Научная статья на тему 'BADIIY SО‘Z IJROCHILIGIDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR'

BADIIY SО‘Z IJROCHILIGIDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
614
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / innovatsiya / interfaol / uslub / pedagogika / metodika / san’at / teatr / talaba / aktyor / yangilik / texnologiyа

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nigora Abdurahmanovna Karimboyeva

Mazkur maqolada san’at va madaniyat ta’lim sohasida joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, о‘qitishning zamonaviy, interfaol uslublari, teatr san’ati ta’limidagi yangiliklar va uning ilmiy-amaliy asoslariga diqqat qartildi. An’anaviy о‘qitish metodi va zamonaviy pedagogik ta’lim samaradorligi tо‘g‘risidagi fikr va mulohazalar maqola mazmunini tashkil etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY SО‘Z IJROCHILIGIDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR»

BADIIY SO'Z IJROCHILIGIDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY

METODLAR

Nigora Abdurahmanovna Karimboyeva nigorkarimbaeva@gmail .com

O'zDSMI

Annotasiya: Mazkur maqolada san'at va madaniyat ta'lim sohasida joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, o'qitishning zamonaviy, interfaol uslublari, teatr san'ati ta'limidagi yangiliklar va uning ilmiy-amaliy asoslariga diqqat qartildi. An'anaviy o'qitish metodi va zamonaviy pedagogik ta'lim samaradorligi to'g'risidagi fikr va mulohazalar maqola mazmunini tashkil etadi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, innovatsiya, interfaol, uslub, pedagogika, metodika, san'at, teatr, talaba, aktyor, yangilik, texnologiya.

TRADITIONAL AND MODERN TECHNIQUES IN ART WORD

PERFORMANCE

Nigora Abdurahmanovna Karimboyeva nigorkarimbaeva@gmail .com

UzSIAC

Abstract: This article focuses on innovative technologies in the field of art and culture education, modern, interactive teaching methods, innovations in the education of theatrical arts and its scientific and practical basis. Opinions and comments on the effectiveness of traditional teaching methods and modern pedagogical education form the content of the article.

Keywords: Education, innovation, interactive, style, pedagogy, methodology, art, theater, student, actor, innovation, technology.

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolgayetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz -yoshlarning o 'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat. (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so 'zlagan nutqidan.)

Hozirgi kunda sahna nutqi va badiiy so'z mahoratini egallashda an'anaviy maktab bilan birga, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar joriy etilgan. Bu esa o'z o'rnida o'zbek milliy san'atining dunyo san'atlari bilan yonma-yon tura

nRVEI^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

olishini, yosh ijodkorlari esa dunyo miqyosida o'zining san'atini namoyon qilaolishida bir qancha qulayliklarni o'zida jamlagan.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ijodkor talabalar ongiga singdirishda, avvalo milliy qadriyatlar, urf-odatlar, milliy g'oya va mafkurani asos qilib, uning atrofida innovatsion texnologiyalar hamda o'qitish metodikasini yangilash borasida izlanish olib borilayotganini kuzatishimiz mumkin. Shu o'rinda badiiy so'z mahoratini egallashda artikulyatsiya, diksiya, nafas va ovoz maromlarini chiniqtiruvchi hamda ravonlashtiruvchi mashqlarning audio-treninglarini tashkil etish, turli fikr almashinuvi, tasavvur kengligini yaratishdagi mashg'ulotlarning olib borilishi, ijodiy davra suhbatlari va baxs-munozalarning tashkil etilishi ijodiy muhitning o'sishida amaliy ko'mak beradi.

