Научная статья на тему 'QISHLOQ HUDUDLARIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH HAMDA QISHLOQLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

QISHLOQ HUDUDLARIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH HAMDA QISHLOQLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
12
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ishsizlik / monotonlik / monografik / SWOT / hukumat yordami / narxlar oshishi / migratsiya / integratsiya / marketing.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — O‘rinboyev Asrbek Farhodovich

Qishloq xo‘jaligi sohasida texnalogiya va innovatsiyalarning keng tarqalishi qishloq hududlarida ishsizlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Bu holat esa qishloq xo‘jaligidan tashqari faoliyatning rivojlanishiga olib keladi. Qishloq joylarida agroturizm faoliyati istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Agroturizm mintaqa rivojiga ham katta tasir ko‘rsatadi va ananalarning mustahkamlashishiga, madaniy saviyaning oshishi hamda qishloq aholisining daromadi oshishiga olib keladi. Ichki turizm, shu jumladan, agroturizmni rivojlantirishda O‘zbekistonda imkoniyatlar katta, buni qishloq xo‘jaligi statistikalari bilan ham tasdiqlash mumkin. Agroturizmning keng rivojlanishini o‘rganish va tasniflash, rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Bilamizki, ko‘plab viloyatlarimiz madaniy sohada katta sayyohlik salohiyatiga ega. Biroq investorlarning va ishlab chiqaruvchilarning huquqiy jihatdan himoyalanmaganligi sababli qishloq joylarda turizmni rivojlantirishda qiyinchiliklar mavjud. Yuqoridagi qiyinchiliklar bartaraf qilinsa hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati yaxshilanishi tabiiy. Bundan tashqari, agroturizm qishloqlar farovonligini tiklash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, hal etilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy muammolarni, xususan, qishloq aholisini ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim muammolarini hal etishning real imkonidir. Yuqorida keltirilgan muammolarni agroturizmni rivojlantirish orqali hal etish qishloq hududlarida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ HUDUDLARIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH HAMDA QISHLOQLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

QISHLOQ HUDUDLARIDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH HAMDA QISHLOQLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

O'rinboyev Asrbek Farhodovich

Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnalogiyalar universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11097101 Annotatsiya. Qishloq xo'jaligi sohasida texnalogiya va innovatsiyalarning keng tarqalishi qishloq hududlarida ishsizlar sonining ko'payishiga olib keladi. Bu holat esa qishloq xo'jaligidan tashqari faoliyatning rivojlanishiga olib keladi. Qishloq joylarida agroturizm faoliyati istiqbolli yo'nalish hisoblanadi. Agroturizm mintaqa rivojiga ham katta tasir ko'rsatadi va ananalarning mustahkamlashishiga, madaniy saviyaning oshishi hamda qishloq aholisining daromadi oshishiga olib keladi. Ichki turizm, shu jumladan, agroturizmni rivojlantirishda O'zbekistonda imkoniyatlar katta, buni qishloq xo'jaligi statistikalari bilan ham tasdiqlash mumkin. Agroturizmning keng rivojlanishini o'rganish va tasniflash, rivojlanishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Bilamizki, ko'plab viloyatlarimiz madaniy sohada katta sayyohlik salohiyatiga ega. Biroq investorlarning va ishlab chiqaruvchilarning huquqiy jihatdan himoyalanmaganligi sababli qishloq joylarda turizmni rivojlantirishda qiyinchiliklar mavjud. Yuqoridagi qiyinchiliklar bartaraf qilinsa hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati yaxshilanishi tabiiy. Bundan tashqari, agroturizm qishloqlar farovonligini tiklash va qo'llab-quvvatlash, shuningdek, hal etilishi zarur bo'lgan ijtimoiy muammolarni, xususan, qishloq aholisini ish bilan ta'minlash, sog'liqni saqlash va ta'lim muammolarini hal etishning real imkonidir. Yuqorida keltirilgan muammolarni agroturizmni rivojlantirish orqali hal etish qishloq hududlarida ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashgaxizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Ishsizlik, monotonlik, monografik, SWOT, hukumatyordami, narxlar oshishi, migratsiya, integratsiya, marketing.

