Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI MUG‘ANNIYNOMALARNING MATNIY STRUKTURASI'

ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI MUG‘ANNIYNOMALARNING MATNIY STRUKTURASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
385
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
salaflar / “shogirdi bebizoat” / mutafakkir / bayt / mug‘anniy / nag‘mai chang / navha / soz / ohahg

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nozimaxon Mirzayeva

Ushbu maqolani yoritishda Sharq adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri xamsachilik an’analari to‘g‘risida hamda “Xamsa” asarining yaratilish tarixida Navoiyning “Xamsa” sining o‘ziga xos jihatlari keltirilgan. “Xamsa” asarining oxirgi dostoni “Saddi Iskandariy” asarida qo‘llanilgan mug‘anniylarga oid g‘azallariga ta’riflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI MUG‘ANNIYNOMALARNING MATNIY STRUKTURASI»

ALISHER NAVOIY "SADDI ISKANDARIY" DOSTONIDAGI MUG'ANNIYNOMALARNING MATNIY STRUKTURASI

Nozimaxon Mirzayeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolani yoritishda Sharq adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri xamsachilik an'analari to'g'risida hamda "Xamsa" asarining yaratilish tarixida Navoiyning "Xamsa" sining o'ziga xos jihatlari keltirilgan. "Xamsa" asarining oxirgi dostoni - "Saddi Iskandariy" asarida qo'llanilgan mug'anniylarga oid g'azallariga ta'riflar berilgan.

Kalit so'zlar: salaflar, "shogirdi bebizoat", mutafakkir, bayt, mug'anniy, nag'mai chang, navha, soz, ohahg

TEXT STRUCTURE OF SONGS IN "SADDI ISKANDARI" EPIC BY

ALISHER NAVOY

Nozimakhon Mirzayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In the coverage of this article, one of the forms of epic writing in Eastern literature is about the traditions of Hamsa, and in the history of the creation of the work "Khamsa", the unique aspects of Navoi's "Khamsa" are presented. Descriptions of the ghazals of Mughannis used in the last epic of "Khamsa" - "Saddi Iskandarii" are given.

Keywords: predecessors, "disciplineless student", thinker, verse, mughanni, nagmai chang, navah, soz, ohahg

Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri "Xamsa" yozish bilan bog'liq adabiy an'anaga Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo'lib, "Xamsa" yozgan shoirdir. ("Panj ganj" - "Besh hazina") 1173-1201 yillar orasida 28 yil mobaynida yaratgan bo'lsa, ikkinchi hamsanavis Xusrav Dehlaviy Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"siga javob tariqasida 1299-1302 yillarda o'z "Xamsa"sini yaratdi. U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni o'ziga xos talqin etgan va yangi mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy "Xamsa"si ruhiyat teranligi va qalb boyligiga egadir. Xusrav Dehlaviy "Xamsa"si o'zidan keyingi shoirlarga kuchli ta'sir ko'rsatgan.1

1. A. Xayitmetov- manba, "№арц wndysu" wypnanu, 1985 uun, 9-coh.

rfciTii^^Bl 232 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

O'zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Hazrat Alisher Navoiy buyuk xamsanavis shoirlar Nizomiddin Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylardek "Xamsa" yozishni o'z oldiga maqsad qilgan. Alisher Navoiy "Xamsa"sining yaratilish jarayoni jahon adabiyoti taraqqiyotidagi eng yorqin sahifalardan biridir. Abulqosim Firdavsiy shoh asari "Shohnoma"ni, Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sini, I.Gyote "Faust" tragediyasini yaratish ushun uzoq vaqt ketgan bo'lsa, Navoiy o'z "Xamsa"sining birinchi dostoni "Hayratul-abror"ga 1483-yilda kirishib, oxirgi dostoni - "Saddi Iskandariy"ni 1485-yilda yozib tugalladi va asarning oxirida butun "Xamsa"ni yozishga hammasi bo'lib umuman ikki yil vaqti ketganini qayd etdi.

Navoiy "Xamsa"sining yaratilishida uning buyuk zamondoshi, ustozi Abdurahmon Jomiy bosh maslahatchi rolini o'ynagan, asar bitganda birinchi bo'lib o'qib chiqqan va unga munaqqid sifatida hammadan avval yuqori baho bergan.

