Научная статья на тему 'AKTYORNING SО‘Z USTIDA ISHLASHI, AKTYORLIK SAN’ATIDA SО‘ZNING XATTIHARAKATLILIGIGA ERISHISH OMILLARI'

AKTYORNING SО‘Z USTIDA ISHLASHI, AKTYORLIK SAN’ATIDA SО‘ZNING XATTIHARAKATLILIGIGA ERISHISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
157
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyorlik mahorati / sо‘z ustida ishlash / ravon va sof talaffuz / sо‘z xatti-harakati / mantiqiy urg‘u / urg‘u va ohang / personaj

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umidaxon Boltaboyeva

Ushbu maqolada aktyorlik san’atining sirlarini, ijrochilik texnikasini egallashda sо‘z ustida ishlash jarayoni eng muhim va ajralmas bosqichlardan biri ekanligi, sо‘z ustida ishlash jarayoni о‘z о‘zidan bugungi kunda ham va ertaga ham bо‘lajak aktyorlarni shakllantirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bо‘lib qolayotganligi haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORNING SО‘Z USTIDA ISHLASHI, AKTYORLIK SAN’ATIDA SО‘ZNING XATTIHARAKATLILIGIGA ERISHISH OMILLARI»

AKTYORNING SO'Z USTIDA ISHLASHI, AKTYORLIK SAN'ATIDA SO'ZNING XATTI- HARAKATLILIGIGA ERISHISH OMILLARI

Umidaxon Boltaboyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorlik san'atining sirlarini, ijrochilik texnikasini egallashda sо'z ustida ishlash jarayoni eng muhim va ajralmas bosqichlardan biri ekanligi, so'z ustida ishlash jarayoni o'z - o'zidan bugungi kunda ham va ertaga ham bo'lajak aktyorlarni shakllantirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo'lib qolayotganligi haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: aktyorlik mahorati, so'z ustida ishlash, ravon va sof talaffuz, so'z xatti-harakati, mantiqiy urg'u, urg'u va ohang, personaj

ACTOR'S WORK ON WORDS, FACTORS OF ACHIEVING WORD-MOBILITY IN THE ART OF ACTING

Umidakhon Boltaboyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the process of working on the word is one of the most important and indispensable steps in mastering the secrets of the art of acting, the technique of performance, the process of working on the word itself will prepare future actors today and tomorrow. it is told that it remains one of the most important issues in the formation process.

Keywords: acting, word work, fluency and pure pronunciation, speech behavior, logical accent, accent and tone, character

Bizga yaxshi ma'lumki, aktyorlik san'atining sirlarini, ijrochilik texnikasini egallashda so'z ustida ishlash jarayoniga eng muhim va ajralmas bosqichlardan biri sifatida qaraladi. So'z ustida ishlashdan maqsad - so'zning xatti - harakatga aylantirilishiga, so'z xatti - harakatiga erishishdan iboratdir. Professional teatr yoki o'quv teatri sahnasida rol o'ynayotgan aktyor o'zining personaji intilishlarini sharoitlardan, voqealarning rivojidan kelib chiqib nafaqat so'zsiz jismoniy harakatlar, turli jestlar bilan, balki oxir - oqibat so'zga tayangan holda ifoda etadi. Faraz qiling, sahnada harakat qilayotgan aktyorga so'zsiz harakatlanish, ya'ni sukunat hududida ma'lum bir vazifani amalga oshirishga to'g'ri keldi. Bu jarayonda aktyor ichki fikrlar qurshovida o'zi bilan o'zi kurashishi, qandaydir masalani, muammoni hal qilishi va bir qarorga kelishi lozim bo'ladi. Va bu jarayon ma'lum bir mantiqiy nuqtada o'z

