvchi mamlakatning o'zida iste'mol qilinadi.

- aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish. Turizm xizmat sohasi faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes korxonalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, mahalliy infrastrukturaning rivojlanishiga imkon tug'diradi va aholi yashash darajasi hamda daromadlarini oshiradi.

- iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko'maklashadi. Turizm sohasida boshqa tarmoq va sohalar faoliyatlari bilan bog'liq ravishda xizmat ko'rsatish tarmog'ini yaratish ularning rivojlanishini tezlashtiradi hamda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash imkonini beradi.

-hududlarda mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish. Turizm shu sohaga ixtisoslashgan mintaqa va mamlaktlarga milliy foydani qayta taqsimlash imkoniyatini yaratadi. Turizmni rivojlantirish ko'plab olisdagi aholisi kam va sanoati past darajada rivojlanayotgan lekin o'zining tabiati, tarixiy-madaniy obyektlari bilan o'ziga tortadigan mamlakatlar (mintaqalar)ning yuqori sur'atlar bilan iqtisodiy o'sishini ta'minlaydi.

- investitsiyalarni jalb qilish, jumladan, xorijiy investitsiyalarni turistik xizmatlar sohasiga yo'naltirish. Investitsiyalarni jalb qilish, turizm tarmog'ining dinamik ravishda rivojlanishi hamda sarflangan mablag'larning tez va yuqori darajadagi foydaliligini ta'minlaydi.

- madaniy yodgorliklar va tabiiy meroslardan foydalanishga ko'maklashish. Aynan ana shu unsurlar turizm sohasining asosiy resurslar bazasini tashkil etib, turistik xizmatlar (mahsulotlar) sifatining o'ziga xosligi va jozibadorligini oshiradi.

Umuman olganda turizm mintaqa va mamlakatlarning iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, ularning iqtisodiy o'sishini ta'minlovchi katalizator vazifasini bajaradi. Turizm iqtisodiy faoliyatlardan tashqari aholining mehnat qobiliyatlarini qayta tiklash, keng miqyosida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, madaniy bilish va jamiyatni estetik rivojlantirish kabi qator ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, sotsiologik so'rovnoma usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xizmatlar sohasini ayniqsa, turizm xizmatlarini jadal rivojlantirish viloyat iqtisodiyotining nafaqat makrodarajada, balki mega darajadagi raqobatbardoshligining muhim omili hisoblanadi. Chunki xizmatlar iqtisodiyotiga o'tish jarayoni zamonaviy milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligining bosh omilidir. Turizm ham xizmat ko'rsatish sohasiga tegishli bo'lib, iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo'lganligi tufayli mamlakatimizda ham uning yuqori sur'atlar

bilan o'sishi, katta hajmdagi valyuta tushumlarini ta'minlash orqali iqtisodiyotga ijobiy ta'sir etib, turizm industriyasining rivojlanishiga imkon yaratmoqda.

Shu o'rinda infratuzilmaning mohiyati va mazmunini yoritishning tarmoq va funksional jihatlari farqlanib, birinchi ko'rsatkichda infratuzilma ijtimoiy ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini ta'minlovchi tarmoqlar majmui sifatida aniqlanadi. Ikkinchisida esa tashkiliy, ishlab chiqarish, ijtimoiy funksiyalarning muhim majmui sifatida infratuzilma qarab chiqiladi. Mazkur tushunchaning iqtisodiy mohiyatiga e'tibor qaratsak, infratuzilma termini (lotinchadan infra - quyida, ostida, pastda va structura - tuzilish, joylashish, qurilishi) yuqori turuvchi funksional tizimga munosabat bo'yicha eng past pog'onali darajada turuvchi obyektlar ma'nosini ifodalaydi.

Ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotda turizmning o'zi infratuzilma sohasiga, xususan, ijtimoiy-madaniy infratuzilmaga tegishlidir. U dam olish, sayrtomoshalar kabilarda insonlar ehtiyojlarini qondiradi. Biroq shu paytning o'zida iqtisodiy faoliyat ko'rinishi sifatida turizm - uning infratuzilmasi muvofiq ravishda ta'minlanmasdan turib -mavjud bo'lmaydi. Ushbu kategoriyani quyidagi tushunchalarga ajratish mumkin:

- turizm infratuzilmasi (turistik infratuzilma);

- turindustriya infratuzilmasi;

- turizm bozori infratuzilmasi;

- turizmda tadbirkorlik infratuzilmasi.