"Sahna nutqi" kafedrasida uzoq yillar faoliyat olib borgan mahoratli va tajribali ustoz Isoqtoy Djumanov talabalarning radio - televizor, gazeta - jurnallar, kompyuter, internet tarmog'i, turli muloqotlar orqali ko'plab axborotlar bilan doimiy muloqotda bo'lib turishi davr talabi ekanligi ta'kiblab kelgan. Dars mashg'ulotlarini samarali va mazmunli tashkil etishda "pedagogning o'zi ilg'or usullar bilan dars o'tishi, talabalarning darsga bo'lgan qiziqishini idrok eta olishi, shundan kelib chiqib, ko'proq erkin fikrlashga, keng dunyoqarashga yo'naltira olishi davr taqozosi qilib belgilangandir. Holbuki, ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik tajribalarga tayanish, texnik vositalaridan unumli foydalanish, ekskursiyalar va noan'anaviy o'yin mashg'ulotlarini tashkil etish, auditoriyada vaqti - vaqti bilan turli baxslar uyushtirish samarali natijalar beradi1" deydi.

Ijro mahoratida interfaol usullarni qo'llash pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi. Zero, pedagogik texnologiya o'z oldiga ta'lim shaklllarini muqobillashtirish vazifasini qo'ysa, ijrochi esa tahsil olish jarayonida tinglab tushunish, uni anglash va og'zaki nutqni o'stirishda katta izlanish yo'lini bosib o'tishi darkordir. Agar talabaga yuksak bilim va ko'nikmalar an'anaviy hamda zamonaviy uslublarda taqdim etilsa-yu, talaba buni o'zining mustaqil izlanishlari va amaliy ijrolarida boyitmasa, mustahkamlamasa, unga taqlid qilgan bo'ladi va natijada zamonaviy bilimlar almashinuvining qo'llanilganligi besamar ketadi. Negaki, bilim berish va bilim olish o'rtasida katta amaliyot o'tash jarayoni negiz qilib ko'rsatilgan. Mana shu amaliyot ijrochining o'zida mustaqil tarzda olib borilmasa, egallagan bilim va ko'nikmalar nazariy jihatdan fikr va tasavvurlarda qolib ketishi, jismoniy va ruhiy ko'rk topa olmasligi mumkin.

Har bir sohada bo'lgani kabi, san'at va madaniyat sohasida ham innovatsion texnologiyalarning samarali va mazmunli tashkil etilayotganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. O'qitish tizimida innovatsion texnologiyalarning mazmundorligi, aniqligi, tinglovchini tezkor fikrlashga, o'z fikrini aniq va ravon yetkaza olishda, diqqatni

1 Djumanov I. Sahna nutqini egallashda interaktiv usullardan foydalanish. / ma'ruza matni. - T.: 2012. I ícOT^^^^H 853 http://oac.dsmi-qf.uz

mustahkamlashda, qiziquvchanlikni oshirishda, vaqtni unumli taqsimlashda qo'l kelishi o'zining amaliy isbotini topmoqda.

Shuning uchun ham o'qitishning interaktiv uslublari ijrochilik mahoratiga singib ketaoldi. Negaki, ijrochilik mahorati o'z zamirida shu kabi vazifalarni birlashtirgani bilan ahamiyatlidir. Ijrochilik mahoratini egallashda interaktiv usullardan aqliy hujum, insert, klaster, arralash, dumaloq stol va boshqalardan foydalanilgan holda darslarning olib borilishi natijasida talabalarning darsda faol ishtirok etishi, qiziqib ishlashi, bilimlarni yaxshi o'zlashtirib olishi, o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalanishini kuzatish mumkin.

Shu o'rinda yuqorida sanab o'tilgan pedagogik texnologiyalarni amaliyot bilan uyg'unlashtirib ko'ramiz:

"Aqliy xujum" metodi - muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llaniladigan metod. Ijrochilik mahoratida biron bir asar tanlanadi, unda voqealar izchilligi o'rganiladi, asarda aks etgan muammolar tahlil qilinib, ijrosi shakllantiriladi, ijrochining va avtorning g'oyasi, maqsadi uyg'unlashib, asarda ko'tarilgan muammolar o'z yechimini topadi. Ijrochining oliy maqsadi va ijro talqinining to'g'ri yo'nalganligi bilan muammolar o'z yechimini topadi. Bu metod aynan aktyorlik va badiiy so'z ijrochiligi mahoratining shakllanishida azaliy an'anaviy metod sifatida keng qo'llanilib kelingan.

