Научная статья на тему '“SADDI ISKANDARIY”DA ADOLAT TARANNUMI'

“SADDI ISKANDARIY”DA ADOLAT TARANNUMI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
476
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
World of Philology
Область наук
Ключевые слова
Saddi Iskandariy / adolat / voqea

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I.Habibjonov, A.Rahmonqulov

Mazkur maqolada “Saddi Iskandariy”da adolat tarannumi to‘g‘risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SADDI ISKANDARIY”DA ADOLAT TARANNUMI»

"World of Philology" Scientific Journal / ISSN 2181-3620 Volume 2 Issue 4 / December 2023

"SADDI ISKANDARIY"DA ADOLAT TARANNUMI

I.Habibjonov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

A.Rahmonqulov Xo'jand davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada "Saddi Iskandariy"da adolat tarannumi to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: Saddi Iskandariy, adolat, voqea

HYMN OF JUSTICE IN "SADDI ISKANDARI"

I.Habibjonov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

A.Rahmonkulov Khojand State University

Abstract: This article provides detailed information about the hymn ofjustice in "Saddi Iskandarii".

Keywords: Saddi Iskandari, justice, event

Saddi Iskandariy dostoni dunyodagi eng buyuk siymolardan biri, o'zining adolati bilan nom qozongan jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib "Xamsa"ning yakunlovchi eng yirik dostonodir. Doston 89 bob va 7215 baytni tashkil etadi. Asar voqealari Iskandarning tug'lishidan boshlanadi.

Bo'lajak Iskandarning otasi Faylaqus tangridan farzand so'raydi va bu yo'lda hayr-u ehsonlar qiladi. Bir kuni Faylaqus ovdan qaytar ekan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi ko'zi yorigan ayolga duch keladi. Dunyoga kelgan chaqaloq o'g'il bola bo'lib, uni tug'gan onasi olamdan o'tgan edi. Shoh o'likni dafn ettiradi, bolani o'ziga o'g'il qilib oladi. Unga Iskandar deb nom qo'yib, uning tarbiyasi bilan o'zi shig'ullanadi. O'limi oladidan esa uni valiahd etib tayinlaydi.

Shoir dostonda Iskandar tarixini yozmoqchi emas, balki Iskandar bilan bog'liq voqealarning ma'nosini ochmoqchi, dunyoda bo'lib turgan biz ko'rgan va ko'rmayotgan adolatsizliklarga Iskandarning olib borayotga adolatli siyosati orqali javob bermoqchi ekanlligini, ozining ushbu shoh asaridagi Iskandar obrazini adolat timsoli darajasiga ko'tarish orqali asar mazmunini ochib bermoqchi ekanligini anglash qiyin emas, albatta.

Iskandar taxtni egallashga qiziqmaydi, lekin otasidan so'ng, aynan otasining iltimosi va so'nggi iltimosini amalga oshirish uchun vasiyatini amalga oshirish uchun taxtga o'tiradi. Iskandar taxtga o'tirar ekan o'z atrofiga olim-u fuzalolarni to'playdi, ularning maslahati bilan ish ko'radi.

Taxtga o'tirar ekan Iskandar xalqdan kimning, arz-dodi bo'lsa, shohni o'zi bilan teng ko'rib, to'g'ridan-to'g'riuning o'ziga murojaat qilishlarini so'raydi. Avvalo, mazlumning haqqini haqlab, zolimning qo'lini kalta qiladi, adolat bilan ish ko'rib davlat ishlarini yo'lga qo'ydi. Fuqarolarning ehtiyojini hisobga olib, ularni ikki yillik soliqdan ozod etadi.

Dostonda, avvalo, adolatning ta'rifi beriladi. Bu tarif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, "Bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toat ibodatidan afzal" degan hadis keltiriladi.

Iskandar adolat qo'lini shunday baland tutdiki, kiyik arslonlardan qo'rqmaydigan bo'ldi. Tustovuq bilan qarchig'ay yonma-yon yotardi. Oz vaqt ichida shunday choralar ko'rdiki, uning adolatidan rum ahli boyib ketdi.

Shahekim, adolatdur oning ishi,

Teng emas anga shohlardan kishi.

Yosh adolatparvar shoh mamlakatni obod qilsh uchun yana ko'p ishlarni bajardi. Unga shijoat ham adolat ham, hikmat ham yor edi. Quyoshdek olam uzra bayroq ko'tarib, jahonda shunday ishlar qildi-ki, hech kim bu jahnda bajargan emasdi. Shunday mo'jizalar yaratdiki, ko'plab jahondorlar uning qudrati oldida mag'lub bo'ldilar. U qilgan ishlarni aytib tugatish uchun asrlar ham yetmaydi. Barcha qilganini aytib ham bo'lmaydi, so'z boshlagan bu aytilganlarni tugatishga ham ojizlik qiladi. Uning qilgan ishlarini amalga oshirishda unga Arastu bilan Balinos emas, go'yo quruqlikda Xizr, suvda esa Ilyos hamrohlik qilar edilar.

