Научная статья на тему '“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA BADIIY KO‘CHIMLARNING LINGVISTIK TAHLILI'

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA BADIIY KO‘CHIMLARNING LINGVISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
22
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / trope / metafora / o'xshatish / o'xshatish / qarama-qarshilik / analogiya. / metaphor / trope / metaphor / simile / simile / counterpoint / analogy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Otanazarova Sh.

Ushbu maqolada badiiy adabiyotdagi og‘zaki she’riy san’atlar ularning lisoniy nomlari bilan tahlil qilinadi va o‘rganiladi. “Trop” va “ko‘chim” atamasi o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar ham tushuntiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC ANALYSIS OF ARTISTIC TRANSITIONS IN THE STORIES OF “SADDI ISKANDARII” EPIC

In this article, verbal poetic arts in fiction are analyzed and studied with their linguistic names. The similarities and differences between the term “trope” and migration are also explained.

Текст научной работы на тему «“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA BADIIY KO‘CHIMLARNING LINGVISTIK TAHLILI»

Otanazarova Sh. Urganch davlat universiteti O'zbek fiMogiyasifakulteti 3-kurs talabasi

"SADDI ISKANDARIY" DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA BADIIY KO'CHIMLARNING LINGVISTIK TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy adabiyotdagi og'zaki she'riy san 'atlar ularning lisoniy nomlari bilan tahlil qilinadi va o 'rganiladi. "Trop " va "ko 'chim " atamasi o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar ham tushuntiriladi.

Kalit so'zlar: so'zlar: metafora, trope, metafora, o'xshatish, o'xshatish, qarama-qarshilik, analogiya.

Otanazarova Sh.

3rd year student Faculty of Uzbek Philology Urganch State University

LINGUISTIC ANALYSIS OF ARTISTIC TRANSITIONS IN THE STORIES OF "SADDI ISKANDARII" EPIC

Annotation. In this article, verbal poetic arts in fiction are analyzed and studied with their linguistic names. The similarities and differences between the term "trope " and migration are also explained.

Key words: metaphor, trope, metaphor, simile, simile, counterpoint, analogy.

O'zbek tilshunosligida uning mazkur ko'rinishlari alohida-alohida tadqiqotlaming manbayi bo'lib, badiiy matnlar asosida atroflicha o'rganilgan19.

Badiiy adabiyotimizda o'rganiladigan metafora, metanimiya, istiora va shunga o'xshash ko'chimlar asosi tropga borib taqaladi.

Metafora. Narsa-buyum, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro o'xshashlikka asoslangan ma'no ko'chishiga metafora deyiladi. Metafora ko'chma ma'no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo'lib, mumtoz adabiyotshunosligimizda "istiora" deb yuritilgan. Masalan, Navoiyning quyidagi baytlarida istioradan mohirona foydalanilgan:

Sen labing so'rgan soyi men qon yutarman, ey habib,

Sen may ichgilkim, manga xuni jigar bo'lmish nasib20.

Ushbu baytdagi "qon yutarman" iborasi ham o'z ma'nosida qo'llanmagan, balki "iztirob chekaman" ma'nosini anglatadi. Demak, u ham istiora bo'la oladi.

O'xshatish va metafora tushunchalari boshqa-boshqa tushunchalar. Mumtoz adabiyotimizda metafora "istiora" deb yuritiladi, o'xshatish esa "tashbih".

19 Ibodullayev M. Lingvistika va poetika. - Moskva, 1979. -B.83.

20 Hojiahmedov A.Mumtoz badiiyat malohati. - T.: Sharq 1999. -B.45.

'^KOHOMHKa h соцнумм №7(122) 2024

www.iupr.ru

214

O'xshatish deb "ikki narsa yoki voqea-hodisa o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to'laroq, konkretroq, bo'rttiribroq ifodalash" ga aytiladi.

O'xshatishga tashbih san'ati asoslangan. "Tashbeh - Sharq adabiyotida keng tarqalgan san'atlardan biri bo'lib, "o'xshatish" ma'nosini ifodalaydi. Bu ikki narsa yoki tushunchani ular o'rtasidagi haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko'ra o'xshatish san'atidir"21.

Tashbeh san'atining bir necha turi mavjud bo'lib, ular tashbehi mutlaq, tashbehi kinoya, tashbehi mashrut,tashbehi tavsiya, tashbehi aks,tashbehi izmor va tashbehi tafzil nomlari bilan ataladi. "Saddi Iskandariy" dostonidagi hikoyatlarda bu san'atning "tashbehi mutlaq" turi tez-tez ko'zga tashlanadi. "Aniq o'xshatish" ma'nosini ifodalovchi bu xil san'at go'yo, singari, kabi, yanglig', -day, -dek, kabi so'z yoki qo'shimchalar vositasida hosil qilinadi. Masalan, "Iskandar bila ul gadolig' ixtiyor etgan podsho" hikoyatida shunday bayt keltiriladi:

Qolibmu ekin bir aningdek kishi -Ki, qilsam ruju' anga mulk ishi?

