Научная статья на тему 'ESTRADA AKTYORLIGI SAN’ATIDA KADRLAR TAYYORLASH MASALALARI'

ESTRADA AKTYORLIGI SAN’ATIDA KADRLAR TAYYORLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
76
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniyat / san’at / teatr / sahna / aktyor / rejissor / badiiy did / badiiy tafakkur / sahna etikasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sohibjon Valiyev

Mazkur maqolada estrada aktyorligi san’atida kadrlar tayyorlash masalalari yoritilgan bо‘lib, bunda talabalarning ma’naviy olami, badiiy did masalasi, talabalarning kasbiy mahorati, mutaxassislik fanlari pedagoglarining kasbiy mahorati kasbi masalalar tatqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTRADA AKTYORLIGI SAN’ATIDA KADRLAR TAYYORLASH MASALALARI»

ESTRADA AKTYORLIGI SAN'ATIDA KADRLAR TAYYORLASH

MASALALARI

Sohibjon Valiyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada estrada aktyorligi san'atida kadrlar tayyorlash masalalari yoritilgan bo'lib, bunda talabalarning ma'naviy olami, badiiy did masalasi, talabalarning kasbiy mahorati, mutaxassislik fanlari pedagoglarining kasbiy mahorati kasbi masalalar tatqiq etilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, teatr, sahna, aktyor, rejissor, badiiy did, badiiy tafakkur, sahna etikasi

ISSUES OF STAFF TRAINING IN THE ART OF POPULAR ACTING

Sohibjon Valiyev Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article covers the issues of personnel training in the art of pop acting, in which the spiritual world of students, the issue of artistic taste, the professional skills of students, and the professional skills of pedagogues of specialized subjects are explored.

Keywords: culture, art, theater, stage, actor, director, artistic taste, artistic thinking, stage ethics

Har bir sohaning rivoji va taraqqiy etishi bevosita kadrlar salohiyati va kadrlar tayyorlash jarayoniga bevosita bog'liq bo'lib, Yangi O'zbekiston taraqqiyotining dolzarb masalasi sifatida ham muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan kadrlar tayyorlash sohasiga, jumladan ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda.

Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq. Buyuk yunon olimi Aristotelning «Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi», degan so'zlari bor. Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta'lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda [1].

Bu borada madaniyat va san'at, xususan teatr sohasida ham kadrlar tayyorlash masalasi, bo'lajak aktyor va rejissorlarni o'qitish metodikasi va ularni tayyorlash jarayonida bir qancha dolzarb masalalar mavjud.

Ma'lumki, estrada aktyorligi boshqa aktyorlik san'at turlariga nisbatan yosh, lekin o'ziga xos spetsifik xarakterga ega san'at turidir. Shu sababli bu sohada kadrlar tayyorlash, estrada aktyorlarini o'qitishda asosan xorijiy tajribalar tatbig'ida ta'lim jarayoni tashkil etilgan. Estrada aktyorlarini o'qitishning milliy tizimi yaratilgan deyishga hali bir oz vaqt bordek nazarimizda.

Bugungi kunga kelib estrada aktyorlari tomonidan yaratilayotgan tomosha turlariga xalqimiz juda katta e'tibor va zo'r ishtiyoq bilan qiziqishlar bildirmoqda. Yurtimiz aholisining mazmunli xordiq chiqarishlari, ularning bo'sh vaqtini samarali tashkil etish uchun eng muhim vositalardan biri bu estrada aktyorlari, estrada yulduzlari va shunga o'xshash ko'plab san'at va madaniyat xodimlarining yelkasida turgan ulkan mas'uliyat.

Demak san'atkorlar o'z ustida ishlashi, tomoshabinlar ko'ngliga manzur bo'ladigan yangidan yangi etyudlar, estrada nomerlari, dramalar, konsertlar, shou dasturlar hamda latifalarni ijod qilishi va yangi g'oyalarni shakllantiri buni maromiga yetkazib mahorat bilan ijro etib o'z muxlislari qalbidan joy olishlari kerak.

