Научная статья на тему 'TALABALARNING SAHNA NUTQINI OSHIRISHDA SO‘Z BOSH OMIL SIFATIDA'

TALABALARNING SAHNA NUTQINI OSHIRISHDA SO‘Z BOSH OMIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
151
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sahna nutqi / talaba va pedagog / badiiy o‘qish / interaktiv metodlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ajiniyaz Ayapbergen O‘g‘li Utepbergenov

Maqolada talabalarning sahna nutqini oshirishda so‘zning ahamiyati va o‘rni haqida fikr-mulohoza yuritilgan. Talabalarning nutq madaniyatini oshirishda sahna nutqi fanida zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING SAHNA NUTQINI OSHIRISHDA SO‘Z BOSH OMIL SIFATIDA»

TALABALARNING SAHNA NUTQINI OSHIRISHDA SO'Z BOSH OMIL

SIFATIDA

Ajiniyaz Ayapbergen o'g'li Utepbergenov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada talabalarning sahna nutqini oshirishda so'zning ahamiyati va o'rni haqida fikr-mulohoza yuritilgan. Talabalarning nutq madaniyatini oshirishda sahna nutqi fanida zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: sahna nutqi, talaba va pedagog, badiiy o'qish, interaktiv metodlar.

SPEECH IS THE MAIN FACTOR IN IMPROVING STUDENTS' STAGE

SPEECH

Ajiniyaz Ayapbergen oglu Utepbergenov Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The article discusses the importance and role of speech in improving students' stage speech. Recommendations are given on the use of modern interactive methods in the science of stage speech to improve students' speech culture.

Keywords: stage speech, student and teacher, artistic reading, interactive methods.

Inson o'z fikrini - so'z orqali ifoda etadi. So'z aniq bir maqsadga yo'nalsa, aniq talaffuzga erishilsa, insonlarning bir-biri bilan yaqinlashuviga, o'zaro bir-birlarini tushunishiga olib keladi. Nutq teatr san'atining barcha javhalarida, televideniya va radioda muhim o'rin egallaydi. Sahna nutqi esa teatr sahnasi uchundir. Teatr sahnasidan eshitilayotgan aktyorning nutqi aniq va ravon, ma'lum bir g'oyani o'zida ifodalovchi, o'z maqsadiga ega bo'lishi shart. Ana shunday vazifani bajaruvchi fan bu "Sahna nutqi" fanidir. Sahnada so'zning qadri, vazifasi, yuki hayotdagidan ko'ra bir necha marotaba ortishini, uni tomoshabinga aniq va tushunarli yetkazib berish nechog'li ahamiyatli ekanligini his qilgan pedagog ham talaba ham sahnaviy ta'sirchan nutq masalasiga eng ustuvor jihatlardan biri, "so'z - sahna san'atining qon tomiri" ekanligiga amal qilib yondashmog'i lozim.

Shunday ekan, talabalarning faoliyatida badiiy va ifodali nutq alohida o'rin tutadi. Nutqning ravon va aniq bo'lishi sahnaviy asarlarning mazmunini tez anglashga, mohiyatini chuqur tushunib yetishga yordam beradi. Bu esa talabaning o'z nutqi ustida uzluksiz ishlab borishi va uni o'stirib borishi, takomillashtirishi yo'lida

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

tinmay mehnat qilishi zarurligini ko'rsatadi. Adabiyot va san'at asarlari milliy boylikdir. Badiiy asarlarning ta'sir kuchi juda buyuk, lekin bu faqat asaming g'oyaviy mazmuni, badiiyati bilangina emas, balki ifodali o'qish san'atini qo'llay bilish me'yori bilan ham bevosita bog'liqdir. Chunki ifodali so'z badiiy asaring g'oyaviy boyligini tushunishga katta yordam beradi[1:4].