Аннотация. Широкое распространение технологий и инноваций в сфере сельского хозяйства приводит к увеличению количества безработных в сельской местности. Такая ситуация приводит к развитию несельскохозяйственной деятельности. Агротуристическая деятельность в сельской местности является перспективным направлением. Агротуризм также оказывает большое влияние на развитие региона и приводит к укреплению традиций, повышению культурного уровня, увеличению доходов жителей села. В Узбекистане имеются большие возможности в развитии внутреннего туризма, в том числе агротуризма, что подтверждается сельскохозяйственной статистикой. Это позволяет изучить и классифицировать широкое развитие агротуризма, определить основные направления развития. Мы знаем, что многие наши регионы обладают большим туристическим потенциалом в культурной сфере. Однако из-за отсутствия правовой защиты инвесторов и производителей возникают трудности в развитии туризма в сельской местности. Если вышеуказанные трудности будут устранены, то естественно, что социально-экономическое состояние регионов улучшится. Кроме того, агротуризм - это реальная возможность восстановить и поддержать благосостояние сел, а также решить требующие решения социальные проблемы, в частности, проблемы занятости, здравоохранения и образования сельского населения. Решение вышеперечисленных проблем через развитие агротуризма служит обеспечению социальной стабильности в сельской местности.

Ключевые слова: Безработица, однообразие, SWOT, государственная помощь, рост цен, миграция, интеграция, маркетинг.

Abstract. Wide spread of technology and innovation in the field of agriculture leads to an increase in the number of unemployed in rural areas. This situation leads to the development of non-agricultural activities. Agrotourism activity in rural areas is a promising direction. Agrotourism also has a great impact on the development of the region and leads to the strengthening of traditions, an increase in the cultural level, and an increase in the income of the villagers. There are great opportunities in the development of domestic tourism, including agrotourism, in Uzbekistan, which can be confirmed by agricultural statistics. It allows to study and classify the broad development of agrotourism, to determine the main directions of development. We know that many of our regions have great tourism potential in the cultural sphere. However, due to the lack of legal protection of investors and producers, there are difficulties in developing tourism in rural areas. If the above difficulties are eliminated, it is natural that the socio-economic condition of the regions will improve. In addition, agrotourism is a real opportunity to restore and support the well-being of villages, as well as to solve the social problems that need to be solved, in particular, the problems of employment, health care and education of the rural population. Solving the above-mentionedproblems through the development of agrotourism serves to ensure social stability in rural areas.

Keywords: Unemployment, monotony, SWOT, government support, price increases, migration, integration, marketing.

Kirish. Mahalliy qishloq xo'jaligining yangi texnologik tuzilishiga o'tishi mehnat unumdorligining oshishi bilan tavsiflanadi, bu qishloq xo'jaligida bandlikning qisqarishi muqarrar bo'lishini anglatadi. Qishloqni nafaqat ishlab chiqarish, balki boshqa ko'plab milliy funksiyalarni bajaradigan jamiyatning quyi tizimi sifatida saqlab qolish qishloq xo'jaligidan tashqari faoliyatni rag'batlantirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni talab qiladi. Barcha rivojlangan davlatlar shu yo'ldan boradi. Bugungi kunga kelib Yevropa, AQSh, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlarda qishloqda qishloq xo'jaligidan tashqari faoliyatni rivojlantirish bo'yicha maxsus dasturlari muvaffaqqiyatli amalga oshirilmoqda.[1-3].

Xalqaro tajriba va iqtisodiy rivojlanish nuqtai-nazaridan, qishloq xo'jaligida bundan keyin ham ish o'rinlari qisqaradi, ishsizlikni faqat qishloq xo'jaligidan tashqari sektor hisobiga qisqartirish, qishloqda daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, qishloq aholisi farovonligini oshirishga yordam beradi. Daromad darajasining oshishi qishloqqa, jumladan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga malakali kadrlarni jalb qilmoqda, past daromad esa hozirda uning samaradorligini oshirishning asosiy cheklovlaridan biri hisoblanadi.