Navoiy "Xamsa"ni yaratish masalasi bilan faqat ikki-uch yil shug'ullangan va "Xamsa" uning ikki-uch yillik ijodiy faoliyatining mevasi ekan-da, degan xulosaga kelish xato bo'lur edi. O'zbek tilida "Xamsa" yaratish uni juda erta - bolaligidan boshlab band etgan. Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonining kirish qismida o'z ulug' xamsanavis salaflariga murojaat qilib: Kichik erkanimdan kelib qoshima, Ulug ' muddao soldingiz boshima,

der ekan, ma'lum bo'ladiki, unda "Xamsa" yaratish muddaosi kichikligidayoq paydo bo'lgan. Buning uchun Navoiy bir umr tayyorgarlik ko'rgan, o'zidan oldin yaratilgan "Xamsa"larni qayta-qayta o'qigan, mutolaa qilgan. Navoiyda yigitlik vaqtidayoq, agar u shunday katta ishga qo'l uradigan bo'lsa, ba'zi salaflari kabi o'ttiz yilda emas, balki "o'ttiz oy"da yozib tugallashga erishish niyati, orzusi ("Bitigaymen o'ttiz yilin o'ttiz oy") bo'lgan. Bu uning ijodiy faoliyatining noyob xususiyatlaridan biri deb qaralishi kerak. Chunki boshqa asarlarini ham u mumkin qadar qisqa muddatda yozib tugallashga intilgan va ko'p hollarda bunga muvaffaq bo'lgan.

Alisher Navoiy katta she'riy iqtidorga ega bo'la turib, "Xamsa" yozishga qirq ikki yoshida kirishdi. Shunda ham u o'zini hali Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiyga nisbatan "shogirdi bebizoat" (kamxarj shogird) deb hisoblar edi. Chunki uning fikricha, "Xamsa"dek buyuk va murakkab janrda qalam tebratadigan shoir yuksak she'riy iste'doddan tashqari katta hayotiy tajribaga ham ega bo'lishi kerak edi. Bu albatta, undagi kamtarlik va odamiylik belgisi. Bu vaqtda u hali xalq orasida o'z asarlari bilan keng tanilgan, tan olingan shoir bo'lishi bilan birga hayotning ham achchiq-chuchugini, past-balandliklarini yetarli darajada tatib ko'rgan, xuddi shu fursatda Xuroson mamlakatining bosh vaziri vazifasini bajarar, bu unga butun mamlakat, barcha ijtimoiy tabaqalar ahvoli bilan chuqur va batafsil tanishish imkoniyatini bergan edi. Xususan bu pallada Navoiyning avvalo shoir, qolaversa, katta davlat arbobi, mutafakkir sifatida badiiy asar orqali keng xalq ommasiga aytadigan

gapi, dardi, fikr-mulohazalari ko'nglida qalashib yotar edi. Shuning uchun "Xamsa"ning yaratilishi izohlarida birinchi o'ringa adabiy faktlarni emas, balki hayotiy tajribani qo'ysak, ilmiy jihatdan to'g'ri bo'ladi.2

"Xamsa"ning yaratilishi jarayoniga diqqat bilan nazar solinsa, asar voqealari Navoiyning kundalik hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar bilan bog'liqligi, ularning uzluksiz ravishda shoir kayfiyatiga, ijodiga o'z ta'sirini turli shakllarda ko'rsata borishi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Hazrat Alisher Navoiy "Xamsa"si yuqoridagilardan farqli o'laroq turkiy tilda 1483-1485-yillar davomida beshta mukammal "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sabba'iy Sayyor", "Saddi Iskandariy" dostonlardan tashkil topgan o'zining "Xamsa" asarini yaratishga muvaffaq bo'lgan.

"Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") Navoiy "Xamsa"sining so'ngi-beshinchi va hajm jihatidan eng katta dostoni bo'lib, 1485-yilda yozilgan. Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo'lib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. "Saddi Iskandariy" dostonining tarkibir tuzulishi: I-IV bob, "Hamd, munojat va rasulloh (s.a.v) madhi, me'roj tuni ta'rifi", V bobda "Xamsa" takmili xususida bo'lib, VI bobda esa so'z ta'rifi keltirilgan. VII bobda Abdurahmon Jomiy madhi, VIII bobda "Inoyat quyoshi vasfi va hidoyat buluti ta'rida", IX bobda "Sulton Husayin madhi", X bob, "Baddiuzzamon mirzo madhi", XI-XIV boblarida "Peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar" haqida yozilgan. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar shoh Iskandar to'g'risida doston yozib, o'z «Xamsa»lariga kiritganlar. Dostondagi Iskandar (Zulqaynar) tarixiy shaxsdir. Navoiy o'z asarida tarixiy mavzuga murojaat qilib, shoh Iskandarning jasorati, qahramonligi, vatanparvarligini, ilmparvarligini yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etadi. Shuningdek, dostonda adolatparvarlik, insoniylik, davlatni boshqarish siyosati singari g'oyalar ham ilgari surilgan.

