HUDUDLARNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA QISHLOQ TURIZMINING
AHAMIYATI Agzamova Nargiza Gapurovna
"Madaniy meros obektlari muammolarini o'rganish va rivojlantirish " ilmiy-tadqiqot instituti,
tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11090466
Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari to'liq yoritilgan. Mamlakatda qishloq turizmining afzalliklaridan foydalanish imkoniyatlari.
Kalit so'zlar: qishloq turizmi, agroturizm, turistik mehmonxonalar, ekoturizm, ziyorat turizmi, ta 'lim turizmi, tibbiy turizm, etnoturizm.
Аннотация. В статье подробно описаны возможности и этапы развития сельского туризма в Узбекистане, а также его составляющие. Возможности использования преимуществ сельского туризма в стране.
Ключевые слова: сельский туризм, агротуризм, туристские гостиницы, экотуризм, паломнический туризм, познавательный туризм, медицинский туризм, этнотуризм.
Abstract. The article describes in detail the possibilities and stages of the development of rural tourism in Uzbekistan, as well as its components. Opportunities to take advantage of rural tourism in the country.
Keywords: rural tourism, agritourism, tourist hotels, ecotourism, pilgrimage tourism, educational tourism, medical tourism, ethnotourism.
Ek agiklama. Makale, Ozbekistan'da tarim turizminin ve kirsal turizmin geli§im olanaklarini ve a§amalarini ve bile§enlerini tam olarak kapsamaktadir. Ulkedeki kirsal turizmin faydalarindan yararlanma firsatlari.
Anahtar kelimeler: kirsal turizm, tarim turizmi, turistik oteller, ekoturizm, hac turizmi, egitim turizmi, saglik turizmi, etnoturizm.
Kirish: XX asrning dastlabki yillaridan boshlab butun insoniyat hayotida ulkan o'zgarishlar namoyon bol'gan. Bunday katta o'zgarishlar fantexnika taraqqiyotida, zamonaviy texnologiyalar yaratilishida hamda boshqarish sohalarida o'z aksini kor'satmoqda. Son'ggi yillarda xalqaro turistlar oqimi yiliga ort'acha 7-10 foizga osa'yotganligi kuzatilmoqda, bu esa turizm sanoatini jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizdan ortiqrog'ini tashkil etuvchi eng yirik va tez suratlarda o'sib borayotgan iqtisodiy tarmoqlarning biriga aylandi. Jahon miqyosida turizm sanoatining bandlik imkoniyatlarini oshirish, chet el valyutasini olib kelish, to'lov balansi afzalliklarini ta'minlash va infratuzilmani rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi hamda u dunyodagi xizmatlar eksportining taxminan 35% va eng kam rivojlangan mamlakatlarda 70% dan ortig'ini tashkil qilmoqda.
Turizm XX asrga kelib insonlarning sayyohlik sohasiga intilishlari kuchaydi va turizm sanoatining rivojlanishiga katta turtki boldi. Shu sababli ham, uni iqtisodiy faoliyat sifatida ko„proq jalb qilishga e'tibor o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlangan [7] va butun dunyo bozorida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ham turizm tarmog„i hisoblanadi [1]. Xalqaro turizm oqimlari va daromadlari so'ngi yillarda barqaror o'sishini ko'rsatmoqda.
Xalqaro Turizm tashkilotining "Turizm - qishloq hududlarni rivojlantirish uchun" dasturi orqali, turizmning qishloq joylarga olib kelishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarni kengaytirishga intiladi. Jumladan,
#2023 yilda Xalqaro Turizm tashkiloti qishloq turizmi bo'yicha birinchi global so'rov o'tkazdi. Sor'ovda 79 mamlakat ishtirok etdi va hukumatning turizmning asosiy muammolari haqidagi tasavvurlari qishloq rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi sifatida o'lchandi.
#Ushbu mavzu doirasida mamlakatlar uchun ustuvorligiga qarab ettita muammo, shu jumladan transport, asosiy xizmatlar, telealoqa va xavfsizlikni rejalashtirish kabi muhim sohalardagi kamchiliklar aniqlandi va belgilab olindi.