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

yakuniga yetishi shubhasiz. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimizdek, sahnadagi sukunat hududi (zona molchaniya)da ichki fikr, o'y - mushohada bilan psixofizik xatti -harakatni amalga oshirayotgan aktyorning bora - bora fikrlari ichiga sig'may ketadi, bu qiynoqlardan ehtiroslar junbushga keladi, his - tuyg'ular qaynaydi va qaysidir nuqtada aktyor portlaydi. Uning ichki fikrlari tashqariga otilib chiqadi va so'z tug'iladi. So'z ustida ishlashni eng avvalo ana shu so'zning tabiiy tug'ilishiga e'tibor qaratishdan boshlash lozim. Sahnadagi talaba bilan ishlayotganda ana shu sirli jarayon, aktyorlik san'atini egallashning gavhari bo'lgan "sukunat hududi"da talaba qanday xatti - harakat qilayapti, so'z tug'ilishi jarayonini tezlashtirib yubormayaptimi, yoki soxta ibora paydo bo'lmayaptimi - bu jihatlarga jiddiy e'tibor berish kerak.

Sahnada tug'iladigan har bir so'z aktyor uchun qadrli bo'lmog'i lozim. Alisher Navoiy tili bilan aytganda: "So'z gavharining sharafi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo'la olmaydi. To'rt sadaf - suv, havo, yer, o't ichidagi gavharga quti ham shu so'z, yetti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham shu so'zdir" Talabaga xoh aktyorlik mahoratidan, xoh sahna nutqidan saboq berilsin, sahna tili, sahnaviy so'z xatti - harakatiga juda katta e'tibor berish zarur. So'z ustida ishlash, so'zning xatti- harakatliligiga erishish, uning obrazliligini ta'minlash masalasi har doim teatr san'ati maktabi va professional teatrlar ijodkorlari uchun eng aktual masalalardan biri bo'lib kelgan. Masalan, A.Sayfiddinov 1980-yilda "FAN" nashriyotida chop etilgan "Adabiy asar va ijrochilik mahorati" kitobida sahna tili, o'zbek teatr san'atining va teatr pedagogikasining spektakl tayyorlashdagi, aktyor tarbiyalash jarayonidagi badiiy so'zni o'zlashtirish hamda sahnada gavdalantirish, ya'ni tom ma'nodagi ijroga erishish borasida to'plangan tajribalarni umumlashtirib shunday yozadi: "O'zbek sahna tilini yaratishga ulkan hissa qo'shgan atoqli rejissyor Mannon Uyg'ur aktyorlardan so'zning ravon va sof talaffuz etilishini talab qilish bilan birga, uning mazmundorligi va obrazliligiga ham e'tibor bergan. Uyg'ur sahna nutqining, adabiy tekst (matn)ning faqat mantiqiy asoslarigagina emas, balki uning texnik va metodik tomonlariga ham diqqat qilgan. U tekst (matn)ning aktyorlar tomonidan yetarli darajada o'zlashtirilmayotganligi, o'zbek teatri sahna nutqida, badiiy so'z san'atini o'zlashtirishda oqsoqlanib qolayotganligi to'g'risida ko'p qayg'urgan" Bu fikrlardan ko'rinib turibdiki, muallif "Teatr - bu ibratxonadir" degan o'ta mantiqiy va asosli fikrni aytib ketgan Mahmudxo'ja Behbudiy va Abdulla Avloniylar tashabbusi bilan 1914-yilda tashkil etilgan birinchi o'zbek teatrining ilk qaldirg'ochlari ko'tarib chiqqan muammolarni to'la - to'kis hal etish zarurligiga e'tiborni qaratib, bu masalaning XX asrning 80 - yillarida ham mavjud ekanligiga ishora qiladi. Vaholanki, ushbu masalaning bugun ham aktual ekanligini teatrlarimizdagi ba'zi vaziyatlardan ham anglab olsak bo'ladi.