Estrada aktyorlarini tayyorlash va ularni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash, ularni tarbiyalaganda ham faqat o'z kasbinigina emas balki yurtini, xalqini, o'zi tug'ilib o'sgan vatani ravnaqi uchun sodiq farzandga aylantirish, xalqining dardini kuylash, bugungi kun yoshlariga o'rnak bo'ladigan kadrlarni tayorlash sohadagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Estrada aktyorligi san'ati bo'yicha kadrlar tayyorlashda quyidagilarga katta e'tibor qaratish lozim:

- talabalarning ma'naviy olami, badiiy did masalasi;

- talabalarning kasbiy mahorati;

- mutaxassislik fanlari pedagoglarining kasbiy mahorati.

Bugungi kunda estrada aktyorlarini har tomonlama yetuk, bilimdon, o'z ustida ishlaydigan, vatan ravnaqi uchun munosib aktyorlar etib tarbiyalashni zamon talab qilmoqda.

Shu sababli estrada aktyorini tarbiyalash juda muammoli vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Mahoratli aktyorlar kamdan-kam yetishib chiqayotganligi bois "Aktyorlik mahorati" fanining ilmiy-amaliy va ijodiy asoslarini o'rgatishda, mahorat mohiyatini ochib berishda soddalik va oddiylikdan murakkablik tomon o'sib borishi kerak. Odatda, sozandaning mahorati haqida gapirsak, uning soz chalish texnikasini qanchalik mukammal egallaganiga qarab mahoratiga baho beramiz. Aktyorlik mahorati ham aktyorlik texnikasini naqadar puxta o'zlashtirganligiga qarab baholanadi.

Modomiki teatr aktyori sahnadan turib ko'p ming kishilik tomoshabinlar qarshisida biron-bir timsol qiyofasida namoyon bo'lar ekan, o'zi ijro etayotgan rolning talqini, nafaqat talqini, hatto timsolning gapirish ohangi ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bo'lajak aktyorlarning ma'naviy qiyofasi, yurish-turishi, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati ham professional kasb egasi ekanligidan dalolat beradi.

Teatr san'atidagi eng muhim narsa bu - iqtidor, texnika va layoqatdir. Agar sahna san'atida mana shu haqiqat mezoni buzilsa, bu sohada boshqa fazilatlarni qidirishning hojati yo'q. Haqiqat yo'qolgan joyda barcha fazilatlar sariq chaqachalik qiymatga ega emas.

M.Uyg'ur, Ye.Bobojonov, M.Muhammedov, T.Xo'jayev, N.Aliyevalar aktyor va rejissorlarning ma'naviy qiyofasi, xulqiy odobi masalalariga katta e'tibor qaratganliklari bejiz emas, albatta. Ularning ta'biricha, aktyorning estetik tarbiyasi, qo'shimcha unsur emas, zaruriy sifat hisoblanadi [4, 12].

Spektakl yaratish jarayonida ko'plab soha mutaxassislari qatnashadi. Spektakldagi siymolar orqali g'oyaviy-badiiy yaxlitlik vujudga keladi. Biroq har bir yaratuvchi, yuksak axloqiy, g'oyaviy-badiiy mezonlarga rioya etmas ekan, oliy maqsad hisoblangan badiiylikka erishib bo'lmaydi.

Buning uchun har bir ijodkor qat'iy intizomli bo'lmog'i, o'zini-o'zi tarbiyalamog'i, ko'pchilik qaroriga bo'ysunish kabi ichki qonunlarga so'zsiz itoat etmog'i lozim.

K.S.Stanislavskiy iborasi bilan aytganda, "O'zini san'atda emas, san'atni o'zida sevish" [2, 23] kerak bo'ladi. Faqat ulkan g'oyalar bilan yo'g'rilgan, oliyjanoblilik, yuksak ma'naviy va ma'rifiy axloq, yuksak maqsad sari sobitqadamlilik bilan borish ruhida tarbiyalangan insonlargina, ijodiy muhitni ich-ichidan yemiruvchi illatlar -birovning yutug'ini ko'ra olmaslik, g'ayrlik, g'iybat va mishmishlardan, tor doiradagi dunyoqarashlardan baland bo'laoladilar.