# "Qishloq joylariga kirishga imkon beradigan yo'llar, portlar, aeroportlar va boshqa infratuzilmalarning kamchiliklari" — so'rov natijalariga ko'ra bu 34 mamlakat uchun eng muhim vazifadir.
#15 mamlakat uchun ikkinchi eng muhim muammo "Asosiy xizmatlarning etishmasligi (shu jumladan ichimlik suvi, kanalizatsiya va elektr energiyasi)" bo'ldi.
#Ushbu muammolarni hal qilish barqaror rivojlanishni rag'batlantirish va butun dunyo bo'ylab qishloq aholisining farovonligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Qishloq turizmi O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi [3]. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra: 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O'zbekistonga turizm maqsadi bilan 974,2 ming xorijiy fuqaro kelgan.
#O'tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 103,5 ming kishiga yoki 11,9% oshdi. Shuningdek, joriy yilning ikki oyida sayyohlar eng ko'p kelgan mamlakatlar qatorida:
°Tojikiston — 363,4 ming;
°Qirg'iziston— 291,1 ming;
°Qozog'iston — 155,9 ming;
°Rossiya— 77,9 ming;
°Turkmaniston — 20,2 ming;
°Turkiya — 14,3 ming;
°Hindiston— 7,0 ming;
°Xitoy — 5,5 ming;
Janubiy Koreya — 5,4 ming;
^Belarus — 2,2 ming;
°Boshqa mamlakatlar— 31,3 ming.
Sayyohlar eng ko'p kelgan mamlakatlar
■ Tojikiston
■ Turkmaniston
" Qirg'iziston
■ Turkiya
■ Belarus
■ Qozog'iston
■ Hindiston
■ Rossiya
■ Xitoy
■ Janubiy Koreya
■ Boshqa mamlakatlar
Shunisi ahamiyatliki, turizm rivojlanishi natijasida qishloq xo'jaligi, sanoat, transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik, qishloq hududlari va boshqa xizmat ko„rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. Turizm sohasi bilan hamkorlik qilish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini faollashtiradi, mintaqalardagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga, qishloq hududlarining zamonaviy rivojlanishiga, odamlarning yashash darajasi va farovanliginiyaxshilashga hamda xizmat ko'rsatish sohasi xo dimlarining malakasi oshib borishigaijobiy ta'sir qiladi. Bu albatta, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan hisoblanadi. Taraqqiyot bu rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham inson hayoti va atrof-muhit sifati barqarorligini belgilaydigan omil hisoblanadi. Turizm iqtisodiyotning bevosita o'ziga xos bo'lgan sohasi bo'lib, u mamlakat iqtisodiyotiga ham o'zining salmoqli hissasini qo'shadigan sohadir [13]. O'zbekiston iqtisodiyoti va yalpi ichki mahsulotining yildan yilga o'sib borishda bevosita qishloq xo'jaligi va turizm sohalari muhim o'ringa ega. Shu boisdan, qishloq xo'jaligi va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda turizm sohasini ulushi bugungi kunda chet el mamlakatlari tajribasida ham o'z isbotini ko'rsatmoqda [4]. Turizmning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, ularni bir qancha belgilari bo'yicha tasniflash mumkin. Mazkur tadqiqotda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda qishloq turizmining ahamiyatini o'rganishga qaratilgan. Turizmning bu shaklini rivojlantirish uchun O'zbekiston yetarli darajadagi potentsial va imkoniyatlar ega
O'zbekistonda qishloq turizmi faoliyati hali rivojlanmagan bo'lsa-da, mamlakatda qishloq turizmining afzalliklaridan foydalanish uchun qulay sharoitlar mavjud. O'zbekiston asosan qishloq xo'jaligi mamlakatidir, boshqa tomondan turizm hozirgi vaqtda mamlakatda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Ayniqsa, taxminan so'ngi ikki o'n yillik davomida sayyohlik uchun qulay muhit yaratildi, bu mamlakatning boy tabiiy va madaniy resurslari bilan muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda qishloq turizmi muhim rol o'ynashi mumkin bo'lgan barqaror turizmni rivojlantirish strategiyasiga ega bo'lishning muhimligi ta'kidlanmoqda. Jamiyat asosidagi turizm va turistik qishloqlarni turizmni rivojlantirish strategiyasi (2021-2026), qishloq xo'jaligi, o'rim-yig'im mavsumi, yovvoyi tabiat, dehqonchilik
