Научная статья на тему 'SAHNA NUTQI BO‘LAJAK REJISSORLAR KASBIY KOMPETENSIYASINING MUHIM KONTENTI SIFATIDA'

SAHNA NUTQI BO‘LAJAK REJISSORLAR KASBIY KOMPETENSIYASINING MUHIM KONTENTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
44
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
san’at / san’at ta’limi / kompetensiya / sahna / rejissor / aktyor / sо‘z / badiiy sо‘z / sahna nutqi / nutq madaniyati / pedagogning nutqiy mahorati

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jahongir Mamatqosimov

Mazkur maqolada bо‘lajak rejissorlarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda “Sahna nutqi” fanining spetsifik ahamiyati, sahna nutqini о‘qitishning о‘ziga xos metodikasi, fanning rivojlanishiga hissa qо‘shgan tadqiqotchilarning о‘quv-uslubiy ishlari va ularning ta’limiy ahamiyati, bо‘lajak rejissor va aktyorlar tabiyalashda sahna nutqining ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAHNA NUTQI BO‘LAJAK REJISSORLAR KASBIY KOMPETENSIYASINING MUHIM KONTENTI SIFATIDA»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

SAHNA NUTQI BO'LAJAK REJISSORLAR KASBIY KOMPETENSIYASINING

MUHIM KONTENTI SIFATIDA Jahongir Mamatqosimov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7992562

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak rejissorlarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda "Sahna nutqi" fanining spetsifik ahamiyati, sahna nutqini o'qitishning o 'ziga xos metodikasi, fanning rivojlanishiga hissa qo 'shgan tadqiqotchilarning o 'quv-uslubiy ishlari va ularning ta'limiy ahamiyati, bo'lajak rejissor va aktyorlar tabiyalashda sahna nutqining ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: san'at, san'at ta'limi, kompetensiya, sahna, rejissor, aktyor, so 'z, badiiy so 'z, sahna nutqi, nutq madaniyati, pedagogning nutqiy mahorati.

Yangi davr ta'limiy va tarbiyaviy jarayonlarida pedagog mahorati, ta'limga innovatsion yondoshuv va axborot texnologiyalarini qo'llash, pedagog nutqi va kasbiy kompetensiyasi birlamchi omil bo'lib, mazkur jarayon kadrlar tayyorlashning barcha jabhalariga, xususan san'at ta'limiga ham birdek tatbiq etilishi sifatli ta'lim va yuksak saviyali mutaxassislar tayyorlashning kafolatidir.

Barcha sohalarda kadrlar tayyorlashning o'ziga xos metodikasi bo'lib, san'at ta'limida bu jarayon spetsifik xarakterga egadir. Xususan bo'lajak rejissorlarni tayyorlash pedagogik jihatdan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va tegishli qonun osti hujjatlariga, umumpedagogik nazariya va amaliyotga asoslansa, kasbiy spetsifika jihatidan dunyo teatr ta'limi tan olgan Stanislavskiy sistemasi, Meyerxold biomexanikasi, milliy teatr maktabi va Ustoz-shogird an'analariga hamda boshqa ijodiy uslublarga tayaniladi.

Dunyo san'at ta'limida bo'lajak rejissorlarni tayyorlashda Ustoz-shogird an'analari keng tatbiq etilgan bo'lib, bunda kurs badiiy rahbari asosiy lokomativdir. Shu nuqtai nazardan kurs badiiy rahbari ya'ni pedagog nafaqat badiiy rahbar, tashkilotchi, pesani tushuntiruvchi bo'lib qolmay, balki qog'ozdagi asarni ijodiy jamoa kuchi bilan sahnaviy ifodali vositalar yordamida tomosha shakliga ko'chira oluvchi nodir qobiliyat egasi bo'lmog'i lozim.

Talabaning professional rejissorga aylanishida bosh mezon bu kurs badiiy rahbari -pedagog-ustozdir. Spektaklning badiiy yaxlitligi va badiiy saviyasining kafolati pedagog tomonidan kursda sog'lom va ijodiy muhitni shakllantirishi va kurs ijodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib repertuar tanlash hamda rollarni to'g'ri taqsimlashdan iboratdir [2, 166].

Bo'lajak rejissorlarni tayyorlashda talaba-rejissorlarning badiiy tafakkuri, ijodiy fantaziyasi, dunyoqarashi, tasavvuri, ijodiy qobiliyati birlamchi bo'lib, sahna nutqi, plastikasi, badihago'yligi uni to'ldiruvchi badiiy kontentlar hisoblanadi.

Shu sababli bo'lajak rejissorlarni tarbiyalashda rejissura, aktyorlik mahorati, sahna nutqi, ritmika-plastika, sahna harakati va jangi, patomima, san'at tarixi, teatr tarixi, o'zbek va jahon adabiyoti kabi fanlar asosiy ixtisoslik fanlari hisoblanadi.

