Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATIDA SAFARI TURIZMINI TASHKIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI'

QASHQADARYO VILOYATIDA SAFARI TURIZMINI TASHKIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
75
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Safari turizm / foto safari / jeep safari / festival / turizm magistrali / Encyclopedia of Tourism / etno turizm / ziyorat turizmi / MICE turizm / gastronomic turizm / etnografik turizm. / Safari tourism / photo safari / jeep safari / festival / tourism highway / Encyclopedia of Tourism / ethno tourism / pilgrimage tourism / MICE tourism / gastronomic tourism / ethnographic tourism.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ro‘ziyev, Bobir Akramovich, Temirova, Layloxon Alisher Qizi

Ilmiy maqolada yurtimizda olib borilayotgan turizm siyosati hamda turizm sohasini jozibadorligini oshirishga xizmat qiluvchi Safari turizmini tashkil qilish Qashqadaryo viloyati misolida yoritilgan hamda tarmoqni rivojlantirish bo’yicha takliflar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF ORGANIZING AND IMPROVING SAFARI TOURISM IN KASHKADARYA REGION

The scientific article highlights the tourism policy in our country and the organization of Safari tourism, which serves to increase the attractiveness of the tourism sector, on the example of Kashkadarya region, and offers for the development of the network are given.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATIDA SAFARI TURIZMINI TASHKIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI»

QASHQADARYO VILOYATIDA SAFARI TURIZMINI TASHKIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10532776

Ro'ziyev Bobir Akramovich

Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti; e-mail: ruzievb053@gmail .com Temirova Layloxon Alisher qizi Qarshi davlat universiteti talabasi; e-mail: temirovala@gmail .com

Annotatsiya: Ilmiy maqolada yurtimizda olib borilayotgan turizm siyosati hamda turizm sohasini jozibadorligini oshirishga xizmat qiluvchi Safari turizmini tashkil qilish Qashqadaryo viloyati misolida yoritilgan hamda tarmoqni rivojlantirish bo 'yicha takliflar keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Safari turizm, foto safari, jeep safari, festival, turizm magistrali, Encyclopedia of Tourism, etno turizm, ziyorat turizmi, MICE turizm, gastronomic turizm, etnografik turizm.

Аннотация: В научной статье на примере Кашкадарьинской области освещена туристическая политика в нашей стране и организация сафари-туризма, служащего повышению привлекательности туристической сферы, а также даны предложения по развитию сети.

Ключевые слова: Сафари-туризм, фотосафари, джип-сафари, фестиваль, туристическая магистраль, Энциклопедия туризма, этнотуризм, паломнический туризм, MICE-туризм, гастрономический туризм, этнографический туризм.

Abstract: The scientific article highlights the tourism policy in our country and the organization of Safari tourism, which serves to increase the attractiveness of the tourism sector, on the example of Kashkadarya region, and offers for the development of the network are given.

Key words: Safari tourism, photo safari, jeep safari, festival, tourism highway, Encyclopedia of Tourism, ethno tourism, pilgrimage tourism, MICE tourism, gastronomic tourism, ethnographic tourism.

KIRISH.

Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri - bu turizmdir. Shu tufayli Yangi O'zbekistonning 2022-2026

yillarga mo'ljallangan taraqqiot strategiyasida "Milliy iqtisodiotni rivojlantirish, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida ta'minlash"ga bag'ishlangan ustuvor yo'nalishida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish vazifasi qo'yilgan. Ushbu vazifaning bajarilishi turizm sohasini rivojlantirish, aholini yangi ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida, xalqaro standartlar asosida yangi turistik xizmatlar assortimentini ko'paytirish, yangi yo'nalishlardagi turistik marshrutlarni ko'paytirish, turistlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish tadbirlarini tashkil qilish, zamonaviy turizm infratuzilmasini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.[1]

"O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari" to'g'risidagi 2021-yil 9-fevral sanasidagi Pf-6165 son Farmoning 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshiliash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi byudjetdan tashqari 200 mlrd so'm mablag' ajratilgan.[2]

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatining betakror tabiati, tog'li va cho'l hududlaridagi go'zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turisti k yo'nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz Safari turizmi va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur.

