Научная статья на тему 'KIRISH TURIZMINI TARTIBGA SOLISHGA YONDOSHUVLAR VA TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI'

KIRISH TURIZMINI TARTIBGA SOLISHGA YONDOSHUVLAR VA TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
10
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kirish turizmi / xalqaro turizm / milliy turizm / xorijiy turistlar / turistik infratuzilma / turizm resurslari / tashkiliy-iqtisodiy mexanizm. / inbound tourism / international tourism / national tourism / foreign tourists / tourist infrastructure / tourism resources / organizational and economic mechanism.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turayev, Ziyadulla Norsoatovich, Bekmuradov, Suxrob Zakirovich

Maqolada kirish turizmini davlat tomonidan tartibga solish borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi o’rganilib, mamlakatimizda, kirish turizmini jadal rivojlantirish uchun mintaqalardagi turizm resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPROACHES AND ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC ASPECTS TO REGULATING INBOUND TOURISM

The article examines the experience of foreign countries in the state regulation of inbound tourism, and analyzes the reforms implemented in our country to improve the organizational and economic mechanisms of effective use of tourism resources in the regions for the rapid development of inbound tourism.

Текст научной работы на тему «KIRISH TURIZMINI TARTIBGA SOLISHGA YONDOSHUVLAR VA TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI»

Research BIB / Index Copernicus

KIRISH TURIZMINI TARTIBGA SOLISHGA YONDOSHUVLAR VA

TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI

Turayev Ziyadulla Norsoatovich,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dosenti Termiz (O'zbekiston) E-mail: [email protected]

Tel:+ +998 91 5813778 Bekmuradov Suxrob Zakirovich,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri Termiz (O'zbekiston) E-mail: suxrob21061987 @gmail.com Tel:+ +998 995051911

Maqolada kirish turizmini davlat tomonidan tartibga solish borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi o 'rganilib, mamlakatimizda, kirish turizmini jadal rivojlantirish uchun mintaqalardagi turizm resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo 'yicha amalga oshirilgan islohotlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kirish turizmi, xalqaro turizm, milliy turizm, xorijiy turistlar, turistik infratuzilma, turizm resurslari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm.

ПОДХОДЫ И ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ВЪЕЗДНОГО ТУРИЗМА

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается опыт зарубежных стран по государственному регулированию въездного туризма, а также анализируются реформы, реализуемые в нашей стране по совершенствованию организационно-экономических механизмов эффективного использования туристских ресурсов в регионах для опережающего развития въездного туризма.

Ключевые слова: въездной туризм, международный туризм, национальный туризм, иностранные туристы, туристская инфраструктура, туристические ресурсы, организационно-экономический механизм.

ANNOTATSIYA

Research BIB / Index Copernicus

APPROACHES AND ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC ASPECTS TO

REGULATING INBOUND TOURISM

ABSTRACT

The article examines the experience of foreign countries in the state regulation of inbound tourism, and analyzes the reforms implemented in our country to improve the organizational and economic mechanisms of effective use of tourism resources in the regions for the rapid development of inbound tourism.

Key words: inbound tourism, international tourism, national tourism, foreign tourists, tourist infrastructure, tourism resources, organizational and economic mechanism.

Kirish turizmi zamonaviy turizm xizmatlari bozorida muhim ahamiyatga ega bo'lgan turizm turi sifatida deyarli barcha davlatlarda istiqbolli yo'nalish sifatida rivojlantiriladi. Rivojlangan davlatlarga qaraganda rivojlanayotgan mamlakatlarda xalqaro kirish turizmi davlat siyosati darajasida e'tibor berilib, uni amalga oshirish maqsadli dasturlari, strategiyalari takomillashib bormoqda.

Mamlakatimizda kirish turizmini iqtisodiyotning muhim sohalaridan biriga aylantirish, milliy madaniy-merosimizni va tabiiy boyliklarimizni keng targ'ib qilish maqsadida 2018-yilda Prezident Farmonlari, Qarorlari orqali eksport salohiyatimizni yanada yuksaltirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan bo'lib, 2019-yilda mamalakatimizda kirish turizmi 6,7 million kishiga va turizm xizmatlari eksporti 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan bo'lsa, 2023-yilda kirish turizmi 6,6 million kishiga va turizm xizmatlari eksporti 2,1 milliard dollarni (jami xizmatlar eksportining 36,2 foizi) tashkil etgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Turizm va uning alohida segmentlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy muammolariga oid ilmiy ishlanmalar xorijiy va mahalliy olimlar va amaliyotchilar tomonidan o'rganilib, qator nashrlarda o'z aksini topgan.