Arastuning fikricha, shoh odil bo'lsa, olam unga tobe bo'ladi. Chunki, adolat qaror topgan mamlakatning xalqi boy bo'ladi. Boylik askarga kuch beradi, bunday qo'shin esa hamisha g'olib ekanini ta'kidlaydi.

Iskandarning Doro bilan bo'lgan to'qnashiviga bag'ishlangan tasvirlar ham dostonning qiziqarli lavhalaridandir. Navoiy buni shunday tasvirlaydi: ko'pgina davlatlar har yili ming oltin tuxum ko'rinishida xiroj solig'ini to'lar edilar. Bularning qatorida Rum shohi Faylaqus ham bor edi. Faylaqus vafotidan so'ng Doroga uch yil mobaynida bu soliq yuborilmadi va Doro Rumga soliq to'lashini so'rab elchi yuboradi va Iskandardan "Tuxum tug'adigan qushlar allaqachon uchib ketib bo'lishgan" degan javobni oladi. Bu javobni eshitib Doro g'azab otiga minadi. Dorodagi g'azab o'ti qaynab butun olamga o't solgandek bo'ldi va bu xabarni keltirgan vakilni bog'lab, zindonga tashladi.

Doro yana bir chavgon va to'p, bir halta kunjut bilan boshqa bir elchini yubordi. Buning ma'nosi shu ediki, sen hali dimog'idan sut hidi ketmagan bir go'daksan

I kóI^^^^HI 14 wpjournal.dsmi-qf.uz

chavgonni olib, to'p o'yna. Agar hayolingga ixtilof-u nizo kelgudek bo'lsa, askarlarimiz sanog'ini mana shu kunjut qadar bilgin! Iskandar bundan boshqa ma'no ko'rdi. Dumaloq koptok, uning uchun yer yuzidir. Koptokning Iskandarga taqdim etilishi uning dunyoni olishiga ishoradir, chavgon esa Doroning o'z mamlakatini topshirishiga ishoradir. Shu o'rinda Iskandarning o'tkir zehni va tiniq fikriga qoyil qolmay iloj yo'q.

Bu voqeadan so'ng urush bo'lishi muqarrar bo'ldi.

Doro Iskandarga qarshi qo'shinini rostladi. Daroning sipohi sipoh emas, balki bir qonxo'r daryo, xuddi falak dengiziga o'xshab ketardi. Bu lashkarlarning bir chekkasi g'arbda bo'lsa, ikkinchi chekkasi sharqda edi. Go'yoki dunyo ikkiga bo'linib, aka-uka, do'st-birodar bir-biriga qarshi qurol ko'targandek edi. Navoiy kitobxonni shu tarzda Iskandar va Doro o'rtasida bo'lib o'tadigan jangga tayyorlaydi. Lekin voqealar kutilgandek emas. Ular o'rtasida jang bo'lmaydi. Bunga sabab Doroning ikki hiyonatkor vazirlari tomonidan o'ldirilishidir.

Doro Iskandarning qo'lida jon beradi va vafotidan oldin Iskandarga shunday vasiyat qiladi: «Mening uch so'zim uch nasihatdir. Avvalo, begunoh holimda menga qilich sanchgan qotillarimni jazolaysan; ikkinchisi, qarindoshlarimni jazolamaysan; uchinchisi, qizim Ravshanakni o'z nikohingga ol-deb xayrlashadi".

Doro vafotidan so'ng to'plangan lashkarlar birin-ketin o'z vatanlariga qaytishdi. Iskandar Doro taxtiga o'tirib garchand u bilan qarama-qarshi bo'lganligiga qaramay, uning vasiyatlarini birma-bor bajarishga kirishadi. Avvalo, shoh Doroga aza tutib, shohona bir tarzda dafn qiladi. Ikki xiyonatkor vazirni so'roq qilib, ularni oyog'idan dorga ostirdi va xalqqa ularni toshbo'ron qilishlariga farmon beradi. Iskandar vazirlarni Doro o'limidan oldin o'zi tarafga o'tishlari haqidagi takliflarini hisobga olgan holda ularni o'z xizmatiga olsa ham bo'lar edi, lekin o'z hukmdoriga vafo qilmagan inson boshqa hukmdorga sadoqat bilan xizmat qilishlari amrimahol deb o'ylagan holda ularga oliy o'lim jazosini belgilaydi. Iskandarning Hindistonga qilgan yurishiga nazar solsak yana bir bor uning adolatiga guvoh bo'lamiz. U bu yerga kelgach eng avvalo, xalqning boshidan ularning ehtiyojlarini yo'qotish uchun ikki yillik xiroj solig'idan ozod qiladi. Iskandarning bu xil yaxshiliklarini ko'rgan xalq behad xursand bo'ladi va unga baxt-saodat, uzoq umr tilaydi. O'z shohiga esa kafan kiydirib, bo'yniga qilich ostirib Iskandar huzuriga olib kiradilar. Adolatli shoh hind shohining ahvolini ko'rgan zahotiyoq uning holatini man qilib, tig' bilan kafanni darhol oldirib tashladi. Shohona kiyim va qurollar keltirib qayta kiyintirishdi. Vaholangki, dastlab o'ziga bo'ysinishni istamagan insonga Iskandar tomonidan ko'rsatilgan yuksak muruvvat deb atash mumkin buni.