Statistika agentligining malumotlariga ko'ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston aholisi 36 799 800 kishi tashkil etdi. Bundan qishloq aholisi soni 18 031 000 kishi (48,9%)ni tashkil etgan bo'lsa, qishloq xo'jaligida band bo'lganlar soni muttasil kamayib bormoqda. Qishloq xo'jaligida band bo'lganlar soni qisqarishining sabablari ham to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan fermer xo'jaliklarining qisqarishi, zamonaviy qishloq xo'jaligi texnalogiyalarining keng tarqalishi sabab bo'lmoqda. Bugungi kunda ish haqining davom etayotgan past darajasi malakali mutaxasislarning qishloq joylarda ishlash xohishini yo'qotmoqda.

Jahon tajribasida, "Qishloq aholisining bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish" loyihasini amalga oshirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, qishloq joylarida eng ko'p ish joylari mahalliy bozorga yo'naltirilgan biznesda yaratiladi va bular odatda kichik biznes hisoblanadi. Plyajlar va quyosh hukmron bo'lgan Ispan turizmining monotonligini buzish, shuningdek, fermerlarga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdan tashqari boshqa usullar orqali qo'shimcha

iqtisodiy daromad olishga yordam berish uchun Ispaniyada qishloq turizmiga katta sarmoya kiritilmoqda.[3].

Ko'plab tadqiqotchilarning ta'kidlaganidek, Agroturizm qishloqni rivojlantirish imkoniyatlaridan biridir, chunki u jamiyatning o'sib borayotgan sanoatlashuviga muqobildir, shuningdek, yangi ish o'rinlarini yaratish imkonini beradi va eng muhimi tabiatni asrashga o'z hissasini qo'shadi.[4, 6].

Agroturizm assotsatsiyasi (Agro tourism association) mutaxasislari tomonidan berilgan ta'rifiga ko'ra, "Agroturizm - bu qishloq joylarda tashkil etiladigan faoliyat bo'lib, mehmonga keluvchilarga kompleks xizmatlarni ko'rsatish ya'ni yashash, dam olish, ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari hamda sport tadbirlarini samarali tashkil etish, turizmning faol ko'rinishkaridan biri bo'lgan baliq ovi, ovchilik bilan shug'ullanish hamda bilim va yangiliklarga ega bo'lish" demakdir. Agroturizm individual dam olish shakli sifatida o'rta sinfning turli guruhlarining ehtiyojlarini qondiradi. Agroturizmni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri bo'lib, uning kuchli va zaif tomonlari, rivojlanish imkoniyatlari va tahdidlari mavjud.

1-jadval: O'zbekistonda Agroturizmni rivojlantirishning SWOT tahlili:

Kuchli tomonlar

Kamchiliklar

Tabiiy resurslarning mavjudligi;

Qishloq xo'jaligining yuqori salohiyati;

Dehqon xo'jaliklarining divesifikatsiyalangan yo'nalishi;

O'zbek milliy madaniyati va an'anaviy imkoniyatlari;

Xalqimiz mehmondo'stligi;_

Agroturizm faoliyati uchun normativ-huquqiy yordamning yetishmasligi;

Sanoatning maxsus tarmog'i sifatida qishloq turizmi sohasida qo'llaniladigan standartlar va qoidalarning yo'qligi;

Malakali kadrlar etishmasligi;

Qishloq aholisining turmush darajasining pastligi, mos ravishda turistlarni joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlarning yo'qligi;

Imkoniytlar

Tahdidlar

Agroturizm rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish;

Qishloqlarda Qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish;

Qishloq hududlarida kichik biznesni rivojlantirish;

Qishloq aholisining daromadini oshirish va turmush darajasini yaxshilash;

Migratsiyani kamaytirish;

Xorijiy sayyohlarni jalb qilish._

Agroturizm xizmatlari narxlarining ko'tarilishi va buning natijasida kiruvchi turistlar oqimining qisqarishi;

Atrof muhitning buzilishi bilan bog'liq muammolarning o'sishi;

Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralarini sinxronlashtirishning yo'qligi;

Turizm sanoati korxonalariga soliq yukini oshirish.

SWOT tahlili O'zbekiston agroturizminning ulkan salohiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Mamlakatimizda qishloqlarni agroturizm orqali rivojlantirish uchun ideal sharoitlarni yaratuvchi o'ziga xos madaniy va tarixiy xususiyatlariga ega. Biroq, ma'muriy ma'noda qishloq turizmi hali ham amalda mavjud bo'lmagan tushunchadir. Mantiqan u qishloq xo'jaligi va an'anaviy turizm chorrahasida joylashgan, ammo amalda agroturizmni rivojlantirish uchun O'zbekistonda yagona iqtisodiy siyosat mavjud emas. Shunga ko'ra, turizmning ushbu turini rivojlantirishni tartibga solish bo'yicha turli bo'linmalar o'rtasida vakolatlar taqsimlanmagan.