Jumladan, xorijlik olimlardan Aleksandrova A.Yu., Birjakov M.B., Vetitnev A.M., Voskolovich, Saprunova V.B., Levchenko K.K. va boshqalar kirish turizmi bilan bog'liq mintaqalardagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini tadqiq etishgan bo'lishsa, mamalakatimiz tadqiqotchi olimlaridan Alimova M.T., Ibadullayev, N.E., Turayev Z.N., Alimardonova Z. lar hududlarda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, samaradorligini oshirish yo'llari, kirish turizmini tashkil etish jihatlarini tadqiq etishgan.

Research BIB / Index Copernicus

Tadqiqot metodologiyasi. Maqola umumqabul qilingan qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, holislik tamoyillari asosida yoritilgan bo'lib, kiruvchi turizmning rivojlanish xususiyatlari, ularning tasniflanishi hamda evolyusiyasi tadqiq etilgan.

Tahlil va natijalar. Jahon tajribasidan ma'lumki, kirish turizmini tartibga solish turli mamlakatlarda turlicha ko'rinishda amalga oshiriladi.

Birinchi yondashuv, rivojlangan mamlakatlarda infratuzilmaning holati, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, turli qo'shimcha xizmatlar sifati yuqori darajada ekanligi davlat tomonidan tartibga solish maxsus organlari bo'lmasa ham kirish turizmini rivojlantirishga sharoit yaratadi. AQSH da 1997-yilga kelib turizm sohasini rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi maxsus davlat organi tugatilgan bo'lib, nodavlat va jamoat tashkilotlari, turizm tashkilotlari tomonidan kirish turizmini rivojlantirish, xalqaro miqyosda reklama kompaniyalarini muvoffaqiyatli amalga oshirishayotganligi bilan bog'liq.

Ikkinchi yondashuv, turizm sohasini rivojlantirish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan, yalpi ichki maxsulot va eksport tushumlari tarkibida sezilarli darajani tashkil etadigan Turkiya, Misr, Bolgariya kabi mamlakatlarga xos bo'lib, turizm tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, milliy turmaxsulotni xalqaro bozor brendlari darajasiga olib chiqish, keng ko'lamli sarmoyalarni jalb qilish ishlarini davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini amalga oshirish turizm vazirliklari zimmasiga yuklatilgan.

Uchinchi yondashuv, turizmni davlat tomonidan tartibga solish ishlari bilan funksiyasi aynan turizmni rivojlantirish bo 'lmagan, ammo bu ishlar bilan shug'ullanadigan ixtisoslashgan bo'linmalar tarkibida bo'lgan vazirliklarga ega Fransiya (Iqtisodiy siyosat vazirligi), Rossiya (Iqtisodiy rivojlanish vazirligi) Germaniya (Iqtisodiyot vazirligi) kabi mamlakatlarga xos.

Avstriyada turizm industriyasini Iqtisodiy ishlar vazirligi nazorat qiladi. Avstriya milliy sayyohlik idorasi, uning vakolatxonalari dunyoning 26 davlatida faoliyat yuritadi, mamlakatning turizm imkoniyatlarini reklama qilish bilan shug'ullanadi1.

Ba'zi rivojlangan Evropa mamlakatlari kiruvchi turizmni tartibga solishda sezilarli muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda, mintaqalarda turizmni rivojlantirish muammolari ham vujudga kelmoqda. Fransiya mintaqalarida turizmning mavqei turlicha bo'lib, Parij mintaqasi mamlakatning qolgan qismlaridan keskin darajada rivojlanishda tafovutga egaligi sababli mintaqaviy dasturlarni rejalashtirishda hududlar o'rtasidagi tafovutlarni kamaytirishni ko'zlab yondashishga majbur

1 Национальные туристские офисы через призму российского туррынка // Туризм: практика, проблемы, перспективы. 2003. № 7.