Iskandar qilgan buyuk ishlardan yana biri-bu Iskandar devoridir. Iskandar uni xalqni yajuj-majujlar ya'ni odanxo'r mahluqlardan himoya qilish uchun qurdiradi.

Iskandar quruqlikni egallagandan so'ng bu bilan cheklanib qolmay dengizlarni ham madh qilishni istadi va u shunday o'yladi: Jahon menga bo'ysunar ekan, undagi barcha narsa mening ixtiyorimda ekan, bu narsalardan behabar qolsam, oddiy bir kishi bilan mening bu sohadagi bilimim teng bo'lsa, farqimiz nima bo'iadi? Agar baxtim menga hanrohlik qilib, quruqliukni Xizr bilan zabt etgan bo'lsam, bu dam Ilyos bilan yo'lga otlanaman. Ko'nglimda uyg'ongan bu havasni hech kim daf qilolmaydi.

Shunday xulosaga kelgan Iskandar o'z donishmandlarini chorlab, ilm majlisi o'tkazdi-yu, yashirin dil so'zlarini ayon qildi. Dengiz ichida nimalarni ko'rish, nimalarni tekshirish maqsadiniayon bir-bir aytib berdi. Ba'zi olimlar Iskandarning bu xil fikrdan qaytarishga intildilar, ba'zilar jim turaverdi. Keyin barchalari Ollohni duo qilishib: "Bu muddaoni ko'nglingga Haq solibdiki, umidimiz o'ylagan ishlaringni amalga oshishiga ham o'zi hamkor bo'ladi" Saroy ahli istasa ham, istamasa ham shoh xohishini ma'qullashga majbur bo'ldilar. Xalqning safar roziligi bilan Iskandar: "Hamma hunarmand kishilar o'z sohasi bo'yicha tez orada uch ming kema tayyorlashga kirishsin!"- deb buyruq berdi.

Iskandar orzusi yo'lida uch yildan ko'proq vaqt ichida uch mingdan ortiq kema dengiz ichiga kirdi, o'zi shoh bo'lishiga qaramay o'n ikki yil ilmiy ishlar bilan shug'ullandi. O'n uch yil dengiz ustida sayr qilib uning sir-sinoatlaridan xabardor bo'ldi. Iskandar bunga ham qoniqmay sandiq shaklida shisha idish yasatib, arqonning bir uchiga shishani, ikkinchi uchini kemaga bog'lab suvning tubiga tushdi. Shoh shisha ichida bir necha oy qolib, dengiz osti holini: ming xil baliqlarning ko'rinishi va yashash sharoitlarini tomosha qilganmish. Yuz kun o'tgach, shishani yuqoriga tortib olishibdi.

Iskandar dengiz kezarkan, bahr shohi unvoniga ham ega bo'ldi. Butun jahon uni hokim-u valiy-u payg'ambar-u muzaffar shoh sifatida tanidi.

Kema qaytar ekan, juda tez sur'at bilan suzib borar, ikki yillik yo'lni bir yilda bosib o'tishardi. O'zining jonajon poytaxti Rumga eson-omon yetib borgan Iskandar suv ichida yana bir kun qolmoqchi edi, lekin jismi zaiflashib kuchi qolmadi. Hamma bilan bir-bir ko'rishgach, jismi betob bo'lib, xayoliga keldiki: "Ketmak kerak, bu jahon tarkin etmak kerak".

Bu dunyoni tark etishini bilgan buyuk Iskandar qilgan ko'plab vasiyatlardan mening e'tiborimni tartgan shu bo'ldiki, u vafotida so'ng onasining yig'lashini istamaydi. Ona uchun farzandidan ayrilishdek og'ir musibat bo'lmasa kerak. Har qanday ona farzandidan ayrilsa dod-faryod qiladi, ko'z yoshi to'kadi. Chunki bunday azoblarga dosh berish mushkul ish. Iskandarnin g onasi o'g'ilining vasiyatini hurmat qilgan holda uni ado etdi.

Iskandarning yana bir vasiyati, uni dafn qilish uchun olib ketishayotganda tobutdan ikki qolini chiqarib qo'yishlarini tayinlaydi. U bu bilan "Men butun

I kóI^^^^HI 16 wpjournal.dsmi-qf.uz

dunyoning boyligiga egaman, lekin nargi dunyoga ikki qo'lim bo'sh ketyapman. Mol-u dunyo hech qachon insonga vafo qilmaydi"-degan fikrlarni xalqiga uqtirmoqchi bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sirojiddinov S., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik, Toshkent, Tamaddun. 2018

2. Orzibekov R. O'zbek adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma. - Samarqand: 2005

3. Mirzayev S. XX asr o'zbek adabiyoti. - T.: Yangi asr avlodi, 2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.