Baytdan shunday bir kishi qolibdimi, unga saltanat ishlarini topshirsam degan ma'no anglashiladi va -dek qo'shimchasi mutlaq tashbehni yuzaga keltirgan.

"Bulbul" hikoyatidan olingan mana bu baytda: Chu gul yo'qturur o'n bir oy bog' aro, Erur ro'zg'orim seningdek qaro.

Baytda "ro'zg'orim" so'zi - mushabbih,"seningdek" so'zi - mushabbihun bih, "qaro" so'zi - vajhi shabih, seningdek so'zidagi "-dek" qo'shimchasi -vositayi tashbih.

She'riy ijodda tashbih qo'llanilarkan, ko'pincha o'xshatilayotgan narsa (mushabbih) nomi tushirib qoldiriladi-da, o'xshatilgan narsa (mushabbihun bih) nomigina saqlanadi. Ammo mushabbihni, ya'ni nima o'xshatilayotganini osongina aniqlash mumkin. Bu o'shatishning nomi "tashbihi kinoya" deb nomlanadi.

Ushbu bayt bunga misol bo'la oladi: Kulub dedi sohibdil: "Ey bulhavas, Emasmu edi tajribang muncha bas? "(286)

Birinchi misradagi "bulhavas" so'zi aslida "har narsaga havas qiluvchi" deb tushuniladi. Ammo o'quvchi bu so'zda "har narsaga havas qiluvchi,beqaror yigit" ma'nosini anglaydi. So'zning bunday shaklda kelishi so'z ma'nosiga xalal bermagan, aksincha, uning ma'nosini yanada kuchaytirgan. Metafora bilan o 'xshatish konstruksiyasining farqi bor: l.O'xshatishda so'zlar o'z ma'nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so'zlar doimo ko'chma shaklda bo'ladi.

21 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. - T.: Sharq, 1999. -B.14.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №7(122) 2024

www.iupr.ru

215

2.O'xshatishda ikki komponentli - o'xshatiluvchi obyekt va o'xshovchi obraz qiyoslanadi. Metáfora esa bir komponentli bo'ladi.

3.O'xshatishda kengayish imkoniyati ko'p, bir gap, hatto abzas darajasida ham kengayishi mumkin. Metaforalar esa so'z yoki so'z birikmasidan iborat bo'ladi.

4.O'xshatishda maxsus ko'rsatkichlar bo'ladi:-dek, -day, -simon,-larcha, singari va hokazo. Metaforalarda bunday ko'rsatkichlar bo'lmaydi.

Ayrim manbalarda metaforalarning mazmuniy jihatdan uch turi mavjudligi aytiladi: odatiy, jonlantirish va sinestetik metaforalar.

Jonlantirish badiiy nutqqa obrzlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. "Badiiy san'atlar" kitobi mualliflari bu haqda shunday yozadilar:

"Jonlantirish - istioraning bir ko'rinishi bo'lib, odamlarga xos bo'lgan xislatlarni jonsiz predmetlarga ko'chirilishidir"

Mumtoz adabiyotimizda jonlantirishning ikki turi mavjud: 1.Tashxis - shaxslantirish, jonsiz narsalarni insonlarday qilib tasvirlash. She'riyatda jonlantirishdan voqelikni obrazli tasvirlash maqsadida foydalaniladi.

Jumladan, ushbu asarda ("Saddi Iskandariy" dostonida) tabiat tasvirlari ushbu she'riy san'at orqali ifodalangan:

Uyg'otur subhi bahor elni fig'on birla sahob, Kim, sabuhiy chog'lar - mast bo'lsang, ey as'hob. Barq har doim choqilib ishnagach, o 'q tiyra bo 'lur, Ya'ni o'sh mundin oling umr charog'iga hisob. 2.Intoq - nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allergoriya deb ataladigan ko'chim ham "gapirtirish " usuliga asoslanadi.

Buki har hindu qoshingda shohdur, Der bu so 'zni hashv kim ogohdur. Mubolag'a yo'li bilan komik effekt yaratishning yana bir usuli grotesk deyiladi. U so'z fransuzcha so'z bo'lib, kulguli, g'ayritabiiy degan ma'noni bildiradi. Grotesk haqiqatni inkor etmaydi, balki haqiqatni fantaziya bilan qo'shib tasvirlaydi.

Ul pari hajrinda men devona cheksam o'tlug' oh, Ey malak, gar bo'lmasang, qanotim chirkanur. Xulosa qilib aytganda, she'riy san'atlarning ma'lum bir qismi tilshunosligimda ko'chimlar asosida tahlil qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ibodullayev M. Lingvistika va poetika. - Moskva, 1979. 112-b.

2. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiy malohati. - T.: Sharq, 1999. 295-b.

3. Hojiahmedov A.She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. - T.: Sharq,1998. 300-b.

4. Navoiy A. Mukammal asarlar to'plami. - T.: Fan, 1993. 693-b.

мЭкономнка h соцнумм №7(122) 2024

www.iupr.ru

216

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.