Materiallar va usullar. Ushbu maqolada tahlillar, statistik-iqtisodiy va monografik usullardan foydalanilgan bo'lib, bu tadqiqot va xulosalarning asosliligini ta'minlash imkonini beradi.

Natijalar. Statistika agentligining malumotlariga ko'ra 2023-yilda mamlaktimizga tashrif buyurga turislar soni 6,6 mlnni tashkil qilgan.[5].

O'zbekistonga 2023 yilda eng ko'p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:

2-jadval.

Tojikiston - 2 155,2 ming nafar;

Qirg'iziston - 1 757,1 ming nafar;

Qozog'iston - 1 333,3 ming nafar;

Rossiya - 714,3 ming nafar;

Turkiya - 106,5 ming nafar;

Turkmaniston - 100,3 ming nafar;

Xitoy - 42,5 ming nafar;

Hindiston - 45,5 ming nafar;

Janubiy Koreya - 37,1 ming nafar:

Germaniya - 29,6 ming nafar; Italiya - 25,6 ming nafar; AQSh - 23 ming nafar; Fransiya - 18,6 ming nafar; Buyuk Britaniya - 16,2 ming nafar; Ispaniya - 15,2 ming nafar; Belarus - 15,1 ming nafar; Ozarboyjon - 14,7 ming nafar; Yaponiya - 12,4 ming nafar.

2023-yilda Yurtimizga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha: 3-jadval:

Qarindoshlarini yo'qlash

Dam olish

Xizmat yuzasidan

Davolanish

Tijorat

O'qish maqsadida._

3-jadvalda ko'rsatilgan safar maqsadlarida agroturizm yo'q yoki qaysidir maqsad bilan birlash holda amalga oshirilmoqda. 2023 yildagi chet ellik sayyohlar 6,6 mln ko'rsatgichga ya'ni

2022 yilga nisbatan 1,4 mlnga oshgan. Bu ko'rsatgichlardan (2-jadval) shunday xulosaga kelish mumkinki, mavjud turistik korxonalarning xizmatlari ro'yxatiga agroturistik xizmatlarni ham qo'shgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish mumkin.

2017-2021 yillar oralig'ida kiruvchi, chiquvchi va ichki turizmlarning asosiy ko'rsatgichlari:

2017-2021 yillarda kirish turizmi bilan shug'ullanuvchilar soni 0,7 barobarga kamaydi, 2021-yilda 1881,3 ming kishini tashkil qilgan, xorijda sayohat qilgan O'zbekistonlik turistlar soni 2194,8 ming nafarni ashkil etdi (2017-yilga nisbatan 0,4 barobarga kam). Quyida 2017-2021 yillar oralig'idagi ko'rsatgichlarni ko'rish mumkin.(www.stat.uz).

1-rasm.

Quyidagi rasmda qishloq hududlarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir etuvchi agroturizmni rivojlantirishning asosiy omillari keltirilgan. 2-rasm.

Yuqorida bir-biriga bog'liq bo'lgan oltita omillar ko'rsatilgan, bu orqali azaldan saqlanib qolgan Navro'z bayrami va milliy o'yinlar kabi urf-odatlarimizning mustahlamlanishiga va rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, milliy hunarmandchilikning tiklanishi orqali qishloq aholisining daromadi oshadi va buning natijasida, maktab, yo'l, xizmat ko'rsatish kabi infratuzilamalarning rivojlanishi jadallashadi.

Muhokamalar. Alpheaus Litheko o'zining "Kichik agroturizm korxonalarini rivojlantirish va boshqarish" nomli maqolasida, Agroturizm faoliyatini integratsiyalashgan holda fermer xo'jaligini rivojlantirish istiqbollari haqidagi umumiy savollar tuzadi hamda bu savollarga intervyu orqali quyidagicha topilmalarda to'rtta mavzu aniqlagan va ma'lumotlar keyinchalik toifalar va kodlarga tasniflagan[5].