Ye.B.Vaxtangov "Yaramas axloq egasi yaxshi aktyor bo'la olmaydi" [2, 23], degan bo'lsa K.S.Stanislavskiy "Axloqi buzuq, ma'naviy qashshoq odam sahnada turib tomoshabinni poklik va oliyjanoblilikka da'vat eta olmaydi" [2, 23] degan edi.

Aktyorlik san'atida uning siymo qiyofasiga kira olishi mahorat mezoni hisoblanadi. Aniqroq qilib tushintiradigan bo'lsak, aktyor sahnada biron bir siymo timsolini yaratar ekan, avvalo, o'sha siymoga xos bo'lgan xususiyat va xislatlarni tomoshabin ko'z o'ngida, muayyan makon va zamonda yarata olsagina, u yaratgan timsol haqiqiy ijod namunasi sifatida qiziqarli va ishonarli bo'ladi. Demak, aktyor siymo ixtirochisi hisoblanar ekan.

Har qanday rol harakatsiz bo'lmaydi. Harakatsiz rol boshsiz tanaga o'xshaydi, xolos. Siymo qiyofasiga kirish uchun esa ko'p qirrali qurol bo'lmish sahna ijodining qator talablariga rioya etilgandagina faoliyat natijali bo'lishi mumkin.

I icclT^^^^H 783 http://oac.dsmi-qf.uz

Bu talablaming dastlabkisi aktyor o'zini berilgan shart-sharoitga qo'yib, siymo zimmasidagi vazifani o'z hayoti tabiatiga qiyoslashidan boshlanishi kerak. Ya'ni, avvalo, o'zidan kelib chiqishi kerak. Ta'limotning mana shu qismi noto'g'ri talqin etilishi oqibatida kutilgan natijaning teskarisini ko'rish mumkin.

Aktyorning professional tarbiyasi to'g'risida so'z borsa, shuni ta'kidlash lozimki, hech bir teatr maktabi aktyorga rolni qanday o'ynash kerakligini o'rgata olmaydi va bunday maqsadni o'z oldiga qo'ymaydi ham.

Professional ta'limotning asosiy maqsadi - aktyor uchun ijodiy imkoniyatlarini ochish sharoitini yaratish, ijod jarayonida duch kelinadigan to'siqlarni yengib o'tishning usul va yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat bo'lmog'i kerak.

Talabalarni ijodning barcha usullari bilan qurollantirish pedagoglarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Pedagog o'z shogirdlari bilan uch-to'rt rol ustida Stanislavskiy ta'limoti asosida birgalikda ijodiy izlanish olib borsa va talabalar pedagoglari o'rgatgan ijodiy izlanish usullarini qo'llab, bir necha siymolar yaratishga muvaffaq bo'lsa, keyinchalik ular professional sahnada ham ishonch bilan ishlab ketishlari mumkin.

Bir qaraganda, sahnadagi diqqat juda ham jo'n ko'rinishi mumkin. To'g'ri, aktyor o'z diqqatini o'zi istagan buyumga qaratishi lozimligini hech kim inkor qilmasa kerak. Haqiqatan ham o'z diqqatini o'zi boshqara olmaydigan aktyor oldiga qo'yilgan vazifani bajara olmasligi mumkinligi hammamizga ma'lum. Aktyor sahnada o'z yurish-turishi, ritmika va nozik harakatlarini asar va rejissor talablari asosida yo'naltira bilishi shart.

Estrada aktyorlik san'atidagi asosiy masalalardan biri, uning siri, sehr kuchi ham ayni shu yerda. Siz bilan bizning vazifamiz o'sha sirni ochishdadir. Afsuski, ko'pgina obro'li teatr arboblari, pedagoglar ham bu masalada xatolikka yo'l qo'yadilar. Savol bilan vazifani chalkashtirib talqin qiladilar. Natijada ham amaliy, ham nazariy anglashilmovchilik paydo bo'ladi. Bunday talqin natijasida, aktyor aslida yo'q bo'lgan narsani ko'rishga majbur qilinadi.