Turizm ensiklopediyasida (Encyclopedia of Tourism) Safari turizm ta'rifi va kelib chiqish tarixi quydagicha: Safari - quruqlikdagi ekspeditsiya bo'lib, odatda sayyohlar Afrika qit'asiga madaniyat, geografiya, manzara va yovvoyi tabiatni o'rganish uchun olib boradilar. Bu milliy bog'larning rivojlanishi bilan bog'liq va uning kelib chiqishi Janubiy va Sharqiy Afrikada mustamlakachilik davridagi yirik ov ekspeditsiyalari davriga to'g'ri keladi (Anderson va Grove 1987). Mustamlaka davrida paydo bo'lgan markazlashtirilgan siyosiy va ma'muriy institutlar safari turizmini shakllantirishga turtki bo'lgan va shunday bo'lgan dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhitni yaratdi.[3]

Tadqiqotning metodologiyasi. Tadqiqotda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar va uning iqtisodiy mazmuni tahlil qilindi. Tizimli tahlil qilishda 2022-2023 yillardagi statistik ma'lumotlar va ustuvor vazifalardan qo'llanildi. Statistik manba sifatida, Qashqadaryo viloyati Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi ma'lumotlaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. So'nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan turizm bo'yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi samarasida mamlakat turistik salohiyati dunyo hamjamiyati e'tiborini tortmoqda.

Shu bilan bir qatorda Qashqadaryo viloyati Respublikada turizmning barcha yo'nalishlarida o'z imkoniyatlariga ega salohiyati keng bo'lgan viloyatlardan biri hisoblanadi.

Bu imkoniyatlarni yanada oshirish va Respublikada Qashqadaryo turizm salohiyatini o'rnini belgilash hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun xizmat ko'rsatish sohalarini kengaytirish maqsadida, 2022-yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. Viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar 45 ming nafarni tashkil etadi. (Eron ming nafar, Buyuk Britaniya 1,3, AQSh 1,9, Isroil 2,8, Germaniya 4,1, Hindiston 4,9, Xitoy 5,2, Fransiya 5,6, Turkiya 7,3, Rossiya Federatsiyasi 10,9)

2. Mahalliy sayyohlar esa 1433 ming nafarni tashkil etgan. (Ziyorat turizm 49 ming, MICE turizm 14 ming, Eko turizm 42 ming, Gastronomik Turizm 35 ming nafar).

3. Xorijiy va mahalliy sayyohlarning viloyatimizga tashrifi davomida eksport hajmi 11 mln AQSh dollarini tashkil etdi. (xorijiy 9 mln AQSh dollari, mahalliy 2 mln. AQSh dollarida jalb qilingan.)

4. Joriy yil mobaynida turizm va unga yondosh sohalarda 16293 ta ish o'rni yaratildi. (Yillik rejaga nisbatan 101% ni tashkil qiladi.).

5. 1 ta mehmonxona, 23 ta xostel, 44 ta uy mehmonxonalari tashkil etish hisobidan qo'shimcha 426 ta xona va 1206 ta mehmon o'rinlari yaratildi hamda infratuzilmani yaxshilash maqsadida 66 ta SGSh (zamonaviy sanitar gigina shahobchalari), 2 ta turizm axborot markazlari va 23 ta transport xizmati yo'lga qo'yildi.

6. Xududiy investitsiya dasturlari doirasida 197 mlrd.so'm investitsiya o'zlashtirish natijasida 75 ta loyiha ishga tushirilib, qo'shimcha tarzda 601 ta yangi ish o'rni yaratildi. (Shundan 71 mlrd.so'm xorijiy, 126 mard so'm mahalliy);

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining turizm sohasini jadal rivojlantirishga oid o'tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishlarida belgilab bergan topshiriklari yuzasidan viloyatimizda bir qator tadbirlar tashkil etildi. Bular:

Shaxrisabz tumanida "Yoshlar turizm kurultoyi" festivali;

Shaxrisabz shahrida "Ziyorat turizm" festivali;

Kasbi tumanida o'tkazilgan "Ichki va ziyorat turizm yarmarkasi va "Kulolchilik festivali";

Yakkabog' tumanida "Etno sport va turizm" festivali;

Kasbi va Yakkabog' tumanlarida ilmiy kengashlar;

Kitob tumanida "Etno sport" festivali;

Ushbu tadbirlar qatorida Qarshi shahrida U23 "AFC" chempionati ham o'tkazildi.

8. Turizm kommunikatsiyasini yaxshilash maqsadida 18,0 mlrd. so'm o'zlashtirildi 7,7 km ichimlik suvi, 4,2 km yo'l, 5 km elektr energiya, Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi ta'mirlandi.