Olimlarning fikricha «Turizm industriyasi - bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish ob'ektlari, ko'ngilochar obyektlari va vositalari, davolash, sog'lomlashtirish, sportga doir, diniy marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo'ladi» [8].

Zamonaviy bozor sharoitida turizm infratuzilmasining rivojlanishini hududiy jihatdan quyidagi asosiy yo'nalishlarga ajratish mumkin:

- turistik infratuzilma tarkibiy qism elementlarini uzluksiz takomillashtirish;

- turistik xizmatlar ishlab chiqarishini tabaqalashtirish;

- turizm infratuzilmasi elementlarini mutanosib rivojlanishi; turistik infratuzilma kompleksini boshqarishni takomillashtirish;

- xizmat ko'rsatish sifati va raqobatbardoshligini oshirish;

- turizm infratuzilmasi obyektlarida investitsiyalashning zamonaviy shakllaridan foydalanish va qulay investitsion iqlimni yaratish.

Olib borilgan tadqiqot davomida turizm iqtisodiyoti rivojlanishining hududiy jihatlarini o'rganishga e'tibor qaratdik va ta'kidlash lozimki, Jizzax viloyatining yuqori sur'atlarda o'sib borayotgan ishlab chiqarish salohiyatiga ega, qulay tabiiy-iqtisodiy sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Viloyatda turizmni rivojlantirish va yirik

kurort zonasini tashkil etish bo'yicha keng imkoniyatlar mavjud. Tabiiy sharoitlarning o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra, ya'ni tog'li, cho'l zonalariga bo'linishiga ko'ra, obi-havosining barqarorligiga ko'ra Jizzax viloyatining aholisi asosan vohalarda yashab kelmoqda.

Turizm xizmatlarini ko'rsatish tarmog'ini boshqarish, turli darajada biznesni tashkil etishda amaliyotda sinab ko'rilgan konsepsiyalarga, tushunchalar obyektiv qonunlar tizimiga asoslanib boshqariladi. Boshqarishning uslubiy apparati va nazariyaning asosiy elementlari quyidagilarni o'z ichiga oladi [9]:

- strategik rivojlanish orientirlarini aniqlashtirish (sezgi, missiya, strategik maqsadlar tizimi);

- faoliyat sharoitining tahlili, o'z ichiga ob'ekt va sub'ektni boshqarishning ichki imkoniyatlarini baholash hamda tashqi muhit tahlilini qamrab oladi;

- umumiy va xususiy muqobil strategiyalarni ishlab chiqish, ulardan bir-nechtasini tanlash;

- rejalashtirish (ob'ekt va sub'ektlarni turli darajada boshqarishni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish);

- qarorlarni amaliyotga tadbiq etish, ularning bajarilishi nazoratini tashkil etish va tartibga (zaruriyat paydo bo'lganida) solish.

Jizzax viloyati hududida jami 430 ga yaqin madaniy meros obyektlari, shundan 100 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 2V0 ta arxeologik manzilgohlar, 60 ta monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar, xotira maydonlari) "Davlat muhofazasi ro'yxatlari" tarkibiga kiritilgan.

Shuningdek, viloyatda keyingi 5 yil ichida turizm xizmatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida mehmonxonalar soni 20 taga etdi, oilaviy mehmon uylari soni 69 taga, sanatoriy va sog'lomlashtirish maskanlari soni esa 6 taga ko'paydi. Hududga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni salkam 11 ming, mahalliy sayyohlar soni esa, qariyb V00 ming nafarga oshgan. Viloyatda ayni damda 2 ming o'rinli 11V ta joylashtirish vositalari - mehmonxonalar, xostellar, kempinglar, dam olish maskanlari, mehmon uylari va sog'lomlashtirish maskanlari mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari yillik o'sish sur'atini tahlil qiladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasining hududlariga nisbatan o'rtacha ko'rsatkich darajasida o'sish sur'atlari kuzatilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Viloyatda 2010 yildan buyon yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar o'sib, keyingi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,9 marta ko'payib, yalpi hududiy mahsulotda uning ulushi 18,3 % dan 21,8 % ga etgani ana shunday amaliy ishlar natijasidir (1-jadval).

