Научная статья на тему 'BALOG‘AT ILMIGA KIRISH'

BALOG‘AT ILMIGA KIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
845
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmi bade / ilmi balog‘a / lafziy san’atlar / ma’naviy san’atlar / ko‘chim / ikki ma’nolilik / o‘xshatish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziyodaxon Turdiboyeva

Ushbu maqolada mumtoz badiiy asarlarni tahlil qilishda yordam beruvchi badiiy san’atlarning tasnifini tuzishda ilk qarash namunalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BALOG‘AT ILMIGA KIRISH»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy jumaU

RAT Or^' AT TT IVfmA I^TRT«TT

BALOG'AT ILMIGA KIRISH

#

>

Ziyodaxon Turdiboyeva

Toshkent davlat Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti) I kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7248821

' t

«M!

1> TiP*

Annotatsiya: Ushbu maqolada mumtoz badiiy asarlarni tahlil qilishda yordam beruvchi badiiy san'atlarning tasnifini tuzishda ilk qarash namunalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: ilmi bade, ilmi balog'a, lafziy san'atlar, ma'naviy san'atlar, ko'chim, ikki ma'nolilik, o'xshatish.

Fors adabiyotshunosligiga oid ilmiy asarlarning yetuk namunasini yaratgan Atoulloh Husayniy "Badoye us-sanoye" ("San'at yangiliklari") asarida 220 dan ortiq

non 'ni +nr1nfitii In m Inon Ki I nn Ki rrtn nlntni 1n-rvnr finn'n+lnt* m o 'noidií finti'nllnt' nntr\nn

san'at turlarini farqlash bilan birga ularni lafziy san'atlar, ma'naviy san'atlar hamda

>

*

lafziy-u ma'naviy san'atlar kabi uch yo'nalishda taqsim qiladi. Sharq mumtoz adabiyotshunosligida Atoulloh Husayniyning "Badoye us-sanoye" asari o'zining ilmiy qimmati bilan alohida o'rin tutsa, turkiy tildagi poetikaga oid XV asring nodir

namunasi Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" ("Balog'at fanlari") asarida forsiy "ilmi bade"lar tajribasi umumlashtirilgan, asarda tahlilga tortilgan san'atlar sonining ortishi bilan she'riyat namunalarining badiiyati ham chuqurlashib, mavzu va janr doirasi kengayib borgan. Muallifning yozishicha: "har aqsomi sanoat va anvoi balog'atkim, fusaho va bulag'o arosinda mo'tabardur, majmu'ni jam qilib, har bir san'atqa turkiy lafz birla misol kelturub va kechgan zurafo va shuaroning bu sanoat birla tazyin qilg'an arabiy va forsiy nazm va nasr so'zlarinda nazir kelturduk. Va ba'zi yerda "Kalomi majld"tin va Rasul alayhi-s-salom hadisidin naql qilduq". Demak, balog'at navlari va san'at taqsimlariga doir barcha fikrlarni jam qilgan

alloma arab va fors tillaridagi nasr va nazm namunalarini tergan.

Shayx Taroziyning ulkan xizmatlaridan yana biri shuki, u o'z asarini turkiy tilda yozish bilan cheklanmay, bu tilda ijod qilgan ellikdan ortiq shoir va nosirlarning sara asarlaridan namunalar bergan. Ayrim hollarda misoli uchramagan o'rinlarda o'z

i n n n m i i n r> I nv lr/il +11^1l-\ +r>1 /im/4n m nnn ' n-f +111*1111 ' rvli /"»17- 1n-fr»lii/rviiirt-n -fr» 'In t;

»

ijodidan namunalar keltirib, talqindagi san'at turini O'zbek kitobxoniga to'la yetib

borishiga harakat qilgan.