"Sahna nutqining teatr san'atidagi tutgan o'rni beqiyosdir. Shu bois fanni egallash zarurati talabalar uchun g'oyatda muhim sanaladi. Maqsad so'z san'ati bilan shug'ullanuvchi ijodkorlarning sahnaviy nutqi bebaho, ziynatli nutq bo'lsin" Agar nutq organining biror qismida kamchilik mavjud bo'lsa, yoki biror qismi yomon ishlasa meyorda so'zlashuvga to'sqinlik qiladi. K.S.Stanislavskiy aytganidek, "Yaqshi ijrochida, aktyorda har bir unli va undosh aniq eshtilish kerak. Ana shundagina u so'zning nima ekanligini tushunadi va u so'zni seva biladi. Agar shunga odatlansa, ma'nosiz vaysamaydi". Ovoz kushini tashkil etish hamda nutqni tinglovchiga yetkazishda nafas vosita vazifasini bajaradi.

Shu bois nafas olishni to'g'ri yo'lga qoyish va chiniqtirish, ovozni jarangdor bo'lishiga va jumlalarni mantiqan yaxlit, o'zaro uzviy bog'liq holda talaffuz etishda muhim rol o'ynaydi[2:318]. Sahnaviy nutq keng fikr, chuqur mulohaza, o'z millatimiz tarixiy ildizlarini aniq bilish, ularga mehr bilan yondashgan ziyolilardagina yaxshi tarbiyalanadi, jaranglaydi, parvoz etadi. Bu muammolarni esa oilaviy muhit ziyosi - maktab o'qituvchilari, ayniqsa, ijtimoiy fanlar ustozlari o'zlarining tilga, nutqqa e'tibori yoshlarga andoza bo'lishi, oliy o'quv yurtida esa boy tariximiz, adabiyotimiz, ayniqsa, she'riyatimizga murojaat etish ularni lug'at orqali bo'lsa-da, qiynalmasdan tushunish, ijro eta olish malakasiga erishish zarur [3:319].

Hozirda esa uning rang-barang zamonaviy texnika vositalari orqali muloqatda bo'lish shakllari ham ommalashib bormoqda. Garchi shunday bo'lsada, nutq kabi ijtimoiy til birliklariga munosabat hamma davrlarda bir xil bo'lgan. Ajdodlarimiz so'zni, nutqni ilohiy ne'mat va hikmat deb qarashgan. Uni to'g'ri va o'rinli qo'llay bilish notiqlarga, suxandonlarga nasib etgan. Alisher Navoiy "Ko'ngil duri ichra guhar so'z durur, Bashar gulshanida samar so'z durur," - deb yozgan edi. Shunday ekan, o'rinli so'z, jozibali nutq xalq bilan bog'liq va birlikning tayanchidir. ...So'z xatti-harakatning turli so'z muloqati, (muloqatning maqsadi, insonlarning yoshi bilan bog'liq xususiyatlari, ularning bir-biri bilan tanishligi, bir-biriga bog'liqligi, ular ovozlarining xususiyati, mimikasi, qo'l harakatlari va h.k) kabi shart-sharoitlar orqali so'zning ta'sirchanligini oshirish mumkin. So'z nutq hosil qilishning bosh omili ekan, demak, uning harakatlarining ma'no darajasini yaxshi bilish lozim[4:68].

Aktyor o'z ishi jarayonida syujetni, xarakterni tahlil qiladi. Muallifni o'rganadi, g'oyaviy maqsadini aniqlaydi. Xarakter talqinida atrof tabiatni bir - birga munosabatini aniqlaydi, qahramonning ichki dunyosiga kirib boradi. So'z mohiyati (harakati)ni ochish jarayoni ikkala san'at turida bir xil uslubda kechadi. So'z harakati

I icclT^^^^H 617 http://oac.dsmi-qf.uz

jarayoninni aktyor spektaklni tayyorlash jarayonida o'taydi. voqeani aniqlash ham aktyorni, so'z ustasi - (ijrochi)ning ijodiy jarayoni markazida turadi. Ana shu birlik teatr san'ati uslubiyotining, umumiyligini ko'rsatadi. "Sahna nutqi" mashgulotlarida badiiy so'z, faqat nutqiy ifodaviylikni o'rganuvchi vositagina bo'lmay, u ko'rishni, fikrlashni, munosabat bildirishni, baholashni, g'oya bilan qiziqishni, mavzuni aniqlashni, hikoyadagi oliy maqsadni tushunishni ham o'rgatadi.

