Научная статья на тему 'SALOMATLIKNI SAQLOVCHI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KATTA VA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

SALOMATLIKNI SAQLOVCHI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KATTA VA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yoshdagi bolalar / pedagogtarbiyachilar / maktab ta’limi / ta’lim-tarbiya / faoliyat / salomatlik / texnologiya...

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.J.Abdusamatova

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ishining mazmuni va mohiyati, maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlash yo‘llari, maktab ta’limiga samarali tayyorlashda salomatlikni saqlovchi texnologiyalar turlari va ularning ahamiyati xususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SALOMATLIKNI SAQLOVCHI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KATTA VA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

SALOMATLIKNI SAQLOVCHI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KATTA VA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

N.J.Abdusamatova

NamDU dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11202360 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash ishining mazmuni va mohiyati, maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlash yo'llari, maktab ta'limiga samarali tayyorlashda salomatlikni saqlovchi texnologiyalar turlari va ularning ahamiyati xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: maktabgacha yoshdagi bolalar, pedagog- tarbiyachilar, maktab ta'limi, ta'lim-tarbiya, faoliyat, salomatlik, texnologiya...

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari sifatida quyidagilar;

-maktabgacha ta'lim sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; -maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

-bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;

-maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish[1] masalalariga alohida ahamiyat berilgani sohaga e'tibor davlat darajasida ekanligidan dalolat beradi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o'tish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarorida maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi o'rinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;

bolalar tayyorlov guruhlarining o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o'qishga qiziqishni singdiradigan o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yinlar va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash;

maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab qo'yilgan[2].

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash ishini samaradorligini oshirish har doim kun tartibidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ushbu muammolarni hal qilish uchun juda qulay sharoitlar yaratilgan, chunki bolalik sog'lom turmush tarzini shakllantirishda eng istiqbolli yosh davri hisoblanadi. Aynan shu yoshda bolalar hayotlari davomidagi ma'lumotlarning asosiy hajmini o'zlashtiradilar, yashashlari uchun muhim bo'lgan salomatlik poydevori qo'yiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonlarining ketma-ketligi, ularning davomiyligi, to'g'ri tuzilgan kun tartibi, sog'lom ovqatlanish, jismoniy mashg'ulotlarni amalga oshirish bolada sog'lom turmush tarzi odatlarini shakllantiradi.

Bolalar salomatligiga tizimli yondashuv jarayonida bolalarda o'z sog'lig'ining muhim ekanligini tushunishga va salomatlikni saqlovchi vositalardan (sovun, tish pastasi, jismoniy vositalar kabilar) kundalik hayotda ham ongli ravishda foydalanishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta'limiga jismonan sog'lom holda tayyorlash, salomatligini saqlash va boyitish muammolarini hal qilishning asosiy vositalaridan biri salomatlikni saqlaydigan texnologiyalardir.

Barchamizga ma'lumki, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash jarayonida MTT oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning ustunligiga, shuningdek, salomatlikni saqlash va boyitishning etakchi vositalariga ko'ra ularni bir necha turlarga bo'lish mumkin: jismoniy tarbiya va sog'liqni saqlash texnologiyalari, salomatlikni saqlovchi ta'lim texnologiyalari, texnologiyalar bolaning ijtimoiy-psixologik farovonligini ta'minlash, tibbiy-profilaktika texnologiyalari, maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog tarbiyachilarining sog'lig'ini saqlash va boyitish texnologiyalari, ota-onalarning valeologik ta'limi texnologiyalari kabilar.

Bolalarni maktabga tayyorlash murakkab jarayon bo'lib, bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalar nafaqat o'qish va hisoblashni, balki fikrlashni, taqqoslashni, mantiqiy fikrlashni, atrofdagi dunyoda harakat qilishni, do'stlashishni va jismoniy faol bo'lishni o'rgansa, maktab ta'limiga, yangi o'qish muhitiga moslashish osonroq bo'ladi. Qiziqish, faollik, mustaqillik - bular bolaning muvaffaqiyatli ta'lim faoliyati uchun zarur bo'lgan fazilatlardir. Ular kognitiv faoliyat, o'rganishga qiziqish va mustaqil izlanish qobiliyatining kalitidir. Ammo ular bolada faqat bitta shart - jismoniy sog'liq bilan shakllanishi mumkin. Shuning uchun, avvalo maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning sog'lig'i uchun mustahkam poydevor qo'yish kerak. Quyida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim bo'lgan salomatlikni saqlovchi texnologiyalarning ayrimlarini ko'rib chiqamiz.