Research BIB / Index Copernicus

bo'layotganligi ko'rishimiz mumkin. Bu kabi hududlar o'rtasida tafovutlar Italiyadagi Sitsiliya va Sardiniya orollarida ham kuzatiladi.

O'zbekistonga kirish turizmini rivojlantirish uchun O'zbekistonning turizm uchun jozibador mamlakat sifatida ijobiy imidjini yaratish va mustahkamlashga qaratilgan xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish kerak. Yuqorida muhokama qilingan kirish turizmini davlat tomonidan tartibga solish bo'yicha yondashuvlardan ikkinchisi O'zbekiston Respublikasining turizm sanoati uchun afzalroqdir, bu muhim vakolatlarga ega bo'lgan kuchli turizm ma'muriyatini yaratishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, kirish turizmini rivojlantirish uchun milliy turistik mahsulotni yaratish, turizmning eng istiqbolli turlarini aniqlash va kirish turizmi bo'yicha raqobatbardosh dasturlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Shunday bo'lsada hozirgi kunda mamalakatimizda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish, uni strategik tarmoqlardan biri sifatida shakllantirish bo'yicha chuqur tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. 1992-yildan hozirgi kungacha tashkiliy tuzilma bir necha marotaba o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin.

Dastlab sobiq SSRI Davlat chet el turizmi komiteti tarkibida bo'lgan mamlakatimizdagi korxonalar negizida "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi2 tashkil etilgan bo'lsa, 2016-yilda mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi3 tashkil etildi.

Covid-19 koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'siri natijasida turizm sohasida ham yuzaga kelgan iqirozni bartaraf etish uchun 2021-yilda turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etildi4.

2022-yilda Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi, Turizm va sport vazirligining hududiy bo'linmalari negizida Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo'limlari tashkil etildi5.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.1992 yildagi "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasini tashkil qilish to'g'risida" PF-447-son Farmoni // https://lex.uz/docs/-223878

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2016 yildagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" PF-4861-sonli Farmoni // https://lex.uz/docs/-3077025

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2021 yildagi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6199-son Farmoni // https://lex.uz/docs/-5356705

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.02.2022 yildagi "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-75-sonli Farmoni // https://lex.uz/uz/docs/-5868604

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

2023-yilga kelib esa Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo'yicha "yo'l xaritasi"ga muvofiq turizm va madaniy meros vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining tarkibida turizm qo'mitasi shaklida tashkil etildi6.

Hozirgi kunda turizm qomitasining tarkibida 8 ta tuzilmalar mavjud (1-rasm).

Turizmning tashkiliy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, davlat siyosatining mintaqaviy turizmni tartibga solish bo'yicha belgilgan vazifalarini amalga oshirish orqali erishiladi.

Bu borada tadqiqotchi olimlar mintaqalarda turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish bo'yicha ko'pgina tadqiqotlar amalga oshirilgan.

3.1-rasm. Turizm qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi7

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori // https://lex.uz/docs/-6479134

7 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori 4-ilovasi // https://lex.uz/docs/-6479134

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Jumladan, L.V.Vasilyeva8 tomonidan mintaqada turizmni barqaror rivojlanishini ta'minlaydigan tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirishning muhim tamoyillari ochib berilgan. G.L.Belov 9 o'z tadqiqotlarida mintaqada turizmni maqsadli dasturli boshqaruvini rivojlantirishning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini nazariy va metodologik asoslarini yoritib bergan. D.T.Axobadze10 ishlarida hududlarda turizm va reakreatsiya rivojlantirishning strategik ustuvorliklarini amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq qilingan. Shuningdek, rus olimi M.M.Valiyev o'z tadqiqot ishlarida mintaqada turizmni rivojlantirish ta'minlaydigan omillarni tashkiliy va iqtisodiy vaziflar tizimi ko'rinishida taklif qilgan (2-rasm).

2-rasm. Mintaqada turizmni rivojlanishtirishda tashkiliy-iqtisodiy vazifalari

tizimi11

8 Васильева Л.В. Организационно-экономический механизм обеспечения устойчивого развития туризма в регионе. Кандидат экономический наук...дисс. Автореферат, Санкт-Петербург, 2006. - с.20.

9 Белов Г.Л. Организационно-экономический механизм программно-целевого управления развитием туризма в регионе. Кандидат экономический наук.дисс. Автореферат, Чебоксары, 2006. - с.20.