9. Viloyat turizm salohiyatini targ'ib etish maqsadida Turkiya, Isroil, Yaponiya, Ozarbayjon va Qozog'iston davlatlari bilan hamkorlikda targ'ibot ishlari tashkil etildi.

10. Viloyatda 3 ta tuman (Kitob, Shahrisabz, Qamashi) 22 ta mahalla turizm mahallalari etib belgilangan bo'lib, joriy yilda 5 ta xostel, 44 ta mexmon uyi, 20 ta hunarmandlar markazlari, 3 ta turizm xizmat markazlari, 101 ta ovqatlanish shaxobchalari, 28 ta transport, texnik-servis xizmati sub'ekti, 20 ta ziyorat turizm ob'ektlari va 63 ta turizmga oid boshqa xizmat ko'rsatish sub'ektlari tashkil etildi.

2023 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo'yicha.

Joriy yilda viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida joylashtirish vositalari sonini 100 taga yetkazish hamda buning natijasida ko'shimcha 3237 xona va 6661 o'ringa yetkaziladi, xorijiy turistlar sonini 150 ming va mahalliy turistlar sonini 1,6 mln. nafarga, turistik xizmatlar eksporti 100 mln. AQSh dollarga, turizm sohasida investitsiyalarni jalb etish orqali umumiy qiymati 349,5 mlrd.so'm bo'lgan 68 ta loyihalarni ishga tushirish hamda turizm va unga yondosh sohalarda ish o'rinlar soni 14 000 taga yetkazish rejalashtirilgan. [4]

Munozara va takliflar.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish hamda huquqiy tartibga solish va tizimli rivojlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Mazkur sohani rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga juda katta imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilganligi soha rivojining asosiy omili bo'ldi. Ziyorat turizmi, tarixiy-ma'rifiy, MICE turizmi, gastronomik, tibbiy, etnografik turizm turlari xalqaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlariga aylandi.

Tahlil shuni ko'rsatadiki, an'anaviy turizm turlaridan olinayotgan natijalar qoniqarli bo'lsada lekin yetishib kelayotgan yosh avlodning xohish-istaklarini va yaqin kelajakda kutilayotgan yangi jozibador turizm turlarini joriy qilish va bu yo'lda rivojlangan xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashaqadaryo viloyatining turizm imkoniyatlari iqlim mo'tadilligi, hududiy joylashuvi, tog' va cho'l hududlaridagi mavjud qo'riqxonalar va ulardagi yovvoyi hayvonot olamidan kelib chiqib Safari turizmini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarur deb hisoblayman.

Qashqadaryo viloyatida Safari turizmini rivojlantirish uchun takliflar:

• 1.Milliy Safari turizm modellarini ishlab chiqish (Afrika mamlakatlari Safari turizm modellaridan namuna sifatida foydalanish);

• 2.Qo'riqxona hududlarida Safari turizm yo'lagini tashkil qilish va kerakli infratuzilmani shakillantirish (qo'riqxonaga hayvonlami tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, foto-ovchilik, tabiatda ajoyib hayvonlami erkin holda ko'rish maqsadidagi sayrlar.);

• 3.Cho'l hududlarida Jeep safari yo'lagini tashkil qilish va kerakli infratuzilmani shakillantirish (ekstremal sport turlarini avzal ko'radiganlar uchun qumli barhallarda jipda yurish,kanoeda eshkak eshish, motokros, ovda qatnashish);

• 4. "Safari consult" va "Safari touroperator"markazlarini tashlik qilish;

• 5. Hududlarda maxsus Safari lagerlarini tashkil etish (tog'li hududda avtomobil boshqarish, to'siqlarni yengib o'tish, lager hayotiga o'rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish).

Safari turizimini rivojlantirish orqali xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun xizmat ko'rsatish sohalarini kengaytirish hamda turistlarni uzoq vaqt mobaynida olib qolish va yangi ish o'rinlarini yaratishga erishishni tashkil etish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida. 28.01.2022 yildagi PFf-60-son .www.lex.uz

2. "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari" to'g'risidagi 2021-yil 9-fevral sanasidagi Pf-6165 son Farmoning 9-

band www.lex.uz

3. Encyclopedia of Tourism Moren T. Stone & Lesego S. Stone First Online: 01 January 2015

4. Qashqadaryo viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi 2022-yil hisoboti. qashqadaryo .uz/oz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.