Rejissor ijodida so'z ustida ishlash bo'yicha muammoli masalalar keng va xilma-xil. Chunki muallif g'oyasi, uslubi, rejissorning ma'lum bir fikri, xatti-harakatlar to'qnashuvidagi nutq, u orqali yetkaziladi va to'liq obraz yaratishda asosiy mezon sifatida ahamiyatlidir.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Shuning uchun sahnada harakat qiluvchi aktyorni nutqi go'zal, ravon va mazmundor bo'lishi lozim, u tomoshabinni qitiqlay olsin, zavq bera olsin. Nutqning ana shu xususiyatlarini nazarda tutib aytishimiz mumkin-ki - teatr san'atining shohi - aktyor bo'lsa, uning boshidagi toj - so'zdir.

So'z - inson fikrining ifoda vositasi. Butun maqsad-vazifasi inson hayotini go'zal tarzda tasvirlashga qaratilgan aktyor ijodida ham so'zning o'rni beqiyos. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti teatr san'ati ta'limida ham aktyorlar va rejissorlar so'z orqali tomoshabinlarga ijro etilayotgan asarning mazmun-mohiyatini ochib berish, yuksak ijro mahoratiga erishishda sahnaviy nutqning poydevoridan boshlab puxta o'rganishga intiladilar.

Bo'lajak rejissorning ijodiy qobiliyati, aktyorlik mahoratini bevosita tomoshabinga yetkazib berishda sahna nutqi muhim bo'lib, rejissor va aktyor ijodiy hamkorligining badiiy tilidir. Bu jarayon "Sahna nutqi" fanida amalga oshiriladi.

"Sahna nutqi" fani o'z tarixi, metodikasi va spetsifikasiga ega mustaqil fandir. Sahna nutqi - sahnadan turib aytiladigan so'zdir [4, 105].

O'zbek milliy professional teatr san'ati rivojlanishi bilan birgalikda "Sahna nutqi" fani ham rivojlandi va taraqqiy topdi. Mazkur fanning namunaviy meyorlarini M.Uyg'ur, A.Hidoyatov, YE.Bobojonov, SH.Burxonov, O.Xo'jayev, S.Eshonto'rayeva kabi ustoz san'atkorlar ijodiy jarayonlarda amaliy jihatdan takomillashtirgan bo'lsalar, ustoz-pedagoglar N.Aliyeva, L.Xo'jayeva ham ilmiy, ham metodik jihatdan asoslab berganlar.

Talabalar "Sahna nutqi" fanining nazariy-amaliy jihatdan boy va ta'sirchan bo'lgan qiziqarli, murakkab hamda riyozatli ulkan bir ijodiy jarayonini bosib o'tadilar.

Sahna nutqi teatr san'atining ajralmas qismi va aktyorlik mahoratining asosiy ifoda vositasi sanalar ekan, u doimo san'atkorning diqqat markazida bo'lishi, ijro jarayonining eng muhim obyekti sifatida ijodiy izlanishlar silsilasining barcha chig'iriqlarida toblanishi, musaffo va sof holga keltirilishi lozim.

"Sahna nutqi" bu - bo'lajak rejissor va aktyorlarning so'z ijrochiligini badiiylashtiruvchi, ta'sirlantiruvchi, jaranglantiruvchi, nutqiy o'ziga xosliklari, ifoda usullari, nutqdagi yutuq va xatolarni o'rganish, kamchiliklarini esa bartaraf etish holatlarini anglatadi. Teatr islohotchisi K.S.Stanislavskiy ta'kidlaganidek "Nutqdan o'zingizgina rohatlanib qolmay, so'z va ohanglarni tinglovchining qulog'iga sezdirmasdan quyib qo'yish kerak"ligini o'rgatadi [7, 468].

Pedagog-tadqiqotchilar N.Aliyeva, L.Xo'jayeva, S.Inomxo'jayev, A.To'laganov, A.Nosirova, I.Djumanov, G.E.Xalikulova, M.K.Xodjimatova kabilarning ilmiy-tadqiqot va o'quv-uslubiy ishlarida "Sahna nutqi" fanining nazariy-amaliy asoslari yoritilishi bilan birgalikda bo'lajak rejissorlarning kabiy kompetensiyalarini takomillashtirishda sahna nutqining muhim kontent ekanligi, o'qitish metodikasining o'ziga xos jihatlari alohida tadqiq etilganligi bilan metodologik xarakter kasb etadi.

Teatr sahnasida eshitilishi shart bo'lgan so'z va so'z birikmalarini aniq va ravon, ma'lum bir g'oyani o'zida ifodalovchi, o'z maqsadiga ega bo'lishi shart. Ana shu vazifani bajaruvchi fan "Sahna nutqi" fanidir [6, 7].