Hazrat Navoiy "Xazoyin ul-maoniy", "Majolis un-nafois" va "Mahbub ul-qulub" kabi asarlari singari "Saddi Iskandariy" dostonida ham musiqa va musiqa san'atini alohida e'tirof etgan. Kuy, ohangning inson ruhiyatiga nechog'lik ta'siri, ahamiyati katta ekanligini ko'rsatib bergan.

"Iskandarga bag'ishlangan doston tarkibida mug'anniynomalar ham yozish an'anasiga muvofiq ravishda, Navoiy ham "Saddi Iskandariy" dostonida 26 ta mug'anniynoma keltirgan. Ular o'zlari zikr etilgan bobning oxirgi qismidan o'rin olib, 2-4 bayt atrofidadir. Mug'anniynomalarning har biri dostonning ma'lum bir fasli yoki bobining yakuniga xotima bo'lsa-da, asosan unda mug'anniyning mehnati va san'atdagi mahorati vasf etiladi." 1

2. A. Xayitmetov- manba, "w^aрц mndy3u" wypnanu, 1985 üm, 9-coh.

PÍgcVÍÍ^^BI 234 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Dostondagi mug'anniynomalarda qadimgi san'at va musiqashunoslikka oid bir qator atama va terminlar keltirilgan. Mug'anniynomalar yuksak badiiy salohiyatga ega bo'lishi bilan birga, musiqa va san'at tarixiga oid qimmatli ma'lumotlarga ham boyligi bilan ahamiyatlidir.

Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonida shoh Iskandarning turli jangu jadallarda, Vatani ozodligi uchun olib borgan kurashlarida ko'plab ko'rsatgan qahramonliklari tasvirlangan. Iskandar hayotining turli vaziyatlarida, shodlikda ham, tushkunlik davrida g'am o'sha davr mug'anniylari, ya'ni sozandalariga murojaat qilgan. Iskandar xalq sayillarda, janglarda g'alaba qozonganida, dam olish onlarida ko'nglini xushnud qilish, hayotdan zavq olish maqsadida mug'anniylar chalgan kuylardan bahramand bo'lgan. Hayotdan siqilgan, tushkunlikka tushgan vaqtlarida ham mashhur sozandalarning kuylarini tinglab, ko'nglini taskin toptirgan. Mug'anniy, bugun nag'mai chang tuz, Vale navha soz aylab ohang tuz Ki, dardimg'a tortib fig'on yig'layin, Dame o'ylakim shisha qonyig'layin! Navoiy jahonga vafo yo'qtur, Aning da 'bu rasmi jafo-o'qdurur. Vafo aylab oning vafosin unut, Navo istasang benavolig'ni tut. 1

Shoir ushbu misralarida mug'anniyga, ya'ni sozandaga murojaat qilib, chang (musiqa asbobi) ni shunday chalginki, undan (navha) mungli nola kuyi jaranglasin, bu esa mening ko'nglimdagi dardimni eslatib, shunday yig'layinki, xuddi qon yig'lagandek bo'lay, deb murojaat qilgan. Negaki Navoiy, bu jahonda vafo yo'q, uning odati jafodan iboratdir. Sen vafodor bo'lginu uning vafosini unut. Agar navo istasang benavolik yo'lini tut.

