Научная статья на тему 'AKTYORLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

AKTYORLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1932
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aktyor / talaba / xususiyat / mahorat / sanʼat / tajriba / badiiy / mutaxassis / iqtidor / rol

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ajiniyaz Ayabergen Oʻgʻli Oʻtepbergenov

Ushbu maqolada talabalar aktyorlik fanini oʻrganishda muhim hisoblangan oʻziga xos xususiyatlar haqida haqida fikr yuritilgan. Aktyorlik mahoratini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

AKTYORLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Ajiniyaz Ayabergen o'g'li O'tepbergenov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalar aktyorlik fanini o'rganishda muhim hisoblangan o'ziga xos xususiyatlar haqida haqida fikr yuritilgan. Aktyorlik mahoratini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: aktyor, talaba, xususiyat, mahorat, san'at, tajriba, badiiy, mutaxassis, iqtidor, rol.

CHARACTERISTICS OF FORMATION OF ACTING SKILLS

Ajiniyaz Ayabergenovich Utepbergenov Nukus branch of Uzbekistan State Institute Arts and Culture

Abstract: This article discusses the characteristics that students consider important in the study of acting. Recommendations for the formation of acting skills are given.

Keywords: actor, student, feature, skill, art, experience, art, specialist, talent,

role.

Hozirgi kunda respublikamizda san'at va madaniyat sohasi uchun professional kadrlar tayyorlab berish, teatrlarni yosh mutaxassislar bilan ta'minlash yo'lida samarali ishlar amalga oshirildi.

Teatr atalmish o'ziga xos betakror san'atning ravnaq topishi va uning sahnasida rang-barang obrazlar yaratilishi hamda kelajakda bu sohani yanada rivojlanishi uchun yosh pedagog-mutaxasislarning, kadrlarning o'rni va ahamiyati katta hisoblanadi. Shuning uchun ham aktyorlik mahorati yo'nalishidagi mutaxassislarni professional darajada tarbiyalash juda zarur. Bunda biz yosh pedagoglarning mehnati va pedagogik mas'uliyati yuqori hisoblanadi. Ayrim fikrlarga qaraganda aktyorlik iqtidorini shakllantirish tug'ma talantga bog'liq deb ham qaraladi.

San'atning tanlangan sohasi asoslarini o'zlashtirmay turib uni egallashning iloji yo'qligini hamma yaxshi biladi. Ammo aktyorlik san'ati haqida so'z ketsa, shu zahoti turli fikrlar va qarashlar paydo bo'ladi. Qobiliyatli aktyorga hech qanday maktabning keragi yo'q, qobiliyatsiz aktyorga hech qanday maktab yordam berolmaydi. Bu fikrdan aktyorlik san'atiga o'qish shart emas, aktyor bo'lib tug'ilish kerak, degan

xulosa kelib chiqadi. Bo'lajak aktyorda qobiliyat bo'lishi kerakligi haqidagi fikrga nisbatan hech qanday e'tiroz bo'lishi mumkin emas.

Ammo iqtidorli musiqachilar, qo'shiqchilar va balet raqqoslari tabiat bergan iqtidorlarini rivojlantirish, o'z san'atlarining texnikasini egallash uchun yillab mehnat qilishlarini qanday baholash mumkin? Nega teatr aktyori uchun faqat tabiat bergan qobiliyatning o'zi kifoya qilishi kerak? Haqiqiy san'at qobiliyat va mahoratning birlashuvidan paydo bo'ladi. Mahorat esa yillar davomida to'plangan tajriba va an'analar maktabi orqali shakllanadi.

Maktab o'quvchining tabiat bergan xislatlariga ishlov beradi va uni rivojlantiradi, unga kerakli bilim va ko'nikmani beradi, uni egiluvchan va har qanday ijodiy vazifani bajara oluvchi ta'sirchan shaklga olib keladi. Har qanday san'at turi qatori teatr san'ati maktabining muvaffaqiyati avvalo to'g'ri tanlov va ana shu tanlov asosida teatr san'ati maktabida bilim olayotgan qobiliyatli yoshlarning ma'naviy komilligiga bog'liqdir. Chunki o'zi komillikka intilmagan ijodkor o'z ortidan butun bir tomoshabinlar avlodini ergashtira olmaydi1.

Shuning uchun ham aktyorlik mahorati qancha yuqori bo'lmasin, yosh mutaxassis albatta san'at yo'nalishida tahsil olishi shartdir. Bizga ma'lum bo'lgani kabi, har bir soha ilmiy negizda, amaliy ko'nikma negizida o'ziga xos tarzda shakllanadi. Ayniqsa, aktyorlik mahoratini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud.