Faraz qilaylik: sahnada aslida yo'q narsani aktyor o'z tasavvurida paydo qiladi. Shu tasavvur natijasida uning ko'z o'ngida tasavvuridagi manba namoyon bo'ladi. Endi uning yuz-ko'zi, imo-ishorasi tasavvurdagi manba bilan muloqotga kirishadi. Demak, harakatga tushadi. Chunki bo'shliqqa tikilib turgan odamning chehrasi, biron aniq narsaga tikilib turgan odamning chehrasidan farq qiladi. O'z navbatida tomoshabin, tasavvurdagi manbani emas, haqiqiy manbaga tikilayotgan odamni ko'radi.

Ye.B.Vaxtangov shunday yozadi: "Sahnada harakat qilayotgan aktyor o'zini o'rab turgan barcha yasama buyumlarni, hamrohining grimiyu, sochsoqolini qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishi kerak. Albatta, chizilgan daraxtni, tabiiy daraxt o'rnida ko'rib bo'lmaydi. Tirik sog'lom odamning ko'zi yasama narsalarni «haqiqiy»

I fcclT^^^^HI 784 http://oac.dsmi-qf.uz

deb qabul qilmaydi. Ammo aktyor sahnada o'zini qurshab turgan manzaraga, haqiqiy hayotda bo'ladigan munosabatda emas, pyesa talab qiladigan munosabatda bo'lishi, shunday munosabatni bildirishi kerak" [2, 24].

Demak, aktyor sahnada nimaniki ko'rib, sezib, his qilmasin, bu sezgilar ikkilamchi bo'lib, ularni aktyor qachonlardir haqiqiy hayotda ko'rgan, eshitgan, his qilgan va sezgan. Bir so'z bilan aytganda, bularning hammasini boshidan kechirgan.

Shunga qaramay, sahnada harakat qilayotgan aktyor, hayotdagi voqea hamda uning o'ziga ko'rsatgan ta'sirini eslab, bir-biriga bog'lash orqali o'sha vaqtdagi histuyg'uni uyg'ota olmaydi. Buning uchun aktyor, eng avvalo, sahnada ayni chog'da mavjud manbani qanday bo'lsa shundayligicha ko'rib qabul qilmog'i lozim. "Chunki diqqat sezgini uyg'otadi va yo'lga boshlaydi" [3, 14], - degan edi Stanislavskiy.

Demak, aktyor o'z diqqatini mavjud manbaga to'plash orqali ijodiy jarayonni boshlab yuboradi. Uning barcha sezgi a'zolari, hayotda qanday ishlasa, sahnada ham shunday ishlashi kerak. Faqat shundagina tomoshabin sahnadagi hayotni haqiqiy xayotdagiday qabul qilishi mumkin.

Aktyor o'z diqqatini, berilgan sharoitdagi mavjud manbaga to'g'ri yo'naltirgan taqdirdagina, ijodiy jarayon faol va shiddatli kechadi. Aktyorlik mahoratining tashqi texnikasi aniq yo'nalishda harakat qilib, tomoshabinni ishontira oladi.

Xulosa sifatida qayd etish lozimki, estrada aktyorini tarbiyalash jarayonida ung har tomonlama kasbiy mahoratni o'rgatish, o'z ustida ishlaydigan, xalqning ko'nglidan joy topoladigan, o'z kasbining sevadigan estrada aktyorlarini tayorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda ekan bunday aktyorlarni tayorlash mahoratli ustoz pedagoglarning zimmasidagi katta vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev SH.M. O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020- yil, 30-sentabr. www.uza.uz

2. Mahmudov J. Aktyorlik mahorati. - Toshkent: Bilim, 2005.

3. Umarov M.B. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2007.

4. Hamidova SH.S. Estrada teatri va uning janrlari. - Toshkent: O'DSI, 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.