Научная статья на тему 'TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI'

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
156
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / turizm infratuzimasi / turistik mahsulot / mehmonxona / bronlashtirish / turistlar / iqtisodiy taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Talapova Nargiza Baxriddinovna

Ushbu maqolada turizm sohaning YAIMdagi ulushi ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birgalikda turizm sohasini rivojlantirishning xorijiy tajribasi o‘rganilgan. Turizm sohasida tashriflar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlatlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI»

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI Talapova Nargiza Baxriddinovna

Namangan davlat universiteti Menejment kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11097198

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm sohaning YAIMdagi ulushi ko'rib chiqilgan. Shu bilan birgalikda turizm sohasini rivojlantirishning xorijiy tajribasi o'rganilgan. Turizm sohasida tashriflar soni bo'yicha yetakchilik qilayotgan davlatlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: turizm, turizm infratuzimasi, turistik mahsulot, mehmonxona, bronlashtirish, turistlar, iqtisodiy taraqqiyot.

Аннотация. В данной статье рассматривается доля туризма в ВВП отрасли. Наряду с этим был изучен зарубежный опыт развития туристической отрасли. Были проанализированы страны, лидирующие в туристическом секторе по количеству посещений.

Ключевые слова: туризм, туристическая инфраструктура, туристский продукт, гостиница, бронирование, туристы, экономическое развитие.

Abstract. This article examines the share of tourism in the industry's GDP. Along with this, foreign experience in the development of the tourism industry was studied. The countries leading in the tourism sector in terms of the number of visits were analyzed.

Keywords: tourism, tourist infrastructure, tourist product, hotel, booking, tourists, economic development.

Bugungi kunda jahon miqyosida turizm sanoatining roli keskin oshib bormoqda, bu mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Turizm sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyotiga va YAIMning o'sish sur'atiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Turistik jozibadorlikni shakllantirish hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirish davlatlarning bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining strategik yo'nalashlaridan biriga aylanib ulgurdi.

1-jadval

YAIMda turizm sohasining ulushi

Yillar 2018 2019 2020 2021 2022

Turizm YAIM 3,9 3,9 1,8 1,8 2,5

Turizm sohasining YAIMdagi ulushi so'nggi yillarda o'sib bormoqda. 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 0,7 barobarga oshgan. 2020-2021-yillarda YAIM dagi ulushining pasayishi butun dunyo iqtisodiy-ijtimoiy sohalarga o'z ta'sirini ko'rsatgan pandemiya oqibati bilan ifodalanadi.

2022-yilda sayyohlar tashrifi bo'yicha davlatlar o'rtasida birinchi o'rinni 80 million turist bilan Fransiya, ikkinchi o'rinni 71 660 000 kishi bilan Ispaniya, AQSh esa 50 870 000 kishi bilan uchinchi o'rinni egalladi. Turkiya davlati esa 50 450 000 sayyoh bilan AQShdan keyin to'rtinchi o'rinni egalladi

6

5 4 14,34,5 4,2 4,3

4 3,7

3,2

3 2 1 0

4,9

Africa Amerika

Osiyo va Tinch okeani

Evropa

Yaqin Sharq

2018

3,7

3.2 4,1

4.3 4,5

2019 4,2

3.2

3.8

4.3

4.9

3,4

3,7

3,2

Ü5

I.

2020 2,3 1,6 1,2

2,6 2,3

2021 2

1,7 1

3

3,4

2022

3.2 2,5

1.3 4

3,7

Africa ■ Amerika ■ Osiyo va Tinch okeani ■ Evropa ■ Yaqin Sharq

4

1-rasm. Mintaqalar bo'yicha turizm YAIM

Rasmda ko'rsatilgan ma'umotlarga ko'ra, Yevropa davlatlarida YAIMdagi turizmning ulushi doimiy ravishda o'sib borayotganlini ko'rsatib turibdi, bu esa Yevropa davlatlarini turizmning rivojlantirish tajribani o'rganish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatib turibdi.