4-jadval. Mavzular tartibi.

Mavzu Turkum Kod

l.Fermer xo'jaligi profili Rivojlanishdagi qiyinchiliklar. Suv tanqisligi; Moliyaviy holatning yaxshi emasligi.

2Agroturizmni rivojlantirish Agroturizmning afzalliklari. Bozorni ko'paytirish; Ish o'rinlarini yaratish; Tabiatni asrash.

Agroturizm toifasi Mehmondo'stlik; O'yin kulgi; Ochiq havoda dam olish.

3Agroturizm orqali fermer xo'jaliklarining rivojlanishi Muvaffaqqiyatning asosiy omillari Xodimlar tajribasi; Ishning qiyinligi; Targ'ibot tadbirlari; Fermer xo'jaligi xavfsizligi.

Sohalarning yaxshilanishi Xodimlar malaksi; Bozor strategiyasi.

Bozor segmantlari Mahalliy va xalqaro

4.Hukumat yordami Davlat yordami talab qiladi Moliyaviy yordam; Trening; Marketing texnikasi va imkoniyatlar.

Yuqoridagi jadvalda to'rtta mavzu: l.Fermer xo'jaligi profili, 2.Agroturizmni rivojlantirish, 3.Agroturizm orqali fermer xo'jaliklarining rivojlanishi va nihoyat 4.Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash aks etgan. Bu toifalar kichik fermerlarning agroturizm elementlari

va fermer xo'jaligini diversifikatsiya qilish orqali rivojlantirish istiqbollari haqidagi tushunchalarni o'rganishga imkon berdi, agroturizm fermer xo'jaligining barqaror rivojlanishiga yordam beradigan eng muhim strategiyalardan biri sifatida tobora ko'proq ko'rilmoqda.

Hukumat yordami, turizmni rivojlantirishdagi eng katta omil hisoblanadi. Ko'plab davlatlarda, xususan, mamlakatimiz kabi rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida agroturizmning rivojlanishi, qishloq jamoalarining har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ajaralmas

tarkibiy qismi hisoblanadi. Iqtisodiy o'sishning an'anaviy namunalari aholi va investitsiyalarni shaharsozlikka ko'chirmoqda, bu qishloq xo'jaligining mavsumiy tabiati, qishloq xo'jaligi sektoriga haddan tashqari qaramlik, aholining tez o'sishi va umuman iqtisodiy faoliyatning yetishmasligi kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin.

Qishloq joylarida sayyohlik faoliyati aholining bandlik darajasini oshiradi va iqtisodiy faollikni rag'batlantiradi, sinergik samara beradi.[9]. Turizmning faol rivojlanishidagi asosiy cheklovlar bu sohada qonunchilikning yo'qligi, xizmat ko'rasatish infratuzilmasi va aloqa vozitalarining yo'qligi bilan belgilanadi. Qishloq turizmini rivojlantirishning zarur sharti -rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi, transport va aloqa vositalari, suv, elektr energiyasi va gaz taminoti, umumiy ovqatlanish, savdo, tibbiyot muassasalari va boshqalar mavjudligidadir. Turistlar, garchi turizm tulari ko'p bo'lsada, shovqinli, madaniyatli hayotdan qochib, cho'lda dam olishni afzal ko'radilar. Bulardan tashqari yana bir omilni nazardan chetda qoldrirmasligimiz kerak, bu - qishloqlarda turizm faoliyatini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan asosiy narsa, qonunda belgilanmangan "qishloq turizmi" va "qishloq xo'jaligi turizmi" atamalarining yo'qligidir. Qonuniy belgilangan faoliyat turining yo'qligi sanoatni tartibga solish va rivojlantirishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, faoliyat turini aniqlashda yuzaga keladigan qiyinchiliklar soliqni tartibga solishning nomukammalligini keltirish chiqaradi. Turizm to'sqinlik qiluvchi omillar orasida infratuzilmaning yetishmasligi alohida o'rin tutadi. Qishloqlar va qishloqlarning transport imkoniyatlar mukammal emas, lekin turizmni rivojlantirish va tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun yo'llarning sifati va miqdorini yaxshilash kerak.

Xulosa.