Navoiy mazkur misralarda g'oyaviy yetuklik bilan birga, badiiy mahoratni ham she'riy san'atlar yordamida ko'rsata olgan. Dastlabki baytda mug'anniy, nag'mai chang, navha, soz ohahg so'zlarini ketma-ket keltirib tanosib san'atini qo'llagan. "Dame o'ylaykim shisha qon yig'layin" misrasida esa tashbihning tashbehi tom turi ishlatilgan. Ya'ni shishadan quyilayotgan qizil mayni ko'zdan oqayotgan qonli yoshga mengzatilmoqda. 3

Quyidagi misrada esa ko'tarinki kayfiyatda, quvonchli paytida sozandaga rud (musiqa) asbobini nishot (xursandchilik) bilan chalib, kuyga mos quvnoq surud (qo'shiq) kuylashini aytmoqda. Chunki mahorat bilan chalingan ohangrobo kuy insonga huzur bag'ishlab, dilni yayratadi.

Mug'anniy, qilib soz rudi nishot, Aning birla tuzgil surudi nishot1

3. O.Jo'raboyev. Mumtoz adabiyotda mug'anniynoma Toshkent, "Tamaddun", 2016 y.

PÍgcTÍÍ^^BI 235 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Ma'lumki, mumtoz adabiyotimiz namoyandalari o'z asarlarida ma'naviy yetuklik hamda odob-axloq normalarining ijobiy tomonlarini ko'proq yoritib berishga bor mahoratlari bilan yondoshganlar. Ularda har bir so'z o'rinida ishlatilib, badiiy vositalar orqali voqea xarakteri mahorat bilan ochib berilgan. Shu sababli bunday asarlar mukammal asar darajasiga ko'tarilgan.

Shoir quyidagi baytda mug'anniydan kuy chalib qizg'in (garm) yig'in (hangoma), ya'ni do'stlar davrasini tashkil qilishini, unda yangragan qo'shiq (surud) da xuddi Firdavsiyning "Shohnoma" asari mazmunidek ohang taralishini so'raydi: Mug'anniy, cholib, garm hangoma tuz, Surudungda ohangi «Shahnoma» tuz. 1

Mug'anniy chalgan har bir kuy, qo'shiq o'zining ohangraboligi, ma'noli va inson ruhiyatiga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlashini ta'kidlamoqda.

Mug'anniy, tuzub nag'mai Pahlaviy, Surude aning birla chek ma 'naviy!1

Demoqchiki, Pahlaviy (qadimgi fors tilidagi kuy nomi) kuyini chalginki, kuyning qo'shig'i (surude) ma'nosida ham insoniylik, ma'naviy-ma'rifiy mavzular aks etsin. Chunki qadimgi fors tili ham o'z davrida boshqa tillar singari so'z boyligiga ega bo'lgan. Bu tilda Firdavsiy, Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy singari buyuk mutafakkirlar mukammal asarlar yaratganlar. Mug 'anniy, kelu chert turkona soz, Maqomi «Navo», yo'qsa «Turkiy Hijoz», Navoiyning ash 'oridin necha bayt Mening hasbi holim topib turkiy ayt!1

Shoir mug'anniyga "Navo" va "Turkiy Hijoz" (turkiy kuy nomlari) kuylarini turkiy tilda chalib berishini hamda kuyga hamohang Navoiyning ash'or (she'r) laridan bir necha bayt aytishini, unda xuddi o'zining ahvolini (hasbi hol) tasvirlab berishini so'ramoqda.

Mug'anniy, hazin nag'ma bunyodqil, Yigitlikning ayyomini yod qil Ki, ul nag'madin toza hushe topay, Sog'inibyigitliknijo'she topay!1

Ushbu misrada sozandaning chalgan hazin (mungli) nag'ma (kuy)i yoshlik, navqiron yigitlik davrini eslatishini, u orqali o'sha davrdagi sog'ingan jo'shqin, quvnoq onlariga bir soniya bo'lsa ham qaytish istagini bildiradi.

Mug'anniy tuzub chinga vaznida chang, Navo chekki hay-hay o'lang, hoy o'lang, Desang senki: jon qardoshim yor-yor! Men aytayki: munglug' boshim yor-yor!1

Shoir bu misralarida xalq og'zaki ijodi namunasi bo'lgan yor-yor, o'lan aytishuviga murojaat qilgan. Ma'lumki, xalq og'zaki ijodi namunasi bo'lgan yor-yor, o'lan va laparlarda aytuvchilar o'z dardlarini, quvonchu shodliklarini, ichki kechinamalarini kuylaydilar. Bu baytda shoir aytishuv she'riy san'atidan foydalangan. Mug'anniyga chang (musiqa asbobi) da yor-yor aytib, o'z o'lanida jon qardoshim deb meni ardoqlasang, o'zingga yaqin olsang, men ham seni o'z qadrdonim deyman deb kuylaydi.