10 Ахобадзе Д.Т. Организационно-экономические механизмы реализации стратегических приоритетов развития туризма и рекреации на Северо-Западе России. Экономические и социальной перемены: факты, тенденции, прогноз 2(6) 2009. с.107

11 Валиев М.М. Организационно-экономические основы развития регионального туризма в рыночной экономике. Кандидат экономических наук.дисс. Автореферат, Москва, 2004.-с.25

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari I.S.Tuxliyev, G'.X.Qudratov va M.Q.Pardayevlar12 tomonidan milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda turistik faoliyat natijalarini iqtisodiy baholash masalalari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, B.S.Berdiyorov 13 o'z tadqiqot ishlarida O'zbekistonda ekologik turizmning rivojlanish shart-sharoitlari va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini baholashni yoritgan bo'lsa, M.T.Alimova 14 hududiy turizm bozorini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ochib bergan.

Undan tashqari, J.N.Abiyev15 hududning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, turizmni rivojlantirish uchun bir qancha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlardan foydalanish zarurligini asoslagan bo'lsa, Sh.Ruziyev 16 tomonidan mintaqalarda tarixiy-madaniy turizmni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining ilmiy-nazariy asoslari, tamoyillari va konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Yuqori qayd qilib o'tilgan olimlar tomonidan mintqalarda turizmni rivojlantirishning o'ziga xos ravishda tashkiliy-iqtisodiy jihatlari yoritib berilgan bo'lsada, mamlakatimizning yuqori turistik salohiyatga ega Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari atroflicha tadqiq qilinmagan. Turizm sohasi rivojlangan davlatlar tajribasi ko'rsatishicha, turizmni rivojlantirish uchun, uzoq muddatli tendensiyalarni hisobga olgan holda, tegishli infratuzilma hamda bir qator zarur shart-sharoitlar yaratilishi kerak.

Tadqiqotlarimiz jarayonida, yuqorida keltirilgan adabiyotlarni tahlil qilib, hamda rus olimi M.M.Valiyevning mintaqada turizmni tizimli rivojlanishtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga asoslanib, Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini taklif qildik (3-rasm).

Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlariga mintaqaviy turizm siyosatini shakl va usullarini qo'llash, zamonaviy innovasion yondoshuvlar asosida mintaqada turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, mintaqaviy turizmni boshqarishning tashkiliy tizimini yaratish, mintaqada turizmni strategik rivojlantirishda xalqaro va mahalliy loyihalarni joriy qilish, mintaqada turizm sohasini o'sish omillarini aniqlash, mintaqada turistik resurslarning joylashuvi va integratsiyalashuvi kiritish mumkin.

12 Тухлиев И.С., Кудратов F.X,., Пардаев М.К. Туризмни режалаштириш. Дарслик. Т.: "Иктисод ва молия". 2008.- 246 б.

13 Бердиёров. Б.С. Экотуризм ва унинг Узбекистан туризм бозоридаги урни. и.ф.н.дисс - Самарканд, 2010. 145 б.

14 Алимова М.Т. Х,удудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари (Самарканд вилояти мисолида). и.ф.д. дисс.-Самарканд, 2017. 272-б.

15 Абиев Ж.Н. Миллий иктисодиётда туризм тармогини ривожлантиришнинг ташкилий-иктисодий механизмларини такомиллаштириш // иктисодиёт фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Самарканд СамИСИ, 2018. -65 б.

16 Рузиев.Ш. Узбекистонда туризмни ривожлантириш ташкилий-иктисодий механизмининг илмий-методик асослари. «Biznes-эксперт». №11 (131)-2018.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Viloyatda turizmni strategik rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlariga sohaga ichki va xorijiy sarmoyalarni yo'naltirish, mintaqada turizmni rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, mintaqada turizmni strategik rivojlantirishda davlatxususiy sherikchiligi imkoniyatlaridan foydalanish, mintaqa turizm sohasiga raqamli iqtisodiyot, blokchayn texnologiyalarini qo'llash, mintaqada turizm biznesini qo'llab-quvvatlovchi moliyaviy mexanizmlarning amalga oshirish belgilangan.

Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rivojlantirishning tashkiliy-

iqtisodiy mexanizmlari

Tashkiliy

Mintaqaviy turizm siyosatini shakl va usullarini qo'llash Mintaqada turizm sohasini rivojlantirish maqsadida ichki va xorijiy sarmoyalarni yo'naltirish

Zamonaviy innovasion yondoshuvlar asosida mintaqada turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish Mintaqada turizmni rivojlantirish davlat va hududiy dasturlarini ishlab chiqish

Mintaqaviy turizmni boshqarishning tashkiliy tizimini yaratish Mintaqada turizmni strategik rivojlantirishda davlat-xususiy sherikchiligi imkoniyatlaridan foydalanish

Mintaqada turizmni strategik rivojlantirishda xalqaro va mahalliy loyihalarni joriy qilish Mintaqa turizm sohasiga raqamli iqtisodiyot, blokchayn texnologiyalarini qo'llash

Mintaqada turizm sohasini o'sish omillarini aniqlash Mintaqada turizm biznesi sohasida raqobat muhitini rag'batlantirish

Mintaqada turistik resurslarning joylashuvi va integrasiyalashuvi Mintaqada turizm biznesini qo'llab-quvvatlovchi moliyaviy mehanizmlarning amalga oshirilishi

J_

Iqtisodiy

3-rasm. Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari17

17 Mya^H$ Hm^aHMacH

Research BIB / Index Copernicus

Surxondaryo viloyatida turizmni boshqarishning tashkiliy tizimini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666 sonli «O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat Qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq18 O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat Qo'mitasining Surxondaryo viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilingan.

Boshqarmaga mintaqaning turistik salohiyatini oshirish, turizm sub'yektlari faoliyatini tartibga solish, turizm sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirilishini monitoring qilish va boshqa vazifalari yuklatilgan.

Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rivojlantirish maqsadida bir qancha davlat va hududiy dasturlar qabul qilingan hamda chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi "Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 324-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi «Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlari to'g'risida»gi 978-sonli Qarori, 2020-yil 27-maydagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 332-sonli Qarorlarini kiritish mumkin.

Surxondaryo viloyatida turizmni strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini to'laqonli amalga oshirilishi hamda takomillashtirilishi viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini ko'paytirish, aholi turmush farovonligini oshirish, yangi ish o'rinlarini ochish va mahalliy byudjet daromadlarini ko'paytirishda shuningdek, hudud eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning asosiy natijalari kirish turizmini rivojlantirish bo'yicha xorijiy mamlakatlar va O'zbekistonda yondoshuvlar taqqoslanishi orqali amalga oshirildi va tadqiqot natijasida quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi.

1. Kirish turizmini rivojlantirish bo'yicha Turkiya, Misr kabi mamlakatlar tajribasi va modeli O'zbekiston sharoitiga mos keladi degan xulosaga kelindi va g'arb davlatlaridagi kabi ko'pfunksiyali vazirliklar tasarrufida tashkil qilingan Turizm qo'mitasi faoliyati, uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish,

18 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3ugeHTHHHHr 2016 HHÏÏ 2 geKa6pgaru «Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacu Typu3MHH pHBO^aHTHpum ^aB^aT KyMHTacu ^ao^HHTHHu TamKH^ этнm TyrpHCHga»rH nK-2666 cohïïh Kapopu.

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

mahalliy hokimliklarning hududiy dasturlarida, Yangi O'zbekiston strategiyasida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida bajarish dolzarb xisoblanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Kirish turizmini Surxondaryo viloyatida jadal rivojlantirish uchun turizm tadbirlari kalendariga yangi-yangi tadbirlarni qo'shish jumladan, hudud madaniy merosining diniy va dunyoviy ahamiyatiga ko'ra xalqaro darajada mashhur bo'lgan so'fiylik tariqati vakillaridan So'fi Olloyor tavalludining 380 yillik yubileyini keng nishonlash muhim turistik tadbirlardan biri xisoblanadi.

3. Viloyat hududidagi ziyorat turizmi maskanlari islom, buddaviylik dinlariga taalluqli ob'ektlardan tashkil topganligi sababli ushbu ob'ektlarning infratuzilmasini va ushbu manzillarda xizmatlar sifatini yaxshilash turizm xizmatlaridan olinadigan tushumlarni, mahalliy aholi bandligini oshirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.