Fransiyada turizm sohasini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari "Turizm kodeksi" hisoblanadi (2017 yilda yangi nashrda chiqarilgan), ikki qismdan iborat: Qonunchilik qismi (4 ta kitob, jami 253 ta modda) va normativ qism (4 ta kitob, jami 527 ta modda). Fransiyada turizm sohasini tartibga solish uchun asos Yevropa Ittifoqi standartlari bilan uyg'unlashtirilgan mamlakatning milliy qonunchiligi hisoblanadi.

Fransiyada turistik mahsuloti quyidagi yo'nalishlarda sotiladi: "sohil" (plyaj turizmi), "tog'lar" (qishki turizm), "tabiat" (ekologik turizm), "madaniyat va meros" (ekskursiya turizmi), "Fransiya shaharlari" (kognitiv turizm), "yashash san'ati" (vinochilik va restoran turizmi), diniy turizm va boshqalar. Shuningdek, Fransiyada biznes turizmi, yoshlar turizmi va imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham turizm rivojlangan.

Bugungi kunda Fransiyada qishloq joylarida dam olish va qishloq xo'jaligida aholini yashash tarzi bilan tanishish imkonini beruvchi qishloq turizmi juda mashhur. Turizmning ushbu turi bilan tashrif buyuruvchilar uchun turar joy, ovqatlanish, bo'sh vaqtni tashkil etish (baliq ovlash va ov qilish), ekskursiya xizmatlari ko'rsatiladi va bularning barchasi tabiiy va qishloq xo'jaligi resurslaridan foydalanish orqali tashkil etiladi. Fransiyadagi qishloq turizmining maqsadi mamlakat hududining rivojlanishini ta'minlashdir. Odatda turistlar bu yerda kichik kottejlarda-kvartiralarda joylashadilar, frantsuzlar ekologik toza qishloq mahsulotlaridan mustaqil ravishda ovqat tayyorlaydilar. Fransiyadagi qishloq mamlakat maydonining qariyb 80 foizini egallaydi, shuning uchun fransuzlar qishloq turizmini faol rivojlantirmoqdalar, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga emas, balki qishloq turizmi sohasida xizmat ko'rsatishga e'tibor qaratmoqdalar. Shu maqsadda fransuzlar hatto maxsus qishloqlar yaratadilar va hokimiyat qirg'oq zonalarida uylar qurishni va qumli plyajlarni yaratishni rag'batlantirib kelmoqda. Shunisi e'tiborga loyiqki, qishloq turizmini nafaqat chet elliklar (nemislar, inglizlar, belgiyaliklar, gollandlar va boshqalar), balki fransuzlarning o'zlari orasida ham mashhur. Fransiya hukumati turizmni rivojlantirishning yana bir usuli raqamli iqtisodiyot va "aqlli" turizm yo'nalishlaridan keng

foydalanadi. Bugungi kunda fransuzlar turizmni boshqarish uchun ba'zi choralarni ko'rmoqdalar. Ko'pgina muzeylar va diqqatga sazovor joylar (shu jumladan Eyfel minorasi, Luvr)ga tashrif buyurish sanasi va vaqtni tanlash bilan elektron chiptalarni sotib olish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, madaniy obyektlarga tashrif buyurish jarayoni yanada uyushgan bo'ladi, ko'chalarda navbatlar kamroq bo'ladi. Turizm sanoati fransuzlar va mehnat muhojirlari uchun milliondan ortiq ish o'rinlari bilan ta'minlaydi, bu esa ishsizlik darajasi pasaytirishga imkoniyat yaratadi. Fransiyada rivojlangan mehmonxona va restoran biznesi turistlar oqimini ko'paytirishga yordam beradi. Bronlanlashtirish saytlari ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda Parij shahrida 5000 ga yaqin mehmonxona mavjud. Taqqoslash uchun, O'zbekitonda 2022-yilda mehmonxonalar soni 1167 taga yetgan. O'zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 2023-yilda 6 626 300 kishini tashkil etgan .