668

http://oac.dsmi-qf.uz

Demak so'z ustida ishlash jarayoni o'z - o'zidan bugungi kunda ham va ertaga ham bo'lajak aktyorlarni shakllantirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri sifatida saqlanib qoladi. Oliy darajadagi so'z xatti - harakatini egallash yo'lidagi izlanishlarda asosiy e'tiborni tanlangan adabiy asarning mantiqiy tahliliga qaratish lozim. Bu jarayonni bir - biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan uchta bosqichda amalga oshirish lozim. Birinchi bosqich - badiiy asarni qabul qilish, ikkinchi bosqich - badiiy asarni o'zlashtirish, ya'ni uning ustida fikr yuritish, uchinchi bosqich - konkret asardan tashqariga chiqish. Bu jarayonda yuqorida aytganimiz, ikkinchi bosqichga -badiiy asarni o'zlashtirish, uning ustida fikr yuritish bosqichiga alohida urg'u berib, talaba bilan suhbat usuliga keng ahamiyat qaratish lozim. Mashhur pedagog va rejissyor M.O.Knebel ham talaba bilan suhbat usuliga alohida ahamiyat qaratib shunday deydi: "K.S.Stanislavskiy yuqoridagi kabi suhbatlar o'tkazishni ma'qullagan" Yuqorida misol keltirganimiz, Mannon Uyg'urning "so'z mazmundorligi va obrazliligi" tushunchasi be'vosita "so'z xatti - harakati" tushunchasi bilan bir xil. Mantiqiy tahlilnining birinchi bosqichi - asarni qabul qilish boshlang'ich taassurotlarni jamlash jarayonidir. Ikkinchi bosqichda talabadan asarning qaysi joylari va nima uchun yoqqanligi, qaysi obraz va lavhalar esda qolganligi so'raladi. Bunday savollarning o'rtaga tashlanishi talabani o'qilgan asarni eslashga, uni xotirada qayta tiklashga undaydi. Bu voqeaviy bo'laklar ustida ustida ishlash jarayonida nihoyatda muhim. Zero, asardagi ayrim lavhalarni, obrazlarni eslash orqali o'quvchilarning o'zlari asarda ishtirok etuvchi personajlar xarakterini, qiyofasini ko'z oldilariga keltira oladilar. Suhbatning shu tartibda olib borilishi talabaning diqqat - e'tiborini asardagi eng muhim voqealarga jalb etadi, olingan parchadagi kirish voqeasi, asosiy voqea, markaziy voqea va yechimga doir, xatti -harakatlar mantig'i va izchilligini o'zlashtirishga oid fikr va tasavvurlarini boyitib, ularni ma'lum darajada faollashtiradi. Bundan ham o'qituvchi, ham talaba yutadi. Uchinchi bosqich - konkret asarda tashqariga chiqish tanlangan parchaga etyudlar asosida yondashuvni talab etadi. Bunda talabalar olingan parcha asosida o'zlarining ijodiy tasavvurlaridan foydalangan holda etyud tayyorlab kelishadi. Va bu etyudlarda talabalar o'zlariga mutlaqo notanish bo'lgan iboralar, fikrlar oqimi va fikrlash uslublari ifodalangan so'zlardan, ya'ni avtor tomonidan berilgan so'zlardan aynan emas, qisman foydalangan holda, asosan o'z so'zlaridan foydalanib harakat qilishadi.

Yuqorida aytganimizdek, bunday yondashuv talabaning sahnaviy erkinligi va tabiiy organikasini saqlab qoladi. Uning butun tanasi ayni berilgan sharoitlarda qanday harakat qilishi kerakligini muhrlab qo'yadi. Ilk ko'rikdan keyingi bo'ladigan navbatdagi tahlilarda personajning maqsad va vazifalari yanada oydinlashtirilib, yetakchi xatti - harakat va boshqa jihatlar qaysi tomonga yo'naltirilmasin talabaning tabiiy organikasi o'z vazifasini bajaraveradi. Ana shundan keyingina etyudlarni avtor so'zlarini to'liq qo'llagan holda parchaga aylantirishga o'tiladi. Va bu jarayonda