Yutuqning asosi aktyorlik mahorati bilan sahna nutqi uslubining birligidadir. Spektakldagi so'z harakati bilan badiiy so'z ijrosidagi umumiylik sahna nutqini o'rganish uslubining ham asosini tashkil etadi. Sahna nutqi darslarida hikoya, she'r matnlaridan foydalaniladi. So'z ustida ishlanganda rolni yoki hikoyani o'qibgina qolmay, so'z harakatiga erishish muhim sanaladi. Mashgulotlarda adabiy asar mohiyatidan kelib chiquvchi aktyor psixotexnikasi unsurlari ham tarbiyalanadi [5:5].

Sahna nutqining asosiy shartlaridan biri badiiy o'qish ustida ishlash, inson nutq madaniyatini oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Aynan badiiy o'qish insonga uning ichki va tachqi nutq texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. Badiiy o'qish bu adabiy asarlarni batafsil o'rganish vositasidir, bu o'z navbatida jamiyatning madaniy darajasini o'stiradi. Nutq san'ati tilni yangi ifodalar bilan boyitadi, bu tabiiyki har bir kishining madaniyatlilik darajasini belgilaydi. Badiiy o'qish ustida ishlash yuksak estetik didni hosil bo'lishiga va nutq madaniyatini tarbiyalashga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda sahna nutqi fan sifatida shakillanish jarayonida mazkur fanninig metodologiyasini va pedagogikasini yaratgan ustoz -pedagoglar ilmiy-ijodiy faoliyati, ularning pedagogik mohorati ilmiy -amaliy jihatdan chuqur tadqiq etilmog'i lozim.

Inson kamdan kam hollardagina bir o'zi bo'ladi, lekin hayotining asosiy qismida boshqa insonlar bilan uzviy muloqotda bo'ladi. Ikki kishi bir-biri bilan uchrashdimi, albatta ular o'rtasida davomli suhbat shakllanadi. Ular o'rtasidagi muloqotning uzviylik darajasi, suhbatning naqadar qiziqligi, bir-birlarini qanday eshitishi, sitqidildan eshitayaptimi yoki yo'ligami, shunga bog'liq. Qolaversa, tashqi ko'rinishdan tashqari, insonning ichki, ko'zga ko'rinmaydigan ruhiy holati katta ahamiyatga ega. Muloqot jarayonida siz hamsuhbatingizni tushunishga harakat qilib, uning ichki dunyosini "uning shaxsiy menini", uning ko'zlaridan qidirasiz. Suhbat jarayonida suhbatdoshlar bir-birlarining qalblarini tushunishga harakat qilib, muloqotlari uzviy bo'lishini xohlaydilar. "Suhbat jarayonida faqat gap bilan yoki savol-javob bilangina chegaralanib qolmay, balki o'zingiz bilmagan holda bir-biringizni sinash jarayoni kechishini sezasizlarmi", - deydi. K.S.Stanislavskiy "Sizlarda suhbatdoshingizga bo'lgan diqqatning oshishi, uning har bir harakatini, sezgilarini his-hayojonlarini aniq ilg'ab ola boshlaganingiz natijasida vujudga keladi", oqibatda ichki so'zli yoki so'zsiz aloqa shakllanadi. K.S.Stanislavskiy

bunday ko'zga ko'rinmas muloqot shaklini "nur qabul qilish" yoki "nur chiqarish" deb nomlaydi.