Nihoyat, XX asrning boshlarida yaratilgan adabiyotshunoslikka doir ilk nazariy qo'llanmalar sanalgan Abdurahmon Sa'diyning "Amaliy ham nazariy adabiyot

i J>:*-

darslari", Fitratning "Adabiyot qoidalari" asarlari mafkuraviy tazyiq ostidagi davr mevasi bo'lgani uchun ham endi ularda Qur'oni karim va Hadisi shariflardagi ilohiy kalimalar, Rasululloh so'zlari, xulafoi roshidin va sahobalar nutqiga murojaat

„.„-J™ „1____ TT„„ _____1. -j_____,1______. ......

qilishlar o'z-o'zidan tushib qolgan. Har bir san'at haqida ma'lumot berilarkan, uning

31><}>

-^OTIœr^- 6j > I

JffiTALQINVA 1

\-#TAD0I0OTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

miiif-iwuuif juiiian

qisqa ta'rifi bilan misol keltirilish va ayrim o'rinlardagina bu misollami sharhlash urf

#

bo'lgan. XX asr o'zbek navoiyshunoslari Oybek va Maqsud Shayxzoda, Izzat Sulton va Alibek Rustamovning risola va maqolalarida Navoiy "ijodxonasida"gi go'zal adably unsurlar sifatida she'riy san'atlarga murojaat qilingan. Bu yo'nalishda bir necha o'nlab maqolalar yaratgan, "Navoiy poetikasi"ni jiddiy o'rgangan va o'z kuzatishlarini qariyb ellik yildan beri O'zbek kitobxonlariga yetkazib kelayotgan olim Yoqubjon Ishoqovning birgina "badiiy san'atlar" talqiniga doir ishlari bilan

cheklanadigan bo'lsak ham olimning mumtoz adabiyotimizning bilimdonlaridan biri sifatida adabiyotshunoslik tarixiga kirishiga shubha yo'q. Xorijiy olimlarimiz tomonidan "stilisticheskiye figuro" deb talqin qilingan adabiy hodisalarga nazariy javob sifatida tayyorlangan "So'z san'ati so'zligi" asari shershunoslikda barcha she'riy san'atlar (xolislik uchun Anvar Hojiahmedov va Vahob Rahmonovning qator risolalalarini eslash barobarida) haqidagi risolalardan tubdan farq qiladi. Boisi bu ilmiy risola alifbo tartibida shakllantirilgani, bizni qiziqtirgan san'at turi va namunasi oson topilishidagina emas, balki ularga berilgan ta'rif va izohlar aniqligidadir.

Lug'atda "balog'at" so'zi - yetish, oxiriga yetish ma'olariga ega. Tilshunoslikda esa nutqdan ko'zlangan yetuk darajadagi ma'noni to'g'ri fasohat bilan yetkazishga aytiladi. Unda har bir gap munosib o'rinda keladi va eshitgan ko'ngillarga yaxshi

»

ta'sir qiladi.

1. Nutq balog'ati. Nutqing fasohatli bo'lishi bilan bir qatorda holat taqozosiga ham mos kelishi. Balog'atli kalom mazmunan aniq bo'lgan, iborasi fasih bo'lgan, aytilayotgan o'riga va tinglovchilarga munosib bo'lgan kalomdir.

Balog'atning ikki chegarasi bor:

a) eng yuqori darajasi. Bu - so'z bilan ojiz qoldirish darajasi.

b) eng pastki darajasi. Bu - agar undan ham pastroq darajaga tushilsa, balog'at sohiblari nazdida "hayvonlar tovushi" darajasiga tushib qolinadigan daraja.

Ushbu ikki chegara o'rtasida ko'pgina darajalar bo'lib, ular so'zga husn

bag'ishlaydigan jihatlarning ko'lani va sifatiga bog'liq.

Nutqdagi balog'at fasohat shartlariga rioya qilishi bilan bir vaqtda quyidagi Jihatlarga ham e'tibor qaratadi.

(quyidagi gaplarni yana ko'rib chiqish maqsadga muvofiq) J-jt

*

a) HOL. U "maqom" ham deyilib, gapiruvchiga o'z iborasini muayyan bir

suratda bayon qilishga undaydigan omil.

b) "Al-Muqtazo" Uni "holga yarasha e'tibor" ham deyiladi. U nutq bayon j > ' ^^ i qilinadigan maxsus surat degani. Masalan madh (maqtov), oshirib gapirishga

! K*

chorlaydigan hol. Yoki eshituvchining zakovati. Bu qisqa suratda bayon qilishga chorlovchi hol. Madh va zakovatning har ikkisi — hol. Oshirib va qisqa qilib gapirish — taqozo. Gapni uzun yoki qisqa so'zlash vaziyatga muvofiq kelish deyiladi.