"Nima uchun" medodi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo'yicha fikrlar zanjiri, tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. Asarni o'rganish jarayonida pedagog va talaba o'rtasida bo'ladigan ijodiy tortishuv, ya'ni asarda yashiringan g'oyani topishda talabani oliy maqsad va g'oyaga yetib kelgunigacha bo'lgan savol-javoblar "nima uchun" tartizida shakllanib boraveradi. Bu jarayon ko'proq talabaning o'zi mustaqil fikr yuritishini ta'minlab beradi.

"Klaster" metodi - fikrlarning tarmoqlanishidir. Bu pedagogik strategiya bo'lib, u talabalarning biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq uzviy bog'lagan holda ketma-ketlikda tarmoqlashni o'rgatadi. Bunda talaba bir asarni o'rgana turib, uni har tamonlama kuzatib chiqadi. Muallif asarda bosh qahramonni vatanparvarlik ruhida gavdalantirgan bo'lsa, ijroda uning tashqi va ichki dunyosi, yoshi, qiziqishlari, ko'rinishi, shijoati, kuch-qudrati, yaxshi va yomon fazilatlari va shu kabi boshqa xislatlarini tarmoqlab o'rganib chiqadi va uni yaxlit bir ideal inson sifatida gavdalantirib beradi va uning maqsadi ijro jarayoniga ko'chadi.

Interaktiv usullardan yana biri "muammoli ta'lim" metodidir. Bunda talabalarni matn yuzasidan mustaqil fikrlashiga qaratilgan muammoli vaziyat o'rtaga qo'yiladi. O'rtaga tashlagan muammoli vaziyat birinchidan talabalarning fikrlash tezligini, ikkinchidan fikrini to'g'ri tushuntira olishini, uchinchidan o'z fikrining sobitligiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashda yordam beradi.

I icOT^^^^H 854 http://oac.dsmi-qf.uz

Pedagogik texnologiyalarning har biri talabalarning mutaxassis bo'lib shakllanishiga xizmat qiladi. Shu o'rinda an'anaviy o'qitish metodikasining asosini tashkil etgan "mukammal ijro namunalari" deb nomlangan audio va video lavhalar bilan ham tarbiyalash, an'anaviy ijrolarni taqqoslash, bundan tashqari tahlil va talqin deb nomlangan dars ichidagi dars tizimi orqali talabalarning namoyish etilgan ijrolarni har bir talaba o'rtasida tahlil qilish, o'zaro fikrlar almashinuvi bilan olib borish metodikaning keng qamrovliligini anglatadi. Bunday usullarning qo'llanilishi darsga talabalarning ham ruhan, ham aqlan, ham jismonan tayyor turishini va mustahkam bilimlarni egallashini anglatadi. An'anaviy ijrochilik maktabida zamonaviy pedagogik texnologiyaning interaktiv usullaridan foydalanish talabalarning asosli va puxta bilim olishini ta'minlaydi.

An'anaviy o'qitish tizimiga yondashilgan holda olib borilgan pedagogik ta'lim necha ming yillik tarixiy jarayonni o'z ichiga qamrab olgan va metodikaning unumli va samarali jarayonlarini taqdim etib kelmoqda. Ta'lim sohasidagi ommaviy modernizatsiya jarayoni biroz qiyinchiliklar bilan boshlangan va targ'ib qilingan bo'lsa-da, san'at va madaniyat ta'lim sohasini ham to'liq qamrab oldi. Aynan san'at va madaniyat ta'limida ham joriy etilgan modernizatsiyalarga ko'nikish talabalar va pedagog kadrlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarida biroz qiyinchilik tug'dirdi, negaki, san'at ta'limining takrorlanmas va o'ziga xos o'qitish maktabi bor, bu an'anaviy maktabda kechinma san'ati borki, buni hech qanday shakl va vositalar qolipiga joylashtirib bo'lmaydi. Lekin shunga qaramay, ta'limning barcha yo'nalishlarida aks etgani kabi san'at ta'limining ham barcha sohalarida innovatsion o'qitish tizimining ilmiy va amaliy shakllari joriy qilinib, talabalarning ilmiy-amaliy salohiyatini yanada oshirishga bo'lgan qiziqish va intilishlarning ijobiy natijalari o'qitish tizimida aks etmoqda. Chunki, san'at ahli doimo izlanishda, yangiliklar tarafdori.