Stanislavskiy so'z muloqotiga katta ahamiyat beradi. "Tabiatdan biz shunday yaratilganmizki, - deydi Stanislavskiy. - birbirimiz bilan so'z orqali muloqotda bo'lsak, nima haqida suhbat qilinayotgan bo'lsa, uni ichki ko'rishimiz bilan ko'rib, shundagina u haqida gapiramiz. Agar biz boshqa odamni tinglayotgan bo'lsak, avvaliga quloq bilan qabul qilib, so'ng eshitganiniizni ko'zimiz bilan ko'ramiz. So'z aktyor uchun faqatgina tovush cmas, balki u obrazlarni jonlantiruvchi vositadir. Shuning uchun sahnaviy muloqotda faqatgina quloqqagina emas balki, ko'zga ham e'tiborni qaratish lozim"[6:27].

Shunday qilib, aktyor faqatgina qanday muloqot qilishni, harakat qilishni bilibgina qolmay, balki partnyorning xatti-harakatini kuzatib, uning harakatiga tobeligini sezib, partnyorining harakatiga diqqat bilan qarab, atrofda bo'layotgan voqealarga, muloqot davomida kutilmagan hodisalarga tayyor bo'lishi kerak. Partnyorga qarashning o'zigina kifoya qilmaydi, balki uni eshitish, tushunish, sezish kerak. Haqqoniy muloqot partnyorlarning bir-biriga uzviy, tushungan holdagi muloqoti sezilmas darajadagi intonasiyasi, boshqasini intonasiyasini o'zgarishi natijasida namoyon bo'ladi. Muloqot natijasida barcha hodisalar beixtiyor vujudga kelishi kerak. Bunga ikkala partnyorning ichki, haqqoniy diqqati va organik xattiharakatlari orqaligina erishish mumkin. K.S.Stanislavskiy o'zining keyingi ijodiy faoliyati davomida muloqotni birgalikdagi xatti-harakat natijasida yuzaga keladigan faol kurash jarayoni deb ta'kidlab, unda kurash predmeti aniq belgilanib, yetakchi xattiharakat va qarshi xatti-harakatni aniqlab olish kerakligini uqtiradi. K.S.Stanislavskiyning qolgan barcha elementlari tasavvur, mushaklami bo'shatish, emosional xotira, ruhiy hayot dvigateli, sahnaviy sezgi, xarakterlilik va h.k.lar amaliy mashg'ulotlar j arayonida egallanadi [28].

Shunday ekan, nutqni rivojlantirishda asosiy e'tiborni dars jarayonida foydalanish zarur bo'lgan interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar va axborot texnologiyalariga qaratish joiz. Ma'lumki, an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi.

Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o'quv jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir[8:12].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rasulova A. Sahna nutqi. - Toshkent: Musiqa nashriyoti, 2009. - 208 b.

2. Toxirov O. Sahna nutqi fanining nazariy asoslari//konf. Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o'rganishda fan va innovatsiyalar uyg'unligi. -Noshkent.: Fan ziyosi. - 501 b. (316-319 b).

3. O'sha yerda.

4. Nosirova A. Teatrlashtirilgan tomoshalarda badiiy so'zning ahamiyati// konf. Nomoddiy madaniy meros va etnomadaniy qadriyatlar. - Toshkent.: Navro'z. 2014. -190. (66-70 bb).

5. Alimjonova Y., To'laganova A. Sahna nutqi. - Toshkent:. 2005. "Fan" nashriyoti. 114 b

6. Ahmedov F., Yusupova M, Estrada aktyori mahorati. - Toshkent: 2007 y. Elektron manba. - 40 b.

7. O'sha yerda.

8. Oripova M. O'zbek tili darsarida og'zaki nutqni rivojlantirish usullari. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture №2. - Tashkent 2022. www.in-academy.uz. - 43 b. (11-13 b)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.