♦ ¡>

>q ] i )> >

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

ппиу-iwuuiT juiiian

1. Notiq balog'ati. Har qanday maqsadni ifodalash bo'lmasin, o'z fikrini balog'atli nutq bilan bayon etish qobilyati.

Har bir balog'atli notiq fasohatli bo'ladi, lekin fasohatlilarning hammasi ham balog'atli emas.

mi

Nutqdagi nomutanosiblik uni talaffuz qilish bilan, morfologik qiyosga zid kelishi sarfga qiyoslash bilan, sintaktik jihatdan nuqsonli yoki lafziy chigal bo'lishi nahv bilan, so'zning "begonaligi" arab tilidan yaxshi xabardor bo'lish bilan hamda

! Ш-

ma'noviy chigallik esa bayon qilish orqali ma'lum bo'ladi. J i^l -J

Balog'atli nutq bu siyqasi chiqqan so'zlar yoki bozor doirasidagi suhbat emas,

balki, har tomonlama tanlangan kalomdir. U tuzilish jihatdan mukammal jumlalar,

qolipiga ko'ra eng maqbul iboralar bo'lib, chiroyli, tushunarli va kuchli ma'nolarni

o'zida mujassam etadi. Balog'atli nutqda gapning eshituvchi holiga, kayfiyatiga va

aql darajasiga ahamiyat beriladi. Kalom ustalari bu to'g'rida, har maqomning kalomi

bor, deyishgan. Tilshunos olimlar balog'atni ta'riflab, u haqda shunday deyishgan:

Balog'at bu kalomning holat taqozosiga muvofiq kelmog'idir. Demak, balog'at

Nutq balog'ati va Notiq balog'ati kabi turlarga bo'linadi.

Ilmi bayon. Arab balog'atida bayonning tarkibigi tashbih, majoz, istiora, kinoya

kiradi.

* TAShBEH - mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, ikki narsa va tushuncha, harakat yoki holat va shu kabilarni bir-biriga o'xshatish, kiyoslashdir. Adabiyotda, xususan, she'riyatda eng keng tarkalgan va kadimiy san'atlardan biri. Tashbehning yuzaga kelishida ikki narsa-tushuncha, ikki harakat va holat orasidagi o'xshashlik asos bo'ladi. O'xshatish uchun haqiqiy, real hayotiy narsa-buyumlar tanlangan bo'lsa, haqiqiy tashbeh noaniq, mavhum narsalar tanlangan bo'lsa, majoziy tashbeh

yuzaga keladi.

* MAJOZ - 1) mumtoz adabiyotshunoslikda so'zni o'z ma'nosida emas, boshqa bir ko'chma ma'noda ishlatish, kuchimning umumiy nomi; Atoulloh Husayniyga "...lafzni o'z yasogidin o'zga ma'noda yasogu lafzu ushul ma'no orasindagi biror

'M

aloqayu munosabatqa asoslanaroq qullamoqtin iboratdur, o'z yasogida tushunmakka mone bo'lguchi jumladoshin keltirmak sharti bila" deya ta'rif beradi. Ya'ni so'zning ko'chma ma'nosi doim matn ichida, u boglanib kelayotgan boshqa (o'z yasogida tushunmakka mone bo'lguchi jumladosh) so'z orqali anglashiladi. So'zning matndan tashqarida anglatgan ma'nosi esa o'z ma'nosi hisoblanadi.

* ISTIORA - mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, bir so'z shaklini vaqtincha «omonatga olib», boshqa, ya'ni kuchma ma'noda ishlatish. Istiorada so'zni o'z ma'nosidan boshqa ma'noda ishlatish o'xshashlik asosida amalga oshadi. Ataulloh Husayniy ta'kidicha, istiorani "ajam shuarosi sanoyi kabilidan, arab fusahosi esa qapomning zotiy guzalliklaridan" deb hisoblaganlarki, bunda muayyan asos bor. Haqiqatan ham til hodisasiga aylanib bo'lgan (masalan, «kun botdi») istiora bilan hali

и~ ййй ч

Ж ** »-!>

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r

»

ппиу-iwuuiT juiiian

til hodisasiga aylanib ulgurmagan (ya'ni san'atkorona nigoh bilan ko'rilgan o'xshashlik asosidagi obrazli ifoda) badiiy-estetik qimmat jihatidan teng emas, ularning birinchisi zotiy go'zalliklarga, ikkinchisi xayoliy guzalliklarga mansub etilishi to'g'ri bo'ladi.