Ispaniyaning turizm bozori asosan xorijlik turistlarning talablarini inobatga olgan holda shakllantirilgan. Turistlar Ispaniyani boy madaniy merosi, qulay mehmonxonalari, sifatli va benuqson xizmatlari, mehmondo'stligi hamda qulay muhiti mamlakat bo'ylab sayohatni va dam olishni tanlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Ispaniyada milliy darajadagi turizm faoliyati 48/1963-sonli "Turizm sohasidagi vakolatlar to'g'risida"gi qonun va 14-yanvar 1965-yildagi "Xususiy turizm korxonalari faoliyati to'g'risida" gi Farmon bilan belgilanadi. Turizm sohasidagi davlat nazorati Sanoat, energetika va turizm vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Turizm bo'yicha Bosh kotib ushbu Vazirlikka hisobot beradi, bu esa o'z navbatida Turespana, Ispaniya turizm instituti va Ispaniyaning chet elda turizmni targ'ib qilish boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi. Ispaniyada har uch yilda bir turizm instituti davlatning eng muhim dasturlari doirasida strategik reja ishlab chiqadi. Turistik xizmatlarni sertifikatlash va lisenziyalash hamda turizmni rivojlantirishning strategik rejalarini ishlab chiqish mahalliy hokimiyat tomonidan amalga oshiriladi.

Ispaniyada turizmning barcha sohalari birdek rivojlangan bo'lib, hozirgi kunda Ispaniya hukumati dengiz bo'yi turizmiga qaramlikdan qutulish maqsadida eko-turizm va qishloq joylariga sayohat kabi yo'nalashlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda.

Respublikamiz xalqaro turizm biznesidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo'shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. O'zbekistonning geografik o'rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy iqlim sharoitiga egaligi insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o'rin tutadi. O'zbekiston nodir tarixiy arxitektura yodgorliklariga, shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an'ana, urf-odatga ega bo'lgan mehmondo'st xalqqa ega. Bularning barchasi xorijiy turistlar e'tiborini o'ziga jalb etadi va kishilarni lol qoldiradi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda O'zbekistonda mavjud bo'lgan siyosiy barqarorlik ham muhim o'rin tutadi. Ammo xalqaro turizm taraqqiyoti darajasini yuqori bosqichga olib chiqishda hali ko'p islohotlarni amalga oshirish, kechiktirib bo'lmas choralarni belgilash va ularni jadallik bilan hayotga tatbiq etish lozim. Xorijiy mamlakatlarda turizm sohasini rivojlantirish tajribasini tahlili natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

- Mamlakatimizda xorijiy turistlarni jalb qilish uchun bevosita javobgar tashkilotlarning bo'lishi va ushbu tashkilot davlatning turizm siyosatini amalga oshirishni ta'minlashi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi kerak;

- Mamlakatning turistik salohiyatini baholash va undan oqilona foydalanish;

- Mamlaktimizning turistik imkoniyatlarini targ'ib qilish;

- Aholi o'rtasida turistik madaniyatni shakllantirish;

- O'zbekistoning turistik imkoniyatlari bilan chet ellik investorlarni tanishtirish va ulardan unumli foydalanish;

- Respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o'tkaziladigan turistik yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok etishini ta'minlash.

Yuqoridagi xulosadagi tadbirlarni amalga oshirish turizm infratuzilmasini rivojlantirish O'zbekiston iqtisodiyoti uchun g'oyatda zarur bo'lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqib, turizm sohasi orqali aholining moddiy farovonligini yaxshilash, ularni ish bilan ta'minlash uchun yangi ish o'rinlarini tashkil qilish mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. Yunusova S. A. Turizm sohasini innovatsion rivojlantirish imkoniyatlari //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 7. - С. 54-59.

2. Yakubjonova H, Boyto'rayev O, Shodadaliyev B. Малайзийский опыт развития экотуризма// Экономика и социум. - 2018. - C. 92-95

3. https://www.tourexpi.com/ru-intl/news/unwto-2022-189865.html

4. https://www.unwto.org/tourism-data/global-and-regional-tourism-performance

5. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.