I ícclT^^^^H 669 http://oac.dsmi-qf.uz

talaba o'ziga yot bo'lgan so'zlarni o'zinikiga aylantirib olishi oson kechadi. Konkret asardan tashqariga chiqish nafaqat bu uslubda, ya'ni etyudlar asosida yondashuv yo'li bilan, balki o'zgacharoq uslubda ham amalga oshirilishi mukin. Masalan, o'tmish zamoni aks ettirilgan asardan olingan parchaning voqealar kechuvchi davrini talabaga tanish bo'lgan bugungi kunga ko'chirish. Bu uslub ham juda samarali uslublardan biri. Professor M.Abdullayeva bu uslub haqida shunday yozadi: "Asar voqealarini baholash, oliy maqsad va yetakchi xatti - harakat, harakat mantig'ini aniqlash kabi aktyorning rol ustida ishlash bosqichlarining aksariyati talaba tomonidan o'zlashtirilgach, yana bir muhim bosqichlardan biri - muallif matnini o'zlashtirish, ya'ni so'z ustida ishlashga o'tiladi. Biz yuqorida talaba uchun xatti - harakat tabiiylik kasb etishini ko'zda tutib muallif matnidan biroz uzoqlashish va xatti - harakat talab etuvchi erkin so'zlarni qo'llashni tavsiya etgan edik. Rol ustida ishlashning bu uslubi K.S.Stanislavskiy tomonidan o'ylab topilgan bo'lib, aktyorning so'zlarni quruq deklamasiya qilishi va bunga ko'nikib qolishiga qarshi kurashish maqsadiga qaratilgandir. Aktyor obraz ustida ishlash jarayonida muallif matniga o'tish bosqichiga aktyorning so'zlarni uchinchi shaxs, ya'ni obraz tilidan emas, balki rol timsolida o'zi tilida so'zlash ehtiyoji tug'ilganiga ishonch hosil etilganidagina o'tiladi. Matn ustidagi ishga turli pyesada (masalan, tarixiy, maishiy, zamonaviy) turli uslubda yondashiladi. Albatta, aktyorlar uchun matnni o'zlashtirish jarayoni mumtoz asarlarga nisbatan zamonaviy asarlarda osonroq kechadi. Chunki aktyorlar o'zi ishtirok etayotgan, guvohi bo'layotgan hayotiy voqealarga ham ruhan, ham jismonan yaqin, tarixiy asar voqealari esa, aktyor qanchalar tarixni yaxshi bilishidan qat'i nazar, unga jismonan, tabiatan uzoq, ya'ni o'zi bilgan faktlarga suyangan holda tarixiy shart - sharoitni tasavvur eta oladi, xolos. Sahna mahorati o'qituvchisi diplom spektakli uchun agar mumtoz asarni tanlagan bo'lsa, avvaliga talabalarga uning voqealarini hozirgi zamonga ko'chirib o'rganishdan boshlashi ma'qulroqdir. O'quv diplom spektakli uchun talabalar bilan U.Shekspirning "Qirol Lir" asari ustida ish boshlaganimda ham ayni usulni qo'llaganman. Ma'lumki, asar shoh Lirning qizlarini qabuliga chaqirib, ularning mehr - muhabbatini o'lchashi va shu asosda toj - taxtini bo'lib berishi voqeasidan boshlanadi. Ana shu sinovning natijasi o'laroq ikki katta qiziga butun saltanatni bo'lib berib, kichik qizini hech narsasiz saroydan badarg'a qiladi. Ushbu voqeani talabalarga bugungi zamonamiz shart - sharoiti talabida sahnalashtirishni vazifa qilib topshirish orqali asar ustida ish boshladik. Bundan ko'zlangan birinchi maqsad - buyuk fojeanavis Shekspir ijodi bo'lmish "Qirol Lir" asari voqealari mohiyatini talabalar yaxshiroq tushunib olishi, uni o'ziga yaqin muhit, sharoitda yaxshiroq anglab yetishlari ko'zlangan bo'lsa, ikkinchidan, asarning bugungi kun yoshlari uchun biroz murakkab tilidan chekinib, talabalarni ish avvalidayoq mushkul vazifalar bilan cho'chitmaslikka, mashqlardan ko'nglini sovutmaslikka qaratilgan edi. Natija kutilganidek samarali bo'ldi. Avval asar