* KINOYA - 1) mumtoz adabiyotshunoslikda majoz (kuchim)ning bir turi. Atoulloh Husayniyning lug'aviy ma'nosini "bir nimani kinoyaviylik derlar, lekin andin o'zga nimani iroda kilurpar" tarzida ifodalaydiki, bu ta'rif ko'chim termini

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ma'nosiga yaqin keladi.

Jj

Ilmul badi' - balog'at tarkibiga kiruvchi uch ilming biri hosoblanadi. Ilmul badi'ga oid dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo'lib, IX-X asrlarga oid Nasr bin Hasanning "mahosin ul-kalom", Ibn Mu'tazning "Kitob ul-badir" Qudama Ibn Ja'faring "Naqd ush-she'r" risolalari shular jumlasidandir. Shuningdek, fors tilida yaratilgan Umar Roduyoniyning "Tarjimon ul-balog'a", Atoulloh Husayniyning "Badoyi us-sanoi" asarlari ilmu-l-badi'ning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Shuningdek, turkiy tildagi ilmu-l-badi'ga doir ilk asar sifatida Shayx Ahmad Xudoydodning XV asrda yaratilgan "Funun ul-balog'a" risolasi e'tirof etiladi.

Ilmul badi aytiladigan gapni vaziyatga muvofiq ravishda bezash, go'zal shaklga keltirish, nutqqa bezak beruvchi san'atlar, ularning o'ziga xos jihatlari, tasniflanishi, nutqning estetik funksiyasini oshirish, fikmi go'zal va mazmunli ifodalash kabi masalalarni o'rganuvchi ilm. Bu ilm yana "badily bezovchi vositalar" deb ham ataladi. Ilmul badi' ba'zan lafz, ba'zan esa ma'no bilan bog'liq bo'ladi. Shu xususdan ular ma'noni bezovchi vositalar va nutqi bezovchi vositalar deb nomlanuvchi ikki turga bo'linadi.

Dastlab ma'noni bezovchi vositalar xususida. Bu vositalarning quyidagi turlari mavjud:

Ikki ma'nolilik (ma'noni yashirish). Antiteza (solishtirish, qarshilantirish). Muqobala - anitetazadan kelib chiqqan, ikki yoki undan ortiq ma'nolarni tartib bilan keltirish.

Sherik keltirish.

Istixdom - ikki ma'noli so'zning bir ma'nosini ifodalab, ikkinchi ma'nosini nazarda tutish. Jamlash.

Demak arab balog'ati ilmi bayon, ma'oniy va badi' ilmlaridan iborat hamda bayon ilmi - turli yo'llar bilan bitta ma'noni ifodalab berish, ma'no ilmi - aytilgan so'zning vaziyat, o'ringa aynan mos tushishi, ilmi badi' - aytilmoqchi bo'lgan gapni bezash, go'zal shaklga keltirish uchun qo'llaniladi.

Vj > i 1Й»'

m » îj>

SWfS ■

•iШ>

ой*

(TALQIN VA iTADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jumali

№4 2022

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. T.: Sharq, 1999.

2.Hojiahmedov A. She'r san'atlarini bilasizmi? T.: Sharq, 2001.

3.Husayniy A. Badoyi'u-s-sanoyi'. Forschadan Alibek Rustamov tarjimasi. T. G.Gulom nomidagi Adabiyotya san'at n-ti. 1981.

4.Quronov D. Adabiyotshunoslik lug'ati. T.: Akademnashr, 2013.

>4*

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

10

jW^ У

q ж**

ЩУ>

Ы >

q > >

wi >

Л ) J

Ы:>

q

Ы >

Ш >

q

>

^й >

Ы> *

q

q >p q > >

q ж** q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.