Agroturizm qishloq aholisining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etishini yuqorida ko'rib o'tdik. An'anaviy turizm turlariga nisbatan yangi, ammo O'zbekiston uchun juda istiqbolli dam olish usuli sifatida - qishloq xo'jaligi turizmi qo'shiladi, bu esa o'zining afzalliklariga egadir.[10].

5-jadval. Agroturizm samaradroligini oshirish

Agroturizmning ijobiy ta'siri

Malakali ishchilar uchun ish o'rinlari soni ko'payadi Viloyatlarda agroturizm sektorining rivojlanishi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy o'sishning asosiy kalitidir.

Ijobiy istiqbolning rivojlanishi, tarixiy, madaniyatimiz hamda urf- odatlarimizning rivojlanshiga katta ta'sir qiladi O'zbekiston viloyatlarining ijtimoiy va ma'naviy inqirozini yengib o'tish uchun agroturim sektorini rivojlantirish asosida qishloq hududlari potensialini amalga oshirish zarur.

Turizm industriyasi tegishli tarmoqlarni rivojlantiradi, YAIMni oshiradi Sektorni diversifikatsiya qilish, birlamchi sektorga qaramlikni kamaytirdi.

Rivojlangan davlarlar qishloqlarda turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni oshirish, infratuzilma xavfsizligini yaxshilash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Turistik diqqatga sazavor joylar madaniy, estetik yoki boshqa qiymatga ega bo'lgan tabiiy yoki sun'iy ob'ektlarning

mavjudligiga asoslanadi, bu esa turistlarni o'ziga jalb qiladi. Shunday qilib, esda qolarli joylarni ziyorat qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, qishloq aholisining iqtisodiy faolligi oshadi, turistik faoliyatdan pul tushumlari kirib kelishi ta'minlanadi. Biroq, qonunchilik bazasining mukammal emasligi va soliq solish ob'ekti sifatida faoliyat turini belgilashdagi qiyinchiliklar tufayli turizm faoliyatining ijobiy ta'siri cheklangan. Huquqiy ishonchsizlik potentsial investorlar va tadbirkorlarga nisbatan qo'rquv va ishonchsizlikni keltirib chiqaradi, madaniy, ijtimoiy va ekoturistik loyihalarni epizodik faoliyat doirasida qoldiradi. Ushbu muammoni hal qilishning bir yo'li sifatida munitsipalitetlarning qishloq turizm faoliyatini tartibga solish va rivojlantirish sohasida ko'proq vakolatlarni berish, shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning majburiy talablari nuqtai nazaridan ma'muriy to'siqlarni kamaytirish bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. Galina Bakhmatova. Development Prospect of Agro-Tourism and Positive Effects of Tourism Activities in Rural Regions. Web of Conferences 273, 09001 (2021) INTERAGROMASH 2021.

2. https://stat.uz/uz/

3. W. An, S. Alarcon, Journal of Destination Marketing & Management 19, (2021) doi.org/10.1016/j.jdmm.2020.100549

4. P. Saroyo, G. T. Mulyati, Agriculture and Agricultural Science Procedia 3, 77-77 (2015) doi.org/10.1016/j.aaspro.2015.01.016

5. https://kun.uz/news/2024/02/22/ozbekistonga-2023-yilda-qancha-turist-kelgani- malum-qilindi

6. Alpheaus Litheko. Development and Management of Small Agro-Tourism Enterprises: A Rural Development Strategy Article in African Journal of Hospitality Tourism and Leisure • June 2022

7. C. Eusébio, M. J. Carneiro, E. Kastenholz, E. Figueiredo, D. Soares da Silva, Journal of Hospitality and Tourism Management 31, 197-210 (2017) doi.org/10.1016/j.jhtm.2016.12.006

8. G.-P. Ionela, B. M. Constantin, L.-D. Dogaru, Procedia Economics and Finance 32, 10501059 (2015) doi.org/10.1016/S2212-5671(15)01567-1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. F. G. Santeramo, A. Seccia, G. Nardone, Wine Economics and Policy 6, 71-74 (2017) doi.org/10.1016/j.wep.2016.11.004

10. G.-P. Ionela, B. M. Constantin, L.-D. Dogaru, Procedia Economics and Finance 32, 10501059 (2015) doi.org/10.1016/S2212-5671(15)01567-1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.