amaliyoti, san"at, madaniyat va din bilan bog'liq bo'lgan turistik faoliyatga asoslangan qiymat o'zgarishini oshirish kerak. Bunday istiqbolli rejalar mahalliy aholining ishtirokiga asoslangan bo'lib, bu qishloq turizmini rivojlantirish uchun ijobiy asoslarni yaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiton qishloq xo'jaligi tarmog'ining iqtisodiyijtimoiy farovonligini oshirish uchun samarali va erishiladigan muqobil amaliyot sifatida qaralishi mumkin bo'lgan agroturizmning afzalliklaridan foydalanishini, bu esa qishloqlarning rivojlanishiga olib keladi [13].
Agroturizm va qishloq turizmi tushunchasi 1980 yillardan qo'llanila boshlangan. Asta-sekinlik bilan esa muomalaga qishloq turizmi termini kirib kelgan va agroturizm va qishloq turizmi qishloq turizmining bir qismi sifatida qarab kelingan. Izlanishlarimiz natijasida mintaqada turizm yo'nalishini tashkil etishning innovatsion modellari turistik klaster yondashuvi asosida, jumladan agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari o'rganilgan bo'lib, istiqbolda qishloq xo'jaligida joriy etishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy ma'lumotlarni, adabiy manbalar va nashrlarni o'rganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan. Hozirgi kunda agroturizm va qishloq turizmini tez sur'atlar bilan rivojlanib borishi natijasida, xorijiy turistlarning diqqatini o'ziga tortmoqda. Agroturizm va qishloq turizmi Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Fransiya, Shvesariya, Skandinaviya mamlakatlarida rivojlanish bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Agroturizm va qishloq turizmidan keladigan daromad turizmdan keladigan daromadning 10-20 %ini tashkil qilmoqda. Qishloq turizmi sohasida investitsion jarayonlarni faollashtirish liberal amortizatsiya to'g'risidagi qonunga muvofiq, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Shvesiya, Shvesariya va boshqa mamlakatlarda anchadan buyon amal qiluvchi tezlashtirilgan amortizatsiya usullarini qo'llash orqali amalga oshiriladi. Xususan, Angliyaning mehnat resurslari bo'yicha nazoratchilari ma'lumotlariga qaraganda, Amerika va Yaponiya sanoatining umumiy samaradorligi 15 %ga ko'tarildi, bunga sabab ishchi kuchlaridan foydalanish xarakterining o'zgarishi kapital qo'yilmalar - 25 %, texnologiyalardagi o'zgarish-lar - 60%ga teng bo'ldi. Jumladan, Toshkent viloyati bo'yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag'lari hisobidan moliyalashtirish orqali 2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ulushini oshirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish bo'yicha turizm infratuzilmasini takomillash-tirishga qaratilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, 2019 yilda respublikamizda 449 ta turistik tashkilotlar va 816 ta mehmonxonalar faoliyat yuritgan. 2017 yilda xorijiy turistlar qariyb 2,7 mln. kishiga va mahalliy turistlar soni 2,1 mln7 kishiga yetdi, bu oldingi yilga nisbatan mos ravishda 33,3 % va 16,6 % ga kodegani. Shu nuqtai nazardan respublikamizning bir nechta oliy va o'rta maxsus ta'lim muassa-salarida turizm sohasiga oid mutaxassislar tayyorlanadi va ularni kelgusida ish bilan ta'minlash uchun turistik ob'ektlarni ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Bunda mavjud turistik korxonalarning xizmatlari ro'yxatiga agroturistik xizmatlarni ham qo'shgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish mumkin. Shu bois, qishloq turizmi qishloq xo'jalik korxonalariga va qishloq aholisiga yuqori foyda olish imkoniyatini berishi mumkin. Chunki, ular mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, turxizmatlar va mahsulotlarni taklif etishlari mumkin.