Ta'limni modernizatsiya qilishdan asosiy maqsad ham ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchining ilmiy va amaliy layoqatini oshirish, rejalashtirilgan ishlar ko'lamining samaradorligini belgilash, kutilgan natijaga erishish, ilm va tarbiyada to'g'ri hamda mukammal yo'lni belgilab olishdir. Shuning uchun ham ta'limning barcha jabhalarida innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi va amalda ijobiy natijalarni ko'rsatayotgani ta'limning to'liq modernizatsiyalashganidan darak beradi.

Ta'lim sohasida an'anaviy o'qitish tizimi bo'ladimi, innovatsion pedagogik texnologiyalar bo'ladimi, bularning barchasi talabalarning yetuk va komil shaxs bo'lib tarbiyalanishiga xizmat qiladi. So'nggi yillarda ta'lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik uslublar ta'lim mazmunini tubdan o'zgartirib yubordi desak mubolag'a bo'lmaydi. Zamonaviy pedagog dars jarayonida "aktyor" emas, aksincha "rejissyor" bo'lishi kerakligini anglashi lozim. U talabalarni fanga qiziqtirishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, pedagogik texnologik

I ¡biS^^^^HI 855 http://oac.dsmi-qf.uz

usullardan foydalangan holda darsni mazmunli tashkil etishi kerak bo'ladi. Shundagina, ijrochilik maktabidan mustahkam bilim, qunt va sabrli mehnat bilan chiniqqan hamda ustozlar yo'lini tutgan, an'anaviy hamda zamonaviy bilim bilan qurollangan badiiy so'z ustalari yetishib chiqadi. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning "Biz farzandlarimizni o'zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo'shliq vujudga kelishigi yo'l qo'ymasligimiz lozim, farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo'lishi shart", - degan so'zlarida olam-olam ma'no-mazmun aks etganini ko'rishimiz mumkin. Yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan to'g'ri va unumli foydalanish, har bir ijodkorning qalbida buyuk ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarning barq urishida barcha samarali va salmoqli xissa qo'shishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning "jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish"ga qaratilgan ishlari ta'lim sohasining davlat siyosati darajasida o'rganilib, yangi-yangi imkoniyatlar bilan takomillashib borayotganidan darak beradi. O'zbekiston kelajagi har bir insonning ezgu amallari va niyatlari bilan ravnaq topishida ekanligini qalban anglab yetsak va shularga amal qilsakgina, biz ko'zlagan maqsadlarga yetishishda porloq yo'lda ekanligimizni xis qilamiz va oliy maqsadlarimiz sari nurli qadamlar bilan kelajakda o'z o'rnimizni hamda yuksakligimizni topamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: 2008. "Ma'naviyat", - 176 b.

2. Mirziyoyev SH.M. Bilimli avlod-buyuk kelajakning, tadbirkor xalq-farvon xayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. - T.: 2019. "O'zbekiston", - 64 b.

3. Mirziyoyev SH.M. O'zbekiston - yoshlar mamlakati. 24 Iyul 2019 y.

4. Ishmuhammedov R, Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar (ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma). - T.: "Nihol", 2013. - 277 b.

5. Mirsoliyeva M., Ibragimova G. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (metodik tavsiyanoma). - T.: 2015. - 25 b.

6. Qosimova Z. Oliy ta'limda bo'lajak aktyorlarni tayyorlashda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash. / Zamonaviy ta'lim. 2017 y. № 5.

856

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.