Mug'anniy, chekib nag'ma, qil bizni shod, Kerak bo'lsa ul nag'mai xayrbod. Agar munglug' istar esang anda bayt, Navoiyning oshufta nazmidin ayt!1

Ey, mug'anniy, nag'ma (kuy) chalib bizni xursand qilgin, kerak bo'lsa vidolashish kuyini chal, agar bu kuyingga mungli, g'amgin she'r istasang, Navoiyning oshiqona she'rlaridan ayt.

Mug'anniy surudi visol ayla soz Ki, hijronda ko'p topti jonim gudoz. Aningdekki, ul qavm topti visol, Manga ham nasib aylagay Zuljalol!1

Ushbu misrada shoir sozandadan hijron o'tida ko'p marta joni gudoz (kuymoq) ganini, shuning uchun visol qo'shig'ini kuylashini, zora shunda unga ham zuljalol (buyuklik egasi) darajasiga yetishish nasib qilishini so'raydi.

Mug'anniy, ulug'yir navosini tuz! Bijir ko'kka piypo sadosini tuz! Meni bir navo birla xushhol qil, Jahon fikridin forig'ulbol qil!1

Shoh Iskandar hayot tashvishlaridan, davlat ishlaridan charchaganda mug'anniydan dunyo tashvishlarini unutuvchi bir ulug' yir (ashula) kuylashini, shu kuy orqali ko'ngli ko'tarilib, bir dam bo'lsa ham jahon, davlat ishlari tashvishidan xalos qilishini iltimos qilyapti.

"Saddi Iskandariy" dostonida mug'anniy-sozandalarni, qo'shiqchilarning ijro etgan kuy-qo'shiqlaridan bahramand bo'lib, ularni e'zozlab, qadrlagan. Shoh mug'anniylarga turli ehsonlar bergan, ularni mukofotlagan. Mug'anniy shohning g'aribona ko'ngliga xush yoquvchi hazin (mungli) kuy chalib bersa, u chalgan kuy dardiga malham bo'lsa, shunda men quyosh kunbotar paytida erga o'z nurlarini sochgani kabi sozandaning boshi uzra zar, oltinlar sochishini aytadi. Mug'anniy, g'aribona un chekhazin Ki, manzilgahim bo'ldi Mag'rib zamin. Sochay boshing uzra zari mag'ribiy, Quyosh erga mag'ribda sochqon kibi1

Adabiyotdagi badiiy tasvir, ifodalilik va xushohanglik vositalari badiiy san'atlar deyiladi. Sharqda she'riyat asosiy janr bo'lganligi uchun ko'pincha she'riy san'atlar tushunchasi badiiy san'atlar ma'nosida qo'llaniladi. She'riy san'atlar badiiy vositalar orqali she'rning obrazliligini, so'zlarni takror ishlanmasligini, serma'noliligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Yuqoridagi misralarda shoir Navoiy mug'anniyning boshi uzra sochadigan oltinu zarlarini xuddi quyoshning kunbotar paytida yer yuziga sochadigan zarrin nurlariga o'xshatishi orqali tashbeh, ya'ni o'xshatish she'riy san'atidan foydalangan.

Mug'anniy, surude chiqor dilnavoz,

Bo'lub ahli Kashmirdek sehrsoz.

Hamul jom gum bo'lmayin qilma bas!

Agar nag'ma bas qilmoq etsan1

Bu she'riy misrada ham shoir tashbeh san'atini qo'llagan. Mug'anniydan sehrli, ohangrabo kuy chaluvchi Kashmir ahlidek dilnavoz (ko'ngilni ovlovchi, yoqimli) surud (qo'shiq) kuylashini, agar nag'ma (kuy) ni to'xtatishni istasa jom (may, qadag') tugamaguncha to'xtatmasligini aytadi.

She'riy san'atlardan yana biri talmeh bo'lib, u "nazar solmoq"- she'r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adabiy asarlar va maqollarga ishora qilmoq san'atidir. Shoir ushbu misralarda talmeh san'atiga murojaat qilgan.

Navoiy mug'anniynomalari misralarida "Muluki ajam", "Shohnoma", "Rost", "Navo", "Turkiy hijoz" kabi tarixiy asarlar va kuy nomlarini keltirish orqali talmeh san'atidan foydalangan.