Jismoniy tarbiya va sog'liqni saqlash texnologiyalari-Ushbu tehnologiya bolalar salomatligini saqlash va jimsoniy rivojlantirishda muhim hisoblanadi. Ushbu texnologiya maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va sog'lig'ini mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, tarbiyachi tomonidan jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish ishlarining maxsus tashkil etilgan shakllari sharoitida amalga oshiriladi. Shartli ravishda ularni ikki turga bo'lish mumkin: jismoniy rivojlanish va sog'lomlashtirish ishlari.

Jismoniy rivojlanish muammolarini hal qilish har xil turdagi vosita faoliyatini tashkil etish yordamida amalga oshiriladi.

Ertalabki mashqlar bolaning tanasini mustahkamlash va quvnoq kayfiyatni uyg'otishga qaratilgan bo'lib, ertalabki mashqlar kun davomida maktabgacha yoshdagi bolani tetiklashtiradi. Mashqlarng tizimli tatbiq etilishi mushak-skelet tizimini mustahkamlaydi, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi, o'pka hajmini oshiradi va qo'zg'alish va hissiy jarayonlarini muvozanatlashtiradi. Mashqlarni turli shakllarda amalga oshirish mumkin: simulyatsiya mashqlari yordamida; turli xil buyumlar bilan mashqlar; maishiy mavzulardagi mashqlar; badiiy gimnastika va h.k.

Qisqa jimsoniy treninglar bolalarda ruhiy zo'riqishdan keyin (maktabga tayyorlov guruhlarida bu juda muhim) yoki ta'limiy faoliyatlardan keyin faol dam olishga yordam beradi. Jismoniy treninglar bolalarning aqliy faoliyatini tiklash, ularning kayfiyatini yaxshilash, turli faoliyatlarga e'tiborni kuchaytirishga yordam beradi.

Sport o'yin-kulgi, dam olish, bayramlar, sog'lomlashtirish kunlari faol dam olishning eng maqbul turidir. Ushbu tadbirlar nafaqat maktabgacha yoshdagi bolalar motorik harakatlarini yaxshilashga yordam beradi, balki ularni ijtimoiy-hissiy rivojlantiradi.

Nafas olish eng muhim fiziologik jarayondir. Shu bilan birga, bolalarning nafas olish tizimi hali ham nomukammal bo'lib, bola qanchalik kichik bo'lsa, nafas olish yo'llari shunchalik torayadi va ularni qoplaydigan shilliq qavat chang zarralari ta'sirida ham juda nozik, oson yallig'lanadi. Shuning uchun, iloji bo'lsa, biz tez-tez guruhni ventilyatsiya qilamiz, chunki toza havoda mikroblar sezilarli darajada kamroq bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'pkasining hayotiy sig'imi ham kichik, kislorodga bo'lgan ehtiyoj yuqori, shuning uchun bola tez-tez va sayoz nafas oladi. Shuning uchun nafas olish mashqlari juda zarur. Bu bolaning umumiy hayotiyligini, chidamliligini, irodasini mustahkamlanishi va uning tanasining nafas olish tizimi kasalliklariga chidamliligini oshirishga yordam beradi. Nafas olish mushaklarini rivojlantiradi, ko'krak qafasining harakatchanligini oshiradi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini va qon aylanishini yaxshilaydi. Bolalarga bu borada "Balon puflaymiz", "Choynak", "Nasos", "Yelkanli qayiq musobaqasi", "Kimning shari balandroq uchadi" va boshqa mashqlar juda katta yordam beradi.

Tetiklantiruvchi gimnastika - har kuni uyqudan keyin bolalarning kayfiyati va mushaklarining harakatchanligini ta'minlash uchun bajariladi. Ko'pincha tetiklashtiruvchi gimnastika mashqlari nafas olish mashqlari va mushaklarni tatiklashtirish mashqlarini o'z ichiga oladi. Bolalar ushbu faoliyat davomida musiqa ohanglaridan foydalanishni juda yaxshi ko'radilar.