I [ccñ^^BI 670 http://oac.dsmi-qf.uz

voqealarini ifoda etishda xatti - harakatlar talab etuvchi o'z so'zlaridan foydalangan talabalar asta - sekinlik bilan rol ustidagi ishga chuqurroq kirishib borganlari sari muallif matniga ham ehtiyoj seza boshladilar. Va buning samarasi o'laroq talabalar o'rta asrlarga xos she'riy matnni allaqanday yot so'zlar tarzida emas, balki bevosita o'zlari talqin etayotgan rol so'zlari sifatida qabul qildilar. Shu tarzda ular tilidan so'zlanayotgan matn allaqanday dokladchi yoki shoirning ma'nosiz, balandparvoz, jonsiz matni emas, haqiqiy, chinakam, hayotiy organik tarzda ifoda topdi. Sahna asarini sahnalashtirish jarayonida matn ustida ishlash bo'yicha bunday tajribani o'z vaqtida K.S.Stanislavskiy muvaffaqiyatli qo'llagan va samarali natijalarga erishgan edi. Shunga qaramay, bugungi kunda biron bir asar sahnalashtirish uchun tanlanar ekan, ko'pchilik rejissyorlar aktyordan avval boshdanoq tayyor muallif matnini yod bilishni talab etadilar. Bu uslubning ham qaysidir ma'noda o'z imkoniyati, samarasi yo'q emas, albatta. Bu ko'proq professional aktyorlar bilan ishlash jarayonida qo'llangani ma'qul. Mahorat maktabi o'qituvchilari esa talabalarining aktyorlik iste'dodi va imkoniyatini boyitish, ularni chinakam mahorat egasi qilib tarbiyalash yo'lida K.S. Stanislavskiy uslubiga murojaat qilishlari samaraliroq, deb hisoblayman. Ko'pchilik ulug', iste'dodli aktyorlar rol ustidagi ish jarayonini muallif matnini o'zlashtirishdan boshlaganlar va bu yo'lda mislsiz muvaffaqqiyatlarga erishganlar. Biroq bu yo'lning o'z nozik jihatlari ham mavjudki, bunda aktyor bir matnni hadeb qaytaraverishi natijasida matn ma'nosi o'z mohiyatini yo'qotishi, avval topilgan urg'u va ohang joylari odat tarziga aylanib, oqibatda matn notiqning hissiz nutqiga aylanib qolish xavfi kuchlidir. So'z endi yetishib kelayotgan, mahorati endi shakllanib, charxlanib borayotgan talaba - aktyorlar haqida borar ekan, pedagog bunday xavfning oldini olmog'i kerak. Aks holda bu talabalarning keyingi ijodiy faoliyati davomida ham saqlanib, teatr san'atidagi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Ish jarayonida bir narsani e'tiborga olish kerakkki, aktyor asar bilan ilk marotaba tanishib chiqqach, muallif o'ylagan, his qilgan fikr - tuyg'ularni anglab yetmasligi mumkin. Zero aktyor shaxs va ijodkor sifatida o'z mantig'i, fikri, dunyoqarashi, his - tuyg'usi, kechinma va hayotiy tajribalariga ega. Shu tufayli ham u yaratilishi kerak bo'lgan asar qahramoni dunyoqarashidan farq qilishi, hatto unga butunlay zid, qarama - qarshi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, qirol Lirning hayotiy qarashi, xatti - harakati mantig'i, tabiiyki, uni ijro etuvchi bugungi kun zamonaviy yosh aktyori tabiatidan butunlay uzoq bo'lishi ham mumkin.