Aktyor - talaba eng avvalo kuchli, talabchan, nazari o'tkir, boladagi aktyorlik san'atiga moyillikni tekshirib, o'ziga xoslik va o'zgachalik jihatlarini anglab baho bera oluvchi donishmand ustozlar ko'rigidan o'tishi lozim. Aktyorlik san'atiga moyilligini tekshirishda quyidagilarga e'tibor beriladi:

1. Talabaning ko'rinishi, jozibasi, qaddi-qomati, bo'y-basti, tabiatan sog'lom va ko'rkamligi;

2. Ovozi, nutqi, qo'shiq, raqs, ritm, ohanglarni anglashi;

3. Aql-hushi, fahm-farosati, odob-axloqi, o'zini tutishi va sahnani his etishi, hozirjavobligi, xotirasi.

4. Dunyoqarashi va fantaziya (tasavvur qilish qobiliyati), eng muhimi sahnaviy erkinlikka moyilligi nazarda tutiladi.

Har bir talaba alohida qobiliyat egasi, uning har biriga alohida yondashuv bilan o'qitila boshlanadi. O'quv jarayonida quyidagilar asosiy mezon hisoblanadi:

- xatti-harakat "agarda", "berilgan shart-sharoit"

- tasavvur

- sahnaviy diqqat

- muskullarni bo'shatish

E. Yorbekov Sh. Muhammadiyev. Aktyorlik mahorati. Toshkent - 2018. 134-b

— mushaklarni bo'shatish, anglash mashqi

— mashq treninglar va etyudlar ustida ishlash.

— bo'laklar va vazifalar

— haqiqat tuyg'usi va ishonch

— hissiyotlarni eslab qolish qobiliyati

— munosabat

— moslashma va boshqa elementlar artistning xususiyati, qobiliyati va iste'dodi

— psixik hayotni harakatlantiruvchilar

— psixik hayotni harakatlantiruvchilarning intilish yo'li

— ichki sahnaviy ahvoli, ruhiyati, artistning sahnaviy ahvoli, ruhiyatidagi beixtiyorlilik.

Bu yo'llar bilan talaba aktyorda kechinma san'ati sirlari jarayonidan olib o'tiladi. Talaba aktyor o'z ustida ishlash sirlarini quyidagi tartibda davom ettiradi2.

Aktyorlik mahoratini shakllantirish uchun faqat amaliy emas, nazariy mashg'ulotlarni ham o'z vaqtida olib borishi zarur. Aktyor ertaga teatrga ishga tayyor mutaxassis bo'lib boradi. Bunda u ijodiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Ularni faqat kasbiy ko'nikma emas, ma'nan tayyor mutaxassis sifatida tarbiyalab borish, ta'lim-tarbiya tizimining o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.

Bo'lajak mutaxasislar ma'naviy va jismonan baquvvat, har tomonlama bilimli, aktyorlik kasbining turli janrlarini yuksak professional darajada egallagan, zamonaviy sahna talablarining barcha elementlarini mahorat bilan boshqaradigan, tomoshabinlar ehtiyojini chuqur his eta oladigan, keng bilimga ega mohir san'atkorlar bo'lib yetishmoqlari zarur.

Aktyorlik mahorati elementlarining treningini o'rganishning asosiy maqsadi yosh mutaxassisning sahnada o'zini tuta olishi, o'zining hissiy (ko'rish, eshitish, fikrlay olish, taqqoslash, ajrata olish, turli predmetlardagi o'xshashlikning u yoki bu tomonlarini: shakli, rangi, ta'siri va h.k.lar aniq xatti-harakatlarni ishlab chiqish kabi) bilimlarini shakllantirib, tarbiyalashdan iboratdir.

Hissiy bilimlarni egallash jarayoni uch fazadan iboratdir:

1. Mushaklarni tashqi taranglikdan, siqiqlikdan ozod qilish (bo'shatish);

2. Ijodiy diqqatni kerakli obyektga qaratish;

3. Sahnaviy harakatni jiddiy va ishonarli qilib bajarish qobiliyatida, ijodiy tasavvur va fantaziya orqali ishonch va haqiqatni yuzaga keltirish3.

Sahna - aktyorning ish joyi va rivojlanish maskani. Aktyor mazkur ish tajribasini mukammal darajada egallashi kerak. Talaba pedagog tomonidan berilgan har bir vazifani aniq bajara olish malakasini egallashi ham zarur. Ustozlar talabalar bilan

2 R.Qodirov. Aktyorlik mahorati. O'zDSMI. Toshkent - 2017. 154. 5-6-bet

3 Ф.Ахмедов., М.Юсупова «Эстрада актёри махорати». Дарслик. Тошкент 2017. УзДСМИ. 40б. 1б

spektakl ustida ishlash jarayonida har bir voqea va hodisaning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishi va bu xatti-harakatlarni ifodalovchi aktyorlik mahoratining o'ziga xos xususiyatlarini egallab olishi kerak.