Navoiyning "Saddi Iskandariy"da keltirilgan barcha mug'anniynomalari ushbu janrning eng go'zal va barkamol namunalaridir. Ko'rilganidek, ular nafaqat badiyat durdonasi, balki musiqashunoslik va musiqa tarixiga oid juda ko'plab qimmatli ma'lumotlarni bera oluvchi asar hamdir. Chunki san'atning mazkur turiga mansub bo'lgan bir qancha tarixiy atama, istiloh va faktlar Navoiy mug'anniynomalari matnida o'rin olgan.

Dostondagi so'nggi mug'anniynomada shoir aytadiki:

Mug'anniy, so'zum tingla oxirgahi,

Hazin nag'mai soz qilxirgahi.

Bir ohang ila aylagil romishe

Ki, yetgay manga bir dam oroyishe.

Navoiy, qilib Tengri koming ravo,

Sanga ro'zi etti ajoyib navo.

Uzot Tengri shukri navosig'a til,

Navo ortug' istar ersang, shukr qil!

Ey mug'anniy, so'nggi bor so'zimni tingla, hazin bir nag'mani (dunyo) chodirida soz qil. Keyin shunday ohang qilginki, shodlik olib kelsin va bir dam bo'lsa ham menga

oroyish etsin. Ey Navoiy, Tangri taolo sening istagingni ravo qildi, senga ajoyib bir navo (ya'ni "Xamsa") nasib etdi. Buning uchun Tangri taolo shukriga navo bilan til uzot (hamdlar keltir). Agar, bundan ham ortiq navoni istasang, yanada shukrli bo'l.

E'tibor qilish kerakki, mazkur mug'anniynoma nafaqat dostonning oxirga mug'anniynomasi, balki butun "Xamsa"- ning so'nggi misrasidir. Alisher Navoiy ana shunday munosib va muqaddas tilak bilan o'zining muhtasham asariga yakun yasashi bejiz emas. Ustiga-ustak mug'anniyga murojaat bilan. Bu o'rinda muallif o'z "Xamsa"sini jahon adabiyoti sahnasida paydo bo'lib, hali hech kimga nasib etmagan navo bilan, ya'ni uslub, badiiyat, g'oya va albatta ohang bilan yuz ko'rsatgan mukammal asar ekanligiga ishora qilmoqda.

Xulosa qilib aytganda Alisher Navoiy "Xamsa"sining yaratilishi va "Saddi Iskandariy" dostonida mug'anniynomalarning matniy strukturasining keltirilishi o'zbek xalqi madaniyati, san'ati tarixidagi eng katta voqealardan biri hisoblanadi. Ko'rinadiki, mug'anniynomalar Navoiy ijodida faqatgina qo'shiqchi yoki sozandaga murojaat emas, balki so'nggi dostonning boblari va umuman "Xamsa"ning nihoyasida o'z badiiy g'oyaviy maqsad-muddaosini aytib olish uchun qo'llanilgan qism sifatida ham ahamiyatga egadir. O'z navbatida Sharq adabiyotida mug'anniynomaning eng go'zal va badiiy barkamol namunalarini yaratilgani ham "Saddi Iskandariy" dostonidagi muvaffiyaqiyatli o'rinlardan biri, deyish mumkin.

Foydalangan adabiyotlar

1. Navoiy asarlari lug'ati. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at. 1973.

2. O.Jo'raboyev. Mumtoz adabiyotda mug'anniynoma Toshkent, "Tamaddun", 2016 y.

3. O.Jo'raboyev. Navoiy va tarix. Toshkent. Tamaddun. 2016.

4. L.Jo'rayeva. Alisher Navoiy mug'anniynomalari. Toshkent. Mumtoz so'z. 2011.

5. I.Rajabov. Maqomlar. Toshkent. 2006.

6. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 11-jild

7. S. Ibrohimov, P. Shamsiyev. Navoiy asarlari lug'ati, - G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti Toshkent,1972.

8. A.Asallayev, V. Rahmonov, F. Musurmonqulov. She'r san'atlari - "Andijon nashriyoti-matbaa" 2009 y

9. Anvar Hojiahmedov. - She'r san'atlarini bilasizmi. "Sharq" nashriyoti Toshkent - 2001y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.