Tadqiqotchi S.Inomxo'jayev "Sahna nutqi" fanining tarkibiy qismlarini ikkiga: sahna nutqi texnikasi va badiiy o'qishga ajratib tatqiq etgan. Jumladan, birini qismdagii sahna nutqi texnikasi bir-biriga o'xshamagan lekin o'zaro uzviy aloqador bir-birini to'ldiruvchi qator tarkibiy komponentlardan: artikulyatsiya, diksiya, orfoepiya, nafas va ovozdan tashkil topishi, ikkinchi qism badiiy o'qish murakkab bosqichlarni o'z ichiga olgan. Bular shartli ravishda

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ifodali o'qish, badiiy o'qish, badiiy so'zdan tashkil topadi. Bular aslida bir-biridan ajratilishi juda murakkab, g'alati jarayon. Biroq o'rganish jarayonida va nazariy jihatdan ularga ayni bir hodisa tarzida qarab bo'lmaydi [1, 16].

Oliy ta'lim dargohiga endi qadam qo'ygan talabaning imkoniyatlarini sinab ko'rish, uni "o'rganish" maqsadida gapirtirib ko'rish, o'qitib ko'rish, ijro ettirib ko'rish bosqichlaridan boshlab, har bir talabaga xos fazilatlar rag'batlantirilib, nuqsonlar bartaraf etib boriladi.

Texnik mashqlar boshlanishi bilan talaba o'zi bilgan narsalarni emas, balki ustoz-pedagog yo'llanmasi doirasidagi matnlar - maqollar, matallar, tez aytishlar, she'riy lavhalar, hikmatli so'zlar va hadislar bosqichiga o'tishi bilan mas'uliyat oshadi va ana shu bosqichning o'zidanoq professional tarbiya jarayoni boshlanadi.

Demak, endilikda talaba o'zi bilgan narsalarni emas, balki o'zi bilmagan, lekin bilishi zarur bo'lgan haqiqatlarni, o'zi uchun yangilik bo'lgan professional qonun-qoidalarning dastlabki elementlarini o'zlashtirishga majbur bo'ladi. Shuning uchun so'z ustida ishlash jarayoni o'quv dasturining birinchi bosqichidan oxirgi cho'qqisigacha uzluksiz davom etadi.

Masalaning ikkinchi tomoni - aksiomasi ham mavjud. Gap shundaki, muayyan bosqichdan so'ng, talabalar texnik mashqlar havosini oldi-ku, deb bu muhim jabha tashlab qo'yilmaydi. Aksincha, texnik mashqlarning dastlabki bosqichlaridanoq so'z san'ati talablariga qat'iy rioya etilganligi kabi matn ustida, badiiy so'z ustida ishlash bosqichlarida ham texnik mashqlar - artikulyatsiya, diksiya, nafas va ovoz mashqlariga tegishli, mantiq taqozo etgan darajada vaqt ajratiladi [3, 107].

So'z san'ati talqini jarayoni ham mantiq taqozosi bilan oddiydan murakkabga, soddadan mukammallikka, milliylikdan umumjahoniylikka tomon yo'nalishda kechadi.

Xulosa sifatida qayd etish lozimki, nutqning ravon va aniq bo'lishi sahna asarlarini mazmunini tez anglashga, mohiyatini tushunishga yordam beradi. Teatr xalqni tarbiyalovchi vosita bo'lganligi uchun sahna nutqi ana shu vositani ajralmas qismini tashkil etadi. Demak teatr san'atini sahna nutqidan ajralgan holda tasavvur etish mumkin emas ekan.

REFERENCES

1. Inomxo'jayev S. Badiiy o'qish asoslari. O'quv qo'llanma. - Toshkent: O'qituvchi, 1973. -180 b.

2. Mamatqosimov J.A. Aktyorlik mahorati. - Toshkent: Lesson Press, - 220 b. 166

3. Nosirova A. Jonli so'z san'ati. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Meros, - 328 b.

4. Rasulova A. Sahna nutqi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Musiqa, 2009. - 208 b.

5. Stanislavskiy K.S. Rabota aktyora nad soboy. - Moskva: Iskusstvo, 1955. - 468 s.

6. To'laganov A. Sahna nutqi. Darslik. - Toshkent: Musiqa, 2010. - 326 b.

7. Станиславский К.С. Работа актёра над собой. - Москва: Искусство, 1955. - 475 с.

8. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

9. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

10. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

11. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

12. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

13. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

14. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

15. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

16. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

17. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

18. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

19. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

20. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

21. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

22. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

23. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 883887.

24. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

25. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

26. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

27. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

28. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.