Xulosa. Respublikamizda qishloq turizmini tashkil etish orqali qishloqda yangi ishchi o'rinlari yaratiladi; ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilinadi; qishloqqa pul mablag'lari, shu bilan birga xorijiy valyuta oqib kirishi ortadi; qishloqning farovonligi oshadi; qishloqda zamonaviy ijtimoiy maishiy infrastruktura yaxshilanadi va yangilari yaratiladi; yangi servis xizmat bilan bog'liq bo'lgan kasblar hosil bo'ladi; hunarmandchilik rivojlanadi. Qishloq turizmining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, yaratilayotgan turxizmatlar va agroturmahsulotlarning import mahsulotlar bilan raqobatlasha olish qobiliyati, yuqori malakali kadrlar yetishmasligi, hududlardagi madaniy muhitga zarar yetkazilishi mumkinligi uning bir maromda o'sishiga va rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: Birinchidan, turistik xizmatlarga bo'lgan talabni o'rganish va turistlar qanday dam olish joylarini afzal ko'radi. Masalan, xorijiy tadqiqotchilarning natijasiga ko'ra, qishloq turizmining ekoturizm va etnoturizm ko'rinishi bilan qiziqishgan. Turistik xizmatlarni sotib oluvchilarni o'rganish va agroturistik xizmatlarga qanday narx belgilash zarurligi. Bozorni o'rganishturistik mahsulotlar harakatini aniqlash. Ikkinchidan, qishloq turizmi bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan oilaviy tadbirkorlar va fermer xo'jaliklarining zarur bo'lgan moddiy-texnik bazasi o'rganiladi. Qishloqning infratuzilmasi o'rganiladi va kamchiliklar bartaraf etiladi.
REFERENCES
1. Ana M. (2017): Ecotourism, agro-tourism and rural tourism in the Europe Union. Conference Paper. CACTUS 2017 - Contemporary Approaches and Challenges of Tourism Sustainability At: Predeal, Romania.
2. Busby G., Rendle S. (2000). The transition from tourism on farms to farm tourism. Tourism Management, 21, 365-462 bet
3. Elbek Togaymurodov (2022). Agritourism And Fermers Diversification In Samarkand Region. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 28-34bet.
4. Elbek, T., Risolat, I., & Aggelopoulos, S. (2016). Agro and eco-tourism development in rural areas of Uzbekistan: Analysis using of" Gravity" model approach. European Scientific Journal, 12(14)bet.
5. Dernoy L.A. (1983). Farm tourism in Europe. Tourism management. 155-166 bet.
6. Oppermann, M. (1996). Rural tourism in southern Germany. Annals of Tourism Research,23,86- 102b et.
7. Matias A. 2004. Economic Geography, Gravity and Tourism Trade: The Case for Portugal. Sustainable Tourism, WIT Press, UK. 3(9), ISBN: 1-85312-724-8.
8. Sharpley R., Vass A. (2006). Tourism, farming and diversification: an attitudinal study. Tourism Management, 27(5), 1040-1052bet.
9. McGehee N. (2007). An agritourism systems model: a Weberian perspective. Journal of Sustainable Tourism, 15(2), 111-124 bet.
10. Tew Ch., Barbieri C. (2012). The perceived benefits of agritourism: The providers perspective. Tourism Management, 33, 215-224 bet.
11. Togaymurodov, E., Islomova, R., & Botirov, A. (2016). Theoretical issues of formation of eco-agro tourism in Uzbekistan. Europaische Fachhochschule, (4), 51-53 bet.