Aktyor - bu doimiy harakatdir, uning har bir lahzasi zaruriy evrilishlar davomidir va ayni paytda uning xususiyatini ko'rsatuvchi yangi psixologik holatga o'tish yo'lidir. Shuning uchun aktyorning har lahzasi harakatdan iborat. Boshni egish, qovoqni uyish yoki ochish, yuzda paydo bo'lgan tabassum, hayratga ochilgan og'iz, ko'zoynakni ziyolinoma ushlab turgan panjalar yoki ikki yonga tushirib turilgan kaftlar, aktyorning muhim nazar solib turgan paytidagi norozilik yoki mehrini ifodalovchi ko'zlar - bularning barchasi harakatda bo'ladi, tinch holat ular uchun begona4.

Aktyor kasbi ideal kasb bo'lishi uchun, avvalo, uning o'ziga xos xususiyatlariga, kasbiy dolzarb jihatlariga erishgan bo'lishingiz kerak. Ammo, bu talabning biroz mushkuloti mavjud, joiz bo'lsa qarama-qarshi tomonlari ham bor. Masalan, haddan tashqari loyaqdlik va kasbga pedagogning qiziqtira olmasligi. Aktyorlik hissiy kasb deya e'tirof etilishi bejis emas. Chunki teatr sahnasida hayotning shiddatli sur'atini uch yoki to'rt yoki undan ortiq pardalar bilan yetkazib berish oson emas. Aktyorlik mahoratining yana bir o'ziga xos xususiyati u kasbiy tajriba va ko'nikmalarni talab qiladi, ularni o'rganishni taqoza etadi.

Aktyor yorug'likni sezadigan plastinkaga o'xshab o'z xulq-atvoridagi kichik o'zgarishlarni ham yorita bilishi kerak. Yangi ta'sir qiluvchi, qo'zg'atuvchilardan foydalanmasdan, sahnada nima ro'y berayotganligini ko'rmasdan, bilmasdan, eshitmasdan, tabiiy intonatsiyalarni saqlab qolmasdan turib jonli obrazni yaratish mumkin emas5.

Ba'zi aktyorlar buyuk bo'lib tug'iladi, ba'zi aktyorlar buyuklikka erishadilar, ba'zi aktyorlarda esa buyuklik bor. Bu ularning aktyorlik kasbining o'ziga xos xususiyatlarini qay tarzda egallashiga bog'liqdir. Siz qaysi toifaga kirmasligingizdan qat'iy nazar, aktyorlik haqidagi kitoblarni o'qishingiz, aktyorlik qobiliyatingizni rivojlantirishingiz zarur. Muhimi, aktyorlik kitoblari har qanday aktyor uchun muhim bo'lgan aktyorlik texnikasi, auditoriya va o'z-o'zini boshqarish kabi ko'plab ko'nikmalarga yordam berishi mumkin. Mana, endi aktyorlik kasbining o'ziga xos xususiyatini anglash, bilish va o'rganish uchun aktyor kasbiy kitoblarni o'qishi orqali kasbiy ko'nikmasini oshira oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.Yorbekov, Sh.Muhammadiyev. Aktyorlik mahorati. Toshkent - 2018. 134-b

4 "Estrada aktyorligi san'ati" o'quv qo'llanmasi. M.R. Yusupovaning umumiy tahriri ostida Toshkent, O'zDSMI 2015. 128-b. 4-bet

5 M.Abdullayeva. "Sahna mahorati maktabi" monografiya. Toshkent 2011. CHASHMA PRINT nashriyoti 158-b

I fctlT^^^^H 38 http://oac.dsml-qf.uz

2. R.Qodirov. Aktyorlik mahorati. O'zDSMI. Toshkent - 2017. 154. 5-6-bet

3. O.AxMegoB., M.McynoBa «3crpaga aKTepu MaxppaTH». ^apcnHK. TomKeHT 2017. Y3ACMH. 406. 16

4. "Estrada aktyorligi san'ati" o'quv qo'llanmasi. M.R. Yusupovaning umumiy tahriri ostida Toshkent, O'zDSMI 2015. 128-b. 4-bet

5. M.Abdullayeva. "Sahna mahorati maktabi" monografiya. Toshkent 2011. CHASHMA PRINT nashriyoti 158-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.