1-jadval

Jizzax viloyatini 2020-2023 yillarda asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlaring

o'zgarishi2(mlrd.so'mda)

Ko'rsatkichlar 2020 2021 2022 2023 2023- yil 2022-yilga nisbatan o'zgarish (+,-)

Yalpi hududiy mahsulot 18 441,7 23 274,3 27 545,4 33 323,0 5 777,6

Sanoat mahsuloti 5 823,8 8732,8 11 402,0 1 900,6 9 501,4

Istemol tovarlari 2 992,9 4 009,7 4115,2 10 772,4 6657,2

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) lari 16 908,8 21 202,8 24 203,6 27 577,1 3 373,5

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 12 545,4 9 233,6 10 373,9 16 612,8 6 238,9

Qurilish ishlari 2 715,6 3 058,3 3 446,4 3 917,3 470,9

Chakana savdo tovar aylanmasi 7510,7 91 30,6 7 995,4 9 484,6 1489,2

Xizmatlar, jami 5 024,7 6 395,6 8 127,3 10 378,3 2251

Tashqi savdo aylanmasi, mln. AQSh. $ 816,7 531,2 688,2 1 427,0 738,8

Eksport mln. AQSh. $ 124,1 195,5 199,7 173,3 26,4

Import mln. AQSh. $ 692,5 335,7 488,5 1 253,7 765,2

Saldo mln. AQSh. $ -568,4 -140,2 -288,9 -1 080,4 791,5

1-jadvalda, Jizzax viloyatining asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari o'zgarishi keltirilgan bo'lib, yalpi hududiy mahsulotning 2023 yildagi o'zgarishi 33 323,0 mlrd.so'mga teng bo'lib, mazkur yilda 2019 yilga nisbatan 207,5 ga teng bo'lgan. Uning o'sish sur'atiga asosiy ta'siri sanoat mahsuloti 41,0 % ni tashkil qilsa, xizmatlar bo'yicha 241,6% ni tashkil qilgan.

Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

XULOSA VA TAKLIFLAR

Jizzax viloyatida turistik xizmatlar sohasidagi o'zgarishlarning hozirgi holati va asosiy tendensiyalari hududlarning turizm sohasida raqobatbardoshligini oshirish, mavjud mahalliy resurslardan ununmli oqilona foydalangan holda qo'shimcha qiymatga ega mahsulot (xizmat)larni yaratish va ularni integratsiyalash qobiliyati hamda tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondirishni ifodalaydi. Bu borada turizmdagi innovatsiyalarning alohida o'rni bo'lib, uni quyidagi tasniflash belgilari bilan farqlash mumkin:

- turistlar, sayyohlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish uchun turli yangilklarni joriy qilish;

- hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish asosida turistik mahsulot, turistik mahsulot xizmatlarni taqsimlash usullari va vositalari, boshqaruv, ishlab chiqarish omillarining mutanosibligiga erishish;

- har bir turistik zonaning ichki imkoniyatlari va mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqib, mahalliy, global, tizimli, investitsiya yo'naltirishni kengaytirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi ma'lumotlari www. [email protected]

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil //.Lex.uz.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'bekiston strategiyasi.- Toshkent. "O'bekiston" nashriyoti, 2021.-169 b.

4. Pardaev M.Q. va boshqalar. Xizmat ko'rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning echimlari. Toshkent, IQTISOD-MOLIYA, 2008. - 20-23 b.

5. Travel&tourismglobal economic impact& issues 2017, World travel & tourism council, United Kingdom, 2017

6. Endjeychik I.Sovremennbiy turistskiy biznes. Moskva. 2003. Finansbi i statistika. -105 s.

7. Xamidov O. O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Iqt. fan. dok. dissertatsiyasi. Toshkent, 2017. -252 b.

8. Tuxliev I.S., Hayitboev R., Safarov B.SH., Tursunova G.R. Turizm asoslari. Darslik. - T.: «Fan va texnologiya», 2014. 151-b.

9. Бойков Е.А. Стратегический менеджмент: Учебное пособие.-СПб.: Д.А.Р.К., 2008.-211 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.