Aktyor asar va talqin etishi lozim bo'lgan rolga yurakdan berilishi, qalban kirishishi uchun uning hayoti, tabiati, qalbiga yaqin ma'lum bir real dastak kerak. Avvaliga ijrochi aktyor saroy va o'rta asrlar muhitida qirol emas, mayli bugungi kunning omadli, boy tadbirkorini gavdalantirsin. Asar voqeasi mantig'i talabida ana shu shart - sharoitda xatti - harakat qilsin. Bugungi kun tadbirkori qiyofasida talaba -aktyor uch qizini ofisiga yoki uyiga chaqirsin. "Qirol Lir"ning ilk sahnasida sodir

I [ccñ^^BI 671 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'luvchi voqealar tadbirkorning uyida bo'lib o'tsin. Talabalar o'zlariga tanish va yaqin muhit - sharoitda mavjud voqeani o'zlashtirishlari, tushunishlari oson kechadi. Biroq mana shu sharoitda ham ish jarayonini muallif matnisiz olib borish mumkin emas. Eng birinchi navbatda so'zlarning nega va nima maqsadda qo'llanilayotganini tushunish, his qilish talab etiladi. Talabalar bu yo'lda hayotiy reallikdan borib, o'z xatti - harakatlari va partnyor bilan o'rnatayotgan munosabatlariga ishonadilar. Ana shundan keyingina xatti - harakatlar ketma - ketligi va yo'nalishi mantig'ini aniqlash mumkin bo'ladi. Xatti - harakat mantig'ini egallab borar ekan aktyor partnyor bilan muloqot o'rnatish yo'lida so'zga ehtiyoj sezadi. Asar qahramonlari xatti - harakati aniqlanib borishi jarayonida ularning fikr - qarashlari ham oydinlasha boradi. Vaqtinchalik o'z so'zlaridan foydalanayotgan aktyor sekin - asta muallif matni mantig'iga yaqin keladi. Ayni shu vaqtda talaba - aktyorlar muallif matniga to'laligicha murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir" Talabalar bilan nasriy asarlar asosidagi etyud va parchalar ishlash jarayonida ijroning ta'sirchanligini oshirish uchun so'zlarning ohangini qidirish bilan cheklanib qolmasdan, aksincha uning urg'u oluvchi qismlariga e'tiborni kuchaytirish maqsadga erishish yo'lini yaqinlashtiradi. Nutqning ana shu tashqi shakli talablari ustida ishlash jarayoni nafaqat ovoz, diksiya, nutq mantig'ini charxlash va shakllantirishda, balki parcha va pyesalar ustidagi ijodiy ishda ham davom ettirilishi lozim. Bu jarayonda "psixofizik xatti - harakat" iborasidagi "xatti - harakat" so'z birikmasining to'liq ishlatilishi maqsadga muvofiq. Chunki ba'zi pedagoglar erinchoqlik tufaylimi yoki boshqa sababmi, ish jarayonida talabalarga vazifani "harakat" so'zi bilan tushuntirishga o'tib olishadi. Professor A.Sayfiddinov "xatti - harakat" atamasi oddiy "harakat" so'ziga qaraganda ancha faol va ayni paytda mantiqiy to'g'ridir," - deb ko'p takrorlardilar. Chunki "harakat" so'zi faqat jismoniy harakatni bildiradi. "Xatti - harakat" esa fikriy, ruhiy va jismoniy urinishning bir - biriga uyg'un va muvofiqligini bildiradi.

Demak, aktyor sahnada psixofizik xatti - harakatning ustasi bo'lmog'i lozim. Aslida so'z ustida ishlash jarayoni avtor so'zlarini o'zlashtirish va tub ma'nosiga yetib borish borasida qilinadigan ishlar bilan baqamti olib boriladi. Talabaga bu ikki jarayonni farqlab olishlariga imkoniyat yaratish maqsadida ularga alohida - alohida to'xtalib o'tishni joizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xoliqulova G. Sahna nutqi. Toshkent - 2007 y.

2. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

3. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.

672

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.