Salomatlikni saqlovchi ta'lim texnologiyalari - bu maktabgacha yoshdagi bolalarda valeologik madaniyat yoki salomatlik madaniyatini tarbiyalash texnologiyalari bolaning inson salomatligi va hayotiga ongli munosabatini rivojlantirish, sog'liq to'g'risida bilimlarni to'plash, o'zlashtirish, o'zining salomatligini saqlash qobiliyatini rivojlantirish, valeologik kompetentsiyani egallashga qaratilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan suhbatlar, kuzatishlar va tajribalar jarayonida tarbiyachi bolalarni inson tanasining tuzilishi, uning asosiy tizim va organlari, o'z tanasiga g'amxo'rlik qilish zarurati va unga g'amxo'rlik qilish qoidalari bilan tanishtirib boradi. Tarbiyachi, hamshira turli kasalliklarning oldini olish zarurligini muhokama qilish doirasida bolalarga vitaminlarning foydalari, salomatlik va ovqatlanish o'rtasidagi bog'liqlik, sezgi a'zolarining inson hayotildagi muhim vazifalari, ochiq havo, ovqatlanish, o'quv xonalarida xavfsizlik qoidalari, tanani chiniqtirishda quyosh, havo, suv va shamolning tabiiy foydali hususiyatlari to'g'risida tushuntirib boradilar.

Bolaning ijtimoiy-psixologik salomatligini ta'minlash texnologiyalari - ular bolaning ruhiy va ijtimoiy salomatligini ta'minlaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida va oilada tengdoshlari, kattalar bilan muloqot qilish jarayonida bolaning hissiy rivojlanishi va ijobiy psixologik salomatligini ta'minlashda, musiqa terapiyasi, ertak terapiyasi, psixo-gimnastika va dam olish muhim o'rin tutadi.

Musiqa terapiyasi bolalar salomatligini mustahkamlovchi va bolalarga zavq bag'ishlovchi usullardan biridir. Musiqa ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. "Yaproqlarning shitirlashi", "dengiz shovqini" va boshqa tabiat hodisalarining tovushlari bolalarni tabiatdagi tovushlarini tinglashga va ularni his qilishga o'rgatadi. Sokin ohang, ayniqsa, giperaktiv bolalar uchun samarali bo'lib, ularni tinchlantiradi, atrofdagi dunyoga qiziqishni oshiradi va bolaning madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi. Musiqa terapiyasini bolalarning turli faoliyatlarida: mashg'ulotlarda, sayrlarda, ovqatlanayotganda, yotishdan oldin va uyg'onganda qo'llash ijobiy samara beradi.

Bolalar, shuningdek, psixo-gimnastika mashqlari yordamida o'z hissiyotlarini namoyon qilishni yaxshi ko'radilar ("Kelinglar, kulaylik", "Dengiz bir marta hayajonlanadi ...", "Qanday hayron bo'lishingizni ko'rsating", "Mening aksim" va boshqalar).

Bundan tashqari tarbiyachi bolalarga biror faoliyatdan keyin dam olish va tinchlik daqiqalaridan foydalanishi va ularga ko'zlarimiz yopiq holda jim o'tiramiz; Keling, chalqancha yotib, dam olaylik; Keling, bu go'zal musiqani orzu qilaylik kabi topshiriqlarni berishi bolalardagi ruhan va jismonan zo'riqishni bartaraf etishga yordam beradi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bolaning to'liq jismoniy rivojlanishi va sog'ligi shaxsiyatininsh shakllanishi uchun muhim asosdir.

"Sog'lom bola-muvaffaqiyatli bola" tamoyiliga asoslanib, bolalarni sog'lomlashtirish va jismoniy tarbiya chora-tadbirlarini amalga oshirmay turib, har tomonlama rivojlangan, maktab ta'limida o'qishni davom ettirishga tayyor barkamol shaxsni shakllantirib bo'lmaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatida salomatlikni saqlovchi texnologiyalardan foydalanish o'quv jarayoni va bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. SHu sababli hozirgi davrda MTT sharoitida salomatlikni saqlovchi texnologiyalardan foydalanish pedagogik faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida ta'kidlangan.

Zero, biz uchun asosiysi sog'lom, aqlli shaxsni tarbiyalash va tarbiyalashdir!

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг "Узбекистон Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тугрисида" ги Щ-4312-сон ^арори. 08.05.2019 йил.

2. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камасининг "Болаларни бошлангич таълимга мажбурий бир йиллик тайёрлаш тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида" ги 132-сон ^арори. 09.03.2020 йил.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF 5924-sonli "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida gi Farmoni.

4. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati / O'zDJTI nashriyot-matbaa bo'limi, 2005. - 11-b.

5. Abdullayev Z.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko'nikmalarini rivojlantirish // Academic research in educational sciences 3.1, 2022.

6. Asqarova D. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini o'tkazish usullari // Jurnal Mir issledovaniy, 3/2021. - B. 42-49.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.